Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi “Zoʻrlik ishlatishdan jabr koʻrgan xotin-qizlarni reabilitatsiya qilishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5116-son va 2021-yil 29-iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat koʻrsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5168-son qarorlariga muvofiq, shuningdek, adliya organlari faoliyatiga oid qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish, Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish tartibotlarini yanada soddalashtirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 29-yanvar,
PF-61-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-yanvardagi PF-61-son Farmoniga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi PF-6079-son Farmoni bilan tasdiqlangan “Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi doirasida 2020 — 2022-yillarda qishloq, suv va oʻrmon xoʻjaligi sohalarini raqamli transformatsiya qilish dasturi I-boʻlimi 39-pozitsiyasining “Muddati” ustunidagi “2020” va “2021” raqamlari tegishincha “2022” va “2023” raqamlari bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-martdagi PF-6185-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalarini koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 2-bandda:
ikkinchi xatboshi “doimiy yashash” soʻzlaridan keyin “yoki vaqtincha turgan” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
beshinchi xatboshi toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin;
b) 8-banddagi “(keyingi oʻrinlarda — ID-karta)” va “(keyingi oʻrinlarda — fuqaroligi boʻlmagan shaxsning ID-kartasi)” soʻzlari tegishincha “(keyingi oʻrinlarda — identifikatsiyalovchi karta)” va “(keyingi oʻrinlarda — fuqaroligi boʻlmagan shaxsning identifikatsiyalovchi kartasi)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 12-bandning “b” kichik bandida:
“ID-kartasi” soʻzi “identifikatsiyalovchi kartasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Ushbu shart” soʻzlaridan keyin “Oʻzbekiston Respublikasida tugʻilgan va yashab kelayotgan yoki” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
d) 26 — 29-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“26. “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasi birinchi qismiga muvofiq:
2005-yil 1-yanvarga qadar Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan;
muqaddam chet davlat fuqaroligida boʻlmagan;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlish istagini bildirgan fuqaroligi boʻlmagan shaxs Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olinadi.
“Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq:
ariza bilan murojaat qilgan kunga qadar Oʻzbekiston Respublikasida kamida oʻn besh yil davomida doimiy yashab kelayotgan;
ushbu davr mobaynida chet davlat fuqaroligida boʻlmagan;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlish istagini bildirgan fuqaroligi boʻlmagan shaxs Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olinadi.
Yuqorida keltirilgan shartlardan loaqal birining mavjud emasligi, Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini tan olishni rad etishga asos hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini tan olish ilgari Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi tugatilgan shaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
27. Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini tan olish yuzasidan ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq belgilangan shakldagi ariza bilan birgalikda quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
mazkur Nizomga 5-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnoma;
yashash guvohnomasi (fuqaroligi boʻlmagan shaxsning identifikatsiyalovchi kartasi);
nikoh tuzilganligi yoki nikoh bekor qilinganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma (mavjud boʻlsa);
ariza beruvchining familiyasi, ismi va otasining ismi oʻzgarganligi haqidagi maʼlumotnoma (oʻzgarishlar mavjud boʻlsa);
2005-yil 1-yanvarga qadar Oʻzbekiston Respublikasiga kirib kelganligini va doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinganligini yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻn besh yil va undan ortiq yil davomida doimiy yashab kelayotganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
davlat boji toʻlanganligi toʻgʻrisidagi hujjat.
Masʼul xodim tomonidan ushbu hujjatlarning qonuniyligi oʻrganib chiqilgan holda, aslidan nusxa olinib, muhr bilan tasdiqlanadi va hujjatlarning asli ariza beruvchiga qaytarib beriladi.
Doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinganlik holati fuqaroligi boʻlmagan shaxsga nisbatan yuritilgan yigʻma ish jildida saqlangan sobiq Ittifoq pasporti hamda hisob varaqalari, uy daftari yoki xoʻjalik kitobida doimiy roʻyxatdan oʻtganlik (propiskaga qoʻyganlik) toʻgʻrisidagi belgining mavjudligi bilan tasdiqlanishi mumkin.
Hujjatlarni qabul qilgan masʼul xodim tomonidan oʻn ish kuni ichida fuqaroligi boʻlmagan shaxsga nisbatan yuritilgan materialdagi fuqaroligi boʻlmagan shaxs maqomini belgilash uchun asos boʻlgan hamda uning doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinganligini tasdiqlovchi hujjatlardan nusxa olinadi, gerbli muhr va oʻz imzosi bilan tasdiqlanadi va material Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalariga yuboriladi.
Bunda, masʼul xodim tomonidan toʻplangan hujjatlar asosida maʼlumotlar bazasida Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini tan olishga oid talabnoma shakllantiriladi.
Basharti, mavjud maʼlumotlar boʻyicha shaxsning Oʻzbekiston Respublikasida 2005-yil 1-yanvarga qadar doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinganligi yoki Oʻzbekiston Respublikasida kamida oʻn besh yil davomida doimiy yashab kelayotganligi holatini tasdiqlash imkoni boʻlmaganda, shaxsga hujjatlar qaytarib beriladi va ushbu faktni sud tartibida tasdiqlashga haqli ekanligi tushuntiriladi.
Taqdim etilgan hujjatlar bir oylik muddatda oʻrganib chiqilib, “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasida nazarda tutilgan holatlar oʻz tasdigʻini topgan taqdirda, xulosa tayyorlanadi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari boshliqlari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari tomonidan tasdiqlanadi.
Xulosaning bir nusxasi toʻplangan materialga ilova qilinib, Ichki ishlar vazirligiga kelishish uchun yuboriladi. Xulosaga idoralararo maʼlumotlar bazasida Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini tan olishga oid shakllantirilgan talabnomaga muvofiq, qaydlar kiritilishi lozim.
Ichki ishlar vazirligi kelib tushgan materialni bir oydan koʻp boʻlmagan muddatda oʻrganib chiqib, xulosa asoslantirilganligini tekshiradi va oʻz munosabati bildirilgan xatni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari orqali hududiy ichki ishlar organiga yuboradi.
Ichki ishlar organi tomonidan ariza beruvchiga bu haqda uch ish kuni ichida xabar beriladi va identifikatsiyalovchi kartasini rasmiylashtirish choralari koʻriladi.
28. “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasi uchinchi qismiga muvofiq:
ota-onasidan biri (yolgʻiz otasi yoki onasi) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari deb tan olingan;
chet davlat fuqaroligini qabul qilmagan;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlish istagini bildirgan fuqaroligi boʻlmagan shaxs Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi deb tan olinadi.
Basharti ota-onasi (yolgʻiz ota yoki onasi) bilan birga Oʻzbekiston Respublikasiga kirib kelgan bola doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinmagan boʻlsa, ota yoki onasining doimiy roʻyxatga olingan joyi uning doimiy roʻyxatga olingan joyi hisoblanadi.
Ushbu bandda nazarda tutilgan shaxsga doir Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini tan olish yuzasidan hujjatlarni qabul qilish va materialni koʻrib chiqish uning ota-onasidan birining (yolgʻiz otasi yoki onasi) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi deb tan olinganligi boʻyicha tegishli xulosalar mavjud boʻlgan taqdirda, mazkur Nizomning 27-bandiga muvofiq amalga oshiriladi.
29. Quyidagi shaxslarning ham Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini tan olish yuzasidan arizalari “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasi uchinchi qismiga muvofiq koʻrib chiqilishi mumkin:
a) agar ota-onasidan biri (yolgʻiz ota yoki onasi) 2005-yil 1-yanvarga qadar Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirib kelib yoki oʻn besh yil davomida doimiy yashab kelayotgan va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga asosan fuqarolikka qabul qilingan boʻlsa;
b) agar ota-onasidan biri 2005-yil 1-yanvarga qadar Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirib kelib, doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan va vafot etgan boʻlsa.
Bunday shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini tan olish yuzasidan hujjatlarini qabul qilish va materialni koʻrib chiqish mazkur Nizomning 27-bandida koʻrsatilgan tartibda amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini tan olish uchun yetarli asoslari mavjud boʻlmagan shaxslar, oʻz xohishlariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini umumiy tartibda qabul qilish uchun murojaat qilishlari mumkin”;
e) 35-bandning oʻninchi xatboshisidagi “fuqaroligi olinganligi” soʻzlari “fuqaroligiga qabul qilinganligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
j) 40-bandda:
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansublikni aniqlash Oʻzbekiston Respublikasining yoki chet davlatning vakolatli organi soʻrovi boʻyicha ham amalga oshirilishi mumkin”;
ikkinchi — oʻn yettinchi xatboshilar tegishincha uchinchi — oʻn sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
oʻn uchinchi, oʻn toʻrtinchi va oʻn yettinchi xatboshilardagi “ID-karta” soʻzlari “identifikatsiyalovchi karta” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 12-sentabrdagi PQ-2036-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi prokuraturasi organlari va muassasalarida xizmatni oʻtash toʻgʻrisidagi nizomning rus tilidagi matnida:
a) 19-bandda:
birinchi xatboshidagi “besplatnim obmundirovaniyem” soʻzlari “besplatnoy formennoy odejdoy” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshi “pravo nosheniya” soʻzlaridan keyin “torjestvennoy” soʻzi bilan toʻldirilsin;
b) 1-ilovada:
“1. Opisaniye formennoy odejdi Deystvitelnogo gosudarstvennogo sovetnika yustitsii” bobida:
quyidagi mazmundagi qirq birinchi — qirq yettinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Rubashka mujskaya s korotkimi rukavami
Rubashka belogo tsveta s korotkimi rukavami iz sorochechnoy tkani s zastejkoy do niza. Niz rubashki obrabotan poyasom na vipusk, styanutim po bokovim storonam elastichnimi lentami v chetire ryada.
Polochki s nakladnimi nagrudnimi karmanami s otdelochnoy plankoy i figurnimi klapanami, pristegivayuщimisya na pugovitsi i petli. Spinka — s dvoynoy koketkoy i dvumya skladkami, raspolojennimi v shve pritachivaniya koketki.
Dlya krepleniya pogon v oblasti plechevix shvov razmeщeni dve shlevki i 2 petli. Pogoni Deystvitelnogo gosudarstvennogo sovetnika yustitsii letniye na sorochku syemnie. Na pogonax zvezdi i gerb nashivnie.
Rukava vtachnie, korotkiye, niz rukava s tselnokroyenoy plankoy. Na levom rukave nashit shevron ustanovlennogo obrazsa.
Vorotnik otlojnoy s otreznoy stoykoy.
Pugovitsi plastmassovie v tsvet tkani rubashki”;
qirq birinchi — qirq toʻrtinchi xatboshilar tegishincha qirq sakkizinchi — ellik birinchi xatboshilar deb hisoblansin;
“2. Opisaniye formennoy odejdi gosudarstvennogo sovetnika yustitsii” bobida:
quyidagi mazmundagi qirq birinchi — qirq yettinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Rubashka mujskaya s korotkimi rukavami
Rubashka belogo tsveta s korotkimi rukavami iz sorochechnoy tkani s zastejkoy do niza. Niz rubashki obrabotan poyasom na vipusk, styanutim po bokovim storonam elastichnimi lentami v chetire ryada.
Polochki s nakladnimi nagrudnimi karmanami s otdelochnoy plankoy i figurnimi klapanami, pristegivayuщimisya na pugovitsi i petli. Spinka — s dvoynoy koketkoy i dvumya skladkami, raspolojennimi v shve pritachivaniya koketki.
Dlya krepleniya pogon v oblasti plechevix shvov razmeщeni dve shlevki i 2 petli. Pogoni Gosudarstvennogo sovetnika yustitsii letniye na sorochku syemnie. Na pogonax zvezdi nashivnie.
Rukava vtachnie, korotkiye, niz rukava s tselnokroyenoy plankoy. Na levom rukave nashit shevron ustanovlennogo obrazsa.
Vorotnik otlojnoy s otreznoy stoykoy.
Pugovitsi plastmassovie v tsvet tkani rubashki”;
qirq birinchi — qirq toʻrtinchi xatboshilar tegishincha qirq sakkizinchi — ellik birinchi xatboshilar deb hisoblansin;
“3. Opisaniye formennoy odejdi dlya lits, imeyuщix klassnie chini starshego sostava” bobida:
quyidagi mazmundagi yigirma toʻqqizinchi — oʻttiz beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Rubashka mujskaya s korotkimi rukavami
Rubashka belogo tsveta s korotkimi rukavami iz sorochechnoy tkani s zastejkoy do niza. Niz rubashki obrabotan poyasom na vipusk, styanutim po bokovim storonam elastichnimi lentami v chetire ryada.
Polochki s nakladnimi nagrudnimi karmanami s otdelochnoy plankoy i figurnimi klapanami, pristegivayuщimisya na pugovitsi i petli. Spinka — s dvoynoy koketkoy i dvumya skladkami, raspolojennimi v shve pritachivaniya koketki.
Dlya krepleniya pogon v oblasti plechevix shvov razmeщeni dve shlevki i 2 petli. Pogoni letniye dlya rabotnikov organov prokuraturi, imeyuщix klassnie chini starshego sostava, syemnie. Na pogonax zvezdi metallicheskiye.
Rukava vtachnie, korotkiye, niz rukava s tselnokroyenoy plankoy. Na levom rukave nashit shevron ustanovlennogo obrazsa.
Vorotnik otlojnoy s otreznoy stoykoy.
Pugovitsi plastmassovie v tsvet tkani rubashki”;
yigirma toʻqqizinchi va oʻttizinchi xatboshilar tegishincha oʻttiz oltinchi va oʻttiz yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
“4. Opisaniye formennoy odejdi dlya lits, imeyuщix klassnie chini mladshego sostava” bobida:
quyidagi mazmundagi yigirma toʻqqizinchi — oʻttiz beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Rubashka mujskaya s korotkimi rukavami
Rubashka belogo tsveta s korotkimi rukavami iz sorochechnoy tkani s zastejkoy do niza. Niz rubashki obrabotan poyasom na vipusk, styanutim po bokovim storonam elastichnimi lentami v chetire ryada.
Polochki s nakladnimi nagrudnimi karmanami s otdelochnoy plankoy i figurnimi klapanami, pristegivayuщimisya na pugovitsi i petli. Spinka — s dvoynoy koketkoy i dvumya skladkami, raspolojennimi v shve pritachivaniya koketki.
Dlya krepleniya pogon v oblasti plechevix shvov razmeщeni dve shlevki i 2 petli. Pogoni letniye dlya rabotnikov organov prokuraturi, imeyuщix klassnie chini mladshego sostava, syemnie. Na pogonax zvezdi metallicheskiye.
Rukava vtachnie, korotkiye, niz rukava s tselnokroyenoy plankoy. Na levom rukave nashit shevron ustanovlennogo obrazsa.
Vorotnik otlojnoy s otreznoy stoykoy.
Pugovitsi plastmassovie v tsvet tkani rubashki”;
yigirma toʻqqizinchi — oʻttiz toʻqqizinchi xatboshilar tegishincha oʻttiz oltinchi — qirq oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
“5. Opisaniye formennoy odejdi dlya jenщin, rabotayuщix v organax prokuraturi” bobida:
quyidagi mazmundagi oʻttiz yettinchi — qirq uchinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Rubashka jenskaya s korotkimi rukavami
Rubashka belogo tsveta s korotkimi rukavami iz sorochechnoy tkani s zastejkoy do niza. Niz rubashki obrabotan poyasom na vipusk, styanutim po bokovim storonam elastichnimi lentami v chetire ryada.
Polochki s grudovimi vitochkami ot bokovogo shva i s nakladnimi nagrudnimi karmanami s otdelochnoy plankoy i figurnimi klapanami, pristegivayuщimisya na pugovitsi i petli. Spinka — s dvoynoy koketkoy i dvumya skladkami, raspolojennimi v shve pritachivaniya koketki.
Dlya krepleniya pogon v oblasti plechevix shvov razmeщeni dve shlevki i 2 petli. Pogoni Gosudarstvennogo sovetnika yustitsii letniye na sorochku syemnie. Na pogonax zvezdi nashivnie.
Rukava vtachnie, korotkiye, niz rukava s tselnokroyenoy plankoy. Na levom rukave nashit shevron ustanovlennogo obrazsa.
Vorotnik otlojnoy s otreznoy stoykoy.
Pugovitsi plastmassovie v tsvet tkani rubashki”;
oʻttiz yettinchi — bir yuz oʻninchi xatboshilar tegishincha qirq toʻrtinchi — bir yuz oʻn yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi yetmish beshinchi — sakson birinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Rubashka jenskaya s korotkimi rukavami
Rubashka belogo tsveta s korotkimi rukavami iz sorochechnoy tkani s zastejkoy do niza. Niz rubashki obrabotan poyasom na vipusk, styanutim po bokovim storonam elastichnimi lentami v chetire ryada.
Polochki s grudovimi vitochkami ot bokovogo shva i s nakladnimi nagrudnimi karmanami s otdelochnoy plankoy i figurnimi klapanami, pristegivayuщimisya na pugovitsi i petli. Spinka — s dvoynoy koketkoy i dvumya skladkami, raspolojennimi v shve pritachivaniya koketki.
Dlya krepleniya pogon v oblasti plechevix shvov razmeщeni dve shlevki i 2 petli. Pogoni letniye dlya rabotnikov organov prokuraturi, imeyuщix klassnie chini starshego sostava, syemnie. Na pogonax zvezdi metallicheskiye.
Rukava vtachnie, korotkiye, niz rukava s tselnokroyenoy plankoy. Na levom rukave nashit shevron ustanovlennogo obrazsa.
Vorotnik otlojnoy s otreznoy stoykoy.
Pugovitsi plastmassovie v tsvet tkani rubashki”;
yetmish beshinchi — bir yuz oʻn yettinchi xatboshilar tegishincha sakson ikkinchi — bir yuz yigirma toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi bir yuz sakkizinchi — bir yuz oʻn toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Rubashka jenskaya s korotkimi rukavami
Rubashka belogo tsveta s korotkimi rukavami iz sorochechnoy tkani s zastejkoy do niza. Niz rubashki obrabotan poyasom na vipusk, styanutim po bokovim storonam elastichnimi lentami v chetire ryada.
Polochki s grudovimi vitochkami ot bokovogo shva i s nakladnimi nagrudnimi karmanami s otdelochnoy plankoy i figurnimi klapanami, pristegivayuщimisya na pugovitsi i petli. Spinka — s dvoynoy koketkoy i dvumya skladkami, raspolojennimi v shve pritachivaniya koketki.
Dlya krepleniya pogon v oblasti plechevix shvov razmeщeni dve shlevki i 2 petli. Pogoni letniye dlya rabotnikov organov prokuraturi, imeyuщix klassnie chini mladshego sostava, syemnie. Na pogonax zvezdi metallicheskiye.
Rukava vtachnie, korotkiye, niz rukava s tselnokroyenoy plankoy. Na levom rukave nashit shevron ustanovlennogo obrazsa.
Vorotnik otlojnoy s otreznoy stoykoy.
Pugovitsi plastmassovie v tsvet tkani rubashki”;
bir yuz sakkizinchi — bir yuz yigirma toʻrtinchi xatboshilar tegishincha bir yuz oʻn beshinchi — bir yuz oʻttiz birinchi xatboshilar deb hisoblansin;
v) 2-ilovada:
erkaklar uchun 1-son meʼyorda:
7-qator quyidagi tahrirda bayon etilsin:
|
“ |
7. |
Rubashka s dlinnim rukavom (belogo tsveta) |
1 sht. |
2 goda |
”; |
quyidagi mazmundagi 71-qator bilan toʻldirilsin:
|
“ |
71. |
Rubashka s korotkim rukavom (belogo tsveta) |
1 sht. |
2 goda |
”; |
17-qator quyidagi tahrirda bayon etilsin:
|
“ |
17. |
Rubashka s dlinnim rukavom (belogo tsveta) |
1 sht. |
2 goda |
”; |
quyidagi mazmundagi 171-qator bilan toʻldirilsin:
|
“ |
171. |
Rubashka s korotkim rukavom (belogo tsveta) |
1 sht. |
2 goda |
”; |
erkaklar uchun 2-son meʼyorda:

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-yanvardagi “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2733-son qarorida:
a) 2-bandda:
uchinchi xatboshidagi “qonun hujjatlariga asosan yuridik xizmat xodimi faoliyat yuritayotgan tashkilotda mazkur qarorda” soʻzlari “yuridik xizmat xodimi faoliyat yuritayotgan tashkilotda qonunchilik hujjatlarida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “qonun hujjatlarida” soʻzlari “qonunchilik hujjatlarida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovaning 6, 16 — 21-bandlaridagi tegishli kelishikdagi “qonun hujjatlari” soʻzlari tegishli kelishikdagi “qonunchilik hujjatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-avgustdagi “Sudlar va adliya organlari faoliyatini moddiy-texnik va moliyaviy taʼminlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-3240-son qarorida:
a) 2-bandning oltinchi xatboshisidagi “qonun hujjatlarida” soʻzlari “qonunchilik hujjatlarida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 6-bandda:
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“FHDY organlari hamda notariuslar tomonidan undiriladigan davlat boji summalaridan 16 foiz miqdoridagi ajratmalar”;
beshinchi xatboshidagi “qonun hujjatlarida” soʻzlari “qonunchilik hujjatlarida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 1-ilova 2-bandining oltinchi xatboshisidagi “qonun hujjatlarida” soʻzlari “qonunchilik hujjatlarida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3666-son qarorida:
a) 1-bandning yettinchi xatboshisi “uslubiy taʼminlash” soʻzlaridan keyin “, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida belgilangan davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat koʻrsatilishini taʼminlash” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
b) 1-ilovada:
9-bandning yettinchi xatboshisi “uslubiy taʼminlash” soʻzlaridan keyin “, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida belgilangan davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat koʻrsatilishini taʼminlash” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
10-bandning 7-kichik bandi quyidagi mazmundagi oʻn oltinchi va oʻn yettinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“qonunchilik hujjatlarida koʻrsatilgan hollarda Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan tuman (shahar) darajasidagi davlat organlari va tashkilotlariga zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida markazlashgan holda sifatli yuridik xizmat koʻrsatilishini tashkil qiladi;
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa tashkilotlarga pullik asosda yuridik xizmat koʻrsatilishini tashkil qiladi”.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-iyuldagi “Ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashtirish, shuningdek, oilaviy-maishiy zoʻrlik ishlatishning oldini olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3827-son qarorida:
b) 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Belgilab qoʻyilsinki, ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish boʻyicha respublika, hududiy va tumanlararo namunali markazlar (keyingi oʻrinlarda — Markazlar) davlat-xususiy sherikligi usullaridan keng foydalanishi, shu jumladan Markazlarning faoliyatini yoʻlga qoʻyish hamda ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashtirish, shuningdek, oilaviy-maishiy zoʻrlik ishlatilishining oldini olish tizimini takomillashtirish maqsadida nodavlat notijorat va xalqaro (xorijiy) tashkilotlarni jalb qilishlari mumkin”;
v) 9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligining murojaatiga muvofiq Markazlarning joylashtirilishini, jihozlanishini tashkil etsin hamda boshqa tashkiliy masalalarni hal qilsin”;
g) 13-banddagi “Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasiga” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) 16-banddagi “Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasining hududiy boʻlinmalarini va “Oila” markazini” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi hamda “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot institutini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
e) 18-banddagi “Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-apreldagi “Bola huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4296-son qarorining 4-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-iyuldagi “Davlat organlari xodimlarining formali kiyim-bosh kiyib yurishi tartibini maqbullashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4394-son qarorida:
a) 1-bandning toʻrtinchi xatboshisi “amalga oshirish vaqtida” soʻzlaridan keyin “prokuratura va” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
b) 2-bandda:
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini joyida, sayyor yoki ommaviy qabullarda oʻrganish, sektorlar faoliyatini tashkil etish, nazorat tadbirlarini oʻtkazish, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, tergov va ijro harakatlarini amalga oshirishda prokuratura organlari xodimlari”;
beshinchi xatboshidagi “, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-fevraldagi PQ-4602-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi tashkiliy tuzilmasi “Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazi va uning hududiy boʻlimlari” bloki bilan toʻldirilsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-martdagi “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5020-son qarorining 13-bandida:
a) birinchi xatboshidagi “Zoʻrlik ishlatishdan jabr koʻrgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda oʻz joniga qasd qilishning oldini olish markazlari” soʻzlari “Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish boʻyicha respublika, hududiy va tumanlararo namunali markazlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) ikkinchi xatboshi “yordam koʻrsatish boʻyicha bittadan” soʻzlaridan keyin “tumanlararo” soʻzi bilan toʻldirilsin;
v) uchinchi xatboshi “ushbu” soʻzidan keyin “tumanlararo” soʻzi bilan toʻldirilsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-martdagi “Tartibga solish taʼsirini baholash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5025-son qarori 2-bandining “a” va “b” kichik bandlaridagi “2022” raqami “2023” raqami bilan almashtirilsin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-oktabrdagi PQ-5254-son qarori bilan tasdiqlangan Xirurgiya xizmatini 2021 — 2023-yillarda transformatsiya qilish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi II-boʻlimi 7-pozitsiyasining “Bajarish muddati” ustunidagi “2022-yil 1-yanvar” soʻzlari “2022-yil 1-mart” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2022-y., 06/22/61/0084-son)