Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.09.2019 04.01.2005 yildagi 1-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.09.2019
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
KIMYoLAShTIRISh VA OʻSIMLIKLARNI HIMOYA QILISh VOSITALARI DAVLAT KOMISSIYASI (DAVLAT KIMYo KOMISSIYASI) FAOLIYATINI TAShKIL ETISh MASALALARI TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-sentabrdagi 735-sonli “Kimyolashtirish va oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini sinovdan oʻtkazish va roʻyxatga olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Qishloq xoʻjalik oʻsimliklarini zararkunandalar, kasalliklar va begona oʻtlardan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda kimyoviy va biologik preparatlarni ishlab chiqarish va qoʻllash sohasida yagona siyosatni amalga oshirish, kimyolashtirish va oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini qoʻllash, ularni sinash va roʻyxatdan oʻtkazish tartiblariga rioya etish yuzasidan masʼuliyatni oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish respublika komissiyasi (Sh.M. Mirziyoyev), Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi kimyolashtirish va oʻsimliklarni himoya qilish vositalari davlat komissiyasini Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi huzuridagi Kimyolashtirish va oʻsimliklarni himoya qilish vositalari davlat komissiyasi (Davlat kimyo komissiyasi)ga aylantirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilab qoʻyilsinki, Davlat kimyo komissiyasi oʻsimliklarni himoya qilish sohasida maxsus vakolatli organ hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar Davlat kimyo komissiyasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligi ekinlari hosildorligini oshirishga hamda yuqori samarali, ekologiya jihatidan xavfsiz va kam zaharli kimyoviy va biologik preparatlarni qoʻllash hisobiga hosilni saqlab qolishga yoʻnaltirilgan kimyolashtirish va oʻsimliklarni himoya qilish vositalaridan foydalanish sohasida yagona siyosatni shakllantirish va amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika vazirliklari va idoralarining kimyoviy va biologik preparatlarni ishlab chiqarish hamda ulardan foydalanish, preparatlarning atrof-muhitga taʼsirini aniqlash bilan bogʻliq faoliyatini muvofiqlashtirib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kimyolashtirish va oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini qoʻllash, roʻyxatdan oʻtkazish va qayta roʻyxatdan oʻtkazish hamda respublika qishloq xoʻjaligida qoʻllash uchun ruxsat etilgan preparatlar roʻyxatiga kiritish va ularni roʻyxatdan chiqarish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mamlakatimizda va chet ellarda ishlab chiqarilgan, qishloq xoʻjaligida foydalanish uchun tavsiya qilingan kimyoviy va biologik preparatlarga doir ilmiy-texnikaviy hujjatlar ekspertizasini amalga oshirish, ularning biologik samaradorligini, toksik-gigiyenik va ekologik xossalarini aniqlash yuzasidan sinovlar oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika korxonalarida ishlab chiqariladigan va import boʻyicha chetdan keltiriladigan kimyolashtirish va oʻsimliklarni himoya qilish vositalari, biopreparatlar sifatini nazorat qilish, ularni qoʻllash yuzasidan xulosalar berish hamda inson salomatligiga va atrof-muhitga salbiy taʼsiri aniqlanganda ulardan foydalanishni toʻxtatib qoʻyish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat taʼminoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi huzuridagi Kimyolashtirish va oʻsimliklarni himoya qilish vositalari davlat komissiyasi tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. “Oʻsimliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti” MChJ Davlat kimyo komissiyasining ishchi organi etib belgilansin.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat kimyo komissiyasining ekspert guruhi belgilangan tartibda tugatilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi tugatish komissiyasini tuzsin hamda mazkur ekspert guruhni tugatish bilan bogʻliq tadbirlarni belgilangan tartibda amalga oshirsin.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi ikki hafta muddatda Davlat kimyo komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2005-yil 4-yanvar,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining
2005-yil 4-yanvardagi
1-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi
huzuridagi Kimyolashtirish va oʻsimliklarni himoya qilish
vositalari davlat komissiyasi (Davlat kimyo komissiyasi)
tarkibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Yusupov B.T.

—‎

Qishloq xoʻjaligi vaziri, komissiya raisi‎

lavozimi boʻyicha

—‎‎

Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat taʼminoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi bosh direktori, komissiya raisining oʻrinbosari‎

lavozimi boʻyicha

—‎‎

“Oʻsimliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti” MChJ direktori, komissiya raisining oʻrinbosari‎

Komissiya aʼzolari:‎

Alixonov B.B.‎

—‎‎

Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi raisi vazifasini bajaruvchi ‎

Niyozmatov B.I.‎

—‎‎

Sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari, bosh davlat sanitariya vrachi‎

lavozimiga koʻra ‎

—‎‎‎

Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamentining bosh mutaxassisi‎

Yaqubov R.‎

—‎‎

“Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi raisining oʻrinbosari‎

Umarov S.J.‎

—‎‎

Milliy xavfsizlik xizmati boʻlinmasi boshligʻi‎

Rahimjonov M.A.‎

—‎‎

Davlat bojxona qoʻmitasining ekspertiza qilish markaziy laboratoriyasi boshligʻi‎

Umarov S.E.‎

—‎‎

“Oʻzdonmahsulot” kompaniyasining Don tayyorlashni tashkil etish va elevator-ombor xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi‎

Umarxoʻjayev X.X.‎

—‎‎

“Oʻzpaxtasanoat” uyushmasining Paxta tayyorlash boshqarmasi boshligʻi‎

Abdusamatov B.X.‎

—‎‎

Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligining “Oʻztenderkonsalting” agentligi direktori‎

Husanov B.‎

—‎‎

“Elektrkimyozavod” AJ qoʻshma korxonasi boshqaruvi raisi, Navoiy shahri‎

Abdullayev N.J.‎

—‎‎

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Oʻsimlik moddalari kimyosi instituti direktorining oʻrinbosari‎

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh. Davlat kimyo komissiyasi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 1-son, 5-modda; 2005-y., 45-son, 341-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)