Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.01.2019 19.02.2018 yildagi PQ-3542-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.01.2019
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-yanvardagi PF-5643-sonli “Investitsiya va tashqi savdo sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasining faoliyatini, xalqaro moliya institutlari, donorlar va boshqa manbalar hisobidan rivojlantirishga doir davlat dasturlari va boshqa investitsiya loyihalarini shakllantirish hamda amalga oshirish jarayonlarini yanada takomillashtirish, rivojlantirish davlat dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish boʻyicha vazirliklar va idoralarning faoliyatini muvofiqlashtirish samaradorligini oshirish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish va moliyalashtirishning yangi tartibini joriy etish toʻgʻrisida” 2017-yil 18-dekabrdagi PQ-3437-sonli hamda “Xalqaro va xorijiy moliya institutlari bilan hamkorlikning samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 20-dekabrdagi PQ-3439-sonli qarorlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita deb yuritiladi) zimmasiga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
rivojlantirish davlat dasturlarini tarmoqlararo va mintaqaviy rivojlantirishga doir uzoq muddatli konsepsiyalarni ishlab chiqish, shakllantirish va amalga oshirish boʻyicha barcha ishlarni muvofiqlashtirish, shuningdek, loyihalarni amalga oshirish samaradorligini monitoring qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan markazlashgan hamkorlik qilish boʻyicha vakolatli organ funksiyalari yuklatildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Kuyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoʻmitaning boshqaruv xodimlari cheklangan soni 189 nafardan iborat yangilangan tashkiliy tuzilmasi va markaziy apparati tuzilmasi 1* va 2-ilovalarga* muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha qoʻmitasining yangilangan tuzilmalari, viloyatlarning investitsiyalar boʻyicha bosh boshqarmalari namunaviy tuzilmalari hamda Toshkent shahar Investitsiyalar boʻyicha bosh boshqarmasining tuzilmasi 3*, 3a* va 3b-ilovalarga* muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha qoʻmitasining, viloyatlar va Toshkent shahar investitsiyalar boʻyicha bosh boshqarmalarining, shuningdek, tumanlar va shaharlar investitsiyalar boʻyicha boʻlimlarining xodimlari cheklangan soni 4* va 4a-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 1 — 4-ilovalar rus tili matnida berilga
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoʻmita raisiga, zarur xollarda, markaziy apparat tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy soni va mehnatga haq toʻlash jamgʻarmasi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoʻmita markaziy apparati boshqaruv xodimlarining 25 nafari Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi markaziy apparatining shtat birliklarini qisqartirish hisobiga kiritilmoqda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha qoʻmitasining, viloyatlar va Toshkent shahar investitsiyalar boʻyicha bosh boshqarmalarining, shuningdek, tumanlar va shaharlarning investitsiyalar boʻyicha yangi tashkil etilayotgan boʻlimlarining yangi kiritilayotgan shtat birliklari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va hududlarni kompleks boshqarish hududiy boshqarmalarining hamda ularning tuman (shahar) boʻlimlarining, shuningdek, moliya, soliq organlari va statistika organlarining shtat birliklarini qisman qisqartirish hisobiga kiritilmoqda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha qoʻmitasining, viloyatlar va Toshkent shahar investitsiyalar boʻyicha bosh boshqarmalarining, tumanlar va shaharlar investitsiyalar boʻyicha boʻlimlarining joriy taʼminoti hamda faoliyatini moliyalashtirish Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda Qoʻmita markaziy apparati xodimlarining yangilangan shtat jadvallarini belgilangan tartibda tasdiqlasin va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkazsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tasdiqlangan tuzilmaga muvofiq shtat birliklarini yuqori malakali kadrlar bilan toʻldirilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qoʻmitaga uning markaziy apparatini, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha qoʻmitasining, viloyatlar va Toshkent shahar investitsiyalar boʻyicha bosh boshqarmalarining, tumanlar va shaharlar investitsiyalar boʻyicha boʻlimlarining apparatlarini zarur anjomlar, tashkiliy texnika bilan jihozlash, zarur miqdorda xizmat avtotransport vositalarini, ularni saqlash uchun tegishli limitlarni olish uchun, asoslangan hisob-kitoblar boʻyicha, Qoʻmita tuzilmasining tegishli oʻzgarishlarini hisobga olgan holda mablagʻlar, shuningdek, xorijda Oʻzbekiston Respublikasining reklama kampaniyalari, biznes-forumlari, konferensiyalari va koʻrgazmalarini oʻtkazish uchun zarur mablagʻlar ajratsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-noyabrdagi PF-5586-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2018-y., 06/18/5586/2230-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoʻmita taʼminoti va Qoʻmita xodimlarini ragʻbatlantirish (ish haqi, mukofotlar, ustamalar va boshqa pul mukofotlari toʻlash) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining mablagʻlari, Qoʻmitaning budjetdan tashqari mablagʻlari, shu jumladan Vazirlar Mahkamasining “Germaniya Federativ Respublikasining kredit muassasalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga beriladigan kreditlardan foydalanish toʻgʻrisida” 1994-yil 25-noyabrdagi 570-sonli qaroriga muvofiq bir joyga toʻplanadigan vaqtincha boʻsh turgan budjetdan tashqari va qarz mablagʻlarini tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan tushgan daromadlar, shuningdek, koʻrsatilayotgan xizmatlardan tushgan daromadlar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
budjetdan tashqari mablagʻlar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan Qoʻmita xodimlari mehnatiga haq toʻlash shartlari Qoʻmita hayʼati tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-noyabrdagi PF-5586-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2018-y., 06/18/5586/2230-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-noyabrdagi PF-5586-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2018-y., 06/18/5586/2230-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. “Oʻztreyd” AJ, “Oʻzsanoateksport” AJ va “Oʻrta Osiyo Trans” AJning Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Amir Temir koʻchasi, 107-uy, manzilida joylashgan “EKSPO” MChJ QK ustavi kapitalidagi oʻz ulushini balans qiymati boʻyicha “Oʻzekspomarkaz” MKK AJga ularning ustav kapitallaridagi davlat ulushini tegishli ravishda kamaytirib, davlat ulushini koʻpaytirish hisobiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifi maʼkullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. “Xalqaro hamkorlik markazi” AJ, “Oʻzekspomarkaz” MKK AJ va “Interservis” respublika xoʻjalik hisobidagi tashki iqtisodiy birlashmasi — davlat korxonasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur tashkilotlarning moddiy-texnik bazasini yaxshilash va samarali faoliyatini taʼminlash maqsadida olib kiriladigan respublikada ishlab chiqarilmaydigan asbob-uskunalarni, materiallarni va boshqa tovar-moddiy boyliklarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha import qilishda bojxona toʻlovlarini toʻlashdan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yil 1-fevral holatiga koʻra soliqlar boʻyicha qarzdorlikni oʻchirgan xolda 10 yil muddatga yer soligʻi, mol-mulk soligʻi, shuningdek, qoʻshimcha qiymat soligʻi toʻlashdan ozod etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Qoʻmitaga, “Xalqaro hamkorlik markazi” AJga, “Oʻzekspomarkaz” MKK AJga va “Interservis” respublika xoʻjalik hisobidagi tashki iqtisodiy birlashmasi — davlat korxonasiga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va tijorat koʻchmas mulkini boshqarish masalalarida tajribaga ega boʻlgan nufuzli xalqaro konsalting kompaniyalarini hamda maslahatchilarni eng yaxshi takliflarni saralab olish asosida (tender oʻtkazmay) jalb qilishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mamlakatimizning ishlab chiqaruvchilariga ustunlik bergan holda eng yaxshi takliflarni tanlash asosida Oʻzbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasining maxsus axborot portali orqali elektron savdolar vositasida tadbirkorlik subyektlaridan materiallar, asbob-uskunalar va texnika, xizmat transport vositalari, ofis jihozlari va anjomlar, kompyuter va tashkiliy texnika, shu jumladan ularning dasturiy taʼminoti xaridini tender oʻtkazmay va (yoki) eng zarur tovarlarning (ishlar, xizmatlar) davlat xaridini amalga oshirishga ruxsat berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahridagi Xalqaro savdo-koʻrgazma kompleksi hududida jamoat tartibini va obyektlar xavfsizligini qoʻriqlashni taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1999-yil 10-maydagi 231-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi faoliyatini yanada rivojlantirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 16-oktabrdagi PQ-3326-sonli qaroridan 1-bandning uchinchi xatboshi va 3-bandi chiqarib tashlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi ikki oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoʻmita markaziy apparati boʻlinmalarining yangilangan nizomlarini tasdiqlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari S.R. Xolmurodov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yil 19-fevral,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-3542-son