Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 12.09.1996 yildagi 313-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
RESPUBLIKA XALQ XOʻJALIGINI 1996/97 YIL KUZ-QISh DAVRIDA IShLAShGA TAYYORLAShNING BORIShI TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika xalq xoʻjaligini 1996/97 yilning kuz—qish davrida barqaror ishlashga oʻz vaqtida tayyorlashni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Respublika xalq xoʻjaligini 1996/97 yil kuz—qish davrida ishlashga tayyorlashning borishi toʻgʻrisidagi axborot maʼlumot uchun qabul qilinsin va amaliy chora-tadbirlar koʻrish uchun vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, uyushmalar, konsernlar, tashkilotlarga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuborilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, hokimliklar ayniqsa, Andijon, Jizzax, Namangan, Navoiy Sirdaryo, Surxondaryo Toshkent, Fargʻona viloyatlari hokimliklari, shuningdek, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Energetika va elektrlashtirish vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligining oʻzlariga qarashli obyektlarni kuz—qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash boʻyicha olib borayotgan ishlarining yetarli emasligi qayd etib oʻtilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, uyushmalar, konsernlar, tashkilotlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari rahbarlari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli tarmoqlar, hududlar, korxonalar, tashkilotlar va muassasalarni qish sharoitlarida ishlashga tayyorlashning borishini tanqidiy tahlil qilsinlar, ishlab chiqilgan tadbirlarning oʻz vaqtida bajarilishi yuzasidan kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar koʻrsinlar, bunda tashkiliy masalalarni hal etishga, obyektlarni moddiy-texnika va moliya resurslari bilan taʼminlashga alohida eʼtibor bersinlar,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
joriy yilning 1-oktabriga qadar tasarruflaridagi bur qozonxonalarni, issiqlik, gaz, suv oʻtkazish va kanalizatsiya tarmoqlarini, elevator uzellarini, turar joylarni, transport vositalarini qishga tayyorlashni tugallasinlar. Zarur miqdorda yoqilgʻi, kimyoviy reagentlar, tuz, avariyalar uchun zarur boʻladigan moddiy-texnika resurslari zaxiralarining, shuningdek avariya xizmatlari ishlashi uchun barcha zarur vositalarning hozirlab qoʻyilishini taʼminlasinlar,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
joriy yilning 15-oktabriga qadar barcha korxonalar va tashkilotlarda suyuq va qattiq yoqilgʻi, shu jumladan, issiqlik elektr stansiyalarining 1997-yil may oyigacha boʻlgan ehtiyojlarini hisobga olgan holda Energetika va elektrlashtirish vazirligi korxonalarida shu yilning 1-oktabrigacha — 1 mln tonna mazut va 1 mln tonna koʻmir zaxiralarini yaratsinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yongʻinga qarshi kurashish idoralari bilan birgalikda joriy yilning sentyabr oyida turar joylar, binolar va inshootlar holatining texnik talablar normalariga muvofiqligini tekshirishni nihoyasiga yetkazsinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1996-yilda barcha sanoat korxonalarini, kommunal-maishiy va xalq xoʻjaligi tarmoqlarining boshqa muassasalarini gazni hisobga olish asboblari bilan jihozlashni tugallasinlar, ularni bunday asboblar boʻlmagan hollarda gaz isteʼmolchilari (aholi bundan mustasno) gaz taʼminoti tizimidan uzib qoʻyilishi toʻgʻrisida ogohlantirsinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Energetika va elektrlashtirish vazirligi, “Oʻzbekneftgaz” korporatsiyasi va Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi tomonidan yetkazib berilgan yoqilgʻi-energetika resurslari uchun qarzlarni toʻlash yuzasidan zarur chora-tadbirlarni koʻrsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. “Oʻzdavneftmahsulot” birlashmasi (Tojiyev) joriy yilning 15-oktabriga qadar respublika korxonalari va tashkilotlariga suyuq yoqilgʻini, uni talab qilingan miqdorda toʻplash maqsadida, belgilangan tartibda yetkazib berishni taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. “Koʻmir” aksionerlik birlashmasi (Leleko) respublikaning barcha isteʼmolchilari uchun koʻmirning zarur zaxiralarini yaratish maqsadida uni aholiga va xalq xoʻjaligiga uzluksiz yetkazib berishni taʼmirlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Energetika va elektrlashtirish vazirligi (Otayev):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
joriy yilning 1-oktabriga qadar energetika asbob-uskunalarini tuzatishni nihoyasiga yetkazsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
joriy yilning sentyabr oyida Sirdaryo GRESida 20 ming kub metr, Tolimarjon GRESida 40 ming kub metr mazut sigʻadigan qoʻshimcha zaxira joylarni foydalanishga topshirilishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 25-iyuldagi 4-son va 1996-yil 19-avgustdagi 17-15-153-son protokol qarorlariga muvofiq ishlab chiqilgan barcha elektr stansiyalari va boshqa energetika obyektlari boʻyicha ishonchlilikni va yongʻinga qarshi xavfsizlikni oshirishga oid tadbirlarning oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shu yilning 1-noyabrigacha 7-IM asbob-uskunalarini mukammal tuzatishni tugallasin, 5-IMdagi deaeratorlarni rekonstruksiyalashni amalga oshirsin, shu yilning 1-dekabrigacha 2-IM va 4-son qoʻshimcha bugʻ qozonxonalar oʻrnatsin hamda ishga tushirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent shahar hokimligi va Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi bilan birgalikda shaharni issiqlik energiyasi bilan uzluksiz taʼminlash maqsadida 2000-yilgacha boʻlgan davrlar boʻyicha Toshkent shahri issiqlik manbalarini rivojlantirishga doir aniq takliflarni, shuningdek kommunal tarmoqlarda issiqlik manbalari nobudgarchiligini normativdagi darajagacha qisqartirish tadbirlarini bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. “Oʻzbekneftgaz” korporatsiyasi (Zaynutdinov, Julin):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
joriy yilning 1-oktabriga qadar 3,5 mlrd kub metr gazni yer osti omborlariga joylashni taʼminlasinlar, bunda asosiy eʼtiborni kuz—qish davrida Fargʻona vodiysi ham Surxondaryo viloyati isteʼmolchilarini tabiiy gaz bilan taʼminlashga qaratsinlar, yetkazib beriladigan gaz sifatining yomonlashishiga yoʻl qoʻymasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Energetika va elektrlashtirish vazirligi, Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi va boshqa gaz isteʼmolchilari bilan birgalikda shu yilning 1-oktabriga qadar elektr stansiyalarini va xalq xoʻjaligining boshqa korxonalarini 1996/97 yil qishning qattiq sovuq kunlarida tabiiy gazdan yoqilgʻining zaxira turlariga oʻtkazish jadvallarini ishlab chiqsin va uni Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda tasdiqlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shu yilning sentyabrida Energetika va elektrlashtirish vazirligi va Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligining ular tasarrufidagi korxonalarni kuz—qish davrida tabiiy gaz bilan taʼminlash yuzasidan takliflarini koʻrib chiqsinlar va Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” kompaniyasi (Ermetov) shu yilning sentyabr oyida lokomotiv, vagon xamda unga qarashli boshqa xoʻjaliklarni tuzatishni va kuz—qish davrida ishlashga tayyorlashni tugallasin hamda yoʻlovchilarni, neft, gaz kondensati, neft mahsulotlari, koʻmir, tuz va kuz—qish davriga tayyorlanish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq boshqa xalq xoʻjaligi yuklarini uzluksiz tashishni taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirliklar, idoralar. tashkilotlar, korxonalar vagonlar va sisternalarning turib qolishini ancha kamaytirish, ortish-tushirish ishlarining, ayniqsa tungi vaqtlarda, dam olish va bayram kunlarida bir maromda boʻlishini taʼminlash yuzasidan chora-tadbirlar koʻrsinlar Shu yilning 1-oktabrigacha idoralarga qarashli temir yoʻl shoxobcha yoʻllarini qish sharoitlarida ishlashga tayyorlashga oid chora-tadbirlar koʻrsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. “Oʻzavtotrans” korporatsiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari shahar yoʻlovchi tashish transportining va umuman avtotransportning kuz—qish davrida ishlashga tayyorligini koʻrib chiqsinlar Transport korxonalarini yoqilgʻi, ehtiyot qismlar, moddiy resurslar bilan taʼminlash va transportni kuz—qish davrida uzluksiz ishlashga tayyorlashni shu yilning 1-oktabriga qadar tugallash yuzasidan aniq chora-tadbirlar koʻrsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Jumaniyozov), “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi (Jabborov), “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” uyushmasi (Nosirov), qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi (Usmonov) agrosanoat majmui obyektlarini qish sharoitlarida ishlashga tayyorlashga oid tuzatish-profilaktika ishlarini tezlashtirish boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlarni shu yilning 1-oktabriga qadar koʻrsinlar, bunda chorvachilik, ozuqa tayyorlash obyektlariga, isitish tizimlariga, suyuq va qattiq yoqilgʻi toʻplashga alohida eʼtibor bersinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi, “Oʻzqurilishmateriallari” konserni, kon-metallurgiya sanoati korxonalari va koʻp energiya talab qiladigan boshqa korxonalar elektr va isitish energiyasi sarflashni kamaytirish maqsadida Energetika va elektrlashtirish vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqilgan ularga talab koʻpaygan davrda maqbul ish tartiblarining tezkorlik bilan bajarilishini taʼminlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Xalq taʼlimi vazirligi (Yoʻldoshev), Sogʻliqni saqlash vazirligi (Karimov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Salimov) shu yilning 1-oktabriga qadar xalq taʼlimi, sogʻliqni saqlash muassasalarini, oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarini kuz—qish davrida ishlashga tayyorlashni taʼminlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Toshkent shahar hokimligi (Toʻlaganov):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
joriy yilning 1-oktabriga qadar turar joylarga va boshqa obyektlarga issiqlik va suv bir maromda berilishini taʼminlash uchun issiqlik tarmoqlari, bugʻ qozonlar va boshqa energetika xoʻjaliklarini joriy va mukammal tuzatishni nihoyasiga yetkazilishini taʼminlasin, shuningdek, turar joylarning yertoʻlalaridagi suvlarni quritish yuzasidan chora-tadbirlar koʻrsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vazirliklar va idoralarni oʻz mablagʻlari va moddiy resurslari hisobiga muhandislik kommunikatsiyalarini hamda avariya holatidagi turar joylarning tomlarini mukammal tuzatishga jalb etish boʻyicha takliflarni bir hafta muddatda tayyorlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Moliya vazirligi (Guskova):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir hafta muddatda Energetika va elektrlashtirish vazirligiga elektr stansiyalarida va bugʻ qozonxonalarida mazut va koʻmirning zarur zaxiralarini yaratish uchun vazirlikning asoslangan hisob-kitoblari boʻyicha qoʻshimcha aylanma mablagʻlar ajratish masalasini hal etsin va natijalari toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasini xabardor qilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekneftgaz” korporatsiyasini, Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligini (asoslangan hisob-kitoblar boʻyicha) ularning tasarrufidagi obyektlarda tuzatish ishlarini oʻz vaqtida tugallash hamda qattiq, suyuq yoqilgʻi, tuz zaxiralari yaratish uchun aylanma mablagʻlar bilan taʼminlash, shuningdek kommunal-foydalanish va issiqlik bilan taʼminlash tashkilotlariga tariflardagi farq boʻyicha shu yilning 17 choragi hisobidan mablagʻ ajratish masalalarini bir hafta muddatda koʻrib chiqsin. Budjetdagi tashkilotlarning kommunal xizmatlar uchun debitorlik qarzlarini bartaraf etish yuzasidan taklif kiritsin. Natijalari toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga axborot bersin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi kapital qoʻyilmalarning amalda oʻzlashtirilishini va qurilish qiymati qimmatlashishidan vujudga kelgan indekslarni hisobga olgan holda Vazirlar Mahkamasiga Daxbet-Samarqand asosiy suv yoʻlini va Samarqand, Namangan, Andijon viloyatining Asaka, Qashqadaryo viloyatining Qarshi va Shahrisabz shaharlarida bugʻ qozonxonalarini qurish va foydalanishga topshirish, shuningdek Amudaryo-Zarafshon suv yoʻli qurilishini tugallash uchun budjet mablagʻlaridan ajratiladigan limitni aniqlash yuzasidan takliflarni bir hafta muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Pul-kredit siyosati boʻyicha respublika komissiyasi (Mullajonov, Guskova) qishga tayyorlanish bilan bogʻliq ishlarni bajarish uchun Energetika va elektrlashtirish vazirligi, “Oʻzbekneftgaz” korporatsiyasi, Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Toshkent shahar hokimligi uchun mablagʻlarni konvertatsiyalashni birinchi navbatda amalga oshirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Ommaviy axborot vositalari xalq xoʻjaligini boʻlajak kuz—qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash bilan bogʻliq masalalarni muntazam yoritib borsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, uyushmalar, konsernlar, tashkilotlar mazkur qarorning bajarilishi toʻgʻrisida joriy yilning 15-oktabrigacha Vazirlar Mahkamasiga axborot taqdim etsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Vazirlar Mahkamasi majmuilarining rahbarlari oʻz tasarruflaridagi tarmoqlarning kuz—qish davrida ishlashga qanday tayyorgarlik koʻrayotganliklarini har oʻn kunda tahlil qilsinlar va zarur boʻlganda tegishli chora-tadbirlar koʻrsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish faoliyat yoʻnalishlariga koʻra Bosh vazir oʻrinbosarlari zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1996-yil 12-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
313-son