25.01.2018 yildagi PQ-3494-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-martdagi “Shoshilinch tibbiy yordamni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4985-sonli Farmoniga muvofiq hamda shoshilinch tibbiy yordam tizimini yanada takomillashtirish, shu jumladan tez tibbiy yordam xizmatining tezkorligi, samaradorligi va sifatini oshirish maqsadida:
4. Tez tibbiy yordam tizimini ixtisoslashtirilgan avtotransport bilan jihozlash normativlari va ulardan foydalanish muddatlari 2-ilovaga muvofiq, shuningdek, tez tibbiy yordam xizmati ko‘chma brigadasini tibbiy uskunalar va inventarlar bilan jihozlash tabeli 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)

T/r

Chora-tadbirlarning nomlanishi

Ijro muddatlari

Summa

Moliyalashtirish manbalari

Ijrochilar

Amalga oshirish shakli

Shoshilinch tibbiy yordam sifatini oshirish, kasalliklarga tashxis qo‘yish va davolashning zamonaviy usullarini ishlab chiqish va joriy qilish

1.

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi (keyingi o‘rinlarda — RShTYIM) Toshkent shahar tez tibbiy yordam stansiyasi va RShTYIM hududiy filiallari tez tibbiy yordam stansiyalari negizida butun respublika hududida tez tibbiy yordamni shoshilinch chaqirishga mo‘�jallangan tun-u kun ishlaydigan yagona telefon raqamining uzluksiz faoliyatini ta’minlaydigan Call-markazlar tashkil etish.

2018-yil 1-maygacha

7,4 mlrd so‘m

Davlat budjeti mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Xadjibayev), Moliya vazirligi

Haydarov),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(A. Xaitov)

Normativ-huquqiy hujjat

2.

Tez tibbiy yordam ko‘rsatishning yagona standartlaridan kelib chiqqan holda ixtisoslashtirilgan va umumiy yo‘nalishdagi ko‘chma brigadalar, shuningdek, favqulodda vaziyatlarda harakatlanuvchi brigadalar uchun klinik protokollarni tasdiqlash va joriy qilish.

2018-yil 1-maygacha

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Xadjibayev)

Idoraviy hujjat

3.

Quyidagilarni nazarda tutgan holda, RShTYIM mutaxassislarining amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida hududlarga muntazam safarlarini tashkil qilish:

mahorat darslari o‘tish va RShTYIM filiallari va tuman (shahar) tibbiyot birlashmalaridagi shoshilinch tibbiy yordam bo‘limlari, shuningdek, hududlardagi tez tibbiy yordam xizmati amaliyotiga zamonaviy usullar va texnologiyalarni tatbiq qilish;

safarga chiquvchilar tarkibini kamida uch nafar talab eng yuqori bo‘lgan mutaxassislar bilan to‘ldirish;

tashxis qo‘yish va davolashning zamonaviy, yuqori texnologiyaga asoslangan usullarini tatbiq qilgan holda, o‘z yo‘nalishiga tegishli bemorlarning davolash-maslahat yordami bilan keng qamrab olinishini ta’minlash.

Har oy

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Xadjibayev)

Idoraviy hujjat

II. Shoshilinch tibbiy yordam tizimi va tez tibbiy yordam xizmati tibbiy muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash

4.

Tez tibbiy yordam xizmatining maxsus avtotransport vositalarini tibbiy jihoz komplektlari bilan bosqichma-bosqich jihozlash (to‘liq jihozlash), shu jumladan:

“Salomatlik 3” loyihasi doirasida Jahon banki mablag‘lari hisobidan 231 ta reanimobilni jihozlash;

umumiy yo‘nalishdagi tez tibbiy yordam brigadalarining 1200 ta avtomashinasini jihozlash hamda 712 ta avtomashinasini to‘liq jihozlash.

2018-yil

1-aprelgacha






2018-yil

1-avgustgacha

4,1 mln

AQSh doll.






5,0 mln

AQSh doll.

Jahon banki mablag‘lari

Xalqaro moliya institutlaridan jalb qilinadigan mablag‘lar

Sog‘liqni saqlash vazirligi
(A. Xadjibayev),
Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi
(A. Axmedxodjayev)

Kompleks chora-tadbirlar

5.

Xalqaro va mahalliy maslahat xizmatlarini jalb qilgan holda, “Shoshilinch tibbiy yordam xizmatini takomillashtirish” loyihasini tayyorlash;

“Shoshilinch tibbiy yordam xizmatini takomillashtirish” loyihasining TIHKni tayyorlash.

2018-yil 1-aprelgacha


2018-yil 1-aprelgacha

186,2 ming

AQSh doll.



50,0 ming

AQSh doll.

Jahon banki mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi
(A. Xadjibayev),
Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi
(A. Axmedxodjayev)

Chora-tadbirlar rejasi

6.

Tez tibbiy yordam xizmati brigadalarini zamonaviy radioaloqa vositalari (ratsiyalar) va GPS-navigatsiya tizimlari bilan, shuningdek, butun respublika hududida tez tibbiy yordamni shoshilinch chaqirishga mo‘ljallangan yagona telefon raqamining uzluksiz faoliyatini ta’minlash.

2018-yil 1-oktabrgacha

9,6 mlrd so‘m

Mahalliy budjet mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Xadjibayev),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Kompleks chora-tadbirlar

7.

Tez tibbiy yordam brigadalarini tasdiqlangan me’yorlarga muvofiq dori vositalari, tibbiyot buyumlari va sarf materiallari bilan ta’minlash.

2018-yil 30-iyungacha

18,25 mlrd. so‘m

Mahalliy budjet mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Xadjibayev),

Moliya vazirligi

(Haydarov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Har yili tasdiqlanadigan xarajatlar smetalari

III. Tibbiyot xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish

8.

Shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish tizimida ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash maqsadida RShTYIM qoshida ilmiy darajalar berish bo‘yicha ixtisoslashgan ilmiy kengash tashkil qilish.

1-iyungacha

2018-yil

Sog‘liqni saqlash vazirligi
(A. Xadjibayev), Oliy attestatsiya komissiyasi
(A. Yusupov)

Chora-tadbirlar rejasi

9.

Shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish tizimining shifokorlari va o‘rta tibbiy bo‘g‘in xodimlari, ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlari, shu jumladan shoshilinch va tez tibbiy yordam tizimidagi kamida 50 nafar gospital bo‘g‘ini shifokorlarini xorijiy mamlakatlarning yetakchi klinikalarida qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilish.

yil davomida

2,2 mlrd so‘m

Davlat budjeti mablag‘laribudjeta

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Xadjibayev), Moliya vazirligi

(A. Haydarov)

2018-yil uchun tasdiqlangan Chora-tadbirlar rejasi

10.

Shoshilinch holatlarda tashxis qo‘yish va davolashning yangi samarali texnologiyalarini yaratish bo‘yicha ustuvor, shu jumladan intervension kardiologiya, kardioxirurgiya, neyroxirurgiya, mikroxirurgiya, endovideoxirurgiya, transplantologiya met�dlari yo‘nalishlarida ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish.

yil davomida

Davlat budjeti mablag‘lari, grant mablag‘lar

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Xadjibayev)

2018-yil uchun tasdiqlangan Chora-tadbirlar rejasi

11.

Sohadagi yetakchi xorijiy tashkilotlar bilan yaqin hamkorlik o‘rnatish, shoshilinch tibbiyot sohasida qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish.

yil davomida

Homiylar mablag‘lari va grantlar

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Xadjibayev)

Memorandumlar

12.

Shoshilinch tibbiy yordam tizimi tibbiy xodimlarini tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish uchun xalqaro tashkilotlarning grantlarini, shu jumladan “O‘zbekistonda tez tibbiy yordam xizmati salohiyatini oshirish” loyihasini amalga oshirish uchun Koreya xalqaro sog‘liqni saqlash fondi (KOFIN) grantini jalb qilish.

2018-yil 1-noyabrgacha

1,0 mln AQSh doll.

KOFIN grantlari

Sog‘liqni saqlash vazirligi

Sog‘liqni saqlash vazirligi
(A. Xadjibayev),
Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi
(A. Axmedxodjayev)

Memorandum

 LexUZ sharhi
 LexUZ sharhi

T/r

Nomlanishi

Soni

Tibbiy moslamalar

Maxsus brigadalar uchun

Umumiy yo‘nalishdagi brigadalar uchun

1.

Portativ EKG

1

1

2.

Portativ defibrillyator

1

-

3.

Ambu xaltachasi

1

1

4.

O‘pkani sun’iy havolantirish portativ apparati, kislorod balloni bilan

1

-

5.

Portativ mexanik aspirator (so‘rgich)

1

-

Immobilizatsion vositalar

6.

Bel taxtasi

1

1

7.

Bolalar va kattalar uchun ko‘p martalik foydalaniladigan immobilizatsion vositalar (shinalar komplekti)

Bo‘yin tutgich:

1

1

kattalarniki,

2

2

bolalarniki

1

1

8.

Zambil

1

1

Tibbiy sandiqcha

9.

Tibbiy sumka (keys)

1

1

10.

Laringoskop

1

-

11.

Tonometr/fonendoskop

1

1

12.

Tibbiy termometr

1

1

13.

Qon to‘xtatuvchi jgut

1

1

14.

Diagnostik lampa (chiroqcha)

1

1

15.

Pulsoksimetr

1

-

16.

Nevrologik bolg‘acha

1

1

17.

Og‘iz ochgich

1

1

18.

Tilni tutib turish asbobi

1

1

19.

Pinset

1

1

20.

Qaychi

1

1

21.

Jane shpritsi

1

1

22.

Oshqozon zondi

1

1

23.

Peshob kateteri

1

1

24.

Sterillangan bint, 5m x 10sm yoki 7m x14sm

3

2

25.

Sterillanmagan bint, 5m x 10sm yoki 7m x14sm

2

2

26.

Sterillangan salfetka № 10

1 komplekt

1 komplekt

27.

2.0; 5.0; 10.0 hajmli bir martalik shpritslar

10 donadan

10 donadan

28.

Bir martalik sistema

4

-

29.

Leykoplastir

1

1

30.

Intubatsion trubkalar: 6.0, 7.0, 7.5, 8.0 o‘lchamda

1 donadan

-

31.

Bir martalik tibbiy ko‘rik qo‘lqoplari

20 donadan

20 donadan

32.

Sterillangan tibbiy qo‘lqoplar

2 juft

-

33.

Tibbiy vata, 100 grammlik

100 gramm

100 gramm

34.

EKG lentasi

1 rulon

1 rulon

35.

Bir martalik shpatel

5

5

Yumshoq jihozlar (maxsus avtotransport salonida)

36.

Matrats

1

1

37.

Yostiq

1

1

38.

Choyshab

1

1

39.

Yo‘rgak

1

1

40.

Sochiq

1

1

Maxsus kiyim-bosh

41.

Tibbiy forma

1

1

42.

Tibbiy xodimlar uchun beyjik

1

1

 LexUZ sharhi