Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Monopoliyaga qarshi kurashni tartibga solish sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 338-sonli “Tovar va moliya bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solish sohasidagi davlat xizmatlarini koʻrsatishning ayrim maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2013-yil 15-avgustdagi 225-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar birlashmalarini tashkil etishga, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborishga, qoʻshib olishga oldindan rozilik berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bir oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzi qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu qarorning maqsadlari, mazmuni va amaliy ahamiyatini tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida keng yoritish tadbirlari tashkil etilishi va oʻtkazilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2013-yil 27-dekabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
344-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 27-dekabrdagi 344-son qaroriga 1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar birlashmalarini tashkil etishga, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborishga va qoʻshib olishga oldindan rozilik berish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq tovar va (yoki) moliya bozorlarida xoʻjalik yurituvchi subyektlar birlashmalarini (keyingi oʻrinlarda birlashma deb ataladi) tashkil etishga, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish, qoʻshib olish boʻyicha hujjatlarni koʻrib chiqish va oldindan rozilik olish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hujjatlarni koʻrib chiqish va birlashmani tashkil etishga, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborishga va qoʻshib olishga oldindan rozilik berish 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Nizom maqsadlarida xoʻjalik yurituvchi subyekt deganda tovarlarni ishlab chiqarish, sotib olish va sotish faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxs, shu jumladan, xorijiy yuridik shaxs tushuniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oldindan rozilik Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tomonidan yoki uning hududiy organi (keyingi oʻrinlarda monopoliyaga qarshi organ deb ataladi) tomonidan:
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xoʻjalik yurituvchi subyektlar birlashmalarini tashkil etishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborishga, qoʻshib olishga beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Quyidagi hollarda monopoliyaga qarshi organning xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborishga, qoʻshib olishga oldindan roziligi zarur:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovar bozorida — qoʻshib yuborishga, qoʻshib olishga oldindan rozilik berish toʻgʻrisida ariza berish sanasida tegishli harakatlarni sodir etishda ishtirok etayotganlar aktivlarining jami balans qiymati bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming baravari miqdoridan ortiq boʻlsa yoki ular qoʻshib yuboriladigan yoki qoʻshib olinadigan yildan oldingi oxirgi kalendar yilda tovarlarni sotishdan olgan jami tushumi bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming baravari miqdoridan ortiq boʻlsa yoxud ulardan biri tovar bozorida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyekt boʻlsa;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
moliya bozorida — qoʻshib yuborishga, qoʻshib olishga oldindan rozilik berish toʻgʻrisida ariza berish sanasida tegishli harakatlarni sodir etishda ishtirok etayotgan shaxslar aktivlarining jami balans qiymati ekvivalentdagi miqdordan ortiq boʻlsa (banklarga nisbatan — 1 800 mlrd soʻm, sugʻurta kompaniyalariga nisbatan — 100 mlrd soʻm, lizing kompaniyalariga nisbatan — 12 mlrd soʻm va bank boʻlmagan kredit tashkilotlariga, qimmatli qogʻozlar bozori professional qatnashchilariga nisbatan — 1,6 mlrd soʻm) yoxud bitim qatnashchilaridan biri moliya bozorida ustun mavqeyini egallab turgan boʻlsa.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-oktabrdagi 810-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2017-y., 09/17/810/0095)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Ushbu Nizomning amal qilishi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaroriga binoan birlashmalarni tashkil etishga, shuningdek xolding kompaniyalar tashkil etishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish, qoʻshib olish quyidagi tarzda boʻlishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bitta tovar yoki moliya bozorida faoliyatni amalga oshiruvchi ikki yoki bir nechta raqobatlashuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarni gorizontal qoʻshib yuborish, qoʻshib olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish, qoʻshib olishdagi har bir ishtirokchi uchun ishlab chiqarishning (ishlarni, xizmatlarni bajarishning) turli bosqichlarida zarur boʻlgan tovarlarni ishlab chiqaradigan va sotadigan oʻzaro raqobatlashmaydigan ikki yoki bir nechta xoʻjalik yurituvchi subyektlarni vertikal qoʻshib yuborish, qoʻshib olish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Ruxsat berish talablari va shartlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Birlashmalarni tashkil etishga, qoʻshib yuborishga, qoʻshib olishga ruxsat berish talablari va shartlariga quyidagilar kiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga majburiy rioya etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
harakatlarni monopoliyaga qarshi organ qarorlari doirasida amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birlashmaning yoki yangidan tashkil etilayotgan yuridik shaxsning ustun mavqeyi paydo boʻlishiga yoki kuchayishiga va (yoki) raqobatning cheklanishiga yoʻl qoʻymaslik, ushbu Nizomning 22-bandida koʻrsatilgan holatlar bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Oldindan rozilik olish uchun zarur hujjatlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Birlashmani tashkil etish, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish, qoʻshib olish boʻyicha tegishli harakatlarni sodir etishga oldindan rozilik olish uchun monopoliyaga qarshi organga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xoʻjalik yurituvchi subyektlarning nomi, joylashgan joyi (pochta manzili) va tashkiliy-huquqiy shakli, shuningdek xoʻjalik yurituvchi subyektlar sodir etishni moʻljallayotgan harakatlar koʻrsatilgan, harakatlarni sodir etishga oldindan rozilik berish toʻgʻrisida ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha ariza;
(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza berish sanasidan oldingi ikki yil mobaynida yoxud, agar ushbu muddat ikki yildan kam vaqtni tashkil qilsa, faoliyatni amalga oshirish muddati mobaynida har bir qatnashchi tomonidan amalga oshirilgan faoliyati turlari, ishlab chiqarilgan va sotilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning nomlari, ularning hajmlari, amalga oshirilgan (oshiriladigan) harakatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
amalga oshirilayotgan harakat har bir qatnashchisining moliyaviy hisoboti (ariza berish sanasidagi 1-shakl boʻyicha buxgalteriya balansi, oldingi ikki kalendar yil uchun 2-shakl boʻyicha moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot) taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xoʻjalik yurituvchi subyektlarning birlashuvi va qoʻshib olinishi boʻyicha tegishli harakatlarni sodir etishga dastlabki rozilik berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish uchun bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari miqdorida yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat;
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ariza va maʼlumotlar taʼsischilarning (qatnashchilarning) kelishuviga koʻra birlashma tashkil etishda, qoʻshib yuborishda, qoʻshib olishda qatnashuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlardan birining nomidan imzolanadi.
(8-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-avgustdagi 661-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda hujjatlarni monopoliyaga qarshi organga taqdim etish taʼsischilardan biri tomonidan yoki tegishli vakolatlar berilgan boshqa ishonchli shaxs (keyingi oʻrinlarda vakolatli vakil deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vakolatli vakil ushbu bandda koʻrsatilgan hujjatlar bilan birga monopoliyaga qarshi organga oʻzining vakolatini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xoʻjalik yurituvchi subyektlardan ushbu bandda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Monopoliyaga qarshi organ xoʻjalik yurituvchi subyektlar birlashmalarini tashkil etishga, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborishga, qoʻshib olishga oldindan rozilik berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud boʻlgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda oʻzaro axborot hamkorligi yoʻli bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Ushbu Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan hujjatlar monopoliyaga qarshi organga vakolatli vakil tomonidan bevosita (hozir boʻlish tartibida) yoki ularning olingani toʻgʻrisidagi xabarnoma bilan pochta aloqasi orqali yoxud elektron shaklda taqdim etiladi. Bunda elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Birlashmani tashkil etish, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish, qoʻshib olish boʻyicha harakatlarni sodir etishga oldindan rozilik olish uchun taqdim etilgan hujjatlar roʻyxat boʻyicha qabul qilinadi, roʻyxat oldindan rozilik olish uchun murojaat qilgan vakolatli vakilga, hujjatlarning monopoliyaga qarshi organ tomonidan qabul qilingan sanasi toʻgʻrisidagi yozuv bilan darhol beriladi (yuboriladi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Sodir etiladigan tegishli harakatning raqobatni cheklashga taʼsir koʻrsatish imkoniyatini oʻrganish uchun monopoliyaga qarshi organ ushbu maʼlumotlarga ega boʻlgan boshqa vakolatli organlardan koʻrib chiqilayotgan ishga bevosita taalluqli boʻlgan qoʻshimcha maʼlumotlarni soʻrab olishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Axborot tarkibidagi tijorat siri uni monopoliyaga qarshi organga taqdim etishning rad qilinishi uchun asos boʻla olmaydi, bunda birlashmani tashkil etish, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish, qoʻshib olish boʻyicha harakatlarning qatnashchilari axborotni monopoliyaga qarshi organga taqdim etishda tijorat siri hisoblanadigan maʼlumotlarning mufassal roʻyxatini koʻrsatishlari kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Arizani koʻrib chiqish va oldindan rozilik berish yoki rozilik berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning birlashuvi va qoʻshib olinishi toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish uchun bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Birlashmani tashkil etishga, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborishga, qoʻshib olishga oldindan rozilik berish toʻgʻrisidagi ariza:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qatnashchilar yoki harakatni amalga oshiruvchi qatnashchilardan biri oʻz faoliyatini respublikaning ikki va undan koʻp hududlarida amalga oshiradigan holatlarda — Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tomonidan;
(14-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻz faoliyatini respublikaning tegishli hududi doirasida amalga oshiradigan holatlarda — Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining hududiy organlari tomonidan koʻrib chiqiladi.
(14-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Gorizontal qoʻshib yuborish, qoʻshib olishni amalga oshirishda birlashma yoki yangidan tashkil etilgan yuridik shaxslarning tovar yoki moliya bozoridagi ustunlik mavqeyi monopoliyaga qarshi organ tomonidan alohida xoʻjalik yurituvchi subyektlar ulushlarining yigʻindisi sifatida, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovar bozorida vertikal qoʻshib yuborish, qoʻshib olishni amalga oshirishda monopoliyaga qarshi organ boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarni xomashyo resurslaridan foydalanishni cheklash va bu bilan xomashyo isteʼmolchisi hisoblangan qoʻshib olinadigan xoʻjalik yurituvchi subyektning ustun mavqeyini kuchaytirish imkoniyatini aniqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliya bozorida vertikal qoʻshib yuborishni, qoʻshib olishni amalga oshirishda monopoliyaga qarshi organ boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarning parallel moliya bozorlariga kirishini cheklash imkoniyatini aniqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Birlashmani tashkil etishga, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborishga, qoʻshib olishga oldindan rozilik berish toʻgʻrisidagi ariza monopoliyaga qarshi organ rahbarining buyrugʻi bilan tuziladigan maxsus komissiya tomonidan koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Zarurat boʻlganda, maxsus komissiya majlisiga birlashma tashkil etishga, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborishga, qoʻshib olishga rozilik olish uchun murojaat qilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning vakillari yoki ularning vakolatli vakillari ishonchnoma boʻyicha taklif etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Koʻrib chiqish natijalariga koʻra, maxsus komissiya zarur hujjatlar va maʼlumotlar olingan vaqtdan boshlab oʻn ish kunidan kechikmay xoʻjalik yurituvchi subyektlar birlashmasini tashkil etishga, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborishga, qoʻshib olishga oldindan rozilik berish yoki rozilik berishni rad etish toʻgʻrisida ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha qaror qabul qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Zarurat boʻlganda, agar monopoliyaga qarshi organda amalga oshiriladigan harakat, shu jumladan birlashmaning yoki yangidan tashkil etilayotgan yuridik shaxsning tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeyi vujudga kelishi yoxud kuchayishi munosabati bilan raqobat cheklanishiga olib kelishini yoki olib kelishi mumkinligini taxmin qilish uchun asos paydo boʻlganda, arizani koʻrib chiqish muddati koʻpi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin, bu toʻgʻrida ariza beruvchiga xabar qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Birlashmani tashkil etishga, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborishga, qoʻshib olishga oldindan rozilik berish yoki rozilik berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror ikki nusxada maxsus komissiyaning raisi va aʼzolari tomonidan imzolanadi hamda monopoliyaga qarshi organning gerbli muhri bilan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xoʻjalik yurituvchi subyektning arizasini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha maxsus komissiya tomonidan qabul qilingan qaror u qabul qilingan sanadan boshlab bir ish kunidan kechikmay vakolatli vakilga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Birlashmani tashkil etish, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish, qoʻshib olish boʻyicha harakatlarni sodir etishda qatnashuvchi manfaatdor shaxslarga ularning yozma murojaati boʻyicha qarorning nusxasi taqdim etiladi.
(17-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Birlashmani tashkil etishga, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborishga, qoʻshib olishga oldindan rozilik berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda komissiya qarorida rad etishning asoslangan sababi koʻrsatilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Birlashmani tashkil etishga, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborishga, qoʻshib olishga oldindan rozilik berishni rad etish uchun quyidagilar asos hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birlashma tashkil etish, qoʻshib yuborish, qoʻshib olish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun zarur boʻlgan hujjatlarning toʻliq hajmda taqdim etilmaganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki buzilgan maʼlumotlarning mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlik subyektining ruxsat berish talablari va shartlariga muvofiq emasligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Monopoliyaga qarshi organning ruxsat berishni boshqa asoslar boʻyicha, shu jumladan maqsadga muvofiq emaslik sabablari boʻyicha rad etishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Birlashmani tashkil etishga, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborishga va qoʻshib olishga oldindan rozilik berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish toʻgʻrisidagi xabarnoma tadbirkorlik subyektiga yozma shaklda, rad etish sabablarini, qonunchilikning aniq normalarini hamda tadbirkorlik subyekti koʻrsatilgan sabablarni bartaraf etib takroran koʻrib chiqish uchun hujjatlarni taqdim etishi mumkin boʻlgan muddatni koʻrsatgan holda yuboriladi (taqdim etiladi). Tadbirkorlik subyekti rad etish uchun asos boʻlgan sabablarni bartaraf etishga va takroran koʻrib chiqish uchun hujjatlarni taqdim etishga haqli boʻlgan muddat ruxsat berish tusidagi hujjatni berishning rad etilganligi toʻgʻrisida yozma xabarnoma olingan kundan boshlab oʻn ish kunidan kam boʻlishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Tadbirkorlik subyekti tomonidan ushbu Nizomning 18-bandi toʻrtinchi-beshinchi xatboshilarda nazarda tutilgan, ruxsat berish tusidagi hujjatni berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar belgilangan muddatda bartaraf etilgan taqdirda hujjatlarni takroran koʻrib chiqish, ruxsat berish tusidagi hujjatni berish yoki uni berishni rad etish vakolatli organ tomonidan, rad etish sabablarini bartaraf etganlik toʻgʻrisida tadbirkorlik subyektining arizasi hamda rad etish sabablari bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar olingan kundan boshlab oʻn ish kunidan oshmaydigan muddatda amalga oshiriladi. Tadbirkorlik subyektining arizasi takroran koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hujjatlarni takroran koʻrib chiqishda ilgari monopoliyaga qarshi organ qarorida bayon qilinmagan rad etish sabablarining koʻrsatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, ilgari koʻrsatib oʻtilgan sabablarning bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bogʻliq rad etish sabablarining koʻrsatilishi bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Birlashmani tashkil etish, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish, qoʻshib olish ushbu harakatlarni sodir etishga oldindan rozilik berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan vaqtdan boshlab bir yil mobaynida amalga oshirilishi kerak. Agar harakat koʻrsatilgan muddatda sodir etilmasa monopoliyaga qarshi organning qarori oʻz kuchini yoʻqotadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarorning amal qilish muddati oʻtgandan keyin birlashmani tashkil etish, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish, qoʻshib olish uchun monopoliyaga qarshi organga ushbu Nizomning 8-bandiga muvofiq hujjatlar taqdim etiladi va vakolatli organ tomonidan umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Monopoliyaga qarshi organ xoʻjalik yurituvchi subyektlar birlashmasini tashkil etishga, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborishga, qoʻshib olishga oldindan rozilik berishga hamda uni raqobatni taʼminlashga yoʻnaltirilgan talablarni bajarishga bogʻliq etib qoʻyishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu harakatlarning sodir etilishi tovar yoki moliya bozorida tegishli xoʻjalik yurituvchi subyektning ustun mavqeyi paydo boʻlishiga yoki kuchayishiga, shuningdek raqobatning cheklanishiga olib kelishi mumkin boʻlgan taqdirda birlashma tashkil etish, qoʻshib yuborish, qoʻshib olish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar monopoliyaga qarshi organ talabiga koʻra raqobatning zarur sharoitlarini tiklash chora-tadbirlarini koʻrishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda koʻrsatib oʻtilgan talablar, shuningdek ularni bajarish muddatlari monopoliyaga qarshi organning xoʻjalik yurituvchi subyektlar birlashmasini tashkil etishga, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborishga, qoʻshib olishga oldindan rozilik berish toʻgʻrisidagi qarorida koʻrsatilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Monopoliyaga qarshi organ tovar yoki moliya bozorida hatto birlashmaning yoki yangidan tashkil etilayotgan yuridik shaxsning ustun mavqeyi vujudga kelishi yoki kuchayishi va raqobatning cheklanishi, nojoʻya oqibatlar yuz berishi mumkin boʻlgan taqdirda ham, agar birlashmani tashkil etish, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish, qoʻshib olish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan yuridik shaxslar oʻz xatti-harakatlari isteʼmolchilarga sezilarli darajada naf keltirishini isbotlab bersa, harakatlarni sodir etishga oldindan rozilik berish toʻgʻrisidagi arizani qanoatlantirishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Moliya tashkilotlari faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish boʻyicha vakolatli davlat organlari moliya tashkilotlari tomonidan birlashma tashkil etish, qoʻshib yuborish, qoʻshib olish boʻyicha harakatlarni sodir etish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqishda monopoliyaga qarshi organning koʻrsatib oʻtilgan harakatlarni sodir etishga oldindan rozilik berish toʻgʻrisidagi qarorini hisobga oladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar birlashmasini tashkil etishga, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborishga, qoʻshib olishga oldindan rozilik berish toʻgʻrisidagi qarorni toʻxtatib turish, toʻxtatish, qayta rasmiylashtirish va bekor qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Birlashmani tashkil etishga, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborishga, qoʻshib olishga oldindan rozilik berish toʻgʻrisidagi qarorni toʻxtatib turish, toʻxtatish, qayta rasmiylashtirish va bekor qilish “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining tegishli ravishda 22 — 25-moddalarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Birlashmani tashkil etish, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish, qoʻshib olish boʻyicha harakatlar amalga oshirilgungacha, monopoliyaga qarshi organ qarori amal qiladigan davrda bir yoki bir nechta xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan qayta tashkil etish, nomini yoki joylashgan joyini (pochta manzilini) oʻzgartirish amalga oshirilgan taqdirda vakolatli vakil ularning topshirigʻi boʻyicha, xoʻjalik yurituvchi subyekt qayta roʻyxatdan oʻtgandan keyin yetti ish kuni mobaynida monopoliyaga qarshi organga xoʻjalik yurituvchi subyektlar birlashmasini tashkil etish, ularni qoʻshib yuborish, qoʻshib olish toʻgʻrisidagi qarorni qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi arizani, koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda berishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Monopoliyaga qarshi organ maxsus komissiyasining birlashmani tashkil etishga, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborishga, qoʻshib olishga oldindan rozilik berish toʻgʻrisidagi qarori yoʻqolgan yoki yaroqsiz boʻlib qolgan taqdirda ushbu harakatlarni sodir etish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning yoki vakolatli vakilning arizasiga binoan uning dublikati beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maxsus komissiya qarorining dublikati ariza, shuningdek qaror yaroqsiz boʻlib qolganda birlashmani tashkil etishga, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborishga, qoʻshib olishga oldindan rozilik berish toʻgʻrisidagi qarorning asl nusxasi olingan kundan boshlab besh ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dublikat berilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VI. Ruxsat berish tusidagi berilgan hujjatlar reyestri
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Monopoliyaga qarshi organ birlashmani tashkil etishga, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborishga, qoʻshib olishga oldindan rozilik toʻgʻrisida berilgan qarorlar reyestrini yuritadi va ularni monopoliyaga qarshi organning rasmiy veb saytiga joylashtiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Berilgan qarorlar reyestrida quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birlashma tashkil etishda, qoʻshib yuborishda, qoʻshib olishda qatnashuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarning nomi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oldindan rozilik berish toʻgʻrisida qabul qilingan qarorning tartib raqami va berilgan sanasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ruxsat beruvchi tusdagi hujjatlar dublikatlarini berishning asosi va sanasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VII. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar birlashmasini tashkil etish, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish yoki qoʻshib olish tartibini buzish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olmasdan birlashmani tashkil etish, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish, qoʻshib olish holatlari aniqlangan taqdirda, birlashmani tashkil etish, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish, qoʻshib olish ishtirokchilari boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi haqida ish qoʻzgʻatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi haqidagi ish monopoliyaga qarshi organning maxsus komissiyasi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maxsus komissiya ishni mazmunan koʻrib chiqish natijalari boʻyicha quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xoʻjalik yurituvchi subyektlarning dastlabki holatini tiklash toʻgʻrisida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birlashmani yoki yangidan tashkil etilgan yuridik shaxsni saqlab qolish toʻgʻrisida.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Maxsus komissiya, qabul qilingan qarordan qatʼi nazar, monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olmasdan birlashmaning tashkil etilganligi, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning qoʻshib yuborilganligi, qoʻshib olinganligi uchun ushbu harakatlarni sodir etish haqida qaror qabul qilgan barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlarni maʼmuriy javobgarlikka tortish toʻgʻrisida qonun hujjatlariga muvofiq qaror qabul qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Monopoliyaga qarshi organning qoʻzgʻatilgan ishni koʻrish natijalari boʻyicha qabul qilgan qarori xoʻjalik yurituvchi subyektlarga, shuningdek manfaatdor tomonlarga qaror qabul qilingan kundan soʻng besh kalendar kundan kechikmay yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda maxsus komissiya qarori asosida xoʻjalik yurituvchi subyektlarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda koʻrsatma beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Monopoliyaga qarshi organning qarori asosida berilgan koʻrsatma unda belgilangan muddatlarda bajarilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Birlashmaning, yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsning ustun mavqeyi yuzaga kelishiga yoki kuchayishiga va (yoki) raqobatning cheklanishiga olib keladigan monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligisiz sodir etilgan harakatlar monopoliyaga qarshi organning daʼvosiga koʻra sud tomonidan haqiqiy emas deb hisoblanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar monopoliyaga qarshi organning qaroridan (koʻrsatmasidan) norozi boʻlgan taqdirda, qarorni butunlay yoki qisman haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisida sudga yoxud qarorni (koʻrsatmani) bekor qilish yoki oʻzgartirish toʻgʻrisida ariza bilan Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasiga murojaat qilishga haqli.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Maxsus komissiyaning birlashmani tashkil etishga, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborishga, qoʻshib olishga oldindan rozilik berish toʻgʻrisidagi qarori, shuningdek oldindan rozilik olmasdan koʻrsatib oʻtilgan harakatlarni sodir etganlik uchun qoʻzgʻatilgan ishni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha qabul qilingan qarori monopoliyaga qarshi organ tomonidan saytda joylashtirilishi va ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VIII. Yakunlovchi qoida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar birlashmalarini tashkil etishga, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborishga, qoʻshib olishga oldindan rozilik berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar birlashmalarini tashkil etishga, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborishga, qoʻshib olishga oldindan rozilik berish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI

Xoʻjalik yurituvchi subyektlar birlashmalarini tashkil etishga, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborishga, qoʻshib olishga oldindan rozilik berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20___ yil “___” __________ _____-son
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining hududiy boshqarmasi)
Oldindan rozilik berish toʻgʻrisida
ARIZA
____________________________________________________________da joylashgan
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 27-dekabrdagi 344-son qarori bilan tasdiqlangan Xoʻjalik yurituvchi subyektlar birlashmalarini tashkil etishga, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborishga, qoʻshib olishga oldindan rozilik berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq ___________________________________________________________ uchun oldindan
(sodir etish nazarda tutilgan xatti-harakat nomi)
rozilik berishni soʻraydi.
Ilovalar:
1. __________
2. __________
…
Vakolatli shaxsning lavozimi, F.I.O. va imzosi
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar birlashmalarini tashkil etishga, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborishga, qoʻshib olishga oldindan rozilik berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining davlat gerbi tasviri
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI MONOPOLIYAGA QARSNI KURASNISN QO`MITASI
_____________________________________________ ga
(xatti-harakatning nomi va koʻrsatib oʻtilgan xatti-harakatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslarning nomi)
monopoliyaga qarshi organning roziligini berish masalasi boʻyicha ___________________________________da taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqib,
(ariza tushgan sana)
“Raqobat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 16-moddasiga va Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 27-dekabrdagi 344-son qarori bilan tasdiqlangan Xoʻjalik yurituvchi subyektlar birlashmalarini tashkil etishga, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborishga, qoʻshib olishga oldindan rozilik berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq
(hujjatlarni koʻrib chiqishda aniqlangan ishning holati bayon qilinadi)
Yuqorida bayon qilinganlarni inobatga olib va Xoʻjalik yurituvchi subyektlar birlashmalarini tashkil etishga, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborishga, qoʻshib olishga oldindan rozilik berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga amal qilib, Komissiya
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Xoʻjalik yurituvchi subyektlar birlashmalarini tashkil etishga, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborishga, qoʻshib olishga oldindan rozilik berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 21-bandiga muvofiq ushbu qarorda nazarda tutilgan xatti-harakat qaror qabul qilingan paytdan boshlab bir yil mobaynida amalga oshirilishi kerak. Xatti-harakatlar koʻrsatilgan muddatda sodir etilmagan taqdirda qaror oʻz kuchini yoʻqotadi.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son)
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 1-son, 2-modda, 31-son, 380-modda; 2015-y., 1-son, 9-modda; 2017-y., 33-son, 863-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2017-y., 09/17/810/0095; 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)