Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.12.2020 18.12.2017 yildagi PQ-3437-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.12.2020
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish va moliyalashtirishning yangi tartibini joriy etish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-dekabrdagi PQ-4937-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2021 — 2023-yillarga moʻljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mamlakatda yirik infratuzilma loyihalarini amalga oshirish, zamonaviy yuqori texnologiyali ishlab chiqarish obyektlarini barpo etish maqsadida iqtisodiyotni jadal rivojlantirish, chet el investitsiyalarini faol jalb qilish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga, mazkur sohadagi faoliyatning samaradorligiga, eng avvalo, mavjud resurslardan nooqilona foydalanish, investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi va rentabelligi yuzaki oʻrganilganligi bilan bogʻliq qator kamchiliklar salbiy taʼsir koʻrsatmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Amaldagi resurslarni, shuningdek, investitsiyalar, eng avvalo, xorijiy investitsiyalarni jalb etishning real imkoniyatlarini inobatga olgan holda iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarni uzoq muddatli rivojlantirish konsepsiyasi mavjud emas. Buning oqibatida iqtisodiy jihatdan istiqbolli boʻlmagan loyihalarni tashabbus qilish, moliyaviy mablagʻlarni samarasiz sarflash holatlari mavjud boʻlib, bu oxir-oqibatda, umuman, mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini pasaytirishga olib keladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur holatlar investitsiya dasturlarini shakllantirish tartibi, uni moliyalashtirish mexanizmlarini tubdan qayta koʻrib chiqishni, amalga oshirishga taklif etilgan loyihalarni tanlab olishning shaffofligi va samaradorligini oshirishni talab qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish tartibini yanada takomillashtirish, loyihalarni moliyalashtirish va tanlab olishning samaradorligi va shaffofligini taʼminlash, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligining:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
markazlashtirilgan manbalar mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan, shu jumladan, hududlar va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish boʻyicha loyihalarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlari (keyingi oʻrinlarda rivojlanish davlat dasturlari deb yuritiladi) asosida amalga oshirish tartibini joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamgʻarmasini (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb yuritiladi) tashkil etish haqidagi takliflari qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
rivojlanish davlat dasturlariga kiritilgan, moliyalashtirishning markazlashtirilgan manbalari belgilangan loyihalarni moliyalashtirish faqat Jamgʻarma orqali amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankidagi hisobvaraqlarda jamlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarmaning ijro etuvchi organi va mablagʻlarining tasarruf etuvchisi Jamgʻarmaning ijro etuvchi direksiyasi hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari kompleksi rahbari Jamgʻarmaning ijro etuvchi direktori hisoblanadi;
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-iyundagi PF-5457-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.06.2018-y., 06/18/5457/1324-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarmaning ijro etuvchi direktori va uning xodimlari mehnatiga haq toʻlash shartlari Jamgʻarma Kuzatuv kengashi tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va davlat budjetdan tashqari jamgʻarmalarning rivojlanish davlat dasturlariga kiritilgan loyihalarni moliyalashtirish uchun moʻljallangan mablagʻlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining rivojlanish davlat dasturlarini amalga oshirish uchun ajratilgan mablagʻlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati kafolati bilan jalb etiladigan chet el kreditlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari bilan belgilanadigan boshqa manbalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma Kuzatuv kengashining tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Belgilab qoʻyilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
rivojlanish davlat dasturlari tegishli rivojlanish konsepsiyasini hisobga olgan holda tasdiqlanadigan, uzoq muddatli istiqbolda, qoida tariqasida, 10 — 15 yilda Oʻzbekiston Respublikasining tarmoq, hududiy va maqsadli ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirish boʻyicha kompleks koʻrinishni va strategik vazifalarni jamlagan tarmoq, hududiy va maqsadli loyihalar portfeli asosida shakllantiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
rivojlanish davlat dasturlarini ishlab chiqish va realizatsiya qilish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi tomonidan Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari kompleksi rahbarining boshchiligida amalga oshiriladi;
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-iyundagi PF-5457-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.06.2018-y., 06/18/5457/1324-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish uchun moʻljallangan nomarkazlashtirilgan investitsiyalar Jamgʻarmada hisobga olinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
rivojlanish davlat dasturlarini tasdiqlash Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining ular boʻyicha ijobiy xulosasi boʻlgan hollardagina amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
markazlashtirilgan manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarni rivojlanish davlat dasturlariga kiritish Jamgʻarma kuzatuv kengashining ijobiy qarori boʻlgan hollardagina amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish uchun tijorat banklarining kreditlari loyihalarning loyiha-smeta hujjatlari va biznes-rejalari puxta va har tomonlama oʻrganilgandan soʻng, shuningdek, tijorat banki kredit qoʻmitasining ijobiy qarori mavjud boʻlgan hollarda taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi ikki hafta muddatda Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligiga rivojlanish davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish boʻyicha ishlarni tashkil etish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar bazalari va boshqa axborotlar taqdim etilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Jamgʻarma faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida Hukumat qarori loyihasini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga rivojlanish davlat dasturlariga kiritiladigan loyihalarning loyihaoldi, loyiha va tender hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlashni, shuningdek, boshqa davlat organlari va tashkilotlarning vazifa va shtat birliklarini optimallashtirish orqali Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi tizimida mazkur hujjatlar va import kontraktlarining kompleks ekspertizasini amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan maxsus tuzilmani tashkil etishni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Jamgʻarmaning ijro etuvchi direksiyasi faoliyatini moliyalashtirishga mablagʻlarni 2018-yil 1-yanvardan asoslantirilgan hisob-kitoblar boʻyicha ajratsin hamda har yili Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti xarajatlarida nazarda tutsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 12-sentabrdagi 395-son “Kapital qurilishda xoʻjalik munosabatlari mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bandning toʻrtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari S.R. Xolmurodov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori Sh.M. Sadikov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2017-yil 18-dekabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-3437-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-dekabrdagi PQ-3437-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini (keyingi oʻrinlarda — rivojlanish davlat dasturlari) shakllantirish tartibini belgilab beradi, ushbu dasturlar loyihalardan tashkil topgan boʻlib, ularni amalga oshirish mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik maqsadlariga erishishga yoʻnaltirilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Rivojlanish davlat dasturlari mamlakat iqtisodiyotini barqaror va jadal rivojlantirishga, mavjud tabiiy, mineral-xomashyo, moliyaviy, moddiy, mehnat resurslari hamda boshqa resurslardan ratsional foydalanish orqali respublika iqtisodiyotining ayrim tarmoqlarini va hududlarni tarkibiy qayta qurish boʻyicha asosiy ustuvor yoʻnalishlar hamda vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan va uzoq muddatli istiqbolni moʻljallab tasdiqlanadigan tarmoq, hududiy va maqsadli rivojlanish konsepsiyalari negizida shakllantirilgan oʻzaro bogʻliq chora-tadbirlar kompleksidan iboratdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Rivojlanish davlat dasturlari investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish muddatlari va ularni moliyalashtirish manbalarini hisobga olgan holda, ularning asosiy koʻrsatkichlarini har yili aniqlashtirib va yangilab turish orqali tasdiqlangan rivojlanish konsepsiyalari asosida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning umumdavlat dasturlari bajarilishini taʼminlash maqsadida uch yillik davrga shakllantiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Rivojlanish davlat dasturlari quyidagilardan tashkil topadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dasturni amalga oshirish hisobiga erishilishi lozim boʻlgan yigʻma jadvallar, jumladan maqsadli moʻljallar bilan birga tahliliy qismdan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyihalar portfelliga kiritilgan loyihalarning roʻyxati bilan birga manzilli dasturdan iborat.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
rivojlanish konsepsiyasi — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan hujjat boʻlib, u uzoq muddatli istiqbolda Oʻzbekiston Respublikasini tarmoq, hududiy va maqsadli ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirishni kompleks mushohada etish va uning strategik vazifalarini oʻz ichiga oladi, tarmoq vazifalarini bosqichma-bosqich va tizimli ravishda hal etishni taʼminlaydigan muddatda (qoida tariqasida 10 yildan 15 yilgacha) aniq tarmoqlar va hududlarni rivojlantirishning kompleks, istiqbolli va ilmiy asoslangan rejasi bayon etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyihalar portfeli — tasdiqlangan rivojlanish konsepsiyalariga muvofiq kiritiladigan ayrim loyihalar (qoida tariqasida 3 yildan 5 yilgacha muddatli) toʻplamidan iborat boʻlib, ular tegishli rivojlanish konsepsiyalarida belgilangan maqsadlarga erishishni samarali taʼminlash uchun tarmoq, hududiy va maqsadli mezonlar boʻyicha birga guruhlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyiha — vaqt va resurslar cheklangan sharoitda mahsulot (tovar, ish, xizmatlar) yaratishga qaratilgan oʻzaro bogʻliq tadbirlar kompleksi yoki alohida tadbirlar. Loyihalar investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarga ajratiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
investitsiyaviy loyiha — iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa naf koʻrish uchun amalga oshirishga yoki investitsiyalarni jalb etishga yoʻnaltirilgan loyiha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
infratuzilmaviy loyiha — past rentabelli yoki u mavjud boʻlmagan infratuzilma obyektlarini yaratish, modernizatsiya qilish va kengaytirishga qaratilgan loyiha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyiha ustavi — loyihaoldi hujjati boʻlib, u amalga oshirish rejalashtirilayotgan loyihaning asosiy parametrlarini belgilaydi, uni amalga oshirishning maqsadga muvofiqligini va rivojlanish konsepsiyasiga muvofiq ustuvor ekanligini asoslab beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyiha pasporti — loyihalar portfelliga kiritilgan va rivojlanish davlat dasturlariga kiritish tavsiya etilayotgan loyihaning asosiy parametrlari toʻgʻrisidagi axborot bayon etilgan hujjat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dastlabki texnik-iqtisodiy asoslanish yoki dastlabki texnik-iqtisodiy hisob-kitob (keyingi oʻrinlarda — DTIA yoki DTIH) — loyihaoldi hujjati boʻlib, loyihani eng ratsional tarzda joylashtirish hamda uni amalga oshirishning samarali texnik, tashkiliy va moliyaviy-iqtisodiy yechimini, umuman loyihaning cheklangan qiymatini, shu jumladan uni moliyalashtirishning mumkin boʻlgan shartlari boʻyicha variantlarni inobatga olgan holda variantlarni hamda moliyalashtirish ehtiyojni belgilab beruvchi hajmni koʻrib chiqish asosida texnologik uskunalarning qiymatini tanlab olishini asoslab beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
texnik-iqtisodiy asoslantirish yoki texnik-iqtisodiy hisob-kitob (keyingi oʻrinlarda — TIA yoki TIH) — loyiha hujjati boʻlib, loyihani moliyalashtirish shartlarini hisobga olgan holda, belgilangan loyihani amalga oshirishning uzil-kesil, eng ratsional va samarali texnik tashkiliy va moliyaviy-iqtisodiy yechimlarini belgilaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vakolatli organlar — oʻz vakolatlari doirasida rivojlanish konsepsiyalari, loyihalar portfeli va rivojlanish davlat dasturlari kelishib olinishini taʼminlaydigan davlat organlari — Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Qurilish vazirligi, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlaridir;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muvofiqlashtiruvchi kengashlar — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi huzurida tarmoqlar va hududlar boʻyicha tashkil etiladigan, rivojlanish konsepsiyalarini ishlab chiqish va shakllantirish bilan shugʻullanadigan kengashlardir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirishning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zarur hajmlarda, maqbul shartlarda xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
eng samarali loyihalarni tanlab olish va ular amalga oshirilishini monitoring qilishning amaliy tizimini shakllantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyihalarda tashabbus koʻrsatish, ularni tayyorlash va amalga oshirish bilan bogʻliq jarayonlarning shaffofligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tasdiqlangan rivojlanish konsepsiyalari asosida eng muhim tarmoqlar va hududlarni tanlagan holda qoʻllab-quvvatlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi navbatda ijtimoiy ahamiyatga ega tarmoqlarni (sogʻliqni saqlash, taʼlim, uy-joy kommunal xoʻjaligi) aholining turmush darajasi va sifati oshirilishini, isteʼmol ehtiyoji faollashuvini taʼminlaydigan hajmlarda moliyalashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mineral-xomashyo resurslarini va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashga yoʻnaltirilgan ishlab chiqarish korxonalarini jadal rivojlantirishni taʼminlashga, tayyor mahsulot sifatini tashqi bozorda raqobatdoshlik darajasiga yetkazishga qaratilgan loyihalarni ustuvor darajada qoʻllab-quvvatlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
transport infratuzilmasini, jumladan qitʼalararo transport yoʻlaklariga integratsiyalashuvini rivojlantirish va takomillashtirish, logistika komplekslarini va transport-logistika xablarini shakllantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tarkibiy islohotlar va amalga oshirilayotgan investitsiya siyosati vazifalariga muvofiq investitsiyalar kiritishning oʻzaro manfaatdorligi shartlari asosida xorijiy kapitalni jalb etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
moliyalashtiruvchi tomonining asossiz ustunlik berish toʻgʻrisidagi talabi nazarda tutiladigan holatlarga yoʻl qoʻymaslik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilgari boshlangan obyektlarni birinchi navbatda moliyalashtirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Rivojlanish davlat dasturlarini ishlab chiqish va shakllantirish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish jarayoni:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uzoq muddatli rivojlanish konsepsiyalarini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyihalar portfellarini yaratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tasdiqlangan loyihalar portfeli asosida rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Hududlarni planirovka qilish sxemasi bilan uzviy bogʻlangan rivojlanish konsepsiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, xalqaro va mahalliy ekspertlarni, ilmiy tashkilotlarning xodimlarini jalb etgan holda tarmoq vazirliklari va idoralari, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda muvofiqlashtiruvchi kengashlar tomonidan ishlab chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi rivojlanish konsepsiyalarini kelishish uchun vakolatli organlarga hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralarga kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Vakolatli organlar hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishilgan rivojlanish konsepsiyalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) bilan kelishib olinishi lozim, shundan soʻng Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga tasdiqlash uchun belgilangan tartibda kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Rivojlanish konsepsiyalarini ishlab chiqish, shakllantirish va amalga oshirishga oid barcha ishlarni muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasining raisi — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari kompleksining rahbari rahbarligi ostida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Tasdiqlangan rivojlanish konsepsiyalariga muvofiq, tashabbuskorlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda tarmoq, hududiy va maqsadli loyihalar portfellari shakllantiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Loyihalarning portfellarini shakllantirish loyiha boshqaruvi sohasida xalqaro standartlarga muvofiq Agentlik tomonidan ishlab chiqilgan Loyihalar portfellarini ishlab chiqish va amalga oshirish boʻyicha metodik koʻrsatmalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Dastlabki hisob-kitoblari va loyiha Ustavida koʻrsatilgan loyihalarning hajmlarini, ehtimol tutilgan moliyalashtirish manbalarini tasdiqlovchi zarur materiallari mavjud boʻlgan loyihalarning portfellari tashabbuskorlar tomonidan iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari qismida vakolatli organlar va “OʻzInjiniring” RLI bilan, shuningdek, loyihaning ahamiyatiga qarab boshqa loyiha institutlari bilan kelishib olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Taqdim etilgan loyihalar portfellarini koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha vakolatli organlar, “OʻzInjiniring” RLI va boshqa loyiha institutlari loyihalar portfellarini kelishib oladilar yoki fikr-mulohaza va tavsiyalarni hamda ehtimol tutilgan muqobil takliflarni hisobga olgan holda ularni toʻliq ishlab chiqish uchun qaytaradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Eʼtiroz va tavsiyalar olinganda tashabbuskor tarmoq vazirliklari va idoralari bilan birgalikda loyihalarning dastlabki hisob-kitoblarini oʻzgartirgan holda loyihalar portfelliga tuzatishlar kiritadi va uni kelishish uchun takroran yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Portfelga tashabbuskorlar tomonidan tanlab olingan loyihalarning tasdiqlangan va kelishilgan ustavlari mavjud boʻlgan loyihalar kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Uzil-kesil va kelishilgan loyihalarning portfellari tashabbuskorlar tomonidan Agentlikka kelishish uchun kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Agentlik tomonidan kelishilgandan soʻng loyihalarning portfellari Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tasdiqlashi uchun belgilangan tartibda kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Loyiha tashabbuskori tomonidan tasdiqlangan loyihalar portfelliga kiritilgan har bir loyiha boʻyicha amalga oshirishning batafsil kalendar rejasi ishlab chiqiladi. Bunda, batafsil ishlab chiqilgan kalendar rejasi vakolatli organlar va Agentlik tomonidan kelishib olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Tashabbuskor loyihalar portfellarini tasdiqlash bilan bir vaqtda loyihaoldi hujjatlari (loyihalarning DTIA/DTIHlari)ni ishlab chiqishga kirishadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Loyihalarning ishlab chiqilgan DTIA/DTIHlari Agentlikda dastlabki majburiy ekspertizadan oʻtkazilishi va tegishli vakolatli organlarda tasdiqlanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Loyihani rivojlanish davlat dasturlariga kiritish uchun belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan loyihaning DTIA/DTIHlari va pasporti majburiy ravishda mavjud boʻlishi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Loyihalarni rivojlanish davlat dasturlariga kiritish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi tomonidan Agentlik tomonidan tasdiqlanadigan loyihalarni ustuvorligi, maqsadga muvofiqligi va moliyalashtirish manbalariga qarab tanlab olish metodik tavsiyalarida belgilangan qoidalarga muvofiq muvofiqlashtiruvchi kengashlar va tashabbuskorlar bilan birgalikda loyihalarning ustuvorligiga qarab belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Rivojlanish davlat dasturlariga kiritish uchun taklif etilayotgan loyihalarga oid hujjatlar toʻplami Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi tomonidan ularni rivojlanish davlat dasturlariga kiritish toʻgʻrisidagi qarorni olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamgʻarmasiga (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma)ga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Rivojlanish davlat dasturlari, loyihalarni tanlab olish yakunlariga koʻra Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va tashabbuskorlar bilan birgalikda shakllantiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi rivojlanish davlat dasturlarining loyihalarini kelishish uchun manfaatdor vazirliklar va idoralarga kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Kelishish yakunlariga koʻra, rivojlanish davlat dasturlarining loyihalari Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi tomonidan kelishish uchun Agentlikka kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Agentlik bilan kelishilgan taqdirda rivojlanish davlat dasturlarining loyihalari Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tasdiqlashi uchun belgilangan tartibda taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Rivojlanish davlat dasturlarini ishlab chiqish, shakllantirish va amalga oshirishga oid barcha ishlarni muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasining raisi — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari kompleksi rahbarining rahbarligi ostida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Rivojlanish davlat dasturlariga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyihalarning DTIA/DTIHlari, Jamgʻarma mablagʻlari, shu jumladan ustav jamgʻarmasida 50 foiz va undan koʻproq miqdorda davlat ulushiga ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning oʻz mablagʻlari, tijorat banklarining kreditlari hisobidan amalga oshiriladigan obyektlar boʻyicha loyiha-smeta hujjatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
belgilangan tartibda tasdiqlangan loyiha pasporti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
moliyalashtirish manbalari tasdiqlanishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarmaning ijobiy xulosasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlikning ijobiy xulosasi mavjud boʻlgan loyihalar kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Rivojlanish davlat dasturlarining yillik investitsiya turkumiga, shuningdek, rivojlanish davlat dasturi doirasida loyiha hujjatlari ilgari tayyorlangan va tasdiqlangan oʻtuvchi loyihalar va yangidan tasdiqlangan loyihalar ham kiritilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Zarur hollarda, tasdiqlangan rivojlanish davlat dasturlariga oʻzgartishlar kiritish, ulardan loyihalarni chiqarish, bir moliya yili davomida yangi loyihalarni kiritish umumiy tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Rivojlanish davlat dasturlarining mazmuni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Davlat dasturlarining tahliliy qismi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish prognozi va tasdiqlangan rivojlanish konsepsiyalarining kutilayotgan natijalari bilan uzviy bogʻliq holda rivojlanish davlat dasturlarini amalga oshirish yakunlari boʻyicha rejalashtirilayotgan makroiqtisodiy koʻrsatkichlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
rivojlanish davlat dasturlarining YaMM oʻsishiga prognoz qilinayotgan taʼsiri natijalari, iqtisodiyotning tarmoq va hududiy tarkibi, eksport va import tarkibining oʻzgarishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
rivojlanish davlat dasturlari samaradorligini baholash, shu jumladan aholining turmush darajasi va sifati, ijtimoiy soha va iqtisodiyotning holatini (holati oʻzgarishini) tavsiflovchi kutilayotgan natijalar prognozi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika iqtisodiyotini rivojlantirishning asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari bilan bogʻliq holda kapital qoʻyilmalarning hajmlari va moliyalashtirish manbalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
moliyalashtirish manbalarini koʻrsatib, amalga oshiriladigan yillar boʻyicha investitsiyalarning takror ishlab chiqariladigan va texnologik tarkibini hisobga olgan holda, hududlar va iqtisodiyot tarmoqlari kesimida umuman dastur boʻyicha kapital qoʻyilmalarning tarkibi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Rivojlanish davlat dasturlarining barcha hisob-kitoblari jadal surʼatda, respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning uch yillik davrga moʻljallangan prognozlari asosida ishlab chiqiladi va rivojlanish konsepsiyalariga muvofiq quyidagi mezonlar qoʻshimcha ravishda hisobga olinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tarmoq (hudud)ning istiqboldagi prognoz oʻsish surʼatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
eksport salohiyatining prognoz oʻsish surʼatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tarmoqning umuman respublika boʻyicha makroiqtisodiy koʻrsatkichlarga taʼsirining oʻzgarishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tuzilma hosil qiluvchi omillar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilgari kiritilgan investitsiyalarning samaradorligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
asosiy fondlarning holati va quvvatlardan foydalanish darajasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyihaning ijtimoiy ahamiyati.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Ijtimoiy soha obyektlarini ishga tushirishning prognoz qilinadigan hajmlari buyurtmachilar va obyektlar boʻyicha taqsimlangan holda rivojlanish davlat dasturlariga yiriklashtirilgan tarzda kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Rivojlanish davlat dasturlarining manzilli qismi quyidagilardan iborat:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
rivojlanish davlat dasturlari asosiy tadbirlarini amalga oshirish muddatlari va kutilayotgan natijalarni, shuningdek, tadbirlar va ularni bajarish natijalarining maqsadli dasturlar koʻrsatkichlari bilan oʻzaro bogʻliqligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni koʻrsatgan holda mazkur tadbirlarning roʻyxati va tavsiflari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zarur normativ-huquqiy hujjatlarning asosiy qoidalarini va ularni qabul qilish muddatlarini koʻrsatgan holda rivojlanish davlat dasturlarining maqsadlariga va kutilayotgan natijalariga erishishga qaratilgan tegishli tarmoqda huquqiy tartibga solishning asosiy chora-tadbirlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
rivojlanish davlat dasturlarini yillar boʻyicha amalga oshirishga oid rejali koʻrsatkichlarni aniq ifoda etgan holda, ushbu dasturlarning maqsadli natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shuningdek, tadbirlar va ularni bajarish natijalarining tarmoq dasturlari maqsadli koʻrsatkichlari bilan oʻzaro bogʻliqligi haqidagi maʼlumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika budjeti va mahalliy budjetlar mablagʻlari, budjetdan tashqari davlat jamgʻarmalari mablagʻlari hisobiga rivojlanish davlat dasturlarini moliyaviy taʼminlashga oid axborot (budjet mablagʻlarining bosh tasarrufchilari, maqsadli dasturlar, tarmoq dasturlarining asosiy tadbirlari, shuningdek, rivojlanish davlat dasturlarini yillar boʻyicha amalga oshirishni aniq koʻrsatgan holda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
rivojlanish davlat dasturlarining asosiy tadbirlarini amalga oshirish maqsadida, uzoq muddatli davlat kontraktlarini bajarish uchun Davlat budjeti mablagʻlarining cheklangan hajmlari (tovarlar yetkazib berish, ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatishga uzoq muddatli davlat kontraktlari tuzilgan taqdirda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
moliyalashtirish manbalari va ishlab chiqarish quvvatlari koʻrsatilgan tarmoqlar kesimida rivojlanish davlat dasturlari kapital qoʻyilmalarining asosiy parametrlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
rivojlanish davlat dasturlari doirasida tarmoqlar kesimidagi obyektlarni ishga tushirish prognozi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
rivojlanish davlat dasturlari doirasida hududlar kesimidagi obyektlarni ishga tushirish prognozi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy soha obyektlarini ishga tushirish prognozi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tasdiqlangan rivojlanish konsepsiyalari kesimida loyihalarning roʻyxatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyihaoldi hujjatlari ikkinchi yil va uchinchi yilda tayyorlanib, tasdiqlanadigan loyihalar roʻyxati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avvalgi yillarda foydalanishga topshirilgan obyektlar va ishlab chiqarish quvvatlari roʻyxati, bular boʻyicha investitsiyadan keyingi davrdan to tasdiqlangan loyiha TIAga muvofiq toʻliq loyiha quvvatiga erishilgunga qadar monitoring olib boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Jamgʻarmaning maxsus hisobvaraqlarida yigʻilib boriladigan mablagʻlar rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Moliya vazirligi, budjetdan tashqari davlat jamgʻarmalari har yili 1-avgustga qadar rivojlanish davlat dasturlariga kiritilgan loyihalarni shakllantirish va moliyalashtirish uchun uch yillik davrda mablagʻlar kelib tushishining prognoz hajmlarini Jamgʻarmaga, Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi va Iqtisodiyot vazirligiga taqdim etadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish muddatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish jarayoni bir yillik siklga ega boʻlib, har yilning oxirigacha yangilangan dasturlar tayyorlanishini taʼminlaydigan qatʼiy jadvalga tayanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Rivojlanish davlat dasturlarini amalga oshirishning birinchi yiliga yangidan boshlanadigan loyihalar kiritiladi, ularning loyihaoldi hujjatlari va moliyalashtirish manbalari tasdiqlangan boʻladi, shuningdek, avvalgi dasturda oʻrnatilgan amalga oshirish muddatlarini inobatga olgan holda oʻtuvchi loyihalar ham kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Rivojlanish davlat dasturlarini amalga oshirishning birinchi yili koʻrsatkichlari uni amalga oshirish davomida tanqidiy tahlil qilinishi, aniqlashtirilishi hamda ehtimol tuzatuvchi va oldini oluvchi tadbirlar qoʻshilishi mumkin, shuningdek, mavjud moliyaviy va boshqa resurslar bilan uzviy bogʻlangan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Rivojlanish davlat dasturlarini amalga oshirishning ikkinchi yiliga savdolar natijasida oʻrnatilgan amalga oshirish muddatlarini hisobga olgan holda birinchi yildan oʻtuvchi loyihalar, shuningdek, loyihaoldi hujjatlari birinchi yilda tayyorlanadigan va tasdiqlanadigan yangidan boshlanadigan obyektlar kiritiladi, ularning qiymati belgilangan tartibda aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Rivojlanish davlat dasturlarini amalga oshirishning uchinchi yiliga savdolar natijalariga koʻra belgilangan amalga oshirish muddatlarini hisobga olgan holda oʻtuvchi loyihalar, shuningdek, loyihaoldi hujjatlari ikkinchi yilda tayyorlanadigan va tasdiqlanadigan yangidan boshlanadigan obyektlar kiritiladi. Ularning qiymati belgilangan tartibda aniqlashtirilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. Rivojlanish davlat dasturlarini amalga oshirish koʻrsatkichlari muntazam monitoring qilinishi va tahlil qilinib aniqlashtirilishi, zarur hollarda esa tashabbuskor tomonidan vakolatli organlar va Agentlik bilan kelishilgan tuzatuvchi va oldini oluvchi tadbirlar kiritilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Rivojlanish davlat dasturlarini amalga oshirish yakunlariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar davlat qoʻmitasi Agentlik bilan birgalikda dasturlarni amalga oshirish holati va erishilgan natijalar toʻgʻrisida hisobot tayyorlaydi, bu hisobot har yili, hisobot yilidan keyingi yilning 15-martiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish monitoringi va ularning nazorati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42. Rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish monitoringi va ularni nazorat qilish Agentlik tomonidan amalga oshiriladi. Agentlik rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish jarayoniga jalb etilgan vazirlik va idoralardan har qanday zarur axborotni soʻrab olishga, shuningdek, ushbu dasturlarni shakllantirish va amalga oshirishning istalgan bosqichlarida kuzatuvchi sifatida ishtirok etishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi loyihalarning tashabbuskorlari bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
rivojlanish davlat dasturlariga kiritilgan loyihalarni amalga oshirish samaradorligi va loyihalar portfellining dolzarbligi monitoringini amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
amalga oshirish va rivojlanish davlat dasturlariga kiritish uchun portfeldan loyihalar tanlab olinishi ustidan nazorat oʻrnatadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hisobot choragidan keyingi har chorakning 10-sanasiga qadar loyihalar portfellining amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi hisobotni Agentlikka taqdim etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nazarda tutilgan tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi, loyihalar portfelini amalga oshirishga yoʻnaltirilayotgan resurslardan samarali foydalanishi yuzasidan javobgar boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44. Mazkur Nizomning buzilishiga yoʻl qoʻygan shaxslar qonunchilikka muvofiq javobgar boʻladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirish Davlat dasturini shakllantirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Bosqichlar

T/r

Tadbirlar

Muddatlar

Masʼul vazirlik va idoralar

I bosqich.
Rivojlanish konsepsiyalarini ishlab chiqish va shakllantirish

1.

Uzoq muddatli tarmoq/hududiy va maqsadli rivojlanish konsepsiyalarini ishlab chiqish (qoida tariqasida 10 — 15 yilga moʻljallangan)

1-martgacha

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi huzuridagi muvofiqlashtiruvchi kengashlar, Iqtisodiyot vazirligi, moliya vazirligi, tarmoq vazirliklari va idoralari, mahalliy davlat hokimiyati organlari

2.

Ishlab chiqilgan rivojlanish konsepsiyalari loyihalarini vakolatli davlat organlarida, shu jumladan boshqa manfaatdor vazirlik va idoralarda kelishib olish

10-martgacha

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi

3.

Rivojlanish konsepsiyasi loyihalarini Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan kelishish

20-martgacha

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi

4.

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi tomonidan kiritilgan rivojlanish konsepsiyalarini tasdiqlash

1-aprelgacha

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

II bosqich.
Loyihalar portfellarini ishlab chiqish va shakllantirish

5.

Tarmoq/ hududiy va maqsadli loyihalar portfellarini ishlab chiqish, shakllantirish va dolzarb tus berish

1-iyungacha

Tashabbuskorlar (tarmoq vazirliklari va idoralari, mahalliy davlat hokimiyati organlari), Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi

6.

Dastlabki hisob-kitoblari (ustavlari) va loyihalarni moliyalashtirish hajmlari va dastlabki manbalarini tasdiqlovchi zarur materiallari bilan loyihalar portfellarini manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishish

15-iyungacha

Tashabbuskorlar (tarmoq vazirliklari va idoralari, mahalliy davlat hokimiyati organlari)

7.

Loyihalar portfellarini Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan kelishi

1-iyulgacha

Tashabbuskorlar (tarmoq vazirliklari va idoralari, mahalliy davlat hokimiyati organlari)

8.

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi tomonidan kiritilgan loyihalar portfellarini tasdiqlash

15-iyulgacha

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

9.

Loyihalar portfeli tarkibiga kiritilgan har bir loyiha boʻyicha amalga oshirishning batafsil kalendar rejasini ishlab chiqish

1-avgustgacha

Tashabbuskorlar (tarmoq vazirliklari va idoralari, mahalliy davlat hokimiyati organlari)

10.

Batafsil kalendar rejasini Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan kelishish

10-avgustgacha

Tashabbuskorlar (tarmoq vazirliklari va idoralari, mahalliy davlat hokimiyati organlari)

III bosqich.
Rivojlanish davlat dasturlarini ishlab chiqish va shakllantirish

11.

Loyihaoldi hujjatlarini (DTIA/DTIH) ishlab chiqish va tasdiqlash

15-iyuldan

1-sentabrgacha

Tashabbuskorlar (tarmoq vazirliklari va idoralari, mahalliy davlat hokimiyati organlari

12.

Rivojlanish davlat dasturlariga kiritish uchun ustuvor loyihalarni tanlab olish

10-sentabrgacha

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi huzuridagi Muvofiqlashtiruvchi kengashlar, Tashabbuskorlar (tarmoq vazirliklari va idoralari, mahalliy davlat hokimiyati organlari)

13.

Rivojlanish davlat dasturlariga kiritish uchun ustuvor loyihalarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamgʻarmasi bilan kelishish

10-sentabrdan

10-oktabrgacha

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi

14.

Rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish va kelishish uchun manfaatdor vazirlik va idoralarga yuborish

20-oktabrgacha

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi , Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Tashabbuskorlar (tarmoq vazirliklari va idoralari, mahalliy davlat hokimiyati organlari),

15.

Rivojlanish davlat dasturlarini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish

1-noyabrgacha

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi

16.

Rivojlanish davlat dasturlarini Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan kelishish

10-noyabrgacha

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi

17.

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasiga kiritilgan rivojlanish davlat dasturlarini tasdiqlash

10-dekabrgacha

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh: hujjatlarni tegishli organlarga kelishish uchun kiritish kelishish muddati tugashidan kamida besh kun oldin amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

LOYIHA PASPORTI

____________________________

1. Asosiy qoidalar

Loyiha nomi

Loyiha pasportining versiyasi

Loyihaning rivojlanish konsepsiyasi bilan oʻzaro bogʻliqligi

(konsepsiyaning nomi va loyiha konsepsiya doirasida hal etadigan vazifalar)

Loyihaning boshlanishi va tugallanishi muddatlari

Loyiha tashabbuskori (buyurtmachisi)

(tashkilotning toʻliq nomi, asosiy faoliyat turlari, yuridik va pochta manzillari, mulkchilik shakli, shtatlar soni, rahbarning FIO, ulanish tel., faks e-mail)

Loyihaning ijrochilari va qoʻshimcha ijrochilari

(tashkilotning toʻliq nomi, asosiy faoliyat turlari, yuridik va pochta manzillari, mulkchilik shakli, shtatlar soni, rahbarning FIO, ulanish tel., faks e-mail)

Loyiha ijrochisi ustav jamgʻarmasining tarkibi

(ustav jamgʻarmasi miqdori, tashkilot taʼsischilari va ularning ulushi)

Loyihani amalga oshirish joyi

Loyihaning umumiy qiymati

Loyiha pasportining ishlab chiquvchisi

Loyiha amalga oshiriladigan tarmoq

Loyiha rivojlanish davlat dasturiga kiritilganmi (agar kiritilgan boʻlsa qaysi dasturga kiritilganligi koʻrsatilsin)

Loyiha boʻyicha hujjatlarni tayyorlash shakli (DTIA, DTIH, TIA, TIH)

2. Loyihaning tasnifi

Rivojlanish davlat dasturlari bilan aloqa

Boshqa loyihalar va dasturlar bilan oʻzaro aloqa

Tashabbus koʻrsatish uchun asoslar

Atrof-muhitga taʼsir

Marketing axboroti

Ishlab chiqarish moʻljallanayotgan mahsulot taʼrifi

raqobatchilar tomonidan chiqarilayotgan mahsulot oldida afzalligi

loyihaning boshqa raqobat afzalliklari

isteʼmolchilarning asosiy maqsadli guruhlari

bozor hajmi

bozor tendensiyasi (koʻpayish, qisqarish, barqarorlik)

kutilayotgan bozor ulushi

asosiy raqobatchi korxonalar

mahsulot eksportining taxmin qilinayotgan hajmi

eksport geografiyasi

Loyihaning taqdimot qismlari

Eskiz loyihasi mavjudligi

Taqdimot bukleti/varaqasi mavjudligi

Maketning mavjudligi

3D-model, video taqdimot, multimediya taqdimotning mavjudligi

Boshqa

Qoʻshimcha axborot

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа


3. Loyihaning mazmuni

Loyiha maqsadi

Loyihaning maqsadli koʻrsatkichlari va ularning yillar boʻyicha qiymati

Koʻrsatkich

Oʻlchov

birligi

Davr (yillar boʻyicha)

20__

20__

20__

20__

20__

Loyiha natijalari


4. Loyihaning asosiy iqtisodiy parametrlari

T/r

Koʻrsatkich nomi

Oʻlchov birligi

Jami

Taxmin qilinayotgan moliyalashtirish manbalari

shaxsiy mablagʻlar

jalb etilgan mablagʻlar

1.

Loyihaning cheklangan qiymati

2.

Kapital qoʻyilmalarning cheklangan summasi, shu jumladan:

mashina va uskunalar

qurilish-montaj ishlari

qurilish/kapital qoʻyilmalar davrida (foydalanishga topshirilgunga qadar) moliyaviy chiqimlar

AQSh dollaridagi boshqa xarajatlar

3.

Boshlangʻich aylanma kapitali

4.

Kapital qoʻyilmalar tarkibiga kirmaydigan boshqa xarajatlar

4.

Mavjud asosiy fondlar qiymati

5.

Korxona quvvati, shu jumladan ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmi, taxmin qilinayotgan eksport hajmi

Tegishli birliklarda

6.

Band boʻlganlarning taxmin qilinayotgan soni

kishi

7.

Loyiha oʻzini qoplashining hisoblangan muddati

yil

8.

Investitsion davrning davom etish muddati

oy


5. Loyiha budjeti (yillar boʻyicha)
*

T/r

Moliyalashtirish manbalari

Oʻlchov birligi**

Amalga oshirish yili

20

20

20

20

20***

Jami

Markazlashtirilgan investitsiyalar

1.

Budjet mablagʻlari

2.

Davlat maqsadli jamgʻarmalari mablagʻlari (jamgʻarmalar boʻyicha taqsimlagan holda)

3.

Hukumatning kafolati bilan beriladigan xorijiy investitsiyalar va kreditlar

Nomarkazlashtirilgan investitsiyalar

4.

Korxonalar va tashkilotlarning mablagʻlari

5.

Tijorat banklarining kreditlari

6.

Toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalar

7.

Aholi mablagʻlari


6. Ustuvor loyihaning kalendar reja-jadvali

T/r

Bosqich, tadbirning nomlanishi

Muddati, kun

Boshlanishi

Tugallanishi

Natija

Masʼul ijrochi

1.

2.

3.


7. Loyiha budjeti (bosqichlar boʻyicha)*

T/r

Bosqich, tadbirning nomlanishi

Markazlashtirilgan investitsiyalar

Nomarkazlashtirilgan investitsiyalar

Jami

Budjet mablagʻlari

Boshqa jamgʻarmalar

Hukumat kafolati bilan beriladigan xorijiy kreditlar va investitsiyalar

Korxonalar mablagʻlari

Tijorat banklari kreditlari

Toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar

Boshqa manbalar

1.

2.

...

JAMI:

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Xalqaro va xorijiy moliya institutlarining hamda xorijiy investorlarning ishtirokida amalga oshirilayotgan loyihalarning qiymati AQSh dollari ekvivalentida koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
** Loyiha koʻrsatkichlariga erishilgan yil koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
*** Loyiha qiymati qurilish/kapital qoʻyilmalar davrida amalga oshiriladigan sarf-xarajatlarni hisobga olgan holda shakllantiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа


8.
Bosqichlar va nazorat nuqtalari

T/r

Nomlanishi

Loyiha bosqichlari boʻyicha joriy maqom

Bosqichning yakunlanishi (natijaning nazorat nuqtasi, koʻrsatkich)

Muddati

Mablagʻlarni oʻzlashtirish

1.

2.

3.

9. Manfaatdor tomonlar reyestri

T/r

Organ yoki tashkilot

Manfaatlar vakili (F.I.O, lavozimi)

Loyihani amalga oshirishdan kutilayotgani

1.

2.

3.


10.
Loyiha tavakkalchiliklari reyestri

T/r

Tavakkalchilikning nomlanishi

Kutilayotgan oqibatlar

Chora koʻrish tadbirlari

Boshlanish ehtimoli

Loyihaga taʼsir darajasi

1.

2.

3.


11.
Zarur muhandislik va transport kommunikatsiyalari****

Elektr-energiyasi

Talab etilayotgan quvvat (MVt)

Elektr-energiyasini isteʼmol qilish yillik hajmi — mln.kVt.soat

Foydalanishga topshirish muddatlari

Liniyani tortib kelishda talab etiladigan muddatlar

Gaz taʼminoti

Yillik isteʼmol hajmi yiliga m3

Soatiga isteʼmol qilish hajmi — m3

Quvur tortib kelish uchun talab qilinadigan muddatlar

Issiqlik taʼminoti

Issiqlik sarflash hajmi Gkal/soat

Bir sutkalik ehtiyoj sutkasiga m3

Quvur tortib kelish uchun talab qilinadigan muddatlar

Sanoatda suv taʼminoti

Talab etiladigan hajm (yiliga kub.)

Sutkalik ehtiyoj sutkasiga m3

Quvur tortib kelish uchun talab etiladigan muddatlar

Ichimlik suv taʼminoti

Talab etiladigan hajm (yilig kub. )

Sutkalik ehtiyoj sutkasiga m3

Quvur tortib kelish uchun talab etiladigan muddatlar

Sanoat va maishiy kanalizatsiya

Talab etiladigan hajm (yiliga kub.)

Sutkalik ehtiyoj m3 v sutki

Quvur tortib kelish uchun talab qilinadigan muddatlar

Jala yomgʻir kanalizatsiyasi

Talab etiladigan hajm (yiliga m3)

Sutkalik ehtiyoj — sutkasiga m3

Quvur tortib kelish uchun talab etiladigan muddatlar

Aloqa/Internet

Talab etiladigan hajm (tel. raqamlari/Mb)

Tortib kelish uchun talab etiladigan muddatlar

Temiryoʻl shahobchasi

Uzunligi (km.)

Talab etiladigan yuk tashish hajmi (yiliga tonna/vagon)

Tortib kelish uchun talab etiladigan muddatlar

Avtomobil yoʻllari

Uzunligi(km)

Talab etiladigan yuk tashish hajmi (yiliga tonna/yuk mashinalari)

Tortib kelish uchun talab etiladigan muddatlar


12.
Loyiha ekspertizasi

Loyihani kelishuvchi vazirlik, idora, tashkilot (loyihani ekspertizadan oʻtkazuvchilar)

Kelishish toʻgʻrisidagi belgi

Izoh








13.
Loyiha koʻrsatkichlariga erishishning asoslantirilishi*****


Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
**** energiya va resurslarni tejaydigan texnologiyalardan foydalanishga ustuvorlik beriladi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
***** loyiha koʻrsatkichlariga erishishni taʼminlaydigan, loyiha doirasida ularning faoliyat natijalarini tasdiqlovchi tahliliy, statistik hamda boshqa koʻrsatkich va maʼlumotlar keltiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
LOYIHA USTAVI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

1-BOʻLIM. LOYIHA TOʻGʻRISIDA AXBOROT


Loyihaning nomlanishi

Loyihaning rivojlanish konsepsiyasi bilan oʻzaro bogʻliqligi

(konsepsiyaning nomlanishi va loyiha konsepsiya doirasida hal etadigan vazifa)lar

Loyiha amalga oshirilayotgan tarmoq

Loyiha amalga oshiriladigan joy

Loyiha tashabbuskori (buyurtmachisi) nomlanishi, STIR, manzil, telefon, yaratilgan sana

Loyiha homiysi

(nomlanishi, STIR, manzil, telefon)

Loyiha (loyiha ofisi) rahbari

Loyihaning boshqa ishtirokchilari

Hujjat yaratilgan sana


2-BOʻLIM. LOYIHA TASNIFI


Loyiha tashabbusi bilan chiqish sabablari

(loyiha tashabbusi bilan chiqishning biznes-yoki boshqa sabablari)

Loyiha tashabbusi bilan chiqish asoslari

(shu jumladan loyiha tashabbusi bilan chiqishda asos boʻlgan normativ-huquqiy hujjat)

Loyihaning maqsadi va kutilayotgan natijalari

Loyiha mazmuni

Loyiha maqsadlariga erishish mezonlari

(loyiha maqsadlariga erishishning oʻlchanadigan mezonlari)

Loyiha chegaralari

(loyihaga kiritilgan ishlar tasnifi)

Loyihaning cheklanishlari

(loyihaning bajarilishini cheklaydigan omillar tasnifi (huquqiy, moliyaviy, resurs, kalendar hamda boshqa kelib qoʻshiladigan va hokazo omillar)

Loyihani amalga kiritish

(loyihani amalga oshirish mexanizmlarining muqobil variantlari)

Loyihaning kutilayotgan tavakkalchiliklari



Tashabbuskor (buyurtmachi rahbari)

____________________________

_________________




(F.I.O.)

Imzo

Loyiha (loyiha ofisi rahbari)

____________________________

_________________

(F.I.O.)

Imzo

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-dekabrdagi PQ-3437-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamgʻarmasi Kuzatuv kengashining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TARKIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

1.

A.N. Aripov

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Kengash raisi

2.

M.M. Ikramov

Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi, Kengash raisining oʻrinbosari

3.

J.A. Qoʻchqorov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari

4.

S.R. Xolmurodov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari

5.

Sh.M. Sodiqov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori

6.

M.B. Nurmurotov

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi

7.

B.A. Xodjayev

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri

8.

I.Y. Abdurahmonov

Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri

9.

Sh.X. Shermatov

Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalavrini rivojlantirish vaziri vazifasini bajaruvchi

10.

A.I. Axmedxodjayev

Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar boʻyicha dalat qoʻmitasi raisi

11.

Sh.A. Vafoyev

Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining ijrochi direktori

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh: Kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtishganida mazkur lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar uning tarkibiga kiritiladi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.12.2017-y., 07/17/3437/0423-son, 08.06.2018-y., 06/18/5457/1324-son, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son)