Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 27.09.1996 yildagi 338-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“MAʼNAVIYAT VA MAʼRIFAT” JAMOATChILIK MARKAZI HUZURIDAGI “OLTIN MEROS” XALQARO XAYRIYA JAMGʻARMASINI QOʻLLAB-QUVVATLASh TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼnaviyat va maʼrifat” jamoatchilik markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga binoan xalqimiz merosining noyob namunalarini toʻplash, avaylab asrash, targʻib etish, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimizda mustaqillik, vatanparvarlik tuygʻusini shakllantirish, milliy anʼanalarimiz va urf-odatlarimiz davomiyligini, ravnaqini, ularning umuminsoniy qadriyatlar bilan uygʻunlashib borishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazi huzurida “Oltin meros” xalqaro xayriya jamgʻarmasi tuzilgani, uning Ustavi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkazilgani eʼtiborga olinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. “Oltin meros” xalqaro xayriya jamgʻarmasi tugatilgan Madaniyat jamgʻarmasi, “Isteʼdod” jamgʻarmasi, “Ijodkorlar” jamgʻarmasi, Milliy va ijtimoiy barqarorlik jamgʻarmasi hamda “Yodgorlik” jamiyatining barcha mol-mulki va mablagʻlarining huquqiy vorisi boʻlishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Jamgʻarmaning asosiy maqsadi va vazifalari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyuk ajdodlarimizning asrlar davomida yaratgan bebaho madaniy-maʼrifiy merosini koʻz qorachigʻiday asrab-avaylash, kelgusi avlodlarga yodgorlik qilib qoldirish, xalqimizning umuminsoniy qadriyatlar xazinasiga qoʻshgan ulkan hissasini butun dunyoga qayta tanitish, uni keng targʻib etib, kishilarimiz, ayniqsa, yoshlarimiz ongiga milliy gʻurur, milliy iftixor, Vatanga muhabbat va istiqlol gʻoyalariga sadoqat tuygʻularini singdirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻtmish madaniyatimizga oid qadimiy qoʻlyozmalar, tarixiy hujjatlar, xalq hunarmandchiligi, amaliy sanʼati namunalari va tarixiy-madaniy qimmatga molik boshqa yodgorliklarni mamlakatimizda, xorijda izlab topish va oʻrganish, ulardan ulkan merosimizning uzviy qismi sifatida foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublikadagi va chet ellardagi madaniy-maʼrifiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish, xalqaro aloqalarni rivojlantirish maqsadida turli tanlov, auksion, festivallar uyushtirish, ijodiy-ilmiy delegatsiyalar almashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
isteʼdodli yoshlarni tanlab, ularning ijodiy kamolotiga moddiy va maʼnaviy homiylik qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz va davlat dasturini bajarish uchun mablagʻlarning muayyan qismini mamlakatimizdagi va xorijdagi faoliyat hisobidan, shu jumladan, qoʻshma korxonalar ochish yoʻli bilan jamgʻarishdan va Ustavida belgilangan boshqa xayrli ishlardan iborat ekanligi inobatga olinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Jamgʻarma taʼsischilari va homiylarining (roʻyxat ilova* qilinadi) hamda madaniy-ilmiy jamoatchilikning mazkur jamgʻarmani moddiy-maʼnaviy jihatlardan keng qoʻllab-quvvatlash haqidagi takliflari maʼqullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Ilova berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari joylarda “Oltin meros” xalqaro xayriya jamgʻarmasi boʻlimlarini tashkil etish, ularni bino va moddiy-texnika ashyolari bilan taʼminlash masalalarini bir oy muddat ichida hal qilsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Toshkent shahar hokimligi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash qoʻmitasi Toshkent shahar Shodlik koʻchasidagi 6-uyni hovlisi va hovlidagi barcha qurilishlari bilan birga belgilangan tartibda “Oltin meros” xalqaro xayriya jamgʻarmasiga haq olmasdan mulk qilib bersinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma joylashgan binoni milliy uslubda taʼmirlash va zamonaviy jihozlash ishlarini 3 oy muddat ichida tugallash Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki (R.S. Azimov)ga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (B. Hamidov) Jamgʻarmaga Vazirlar Mahkamasining zaxirasidan 10 mln. soʻm miqdorida mablagʻ ajratsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma dasturiga binoan chet ellardan milliy boyliklarimizni sotib olish uchun, xorijiy mamlakatlarga ekspeditsiyalar uyushtirish hamda oʻzining asosiy faoliyati doirasidagi buyurtmalari boʻyicha norezidentlar bilan hisob-kitob qilish uchun moʻljallangan milliy soʻmni erkin muomaladagi valyutalarga ayirboshlash hal etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Belgilab qoʻyilsinki, Jamgʻarma, uning boʻlimlari va unga qarashli korxonalar Ustavida koʻrsatilgan maqsadlar va vazifalarga qatʼiy mos keladigan faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlab chiqarish, tashqi iqtisodiy faoliyat va tijorat bilan shugʻullanishga haqlidirlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼnaviyat va maʼrifat” jamoatchilik markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish toʻgʻrisidagi Farmoniga binoan barcha turdagi soliqlardan besh yil muddatga ozod qilingan.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 7-noyabrdagi 230-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2006-y., 45-son, 445-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Ommaviy axborot vositalariga “Oltin meros” xalqaro xayriya jamgʻarmasi faoliyatini keng yoritish, doimiy maxsus ruknlar ochish tavsiya etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1965-yil 1-apreldagi 188-son, 1987-yil 11-dekabrdagi 501-son, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 13-yanvardagi 12-son va 1993-yil 19-maydagi 238-son qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari S. Saidqosimov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1996-yil 27-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
338-son