Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.03.2022 15.08.2013 yildagi 225-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.03.2022
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli “Faoliyatni boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni xabardor qilish tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, shuningdek tadbirkorlik subyektlarini rivojlantirish uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar roʻyxati 1-ilovaga* muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vakolatli organlar tomonidan berilgan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar reyestrlarini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Qonun hujjatlariga muvofiq ruxsat berish tartib-taomillarining qonunda nazarda tutilmagan yangi turlarini joriy etish taqiqlanishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirliklar va idoralar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda, oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2013-yil 15-avgust,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
225-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 15-avgustdagi 225-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vakolatli organlar tomonidan berilgan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar reyestrlarini yuritish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq vakolatli organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlariga — yuridik va jismoniy shaxslarga beriladigan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar reyestrlarini yuritish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar reyestri (keyingi oʻrinlarda reyestr deb ataladi) oʻzida ruxsat etish xususiyatiga ega berilgan, qayta rasmiylashtirilgan, bekor qilingan hujjatlar, shuningdek amal qilishi toʻxtatib turilgan, tiklangan yoki toʻxtatilgan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va boshqa maʼlumotlar mavjud boʻlgan barchaning tanishishi uchun ochiq boʻlgan davlat reyestrini ifodalaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Vakolatli organlar reyestrni yuritish bilan bogʻliq tartib-taomillarni amalga oshirishda “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarga, boshqa qonun hujjatlariga va ushbu Nizomga amal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Reyestr xatti-harakatni sodir etish va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar berilgan tadbirkorlik subyektlarining davlat hisobini yuritishni taʼminlash va ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish maqsadida yuritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Reyestrni yuritish tartibi va uning mazmuniga qoʻyiladigan talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar reyestrga tadbirkorlik subyektiga ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kunda kiritiladi. Reyestrdagi barcha qaydlarga sana qoʻyiladi hamda ular imzo va muhr bilan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Har bir reyestrda quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlik subyektlari toʻgʻrisidagi asosiy maʼlumotlar (tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslarning nomi, ularning tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, telefoni, tadbirkorlik subyektlari — jismoniy shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, ularning pasportiga oid maʼlumotlar, pochta manzili, telefoni);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar berilgan sana va ularning tartib raqami;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning amal qilish muddatlari (amal qilishining cheklangan muddatiga beriladigan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar uchun);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni qayta rasmiylashtirishning, amal qilish muddatini uzaytirishning asosi va sanasi (amal qilishining cheklangan muddatiga beriladigan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar uchun), amal qilishini toʻxtatib turish va tiklash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning amal qilishini toʻxtatish uchun asos va sana;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni bekor qilishning asosi va sanasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning dublikatlarini berishning asosi va sanasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan boshqa maʼlumotlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Reyestr qogʻozda va elektron manbalarda yuritiladi. Qogʻozdagi va elektron manbalardagi yozuvlar oʻrtasida nomuvofiqlik mavjud boʻlgan taqdirda qogʻoz manbalardagi yozuvlar ustuvor ahamiyatga ega boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qogʻoz manbadagi reyestr vakolatli organ tomonidan bir nusxada yuritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Reyestr jurnali ip oʻtkazib tikiladi, tartib raqami qoʻyiladi va uning orqa tomonida sahifalar soni, jurnalni yuritish boshlangan sana (yil, oy, kun) koʻrsatiladi, vakolatli organing muhri bosiladi va rahbarining imzosi qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Reyestr vakolatli organlarning rasmiy veb-saytlarida joylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan reyestr maʼlumotlari ushbu maʼlumotlarni tasdiqlaydigan hujjatlardagi mavjud maʼlumotlarga muvofiq boʻlmagan taqdirda ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan maʼlumotlar ularga tegishli oʻzgartirishlar kiritilgunga qadar ishonchli hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Vakolatli organlar ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni qayta rasmiylashtirish, amal qilish muddatini uzaytirish, amal qilishini toʻxtatib turish, tiklash, toʻxtatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar bekor qilingan kunda reyestrga tegishli qaydlarni kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Reyestrdagi mavjud maʼlumotlardan umumiy ravishda foydalaniladi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar berilgan aniq tadbirkorlik subyektlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tegishli reyestrdan koʻchirma tarzida beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Reyestrdagi mavjud maʼlumotlarni taqdim etish muddati vakolatli organ tomonidan tegishli soʻrov olingan kundan boshlab bir ish kunidan ortiq boʻlishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Yakunlovchi qoida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 33-son, 442-modda; 2014-y., 15-son, 167-modda, 31-son, 380-modda; 2015-y., 46-son, 584-modda, 49-son, 613-modda; 2016-y., 9-son, 90-modda, 18-son, 192-modda, 23-son, 269-modda, 25-son, 308-modda, 45-son, 525-modda; 2017-y., 11-son, 166-modda, 14-son, 228-modda, 19-son, 345-modda, 26-son, 592-modda, 30-son, 734-modda, 33-son, 857-modda, 863-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son, 23.11.2017-y., 09/17/933/0303-son; 12.01.2018-y., 09/18/17/0552-son, 26.06.2018-y., 09/18/467/1391-son, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son, 19.07.2018-y., 09/18/553/1538-son, 20.08.2018-y., 09/18/676/1780-son, 03.10.2018-y., 09/18/784/1986-son, 10.10.2018-y., 09/18/813/2027-son, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son, 04.12.2018-y., 09/18/977/2260-son, 17.12.2018-y., 09/18/1012/2321-son; 11.02.2019-y., 09/19/111/2596-son, 12.02.2019-y., 09/19/112/2597-son, 20.12.2018-y., 09/18/1030/2348-son, 01.04.2019-y., 09/19/265/2858-son, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son, 28.06.2019-y., 09/19/532/3344-son, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son, 11.07.2019-y., 09/19/567/3404-son; 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son; 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son, 16.05.2020-y., 09/20/288/0600-son, 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son; 28.12.2020-y., 09/20/810/1673-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son)