Для получения доступа к этой функции Вам необходимо авторизоваться!
Хотите зарегистрироваться? Либо войти под своим логином?

Авторизоваться Зарегистрироваться

10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ilovaga muvofiq ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
 LexUZ sharhi
a) 2-ilova quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

Mintaqalarning nomi

Muassasalar

Avtomashinalar soni (ta)

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Nukus filiali

7

Andijon viloyati

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Andijon filiali

7

Buxoro viloyati

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Buxoro filiali

7

Jizzax viloyati

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Jizzax filiali

7

Qashqadaryo viloyati

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Qashqadaryo filiali

8

Navoiy viloyati

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Navoiy filiali

7

Namangan viloyati

Respublika shoshilinchtibbiy yordam ilmiy markazining Namangan filiali

8

Samarqand viloyati

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Samarqand filiali

7

Surxondaryo viloyati

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Termiz filiali

6

Sirdaryo viloyati

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Guliston filiali

6

Toshkent viloyati

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziningToshkent viloyati filiali (Xonobod shaharchasi)

3

Bekobod shahar kasalxonasi

1

Angren markaziy shahar kasalxonasi

2

Bo‘stonliq markaziy shahar kasalxonasi

1

Farg‘ona viloyati

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Farg‘ona filiali

6

Qo‘qon shahar kasalxonasi

1

Marg‘ilon markaziy shahar kasalxonasi

1

Xorazm viloyati

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Xorazm filiali

6

Toshkent shahri

Toshkent shahri Tez tibbiy yordam xizmati

14

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi

2

Sog‘liqni saqlash vazirligi muassasalari

3

Jami

110

”;

b) 3-ilovaning nomiga “yordam” so‘zidan keyin “ilmiy” so‘zi qo‘shilsin.

Mamlakatimizda aholi salomatligini yanada mustahkamlash, jismonan sog‘lom va yetuk avlodni voyaga yetkazishni ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda yurtimiz tibbiyot muassasalarida eng ilg‘or va zamonaviy shart-sharoitlar yaratish hamda tibbiy xizmat sifatini yanada oshirishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev har bir ma’ruzasi va nutqida, turli uchrashuvlarda xalqimizni rozi qilish uchun, eng avvalo, uning sifatli tibbiy xizmatga bo‘lgan talabini qondirish nihoyatda zarurligini doimo ta’kidlab kelmoqdalar. Davlatimiz rahbarining joriy yil 5-yanvar va 7-fevral kunlari sog‘liqni saqlash sohasi vakillari bilan o‘tkazgan uchrashuvlari ham tizimdagi mavjud holatni chuqur tanqidiy tahlil qilib, yig‘ilib qolgan masalalarni samarali hal etish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi. Bu borada, ayniqsa, mamlakatimizda qabul qilingan va bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishga oid huquqiy hujjatlar alohida o‘rin tutmoqda.

Hozirgi vaqtda bu tizim Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi va uning viloyatlardagi filiallari, tuman va shahar tibbiyot birlashmalari qoshidagi bo‘limlari, mamlakatimizning barcha hududlaridagi tez tibbiy yordam xizmati stansiyalari va sanitar aviatsiya xizmatini o‘z ichiga oladi. Eng asosiysi, soha rivoji yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar natijasida shoshilinch tibbiy yordam tizimida yiliga 600 ming nafardan ziyod bemorga yuqori malakali statsionar va 1 million nafardan ortiq bemorga ambulator yordam hamda 7 milliondan ziyod chaqiriqlar bo‘yicha xizmat ko‘rsatilmoqda.

Shu bilan birga, hozirgi vaqtda sohada zudlik bilan hal etishni talab qiladigan bir qator muammo va masalalar ham borki, u aniq chora-tadbirlar ko‘rishni taqozo etmoqda.

Avvalambor, shoshilinch tibbiyot sohasidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash, ilmiy ishlanmalarni rivojlantirish, malakali kadrlar, �ori vositalari, tibbiy uskunalar, ixtisoslashtirilgan avtotransport va aloqa vositalari bilan ta’minlanish darajasini yaxshilash dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. Bu esa tez tibbiy yordam faoliyatini boshqarish va muvofiqlashtirishning amaldagi tizimini qayta ko‘rib chiqish, shoshilinch tibbiy yordam sifatini tubdan yaxshilashga doir tezkor choralar ko‘rish zaruratini yuzaga keltirmoqda.

Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Shoshilinch tibbiy yordamni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida mazkur tizimni takomillashtirishning eng muhim yo‘nalishlarini belgilash, tez tibbiy yordam xizmatining sifat va samaradorligini oshirish, shoshilinch tibbiy yordam sohasidagi ilmiy tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirish hamda bu borada xalqaro hamkorlikni chuqurlashtirishga qaratilgan aniq vazifalar belgilab berildi.

Farmonda, shuningdek, shoshilinch tibbiy yordam tizimida zamonaviy ilmiy-texnik yutuqlar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo‘llash, shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish tizimining boshqa vazirliklar va idoralarning shoshilinch xizmatlari bilan tezkor hamkorligini ta’minlash bo‘yicha zamonaviy mexanizmlarni tatbiq qilish, kadrlarni tayyorlash borasida ilg‘or usullarni joriy etish ko‘zda tutilgan.

Farmon bilan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, deb qayta nomlandi va Markazning asosiy vazifalari belgilandi.

Xususan, aholiga bepul asosda malakali ixtisoslashtirilgan, yuqori texnologiyali shoshilinch, tez va kechiktirib bo‘lmaydigan tibbiy xizmat ko‘rsatish, samaradorligi bo‘yicha jahon talablariga mos keladigan shoshilinch tibbiy yordam tizimining faoliyatiga tashkiliy-uslubiy rahbarlik qilish, kechiktirib bo‘lmaydigan holatlarning profilaktikasi, diagnostikasi va ularni davolash bo‘yicha yangi, samarali texnologiyalarni yaratish, xorijiy turdosh tashkilotlar bilan yaqin hamkorlik o‘rnatish kabi yo‘nalishlar Markazning asosiy vazifalari sifatida qayd etildi. Bundan tashqari, Markaz shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish sohasida fan va ilmiy tadqiqotlar rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlarini shakllantirish, shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish va ilg‘or texnologiyalarni yaratish yuzasidan ilmiy tadqiqotlar olib borishni, shifokorlar va o‘rta tibbiyot xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish tizimi uchun ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlashni ham muvofiqlashtirib boradi.

Farmonda ta’kidlanganidek, 2017-yilning 1-iyuligacha yagona ma’lumotlar bazasi va ma’lumotlarni uzatish tarmog‘ini yaratgan holda, tez tibbiy yordam brigadalarining faoliyatini tezkor boshqarish va muvofiqlashtirilishini ta’minlovchi Markaz va uning hududiy filiallarining muvofiqlashtiruvchi-dispetcherlik xizmatlari faoliyatini tashkil qilish bo‘yicha chora-tadbirlar majmuasi ishlab chiqiladi. Chunki, tez tibbiy yordam faoliyatida dispetcherlik xizmatlarini yaxshilash, uning kechayu kunduz samarali ishlashini ta’minlash bugungi kun talabidir. Shu munosabat bilan 2019-yilning 1-yanvaridan boshlab Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va “O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi bilan o‘zaro hamkorlikda faoliyat yurituvchi muvofiqlashtiruvchi-dispetcherlik xizmatlari joriy qilinadi.

Ushbu xizmat faoliyatida kuzatilayotgan kamchiliklarga tizimda avtotransport vositalari bilan bog‘liq masalalar ham sabab bo‘layotgani ko‘pchilikka ma’lum. Endilikda Markazning Tez tibbiy yordam stansiyalariga avtotransport xizmatini ko‘rsatish “Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasining ixtisoslashtirilgan avtotransport korxonasi” davlat korxonasi tomonidan amalga oshiriladi. Bu esa avtotransport vositalarining har doim soz holatda bo‘lishini va kerakli manzilga o‘z vaqtida yetib borishini ta’minlashga xizmat qiladi.

Ayni vaqtda kechiktirib bo‘lmaydigan vaziyatlarda ko‘plab insonlarning hayotini saqlab qolish maqsadida shoshilinch tibbiy yordam xizmati muassasalarining moddiy-texnik bazasini mus�ahkamlash, tizimning transport parkini boyitish uchun davlat budjeti va boshqa mablag‘lar hisobidan 1200 ta tez tibbiy yordam avtomobili xarid qilinadigan bo‘ldi.

Tajribadan ma’lumki, zamonaviy texnologiyalarni amaliyotga joriy etish tibbiy xizmat sifatini bir necha barobar yaxshilash imkonini yaratadi. Farmonda ushbu yo‘nalishda imtiyozlar yaratishga alohida e’tibor qaratilgan. Shu maqsadda 2020-yilning 31-dekabrigacha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatlar bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-dispetcherlik xizmatlari ehtiyojlarini ta’minlash uchun olib kirilayotgan yuqori texnologiyali va telekommunikatsiya jihozlari, butlovchi qismlar, ehtiyot qismlar va dasturiy ta’minotni bojxona to‘lovlaridan ozod etish belgilandi.

Yana bir e’tiborli jihati shundaki, Farmonga ko‘ra, Toshkent viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bazasida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Toshkent viloyati filiali tashkil etiladi. Agar shu vaqtgacha ushbu hududda bunday tibbiy muassasa mavjud bo‘lmaganini nazarda tutadigan bo‘lsak, bu yangilik viloyat aholisi salomatligini saqlash borasida qanday katta ahamiyat kasb etishini tasavvur qilish qiyin emas, albatta.

Yana bir yangilik — shu yilning 1-aprelidan boshlab Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi tez tibbiy yordam stansiyasi uning tumanlardagi kichik stansiyalari bilan birga, yuridik shaxs maqomini saqlagan holda, tarkibiy bo‘linma sifatida Markazga berilishi ko‘zda tutilgan.

Prezidentimizning mazkur Farmonida ko‘zda tutilgan e’tibor va berilayotgan imtiyozlar, soha uchun ajratilayotgan zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar hamda ularning noyob texnologik imkoniyatlari tizim mutaxassislari olib borayotgan ilmiy izlanishlarning saviyasini yuksak darajada oshirish, shoshilinch holatlarda diagnostika va davolashning yangi istiqbolli usullarini ishlab chiqish, rivojlantirish va amaliyotga tatbiq qilish imkoniyatlarini yanada kengaytirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Bu esa, o‘z navbatida, davolash jarayonining samarasini oshiribgina qolmay, statsionar davolash muddatlarini va buning natijasida sarf-xarajatlarni ham keskin kamaytirishi shubhasiz. Bundan tashqari, ushbu Farmon Markazning barcha filiallarini eng yuksak mezonlarga javob beradigan tibbiy apparatlar, xususan, yurak va qon-tomirlarning ultratovush doplerografiyasi, zamonaviy angiografik tuzilmasi, multispiral kompyuter tomografiya va magnit-rezonans tomograf apparatlari bilan to‘liq ta’minlashi uchun imkoniyat yaratadi.

Xulosa qilib aytganda, mazkur Farmon hamda u bilan tasdiqlangan huquqiy hujjatlar shoshilinch va tez tibbiy yordam tizimini yanada takomillashtirish, ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini yangi bosqichga ko‘tarish, sohada ilmiy-tadqiqot faoliyati ko‘lamini kengaytirish hamda ilg‘or xorijiy tajribalarni amaliyotga joriy etishda dasturilamal bo‘lib xizmat qiladi.

Mamlakatimizda aholi salomatligi, inson manfaatlari, xalqimiz farovonligi haqida so‘z borar ekan, bu masalalar doimo davlatimizning e’tibor markazida bo‘lib qoladi. Ana shu ezgu maqsadlarning mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan e’lon qilingan Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida ro‘yobga chiqarilishi esa yanada ahamiyatlidir.


Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi