Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.08.2021 16.03.2019 yildagi 221-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.08.2021
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining Kadrlar boʻlimi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-avgustdagi 503-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining Kadrlar boʻlimi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik vazifalari amalga oshirilishi samaradorligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining masʼuliyatini oshirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 28-yanvardagi PF-5644-son Farmonini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati ishini tashkil etishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish toʻgʻrisida” 2019-yil 28-yanvardagi PQ-4136-son qarorini ijro etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining Kadrlar boʻlimi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining funksional boʻlimlari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2017-yil 20-dekabrdagi 1000-son qarorining 1-bandi uchinchi xatboshi va qarorga 2-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi R.V. Abduqodirov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 16-mart,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
221-son

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-martdagi 221-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining Kadrlar boʻlimi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining Kadrlar boʻlimi (keyingi oʻrinlarda Boʻlim deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining (keyingi oʻrinlarda Vazirlar Mahkamasi apparati deb ataladi) funksional tarkibiy boʻlimi hisoblanadi va Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda kadrlarni sifatli tanlash va joy-joyiga qoʻyishni tashkil etish, Vazirlar Mahkamasi apparatida kadrlar zaxirasini shakllantirish va tayyorlashni taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Boʻlim oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasi apparatida ish yuritish boʻyicha yoʻriqnomaga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Boʻlim oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga boʻysunadi, ayni vaqtda uning faoliyati Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Boʻlim oʻz faoliyatini Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Boʻlimning vazifalari va funksiyalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Quyidagilar Boʻlimning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Vazirlar Mahkamasi rahbariyatining topshirigʻiga muvofiq davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbar xodimlarini tasdiqlangan nomenklaturaga muvofiq lavozimga tayinlash hamda lavozimdan ozod etish masalalari toʻgʻrisida hujjatlar loyihalarini tayyorlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalarini talab etilgan mutaxassislik, malaka va ish tajribasiga ega boʻlgan masʼul hamda texnik xodimlar bilan oʻz vaqtida va sifatli toʻldirish, shuningdek, ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha ular bilan alohida suhbatlashish va ularni attestatsiyadan oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari masʼul xodimlari lavozimlariga kadrlar zaxirasini shakllantirish va tayyorlash ishlarini muvofiqlashtirish, ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha uning tarkibini muntazam ravishda yangilab borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari va mutaxassislari lavozimlariga kadrlar zaxirasi bilan ishlash monitoringini olib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasi apparati xodimlarining kasbiy saviyasi va malakasini oshirish, shuningdek, ularni qayta tayyorlash boʻyicha takliflar tayyorlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasi apparatining masʼul va texnik xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularning kasbiy saviyasi hamda ishchanlik malakasini baholash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasi apparatining masʼul xodimlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari va markaziy apparatlari mutaxassislarining sifatli tarkibini tahlil qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalarida, shuningdek, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomenklaturasiga kiradigan yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchilari bilan belgilangan tartibda kelishiladigan lavozimlar boʻyicha vakant lavozimlarni tahlil qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) Vazirlar Mahkamasi apparati shaxsiy tarkibining hisobini yuritish, Vazirlar Mahkamasi apparatining xodimlarini hisobga olish hujjatlarini muntazam yangilab borish va toʻldirish, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari, va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi va uning oʻrinbosarlarini kadrlar masalalari boʻyicha zarur axborot hamda maʼlumotlar bilan taʼminlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Boʻlim oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xodimlarni tanlash, kelishish, oʻrganish va Vazirlar Mahkamasi Rayosatiga tasdiqlash uchun kiritishda ishga qabul qilinadigan yangi xodimlar boʻyicha tegishli hujjatlar tayyorlanishi va rasmiylashtirilishini tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasi apparatining masʼul xodimlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari markaziy apparatlari masʼul xodimlarining sifat tarkibi tahlil etilishini tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalarida, shuningdek, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomenklaturasiga kiradigan yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchilari bilan belgilangan tartibda kelishiladigan vakant lavozimlar boʻyicha tahliliy materiallar tayyorlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilariga, Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi va uning oʻrinbosarlariga Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalarining rahbarlik lavozimlari va mutaxassislari lavozimlari uchun kadrlar zaxirasiga kiritilgan nomzodlar boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar monitoringi natijalari toʻgʻrisida axborot kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalarining rahbarlik lavozimlari va mutaxassislari lavozimlari uchun kadrlar zaxirasiga kiritilgan nomzodlarning Vazirlar Mahkamasi apparatida stajirovka oʻtashini tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kadrlarni tegishli lavozimlarga tavsiya qilish masalalari boʻyicha Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda xodimlarning mutasaddilik qilinadigan tarmoqlar masalalari yuzasidan xorijiy mamlakatlarda oʻtkaziladigan seminarlar va tadbirlarda ishtirok etishini tashkil etish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;

xodimlarni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etishda tegishli farmoyish hujjatlarini (qarorlar, farmoyishlar, buyruqlar) belgilangan tartibda tayyorlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasi apparatining kadrlar tarkibi toʻgʻrisida tahliliy materiallar va ularning sifatini yaxshilashga doir takliflar tayyorlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari masʼul xodimlari rotatsiyasi toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasi rahbariyatiga belgilangan tartibda takliflar kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi bilan bitiruvchilarni Vazirlar Mahkamasi nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga taqsimlashni tahlil qilish va rejalashtirish masalalari boʻyicha oʻzaro hamkorlik qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kadrlar salohiyatining kasbiy saviyasini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi apparati xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek, zamonaviy uslublardan foydalangan holda jamoada qulay maʼnaviy-ruhiy muhitni shakllantirish masalalari boʻyicha Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari uchun treninglarni tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasi apparatida kadrlar hisobini yuritadi, ushbu masala yuzasidan zarur axborotni tayyorlaydi va Vazirlar Mahkamasi rahbariyatiga taqdim etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasi apparatining xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazishni va ularning kasbiy saviyasini baholashni tashkil etadi, attestatsiya komissiyalari qarorlarini bajarish tadbirlarini ishlab chiqadi, ularning bajarilishini nazorat qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasi apparatining xodimlariga taalluqli tushadigan xatlar va murojaatlarni koʻrib chiqishda ishtirok etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasi apparatining xodimlarini Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofotlari bilan mukofotlashga taqdim etish uchun hujjatlar tayyorlaydi, mukofotlar, ragʻbatlantirish va jazo choralari hisobini yuritadi;

Vazirlar Mahkamasi apparatining xodimlariga pensiya tayinlash uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtiradi;

ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya etilishini nazorat qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, davlat boshqa organlari va tashkilotlarining rahbar xodimlari hamda Vazirlar Mahkamasi apparati xodimlarining xizmat guvohnomalarini rasmiylashtiradi, topshiradi va hisobini yuritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boʻlim unga yuklangan boshqa vazifalarni ham belgilangan tartibda amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Boʻlimning huquqlari va javobgarligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Boʻlim oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlardan oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun zarur materiallar va maʼlumotlarni belgilangan tartibda soʻrash va olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshirigʻiga muvofiq davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlar majlislari hamda yigʻilishlarida ishtirok etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zarur boʻlganda Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni puxta ishlab chiqish uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va vakillarini belgilangan tartibda jalb qilish, ushbu maqsadlar uchun ishchi guruhlar tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablari buzilgan holda kiritilgan hujjatlarni belgilangan tartibda qaytarish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boʻlim tomonidan zarur materiallar va maʼlumotlarni taqdim etish boʻyicha talablar, agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi topshiriqlarida bajarishning boshqa muddatlari belgilanmagan boʻlsa, Boʻlim belgilagan muddatlarda bajarilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Boʻlim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻziga yuklangan vazifalarning tegishli darajada va samarali bajarilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy taʼminlash faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 3-apreldagi PF-5395-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son, “Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 5-oktabrdagi PQ-3962-son qarorlari va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomini taʼminlash talablarining bajarilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasi rahbariyatiga axborot berish uchun materiallar va hujjatlarning belgilangan muddatlarda bajarilishini taʼminlanishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kadrlar bilan ishlash hisobi va hisobotini yuritish, hujjatlarni saqlash kadrlar boʻyicha ish yuritish holati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarining oʻz vaqtida koʻrib chiqish va hal etilishi uchun javob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Boʻlim tuzilmasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Boʻlim tuzilmasi Boʻlim mudiri, mehnat munosabatlari masalalari boʻyicha hujjatlarni va kadrlarga oid maʼlumotlar bazasini tizimli yuritish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis va inspektorni (ish yuritish va apparat xodimlari maʼlumotlar bazasini yuritish boʻyicha) oʻz ichiga oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boʻlim tuzilmasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Boʻlim ishlariga mudir rahbarlik qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Boʻlim mudiri, mehnat munosabatlari masalalari boʻyicha hujjatlarni va kadrlarga oid maʼlumotlar bazasini tizimli yuritish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis, inspektor (ish yuritish va apparat xodimlari maʼlumotlar bazasini yuritish boʻyicha) belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Boʻlim faoliyatini tashkil etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-§. Apparat faoliyatini tashkil etishning umumiy masalalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Boʻlim ishlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati toʻgʻrisidagi nizom, ushbu Nizomga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida Ish yuritish boʻyicha yoʻriqnoma, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining ish rejalari, Boʻlimning ish rejalari asosida tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boʻlimning ish rejasi, Vazirlar Mahkamasining Rayosati tomonidan tasdiqlanadigan Vazirlar Mahkamasi ish rejasi asosida shakllantiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boʻlimning ish rejasi, Boʻlim mudirining shaxsiy ish rejasi Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bosh mutaxassisning shaxsiy ish rejasi Boʻlim mudiri tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Boʻlim mudiri:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boʻlimga bevosita rahbarlik qiladi, xodimlar ishini tashkil etadi, Boʻlimga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish, ijro intizomi holati uchun toʻliq javob beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tasdiqlangan tuzilma va shtat jadvaliga muvofiq lavozimga tavsiya etiladigan nomzodlar boʻyicha Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari tomonidan takliflar tayyorlash va kiritishda ishtirok etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda xodimlar kasbiy saviyasi va ishchanlik malakasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalarining rahbarlik lavozimlari va mutaxassislari lavozimlari uchun kadrlar zaxirasiga kiritilgan nomzodlarning Vazirlar Mahkamasi apparatida stajirovka oʻtashini tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga Boʻlim xodimlarini lavozimga tayinlash, lavozimdan ozod etish, ragʻbatlantirish va ularni jazolash toʻgʻrisida takliflar kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari boʻyicha maslahatchisi boʻlinmalari bilan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbar xodimlarini tasdiqlangan nomenklaturaga muvofiq tayinlash va tasdiqlash boʻyicha hujjatlar tayyorlashda hamkorlik qiladi;
(13-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-iyundagi 411-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasiga Boʻlim yuritadigan sohaga taalluqli masalalar boʻyicha kiritilgan hujjatlar loyihalari koʻrib chiqilishini tashkil etadi va ularni imzolaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi Boʻlim yuritadigan sohaga taalluqli masalalar boʻyicha oʻtkazadigan majlislarda ishtirok etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boʻlim xodimlari oʻrtasida majburiyatlar taqsimotini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisiga kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boʻlim ishlarini takomillashtirishga doir tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasi apparatida Ish yuritish boʻyicha yoʻriqnomaga muvofiq ish yuritilishini taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Boʻlim mudiri vaqtincha boʻlmaganda uning vazifalarini Boʻlim bosh mutaxassisi bajaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Boʻlimning mehnat munosabatlari masalalari boʻyicha hujjatlarni va kadrlarga oid maʼlumotlar bazasini tizimli yuritish masalalari boʻyicha bosh mutaxassisi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasi apparati masʼul xodimlarining sifatli tarkibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tahlil qiladi va Vazirlar Mahkamasi rahbariyati uchun tegishli takliflar tayyorlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalarda, shuningdek, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomenklaturasiga kiradigan yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchilari bilan belgilangan tartibda kelishiladigan lavozimlar boʻyicha vakant lavozimlar toʻgʻrisida tahliliy materiallar tayyorlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomenklaturasiga kiradigan yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchilari bilan belgilangan tartibda kelishiladigan lavozimlar boʻyicha kadrlar harakatlanishi hisobini yuritadi, ularning shaxsiy maʼlumotlari bazasini shakllantiradi va uning muntazam yangilab borilishini taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari rahbarlik lavozimlari va mutaxassislari lavozimlari uchun kadrlar zaxirasiga kiritilgan nomzodlar boʻyicha amalga oshiriladigan ishlar monitoringi natijalari toʻgʻrisida tahliliy materiallar tayyorlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tarkibiy boʻlinmalar bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalarining rahbarlik lavozimlari va mutaxassislari lavozimi uchun kadrlar zaxirasiga kiritilgan nomzodlarning Vazirlar Mahkamasi apparatida stajirovka oʻtashini tashkil etishga doir takliflar tayyorlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda xodimlarning mutasaddilik qilinadigan tarmoqlar masalalari yuzasidan xorijiy mamlakatlarda oʻtkaziladigan seminarlar va tadbirlarda ishtirok etishini tashkil etish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasi apparatining xodimlarini Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofotlari bilan mukofotlashga taqdim etish uchun hujjatlar tayyorlaydi, mukofotlar, ragʻbatlantirish va jazo choralari hisobini yuritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kadrlar masalalari boʻyicha Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining buyruqlarini tayyorlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boʻlim mudirining topshiriqlariga binoan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.

16. Boʻlim inspektori (ish yuritish va apparat xodimlari maʼlumotlar bazasini yuritish boʻyicha):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida Ish yuritish boʻyicha yoʻriqnomaga muvofiq ish yuritadi, boʻlimda hujjatlar oʻtishini nazorat qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasi apparatining yangi tayinlangan xodimlarini hisobga olish hujjatlarini rasmiylashtiradi, ularning shaxsiy hujjatlarini shakllantiradi va muntazam yangilab borishni taʼminlaydi, Vazirlar Mahkamasi apparatining xodimlari toʻgʻrisida maʼlumotlar bazasini yuritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kadrlar masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining buyruqlari loyihalarini tayyorlashga koʻmaklashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasi apparatining xodimlariga pensiya tayinlash uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasi apparati xodimlarini Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofotlari bilan mukofotlash uchun hujjatlarni tayyorlaydi, mukofotlash, ragʻbatlantirish va jazo choralari hisobini yuritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasi apparatining xodimlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvining tegishli organlari, davlat boshqa organlari va tashkilotlari rahbarlari uchun xizmat guvohnomalari, shuningdek, texnik xodimlar uchun ruxsatnomalar tayyorlaydi hamda ularni rasmiylashtirish uchun taqdim etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining xizmat guvohnomalari blankalari hisobini yuritadi va ularni roʻyxatga oladi, ushbu hujjatlarni yoʻq qilish toʻgʻrisida dalolatnomalar tayyorlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mehnat daftarchalariga tegishli yozuvlar kiritadi va ularning saqlanishini taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlarni arxivda saqlash uchun tayyorlaydi va oʻz vaqtida topshirilishini taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boʻlim mudirining topshiriqlariga binoan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-§. Vazirlar Mahkamasi apparatida kadrlarni tanlash, kelishish, tayinlash va attestatsiyadan oʻtkazish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalarida tegishli lavozimlarga nomzodlarni tanlash, qoidaga koʻra, xodimlarning amaldagi tarkibi, tasdiqlangan kadrlar zaxirasiga kiritilgan nomzodlar hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari markaziy apparatlari xodimlari tarkibidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tegishli lavozimlarga nomzodlarni tanlash va tavsiya etishda, qoidaga koʻra, kamida uch nafar mutaxassisning nomzodlari taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Nomzodlarni bir vaqtning oʻzida Bosh vazirning tegishli oʻrinbosari, Bosh vazirning maslahatchisi va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan oldindan kelishish nomzodga maʼlumotnoma va tarkibiy boʻlinma rahbarining yozma tavsiyasini taqdim etish Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalarining rahbarlari tomonidan taʼminlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Tavsiya etiladigan nomzodlarning ilova qilingan kelishish yakunlari hujjatlari haqida Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziriga axborot beriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan maʼqullangan taqdirda hujjatlar belgilangan tartibda oʻrganish uchun Kadrlar boʻlimiga va Birinchi boʻlimga beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Oʻrganish natijalari boʻyicha tarkibiy boʻlinma rahbari tomonidan Kadrlar boʻlimi bilan birgalikda tavsiya qilingan nomzodlarga belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha zarur hujjatlarni tayyorlash taʼminlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Tayyorlangan hujjatlar asosida zarurat boʻlganda bajariladigan funksional vazifalar mavzusi boʻyicha tavsiya etiladigan nomzodlar tomonidan axborot (maʼlumotnoma) tayyorlangan holda Bosh vazirning tegishli oʻrinbosari yoki Bosh vazirning maslahatchisi va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tavsiya etilgan nomzodlar bilan suhbat oʻtkazadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Suhbat yakunlari boʻyicha Bosh vazirning tegishli oʻrinbosari yoki maslahatchisi va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan belgilangan shakl boʻyicha Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmasiga tegishli lavozimga nomzodni tavsiya qilish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri nomiga qoʻshma taqdimnoma kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Taqdimnomani koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan maʼqullangan taqdirda tavsiya etiladigan nomzodlar Vazirlar Mahkamasi Rayosatida kelishilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha tavsiya qilinadigan nomzodlar Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maʼqullanganda — xodimni tayinlash toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasining qarori yoki farmoyishi imzolanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nomzod rad etilganda — materiallar Boʻlimga qaytariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Apparatda kadrlarni tanlash, kelishish, tayinlash va attestatsiyadan oʻtkazish tartibiga rioya qilinishi uchun shaxsiy javobgarlik Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlariga, Boʻlim mudiriga va Birinchi boʻlim mudiriga yuklanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchilari va Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi Vakolatli vakili Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan belgilangan tartibda kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Apparat boshqaruvchisining oʻrinbosarlari, kotibiyatlar mudirlari, ularning oʻrinbosarlari, boshqarmalar boshliqlari, boʻlimlar mudirlari, xizmatlar mudirlari (matbuot kotibi) belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasining qarori bilan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod qilinadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Bosh mutaxassislar, Bosh vazir va uning oʻrinbosarlarining yordamchilari belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasining farmoyishi bilan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod qilinadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Inspektorlar va boshqa texnik xodimlar belgilangan tartibda apparat boshqaruvchisining buyrugʻi bilan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod qilinadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Vazirlar Mahkamasi apparatining masʼul xodimlarini mamlakatni rivojlantirishning zamonaviy bosqichida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar talablaridan kelib chiqib ularning egallab turgan lavozimga muvofiqligini baholash yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-§. Apparat xodimlarini stajirovkadan oʻtkazish va malakasini oshirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Vazirlar Mahkamasi apparatida kadrlar zaxirasini shakllantirish uchun mutaxassislarni stajirovkadan oʻtkazish tartibi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining buyrugʻi bilan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Vazirlar Mahkamasi apparatida stajirovkaga jalb etish uchun tarkibiy boʻlinmalar apparatning tarkibiy boʻlinmalariga biriktirilgan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning masʼul xodimlaridan boʻlgan nomzodlar roʻyxatini shakllantiradilar. Nomzodlarning shakllantirilgan roʻyxati toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga axborot beriladi va u bilan kelishiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Shakllantirilgan roʻyxatlar asosida stajirovkaning aniq davri koʻrsatilgan holda stajirovkalarni oʻtkazish jadvali tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Mutaxassislarni stajirovkadan oʻtkazish quyidagi tadbirlarni bajarish yoʻli bilan amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mutaxassislarni Vazirlar Mahkamasi apparatida ishni tashkil etish asoslari bilan tanishtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mutaxassislarni hujjatlarning tegishli loyihalarini, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislari koʻrib chiqishi uchun kiritiladigan axborot-tahliliy materiallar tayyorlash ishiga, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashga jalb etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nomzodlarni xizmat safarlariga chiqqan holda Vazirlar Mahkamasi apparati xodimlari bilan birgalikda vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini maqsadli oʻrganish ishiga jalb qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Vazirlar Mahkamasi apparati xodimlarining malakasini oshirish mavzuli seminarlar, kurslar, davra suhbatlari oʻtkazish, iqtisodiy oʻqishni tashkil etish va Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari va xodimlarining maʼruzalarini eshitish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Iqtisodiy oʻqishni tashkil etish va Vazirlar Mahkamasi apparati xodimlarining maʼruzalarini eshitish Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan tasdiqlanadigan yarim yillik jadvallar asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining Kadrlar boʻlimi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

Xodimlarni tanlash, kelishish, oʻrganish va ularning nomzodlarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosatiga tasdiqlash uchun kiritishda ishga qabul qilinadigan yangi xodimlar boʻyicha hisobga olish hujjatlarini tayyorlash va rasmiylashtirishni tashkil etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining Kadrlar boʻlimi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida kadrlar zaxirasi shakllantirilishini tashkil etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2019-y., 09/19/221/2787-son; 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son)