Prokuratura organlarining xodimlari o‘z faoliyatlarida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda boshqa qonun hujjatlarining talablariga aniq rioya etishlari va ularni bajarishlari shart. Qonunlarni aniq bajarish va ularga rioya etishdan har qanday chekinish, qanday asoslarga ko‘ra qilinishidan qat’i nazar, qonuniylikni buzish deb hisoblanadi va belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan organlar faoliyatini muvofiqlashtirish uchun prokuror muvofiqlashtiruvchi kengash chaqiradi, ishchi guruhlar tashkil etadi, zarur axborot, shu jumladan statistika ma’lumotlarini talab qilib oladi, qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Ushbu moddaning ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan zararni qoplash bo‘yicha to‘lovlar respublika budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirilib, ular aybdor shaxslardan qonunda belgilangan tartibda keyinchalik undirib olinadi.
5, 6-moddalardagi, 7-moddaning ikkinchi qismidagi, 22, 23, 25, 26-moddalardagi, 31-moddaning ikkinchi, beshinchi, oltinchi, yettinchi xatboshilaridagi , 33-moddadagi, 43-moddaning birinchi qismidagi hamda 44-moddaning birinchi qismidagi “prokuror” degan atama zamirida o‘z vakolatlari doirasida ish olib borayotgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, quyi turuvchi barcha prokurorlar, ularning o‘rinbosarlari, bosh boshqarmalar, boshqarmalar va bo‘limlarning boshliqlari, ularning o‘rinbosarlari, bosh boshqarmalar, boshqarmalar va bo‘limlarning katta yordamchilari, yordamchilari, katta prokurorlari va prokurorlarini tushunish kerak.
28-modda birinchi qismining sakkizinchi xatboshisidagi “prokuror” degan atama zamirida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning o‘rinbosarlarini, viloyatlar, Toshkent shahri prokurorlarini va ularga tenglashtirilgan prokurorlarni tushunish kerak.