11.09.2019 yildagi 934-son
O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14 va 16-moddalariga asosan saylov va referendumni tashkil etish hamda o‘tkazish sohasidagi huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 512 — 519-moddalariga asosan saylov va referendumni tashkil etish hamda o‘tkazish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik belgilangan;
O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksi, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi, “Prokuratura to‘g‘risida”, “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi qonunlariga asosan saylov va referendumni tashkil etish hamda o‘tkazish sohasidagi ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilganligi to‘g‘risidagi bayonnoma prokuratura va ichki ishlar organlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi, viloyat, tuman, shahar saylov komissiyalari va okrug saylov komissiyalarining vakolatli mansabdor shaxslari tomonidan tuziladi;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksi, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 245-moddasiga asosan saylov va referendumni tashkil etish hamda o‘tkazish sohasidagi ma’muriy huquqbuzarliklar haqidagi ishlar jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudlari tomonidan ko‘rib chiqiladi.
1. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining (bundan buyon matnda MJtK deb yuritiladi) 512 — 519-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etilganligi aniqlangan hollarda, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi (bundan buyon matnda MSK deb yuritiladi), viloyat, tuman, shahar saylov komissiyalari, okrug saylov komissiyalari, referendum o‘tkazuvchi okrug komissiyalarining a’zolari ma’muriy huquqbuzarlikka oid ishlarni rasmiylashtiradi.
3. Saylov va referdumni tashkil qilish va o‘tkazish sohasidagi huquqbuzarliklarni aniqlashda MJtKning 512 — 519-moddalariga muvofiq quyidagi huquqbuzarliklar alomatlari mavjudligiga alohida e’tibor qaratilishi lozim:
4. MJtKning 512 — 519-moddalarida ko‘rsatilgan ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etilganligi aniqlangan hollarda, MJtKning 280 va 281-moddalariga ko‘ra MSK, viloyat, tuman, shahar saylov komissiyalari, okrug saylov komissiyalari, referendum o‘tkazuvchi okrug komissiyalarining raislari, ularning o‘rinbosarlari, kotiblari yoki a’zolari tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma tuzilishi mumkin. Bunda bayonnoma MJtKning 281-moddasi tartibida mazkur Yo‘riqnomaning ilovasiga muvofiq shaklda rasmiylashtiriladi.
6. Bayonnomani tuzish vaqtida huquqbuzarga MJtKning 294-moddasida nazarda tutilgan uning huquq va burchlari tushuntiriladi va bu xususda bayonnomaga yozib qo‘yiladi. Jumladan:
7. MJtK 284-moddasining birinchi qismiga muvofiq ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzish maqsadida, agar bayonnoma tuzish shart bo‘lib, uni joyning o‘zida tuzishning imkoni bo‘lmasa, ichki ishlar organi xodimi yoki ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzishga vakolatli boshqa shaxs huquqbuzarni ichki ishlar organiga yoxud fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi binosiga keltirishi mumkin.
8. MJtK 287-moddasi birinchi qismining 1-bandiga muvofiq MJtKning 512, 518 va 519-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda ichki ishlar organlari tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxs ma’muriy yo‘l bilan ushlab turilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
10. MJtKning 282-moddasi talablaridan kelib chiqib, bayonnoma boshqa hujjatlar va ish bo‘yicha ashyoviy dalillar bilan birga MJtKning 512 — 519-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarlik sodir etilgan yoki aniqlangan paytdan boshlab bir sutkadan kechiktirmay jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudiga yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish materiallari MJtKning 281, 282-moddalarida nazarda tutilgan talablar buzilgan holda jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudiga taqdim qilingan taqdirda, ushbu sudning asoslantirilgan yozma talabiga ko‘ra 12 soatdan kechiktirmasdan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomani tuzgan organ tomonidan kamchiliklar bartaraf etilishi shart.
13. MSK, viloyat, tuman, shahar saylov komissiyalari, okrug va uchastka saylov komissiyalari va referendum o‘tkazuvchi okrug va uchastka komissiyalar a’zolari MJtKning 512 — 519-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etilganligi aniqlangan hollarda ushbu holat haqida darhol huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yoki yuqori turuvchi saylov komissiyalariga xabar berishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Saylov va referendumni tashkil etish hamda o‘tkazish sohasidagi huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar MJtKga muvofiq jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudi tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Saylov va referendumni tashkil etish va o‘tkazish sohasidagi
huquqbuzarlik haqida ___-sonli
BAYoNNOMA

20___ “____” _______________ kuni soat __________ ______________________________________________

(hudud nomi)

Ushbu bayonnomani men,
____________________________________________________________________________________________
____________________________________________________________________________________________

(bayonnomani tuzuvchi shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi)
____________________________________________________________________________________________

tuzdim. Fuqaro
_______________________________________________________

(tug‘ilgan sanasi, joyi)

(millati)

Fuqaroligi (1-O‘z�ekiston, 2-chet el fuqarosi, 3-fuqaroligi bo‘lmagan)

______________________________________
���(yashash joyi)
___________________________________________
___________________________________________
(ish joyi)

_________________
(telefon)

_________________ (telefon)

Shaxsini tasdiqlovchi hujjat: ___________________________________________________________________

(turi, seriya, raqami,bergan organ nomi va vaqti)

Menga O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 294-moddasida belgilangan huquq va burchlarim tushuntirildi: ____________________________________________________________________________________________

(huquqbuzarning imzosi)

20___yil “____” _____________ kuni soat________________________________________________________
____________________________________________________________________________________________
____________________________________________________________________________________________
____________________________________________________________________________________________
____________________________________________________________________________________________
____________________________________________________________________________________________
(huquqbuzarlik sodir etilgan joy va uning tafsiloti)

ya’ni, MJtKning _______-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan.
Guvoh yoki xolislar: MJtKning 298-moddasi talablari bilan tanishtirildi.

1. __________________________________________________________________________________________
(familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan yili)
____________________________________________________________________________________________
(yashash joyi, imzo)
2. __________________________________________________________________________________________
(familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan yili)
____________________________________________________________________________________________
(yashash joyi, imzo)

Bayonnoma bilan tanishdim, uning mazmuni bo‘yicha quyidagilarni bildiraman:
____________________________________________________________________________________________
____________________________________________________________________________________________
____________________________________________________________________________________________
____________________________________________________________________________________________
____________________________________________________________________________________________
____________________________________________________________________________________________

(huquqbuzarning tushuntirish berishi)

(huquqbuzarning imzosi)

Bayonnomaga ilova etiladi: ______________________________________________________________________
____________________________________________________________________________________________
(tibbiy tekshiruv xulosasi, dalolatnoma, daliliy ashyo, tushuntirish xati, ishga oid boshqa hujjatlar)

Ma’muriy ish ko‘rib chiqilgan joy va vaqt to‘g‘risida ogohlantirildim:

______________
(imzo)

Bayonnomani tuzgan shaxs: ________________

(imzo)