Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARINI OʻZ KUCHINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASH TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Vazirlar Mahkamasining “Kimyolashtirish va oʻsimliklarni himoya qilish vositalari davlat komissiyasi (Davlat kimyo komissiyasi) faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 2005-yil 4-yanvardagi 1-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 15-fevral,
65-son
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kimyolashtirish va oʻsimliklarni himoya qilish vositalari davlat komissiyasi (Davlat kimyo komissiyasi)ni tashkil etish va uning faoliyati masalalari toʻgʻrisida” 1999-yil 20-yanvardagi 33-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 1-son, 6-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Hukumat komissiyalarini tashkil etish masalalari boʻyicha ayrim qarorlarini oʻzgartirish, qoʻshimchalar kiritish va oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2000-yil 19-sentabrdagi 359-son qaroriga 1-ilovaning 17-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tashkil etilgan respublika komissiyalari va kengashlari rahbarlarining tarkiblari toʻgʻrisida” 2004-yil 9-fevraldagi 60-son qaroriga 1-ilovada “Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev boshchilik qiladigan komissiya” boʻlimining 5-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “Respublika komissiyalari va kengashlari tarkiblarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2004-yil 26-iyuldagi 358-son qaroriga 5-ilova.
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 7-son, 58-modda)