28.12.2016 yildagi PF-4904-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmoni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining virtual qabulxonasi qisqa davrdagi faoliyati davomida aholining eng dolzarb muammolarini hal etish imkonini beruvchi, davlat hokimiyati va boshqaruvi, xoʻjalik boshqaruvi organlari, barcha darajadagi hokimiyatlar bilan fuqarolar oʻrtasidagi hamkorlikning samarali mexanizmiga aylandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tahlillar shuni koʻrsatdiki, murojaatlarning aksariyat qismi tadbirkorlik subyektlarining rivojlanishiga xalaqit berayotgan toʻsiq va gʻovlarni bartaraf etish, qonunchilikka zid boʻlgan idoraviy qarorlarni bekor qilish, ishga joylashish, sogʻliqni saqlash, bank kreditlaridan erkin foydalanish, uy-joy-kommunal va yoʻl-transport xizmatlari sifatini yaxshilash masalalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlarining faoliyati yuzasidan kelib tushmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining virtual qabulxonasi faoliyati davlat organlarining murojaatlar bilan bogʻliq ishni tashkil etishda ularni koʻrib chiqish tartibi va muddatlariga, rasmiyatchilik, byurokratizm va sansalorlik holatlariga doir qator tizimli kamchiliklarni aniqladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2017-yil “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb eʼlon qilingani munosabati bilan hamda aholining Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining virtual qabulxonasi ishi toʻgʻrisidagi koʻplab ijobiy fikrlarini eʼtiborga olib, barcha darajadagi davlat organlari faoliyatida “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan tamoyilni amalda qaror toptirish, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar tuzilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni ishlar boshqarmasining Fuqarolar qabulxonasi negizida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari (bundan buyon — Xalq qabulxonalari) — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida, shuningdek har bir tuman va shaharda (tumanga boʻysunuvchi shaharlardan tashqari);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi (bundan buyon — Virtual qabulxona).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonaning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotni tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini toʻlaqonli himoya qilishga qaratilgan, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari (bundan buyon — murojaatlar) bilan ishlashning sifat jihatidan yangi va samarali tizimi faoliyatini taʼminlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga, Oliy Majlisga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga, Hukumatga, davlat boshqaruvi organlariga, sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, boshqa davlat tashkilotlariga (bundan buyon — davlat organlari) va xoʻjalik boshqaruvi organlariga murojaat qilishga oid konstitutsiyaviy huquqlarining soʻzsiz amalga oshirilishi uchun sharoitlar yaratish;
(2-bandning uchini xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-sonli Farmoni tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalq qabulxonalariga va Virtual qabulxonaga kelib tushgan murojaatlar “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qatʼiy amal qilgan holda, toʻliq, xolis va oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalq qabulxonalariga va Virtual qabulxonaga kelib tushgan hamda tegishliligi boʻyicha davlat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlariga yuborilgan murojaatlar koʻrib chiqilishi ustidan tizimli monitoring va nazoratni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy shaxslarning va yuridik shaxslar vakillarining qabullarini davlat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari ishtirokida, shu jumladan videokonferensaloqa orqali oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalq qabulxonalariga va Virtual qabulxonaga kelib tushayotgan murojaatlarning qayd etilishi, umumlashtirilishi, tizimlashtirilishi va koʻrib chiqilishi ustidan nazorat qilinishi boʻyicha yagona elektron axborot tizimini joriy etish va yuritish yoʻli bilan murojaatlar bilan ishlashda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 4-maydagi PF-5035-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalq qabulxonalarining boshqaruv xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi xodimlari hisoblanadi;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-sonli Farmoni tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida, shuningdek har bir tuman va shaharda (tumanga boʻysunuvchi shaharlardan tashqari) tuzilayotgan Xalq qabulxonalari faoliyatini tashkiliy, moliyaviy va moddiy-texnik jihatdan taʼminlash tegishliligicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimiyatlari tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Tashkiliy-kadrlar xizmati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining boshqa xizmatlari, Vazirlar Mahkamasi va Bosh prokuratura bilan birgalikda ikki haftalik muddatda quyidagilarni tasdiqlashni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini kiritsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmatining tuzilmasi, Nizomi va shtatlar jadvali;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida, shuningdek har bir tuman va shaharda (tumanga boʻysunuvchi shaharlardan tashqari) tuzilayotgan Xalq qabulxonalarining namunaviy tuzilmalari va namunaviy nizomlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Davlat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlarining rahbarlari va mansabdor shaxslari, barcha darajadagi hokimlar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy shaxslarning va yuridik shaxslar vakillarining sayyor qabullarini, shu jumladan Xalq qabulxonalari tomonidan tashkil etiladigan qabullarini muntazam oʻtkazib borsin;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har oyda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi boʻlinmalariga murojaatlar bilan ishlashga oid, shu jumladan Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxona tomonidan koʻrib chiqish uchun yuborilgan murojaatlar bilan ishlashga oid oʻz hisobotini taqdim etib borsin.
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli Farmoni tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlarining rahbarlari va mansabdor shaxslari murojaatlar toʻgʻrisidagi qonunchilik talablari va normalarini buzganliklari uchun jinoiy javobgarlikka tortishgacha boʻlgan javobgarlik xususida qatʼiy ogohlantirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oylik muddatda Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar yuzasidan takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri bir oylik muddatda Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxona faoliyatini samarali tashkil etish uchun barcha tashkiliy, moliyaviy va moddiy-texnik masalalar hal etilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Mazkur Farmonning ijro etilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori I.B. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2016-yil 28-dekabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PF-4904-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 1-son, 5-modda)