Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.12.2020 30.03.2019 yildagi 271-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.12.2020
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligining Uzum yetishtiruvchilar va vino tayyorlovchilarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-noyabrdagi 753-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish hamda uzumchilik va vinochilikni rivojlantirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 5-fevraldagi PF-5656-son Farmoniga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4161-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligining Uzum yetishtiruvchilar va vino tayyorlovchilarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Enologiya laboratoriyasi” davlat unitar korxonasi va “Uzumchilik oʻquv markazi” davlat unitar korxonasi ustavlarini ikki oy muddatda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin, shuningdek, ularning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uzum yetishtiruvchilar va vino tayyorlovchilarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga “Enologiya laboratoriyasi” davlat unitar korxonasi zarur zamonaviy laboratoriya anjomlari bilan jihozlanishini va milliy darajada akkreditatsiyadan oʻtkazilishini, shuningdek, uzum, mevalar va rezavorlardan alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish boʻyicha tajriba ishlab chiqarishi tashkil etilishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soha tashkilotlarining kolleksiyalari hisobiga Oʻzbekiston vino kolleksiyasini yaratsin hamda har yili uning soha tashkilotlari mahsulotlari bilan toʻldirilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Akademik M. Mirzayev nomidagi uzumchilik, vinochilik va bogʻdorchilik ilmiy-tadqiqot instituti va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga “Enologiya laboratoriyasi” davlat unitar korxonasi huzurida uzumning texnik navlari plantatsiyasini yaratish, shuningdek, “Vinochilik texnologiyasi va sanoat uzumchiligi” fakulteti talabalari, Toshkent kimyo-texnologiya instituti huzuridagi Vinochilik sohasi mutaxassislarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazi tinglovchilari uchun oʻquv va ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish yuzasidan takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi A.D. Vaxabov va Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 30-mart,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
271-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-martdagi 271-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligining (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligi, faoliyatini tashkil etish va hisobot berish tartibini, shuningdek, uning rahbarlarining funksional vazifalari va javobgarligini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Agentlik uzumchilik va vinochilik sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradigan davlat boshqaruvi respublika organi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining (keyingi oʻrinlarda Vazirlik deb ataladi) tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi va oʻz faoliyatida Vazirlik oldida hisobot beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Agentlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining buyruqlariga, shuningdek, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Agentlikning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Agentlik yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhr va blankalarga, mustaqil balansga, shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga, bank hisob raqamlariga, shu jumladan, xorijiy valyutadagi hisob raqamlariga egadir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Agentlikning rasmiy nomi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) davlat tilida — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) ingliz tilida — The Agency of Viticulture and Wine Development under the Ministry of agriculture of the Republic of Uzbekistan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) rus tilida — Agentstvo po razvitiyu vinogradarstva i vinodeliya pri Ministerstve selskogo xozyaystva Respubliki Uzbekistan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Agentlik joylashgan joy (pochta manzili): 100011, Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Abay koʻchasi, 6.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Agentlikning tuzilmasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Agentlik tizimiga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlikning markaziy apparati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Enologiya laboratoriyasi” davlat unitar korxonasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Uzumchilik oʻquv markazi” davlat unitar korxonasi kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Agentlikning vazifalari va funksiyalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uzumchilik va vinochilik sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, shuningdek, uzumchilik va vinochilikni dinamik rivojlantirishni taʼminlashga yoʻnaltirilgan kompleks maqsadli dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ustun darajada texnik navlardagi uzum plantatsiyalarini kengaytirish va rivojlantirishga, vinochilikni rivojlantirishga, resurslarni tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni joriy qilishga va vinochilik korxonalarini kompleks ravishda modernizatsiya qilishga koʻmaklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
raqobatbardosh vinochilik mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish uchun toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalarni jalb qilishda, tashqi bozorlar konyunkturasining chuqur marketing tadqiqotlarini amalga oshirish yoʻli bilan eksport salohiyatini oshirishda, shuningdek, mahalliy vinochilik mahsulotlarini, shu jumladan, chet elda ommalashtirishda uzum yetishtiruvchilar va vino tayyorlovchilarni qoʻllab-quvvatlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy va mahalliy taʼlim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari va tarmoqning yetakchi ishlab chiqaruvchilari bilan hamkorlik qilish yoʻli bilan uzumchilik va vinochilik sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga koʻmaklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uzum ekish materiallarini ishlab chiqaruvchilar faoliyatini tartibga solish, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda Inspeksiya deb ataladi) bilan uzum, mevalar va reza mevalardan tayyorlanadigan alkogolli mahsulotlar sifatini belgilash yuzasidan oʻzaro hamkorlik qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi bilan birgalikda uzum plantatsiyalarining elektron roʻyxatini yuritish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Agentlik oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) uzumchilik va vinochilik sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirish, shuningdek, uzumchilik va vinochilikni dinamik rivojlantirishni taʼminlashga yoʻnaltirilgan kompleks maqsadli dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shu jumladan, klaster asosidagi uzumchilik va vinochilikni rivojlantirishning davlat va maqsadli dasturlarini, shu jumladan, innovatsion va resurslarni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish yoʻli bilan uzum planatsiyalarining samaradorligini va tarmoq korxonalarining ishlab chiqarish faoliyatini oshirish boʻyicha metodik tavsiyalarni ishlab chiqadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uzumchilik va vinochilik sohasida yagona davlat siyosati ijrosini taʼminlaydi, ushbu yoʻnalishda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, uzumchilik va vinochilik yoʻnalishi boʻyicha oʻz faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar bilan hamkorlik qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Inspeksiyadan maʼlumot olish yoʻli bilan uzum, mevalar va reza mevalardan tayyorlanadigan alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish va ularning aylanmasi monitoringini olib boradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uzumchilik va vinochilik, shu jumladan, uzum ekish materialini ishlab chiqarish sohasida tegishli normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi va takliflar kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uzumchilik yoʻnalishidagi investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlar boʻyicha kafillik taqdim etish sohasida umumiy qiymatining kamida 15 foizi loyiha tashabbuskori tomonidan moliyalashtiriladigan uzumchilik yoʻnalishidagi investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlar boʻyicha boʻlgʻusi hosil, tokzor va (yoki) yer uchastkasiga boʻlgan huquqni garovga olgan holda kafillik taqdim etadi;
(10-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-apreldagi 203-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.04.2020-y., 09/20/203/0401-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) ustun darajada texnik navlardagi uzum plantatsiyalarini kengaytirish va rivojlantirishga, vinochilikni rivojlantirishga, resurslarni tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni joriy qilishga va vinochilik korxonalarini kompleks ravishda modernizatsiya qilishga koʻmaklashish sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilmiy-tadqiqot institutlari va boshqa vakolatli tashkilotlar bilan birgalikda agrotexnologiyalarni takomillashtirish va uzum hosildorligini oshirish, tarmoq mahsulotlari raqobatbardoshligini oshirishni ragʻbatlantirish maqsadida uzum, mevalar va reza mevalardan tayyorlanadigan alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish boʻyicha mavjud quvvatlarni modernizatsiya qilish boʻyicha takliflarni tayyorlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uzum plantatsiyalarida mahalliy seleksiya navlari, xususan, yashash muhitining abiotik va biotik sharoitlariga koʻproq moslashgan Yevropa klonlari va avtoxton navlar ulushini oshirish choralarini koʻradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
milliy ampelografik kolleksiyalar saqlanishi va kengaytirilishini taʼminlaydi hamda uzum navlari DNK katalogi (reyestri)ni shakllantiradi va yuritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) raqobatbardosh vinochilik mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish uchun toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalarni jalb qilishda, tashqi bozorlar konyunkturasining chuqur marketing tadqiqotlarini amalga oshirish yoʻli bilan eksport salohiyatini oshirishda, shuningdek, mahalliy vinochilik mahsulotlarini, shu jumladan, chet elda ommalashtirishda uzum yetishtiruvchilar va vino tayyorlovchilarni qoʻllab-quvvatlash sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi elchixonalari bilan birgalikda toʻgʻridan toʻgʻri chet el investitsiyalarini jalb qilishda tarmoq korxonalariga koʻmaklashadi, shuningdek, uzumchilik mahsulotlari tashqi bozori konyunkturasini oʻrganadi, mamlakatimiz uzumchilik mahsulotlarini ommalashtirish va tarmoq mahsulotlarining eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzstandart” agentligi bilan birgalikda korxonalarda uzum, mevalar va reza mevalardan tayyorlanadigan alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha xalqaro standartlarni joriy qilishga koʻmaklashadi va takliflar kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uzum, mevalar va reza mevalardan tayyorlanadigan alkogolli mahsulotlar va vinoni tanishtirish boʻyicha milliy va xalqaro festivallar, koʻrgazmalar va yarmarkalarni tashkil qiladi va ularda ishtirok etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) xorijiy va mahalliy taʼlim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari va tarmoqning yetakchi ishlab chiqaruvchilari bilan hamkorlik qilish yoʻli bilan uzumchilik va vinochilik sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga koʻmaklashish sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uzumchilik va vinochilik sohasida xorijiy mutaxassislar va maslahatchilarni jalb qiladi, shuningdek, tarmoq mutaxassislari, uzum yetishtiruvchilar va vinochilarni respublikaning yetakchi korxonalari, Toshkent kimyo-texnologiya instituti huzuridagi Vinochilik sohasida mutaxassislarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazida, shuningdek, chet elda malakasini oshirish, tayyorlash va qayta tayyorlashga koʻmaklashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent kimyo-texnologiya instituti, boshqa oliy taʼlim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari, shu jumladan, xalqaro ilmiy-tadqiqot institutlari bilan uzumchilik va vinochilik sohasida ilmiy-texnik yutuqlarni ishlab chiqish va joriy qilish maqsadida hamkorlik qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalari talabalariga bevosita tarmoqning ishlab chiqarish va boshqa korxonalarida amaliyot oʻtishlarida koʻmaklashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) uzum ekish materiallarini ishlab chiqaruvchilar faoliyatini tartibga solish, uzum, mevalar va reza mevalardan tayyorlanadigan alkogolli mahsulotlar sifatini belgilash yuzasidan Inspeksiya bilan oʻzaro hamkorlik qilish sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uzum ekish materiallarini ishlab chiqarish boʻyicha pitomniklarni barpo qilishda koʻmaklashadi, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ularning faoliyatini tartibga soladi va muvofiqlashtiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishchi organlar ishida ishtirok etadi, texnik va texnologik reglamentlar, standartlar, shuningdek, uzumchilik sohasi hamda uzum, mevalar va reza mevalardan tayyorlangan alkogolli ichimliklarni ishlab chiqarish sohasida sanitariya-gigiyena normalarini yaratish, joriy qilish va yaxshilash masalalari boʻyicha takliflarni koʻrib chiqadi va kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chakana savdo tarmoqlarida nazorat tartibida sotib olish yoʻli bilan uzum, mevalar va reza mevalardan tayyorlangan alkogolli mahsulotlar sifatini nazorat qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uzum, mevalar va reza mevalardan tayyorlangan alkogolli mahsulotlar sifatini tekshirish yakunlari boʻyicha Inspeksiyaga maʼlumot kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Inspeksiyaning tashabbusi bilan uzum, mevalar va reza mevalardan tayyorlangan alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarishga litsenziya berish jarayonida ishtirok etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nazorat va tekshirish organlarining soʻrovi boʻyicha uzum, mevalar va reza mevalardan tayyorlangan alkogolli mahsulotlar sifatini belgilash boʻyicha monitoring olib borish va tekshirishlarda belgilangan tartibda ishtirok etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi bilan birgalikda uzum plantatsiyalarining elektron roʻyxatini yuritish sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi bilan birgalikda uzum plantatsiyalarining elektron roʻyxatini yuritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Agentlikning huquqlari va javobgarligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Agentlik oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish, shuningdek, oʻz vakolati doirasida Agentlikning tarkibiy boʻlinmalari, shuningdek, uzumning texnik navlarini yetishtirish bilan shugʻullanuvchi subyektlar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan qarorlar qabul qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlikka normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari, shuningdek, Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa hujjatlarni belgilangan tartibda kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlik vakolatiga kiradigan masalalarda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlik vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun zarur boʻlgan axborotni davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan soʻrash va olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat statistika organlaridan Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha zarur statistik maʼlumotlarni bepul asosda olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Inspeksiya bilan birgalikda uzum, mevalar va reza mevalardan tayyorlangan alkogolli mahsulotlar sifatini belgilash va nazorat qilish boʻyicha qoʻshma tadbirlar oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha xalqaro shartnomalarni tuzish va Agentlik vakolatiga tegishli masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini xalqaro darajada ifodalash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlik vakolatiga tegishli masalalar boʻyicha xorijiy tarmoq idoralari, ilmiy va taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlik qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uzumchilik va vinochilik sohasida joriy va strategik vazifalarni yoritish uchun belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
binolarga xizmat koʻrsatish, asbob-uskunalar va xoʻjalik jihozlari, avtotransport, aloqa vositalari, hisoblash, kompyuter va tashkiliy texnika, dasturiy taʼminot hamda Agentlik faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan boshqa tovarlar taʼminoti va foydalanish ishlarini bajarish uchun belgilangan tartibda shartnomalar tuzish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilmiy tashkilotlarni, olim va mutaxassislarni, shu jumladan, chet el olimlari va mutaxassislarini Agentlik vakolatiga kiradigan masalalarni hal qilishga shartnoma asosida jalb qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlik va uning tizimiga kiradigan tashkilotlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash choralarini koʻrish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Agentlikning tarkibiy boʻlinmalari huquq va majburiyatlari Agentlik direktori tomonidan tasdiqlanadigan nizomlar bilan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Agentlik:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi, shuningdek, uzumchilik va vinochilik sohasida davlat siyosati samarali amaliy amalga oshirilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
normativ-huquqiy hujjatlar talablari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari oʻz vaqtida bajarilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlikning markaziy apparati va tarkibiy boʻlinmalari ishini tashkil qilish uchun javob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Agentlik faoliyatini tashkil qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Agentlikka Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining taqdimnomasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor boshchilik qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Direktor oʻz maqomi, mehnatga haq toʻlash, tibbiy va transport xizmati koʻrsatishi shartlari boʻyicha vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Direktor Agentlik direktorining taqdimnomasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri tomonidan lavozimga tayinladigan va lavozimdan ozod etiladigan ikki nafar oʻrinbosarga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Direktor boʻlmagan davrda uning vakolatlari vazifalar taqsimlanishiga muvofiq uning oʻrinbosari tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Oʻz vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda Agentlik davlat va xoʻjalik boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi, shuningdek, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari bilan hamkorlikda qabul qilingan qarorlar bilan uzumchilik va vinochilik sohasidagi tadbirlarni oʻtkazish masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha idoralararo komissiyalar, kengashlar, ishchi guruhlarni tuzadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Agentlik faoliyatiga Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri mutasaddilik qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Direktor lavozimi boʻyicha Vazirlik hayʼati tarkibiga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Agentlik rahbarlarining asosiy funksional vazifalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Quyidagilar Agentlik rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlik faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, Agentlikka qonun hujjatlari bilan yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Agentlik faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va tadbirlar ijro etilishi jarayonini tanqidiy jihatdan va chuqur tahlil qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri topshiriqlarini bajarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzining oʻrinbosarlari vakolatlarini belgilash, ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlash, Agentlikning boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini belgilash, oʻzining oʻrinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning Agentlik faoliyatining alohida uchastkalariga rahbarlik qilish uchun shaxsiy javobgarligi darajasini belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlik faoliyatini rejalashtirishni tashkil qilish, Agentlik va oʻz oʻrinbosarlarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi jarayonini nazorat qilishni taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil qilish va monitoring olib borishning amaliy tizimini yaratish, Agentlik faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha amaliy kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, markaziy apparat va tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarining qonun hujjatlari talablariga muvofiq topshiriqlarni oʻz vaqtida va sifatli bajarish uchun shaxsiy javobgarligini oshirish choralarini koʻrish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlik va uning tarkibiy boʻlinmalari xodimlarini tizimli qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlik tizimida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, Agentlik kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda kiritish uchun normativ-huquqiy hujjat loyihalarini sifatli ishlab chiqish va Vazirlikka oʻz vaqtida kiritishni tashkil qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlikka taqdim qilingan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqilishini taʼminlash, ularni sinchiklab huquqiy, iqtisodiy va boshqa ekspertizadan oʻtkazish, shuningdek, ularni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan muddatlarda kelishish (viza qoʻyish);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlik rahbarlari va xodimlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida samarali boʻlish va Oʻzbekiston Respublikasiga xorijiy delegatsiyalar tashrifini tashkil etishda mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq xizmat safarlarini amalga oshirish va tashkil qilish, xizmat safarlari asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini taʼminlash, xizmat safariga ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz oʻrinbosarlari va tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligining tanqidiy tahlilini muntazam ravishda oʻtkazish, ularning shaxsiy hisobotlarini Agentlik majlislarida eshitish, yakunlar boʻyicha zarur choralar koʻrish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz oʻrinbosarlari va Agentlik xodimlarini intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini belgilangan tartibda hal qilish, ularning egallab turgan lavozimlarida kelgusida boʻlishi maqsadga muvofiqligi masalalarini koʻrib chiqish, ularning shaxsiy javobgarligini oshirishning tizimli choralarini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlik va idoraviy mansub tashkilotlar xodimlarining Odob-axloq qoidalarini tasdiqlash, shuningdek, ularga rioya qilishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Agentlik tizimida korrupsiya va boshqa qonunbuzarliklarning oldini olish choralarini qabul qilish, shuningdek, huquqiy amaliyot va qonun hujjatlarini takomillashtirish choralarini ishlab chiqish va amalga oshirish yoʻli bilan ularning yuzaga kelishiga yordam beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlik va uning tarkibiy boʻlinmalari ishini tashkil qilishning zamonaviy shakllarini joriy qilishni taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Elektron hukumat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish doirasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, shu jumladan, Agentlikning axborot tizimi samaradorligi va sifatini oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomda belgilangan muddatlar va tartibda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha samarali ishini tashkil qilish, aholi bilan toʻgʻridan toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, shaxsan qabul qilishni tizimli ravishda oʻtkazish, shu jumladan, jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini joyning oʻziga chiqib qabul qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy va yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasiga tushayotgan murojaatlarini oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqishni taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali ishlashni tashkil qilish, ularning faoliyatida Agentlik xodimlari va rahbarlarining faol ishtirokini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat siri va maxfiy maʼlumotlar sirasiga kiradigan maʼlumotlar bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligining Uzum yetishtiruvchilar va vino tayyorlovchilarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) mablagʻlari Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari smetasiga muvofiq tushishi va ishlatilishini nazorat qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Jamgʻarma mablagʻlaridan moliyalashtiriladigan shartnomalar va bitimlar tuzish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarmaning oldin berilgan mablagʻlari boʻyicha, shu jumladan, shartnoma shartlarini qayta tuzish va uzaytirish boʻyicha qarorlar qabul qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
markaziy apparatning tarkibiy boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomlarni, idoraviy mansub tashkilotlarning ustavlari, nizomlari, lavozim yoʻriqnomalari va Agentlikning boshqa lokal hujjatlarini belgilangan tartibda tasdiqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mehnat shartnomalarini tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish, Agentlik markaziy apparati, “Enologiya laboratoriyasi” DUK va “Uzumchilik oʻquv markazi” DUK xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarmaning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobiga uzumchilik va vinochilik sohasida xorijiy mutaxassislar va maslahatchilarni shartnoma asosida jalb qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlik, idoraviy mansub tashkilotlarning mansabdor shaxslari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan buyruqlar chiqarish va koʻrsatmalar berish, shuningdek, belgilangan tartibda ularning bajarilishini nazorat qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlik markaziy apparati, idoraviy mansub tashkilotlarning tasdiqlangan tuzilma va shtat jadvallariga oʻzgartish kiritish yuzasidan belgilangan xodimlar soni va mehnatga haq toʻlash jamgʻarmasi doirasida Vazirlikka takliflar kiritish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlik direktori qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa funksional vazifalarni ham amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Quyidagilar Agentlik direktori oʻrinbosarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
direktor vaqtincha boʻlmagan vaqtlarda uning vazifalarini bajarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlikning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va bevosita rahbarlik qilish, ularning xodimlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi nazorat qilinishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri topshiriqlarini ijro etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
direktorning buyruqlari va topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarda kadrlarni tanlash va joyiga qoʻyish boʻyicha direktorga takliflarni taqdim qilish, ularning kasbiy mahorati, vakolatliligi, amaliy tajribasi, ishbilarmonlik va maʼnaviy-maʼrifiy sifatlarining yuqori saviyasi kafolatlanganligini taʼminlash, mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli ishlab chiqilishini tashkil qilish, Agentlikning tarkibiy boʻlinmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalari kelgusida direktor tomonidan koʻrib chiqilishi, imzolanishi (viza qoʻyilishi) uchun koʻrib chiqish va viza qoʻyish, ularning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kelgusida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kiritish uchun Vazirlikka oʻz vaqtida kiritilishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlikka taqdim qilingan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini toʻliq va atroflicha koʻrib chiqish, ularni sinchiklab huquqiy, iqtisodiy va boshqa ekspertizadan oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida samarali boʻlish va Oʻzbekiston Respublikasiga xorijiy delegatsiyalar tashrifini tashkil etishda mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga toʻliq muvofiq ravishda amalga oshirish, xizmat safarlari asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligi, safar xarajatlariga ajratiladigan mablagʻlarning maqsadli va oqilona foydalanilishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarning rahbarlari va xodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, Agentlik majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, yakunlar boʻyicha zarur choralar koʻrish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlikning uzumchilik va vinochilik sohasidagi faoliyatini takomillashtirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar koʻrish, ushbu sohada qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va ularni direktorga kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish boʻyicha direktorga taklif kiritish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimlarida kelgusida boʻlishi maqsadga muvofiqligi masalalarini koʻrib chiqish, ularga yuklangan vazifalar va funksional vazifalar bajarilishi uchun shaxsiy javobgarligini oshirishning tizimli choralarini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlik xodimlarining Odob-axloq qoidalarini tasdiqlash, shuningdek, ularga rioya qilinishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Agentlik tizimida korrupsiya va boshqa qonunbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyoti va qonun hujjatlarini takomillashtirish choralarini ishlab chiqish va amalga oshirish yoʻli bilan ularning yuzaga kelishiga yordam beruvchi sabablar va shart-sharoitlarini aniqlash, tahlil qilish, bartaraf qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomda belgilangan muddatlar va tartibda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha samarali ishini tashkil qilish, aholi bilan toʻgʻridan toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, shaxsan qabul qilishni tizimli ravishda oʻtkazish, shu jumladan, jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini joyning oʻziga chiqib qabul qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali ishlash, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2016-yil 28-dekabrdagi PF-4904 son Farmoniga muvofiq ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushayotgan barcha murojaatlari oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqilishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat siri va maxfiy maʼlumotlar sirasiga kiradigan maʼlumotlar bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Direktor oʻrinbosarlari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa funksional vazifalarni ham amalga oshiradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-bob. Agentlik rahbarlarining javobgarligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Agentlik direktori:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma mablagʻlari maqsadli sarflanishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Nizomning 13-bandida nazarda tutilgan Agentlikning javobgarligi sohalari boʻyicha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Nizomning 21-bandida koʻrsatilgan oʻzining funksional vazifalari sifatli bajarilishi uchun javob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Agentlik direktori oʻrinbosarlari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarda Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Nizomning 13-bandida nazarda tutilgan mutasaddilik qilinadigan masalalar yuzasidan Agentlikning javobgarligi sohalari boʻyicha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Nizomning 22-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalari sifatli bajarilishi uchun javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-bob. Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ishchi indikatorlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligi muntazam ravishda baholanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash Vazirlik tomonidan tasdiqlanadigan Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ishchi indikatorlarga asoslanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari boʻyicha quyidagi choralar koʻriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlik rahbarlari va xodimlarini ragʻbatlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy javobgarlik choralari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlik faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi va usuli Vazirlik tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-bob. Agentlikni moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminlash, uning xodimlari mehnatiga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Agentlik va unga idoraviy mansub tashkilotlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, faoliyatni amalga oshirishga va markaziy apparat taʼminoti uchun xarajatlar, shu jumladan, xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish, shuningdek, qoʻshimcha haq, ustamalar, mukofotlar, ijtimoiy va boshqa toʻlovlar, shuningdek, madaniy-ommaviy tadbirlarni oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar qoplanishi Jamgʻarma mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalardan moliyalashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Agentlik xodimlariga Vazirlik markaziy apparati xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash, moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya shartlari joriy etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda Agentlik direktori tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri bilan kelishgan holda Agentlik xodimlarining lavozim maoshlariga 200 foizgacha boʻlgan miqdorda qoʻshimcha ustamalar belgilanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Agentlik xodimlariga ragʻbatlantiruvchi xususiyatga ega boʻlgan ustama va qoʻshimcha haqlar Agentlik direktori tomonidan tasdiqlanadigan mehnat shartnomalari (kontraktlar) va nizomlarga muvofiq toʻlanadi. Bunda ragʻbatlantiruvchi xususiyatga ega boʻlgan ustamalar va qoʻshimcha haq belgilanishi Agentlik direktorining huquqi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10-bob. Agentlikning Vazirlik oldida hisobot berishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Agentlik direktori Vazirlik oldida Agentlik faoliyati natijalari toʻgʻrisida muntazam ravishda hisobot beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri Agentlik direktori faoliyatining unga yuklangan vazifalar samarali bajarilishi boʻyicha doimiy monitoring olib boradi, Agentlik faoliyati samaradorligiga xolisona baho beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Monitoring va baholash yakunlari boʻyicha Agentlikning alohida oʻzini koʻrsatgan rahbarlari, mansabdor shaxslari va xodimlari ragʻbatlantiriladi yoki yoʻl qoʻyilgan jiddiy kamchiliklar uchun egallab turgan lavozimidan ozod qilishgacha javobgarlikka tortiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11-bob. Yakunlovchi qoida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Agentlikni qayta tashkil qilish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-martdagi 271-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligining Uzum yetishtiruvchilar va vino tayyorlovchilarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligining Uzum yetishtiruvchilar va vino tayyorlovchilarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) boshqarish tartibini, shuningdek, uning mablagʻlarini shakllantirish va ishlatish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Jamgʻarma Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb ataladi) tomonidan yuridik shaxsni tashkil etmagan holda tuziladi hamda uning mablagʻlari Agentlikning shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida va xorijiy valyutadagi bank hisob raqamida jamlanadi.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi PQ-4555-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2020-y., 07/20/4555/4257-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma quyidagi maqsadlarda tashkil etilgan:
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi PQ-4555-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2020-y., 07/20/4555/4257-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish boʻyicha loyihalarni moliyalashtirish, shuningdek, alkogolli mahsulotlar ishlab chiqaruvchilarning moliyaviy faolligini qoʻllab-quvvatlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlikning markaziy apparati taʼminoti va unga idoraviy mansub tashkilotlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, shuningdek, Agentlik faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarni moliyalashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlik markaziy apparatining xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Jamgʻarma mablagʻlari quyidagi manbalardan shakllantiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan ajratiladigan har yillik subsidiyalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
alkogolli mahsulotlarning ulgurji savdosi bilan shugʻullanuvchi korxonalar sof tushumining besh foiz miqdoridagi ajratmalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlik huzuridagi “Enologiya laboratoriyasi” DUK va “Uzumchilik oʻquv markazi” DUKning belgilangan tartibdagi ajratmalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro moliyaviy institutlar, xorijiy hukumat tashkilotlarining kreditlari (qarzlar) va grantlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarmaga majburiy ajratmalarni oʻz vaqtida yuborish uchun shaxsiy masʼuliyat Jamgʻarmaga ajratmalarni amalga oshiruvchi tashkilot rahbarlari zimmasiga yuklanadi. Alkogolli mahsulotlarning ulgurji savdosi bilan shugʻullanuvchi korxonalar ajratmalarni har oyda, keyingi oyning 15-kunidan kech boʻlmagan muddatda amalga oshirishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ajratmalar oʻz vaqtida amalga oshirilmagan taqdirda alkogolli mahsulotlarning ulgurji savdosi bilan shugʻullanuvchi korxona har bir kechiktirilgan kun uchun, ajratmalarning kechiktirilgan summasining 0,01 foizi miqdorida penya toʻlaydi, penya summasi kechiktirilgan majburiyatlar umumiy summasining 50 foizidan oshmasligi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi PQ-4555-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2020-y., 07/20/4555/4257-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Jamgʻarma mablagʻlaridan quyidagi maqsadlar uchun foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yangi uzum plantatsiyalarini yaratish va mavjudlarini rekonstruksiya qilish (modernizatsiya qilish), uzum, mevalar va reza mevalardan alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish quvvatlari boʻyicha loyihalarni moliyalashtirish, shuningdek, alkogolli mahsulotlar ishlab chiqaruvchilarning moliyaviy faolligini qoʻllab-quvvatlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uzumchilik va vinochilik bilan bogʻliq boʻlgan ilmiy loyihalarini moliyalashtirish, shu jumladan, uzumning yangi seleksiya navlarini yaratish, uzumni kasallik va zararkunandalardan himoya qilish va oʻrganish, shuningdek, uzum, mevalar va reza mevalardan alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish va sifatini yaxshilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Alkogol va tamaki bozorini boshqarish boʻyicha inspeksiyaning budjetdan tashqari jamgʻarmasini alkogolli mahsulotlar ulgurji savdosi bilan shugʻullanadigan korxonalarning ajratmalari summasidan oʻn foiz miqdorida shakllantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlik va uning idoraviy mansub tashkilotlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, uning markaziy apparati taʼminoti boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirish, shu jumladan, Agentlik xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish, shuningdek, qoʻshimcha haq, ustamalar, mukofotlar, ijtimoiy va Agentlik direktori tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan nizomga muvofiq boshqa toʻlovlarni, shuningdek, madaniy-ommaviy tadbirlarni oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarni qoplash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uzumchilik va vinochilik sohasida chet el mutaxassislari va maslahatchilarni jalb qilish, shuningdek, uzum yetishtiruvchilar, Agentlik va vinochilik korxonalarining xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarni moliyalashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mamlakatimizda ishlab chiqarilgan alkogolli mahsulotlar, shu jumladan, vinochilik mahsulotlarini tanishtirish boʻyicha konferensiyalar, seminarlar, treninglar, mahorat darslari, festivallar, koʻrgazmalar va yarmarkalarda ishtirok etish va tashkil qilish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish, ushbu tadbirlarda, shu jumladan, chet elda oʻtkaziladigan tadbirlarda alkogol sohasi korxonalari ishtirok etishida koʻmaklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalliy tashkilotlar va xalqaro tashkilotlarda, shu jumladan, Xalqaro uzumchilik va vinochilik tashkilotida aʼzolik badallarini va boshqa badallarni toʻlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilmiy-texnik va ilmiy-metodik adabiyotlar (shu jumladan, davriy nashrlar, eʼlonlar, risolalar, bukletlar, kitoblar, toʻplamlar va boshqa axborot-maʼrifiy materiallar)ni tayyorlash va nashr qilish, shuningdek, vinochilik va uzumchilik sohasida videoroliklar va taqdimot materiallarini yaratishga sarflangan xarajatlarni moliyalashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilmiy-tadqiqot ishlarini, shuningdek, ilmiy va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari tomonidan vinochilik va uzumchilik sohasida normalar, reglamentlar va qoidalar ishlab chiqilishini moliyalashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa hujjatlarida belgilangan topshiriqlarni bajarish;
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-apreldagi 203-sonli qaroriga asosan oʻn birinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.04.2020-y., 09/20/203/0401-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlikning qonun hujjatlarida taqiqlanmagan faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan boshqa yoʻnalishlar va tadbirlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Jamgʻarma hisobiga loyihalarni moliyalashtirish quyidagi yoʻllar bilan amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining tijorat banklarida ushbu Nizomning 5-bandi ikkinchi xatboshida koʻrsatilgan maqsadlarga yuridik shaxslarga kreditlar berish uchun (alkogolli mahsulotlar ishlab chiqaruvchilarning moliyaviy faolligini qoʻllab-quvvatlash bundan mustasno) 7 yilgacha boʻlgan muddatga bozor stavkalarida resurslarni joylashtirish;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-dekabrdagi PF-5893-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
alkogolli mahsulotlar ishlab chiqaruvchilarning moliyaviy faolligini qoʻllab-quvvatlash uchun yuridik shaxslarga kreditlar berish uchun Oʻzbekiston Respublikasining tijorat banklarida 2 yilgacha boʻlgan muddatga resurslarni joylashtirish;
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-dekabrdagi PF-5893-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida koʻrsatilgan maqsadlarga tegishli shartlarda qarz berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Nizomning 5-bandi uchinchi xatboshida koʻrsatilgan maqsadlarga grantlar berish. Bunda berilgan grantlar summasi Jamgʻarma hisobvaragʻiga har yil tushadigan umumiy summaning 5 foizidan oshmasligi lozim;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi maqsadlar uchun subsidiyalar berish:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda yaratilayotgan uzum plantatsiyalarida tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy etish. Agar shartnomada koʻrsatilgan tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy qilishga sarflangan summa subsidiyaning qonun hujjatlarida belgilangan miqdoridan kam boʻlgan taqdirda subsidiya shartnomada nazarda tutilgan summaga ajratiladi;
(6-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-apreldagi 203-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.04.2020-y., 09/20/203/0401-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 120 million soʻmdan ortiq boʻlmagan miqdorda suv chiqarish uchun burgʻulash qudugʻi, yaratilayotgan 35 gektardan ziyod gektarli uzum plantatsiyalarini sugʻorish uchun daryolar, kanallar va boshqa suv havzalaridan suv chiqarish uchun nasos stansiyasini qurish.
(6-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-apreldagi 203-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.04.2020-y., 09/20/203/0401-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) mahalliy sharoitda tok oʻsimligi toʻqima (meristema hujayra)laridan “In vitro” sharoitida yetishtirilgan tok koʻchatlarini sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida bir dona tok koʻchatiga 4 (toʻrt) ming soʻmdan ortiq boʻlmagan miqdorda subsidiyalar ajratiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) tok koʻchatlarini shpalerga (yogʻoch va boshqa sinuvchan ustunlardan tashqari) koʻtarish xarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida bir dona shpalerga 15 (oʻn besh) ming soʻmdan ortiq boʻlmagan miqdorda subsidiyalar ajratiladi;
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-apreldagi 203-sonli qaroriga asosan “v” va “g” kichik bandlar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.04.2020-y., 09/20/203/0401-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur bandning “a” va “b” kichik bandlarida koʻrsatilgan maqsadlarga mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan har yili ajratiladigan subsidiyalar hisobidan, “v” va “g” kichik bandlaridagi maqsadlar uchun mablagʻlar Jamgʻarmaning qolgan manbalaridan kelib tushadigan tushumlar hisobidan amalga oshiriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-apreldagi 203-sonli qaroriga asosan oʻn birinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.04.2020-y., 09/20/203/0401-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Subsidiyalarni ajratish tomchilab sugʻorish tizimini joriy qilish, yaratilayotgan uzum plantatsiyalarida suv chiqarish uchun nasos stansiyalari va suv chiqarish uchun burgʻulash quduqlarini qurish, “In vitro” sharoitida yetishtirilgan tok koʻchatlari ekish va shpalerga koʻtarish holati boʻyicha amalga oshiriladi, Tomchilab sugʻorish tizimini joriy qilish, yaratilayotgan uzum plantatsiyalarida suv chiqarish uchun nasos stansiyalari va suv chiqarish uchun burgʻulash quduqlarini qurish, “In vitro” sharoitida yetishtirilgan tok koʻchatlari ekish va shpalerga koʻtarish holati Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-fevraldagi 103-son qarori bilan tasdiqlangan Paxta xomashyosi yetishtiruvchilarning tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy qilish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 6-bandiga muvofiq tarkibdagi foydalanishga topshirish boʻyicha komissiyaning dalolatnomasi bilan tasdiqlangan boʻlishi lozim.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-apreldagi 203-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.04.2020-y., 09/20/203/0401-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Berilgan qarzlarning har yillik summasi Jamgʻarmaning hisobvaraqlariga tushgan har yillik mablagʻlar umumiy summasining 20 foizidan oshmasligi lozim va qarz taʼminoti sifatida koʻchadigan va koʻchmas mulk garovi, uchinchi shaxslarning kafilligi va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa taʼminot turlari taqdim qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Mablagʻlardan yanada samarali foydalanish va qoʻshimcha foyda manbaini olish maqsadida Jamgʻarmaning boʻsh mablagʻlari tijorat banklarining depozitlarida joylashtirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Jamgʻarma faoliyatini boshqarish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Jamgʻarmaning ushbu Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan maqsadlarga daromadlar va xarajatlar smetasi Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Jamgʻarma mablagʻlarini boshqarish va taqsimlash Agentlik direktori tomonidan Jamgʻarmaning tasdiqlangan daromadlari va xarajatlari smetasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Agentlik direktori:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma mablagʻlarini ushbu Nizomga hamda Jamgʻarmaning daromadlar va xarajatlari smetasiga muvofiq tasarruf etadi va uning mablagʻlaridan belgilangan maqsadlarda foydalanilishi uchun javob beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Jamgʻarma mablagʻlaridan moliyalashtiriladigan shartnomalarni tuzadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarmaning oldin berilgan mablagʻlari boʻyicha, shu jumladan, shartnoma shartlarini qayta tuzish, uzaytirish va oʻzgartirish boʻyicha qarorlarni qabul qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari hisobi yuritilishini, Jamgʻarma mablagʻlaridan ushbu mablagʻlarni oluvchilar tomonidan belgilangan maqsadlarda foydalanish monitoringini taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziriga Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari smetasini bajarish boʻyicha choraklik va yillik hisobotlarni taqdim qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Ushbu Nizomning 6-bandi beshinchi va oltinchi xatboshilarida koʻrsatilgan maqsadlarga Jamgʻarma mablagʻlaridan grant va subsidiyalarni taqdim qilish boʻyicha qarorlar ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq tarkibda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligining Uzum yetishtiruvchilar va vino tayyorlovchilarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga grant va subsidiyalarni taqdim qilish Kengashi (keyingi oʻrinlarda Kengash deb ataladi) tomonidan qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Kengashning subsidiyalarni taqdim qilish toʻgʻrisidagi ijobiy qarori Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan Jamgʻarmaga mablagʻlarni ajratish uchun asos hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kengash majlislari bir oyda kamida bir marta oʻtkaziladi. Agentlik Kengashning ishchi organi hisoblanadi, uning vazifalari va funksiyalari Kengash tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Loyihalarni grant yoki subsidiyalar hisobiga moliyalashtirish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Loyihalarni ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan maqsadlarga grant yoki subsidiyalar hisobiga moliyalashtirish tartibi ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Grant yoki subsidiyalar mablagʻlarini olish uchun loyiha tashabbuskori Agentlikka yozma yoki elektron shaklda quyidagi hujjatlarni taqdim qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, soʻralayotgan mablagʻ maqsadlari, loyihani amalga oshirish joyi, bank muassasasi nomi va bankdagi hisob raqami koʻrsatilgan holda grant yoki subsidiya berish toʻgʻrisidagi ariza;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uzum plantatsiyalarini barpo etish uchun yoki shpalerga koʻtarilishi lozim boʻlgan tokzorlar joylashgan yer uchastkasi mavjudligini tasdiqlaydigan hujjat — subsidiyalarni olishda;
(16-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-apreldagi 203-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.04.2020-y., 09/20/203/0401-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taʼsis hujjatlari nusxalari (ustav va/yoki taʼsis shartnomasi) (fermer va dehqon xoʻjaliklari bundan mustasno) va davlat roʻyxatiga olish toʻgʻrisidagi guvohnoma — subsidiyalarni olishda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
subsidiyalarni olishga rozilik toʻgʻrisida xoʻjalik jamiyatlari muassislari (paychilar, ishtirokchilar) va aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi (kuzatuv kengashi, boshqaruv) bayonnomasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda loyiha boʻyicha maʼlumot — subsidiyalarni olishda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hal qilish uchun grant olish talab qilinadigan muammolarni tavsiflovchi hujjat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xarajatlar smetasi va moliyalashtirishning qoʻshimcha manbalari (bunday manbalar mavjud boʻlganda) va loyiha boʻyicha boshqa maʼlumotlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Loyiha tashabbuskoridan ushbu bandda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim qilishni talab qilish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Loyiha tashabbuskorlari tomonidan grant yoki subsidiyalar olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar ushbu Nizomning 14-bandida koʻrsatilgan talablarga muvofiqligi yuzasidan ular olingan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida tekshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taqdim qilingan hujjatlarda xato va/yoki kamchiliklar aniqlanganda Agentlik loyiha tashabbuskorini xato va/yoki kamchiliklar haqida xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Loyiha tashabbuskori tomonidan xato va/yoki kamchiliklar Agentlik xabardor qilgandan soʻng yetti kun mobaynida bartaraf qilinmagan taqdirda hujjatlar loyiha tashabbuskoriga qaytarib beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Loyiha tashabbuskori tomonidan grant yoki subsidiyalarni olish uchun taqdim qilingan, ushbu Nizom talablariga muvofiq boʻlgan hujjatlar Agentlik tomonidan Kengashning navbatdagi majlisida koʻrib chiqish uchun kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taqdim qilingan hujjatlar asosida Kengash grant yoki subsidiyani berish yoki berishni rad qilish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Agentlik loyiha tashabbuskorini qabul qilingan qaror haqida u qabul qilingandan soʻng bir ish kuni mobaynida xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Kengash tomonidan grant yoki subsidiyani berish toʻgʻrisida qabul qilingan qaror asosida loyihani amalga oshirish uchun Agentlik va loyiha tashabbuskori oʻrtasida grant yoki subsidiya ajratish toʻgʻrisida shartnoma tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Grant berilishi grant ajratish toʻgʻrisidagi shartnomada koʻrsatilgan shartlar va muddatlarda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Subsidiyalar berilishi ushbu Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan shartlar bajarilgandan soʻng bir oylik muddatda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Subsidiya, grant va qarzlar loyiha tashabbuskorlarining tijorat banklarida ochilgan maxsus 22626 hisobvaraqlariga (korxonalar va tashkilotlarning maqsadli mablagʻlari) oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Subsidiya oluvchining majburiyatlari bajarilishi monitoringini olib borish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Yangi uzum plantatsiyalarini barpo qilish boʻyicha ariza berilgan loyihani amalga oshirish subsidiya olingandan soʻng uzum ekilishining keyingi mavsumi tugagunga qadar yakunlanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Agentlik tuman (shahar) hokimligi, qishloq xoʻjaligi boʻlimi hamda yer resurslari va davlat kadastri boʻlimi bilan birgalikda uzum ekilishi mavsumi yoki shpalerga koʻtarish ishlari tugagandan keyin ikki oy mobaynida loyiha tashabbuskorlari tomonidan shartnomada koʻrsatilgan ariza berilgan parametrlar bajarilishi yuzasidan monitoringni amalga oshiradi.
(24-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-apreldagi 203-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.04.2020-y., 09/20/203/0401-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Monitoring yakunlari boʻyicha tuman (shahar) hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari, qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi, yer resurslari va davlat kadastri boʻlimi boshligʻi va Agentlik vakili tomonidan imzolanadigan shartnomada koʻrsatilgan parametrlar loyiha tashabbuskori tomonidan bajarilgani yoki bajarilmagani toʻgʻrisida dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Subsidiya olingandan soʻng uzum ekishning keyingi mavsumi tugagunga qadar yangi uzum plantatsiyalarini barpo qilish yoki shpalerga koʻtarish ishlari boʻyicha ariza berilgan loyiha amalga oshirilmagan taqdirda ajratilgan subsidiyalar Agentlikning mablagʻlarni qaytarish haqidagi xabari olingan kundan eʼtiboran bir oy mobaynida Agentlikka qaytarib berilishi lozim.
(25-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-apreldagi 203-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.04.2020-y., 09/20/203/0401-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlik loyiha tashabbuskorini ushbu Nizomning 24-bandi ikkinchi xatboshida koʻrsatilgan dalolatnoma imzolangan kundan eʼtiboran 10 ish kuni mobaynida ajratilgan subsidiyalarni qaytarish haqida xabardor qilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda loyihaning bajarilmagan qismiga teng boʻlgan subsidiya summasi qaytarilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-bob. Agentlikning kredit berish boʻyicha tijorat banklari bilan oʻzaro hamkorligi tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Loyiha tashabbuskorlariga tijorat banklari tomonidan ushbu Nizomning 5-bandi ikkinchi xatboshi va 6-bandi ikkinchi va uchinchi xatboshlarida koʻrsatilgan maqsadlarga va shartlarda kreditlar berish maqsadida Agentlik va tijorat bankining bosh apparati oʻrtasidagi bosh kelishuvni tuzish yoʻli bilan Agentlik tomonidan tijorat banklariga resurslar taqdim qilinadi.
(26-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-dekabrdagi PF-5893-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlik tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlar boʻyicha boʻlgʻusi hosil, tokzor va (yoki) yer uchastkasiga boʻlgan huquqni garovga olgan holda kafillik taqdim etadi, bunda Jamgʻarma mablagʻlarining sarflanishi Jamgʻarmaning respublika budjetidan ajratiladigan subsidiyalardai tashqari boshqa manbalari hisobidan amalga oshiriladi;
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-apreldagi 203-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.04.2020-y., 09/20/203/0401-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tijorat banklarining kreditlari Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga Agentlik bilan kelishgan holda beriladi.
(26-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-dekabrdagi PF-5893-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, 2020-yil 1-yanvardan boshlab kreditlar tijorat banklari orqali foiz xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish mexanizmidan foydalanish imkoniyati bilan bozor stavkalarida berilishi nazarda tutilsin.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-dekabrdagi PF-5893-sonli Farmoniga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Tijorat banki resurslarning foydalanilmagan va/yoki toʻlanmagan qismini Agentlikning hisobvaraqlariga 3 ish kuni mobaynida qaytarib berishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Ushbu Nizomning 6-bandi toʻrtinchi xatboshida nazarda tutilgan qarzlarni berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri tomonidan tasdiqlanadigan nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanishni hisobga olish, hisobot berish va nazorat qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Agentlik har bir yoʻnalish boʻyicha Jamgʻarma mablagʻlari tushishi va harakatining alohida hisobini yuritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Jamgʻarmaning Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan olingan mablagʻlar boʻyicha daromadlar va xarajatlar toʻgʻrisidagi hisobotlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga hisobot davridan keyingi oyning 25-kunigacha, yillik hisobot esa keyingi yilning 30-yanvaridan kech boʻlmagan muddatda har chorakda taqdim qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Jamgʻarmaning Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan olingan va loyiha tashabbuskorlariga oʻtkazilmagan mablagʻlari keyingi yilga oʻtadi va olib qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Jamgʻarma mablagʻlaridan belgilangan maqsadlarda foydalanishni nazorat qilish vakolatli organlar tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Ushbu Nizomni amalga oshirishda yuzaga keladigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligining Uzum yetishtiruvchilar va vino tayyorlovchilarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligining Uzum yetishtiruvchilar va vino tayyorlovchilarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga grantlar va subsidiyalar berish boʻyicha kengash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TARKIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Xodjayev J.

Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri, Kengash raisi

Mustafoyev O.

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi direktori, Kengash raisining oʻrinbosari

Lavozimi boʻyicha

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining oʻrinbosari

Salimov U.

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vazirining oʻrinbosari

Fayzibayev O.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisining oʻrinbosari

Abdullayev T.

Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari

Poʻlatov J.

Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisining birinchi oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi

Lavozimi boʻyicha

viloyat hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari (moliyalashtiriladigan loyihaning joylashgan joyiga qarab)

Vapayev N.

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjalik vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi direktorining oʻrinbosari, Kengash kotibi

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh. Kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoxud zimmasiga tegishli vazifalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligining Uzum yetishtiruvchilar va vino tayyorlovchilarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligining Uzum yetishtiruvchilar va vino tayyorlovchilarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi grantlari va subsidiyalari hisobiga loyihalarni moliyalashtirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Muddatlar

I bosqich

Loyiha tashabbuskori

1. Grant va subsidiyalarni olish imkonini koʻrib chiqish uchun barcha zarur hujjatlarni tayyorlaydi.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligiga (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb ataladi) hujjatlarni taqdim qiladi.

Tashabbus koʻrsatish tartibida

II bosqich

Agentlik

Tashabbuskorning murojaat va hujjatlarini koʻrib chiqadi va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligining Uzum yetishtiruvchilar va vino tayyorlovchilarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga grantlar va subsidiyalar berish boʻyicha Kengash (keyingi oʻrinlarda Kengash deb ataladi) tomonidan koʻrib chiqish uchun kiritadi.

3 ish kuni mobaynida

III bosqich

Kengash

Agentlik tomonidan taqdim qilingan hujjatlarni koʻrib chiqadi.

1 oy mobaynida

IV bosqich

Agentlik

Tashabbuskorni Kengash tomonidan subsidiyalar berish yoki subsidiyalar berishni rad etish toʻgʻrisida qabul qilingan qaror toʻgʻrisida xabardor qiladi.

Qaror qabul qilingandan keyin
1 ish kuni mobaynida

V bosqich

Agentlik,
loyiha tashabbuskori

Loyihani amalga oshirish uchun grant yoki subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi shartnomani tuzadi.

Kengashning ijobiy qarori qabul qilingandan soʻng
3 ish kuni mobaynida

VI bosqich

Agentlik

Grant yoki subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi shartnoma shartlari bajarilgandan soʻng mablagʻlar loyiha tashabbuskorining tijorat bankida ochilgan maxsus 22626 hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.

Shartnoma shartlariga muvofiq

VII bosqich

Loyiha tashabbuskori

1. Mablagʻlardan qatʼiy ravishda uzum plantatsiyalarini yaratish, tomchilab sugʻorish texnologiyasini joriy qilish va/yoki burgʻulash quduqlarini qurish, “In vitro” sharoitida yetishtirilgan tok koʻchatlari ekish va shpalerga koʻtarish uchun belgilangan maqsadda foydalanadi.

2. Loyihani oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish uchun barcha kuchlarni safarbar qiladi.

Shartnoma shartlariga muvofiq

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-apreldagi 203-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.04.2020-y., 09/20/203/0401-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligining Uzum yetishtiruvchilar va vino tayyorlovchilarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

‎‎Yangi uzum plantatsiyalarini yaratish boʻyicha loyiha toʻgʻrisida
‎MAʼLUMOT

‎‎1. Loyiha tashabbuskori: ___________________________
‎2. Yaratiladigan uzum plantatsiyalarining umumiy maydoni: __________ ga.
‎3. Yaratiladigan uzum plantatsiyalari joylashgan joy: __________________________.
‎4. Uzum navini oʻtqazish rejasi: ____________-_____ga
‎(masalan, Bayan-Shirey — 50 ga, Saperavi — 10 ga, Kishmish — 10 ga).
‎5. Loyihani amalga oshirish muddati: _________ (masalan, 2019-yil kuzi).
‎6. Yaratiladigan ish joyi: ___ kishi.
‎7. Loyihaning umumiy qiymati — ___________ mln soʻm, undan:

T/r‎‏

Amalga oshiriladigan ishlar‎‎‎‎‏

Loyihaning umumiy qiymati, mln soʻm, undan:‎‎‏

Moliyalashtirish manbalari, mln soʻm‎‎‎

Loyiha tashabbuskor-larining mablagʻlari

Uzum yetishtiruvchilar va vino tayyorlovchilarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi subsidiyalari‎‎

Tijorat banklari kreditlari, jumladan, Jamgʻarma resurslari hisobiga ‎‎

1.‎

Agrotexnik tadbirlar (jumladan, yer haydash, chizellash, erni tekislash va hokazo ishlarni amalga oshirish) ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎

2.‎

Tuproqqa mineral oʻgitlar va boshqa kimyoviy moddalar bilan ishlov berish‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎

3.‎

Uzum nihollarini xarid qilish va ularni oʻtqazishni tashkil qilish‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎

4.‎

Suv chiqarish uchun burgʻilash quduqlari qurish‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎

5.‎

Tomchilab sogʻorish tizimini joriy qilish‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎

51.

Tok koʻchatlarini shpalerga koʻtarish‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎

6.‎

Boshqa xarajatlar‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎

JAMI:‎‎

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎Keltirilgan maʼlumotlar ishonchli boʻlib biz yangi uzum plantatsiyalarini yaratish boʻyicha loyiha toʻliq hajmda oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishiga kafolat beramiz.
‎‎Tashkilot boshligʻi

‎‎_________________________

‎‎___________

(F.I.O.)‎‎‎

(imzo) ‎‎

M.Oʻ.‎‎

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh: Loyihalashtirishning aniq manbalari koʻrsatilmagan loyihalar koʻrib chiqilmaydi.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-apreldagi 203-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.04.2020-y., 09/20/203/0401-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2019-y., 09/19/271/2863-son; 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son; 01.01.2020-y., 07/20/4555/4257-son; 07.04.2020-y., 09/20/203/0401-son)