Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING BAʼZI QARORLARIGA OʻZGARTIRISH VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish toʻgʻrisida”, “Shahar yoʻlovchilar transporti toʻgʻrisida”, “Tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisida”, “Geodeziya va kartografiya toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini amalga kiritish tartibi haqidagi qarorlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy tijorat banklarini tashkil qilishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1997-yil 24-apreldagi va “Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalari qoʻllanishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 1997-yil 12-iyundagi farmonlarini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining baʼzi qarorlariga kiritiladigan ilova qilinayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar tasdiqlansin.
2. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Vazirlar Mahkamasining “Pedagog xodimlar bilan mehnat shartnomalari tuzishning kontrakt shakliga oʻtish toʻgʻrisida” 1992-yil 24-avgustdagi 394-son qarori;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahri aholisiga yoʻlovchi tashish transporti xizmati koʻrsatishni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1996-yil 19-avgustdagi 291-son qarori 10-bandining uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
1997-yil 7-avgust,
392-son
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 7-avgustdagi 392-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
TASDIQLANGAN
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining baʼzi qarorlariga kiritiladigan
OʻZGARTIRISHLAR VA QOʻSHIMCHALAR
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 16-fevraldagi 66-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2005-y., 7-son, 59-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 11-sentabrdagi 391-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 10-dekabrdagi 546-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-sonli qaroriga asosan 4-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2026-yil 8-fevral — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-avgustdagi 330-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2001-y., 15-16-son, 101-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-oktabrdagi 412-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
8. Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 14-avgustdagi 285-son (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1996 i., 8-son, 24-modda) qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida chetdan keltiriladigan va respublikaning oʻzida ishlab chiqariladigan tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklarga aksiz markalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 4-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“4. Savdo yoki ulgurji tarmoqdagi va aksiz markalari bilan markalanmagan spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlari soliq organlarining qarorlari asosida musodara qilinishi kerak”;
19 va 20-bandlar chiqarib tashlansin, 21 va 22-bandlar tegishlicha 19 va 20-bandlar deb hisoblansin.
9. Vazirlar Mahkamasining “1997-yilga ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy koʻrsatkichlar prognozi va Oʻzbekiston Respublikasi davlat budjeti toʻgʻrisida” 1996-yil 31-dekabrdagi 469-son qarorining 8-bandi yettinchi xatboshi quyidagi soʻzlar bilan toʻldirilsin: “xususiy tijorat banklarini daromaddan olinadigan soliqdan ozod qilish qismida ularni istisno qilgan holda”.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-noyabrdagi 758-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2024-y., 09/24/758/0926-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 3-dekabrdagi 280-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2010-y., 49-son, 452-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-sonli qaroriga asosan 12-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2026-yil 8-fevral — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son)