03.07.1998 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Latviya Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Konvensiya
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ikki marta soliq solishga yoʻl qoʻymaslik hamda daromad va kapital soliqlarini toʻlashdan bosh tortishni bartaraf qilish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Latviya Respublikasi Hukumati,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki marta soliq solishga yoʻl qoʻymaslik hamda daromad va kapital soliqlarini toʻlashdan bosh tortishni bartaraf qilish toʻgʻrisida Konvensiya tuzish istagini bildirib va ikki mamlakat oʻrtasidagi iqtisodiy hamkorlikka koʻmaklashish maqsadida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-modda
Qoʻllanish doirasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Konvensiya Ahdlashuvchi Davlatlarning biri yoki har ikkisining rezidenti boʻlgan shaxslarga nisbatan qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-modda
Konvensiya tatbiq etiladigan soliqlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Konvensiya Ahdlashuvchi Davlatlar nomidan yoki ularning mahalliy hokimiyat organlari nomidan undiriladigan daromad va kapital soliqlariga nisbatan, ularni undirish uslubidan qatʼi nazar, tatbiq etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Daromad va kapital soliqlariga jami daromaddan, jami kapitaldan yoki daromad, yoxud kapitalning bir qismidan olinadigan barcha soliqlar, shu jumladan koʻchar yoki koʻchmas mulkni begonalashtirishdan olingan daromadlardan, shuningdek, kapital qiymatining oshishidan olingan daromadlardan undiriladigan soliqlar kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ushbu Konvensiya qoʻllaniladigan amaldagi soliqlar, xususan, quyidagilardir:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Latviyaga nisbatan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I) korxonalar daromadlaridan olinadigan soliq (uz.nemumu ienakuma nodoklis);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II) jismoniy shaxslardan undiriladigan daromad soligʻi (iedzivotaju ienakuma nodoklis);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III) mol-mulk soligʻi (ipasuma nodoklis);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(bundan keyin “Latviya soligʻi” deb ataladi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Oʻzbekistonga nisbatan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I) korxonalar, birlashmalar va tashkilotlar daromadlaridan olinadigan soliq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II) daromad soligʻi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III) mol-mulk soligʻi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(bundan keyin “Oʻzbekiston soligʻi” deb ataladi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Ushbu Konvensiya Konvensiya imzolangan sanadan soʻng undiriladigan soliqlarga aynan yoki qisman oʻxshash va ularga qoʻshimcha tarzda yoki mavjudlari oʻrniga kiritilgan har qanday soliqlarga nisbatan ham qoʻllaniladi. Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari oʻzlarining tegishli soliq qonunchiligida boʻlgan barcha muhim oʻzgarishlar toʻgʻrisida bir-birlarini xabardor qiladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-modda
Umumiy taʼriflar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Konvensiyaning maqsadlari uchun, agar matnning mazmunidan oʻzga maʼno chiqmasa:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Latviya atamasi Latviya Respublikasini anglatadi va jugʻrofiy maʼnoda ishlatilganda Latviya Respublikasi hududini va Latviya Respublikasining hududiy suvlariga qoʻshilib ketgan, Latviya qonunlari va xalqaro huquqqa muvofiq Latviya dengiz tubi va uning yer osti hamda ulardagi tabiiy resurslarga nisbatan oʻz huquqlarini amalga oshirishi mumkin boʻlgan boshqa har qanday zonani anglatadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) “Oʻzbekiston” atamasi Oʻzbekiston Respublikasini anglatadi va jugʻrofiy maʼnoda ishlatilganda Oʻzbekiston Respublikasi, ular doirasida Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga va xalqaro huquqqa muvofiq oʻz suveren huquqlarini va yurisdiksiyasini, shu jumladan yer osti boyliklaridan va tabiiy resurslardan foydalanish huquqlarini amalga oshirishi mumkin boʻlgan, hududiy suvlarini va osmon kengliklarini oʻz ichiga olgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi hududini anglatadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
s) “Bir Ahdlashuvchi Davlat” va “boshqa Ahdlashuvchi Davlat” atamalari matnga qarab Oʻzbekistonni yoki Latviyani bildiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) “shaxs” atamasi jismoniy shaxsni, kompaniyani yoki shaxslarning har qanday boshqa birlashmasini anglatadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) “kompaniya” atamasi har qanday korporativ birlashmani va soliq solish maqsadlarida korporativ birlashma sifatida qaraladigan har qanday tashkilotni anglatadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
f) “Bir Ahdlashuvchi Davlat korxonasi” va “boshqa Ahdlashuvchi Davlat korxonasi” atamalari tegishlicha Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boshqaruvi ostida ishlab turgan korxonani va boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boshqaruvi ostida ishlab turgan korxonani anglatadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) “Xalqaro tashish” atamasi Ahdlashuvchi Davlatlardan birining korxonasi tomonidan foydalaniladigan dengiz yoki havo kemasida har qanday tashishni anglatadi, dengiz yoki havo kemasining boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan punktlar oʻrtasidagina foydalanilishi bundan mustasno;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
h) “vakolatli organ” atamasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I) Latviyada — Moliya vazirligini yoki uning vakolatli vakilini anglatadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II) Oʻzbekistonda — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi yoki uning vakolatli vakilini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
i) “milliy shaxs” atamasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I) Ahdlashuvchi Davlat fuqaroligiga ega boʻlgan har qanday jismoniy shaxsni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II) Ahdlashuvchi Davlatning amaldagi qonunlariga muvofiq oʻz maqomini olgan har qanday yuridik shaxsni, shirkat va assotsiatsiyani anglatadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Konvensiya Ahdlashuvchi Davlatlar tomonidan har qanday vaqtda qoʻllanilganda unda belgilanmagan har qanday atama, agar matndan boshqa maʼno kelib chiqmasa, ushbu Konvensiya tatbiq etiladigan soliqlarga shu vaqtga kelib shu Davlat qonunlariga muvofiq ega boʻlgan maʼnoni anglatadi. Shu Davlatda qoʻllaniladigan soliq qonunchiligi boʻyicha har qanday maʼno shu Davlatning boshqa qonunlariga muvofiq shu atamaga berilgan maʼnodan ustun boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-modda
Rezident
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Konvensiya maqsadlari uchun “Ahdlashuvchi Davlat rezidenti” atamasi shu Davlat qonunlari boʻyicha oʻzining yashash joyi, doimiy istiqomat joyi, korporativ organ sifatida tashkil topgan joyi va har qanday boshqa shunga oʻxshash mezonlar asosida soliqqa tortiladigan har qanday shaxsni anglatadi, shuningdek ushbu Davlatni va mahalliy hokimiyat organini oʻz ichiga oladi. Biroq atama ushbu Ahdlashuvchi Davlatda faqat ushbu Davlatda joylashgan manbalardan yoki kapitaldan daromad olayotgani uchun soliqqa tortiladigan har qanday shaxsni oʻz ichiga olmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Agar 1-band qoidalariga muvofiq shaxs Ahdlashuvchi Davlatlarning har ikkisining rezidenti boʻlsa, uning maqomi quyidagi tarzda belgilanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) u toʻsiqsiz yashashi mumkin boʻlgan doimiy uyi joylashgan Davlatning rezidenti hisoblanadi; agar u har ikki Davlatda toʻsiqsiz yashashi mumkin boʻlgan doimiy uyga ega boʻlsa, shaxsiy va iqtisodiy aloqalari eng chuqur boʻlgan (hayotiy manfaatlar markazi) Davlatning rezidenti hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) agar uning hayotiy manfaatlari markazi joylashgan Davlatni aniqlab boʻlmasa yoki Davlatlarning hech birida doimiy uyi boʻlmasa, u odatda yashab turgan Davlatning rezidenti hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
s) agar shaxs odatda har ikki Ahdlashuvchi Davlatda yashasa yoki ularning hech birida yashamasa, u milliy shaxsi boʻlgan Davlatning rezidenti hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) agar u har ikkala Davlatning milliy shaxsi boʻlsa yoki hech biriniki boʻlmasa, Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari bu masalani oʻzaro kelishuv yoʻli bilan hal qiladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Agar 1-band qoidalariga muvofiq, jismoniy shaxs boʻlmagan shaxs Ahdlashuvchi Davlatlardan har ikkisining rezidenti boʻlsa, Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari ushbu masalani oʻzaro kelishuv asosida hal qilishga intiladi va bunday shaxsga Konvensiyaning qoʻllanish tartibini belgilaydilar. Bunday kelishuv boʻlmaganida bunday shaxs ushbu Konvensiya imtiyozlaridan foydalanish maqsadlari uchun Ahdlashuvchi Davlatlardan hech birining rezidenti deb koʻrib chiqilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-modda
Doimiy muassasa
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Konvensiya maqsadlari uchun “doimiy muassasa” atamasi korxona toʻliq yoki qisman tadbirkorlik faoliyatini olib boradigan doimiy faoliyat joyini bildiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. “Doimiy muassasa” atamasi, xususan, quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) boshqaruv joyi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) boʻlim;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
s) ofis;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) fabrika;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) ustaxona; va
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
f) shaxta, neft yoki gaz qudugʻini, karyer yoki tabiiy resurslarni qazib olishga taalluqli har qanday boshqa joy.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Qurilish maydonchasi, montaj yoxud yigʻma obyekt ularning faoliyati olti oydan koʻproq davom etgan taqdirdagina doimiy muassasa deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Ushbu moddaning avvalgi qoidalariga qaramay “doimiy muassasa” atamasi quyidagilarni oʻz ichiga olmaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) inshootlardan shu korxonaga tegishli tovarlar yoki buyumlarni faqat saqlash, namoyish qilish yoki yetkazib berish maqsadlaridagina foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) shu korxonaga tegishli tovarlar yoki buyumlar zaxirasini faqat saqlash, namoyish qilish yoki yetkazib berish maqsadlaridagina ushlab turilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
s) shu korxonaga tegishli tovarlar yoki buyumlar zaxirasini boshqa korxona tomonidan faqat qayta ishlov berilishi maqsadlarida ushlab turilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) doimiy faoliyat joyining faqat tovarlar yoki buyumlar sotib olish yoki mazkur korxona uchun axborot yigʻish maqsadlarida ushlab turilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) doimiy faoliyat joyining ushbu korxona uchun faqat boshqa har qanday tayyorgarlik yoki yordamchi tusdagi faoliyatni amalga oshirish maqsadlarida ushlab turilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
f) doimiy faoliyat joyining a — e-kichik bandlarida eslatib oʻtilgan faoliyat turlarining har qanday uygʻun birikmasi uchungina bunday doimiy faoliyat joyining faoliyati ana shu uygʻun birikma natijasi va tayyorgarlik hamda yordamchi tusda boʻlgan taqdirda saqlab turilishi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. 1 va 2-bandlardagi qoidalarga qaramay, agar 6-bandda koʻrsatilgan mustaqil maqomli agentdan oʻzga boʻlgan shaxs Ahdlashuvchi Davlatda korxona nomidan ish yuritsa va korxona nomidan shartnomalar tuzish vakolatiga ega boʻlsa va odatda shu vakolatni amalga oshirsa, bu korxona ushbu Davlatda ana shu korxona uchun mazkur shaxs amalga oshirayotgan har qanday faoliyatga nisbatan doimiy muassasaga ega boʻladi, agar mazkur shaxsning faoliyati faqat 4-bandda eslatilgan faoliyat turlari bilan cheklanib qolmasa, agar bu faoliyat doimiy faoliyat joyi orqali amalga oshirilsa, bu doimiy faoliyat joyini ushbu bandning qoidalariga asosan doimiy muassasaga aylantirmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining korxonasi, agar boshqa Davlatda broker, komissioner yoki har qanday boshqa mustaqil maqomli agent orqali tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirsa, bu shaxslar oʻzining odatdagi faoliyati doirasida ish yuritgan taqdirda, boshqa Ahdlashuvchi Davlatda doimiy muassasaga ega deb hisoblanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boʻlgan kompaniya boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlgan kompaniyani nazorat qilsa yoki shu kompaniya tomonidan nazorat qilinsa yoki ana shu boshqa Davlatda tijorat faoliyatini (doimiy muassasa orqali yoki boshqa tarzda) amalga oshirayotgan boʻlsa, bu hol oʻz-oʻzidan bu kompaniyalarning birini boshqasi uchun doimiy muassasaga aylantirib qoʻymaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-modda
Koʻchmas mulkdan olinadigan daromadlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan koʻchmas mulkdan oladigan daromad (qishloq va oʻrmon xoʻjaligidan olinadigan daromadlar ham shunga kiradi) ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. “Koʻchmas mulk” atamasi koʻrib chiqilayotgan mulk joylashgan Ahdlashuvchi Davlat qonunchiligida belgilangan maʼnoga egadir. Har qanday holda ham ushbu atama yer ustidagi mulkchilikka taalluqli umumiy qonunchilikning qoidalari bilan huquqi belgilab berilgan koʻchmas mulkka tegishli boʻlgan mulkni, chorva mollari, qishloq va oʻrmon xoʻjaligi vositalarini, koʻchmas mulk uzufruktini va minerallar, manbalar va boshqa tabiiy resurslarning qatlamlarini qazish uchun tovon sifatida toʻlanadigan oʻzgaruvchan yoki qayd etilgan toʻlovlar huquqini, yoki minerallar, manbalar va boshqa tabiiy resurslar qatlamlarini qazish huquqini oʻz ichiga oladi. Dengiz va havo kemalari, temir yoʻl va avtomobil transporti vositalari koʻchmas mulk sifatida qaralmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. 1-band qoidalari koʻchmas mulkdan toʻgʻridan toʻgʻri foydalanish, ijaraga berish yoki oʻzga har qanday shaklda foydalanishdan olinadigan daromadga, shuningdek koʻchmas mulkni begonalashtirishdan olinadigan daromadga nisbatan qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Kompaniya aksiyalari yoki boshqa korporativ huquqlarga egalik qilish bunday aksiyalar eki korporativ huquqlar egasiga ushbu kompaniyaga tegishli koʻchmas mulkdan foyda olish huquqini bersa, unda bunday huquqdan foyda olish maqsadida bevosita foydalanish, ijaraga berish yoki boshqa har qanday shaklda foydalanishdan olingan daromad ushbu koʻchmas mulk joylashgan Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. 1, 3 va 4-band qoidalari korxonaning koʻchmas mulkdan olgan daromadiga va mustaqil shaxsiy xizmatlarni amalga oshirishda ishlatiladigan koʻchmas mulkdan olgan daromadlariga ham qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-modda
Tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan foyda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining korxonasining foydasi faqat shu Davlatda soliqqa tortiladi, agar faqat korxona oʻz tadbirkorlik faoliyatini boshqa Ahdlashuvchi Davlatda u yerda joylashgan doimiy muassasa orqali amalga oshirmayotgan boʻlsa. Agar korxona oʻz faoliyatini yuqorida aytilganidek amalga oshirayotgan boʻlsa, korxonaning foydasi boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin, ammo shu doimiy muassasaga tegishli boʻlgan qismidagina soliqqa tortiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. 3-band qoidalariga muvofiq, agar Ahdlashuvchi Davlatlardan birining korxonasi tadbirkorlik faoliyatini boshqa Ahdlashuvchi Davlatda u yerda joylashgan doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan boʻlsa, unda har bir Ahdlashuvchi Davlatda ushbu doimiy muassasasiga, agar u xuddi shunday yoki shunga oʻxshash shartlar asosida va u doimiy muassasasi boʻlgan korxonadan mutlaqo mustaqil ravishda xuddi shunday yoki shunga oʻxshash faoliyatni amalga oshirayotgan mustaqil korxona sifatida olishi mumkin boʻlgan foyda yoziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Doimiy muassasa foydasini aniqlashda ushbu doimiy muassasa maqsadlari uchun sarflangan xarajatlarni chegirib tashlashga yoʻl qoʻyiladi, doimiy muassasa joylashgan Davlatda hamda har qanday oʻzga yerda faoliyati maqsadlari uchun sarflangan boshqaruv va umumiy maʼmuriy xarajatlar ham shunga kiradi. Ahdlashuvchi Davlat chegirmalar sifatida ruxsat etadigan xarajatlar faqat ushbu Davlatning ichki qonunlariga muvofiq chegiriladigan xarajatlarni oʻz ichiga oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Ahdlashuvchi Davlatda korxona foydasining umumiy miqdorini uning turli boʻlimlariga proporsional taqsimlash asosida doimiy muassasaga tegishli foydani belgilash oddiy amaliyot boʻlishiga qaramasdan 2-banddagi hech narsa Ahdlashuvchi Davlatga soliq solinadigan foydani amaliyot taqozo qilganidek shunday taqsimlash orqali aniqlashga xalaqit bermaydi; biroq tanlangan taqsimlash usuli shunday boʻlishi kerakki, uning natijasi ushbu moddadagi tamoyillarga muvofiq boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Korxona uchun doimiy muassasa tomonidan tovarlar yoki buyumlarning xarid qilinishigagina asoslanib doimiy muassasaga biron-bir foyda oʻtkazilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Avvalgi bandlar maqsadlari uchun doimiy muassasaga mansub foyda, agar boshqasi uchun salmoqli va yetarli sabablar boʻlmasa, har yili bir xil uslubda aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Agar foyda ushbu Konvensiyaning boshqa moddalarida alohida aytib oʻtilgan daromad turlarini qamrab oladigan boʻlsa, bu moddalarning qoidalariga ushbu modda qoidalari taʼsir etmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-modda
Xalqaro transport
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining korxonasi xalqaro tashishlarda dengiz yoki havo kemalaridan foydalanishdan olgan foydasiga faqat shu Davlatda soliq solinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. 1-band qoidalari transport vositalaridan foydalanish boʻyicha pulda (umumiy jamgʻarmada), qoʻshma korxonada yoki xalqaro tashkilotda ishtirok etishdan olgan foydalariga nisbatan ham qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-modda
Birlashgan korxonalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Agar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Ahdlashuvchi Davlatlardan birining korxonasi boshqa Ahdlashuvchi Davlat korxonasini boshqarishda, nazorat qilishda yoki uning kapitalida bevosita yoki bilvosita qatnashsa, yoki
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) oʻsha shaxslarning oʻzi bir Ahdlashuvchi Davlatning korxonasini va boshqa Ahdlashuvchi Davlatning korxonasini boshqarishda, nazorat qilishda yoki ular kapitalida bevosita yoki bilvosita qatnashsa,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki korxona oʻrtasida ularning tijorat va moliyaviy munosabatlarida mustaqil korxonalar oʻrtasida boʻladigandan farqli sharoitlar vujudga keltirilsa yoki belgilansa, korxonalardan birida shunday munosabatlar natijasida toʻplangan, lekin shunday munosabatlar sababli zarur hajmda boʻlmagan foyda tegishli tarzda ushbu korxonaning daromadiga qoʻshilishi va umumiy miqdorda soliqqa tortilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ahdlashuvchi Davlatlardan biri shu Davlat korxonasi foydasiga boshqa Ahdlashuvchi Davlat korxonasi boʻyicha ana shu boshqa Davlatda soliq solinadigan foydani, shuningdek soliqlarni kiritsa va shu tariqa kiritilgan foyda agar ikkala korxona oʻrtasida vujudga keltirilgan munosabatlar ikki mustaqil korxona oʻrtasidagi munosabatlar kabi boʻlganida, birinchi eslatilgan Davlat korxonasi toʻplagan foyda deb hisoblanadi bu holda ushbu boshqa Davlat ushbu foydadan oʻzi oladigan soliq miqdoriga zarur tuzatishlar kiritadi. Bunday tuzatishni belgilashda ushbu Konvensiyaning boshqa qoidalariga tegishlicha eʼtiborni qaratish kerak va Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari, zarur boʻlsa, oʻzaro maslahatlashishlarni boshlashlari lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10-modda
Dividendlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boʻlgan kompaniya tomonidan boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidentiga toʻlanadigan dividendlarga ana shu boshqa Davlatda soliq solinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Biroq bunday dividendlarga ularni toʻlayotgan kompaniya rezidenti boʻlgan oʻsha Ahdlashuvchi Davlatning qonunlariga binoan ham soliq solinishi mumkin, ammo dividendlarni oluvchi, yaʼni dividendlarning haqiqiy egasi boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlsa, u holda shu tariqa olingan soliqning miqdori dividendlar umumiy miqdorining 10 foizidan ortiq boʻlmasligi kerak. Bu band dividendlar toʻlaydigan kompaniyaning foydasini soliqqa tortishga taalluqli emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. “Dividendlar” atamasi mazkur moddada qoʻllanilganda, aksiyalardan yoki qarz talablari hisoblanmagan, foydada ishtirok etish huquqini beruvchi boshqa huquqlarga koʻra olinadigan daromadni, shuningdek foydani taqsimlovchi kompaniya rezidenti boʻlgan Davlatning qonunlariga muvofiq, aksiyalardan olinadigan daromad kabi soliqlar orqali tartibga solinadigan boshqa korporativ huquqlarga koʻra olinadigan daromadni anglatadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Agar dividendlarning haqiqiy egasi Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boʻlgan holda ana shu dividendlarni toʻlayotgan kompaniya rezidenti boʻlgan boshqa Ahdlashuvchi Davlatda oʻz faoliyatini u yerda joylashgan doimiy muassasa orqali amalga oshirsa yoki ushbu boshqa Davlatda mustaqil xususiy xizmatlarni u yerda joylashgan doimiy bazadan koʻrsatsa va dividendlar toʻlanadigan xolding aslida shu doimiy muassasa yoki doimiy baza bilan bogʻliq boʻlsa, ushbu moddaning 1 va 2-bandlari qoidalari qoʻllanilmaydi. Bunday holda vaziyatga qarab 7-modda yoki 14-modda qoidalari qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Agar Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boʻlgan kompaniya boshqa Ahdlashuvchi Davlatdan foyda yoki daromad olayotgan boʻlsa, ushbu boshqa Davlat kompaniya toʻlayotgan dividendlarni hech qanday soliqqa tortishi mumkin emas, dividendlar ana shu boshqa Davlat rezidentiga toʻlanadigan yoki xolding (dividendlar unga nisbatan toʻlanadi) shu boshqa Davlatda joylashgan doimiy muassasa yoki doimiy baza bilan haqiqatda bogʻliq boʻlgan hollar bundan mustasno, shuningdek kompaniyaning taqsimlanmagan foydasi hatto toʻlanayotgan dividendlar yoki taqsimlanmagan foyda ana shu boshqa Davlatda toʻla yoki qisman hosil boʻlgan foyda yoki daromaddan tashkil topgan boʻlsa ham, kompaniyaning taqsimlanmagan foydasiga soliq solinishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11-modda
Foizlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ahdlashuvchi Davlatlarning birida hosil boʻladigan va boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidentiga toʻlangan foizlar ushbu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ammo bunday foizlar ular hosil boʻladigan Ahdlashuvchi Davlatda ham shu Davlatning qonunlariga binoan soliqqa tortilishi mumkin, ammo foizlarning haqiqiy egasi boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlsa, bunday holda soliqning miqdori foizlar yalpi miqdorining 10 foizidan oshmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. 2-band qoidalariga qaramasdan Ahdlashuvchi Davlatlardan birida vujudga keladigan, boshqa Ahdlashuvchi Davlat hukumati, shu jumladan uning mahalliy hokimiyat organlari, ushbu hukumatga toʻlaligicha tegishli boʻlgan Markaziy bank yoki har qanday moliyaviy muassasa oladigan va egalik qiladigan foizlar yoki ushbu hukumat kafolat beradigan zayomlar boʻyicha foizlar birinchi eslatilgan Davlatda soliq toʻlashdan ozod qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. “Foizlar” atamasi ushbu moddada qoʻllanilganda ipoteka taʼminidan qatʼi nazar, har qanday turdagi qarz talabnomalaridan olinadigan daromadni va xususan, Hukumat qimmatbaho qogʻozlaridan olinadigan daromadlar va obligatsiyalar yoki qarz majburiyatlaridan olinadigan daromadda, shu jumladan ushbu qimmatbaho qogʻozlar, obligatsiyalar va qarz majburiyatlari boʻyicha olinadigan mukofotlar va yutuqlarni anglatadi. Toʻlov muddati choʻzib yuborilganligi uchun jarimalar ushbu modda maqsadlari uchun foizlar sifatida qaralmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Agar benefitsiar Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boʻla turib, foizlar hosil boʻlayotgan boshqa Ahdlashuvchi Davlatda u yerda joylashgan doimiy muassasa orqali tijorat faoliyati olib borayotgan boʻlsa, yoki mazkur boshqa Davlatda joylashgan doimiy baza orqali mustaqil shaxsiy xizmatlar koʻrsatayotgan boʻlsa va foizlar toʻlanayotgan qarz talabnomalari shunday doimiy muassasa yoki doimiy baza bilan haqiqatan ham bogʻliq boʻlsa, 1 va 2-band qoidalari qoʻllanilmaydi. Bunday holda, vaziyatga qarab ushbu Konvensiyaning 7 yoki 14-moddasi qoidalari qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Foizlarni toʻlovchi Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlsa foizlar mazkur Davlatda hosil boʻlgan deb hisoblanadi. Biroq foizlarni toʻlovchi shaxs, Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlishi yoki boʻlmasligidan qatʼi nazar, Ahdlashuvchi Davlatda doimiy muassasaga yoki doimiy bazaga ega boʻlib shu tufayli foizlar toʻlash majburiyati vujudga kelgan boʻlsa va foizlar doimiy muassasa yoki doimiy baza tomonidan toʻlanayotgan boʻlsa, bunday holda foizlar doimiy muassasa yoki doimiy baza joylashgan oʻsha Davlatda vujudga kelgan, deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Agar toʻlovchi bilan amalda foizlar olish huquqiga ega boʻlgan shaxs oʻrtasidagi, yoki ular ikkalasi va har qanday boshqa shaxs oʻrtasidagi alohida munosabatlar oqibatida qarz talabnomasiga tegishli foizlar miqdori toʻlovchi bilan amalda foizlar olish huquqiga ega boʻlgan shaxs oʻrtasida bunday munosabatlar yoʻq boʻlgan taqdirda kelishilishi mumkin boʻlgan miqdordan ortiq boʻlsa, mazkur modda qoidalari faqat oxirgi eslatilgan miqdorga nisbatan qoʻllaniladi. Bunday holda toʻlovning ortiqcha qismidan mazkur Konvensiyaning boshqa qoidalari inobatga olingan holda, har bir Ahdlashuvchi Davlat qonunchiligiga muvofiq avvalgidek soliq olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12-modda
Royalti
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ahdlashuvchi Davlatlardan birida hosil boʻladigan va boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidentiga toʻlanadigan royaltilar ushbu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Biroq bunday royaltilar ular hosil boʻladigan Ahdlashuvchi Davlatda ham va shu Davlat qonunlariga muvofiq soliqqa tortilishi mumkin, ammo agar royaltilarning amaldagi egasi boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlsa, bunday holda undiriladigan soliq royaltilar yalpi miqdorining 10 foizidan oshmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. “Royalti” iborasi ushbu moddada qoʻllanilganda har qanday adabiy, badiiy yoki ilmiy asarlar, shu jumladan kinomatografik filmlar yoki radio va televideniye uchun foydalaniladigan kinoplyonkalar, kassetalar, har qanday patent, savdo belgisi, chizma yoki model, reja, maxfiy formula yoki jarayon uchun har qanday mualliflik huquqidan foydalanganlik yoki shu huquqdan foydalanish huquqi uchun, yoki sanoat, tijorat, ilmiy asbob-uskunalardan foydalanish huquqidan foydalanganlik yoki foydalanish huquqi uchun yoki sanoat, tijorat yoki ilmiy tajribaga mansub axborot uchun mukofot tarzida olinadigan har qanday koʻrinishdagi toʻlovlarni bildiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Agar royaltilarning amaldagi egasi Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boʻlib, royalti hosil boʻlayotgan boshqa Ahdlashuvchi Davlatda u yerda joylashgan doimiy muassasa orqali tijorat faoliyatini yuritayotgan boʻlsa, yoki ushbu boshqa Davlatda unda joylashgan doimiy baza orqali mustaqil shaxsiy xizmatlarni amalga oshirayotgan boʻlsa va royalti toʻlanayotgan huquq yoki mulk amalda shunday doimiy muassasa yoki doimiy baza bilan bogʻliq boʻlsa, 1 va 2-bandlarning qoidalari qoʻllanilmaydi. Bunday holda 7- modda yoki 14-moddaning qoidalari vaziyatga qarab qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Agar toʻlovchi qaysi Davlatning rezidenti boʻlsa, royaltilar ana shu Ahdlashuvchi Davlatda paydo boʻlgan deb hisoblanadi. Agar, biroq royaltini toʻlovchi shaxs Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlishi yoki boʻlmasligidan qatʼi nazar, har qanday Davlatda royaltini toʻlash majburiyati zimmasiga tushgan doimiy muassasaga yoki doimiy bazaga ega boʻlsa va bu doimiy muassasa yoki baza toʻlov xarajatlarini toʻlasa, bunday royaltilar doimiy muassasa yoki doimiy baza joylashgan shu Ahdlashuvchi Davlatda hosil boʻlgan deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Agar toʻlovchi bilan royalti benefitsiari oʻrtasidagi, yoki ularning ikkovi va boshqa biron bir shaxs oʻrtasidagi alohida munosabatlar oqibatida royaltidan foydalanishga, foydalanish huquqiga yoki axborot uchun toʻlanadigan royaltining miqdori toʻlovchi va royalti benefitsiari oʻrtasida bunday munosabatlar yoʻq boʻlgan taqdirda kelishilishi mumkin boʻlgan miqdordan oshiq boʻlsa, ushbu modda qoidalari faqat oxirgi eslatilgan miqdorga nisbatan qoʻllaniladi. Bunday holda toʻlovning ortiqcha qismiga ushbu Konvensiyaning boshqa qoidalarini inobatga olib, har bir Ahdlashuvchi Davlat qonunchiligiga muvofiq soliq solinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13-modda
Kapital qiymatining oʻsishidan olinadigan daromadlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti 6-moddada koʻrsatib oʻtilgan va boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan koʻchmas mulkni yoki aktivlari asosan shu kabi mulkdan tashkil topgan kompaniya aksiyalarini begonalashtirishdan oladigan daromadlarga ana shu boshqa Davlatda soliq solinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining korxonasi tomonidan boshqa Ahdlashuvchi Davlatda ega boʻlgan doimiy muassasasi tijorat mulkining bir qismini tashkil etuvchi koʻchar mulkni begonalashtirishdan olingan yoki Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boshqa Ahdlashuvchi Davlatda mustaqil shaxsiy xizmatlarni amalga oshirishida bemalol foydalanishi mumkin boʻlgan doimiy bazaga taalluqli koʻchar mulkni begonalashtirishdan olingan daromadlarga, jumladan, shu doimiy muassasani (alohida yoki korxona bilan birgalikda) yoki shunday doimiy bazani begonalashtirishdan olingan daromadga ham mana shu boshqa Davlatda soliq solinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ahdlashuvchi Davlat korxonasi xalqaro tashishlarda foydalaniladigan dengiz yoki havo kemalarini begonalashtirish yoki shunday dengiz yoki havo kemalaridan foydalanishga taalluqli boʻlgan koʻchar mol-mulkni sotishdan oladigan daromadlar faqat ana shu Davlatda soliqqa tortiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. 1, 2 va 3-bandlarda eslatilganlardan tashqari, har qanday mulkni begonalashtirishdan olinadigan daromadga, faqat mulkni sotuvchi shaxs rezidenti hisoblangan Ahdlashuvchi Davlatda soliq solinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14-modda
Mustaqil shaxsiy xizmatlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boʻlgan jismoniy shaxsning kasbiy xizmatlarni koʻrsatish yoki mustaqil tarzdagi boshqa faoliyatdan olgan daromadlari, agar uning faoliyatini amalga oshirish uchun boshqa Ahdlashuvchi Davlatda u muntazam foydalanishi mumkin boʻlgan doimiy bazaga ega boʻlmasa, faqat shu Davlatda soliqqa tortiladi. Agar u ana shunday doimiy bazaga ega boʻlsa, bunda daromad boshqa Davlatda faqatgina uning ana shu doimiy bazaga taalluqli boʻlishi mumkin boʻlgan qismigina soliqqa toritilishi mumkin. Agar Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boʻlgan shaxs shunday doimiy bazaga ega boʻlmasa, lekin boshqa Ahdlashuvchi Davlatda koʻrib chiqilayotgan moliyaviy yilda boshlanadigan yoki tugaydigan har qanday oʻn ikki oyilik davrda jami 183 kundan ortiq davr yoki davrlar mobaynida boʻlsa, u ana shu boshqa Davlatda muntazam foydalanishi mumkin boʻlgan doimiy bazaga ega deb hisoblanadi, va uning ana shu boshqa Davlatda amalga oshirilgan faoliyatidan olinadigan yuqorida eslatib oʻtilgan daromad ana shu doimiy bazaga hisoblanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. “Kasbiy xizmatlar” atamasi, xususan, mustaqil ilmiy, adabiy, badiiy, artistik, taʼlim yoki oʻqituvchilik faoliyatlarini, shuningdek vrachlar, yuristlar, muhandislar, meʼmorlar, stomatologlar va buxgaltyerlarning mustaqil mehnat faoliyatini qamrab oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15-modda
Yollanma shaxsiy xizmatlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Konvensiyaning 16, 18, va 19-moddalari qoidalarini hisobga olib, Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti yollanma ish boʻyicha oladigan maoshi, ish haqi va shunga oʻxshash boshqa taqdirlash pullariga, agar yollanma ish boshqa Ahdlashuvchi Davlatda amalga oshirilmayotgan boʻlsa, faqat mana shu Davlatda soliq solinadi. Agar yollanma ish shu tariqa bajariladigan boʻlsa, shu munosabat bilan olingan taqdirlash puliga ana shu boshqa Davlatda soliq solinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. 1-band qoidalariga qaramay, Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boshqa Ahdlashuvchi Davlatda amalga oshiradigan yollanma ish uchun oladigan taqdirlash pullariga faqat birinchi eslatilgan Davlatda soliq solinadi, agar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) taqdirlash puli oluvchi boshqa Ahdlashuvchi Davlatda koʻrib chiqilayotgan taqvimiy yilda boshlanadigan yoki tugaydigan har qanday 12 oylik davr doirasida jami 183 kundan oshmaydigan davr yoki davrlar mobaynida boʻlib turayotgan, va
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) taqdirlash puli boshqa Davlat rezidenti boʻlmagan yollovchi tomonidan yoki yollovchi nomidan toʻlanadigan boʻlsa, va
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
s) taqdirlash puli boʻyicha xarajatlarni yollovchi yoki u bilan bogʻliq boʻlgan har qanday shaxs boshqa Davlatda ega boʻlgan doimiy muassasa yoki doimiy baza oʻz zimmasiga olmasa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ushbu moddaning yuqoridagi qoidalariga qaramay, Ahdlashuvchi Davlat korxonasi xalqaro yuk tashishlarda foydalanadigan dengiz yoki havo kemasi bortida amalga oshiriladigan yollanma ish uchun olinadigan taqdirlash pullariga ushbu Davlatda soliq solinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16-modda
Direktorlarning gonorarlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Direktorlarning gonorarlari va Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boʻlgan kompaniyaning Direktorlar kengashining aʼzosi sifatida oladigan shunga oʻxshash boshqa toʻlovlar ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17-modda
Sanʼat xodimlari va sportchilar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. 14 va 15-moddalarning qoidalariga qaramay, Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti teatr, kino, radio yoki televideniye artisti yoki musiqachi kabi sanʼat xodimi sifatida yoki sportchi sifatida boshqa Ahdlashuvchi Davlatda amalga oshirayotgan shaxsiy faoliyati tufayli oladigan daromadiga shu boshqa Davlatda soliq solinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Sanʼat xodimi yoki sportchi amalga oshirgan shaxsiy faoliyatidan olinadigan daromad sanʼat xodimi yoki sportchining oʻziga emas, balki boshqa shaxsga yozilsa, 7, 14 va 15-moddalar qoidalariga qaramay, bu daromadga sanʼat xodimi yoki sportchi faoliyat koʻrsatayotgan oʻsha Ahdlashuvchi Davlatda soliq solinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Sanʼat xodimlari yoki sportchilar boshqa Ahdlashuvchi Davlatda amalga oshiradigan faoliyatdan oladigan daromadiga ushbu Davlatga tashrifi Ahdlashuvchi Davlatlardan birining yoki har ikkalasining jamoat fondlari tomonidan mablagʻ bilan toʻliq taʼminlansa ushbu moddaning 1 va 2-bandlari qoidalari qoʻllanilmaydi. Bunday hollarda, daromad faqat sanʼat xodimi yoki sportchi rezident boʻlgan Ahdlashuvchi Davlatdagina soliqqa tortiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18-modda
Pensiyalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19-moddaning 2-bandi qoidalarini hisobga olib, Ahdlashuvchi Davlatning rezidentiga toʻlanadigan pensiyalar yoki ilgari yollanib ishlagani uchun toʻlanadigan shunga oʻxshash taqdirlash haqlariga faqat ana shu Davlatda soliq solinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19-modda
Hukumat xizmati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. a) Ahdlashuvchi Davlat yoki uning mahalliy hokimiyatlari tomonidan shu Davlatga yoki uning mahalliy hokimiyatlariga koʻrsatgan xizmatlar uchun jismoniy shaxsga toʻlanadigan maosh, ish haqi va shunga oʻxshash taqdirlash haqlariga, pensiyadan tashqari, faqat shu Davlatda soliq solinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Biroq, bunday maosh, ish haqi va shunga oʻxshash taqdirlash haqlariga faqat boshqa Ahdlashuvchi Davlatda soliq solinishi mumkin, agar xizmatlar mana shu Davlatda koʻrsatilayotgan boʻlsa va jismoniy shaxs shu Davlatning rezidenti boʻlsa:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I) shu Davlatning milliy shaxsi boʻlsa; yoki
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II) faqat shunday xizmatlar koʻrsatish maqsadida shu Davlatning rezidenti boʻlgan boʻlmasa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. a) Ahdlashuvchi Davlat yoki mahalliy hokimiyat yoki ular tomonidan tuzilgan fondlar tomonidan jismoniy shaxsga shu Davlatga yoki uning mahalliy hokimiyati uchun koʻrsatilgan xizmatga nisbatan toʻlaydigan har qanday pensiya faqat ana shu Davlatda soliqqa tortiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Biroq, agar jismoniy shaxs boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti va milliy shaxsi boʻlsa, bunday pensiya faqat ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. 15, 16 va 18-moddalarning qoidalari Ahdlashuvchi Davlat yoki uning mahalliy hokimiyatlari amalga oshiradigan tadbirkorlik faoliyati munosabati bilan koʻrsatiladigan xizmatlarga nisbatan toʻlanadigan maosh, ish haqi va shunga oʻxshash taqdirlash haqlariga va pensiyalarga nisbatan qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20-modda
Studentlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ahdlashuvchi Davlatlardan biriga kelgunga qadar bevosita boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti hisoblanib turgan yoki boʻlgan va birinchi eslatilgan Davlatda faqat oʻqish yoki maʼlumot olish maqsadidagina yashab turgan student yoki praktikantning yashashi, oʻqishi va maʼlumot olishi uchun moʻljallangan toʻlovlarga mana shu Davlatda, agarda bunday toʻlovlar shu Davlat hududidan tashqaridagi manbalardan boʻlsa, soliq solinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21-modda
Chet elda amalga oshiriladigan faoliyat
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu modda qoidalari ushbu Konvensiyaning 4-dan 20-gacha boʻlgan moddalarning qoidalaridan qatʼi nazar, qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boʻlgan va chet elda boshqa Ahdlashuvchi Davlatda shu boshqa Davlatda joylashgan dengiz osti va yer osti, hamda ularning tabiiy resurslarini tekshirish va qayta ishlash bilan bogʻliq boʻlgan faoliyatni amalga oshirayotgan shaxs, ushbu moddaning 3 va 4-bandiga muvofiq, bu faoliyatga nisbatan u shu boshqa Davlatda, u yerda joylashgan doimiy muassasa yoki doimiy baza orqali tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirmoqda deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Agar faoliyat har qanday oʻn ikki oylik davrda jami 30 kundan oshmaydigan davr yoki davrlar mobaynida amalga oshirilsa, ushbu moddaning 2-bandi qoidalari qoʻllanilmaydi. Biroq ushbu band maqsadlari uchun:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) boshqa shaxs bilan bogʻliq boʻlgan faoliyatni amalga oshirayotgan shaxs, agar koʻrib chiqilayotgan faoliyat mohiyati jihatidan xuddi shunday va birinchi eslatilgan shaxs tomonidan amalga oshirilayotgan faoliyat, istisno tariqasida shunday darajada (shunday maʼnoda), bu faoliyat xuddi shunday vaqtda va uning shaxsiy faoliyati kabi amalga oshirilayotgan boʻlsa, u ana shu boshqa shaxs tomonidan amalga oshirilayotgan deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) agar biri boshqasi tomonidan bevosita yoki bilvosita nazorat qilinib turilsa yoki ikkalasi bevosita yoki bilvosita uchinchi shaxs yoki uchinchi shaxslar tomonidan nazorat qilinib turilsa, bunda shaxs boshqa shaxs bilan bogʻliq deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Ahdlashuvchi Davlat rezidentining Ahdlashuvchi Davlatdagi dengiz osti va yer osti hamda ularning tabiiy resurslarini tekshirish yoki qayta ishlash bilan bogʻliq boʻlgan faoliyatni amalga oshiradigan joyga yoki joylar oʻrtasida yetkazib berish yoki personallarni tashishdan, yoxud shu faoliyatga koʻmaklashuvchi tirgakli kemalar va boshqa kemalardan foydalanishdan olgan foydalar faqat birinchi eslatib oʻtilgan Davlatda soliqqa tortiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. a) Ushbu bandning b-kichik bandiga muvofiq Ahdlashuvchi Davlat rezidentining yollash boʻyicha, boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan dengiz osti, yer osti hamda ularning tabiiy resurslarini tekshirish va qayta ishlash bilan bogʻliq boʻlgan ishlardan oladigan maoshi, ish haqi va shunga oʻxshash taqdirlash haqlari, vazifa shunday darajada (shunday maʼnoda) chet elda, ana shu boshqa Davlatda amalga oshirilayotgan boʻlsa, shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin. Biroq bunday taqdirlash haqlari, agar yollash boʻyicha ish chet elda, boshqa Davlat rezidenti boʻlmagan yollovchi uchun va har qanday oʻn ikki oylik davrda jami 30 kundan oshmaydigan davr yoki davrlar mobaynida amalga oshirilsa, faqat birinchi eslatib oʻtilgan Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Ahdlashuvchi Davlat rezidenti tomonidan Ahdlashuvchi Davlatda dengiz osti va yer osti hamda ularning resurslarini tekshirish yoki qayta ishlash bilan bogʻliq boʻlgan faoliyatni amalga oshiradigan joyga yoki joylar orasiga yetkazib berish, yoxud personallarni tashishda band boʻlgan dengiz yoki havo kemasi bortida amalga oshiriladigan yollash boʻyicha ishlarga nisbatan yoki shu faoliyatga yordam berishda foydalaniladigan tirgakli kemalar yoki boshqa kemalar bortida amalga oshiriladigan yollash boʻyicha ishlarga nisbatan olinadigan maosh, ish haqi va boshqa shunga oʻxshash taqdirlash haqlari, yollovchi rezidenti boʻlgan oʻsha Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortiladi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Bir Ahdlashuvchi Davlat rezidentining quyidagilarni begonalashtirishdan oladigan foydasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) tekshirish yoki ishlab chiqishga boʻlgan huquqni; yoki
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan va ana shu boshqa Davlatda joylashgan dengiz osti va yer osti hamda ularning tabiiy resurslarini tekshirish yoki qayta ishlash munosabati bilan ishlatiladigan mulk; yoki
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
s) oʻz qimmatini (qiymatini) yoki oʻz qiymatining katta qismini bevosita yoki bilvosita shunday huquq yoki mulklardan yoxud birgalikdagi shunday huquq yoki mulklardan oladigan aksiyalarni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu bandda “tekshirishga yoki qayta ishlab chiqishga boʻlgan huquq” atamasi boshqa Ahdlashuvchi Davlatdagi dengiz osti va yer osti hamda ularning tabiiy resurslarini tekshirish va qayta ishlashni tashkil etadigan aktivlarga boʻlgan huquqni, jumladan foydadagi foizlarga yoki bunday aktivlarni foydasiga boʻlgan huquqini oʻz ichiga oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22-modda
Boshqa daromadlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ahdlashuvchi Davlat rezidentining ushbu Konvensiyaning oldingi moddalarida tilga olinmagan daromad turlariga, daromadlar qayerda paydo boʻlishidan qatʼi nazar, faqat mana shu Davlatda soliq solinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Agarda daromad oluvchi, 6-moddaning 2-bandida koʻrsatilgan koʻchmas mulkdan olingan daromaddan tashqari, Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boʻla turib, boshqa Ahdlashuvchi Davlatda u yerda joylashgan doimiy muassasa orqali tijorat faoliyatini amalga oshirsa yoki oʻsha yerda joylashgan doimiy baza orqali mustaqil shaxsiy xizmatlar koʻrsatsa va daromad toʻlanadigan huquq yoki mulk haqiqatan ham bunday doimiy muassasa yoki baza bilan bogʻlangan boʻlsa, bunday daromadga nisbatan 1-bandning qoidalari qoʻllanilmaydi. Bu holatda vaziyatga qarab 7 va 14-moddalarning qoidalari qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23-modda
Sarmoya
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. 6-moddada tilga olingan Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidentiga tegishli boʻlgan va boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan koʻchmas mol-mulk tarzida taqdim etilgan sarmoya ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining korxonasi boshqa Ahdlashuvchi Davlatda ega boʻlgan doimiy muassasa tijorat mulkining bir qismini tashkil etuvchi koʻchar mulk tarzida taqdim etilgan yoxud mustaqil shaxsiy xizmatlarni bajarish maqsadida Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boshqa Ahdlashuvchi Davlatda foydalanadigan doimiy bazaga taalluqli koʻchar mol-mulk tarzida taqdim etilgan sarmoya ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ahdlashuvchi Davlat korxonasi tasarrufidagi xalqaro yuk tashishlarda foydalanadigan dengiz va havo kemalari hamda shunday dengiz va havo kemalardan foydalanishga taalluqli boʻlgan koʻchar mulkdan iborat sarmoya faqat shu Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Ahdlashuvchi Davlat rezidenti sarmoyasining barcha boshqa elementlari faqat shu Davlatdagina soliqqa tortiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24-modda
Ikki marta soliqqa solishni bartaraf etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Latviya rezidentiga nisbatan ikki marta soliq solish quyidagicha bartaraf etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Agar Latviya rezidenti ushbu Konvensiyaga muvofiq Oʻzbekistonda soliq solinishi mumkin boʻlgan daromadlar olsa yoki sarmoyaga ega boʻlsa, uning ichki qonunlarida yanada qulayroq tartib koʻzda tutilmagan boʻlsa, u holda Latviya:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I) shu rezidentning daromad soligʻidan Oʻzbekistonda boʻlgan daromad soligʻiga teng miqdorini chegirib tashlashga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II) shu rezidentning kapitaliga solinadigan soliqdan Oʻzbekistonda toʻlangan kapital soligʻiga teng miqdorni chegirib tashlashga imkon beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Biroq bunday chegirib tashlashlar har qanday holda ham vaziyatga bogʻliq ravishda Oʻzbekistonda soliq solinishi mumkin boʻlgan daromad yoki kapitalga nisbatan chegirib tashlangunga qadar Latviyada daromad yoki kapitalga solinadigan hisoblangan soliq qismidan oshib ketmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) kichik bandining maqsadlari uchun, basharti Latviya rezidenti boʻlgan kompaniya Oʻzbekiston rezidenti boʻlgan kompaniyadan dividendlar olsa, unda kompaniyaga hal qiluvchi ovozga ega boʻlgan aksiyalarning kamida 10 foizi tegishli boʻlsa, u holda Oʻzbekistonda toʻlangan soliq faqat dividendlardan toʻlangan soliqni emas, shu bilan birga kompaniyaning dividendlar toʻlangan asosiy foydasidan toʻlanadigan soliqni ham oʻz ichiga olishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston rezidentiga nisbatan ikki marta soliq solish quyidagicha bartaraf etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston rezidenti ushbu Konvensiya qoidalariga muvofiq, Latviyada soliq solinishi mumkin boʻlgan daromadni olsa yoki kapitalga ega boʻlsa, u holda Oʻzbekiston:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) shu rezidentning daromad soligʻidan Latviyada toʻlangan daromad soligʻiga teng miqdorini chegirib tashlashga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) shu rezidentning kapitaliga solinadigan soliqdan Latviyada toʻlangan kapital soligʻiga teng miqdorni chegirib tashlashga imkon beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Biroq bunday chegirib tashlashlar har qanday holda ham kapitalga, vaziyatga bogʻliq ravishda Latviyada soliq solinishi mumkin boʻlgan daromad yoki kapitalga, nisbatan chegirib tashlangungacha Oʻzbekistonda hisoblangan soliq qismidan oshib ketmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ushbu Konvensiyaning biron bir qoidasiga muvofiq Ahdlashuvchi Davlat rezidenti olgan daromad yoki u ega boʻlgan sarmoya shu Davlatda soliqqa tortilishdan ozod qilingan boʻlsa, bu Davlat shu rezident daromadi yoki sarmoyasining qolgan qismiga soliq miqdorini hisoblashda soliq solishdan ozod qilingan daromad yoki sarmoyani hisobga olishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Ushbu moddaning 1 va 2-bandlari maqsadlari uchun “Latviyada toʻlangan soliq” va “Oʻzbekistonda toʻlangan soliq” atamalari ushbu Konvensiya tatbiq etiladigan besh yil mobaynida ana shunday toʻlanishi mumkin boʻlgan har qanday soliqni, lekin buning uchun Oʻzbekiston ichki qonunlari yoki Latviya ichki qonunlariga muvofiq iqtisodiy rivojlanishga koʻmaklashish uchun berilgan soliqdan ozod qilish yoki uni kamaytirish huquqi asosida toʻlanmagan soliqni oʻz ichiga oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25-modda
Kamsitmaslik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining milliy shaxslari boshqa Ahdlashuvchi Davlatda ushbu boshqa Davlat milliy shaxslariga ayni bir xil sharoitlarda solinadigan yoki solinishi mumkin boʻlganidan ortiq har qanday soliq solishlariga yoki unga aloqador majburiyatlarga, xususan rezidensiyaga nisbatan shunday majburiyatlarga soliq solishdan koʻra mushkulroq yoki unga aloqador holatlarga duchor qilinmaydilar. Bu qoida 1-modda qoidalaridan qatʼi nazar, bir yoki ikkala Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boʻlmagan shaxslarga ham tatbiq qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ahdlashuvchi Davlat rezidentlari boʻlgan, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Ahdlashuvchi Davlatlardan birortasida ham qarab chiqilayotgan Davlat fuqarolari ayni bir xil sharoitlarda duchor qilinadigan yoki duchor qilinishi mumkin boʻlgan soliq solishdan koʻra mushkulroq yoki unga aloqador majburiyatlarga duchor qilinmaydilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining korxonasi boshqa Ahdlashuvchi Davlatda ega boʻlgan doimiy muassasaga ana shu soliqqa Ahdlashuvchi Davlatda soliq solish ana shu boshqa Davlatda aynan shunday faoliyatni amalga oshiruvchi Davlatning oʻzidagi korxonalariga soliq solishdan kamroq qulayliklarga ega boʻlmaydi. Ushbu qoida bir Ahdlashuvchi Davlatni boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidentlariga qandaydir xususiy imtiyozlar, ularning fuqarolik mavqeyi yoki oilaviy sharoitlari asosida bu Davlat oʻz rezidentlariga beradigan soliqdan ozod qilish va imtiyozlar tarzida talqin qilinmasligi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. 9-moddaning 1-bandi, 11-moddaning 7-bandi, 12-moddaning 6-bandi qoidalari qoʻllangandan tashqari hollarda Ahdlashuvchi Davlatlardan birining korxonasi boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidentiga toʻlaydigan foizlar, royaltilar va boshqa qarz toʻlovlari, bunday korxonaning soliqqa tortiladigan foydasini aniqlash maqsadida bunday toʻlovlar birinchi eslatilgan Davlat rezidentiga toʻlanganida qoʻllaniladigan shunday shartlar asosida chegirib tashlanadi. Xuddi shunday tarzda bir Ahdlashuvchi Davlat korxonasining boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidentiga har qanday qarzlari bunday korxonaning soliq solinadigan kapitalini aniqlash maqsadida birinchi eslatib oʻtilgan Davlat rezidenti bilan shartnomada taqozo etilgani kabi oʻsha shartlar bilan chegirib tashlanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining korxonalari sarmoyasi toʻliq yoki qisman boshqa Ahdlashuvchi Davlatga tegishli boʻlgan yoki shu Davlatning bir yoki bir necha rezidentlari tomonidan bevosita yoki bilvosita nazorat qilinayotgan boʻlsa, ular birinchi eslatilgan Davlatning shunday korxonalariga solinadigan yoki solinishi mumkin boʻlgan har qanday soliq solish yoki unga aloqador holatlar, boshqa yoki soliq solishdan koʻra mushkulroq holatlarga duchor qilinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Ushbu modda qoidalari 2-modda qoidalaridan qatʼi nazar, har qanday turdagi va taʼrifdagi soliqlarga nisbatan qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26-modda
Oʻzaro kelishish protsedurasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Agar shaxs Ahdlashuvchi Davlatlardan biri yoki har ikkalasining faoliyati unga ushbu Konvensiya qoidalariga muvofiq kelmaydigan soliq solinishiga olib keladi yoki olib kelishi mumkin deb hisoblasa, u mazkur Davlatlarning ichki qonunlarida nazarda tutilgan himoya vositalaridan qatʼi nazar, oʻz arizasini oʻzi rezident boʻlgan Ahdlashuvchi Davlatning vakolatli organiga, yoki agarda uning holati Konvensiyaning 25-modda 1-bandiga muvofiq kelsa, oʻzi fuqarosi boʻlgan Ahdlashuvchi Davlatga taqdim etishi mumkin. Bu ariza ushbu Konvensiya qoidalariga nomuvofiq soliq solinishiga olib keluvchi xatti harakatlar toʻgʻrisida birinchi bor yozma ravishda bildirilgan vaqtdan boshlab uch yil mobaynida berilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vakolatli organ uning arizasini asosli deb topsa va uning oʻzi qoniqtiradigan qarorga kela olmasa, masalani ushbu Konvensiyaga muvofiq kelmaydigan soliq solinishini oldini olish maqsadlarida boshqa Ahdlashuvchi Davlatning vakolatli organi bilan oʻzaro kelishib hal etishga harakat qiladi. Erishilgan har qanday kelishuv Ahdlashuvchi Davlatlarning milliy qonunlarida mavjud boʻlgan biron bir vaqtincha cheklashlarga qaramay bajarilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari ushbu Konvensiyani talqin qilish yoki qoʻllashda yuzaga keladigan har qanday qiyinchilik va ikkilanishlarni oʻzaro kelishuv asosida hal qilishga harakat qiladilar. Ular Konvensiyada koʻzda tutilmagan hollarda ikki marta soliq solishni bartaraf etish uchun bir-birlari bilan maslahatlashishlari ham mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari ushbu Konvensiyaning oldingi bandlari maʼnosida hamfikrlikka erishish maqsadida bir-birlari bilan bevosita aloqada boʻlib turishlari mumkin ularning oʻzlari yoki vakillaridan iborat komissiya shu jumlaga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27-modda
Axborot almashish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari ushbu Konvensiya qoidalarini yoki ushbu Konvensiyaga zid kelmaydigan darajada Ahdlashuvchi Davlatlarning soliqlarga tegishli ichki qonunchiligidan foydalanish maqsadida zarur axborotlar bilan almashib turadilar. Axborot almashish 1-modda bilan cheklanmaydi. Ahdlashuvchi Davlat olayotgan har qanday axborot, mazkur Davlatning ichki qonunlariga muvofiq olingan maʼlumot kabi maxfiy hisoblanadi, hamda faqat aniqlash, yoki undirish, majburiy undirish yoki sud orqali taʼqib etish bilan bogʻliq yoki soliqlarga nisbatan apellatsiyalarni koʻrib chiqish bilan bogʻliq shaxslar yoki organlargagina (jumladan sudlar va maʼmuriy organlarga ham) maʼlum qilinadi. Bu shaxslar yoki organlar axborotdan faqat shunday maqsadlar uchun foydalanadilar. Ular ushbu axborotni ochiq sud majlisida yoki yuridik qarorlar qabul qilish chogʻida maʼlum qilishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Hech qanday holatda 1-band qoidalari Ahdlashuvchi Davlatlar zimmasiga quyidagi majburiyatlarni yuklovchi qoidalar sifatida talqin qilinmaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) u yoki bu Ahdlashuvchi Davlatlar qonunchiligi yoki maʼmuriy amaliyotiga zid maʼmuriy tadbirlar oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) u yoki bu Ahdlashuvchi Davlat qonunchiligiga koʻra yoki odatdagi maʼmuriy amaliyotga muvofiq olinishi mumkin boʻlmagan axborotni taqdim etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
s) barcha savdo, sanoat, tijorat yoki kasb siri yoxud savdo jarayonini ochuvchi yoki ochilishi davlat siyosatiga (jamoat tartibiga) zid keluvchi axborotni taqdim etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28-modda
Imtiyozlarni cheklash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Konvensiyaning boshqa har qanday qoidasiga qaramay, Ahdlashuvchi Davlat rezidenti ushbu Konvensiyada boshqa Ahdlashuvchi Davlat tomonidan beriladigan soliqlarni har qanday pasaytirish yoki ulardan ozod qilish sohasida hech qanday imtiyozga ega boʻlmaydi, basharti uning asosiy maqsadi yoki shunday rezident yoki bu rezident bilan bogʻlangan boshqa shaxsni tashkil etish, yoxud uning mavjud boʻlish maqsadlaridan biri bu Konvensiya boʻyicha imtiyozlarga ega boʻlishdan iborat boʻlsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29-modda
Diplomatik vakolatxonalar xodimlari va konsullik muassasalari xizmatchilari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Konvensiyaning hech bir qoidasi diplomatik vakolatxonalar xodimlari va konsullik muassasalari xizmatchilarining xalqaro huquq umumiy normalariga yoki maxsus bitimlarning qoidalariga muvofiq belgilab qoʻyilgan soliq imtiyozlariga daxl qilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30-modda
Kuchga kirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ahdlashuvchi Davlatlar ushbu Konvensiyaning kuchga kirishi uchun konstitutsiyaviy talablar bajarilgani haqida bir-birini xabardor qiladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Konvensiya 1-bandda eslatib oʻtilgan shunday xabarlarning oxirgisi olingan sanadan kuchga kiradi va uning qoidalari ikkala Ahdlashuvchi Davlatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Konvensiya kuchga kirgan yildan bevosita keyingi taqvimiy yilning birinchi yanvaridan boshlab yoki shu sanadan keyin olingan daromadlar manbaidan undiriladigan soliqlarga nisbatan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Konvensiya kuchga kirgan yildan bevosita keyingi taqvimiy yilning birinchi yanvaridan va birinchi yanvardan keyingi sanadan boshlanadigan har qanday moliyaviy yilda undiriladigan daromad soliqlariga va kapitaldan olinadigan soliqlarga nisbatan amal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31-modda
Amal qilishining toʻxtatilishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Konvensiya uning amal qilishini Ahdlashuvchi Davlatlardan biri toʻxtatmaguncha oʻz kuchida qoladi. Istalgan Ahdlashuvchi Davlat Konvensiyaning amal qilishini har qanday taqvimiy yilning tugashidan kamida olti oy oldin diplomatik kanallar orqali yozma xabar berib toʻxtashi mumkin. Bunday holatda Konvensiyaning amal qilishi ikkala Ahdlashuvchi Davlatda toʻxtatiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) xabardor qilingan yildan bevosita keyin keladigan taqvimiy yilning birinchi yanvarida va birinchi yanvaridan keyin olingan daromad manbaidan undiriladigan soliqlarga nisbatan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) xabardor qilingan yildan bevosita keyin keladigan taqvimiy yilning birinchi yanvaridan yoki birinchi yanvaridan keyin olinadigan boshqa daromad soliqlarga va kapital soliqlariga nisbatan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tegishli tartibda vakolat berilgan quyida imzo chekuvchilar shunga guvohlik berib, ushbu Konvensiyani imzoladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Riga shahrida 1998-yil 3-iyulda ikki nusxada, har biri oʻzbek, latish va ingliz tillarida tuzildi, barcha uchta matn bir xil kuchga ega. Ushbu Konvensiya qoidalarini talqin qilishda kelishmovchiliklar paydo boʻlsa, ingliz tilidagi matn asos qilib olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(imzolar)