Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.09.1996 13.01.1992 yildagi 12-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.09.1996
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IJODKORLARI JAMGʻARMASI MASALALARI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 27-sentabr 338-sonli “Maʼnaviyat va maʼrifat” jamoatchilik markazi huzuridagi “Oltin meros” xalqaro xayriya jamgʻarmasini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi ijodkorlari jamgʻarmasini tuzish toʻgʻrisida” 1991-yil 22-oktabrdagi Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Respublika ijodiy uyushmalarining Oʻzbekiston ijodkorlari jamgʻarmasining taʼsis konferensiyasini 1992-yil yanvar oyida oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin. Taʼsis konferensiyasini tayyorlash va oʻtkazish boʻyicha tashkiliy Qoʻmitaning ilova* qilinayotgan tarkibiga rozilik bildirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Ilova berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarmaning saylangan boshqaruviga bir oy muddat ichida Oʻzbekiston Respublikasi ijodkorlari jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi Nizomni tayyorlash va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish topshirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi ijodkorlari jamgʻarmasi apparati xodimlarining soni 7 kishidan iborat qilib belgilansin. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mehnatga haq toʻlash miqdorini, shartnoma asosida Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil transporti vazirligi tomonidan taʼminlanadigan bitta yengil avtomashinani saqlash uchun ajratiladigan mablagʻni va limitni belgilasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot qoʻmitasi, Moddiy-texnika taʼminoti davlat-kooperativ qoʻmitasi va Aloqa vazirligi respublika ijodkorlari jamgʻarmasi boshqaruvining talabnomasiga muvofiq birkitilgan nomenklatura boʻyicha zarur moddiy-texnika resurslari ajratsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilab qoʻyilsinki, jamgʻarma boshqaruvi apparatini saqlash va moddiy-texnika taʼminoti xarajatlari Farmonga muvofiq Vazirlar Mahkamasi rezervidan ajratilgan 3 million soʻm hisobidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Toshkent shahar ijroiya qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi ijodkorlari jamgʻarmasiga zarur joy ajratish masalasini koʻrib chiqsin va belgilangan tartibda hal etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston sanoat-qurilish banki va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki sovet va chet el fuqarolaridan, korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan soʻm hisobida va xorijiy valyutada kelib tushadigan mablagʻlarni hisobga oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi ijodkorlari jamgʻarmasining maxsus schyotlarini ochsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat televideniye va radio-eshittirish kompaniyasi, roʻznomalar va jurnallarning tahririyatlari jamgʻarma faoliyatini keng targʻib qilishni hamda ajratilgan mablagʻlardan maqsadli foydalanishda oshkoralikni taʼminlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasi Raisining birinchi oʻrinbosari I. JOʻRABEKOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1992-yil 13-yanvar,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12-son