23.02.2018 yildagi 139-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Avtomototransport vositalaridan foydalanish jarayonida huquqbuzarliklarning oldini olish, avtomototransport vositalari haydovchilarining yoʻl harakati qoidalariga rioya etish boʻyicha javobgarligini oshirish, shuningdek, avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ishtirok etishi uchun teng sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Belgilab qoʻyilsinki, 2018-yil 1-avgustdan boshlab avtomototransport vositalari va shahar elektr transport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasi oshirish faoliyati davlat taʼlim muassasalari, shuningdek, nodavlat taʼlim muassasalari faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlgan boshqa yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-maydagi 408-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.06.2018-y., 09/18/408/1315-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash hamda qayta tayyorlash boʻyicha nodavlat taʼlim tashkilotlarining faoliyatini litsenziyalash uchun qoʻshimcha litsenziya talablari hamda shartlari sifatida belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquv jarayoniga darslar oʻzlashtirilishini oshirishga yoʻnaltirilgan oʻqitish monitoringini olib borish va rejalashtirishning avtomatlashtirilgan axborot tizimini joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
butun oʻquv jarayonini qamrab oladigan animatsiya effektlari va videokontentga ega elektron oʻquv-uslubiy qoʻllanmalarning mavjud boʻlishi, har bir taʼlim oluvchini (tinglovchini) ushbu oʻquv qoʻllanmalari bilan taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har bir oʻqituvchini oʻquv dasturlari, turli pedagogika texnologiyalaridan foydalanish yoʻriqnomalarini oʻz ichiga olgan batafsil texnologik kartalar bilan taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har biri kamida 40 kvadrat metr maydonga ega boʻlgan va bitta hududda joylashgan ikki yoki undan koʻp auditoriyalarning mavjud boʻlishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har bir auditoriyada videoproyektorlar, kompyuterlar, audio va video kuzatuv tizimlari, Yoʻl harakati qoidalari boʻyicha koʻrgazmali qoʻllanmalar, shuningdek, oʻquv jarayoni va yakuniy test sinovining oshkoraligini taʼminlash uchun jarayonni yozib olish tizimining mavjud boʻlishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taʼlim oluvchilar bilimlarini yakuniy test sinovidan oʻtkazish uchun kompyuterlar bilan jihozlangan alohida auditoriyaning mavjud boʻlishi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 17-avgustdagi 396-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2023-y., 09/23/396/0625-son — 2023-yil 19-noyabrdan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Quyidagilarning malaka oshirishdan oʻtishi shartligi belgilab qoʻyilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik shaxslarga tegishli avtotransport vositalarini boshqarayotgan shaxslar, avtotransport vositalarini qisqa muddatli ijara (prokat) va lizing asosida boshqarayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va boshqa jismoniy shaxslardan tashqari — ikki yilda bir marta;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avtotransport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etilgan shaxslar — maʼmuriy jazo muddati nihoyasiga yetgach va haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy hamda amaliy imtihonlar topshirgunigacha.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-sentabrdagi 504-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2023-y., 09/23/504/0736-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Ichki ishlar vazirligi, boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda avtomototransport vositalari va shahar elektr transport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish boʻyicha nodavlat taʼlim muassasalarining faoliyatini litsenziyalash tartibi nazarda tutilgan hukumat qarorining loyihasini bir oy muddatda ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Adliya vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda — Xalqaro press-klubda ushbu qarorning maqsadlari, mazmun-mohiyati toʻgʻrisida matbuot anjumani oʻtkazsin;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda — bosma hamda elektron axborot vositalarini, shu jumladan butunjahon Internet tarmogʻini keng jalb etgan holda, aholi oʻrtasida ushbu qarorning maqsadi va vazifalarining muntazam hamda har tomonlama yoritilishini tizimli asosda taʼminlasin.
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyundagi 457-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi U.N. Toshkenboyev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yil 23-fevral,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
139-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-sentabrdagi 504-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2023-y., 09/23/504/0736-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-fevraldagi 139-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-martdagi 125-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2021-y., 09/21/125/0195-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-martdagi 241-sonli qaroriga asosan 2018-yilning 1-aprelidan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.03.2018-y., 09/18/241/0960-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-martdagi 125-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2021-y., 09/21/125/0195-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-maydagi 408-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.06.2018-y., 09/18/408/1315-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi 172-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-maydan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2022-y., 09/22/172/0298-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash tizimida taʼlim jarayonini takomillashtirish va oʻqitishning zamonaviy usullarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 30-apreldagi 106-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 4-son, 32-modda):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 2-bandning ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 4-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Vazirlar Mahkamasining “Innovatsion oʻqitish uslublarini joriy etish yoʻli bilan haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash, shuningdek ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2017-yil 4-sentabrdagi 693-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 36-son, 958-modda):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 2-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 3-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“3. Belgilansinki, yuridik shaxslar avtotransport vositalari haydovchilarining malakasini oshirish tadbirlarini moliyalashtirish ish beruvchilarning mablagʻlari hisobiga, boshqa shaxslarning esa — oʻz mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) 4-band va 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Ushbu ilova 2-bandining “b” kichik bandi, 4 va 6-bandlari 2018-yil 1-avgustdan boshlab kuchga kiradi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-maydagi 408-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.06.2018-y., 09/18/408/1315-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2018-y., 09/18/139/0818-son, 29.03.2018-y., 09/18/241/0960-son, 06.06.2018-y., 09/18/408/1315-son; 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son; 10.03.2021-y., 09/21/125/0195-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2022-y., 09/22/172/0298-son; 18.08.2023-y., 09/23/396/0625-son; 30.09.2023-y., 09/23/504/0736-son)