Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 05.06.1997 yildagi 283-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika xalq xoʻjaligini 1997/98 yil kuz-qish davrida ishlashga tayyorlash toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, respublika xalq xoʻjaligini 1996/97 yil qish davrida ishlashga tayyorlashda koʻpgina vazirliklar, idoralar, birlashmalar, hududiy boshqaruv organlari tashkiliy-texnik tadbirlarni oʻz vaqtida amalga oshirdilar, bu korxonalar, tashkilotlarning barqaror ishlashini hamda aholini yoqilgʻi-energetika resurslari va kommunal xizmatlar bilan uzluksiz taʼminlash imkonini berdi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Lekin ayrim tarmoqlar, shaharlar va tumanlarda xalq xoʻjaligining kuz-qish davrida normal faoliyat koʻrsatishini taʼminlovchi zarur chora-tadbirlar koʻrilmadi. Ayrim rahbarlarning qishga tayyorgarlik masalalariga masʼuliyatsizlik bilan munosabatda boʻlishi, mablagʻlar hamda moddiy-texnika resurslari va ehtiyot qismlar bilan taʼminlash masalalarining oʻz vaqtida hal etilmaganligi bularning asosiy sabablari boʻldi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika xalq xoʻjaligini 1997/98 yilning kuz-qish davrida barqaror ishlashga oʻz vaqtida tayyorlashni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining “Respublika xalq xoʻjaligini 1996/97 yil kuz-qish davrida ishlashga tayyorlashning borishi toʻgʻrisida” 1996-yil 12-sentabrdagi 313-son qarorining bajarilishi haqidagi axborot maʼlumot uchun qabul qilinsin va amaliy chora-tadbirlar koʻrish uchun vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, uyushmalar, konsernlar, tashkilotlarga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuborilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar, birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzlariga qarashli xoʻjaliklarni 1996/97 yil qish davrida ishlashga tayyorlashda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar va nuqsonlarni tanqidiy tahlil qilsinlar. Yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni hisobga olgan holda shaharlar, tumanlar, korxonalar, uy-joylarni, jamoa xoʻjaliklarini, sogʻliqni saqlash, xalq taʼlimi, madaniy va maishiy, savdo va umumiy ovqatlanish, transport muassasalarini, qurilish tashkilotlarini, bugʻ qozonxonalarni va muhandislik inshootlarini 1997/98 yilning boʻlajak kuz-qish davriga tayyorlash yuzasidan 20 kun muddatda tadbirlar ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
joriy yilning 15-sentabriga qadar barcha korxonalar va tashkilotlarda, gaz yoqilgʻisini aholi uchun boʻshatish maqsadida, ularning kuz-qish davrida yoqilgʻining zaxira turlari bilan uzluksiz ishlashini taʼminlash uchun suyuq va qattiq yoqilgʻi zaxiralarini yaratsinlar. Zaxira yoqilgʻining normativdagi miqdordan 10 foiz koʻp jamgʻarilishini taʼminlasinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yongʻinga qarshi kurashish idoralari bilan birgalikda joriy yilning 1-sentabriga qadar turar joylar, binolar va inshootlar ahvolini, ularning texnik talablar normalariga muvofiqligini tekshirsinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 12-sentabrdagi 313-son qaroriga muvofiq kommunal-maishiy obyektlarni gazni hisobga olish asboblari bilan jihozlashni tugallash va gazdan yakka tartibda foydalanuvchilarni (aholini) ular bilan taʼminlashni jadallashtirish yuzasidan kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar koʻrsinlar. Hisobga olish asboblari boʻlmagan sanoat va kommunal-maishiy korxonalarga gaz yetkazib berish toʻxtatilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaharlar bugʻ qozonxonalarini asosli tuzatishni shu yil 15-sentabrgacha tugallasinlar va ularning kuz-qish davrida ishlashga tayyorligi toʻgʻrisida tegishli dalolatnomalarni rasmiylashtirsinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Energetika va elektrlashtirish vazirligi, “Oʻzbekneftgaz” korporatsiyasi, “Koʻmir” aksiyadorlik birlashmasi va Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi tomonidan yetkazib berilgan yoqilgʻi-energetika resurslari uchun korxona va tashkilotlar qarzlarining toʻlanishini taʼminlash yuzasidan aniq chora-tadbirlarni amalga oshirsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Energetika va elektrlashtirish vazirligi shu yilning 1-oktabrigacha:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
energiya eng koʻp talab qilinadigan kuz-qish davrini oʻtkazishda qatnashadigan elektr stansiyalar, issiqlik-elektr markazlari, elektr tarmoqlari obyektlarining asosiy texnologik asbob-uskunalarini asosli, oʻrta va joriy taʼmirlashni tugallasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
113 ming kub metr mazut saqlash joylarini qoʻshimcha ravishda ishga tushirishni va Yangi Angren GRESida koʻmir saqlash joylarini 700 ming tonnagacha kengaytirishni hisobga olgan holda 1150 ming tonna yoqilgʻi mazuti va 1200 ming tonna koʻmir jamgʻarilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. “Oʻzbekneftgaz” korporatsiyasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shu yilning 1-oktabrigacha konlardagi hududlarni, Muborak gazni qayta ishlash zavodida bugʻ qozon agregatlarini va oltingugurt tozalash bloklarini, kompressor stansiyalaridagi gaz chiqarib olish agregatlarini asosli va joriy taʼmirlash ishlarini tugallasin. 3,8 mlrd kub metr tabiiy gazni yer osti gaz saqlash joylariga joylashni taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shu yilning birinchi yarmida Koʻkdumaloq koni kompressor stansiyasida quvvatlarni, 1997-yilda Gazli-Nukus va Paxtakor-Yangiyer-Toshkent magistral quvurlarini ishga tushirishni taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. “Oʻzdavneftmahsulot” birlashmasi joriy yilning 15-sentabriga qadar respublika korxonalari va tashkilotlariga suyuq yoqilgʻini, uni talab qilingan miqdorda toʻplash maqsadida, belgilangan tartibda yetkazib berishni taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. “Koʻmir” aksiyadorlik birlashmasi koʻmirning tayyor zaxiralarini qazib olishga tayyorlash maqsadida “Angren” konida ochish ishlarini kuchaytirish chora-tadbirlarini koʻrsin, joriy yilda kamida 3 mln. tonna koʻmir qazib olishni va uni zarur miqdorda koʻmir zaxiralari yaratish uchun isteʼmolchilarga yetkazib berishni taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bugʻ qozonxonalarni, issiqlik, suv quvurlari, gaz tarmoqlarini asosli taʼmirlashni, qattiq va suyuq yoqilgʻi, texnik tuzning zarur zaxiralarini yaratishni joriy yilning 1-oktabrigacha, uy-joylarni taʼmirlashni ishlab chiqilgan jadvallarga muvofiq tugallashni taʼminlovchi chora-tadbirlarni amalga oshirsinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
issiqlik tarmoqlarini asosli va joriy taʼmirlashning oʻz vaqtida va sifatli oʻtkazilishini taʼminlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Toshkent shahar hokimligi, Energetika va elektrlashtirish vazirligi, Moliya vazirligi issiqlik quvvatlarini ishga tushirish, issiqlik manbalaridagi suv tayyorlash qurilmalari ish unumini oshirish boʻyicha 1997-yilga moʻljallangan ish hajmlarining hamda Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 1-apreldagi 167-son qaroriga muvofiq issiqlik energiyasi isrofgarchiligini qisqartirish tadbirlarining soʻzsiz bajarilishini taʼminlasinlar. Nazarda tutilgan ishlarni mablagʻ bilan taʼminlash masalalarini oʻz vaqtida hal etsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminot-tuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” uyushmasi oʻz tasarruflaridagi xoʻjaliklarni oʻtgan kuz-qish davriga tayyorlashda yoʻl qoʻyilgan jiddiy kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlarini koʻrsinlar. Joriy yilning 1-oktabrigacha chorvachilik xoʻjaliklarini, isitish tizimlarini, bugʻ qozonxonalarni va boshqa obyektlarni tayyorlashni, shuningdek zarur miqdorda yem-xashak jamgʻarishni taʼminlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi shu yilning 1-oktabriga qadar maktablarni, maktabgacha tarbiya muassasalarini, oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarini, kasalxonalarni, poliklinikalarni qish sharoitlarida ishlashga tayyorlashni tugallasinlar va taʼminlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. “Oʻzavtotrans” korporatsiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari shu yilning 1-oktabrigacha shahar yoʻlovchi tashish avtotranoportini va umuman avtotransportini kuz-qish davrida ishlashga tayyorlash chora-tadbirlarini amalga oshirsinlar. Buning uchun transport korxonalarini ehtiyot qismlar, moddiy-texnika resurslari va yoqilgʻi bilan oʻz vaqtida taʼminlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent shahar hokimligi shahar avtomobil yoʻllarini, shu jumladan, nomagistral yoʻllarni taʼmirlashni amalga oshirsinlar, avtomobil yoʻllari holatining doimiy nazorat qilib borilishini taʼminlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” kompaniyasi lokomotiv, vagon hamda oʻziga qarashli boshqa xoʻjaliklarni kuz-qish davrida ishlashga oʻz vaqtida tayyorlashni tashkil etsin, neft, gaz kondensati, neft mahsulotlari, koʻmir, tuz va xoʻjaliklarni kuz-qish davriga tayyorlash bilan bogʻliq boshqa xalq xoʻjaligi yuklarining uzluksiz tashilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirliklar, idoralar, tashkilotlar, korxonalar vagonlar va sisternalarning normativdan ortiq turib qolishiga yoʻl qoʻymaslik, yuklash-tushirish ishlarining, ayniqsa tungi vaqtlarda, dam olish va bayram kunlarida, bir maromda boʻlishini taʼminlash yuzasidan aniq chora-tadbirlar koʻrsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi, “Oʻzqurilishmateriallari” konserni, kon-metallurgiya sanoati korxonalari va koʻp energiya talab qiladigan boshqa korxonalar qish oylarida elektr va issiqlik energiyasi sarflashni kamaytirish maqsadida shu yilning 1-sentabrigacha Energetika va elektrlashtirish vazirligi bilan birgalikda mazkur energiyalarga talab koʻpaygan davrda oʻzlariga qarashli asbob-uskunalarning texnologik jihatdan yoʻl qoʻyiladigan maqbul ish tartiblarini ishlab chiqsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Respublika xalq xoʻjaligi tarmoqlarini 1997/98 yilning kuz-qish davrida ishlashga tayyorlash masalalari boʻyicha komissiya tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya xalq xoʻjaligi tarmoqlari rahbarlarining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining oʻz tasarruflaridagi obyektlarni kuz-qish davrida ishlashga tayyorlashning qanday borayotgani toʻgʻrisidagi hisobotlarini muntazam eshitib borsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Ommaviy axborot vositalari xalq xoʻjaligini boʻlajak kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashning qanday borayotganini muntazam yoritib borsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, uyushmalar, kompaniyalar, tashkilotlar ushbu qarorning qanday bajarilayotgani toʻgʻrisida joriy yilning 1-iyuli, 1-sentabri va 1-oktabrida Vazirlar Mahkamasiga axborot taqdim etsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari mazkur qarorning bajarilishi ustidan nazorat oʻrnatsinlar va oʻz tasarruflaridagi tarmoqlarning kuz-qish davrida ishlashga qanday tayyorgarlik koʻrayotganliklarini har oyda tahlil qilsinlar, zarurat boʻlganda tegishli chora-tadbirlar koʻrsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1997-yil 5-iyun,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
283-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 5-iyundagi 283-sonli qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika xalq xoʻjaligini 1997/98 yilning kuz-qish davrida ishlashga tayyorlash masalalari boʻyicha komissiya
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TARKIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Joʻrabekov I. H.

Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari, komissiya raisi

Haqqulov Q. J.

Bosh vazir oʻrinbosari, komissiya raisining oʻrinbosari

Yunusov R. R.

Bosh vazir oʻrinbosari, komissiya raisining oʻrinbosari

Oripov O. O.

“Oʻzsanoatxoʻjalikqurilish” davlat korporatsiyasi raisi

Otayev V. Y.

Energetika va elektrlashtirish vaziri

Axmetov L. A.

“Oʻzavtotrans” davlat korporatsiyasi raisi

Ahmadboyev A. Gʻ.

“Oʻzsanoatkontexnazorat” davlat qoʻmitasi raisi

Bobomurodov L. M.

“Oʻzdavzaxira” bosh boshqarmasi boshligʻi

Guskova T. N.

Moliya vazirining birinchi oʻrinbosari

Julin N. I.

“Oʻzgazuzatish” davlat birlashmasi raisi

Zaynutdinov I. A.

“Oʻzbekneftgaz” milliy korporatsiyasi raisining oʻrinbosari

Ibobekov A. S.

“Oʻzqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi raisi

Hasanov B. V.

“Oʻzbekyengilsanoat” uyushmasi raisining birinchi oʻrinbosari

Karimov Sh. I.

Sogʻliqni saqlash vaziri

Leleko A. I.

“Koʻmir” aksiyadorlik birlashmasi bosh direktori

Mixaylov V. K.

Kommunal xizmat koʻrsatish vaziri

Salimov O. U.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri

Normurodov M. B.

Markaziy bank raisining birinchi oʻrinbosari

Ahmedov X. A.

Toshkent viloyati hokimining oʻrinbosari

Tojiyev E. T.

“Oʻzdavneftmahsulot” birlashmasining bosh direktori

Doroxov V. N.

Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari

Jumaniyozov M. J.

Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri

Sharonov Y. G.

“Oʻzulgurjibirjasavdo” uyushmasi raisi

Ermetov N. E.

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi raisi

Yoʻldoshev J. Gʻ.

Xalq taʼlimi vaziri