23.08.2017 yildagi PQ-3240-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudlar va adliya organlari faoliyatini moddiy-texnik va moliyaviy taʼminlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud hokimiyatining mustaqilligini yanada taʼminlash, sudlar, adliya organlari va muassasalarining moddiy-texnika taʼminotini mustahkamlash, ular faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Sudyalar oliy kengashi, Adliya vazirligi va Moliya vazirligining Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi hamda uning Ijro etuvchi direksiyasini tugatib, quyidagilarni tashkil etish boʻyicha taklifiga rozilik berilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilansinki, quyidagilar Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi daromadlarini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jinoiy, fuqarolik, maʼmuriy, iqtisodiy va harbiy sudlar tomonidan koʻrib chiqiladigan ishlar boʻyicha davlat bojlari toʻlashdan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga tushayotgan summalarning 5 foizi miqdoridagi ajratmalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jinoiy, fuqarolik, maʼmuriy, iqtisodiy va harbiy sudlar tomonidan koʻrib chiqiladigan ishlar boʻyicha jarimalar toʻlashdan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga tushayotgan summalarning 5 foizi miqdoridagi ajratmalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijro ishi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga undirilgan summaning 5 foizi miqdoridagi ajratmalar, qarzdorning mol-mulkini sotish hisobiga soliq qarzdorligini undirish bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda yuqorida koʻrsatib oʻtilgan ajratmalar miqdori haqiqiy tushum va xarajatlarni inobatga olib, 2026-yil 1-yanvardan 2030-yil 31-dekabrga qadar har yili Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan kelishilgan miqdorlarda belgilanadi. Belgilangan miqdorlardan ortiqcha tushgan mablagʻlar kelgusi yil dastur xarajatlarini moliyalashtirishda inobatga olinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarni tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan tushadigan daromadlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-avgustdagi PF-140-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2025-y., 06/25/140/0771-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belgilab qoʻyilsinki, Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi faoliyatini boshqarish va uning mablagʻlarini taqsimlash Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi boshqaradigan Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi Kuzatuv kengashi (keyingi oʻrinlarda — Kuzatuv kengashi) tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kuzatuv kengashi tarkibiga lavozimiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti (keyingi oʻrinlarda — Departament) direktori va Oʻzbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi (keyingi oʻrinlarda — Akademiya) rektori kiradi.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-avgustdagi PF-141-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2025-y., 06/25/141/0772-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. 2017-yilning 1-sentabridan boshlab malaka darajalari, martaba darajalari va uzoq muddat xizmat qilganligi uchun sudyalar hamda sudlar va Departament xodimlari lavozim maoshlariga ustama va har oylik qoʻshimcha haq toʻlash, sudlar va Departamentning yordamchi xodimlarini taʼminlash, sudyalar hamda sudlar, Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi, Departament va Akademiya xodimlari tomonidan belgilangan tartibda uy-joyni ijaraga olish (ijarada turish), sudlar, Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi, Departament va Akademiya binolari va xonalarini qurish va taʼmirlash sudlarni transport vositalari bilan taʼminlash xarajatlari, sudlar, Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi, Departament va Akademiya xodimlarining xizmat safari xarajatlari, shuningdek sudlar, Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi, Departament va Akademiyaning kommunal-foydalanish hamda boshqa joriy xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshirilishi belgilab qoʻyilsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-avgustdagi PF-141-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2025-y., 06/25/141/0772-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Belgilansinki, quyidagilar budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi daromadlarini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
FHDY organlari hamda notariuslar tomonidan undiriladigan davlat boji summalaridan 16 foiz miqdoridagi ajratmalar;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-yanvardagi PF-61-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2022-y., 06/22/61/0084-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
adliya organlari tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlarini, advokatlik byurolarini, firmalarini, hayʼatlarini, nodavlat notijorat tashkilotlarining ramzlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazganlik, nodavlat notijorat tashkilotlarining xorijiy fuqarolar boʻlgan xodimlarini, shuningdek ularning oila aʼzolarini akkreditatsiyadan oʻtkazganlik, nodavlat notijorat tashkiloti, uning ramzi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning va nodavlat notijorat tashkilotining taʼsis hujjatlarining dublikatini berganlik uchun, akkreditatsiya kartochkasi dublikatini berganlik uchun, advokatlik faoliyatini litsenziyalaganlik uchun undiriladigan mablagʻlarning, shuningdek adliya organlari tomonidan undiriladigan jarimalar summasining 80 foizi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarni tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan tushadigan daromadlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar.
(6-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-yanvardagi PF-61-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2022-y., 06/22/61/0084-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Belgilansinki, budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
adliya organlari va muassasalarini moddiy-texnik taʼminotiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
adliya organlari va muassasalarini bino, uskunalarini qurish va taʼmirlashga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
adliya organlari va muassasalari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishga va ijtimoiy muhofaza qilishga (adliya organlari xodimlari uchun uy-joy qurish, sanatoriya-kurort va tibbiy xizmat koʻrsatish, mukofotlar toʻlash, maoshlarga ustamalar belgilash, moddiy yordam koʻrsatish va hokazo);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
adliya organlari va muassasalari xodimlarini xizmat safar xarajatlariga, shu jumladan xorijiy davlatlardagi xizmat safarlariga;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan adliya organlari xodimlariga uy-joy sotib olish uchun besh yildan koʻp boʻlmagan muddatga va bazaviy hisoblash miqdorining ming barobaridan oshmagan miqdorda foizsiz qarz ajratishga;
(7-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-5894-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
adliya organlari va muassasalari xodimlariga martaba darajalari hamda uzoq muddatli xizmati uchun ustamalar va qoʻshimcha haq toʻlashga;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda adliya organlari va muassasalari xodimlariga uy-joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun toʻlovlarni kompensatsiya qilishga;
(7-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-iyuldagi PF-117-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2025-y., 06/25/117/0653-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
adliya organlari va muassasalari xodimlarini oʻqitish, malakasini oshirish hamda stajirovka oʻtashiga, shu jumladan, ularning xorijiy davlatlarga tashriflarini tashkil etishga va chet davlatlarda oʻtkaziladigan konferensiya, seminarlar va boshqa tadbirlarda ishtirok etishiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
adliya organlari va muassasalari faoliyati bilan bogʻliq masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyuradigan xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar delegatsiyalarining tashriflarini tashkil etishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
adliya organlarining kommunal-foydalanish hamda boshqa joriy xarajatlariga;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi” davlat muassasasi, “Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” davlat muassasasi hamda “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasini moliyalashtirishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
notarius tomonidan oʻz kasb majburiyatlari buzilishi oqibatida yetkazilgan zararni va tegishli xarajatlarni qoplashga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasini yuritish, texnik jihatdan saqlab turish va modernizatsiya qilishni moliyalashtirishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
adliya organlari va muassasalarining boshqaruv va yordamchi xodimlari taʼminotiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
adliya organlari va muassasalari faoliyatini yaxshilashga qaratilgan, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Bosh vazirining topshiriqlarida nazarda tutilgan boshqa tadbirlarga yoʻnaltiriladi.
(7-bandning oʻn ikkinchi — oʻn oltinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-iyuldagi PF-117-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2025-y., 06/25/117/0653-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi Ijro etuvchi direksiyasining faoliyati tugatilganligi bois uning 2 shtat birligini Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga va 2 shtat birligini Departamentga ajratish va ularning tegishincha budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi va Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan saqlanishi taʼminlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari qoldigʻini, shu jumladan, kreditorlik va debitorlik qarzdorligini Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi va budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi oʻrtasida hamda tugatilayotgan Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi ijro etuvchi direksiyasini mulkini Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Departament oʻrtasida taqsimlanishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Sudyalar oliy kengashi bilan birgalikda tugatilayotgan Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasining hisobidan sudyalar, sud va Departament xodimlariga oʻtgan davr uchun toʻlanmagan malaka darajalari, martaba darajalari hamda uzoq muddatli xizmati uchun ustamalar va qoʻshimcha haqlarni toʻlanishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda bir oy muddatda budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Moliya vazirligi va Oliy sudi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi O.B. Murodov va Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.Q. Davletov zimmalariga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2017-yil 23-avgust,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-3240-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-avgustdagi PQ-3240-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nizom

1. Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) sudlar, Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti (keyingi oʻrinlarda — Departament) faoliyatini moliyalashtirish va moddiy-texnika taʼminotini yaxshilash, shuningdek ular faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida tashkil etilgan.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-yanvardagi PF-6134-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 06/21/6134/0021-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Jamgʻarma mablagʻlari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jinoiy, fuqarolik, maʼmuriy, iqtisodiy va harbiy sudlar tomonidan koʻrib chiqiladigan ishlar boʻyicha davlat bojlari toʻlashdan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga tushayotgan summalarning 5 foizi miqdoridagi ajratmalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jinoiy, fuqarolik, maʼmuriy, iqtisodiy va harbiy sudlar tomonidan koʻrib chiqiladigan ishlar boʻyicha jarimalar toʻlashdan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga tushayotgan summalarning 5 foizi miqdoridagi ajratmalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijro ishi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga undirilgan summadan 5 foiz miqdoridagi ajratmalar, qarzdorning mol-mulkini sotish hisobiga soliq qarzdorligini undirish bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda yuqorida koʻrsatib oʻtilgan ajratmalar miqdori haqiqiy tushum va xarajatlar miqdorlarini inobatga olib, 2026-yil 1-yanvardan 2030-yil 31-dekabrga qadar har yili Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan kelishilgan miqdorlarda belgilanadi. Belgilangan miqdorlardan ortiqcha tushgan mablagʻlar kelgusi yil dastur xarajatlarini moliyalashtirishda inobatga olinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarni tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan tushadigan daromadlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar hisobiga shakllantiriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-avgustdagi PF-140-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2025-y., 06/25/140/0771-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Jamgʻarma mablagʻlari:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sudlar, Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi va Departament (keyingi oʻrinlarda — sud organlari) binolari va xonalarini qurish, taʼmirlash va jihozlash, sudyalar va sud organlari xodimlarining xizmat safari xarajatlari, sud organlarining kommunal-foydalanish va boshqa joriy xarajatlarining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanmagan qismiga;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-yanvardagi PF-6134-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 06/21/6134/0021-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sud organlarini zarur anjomlar, kompyuterlar va boshqa zamonaviy tashkiliy-texnika vositalari bilan taʼminlashga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sud organlarining texnika vositalariga xizmat koʻrsatish va ularni taʼmirlashga;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sudlar, Sudyalar oliy kengashi sudyalari va apparatlari xodimlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti va uning hududiy boʻlimlari xodimlariga lavozim okladining bir baravari miqdorida (alohida sharoitlarini inobatga olinmagan holda) yilda beshta bayramlarga mukofot puli toʻlashga, sud organlari xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilishga (uy-joy qurish va (yoki) sotib olish, sanatoriya-kurort va tibbiy xizmat koʻrsatish);
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-avgustdagi PF-140-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2025-y., 06/25/140/0771-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi sudlari sudyalari va sud organlari xodimlari tomonidan belgilangan tartibda uy-joy sotib olishga dastlabki badalni toʻlashga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sud organlari xodimlarini tegishli adabiyotlar va matbaa nashrlari bilan taʼminlashga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sudyalarni formali kiyim-boshlar bilan taʼminlash xarajatlarini moliyalashtirishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sud organlari xodimlarining malakasini oshirishga, ularni oʻqitishga va stajirovka oʻtashiga, shu jumladan ularning xorijiy davlatlarga tashriflarini tashkillashtirishga, xorijiy davlatlarda oʻtkaziladigan konferensiya, seminar va boshqa tadbirlarda ishtirok etishiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sud organlari faoliyati bilan bogʻliq masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyuradigan xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar delegatsiyalarining tashriflarini tashkil etishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma zaxirasini yaratishga;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy sud va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamentining yuqori malakali, tashabbuskor, xizmat majburiyatlarini halol va samarali bajarayotgan sudyalari va xodimlariga oylik mehnatga haq toʻlash fondining 100 foizigacha miqdorda ustama (pul taʼminoti) toʻlashga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sudlar, Sudyalar oliy kengashi sudyalari va apparatlari xodimlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti va uning hududiy boʻlimlari texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlariga lavozim maoshlariga 40 foizgacha har oylik ustama (pul taʼminoti) toʻlashga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudyalar oliy kengashi, Oliy sud, quyi sudlar sudyalari va ularning apparati xodimlari, Oliy sud huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti va uning hududiy boʻlimlari xodimlariga lavozim okladining bir baravari miqdorida (alohida mehnat sharoitlari inobatga olinmagan holda) yilda bir marta moddiy yordam toʻlashga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi hujjatlari bilan belgilangan ustama va boshqa toʻlovlarni toʻlashga;
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-avgustdagi PF-140-sonli Farmoniga asosan oʻn ikkinchi — oʻn beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2025-y., 06/25/140/0771-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sud organlari faoliyatini yaxshilashga qaratilgan boshqa tadbirlarga va maqsadlarga qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda yoʻnaltiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Jamgʻarmaning joriy yilda foydalanilmagan mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga olib qoʻyilmaydi va ulardan keyingi yilda foydalaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish har yili mablagʻlar va buyurtmanomalar tushishi prognozi asosida shakllantiriladigan sud organlarini rivojlantirish dasturlarini moliyalashtirish orqali amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud organlarini rivojlantirish dasturida sud organlari binolari va xonalarini qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash, jihozlash muddatlari va hajmlari; ularni jihozlar, transport vositalari, kompyuterlar va boshqa zamonaviy tashkiliy-texnika vositalari bilan taʼminlash, shuningdek ularni rivojlantirish boʻyicha boshqa tadbirlar nazarda tutiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud organlarini rivojlantirish dasturi, ularni mablagʻ bilan taʼminlash hajmlari hamda Jamgʻarmaning zaxiraga qoʻyiladigan har yilgi qismi miqdori Jamgʻarmaning Kuzatuv kengashi (keyingi oʻrinlarda — Kuzatuv kengashi) tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Jamgʻarma faoliyatini boshqarish va uning mablagʻlarini taqsimlash Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi boshqaradigan Kuzatuv kengashi tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kuzatuv kengashi tarkibiga lavozimiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi raisi va Departament direktori kiradi.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-yanvardagi PF-6134-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 06/21/6134/0021-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kuzatuv kengashi har chorakda kamida bir marta majlis oʻtkazadi. Zarur hollarda Kuzatuv kengashining navbatdan tashqari majlislari chaqirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kuzatuv kengashi majlisi unda Kuzatuv kengashi aʼzolarining kamida toʻrtdan uch qismi ishtirok etgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish boʻyicha qaror Kuzatuv kengashi aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi va Kuzatuv kengashi raisi tomonidan imzolanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Jamgʻarma mablagʻlari toʻplanishi va sarflanishini tezkor boshqarish Departament tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Departament quyidagilarga majbur:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyurtmanomalarni yigʻish va Kuzatuv kengashi tomonidan koʻrib chiqish uchun materiallarni tayyorlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kuzatuv kengashi qarorlarini sud organlariga yetkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kuzatuv kengashi qarorlarini oʻz vaqtida ijro etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarmaning ajratilgan mablagʻlaridan foydalanilishini nazorat qilish va uning monitoringini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kuzatuv kengashiga va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanilishi boʻyicha hisobot taqdim etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Departament quyidagi huquqlarga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zarur hollarda mablagʻlar ajratishga tushgan buyurtmanomalar boʻyicha qoʻshimcha maʼlumotlar olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarmaning ajratilgan mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishini tekshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mablagʻlardan belgilangan maqsadda foydalanilmagan taqdirda moliyalashtirishni toʻxtatib turish, keyinchalik ushbu masalani Kuzatuv kengashga koʻrib chiqish uchun kiritish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Jamgʻarmadan mablagʻlar ajratish yuzasidan buyurtmanomalar Departamentga Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi, Oliy sudi va Departamentning hududiy boʻlimlari tomonidan tushadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Departament tushgan buyurtmanomalarni umumlashtiradi va ularni koʻrib chiqish uchun Kuzatuv kengashiga kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kuzatuv kengashining qarorlari boʻyicha Departament Jamgʻarmadan mablagʻlarni qabul qilingan qarorga muvofiq foydalanish uchun oʻtkazadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi, Oliy sudi va Departamentning hududiy boʻlimlari Departamentga Jamgʻarmaning ajratilgan mablagʻlaridan foydalanilishi toʻgʻrisida belgilangan tartibda hisobot taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish toʻgʻrisidagi hisobot har chorakda Kuzatuv kengashi tomonidan koʻrib chiqiladi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taqdim etiladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-sonli Farmoni tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishini nazorat qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Jamgʻarma mablagʻlarini toʻplash va ulardan foydalanish tartibi Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-avgustdagi PQ-3240-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilgan ayrim qarorlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud departamentining sud qarorlarini ijro etish, moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 1-noyabrdagi PQ-722-sonli qarorining 8-bandi hamda uning 7-ilovasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamenti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 29-dekabrdagi PQ-1900-sonli qarori 7-ilovasining 4-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-sonli qarori 36-ilovasining 22-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Vazirlar Mahkamasining “Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2003-yil 18-martdagi 147-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 3-son, 26-modda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga mablagʻlar ajratish va ulardan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 19-noyabrdagi 520-son qarori 2-ilovasining 13-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 11-son, 123-modda).
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Vazirlar Mahkamasining “Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimcha kiritish haqida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud qonunchiligini demokratlashtirish va liberallashtirish hamda sud tizimi mustaqilligini taʼminlash boʻyicha tadqiqot markazini tashkil etish toʻgʻrisida” 2008-yil 23-iyundagi PQ-896-son qarori)” 2008-yil 11-oktabrdagi 224-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 10-son, 54-modda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2009-yil 27-fevraldagi PQ-1062-son qarori)” 2009-yil 11-martdagi 63-son qarori 1-ilovasining 13-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 3-son, 20-modda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2009-yil 9-dekabrdagi 308-son qarorining 3-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasidan keng foydalanishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 31-dekabrdagi 340-son qarorining 2-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 12-son, 83-modda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga mablagʻlar ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 2-apreldagi 62-son qarori 2-ilovasining 11-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 4-son, 14-modda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida notariat institutini yanada takomillashtirish choralari toʻgʻrisida” 2010-yil 5-maydagi PF-4216-son Farmonini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2010-yil 2-iyundagi 104-son qarori 3-ilovasining 4-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 6-son, 25-modda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 17-sentabrdagi “Baholash faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-257-sonli Qonuni)” 2010-yil 9-noyabrdagi 248-son qarori ilovasining 6-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 11-son, 58-modda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Vazirlar Mahkamasining “Notarius tomonidan oʻz kasb majburiyatlari buzilishi oqibatida yetkazilgan zararni qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2010-yil 28-dekabrdagi 318-son qarorining 2-bandi hamda uning 2-ilovasi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 12-son, 73-modda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisida” 2010-yil 22-dekabrdagi OʻRQ-269-sonli Qonuni)” 2012-yil 27-fevraldagi 52-son qarori ilovasining 3-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 2-son, 13-modda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining notariat faoliyatini tashkil etishga doir ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2012-yil 10-apreldagi 105-son qarori ilovasining 1-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 4-son, 24-modda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Vazirlar Mahkamasining “Sud ijrochilari tomonidan soliq qarzdorligini undirish tartibga solinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2012-yil 11-oktabrdagi 290-son qarori 1-bandining ikkinchi xatboshisi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 10-son, 74-modda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Vazirlar Mahkamasining “Sudyalarga, prokuratura organlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti xodimlariga imtiyozli shartlarda uy-joy sotib olishga uzoq muddatli ipoteka kreditlari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni hamda Sudyalarga, prokuratura organlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti xodimlariga uy-joylarni ijaraga olganlik (ijaraga turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2012-yil 31-oktabrdagi 312-son qarorining 2-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 10-son, 78-modda).
Oldingi tahrirga qarang.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga koʻmaklashish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2013-yil 12-dekabrdagi PQ-2085-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2014-yil 10-martdagi 57-son qarori 5-ilovasining 3-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 3-son, 25-modda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini koʻrsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 1-fevraldagi PQ-2750-son qarori)” 2017-yil 1-maydagi 252-son qarori 1-ilovasining 5-bandi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 35-son, 922-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.07.2018-y., 06/18/5475/1489-son, 14.07.2018-y., 06/18/5482/1506-son, 07.01.2019-y., 07/19/4096/2427-son, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son; 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son; 13.01.2021-y., 06/21/6134/0021-son; 29.01.2022-y., 06/22/61/0084-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son; 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son; 28.07.2025-y., 06/25/117/0653-son; 23.08.2025-y., 06/25/140/0771-son; 23.08.2025-y., 06/25/141/0772-son)