Indexation by Ceneral legal classifier of legislation branches
Indexation by thematic directory of legislation
Sources of changes
Sources of publication
View
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Hujjat hali kuchga kirgan emas
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.05.00 Bank omonati va boshqa depozit operatsiyalari]
[TSZ:
1.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOSHQARUVINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
QARORI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Banklarda aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026 yil 10 sentyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3937]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Banklarda aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur qaror 2027-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rais T. ISHMETOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2026-yil 14-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22/3-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 14-avgustdagi 22/3-son qaroriga 1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Banklarda aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) prudensial nazorati maqsadlarida banklar, shu jumladan mikromoliya banklari, islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi banklar va mikromoliya banklarida (bundan buyon matnda bank deb yuritiladi) aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash uchun zaxiralar (bundan buyon matnda zaxiralar deb yuritiladi) shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aktivlar sifatini tasniflash — aktivlarni sifatiga koʻra “standart”, “substandart”, “qoniqarsiz”, “shubhali” va “umidsiz” toifalardan biriga guruhlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash uchun zaxiralar — standart aktivlarga yaratiladigan zaxiralar va maxsus zaxiralar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
standart aktivlarga yaratiladigan zaxiralar — bank faoliyati davomida umuman yoki biror-bir faoliyat turi natijasida ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash maqsadida shakllantiriluvchi zaxiralar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus zaxiralar — sifati “substandart”, “qoniqarsiz”, “shubhali” va “umidsiz” deb tasniflangan aktivlar boʻyicha aniqlangan yoʻqotishlarni qoplashga moʻljallangan majburiy zaxiralar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarz oluvchi (kontragent) — mazkur Nizomning 2-bandida keltirilgan aktivlar boʻyicha bank oldida majburiyati mavjud boʻlgan jismoniy yoki yuridik shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarz — mazkur Nizomning 2-bandida keltirilgan aktivlar boʻyicha bank oldidagi majburiyat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
restrukturizatsiya — bank oldidagi majburiyatlarini bajarishda moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan yoki moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelishi ehtimoli mavjud boʻlgan qarz oluvchiga yengillik taqdim etilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yengillik — qarz oluvchi tomonidan bank oldidagi majburiyatlar bajarilishini taʼminlash maqsadida bank tomonidan shartnomaga boshqa holatlarda koʻrib chiqilmaydigan, qulay shartlarga asoslangan oʻzgartirishlar kiritilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kredit tavakkalchiligi — qarz oluvchi tomonidan bank oldidagi majburiyatlari shartnoma yoki qonunchilik hujjatlarida koʻrsatilgan muddat va shartlarda bajarilmasligi (lozim darajada bajarilmasligi) oqibatida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan yoʻqotish (zarar) va (yoki) rejalashtirilgan daromadni olmaslik tavakkalchiligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muddati oʻtgan qarzdorlik — qarz oluvchi tomonidan shartnoma yoki qonunchilik hujjatlarida koʻrsatilgan muddat va shartlarda bajarilmagan (lozim darajada bajarilmagan), shu jumladan toʻlovlar kamida bir kunga kechiktirilgan bank oldidagi majburiyatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aktivning jami qiymati — aktivning bank balansida aks ettirilgan asosiy qarzi va unga hisoblangan foizlari, penya, komission va boshqa foizsiz toʻlovlari qoldigʻining mazkur aktiv boʻyicha yaratilgan zaxira chegirilguniga qadar miqdori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muammoli aktivlar — sifati “qoniqarsiz”, “shubhali” va “umidsiz” deb tasniflangan, shu jumladan qadrsizlangan aktivlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qadrsizlangan aktivlar — 9-son Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga (bundan buyon matnda 9-son MHXS deb yuritiladi) muvofiq qadrsizlangan deb tasniflangan aktivlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
obyektiv mezonlar — qarz oluvchining toʻlovga layoqatliligi yomonlashuvidan darak beruvchi omillarni, shu jumladan qarz oluvchining bank yoki boshqa kredit tashkiloti oldida muddati oʻtgan qarzdorligining mavjudligi yoki unga taqdim etilgan aktiv restrukturizatsiya qilinganligini inobatga oluvchi mezonlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻlov ehtimoli pastligi mezonlari — qarz oluvchining aktiv boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorligi mavjudligidan qatʼi nazar, bank tomonidan tegishli choralar koʻrilmasa, shu jumladan mazkur aktiv boʻyicha taʼminot (agar mavjud boʻlsa) realizatsiya qilinmagan taqdirda, ushbu aktiv boʻyicha asosiy qarz, foizlar va (yoki) boshqa toʻlovlar toʻliq va oʻz vaqtida amalga oshirilishining ehtimoli past boʻlishini nazarda tutuvchi mezonlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzaro aloqador qarz oluvchilar — Bir qarz oluvchi, oʻzaro aloqador qarz oluvchilar guruhi, shu jumladan bankka aloqador shaxslar uchun tavakkalchilikning eng koʻp miqdori toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 3283, 2020-yil 29-oktabr) talablariga muvofiq oʻzaro aloqador deb topilgan qarz oluvchilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foizlarni oʻstirmaslik — aktiv boʻyicha hisoblangan foiz daromadini toʻliq olish va (yoki) aktivning asosiy summasini qaytarish ehtimoli mavjud boʻlmaganda, aktiv boʻyicha foizlarni hisoblashning toʻxtatilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qayta moliyalashtirish — bank va (yoki) boshqa kredit tashkilotlari tomonidan qarz oluvchining amaldagi aktivi (aktivlari) boʻyicha asosiy qarz, foiz va boshqa toʻlovlarni yangi shartnoma asosida toʻliq yoki qisman soʻndirish maqsadida yangi aktiv taqdim etilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
garov qiymati — kelajakdagi yoʻqotishlarni oʻz ichiga olgan holda bozor narxlari asosida shakllangan va bozor narxidan oshib ketmagan hamda baholash tashkiloti tomonidan baholangan yoki qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa tartibda aniqlangan holda taʼminot sifatida rasmiylashtirilgan garov shartnomasida koʻrsatilgan mulk narxi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur Nizom talablariga muvofiq quyidagi aktivlar sifati boʻyicha tasniflanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
banklararo depozitlar va kreditlar, vakillik hisobvaraqlaridagi pul mablagʻlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
banklararo hisob-kitoblarda foydalaniladigan mablagʻlar va banklarga joylashtirilgan boshqa mablagʻlar, shu jumladan REPO bitimlari boʻyicha sotib olingan qimmatli qogʻozlar bilan taʼminlangan talablar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bankning kredit boʻyicha talablari, shu jumladan qarz, kredit, mikroqarz, mikrokredit, overdraft (mijozlarning depozit hisobvaraqlaridagi debet qoldigʻi), lizing, faktoring;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarz qimmatli qogʻozlariga qilingan investitsiyalar, shuningdek REPO bitimlari boʻyicha sotilgan qimmatli qogʻozlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan sotilgan aktivlar boʻyicha talablar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻlab berilgan boʻnaklar va debitorlik qarzdorliklari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
balansdan tashqari hisobvaraqlardagi majburiyatlarning, shu jumladan bank kafolati va akkreditivning bank tomonidan bajarilishi natijasida vujudga kelgan aktivlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kredit tavakkalchiligi mavjud boʻlgan balansdan tashqari hisobvaraqlar, shu jumladan foydalanilmagan kredit liniyalari, kafolatlar, chaqirib olinmaydigan majburiyatlar, savdoga oid moliyalashtirishlar (akkreditiv va boshqalar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur bandda belgilangan aktivlar boʻyicha olinishi lozim boʻlgan hisoblangan va (yoki) undirilmagan foizli va foizsiz daromadlar, jarima va penyalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kredit tavakkalchiligi mavjud boʻlgan boshqa aktivlar va balansdan tashqari hisobvaraqlar, bundan mazkur Nizomning 3-bandida belgilangan aktivlar mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagi aktivlarga nisbatan mazkur Nizom talablari qoʻllanilmaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy bankka va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga nisbatan toʻgʻridan-toʻgʻri talablarga, shu jumladan sotib olingan davlat qimmatli qogʻozlariga, basharti bank mazkur aktivlarning tasnifini 9-son MHXS talablariga muvofiq ushbu Nizom maqsadlarida qoʻllash boʻyicha qaror qabul qilmagan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bankning savdo portfeliga kiritilgan aktivlarga, shu jumladan foyda yoki zarar orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan aktivlarga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hosilaviy instrumentlarga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bankning nomoddiy aktivlariga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bankning moliyaviy va (yoki) moliyaviy boʻlmagan tashkilotlar ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlar va (yoki) aksiyalarga qilingan investitsiyalariga.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Bank aktivlari sifatiga koʻra “standart”, “substandart”, “qoniqarsiz”, “shubhali” va “umidsiz” toifalarga tasniflanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bank aktivlarini sifatiga koʻra tasniflashda obyektiv mezonlar va toʻlov ehtimoli pastligi mezonlaridan bir xil ustuvorlikda foydalaniladi, bundan boshqa banklar, nobank kredit tashkilotlari, sugʻurta tashkilotlari va lizing tashkilotlariga taqdim etilgan aktivlarni tasniflash mustasno. Bunda ushbu mezonlarga muvofiq aktiv sifati turli xil toifalarga mansub boʻlsa, aktiv sifatini tasniflashda eng past (yomon) toifa qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bank aktivlarni sifatiga koʻra tasniflashda oʻzining axborot tizimlari, kredit byurosi tomonidan taqdim etiladigan kredit hisoboti va boshqa rasmiy manbalardan olingan maʼlumotlardan foydalanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Toʻlov ehtimoli pastligini aniqlashda kamida ushbu Nizomda keltirilgan mezonlardan foydalaniladi. Bank aktivning toʻlov ehtimoli pastligini aniqlash maqsadlarida quyidagi mezonlarga qoʻshimcha ravishda ushbu Nizomning 1-ilovasida keltirilgan mezonlarni ham inobatga olishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarz oluvchining kredit tarixi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarz oluvchining faoliyatida va (yoki) u faoliyat yurituvchi sohada yuz bergan sezilarli oʻzgarishlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarz oluvchi faoliyatining moliyaviy tahlili;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarz oluvchining faoliyatiga taʼsir oʻtkazishi mumkin boʻlgan makroiqtisodiy koʻrsatkichlar hamda ushbu koʻrsatkichlar boʻyicha kutilmalar va (yoki) ssenariylar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2030-yil 1-yanvardan boshlab qoldiq summasi bank birinchi darajali kapitalining 5 foizi va undan yuqori boʻlgan aktiv taqdim etilgan yuridik shaxs boʻlgan qarz oluvchilarning toʻlov ehtimoli pastligini aniqlashda ushbu Nizomning 1-ilovasida keltirilgan mezonlar inobatga olinishi lozim, bundan tashkil etilganiga 15 oydan oshmagan yuridik shaxs boʻlgan qarz oluvchilar mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Aktivlar boʻyicha asosiy qarz, foizlar va (yoki) boshqa toʻlovlar boʻyicha qarz oluvchining muddati oʻtgan qarzdorliklari miqdori kichik miqdorga teng yoki undan kam boʻlganda, ushbu aktiv sifatining tasnifi pasaytirilishi talab etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kichik miqdor deganda jismoniy shaxsga, shu jumladan oʻzini oʻzi band qilgan shaxsga ajratilgan aktiv boʻyicha 100 000 soʻmdan, yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorga ajratilgan aktiv boʻyicha 1 000 000 soʻmdan koʻp boʻlmagan hamda aktivning jami qiymatining 1 foizidan oshmagan miqdor tushuniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Bank tomonidan qarz oluvchiga berilgan bir nechta aktivlar mavjud boʻlsa, bank oʻzi taqdim etgan aktivni mazkur bank tomonidan ushbu qarz oluvchiga berilgan barcha aktivlar ichida obyektiv va toʻlov ehtimoli pastligi mezonlari asosida eng past (yomonroq) toifada tasniflangan aktiv sifatidek tasniflashi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bank tomonidan oʻzaro aloqador qarz oluvchilarga berilgan aktivlar mavjud boʻlsa, ushbu qarz oluvchilardan biriga taqdim etilgan aktiv sifatining yomonlashuvi unga aloqador boʻlgan boshqa qarz oluvchilarga taqdim etilgan aktivlar sifatining tasnifini mazkur Nizomda belgilangan mezonlar asosida qayta koʻrib chiqish uchun asos boʻlib xizmat qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Aktiv sifatini tasniflash aktivning jami qiymati boʻyicha hamda kredit tavakkalchiligi mavjud boʻlgan balansdan tashqari hisobvaraqning chaqirib olinmaydigan qismining nominal qiymati boʻyicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Aktiv boʻyicha taqdim etilgan taʼminot hamda aktivning taʼminlanganlik darajasi ushbu aktiv sifatini tasniflashda yagona mezon sifatida inobatga olinmaydi. Bunda garov qiymati yoki garov likvidliligining pasayishi yoxud kafolat (kafillik) taqdim etuvchi shaxs moliyaviy holatining yomonlashuvi qarz oluvchining aktivni toʻliq va oʻz vaqtida qaytarish qobiliyatiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlsa, mazkur Nizom talablariga muvofiq toʻlov ehtimoli pastligi mezonlari asosida aktiv sifatiga nisbatan pastroq (yomonroq) toifa belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Aktiv sifatini tasniflash va uni bank balansida yoki balansdan tashqari hisobvaraqlarida aks ettirish bank hamda qarz oluvchi oʻrtasida tuzilgan shartnoma shartlarini oʻzgartirmaydi, shu jumladan shartnoma shartlariga muvofiq bank tomonidan asosiy qarz va unga hisoblangan foizlarni, shuningdek shartnoma shartlarini bajarmaganligi uchun jarima va penyalarni toʻliq miqdorda qarz oluvchidan undirish huquqini bekor qilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Bank hisobotlari uning aktivlari sifatining haqiqiy holatini aks ettirishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisobotlarning haqqoniy boʻlmasligi bank omonatchilari, kreditorlari va aksiyadorlari, shuningdek Markaziy bank va boshqa manfaatdor tomonlarni chalgʻitishga va yanglishtirishga urinish deb baholanadi hamda xavfsiz boʻlmagan, nosogʻlom bank amaliyoti deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Quyida keltirilgan omillardan hech boʻlmaganda bittasi mavjud boʻlishi Markaziy bank tomonidan bankning muayyan aktivlari sifatini salbiy deb tasniflash uchun asos boʻladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bankning kredit tavakkalchiligini boshqarish tizimi Markaziy bank talablariga nomuvofiq boʻlsa, shu jumladan uning ishonchliligi va samaradorligiga shubha boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bank aktivlarining, shu jumladan kredit (moliyalashtirish) portfeli umumiy holatining yomonlashuvi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bankda aktivlarni berishga doir yetarli tahlil mavjud emasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bankning maʼlum bir tarmoq va sohaga berilgan aktivlar konsentratsiyalashuvi natijasida zarar koʻrganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yirik aktivlarning toʻplanishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nomaqbul iqtisodiy yoʻnalish va sharoitlar, xususan, qarz oluvchilarning bir yoki bir necha sanoat tarmoqlari yoki hududda katta miqdorda toʻplanishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bank tomonidan taqdim etilgan hisobotni tahlil qilish yoki Markaziy bank tomonidan oʻtkazilgan inspeksiya tekshirishlari natijasida qarz oluvchining yoxud bankning moliyaviy ahvoliga taalluqli boshqa aniqlangan holatlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda Markaziy bank mazkur Nizom talablariga muvofiq bankdan ayrim aktivlar sifatining tasnifini va ular boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash uchun zaxiralarni qayta koʻrib chiqishni va (yoki) qoʻshimcha zaxiralar shakllantirishni talab qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Bank kuzatuv kengashi va boshqaruvi bank aktivlarining sifati toʻgʻri tasniflanishini va ular boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash uchun zaxiralarning yetarliligini taʼminlashi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Bank balansida va balansdan tashqari hisobvaraqlarida yuritilayotgan muammoli aktivlarning ulushi bank jami aktivlarining 10 foizidan ortiq boʻlsa, Markaziy bank tomonidan bank boshqaruvining malakasi Markaziy bank talablariga muvofiq emas deb topilishiga hamda bankning kuzatuv kengashi tomonidan bank faoliyati ustidan oʻrnatilgan nazorat yetarli emas deb hisoblanishiga asos boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Bank aktivlar sifatini tasniflash va ehtimoliy yoʻqotishlar uchun zaxiralar shakllantirish boʻyicha ichki hujjatlarni mazkur Nizom talablariga muvofiq ishlab chiqishi, tasdiqlashi hamda joriy etishi lozim. Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
obyektiv mezonlar hamda toʻlov ehtimoli pastligi mezonlarining amaliyotda qoʻllanishi, shu jumladan aktivlar sifati oʻz vaqtida va toʻgʻri tasniflanishi hamda ular boʻyicha yetarli zaxiralar shakllantirilishini taʼminlash uchun qoʻllaniluvchi avtomatlashtirilgan va inson aralashuviga asoslangan jarayonlar hujjatlashtirilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aktiv sifatining yomonlashuvi natijasida mazkur Nizom talablariga muvofiq uni yomonroq toifaga tasniflash hamda zaxiralarni shakllantirishda kechikishlarga yoʻl qoʻyilmasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aktivlar sifatini tasniflashda qoʻllaniluvchi mezonlar bank boshqaruvi va xodimlari uchun tushunarli boʻlishi hamda kamida mazkur Nizomda belgilangan mezonlar inobatga olinishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bankning ichki reytinglari, 9-son MHXS va mazkur Nizom talablariga muvofiq aktivlar sifatining tasnifi oʻrtasida imkon qadar izchillik va oʻzaro muvofiqlik taʼminlanishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarz oluvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ularga berilgan aktiv miqdori va risk-profiliga, shu jumladan aktiv sifatining tasnifiga mutanosib davriylikda va aktiv sifatiga taʼsir qilishi mumkin boʻlgan voqealar yuz berganda yangilanishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bankning axborot tizimlari mazkur Nizom talablari kechikishlarsiz va toʻgʻri bajarilishini taʼminlashi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Aktivlar sifatini tasniflash tizimi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Aktivlar sifatini tasniflash tizimiga doir umumiy talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Aktivlar sifatini tasniflash quyidagi jadvalga muvofiq obyektiv mezonlar va toʻlov ehtimoli pastligi mezonlari asosida amalga oshiriladi, bundan mazkur Nizomda belgilangan alohida holatlar mustasno:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tasnif guruhi
Obyektiv mezonlar
Toʻlov ehtimoli pastligi mezonlari
Standart
Asosiy qarz va (yoki) foizlar boʻyicha 30 kundan oshmagan muddati oʻtgan qarzdorlik mavjud boʻlsa
Mazkur Nizomning 17-bandida keltirilgan holatlar mavjud boʻlsa
Substandart
Asosiy qarz va (yoki) foizlar boʻyicha 31 kun va undan ortiq, biroq 90 kundan oshmagan muddati oʻtgan qarzdorlik mavjud boʻlsa
Mazkur Nizomning 18-bandida keltirilgan holatlar mavjud boʻlsa
Qoniqarsiz
Asosiy qarz va (yoki) foizlar boʻyicha 91 kun va undan ortiq, biroq 180 kundan oshmagan muddati oʻtgan qarzdorlik mavjud boʻlsa
Mazkur Nizomning 20-bandida keltirilgan holatlar mavjud boʻlsa
Shubhali
Asosiy qarz va (yoki) foizlar boʻyicha 181 kun va undan ortiq, biroq 365 kundan oshmagan muddati oʻtgan qarzdorlik mavjud boʻlsa
Mazkur Nizomning 22-bandida keltirilgan holatlar mavjud boʻlsa
Umidsiz
Asosiy qarz va (yoki) foizlar boʻyicha 366 kun va undan ortiq kunga muddati oʻtgan qarzdorlik mavjud boʻlsa
Mazkur Nizomning 24-bandida keltirilgan holatlar mavjud boʻlsa
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. Sifati “standart” deb tasniflangan aktivlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Asosiy qarz, foizlar va (yoki) boshqa toʻlovlar oʻz muddatida va toʻliq toʻlanishiga shubha tugʻdirmaydigan aktivlar sifati “standart” deb tasniflanadi. Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarz oluvchi yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkorning moliyaviy holati barqaror hamda moliyaviy koʻrsatkichlari bank ichki hujjatlariga muvofiq qoniqarli boʻlishi, qarzning (majburiyatlarning) qarz oluvchi aktivlari, kapitali va daromadiga nisbati bank ichki hujjatlariga muvofiq past boʻlishi, qarzni (majburiyatni) oʻz muddatida va toʻliq, shu jumladan u ifodalangan valyutada qaytarish uchun yetarli boʻlgan pul oqimlariga ega boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarz oluvchi jismoniy shaxsning, shu jumladan oʻzini oʻzi band qilgan shaxs hamda birgalikda qarz oluvchining qarz yuki (qarzning daromadga nisbati) koʻrsatkichi bank ichki hujjatlarida belgilangan mezonlarga muvofiq boʻlishi hamda daromadlari barcha mavjud majburiyatlarni oʻz muddatida va toʻliq qaytarish uchun barqaror va yetarli boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarz oluvchining kredit tarixi bank ichki hujjatlariga muvofiq ijobiy boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aktiv taʼminlangan boʻlsa, taʼminot, shu jumladan garov va kafolatga (kafillikka) doir taqdim etilayotgan barcha hujjatlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilishi, taʼminot sifati va qiymati qarzni qoplash uchun yetarli boʻlishi, taʼminot taqdim etuvchi shaxsning, shu jumladan kafilning moliyaviy holati barqaror boʻlishi, qarz oluvchi oʻz majburiyatlarini bajarmagan holatda bankning garovni soʻzsiz nazorat qilish va tasarruf eta olish huquqi va (yoki) bankda kafildan kafolat (kafillik) boʻyicha toʻlovni amalga oshirishni talab qilish huquqi boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-son MHXS talablariga muvofiq aktivning kredit tavakkalchiligi sezilarli darajada oshgan (2-bosqich) yoki qadrsizlangan (3-bosqich) boʻlmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-§. Sifati “substandart” deb tasniflangan aktivlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Qarz oluvchining moliyaviy holati barqaror hisoblansa, biroq uning faoliyatida yuzaga kelgan ayrim zaifliklar, salbiy holatlar yoki tendensiyalar oʻz vaqtida bartaraf etilmasligi kelgusida mazkur qarz oluvchining aktivni oʻz muddatida va toʻliq toʻlash qobiliyatiga salbiy taʼsir etsa, mazkur qarz oluvchiga taqdim etilgan aktiv sifati “substandart” deb tasniflanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyida keltirilgan omillardan hech boʻlmaganda bittasi mavjud boʻlsa, aktivlarning sifati “substandart” deb tasniflanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarz oluvchining moliyaviy holati yoki taʼminotni nazorat qilish borasida shubhalar boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kredit (moliyalashtirish) hujjatlari lozim darajada rasmiylashtirilmasa va buning oqibatida bankning kreditor sifatidagi huquqlarini amalga oshirish imkoniyati cheklanishi mumkin boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarz oluvchining pul oqimlari sekinlashuvi va (yoki) qarz oluvchi faoliyat yurituvchi tarmoq yoki bozor sharoitlarida kuzatilayotgan salbiy tendensiyalar uning moliyaviy holatiga salbiy taʼsir etishi mumkin boʻlsa, bunda qarz oluvchining joriy moliyaviy holati va kutilayotgan pul oqimlari aktivni oʻz muddatida va toʻliq qaytarish uchun yetarli deb baholansa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aktiv taʼminlangan boʻlsa, garov likvidliligi va (yoki) qiymatining pasayishiga yoki kafilning moliyaviy holati yomonlashuviga oid salbiy tendensiyalar paydo boʻlishi yoki bankning garovni monitoring qilish imkoniyati cheklangan boʻlishi natijasida aktivning toʻliq va oʻz vaqtida qaytarilishi borasida shubhalar boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarz oluvchining “Standard & Poorʼs”, “Fitch Ratings”, “Moodyʼs Investors Service” va (yoki) Markaziy bank tomonidan tan olinadigan boshqa reyting kompaniyalari tomonidan berilgan reyting baholari (agar mavjud boʻlsa) unga aktiv taqdim etilgan sanadagi reyting baholaridan mos ravishda ikki yoki undan ortiq darajaga pasaytirilgan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarz oluvchi aktiv boʻyicha shartnoma shartlarida nazarda tutilgan shartlarni (kovenantlarni) buzgan boʻlsa, biroq mazkur holat ushbu qarz oluvchining aktiv boʻyicha toʻlovlarni toʻliq va oʻz vaqtida amalga oshirish qobiliyatiga salbiy taʼsir etmasa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-son MHXS talablariga muvofiq aktiv boʻyicha kredit tavakkalchiligi sezilarli darajada oshgan (2-bosqich) boʻlsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. “Substandart” deb tasniflangan aktivning asosiy qarzi va (yoki) foizlari yoxud boshqa toʻlovlari boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorliklar toʻliq toʻlangandan soʻng 3 oydan kam boʻlmagan muddat oʻtishi va mazkur muddat davomida qaytarish jadvaliga asosan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1 oyda kamida bir marotaba toʻlanadigan aktivlar boʻyicha kamida ketma-ket 3 ta toʻlov;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1 oydan uzoqroq davriylikda toʻlanadigan aktivlar boʻyicha kamida 1 ta toʻlov oʻz vaqtida va toʻliq toʻlanganda hamda mazkur Nizomga muvofiq sifati “standart” deb tasniflangan aktivlarga doir talablarga mos boʻlsa, ushbu aktivning sifati “standart” deb qayta tasniflanishi mumkin (bundan restrukturizatsiya qilingan aktiv mustasno).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-§. Sifati “qoniqarsiz” deb tasniflangan aktivlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Quyida keltirilgan omillardan hech boʻlmaganda bittasi mavjud boʻlsa, aktivlarning sifati “qoniqarsiz” deb tasniflanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
asosiy toʻlov manbalari qarzni toʻlash uchun yetarli boʻlmasa, bunda qarzni toʻlash uchun aktiv boʻyicha taʼminotga qoʻyilgan mulkni va (yoki) qarz oluvchining boshqa asosiy vositalarini sotish yoxud qoʻshimcha toʻlov manbalarini topish talab etiladigan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarz oluvchining joriy moliyaviy holati yoki uning pul mablagʻlarining moʻljallanayotgan oqimi majburiyatlarni qoplash uchun yetarli boʻlmasa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarz oluvchi jismoniy shaxsning, shu jumladan oʻzini oʻzi band qilgan shaxsning qarz yuki (qarzning daromadga nisbati) koʻrsatkichi bank ichki hujjatlariga muvofiq boʻlmasa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarz oluvchining kapitali bank ichki hujjatlarida belgilangan talabdan past darajada boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarz oluvchining moliyaviy holatini toʻliq baholash uchun yetarli, ishonchli va oxirgi maʼlumot muntazam tarzda mavjud boʻlmasa va buning oqibatida bank aktiv boʻyicha kredit tavakkalchiligini lozim darajada baholay olmasa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aktiv taʼminlangan boʻlsa, taʼminot, shu jumladan garov va kafolatga (kafillikka) doir taqdim etilayotgan barcha hujjatlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilmasa, taʼminot sifati va qiymati qarzni qoplash uchun yetarli boʻlmasa, garov qiymati yoki likvidliligining pasayishi yoki kafolat (kafillik) taqdim etuvchi shaxsning moliyaviy holatining yomonlashuvi qarz oluvchining aktivni toʻliq va oʻz vaqtida qaytarish qobiliyatiga sezilarli darajada salbiy taʼsir koʻrsatsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarz oluvchi yuridik shaxs davlat soliq xizmati organlariga xodimlar soni boʻyicha nol koʻrsatkichli hisobot topshirgan boʻlsa, bundan tashkil etilganiga 15 oydan oshmagan yuridik shaxslar mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarz oluvchiga taqdim etilgan aktivlardan biri boshqa kreditorga sezilarli iqtisodiy yoʻqotishlar bilan sotilgan yoki hisobdan chiqarilgan boʻlsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Aktivning sifati “qoniqarsiz” deb tasniflangandan soʻng (bundan restrukturizatsiya qilingan aktiv mustasno) quyidagi barcha shartlar bajarilgan taqdirda, ushbu aktiv sifati mazkur Nizomga muvofiq “substandart” deb qayta tasniflanishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aktivning asosiy qarzi va (yoki) foizlari yoxud boshqa toʻlovlari boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorliklar toʻliq toʻlangandan soʻng 3 oydan kam boʻlmagan muddat oʻtishi va mazkur muddat davomida aktivni qaytarish jadvaliga asosan 1 oyda kamida bir marotaba toʻlanadigan aktivlar boʻyicha kamida ketma-ket 3 ta toʻlov yoki 1 oydan uzoqroq davriylikda toʻlanadigan aktivlar boʻyicha kamida 1 ta toʻlov oʻz vaqtida va toʻliq toʻlansa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-son MHXS talablariga muvofiq aktiv qadrsizlangan (3-bosqich) deb tasniflanmasa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarz oluvchining moliyaviy ahvoli aktiv boʻyicha asosiy qarz, foizlar va (yoki) boshqa toʻlovlarni toʻliq va oʻz vaqtida amalga oshirish uchun barqaror darajada yaxshilangan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aktiv sifati “qoniqarsiz” deb tasniflanishiga sabab boʻlgan omillar bartaraf etilgan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aktiv sifati “standart” yoki “substandart” deb tasniflangan aktivlarga doir talablarga mos boʻlsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-§. Sifati “shubhali” deb tasniflangan aktivlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Sifati “qoniqarsiz” deb tasniflangan aktivlarga xos barcha xususiyatlarga ega boʻlib, mavjud sharoitda toʻliq qaytarilishining ehtimoli sezilarli darajada pasaygan aktivlarning sifati “shubhali” deb tasniflanadi. Bunda yoʻqotishlar koʻrish ehtimoli yuqori boʻlgan, lekin ayrim ijobiy omillar mavjud boʻlgan aktivlar sifati sharoit oydinlashguncha “umidsiz” deb tasniflanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyida keltirilgan omillardan hech boʻlmaganda bittasi mavjud boʻlsa, aktivlarning sifati “shubhali” deb tasniflanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarz oluvchining moliyaviy holati sezilarli darajada yomonlashib, mavjud pul oqimlari aktiv boʻyicha majburiyatlarni toʻliq bajarish uchun yetarli boʻlmasa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarz oluvchining toʻlovga qobiliyatsizlikka uchrash ehtimoli yuqori boʻlsa yoki toʻlovga qobiliyatsizligi haqida ariza berilgan boʻlsa yoxud qarz oluvchiga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish yuritilayotgan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdorlik boʻyicha sudning hal qiluv qarori qabul qilinsa va (yoki) ijroga qaratilgan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aktiv taʼminlangan boʻlsa, garov qiymati yoki likvidliligining pasayishi yoxud kafilning moliyaviy holati yomonlashuvi aktivning toʻliq va oʻz vaqtida qaytarilishi ehtimolini sezilarli darajada pasaytirgan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aktivni qaytarish uchun garovni musodara qilish (sotish) zaruriyati vujudga kelsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarz oluvchining reyting baholari (agar mavjud boʻlsa) “CCC+”dan “C”gacha (“Standard & Poorʼs”, “Fitch Ratings”) va (yoki) “Caa1”dan “Ca”gacha (“Moodyʼs Investors Service”) va (yoki) Markaziy bank tomonidan tan olinadigan boshqa reyting kompaniyalarining ushbu reyting darajasida boʻlsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Aktivning sifati “shubhali” deb tasniflangandan soʻng (bundan restrukturizatsiya qilingan aktiv mustasno) ushbu aktiv sifati mazkur Nizomga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“qoniqarsiz” deb tasniflangan aktivlarga doir talablarga mos boʻlsa, mazkur aktiv sifati “qoniqarsiz”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur Nizomning 21-bandi talablariga mos boʻlsa, mazkur aktiv sifati “substandart” deb qayta tasniflanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-§. Sifati “umidsiz” deb tasniflangan aktivlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Quyida keltirilgan omillardan hech boʻlmaganda bittasi mavjud boʻlsa, aktivlarning sifati “umidsiz” deb tasniflanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarz oluvchi tomonidan qarzni toʻliq yoki qisman qaytarilishi boʻyicha bankning asosli kutilmalari mavjud boʻlmasa yoki aktiv qaytmasligidan dalolat beruvchi omillar mavjud boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarz oluvchining faoliyati tugatilgan (tugatilayotgan) boʻlsa va (yoki) qarz oluvchi sudning qaroriga asosan toʻlovga qobiliyatsiz deb topilgan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarz oluvchiga onlayn kredit frod holati natijasida rasmiylashtirilishi oqibatida mazkur qarz oluvchi jabrlanuvchi deb eʼtirof etilganligi toʻgʻrisidagi surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori yoki sudning ajrimi kelib tushsa. Bunda surishtiruv, dastlabki tergov natijalari yoki sudning qaroriga asosan frod holati yuz bermaganligi aniqlanganda onlayn kredit sifatining tasnifi mazkur Nizom talablariga muvofiq yaxshiroq toifaga oʻzgartirilishi mumkin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarz oluvchining reyting bahosi (agar mavjud boʻlsa) “D” (“Standard & Poorʼs”, “Fitch Ratings”) va (yoki) “C” (“Moodyʼs Investors Service”) va (yoki) Markaziy bank tomonidan tan olinadigan boshqa reyting kompaniyalarining ushbu reyting darajasida boʻlsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Aktivning sifati “umidsiz” deb tasniflangandan soʻng (bundan restrukturizatsiya qilingan aktiv mustasno) ushbu aktiv sifati mazkur Nizomga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sifati “shubhali” deb tasniflangan aktivlarga doir talablarga mos boʻlsa — aktiv sifati “shubhali”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sifati “qoniqarsiz” deb tasniflangan aktivlarga doir talablarga mos boʻlsa — aktiv sifati “qoniqarsiz”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur Nizomning 21-bandi talablariga mos boʻlsa, mazkur aktiv sifati “substandart” deb qayta tasniflanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. 9-son MHXS talablariga muvofiq qadrsizlangan (3-bosqich) aktivlarning sifati mazkur Nizom talablariga muvofiq “qoniqarsiz”, “shubhali” va “umidsiz” toifalaridan birida tasniflanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Banklar, nobank kredit tashkilotlari, sugʻurta tashkilotlari va lizing tashkilotlariga taqdim etilgan aktivlarni tasniflash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Bank tomonidan boshqa banklar, nobank kredit tashkilotlari, sugʻurta tashkilotlari va lizing tashkilotlariga taqdim etilgan aktivlar, shu jumladan vakillik hisobvaraqlari, banklararo depozitlar, kreditlar va boshqa talablarning sifati mazkur Nizomning 28-bandida belgilangan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
obyektiv mezonlar asosida tasniflanishi lozim;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻlov ehtimoli pastligi mezonlari asosida (obyektiv mezonlarga qoʻshimcha ravishda) tasniflanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Boshqa banklar, nobank kredit tashkilotlari, sugʻurta tashkilotlari va lizing tashkilotlariga taqdim etilgan aktivlar sifatining tasnifini baholashda inobatga olinuvchi mezonlar quyidagi jadvalda belgilangan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tasnif guruhi
Obyektiv mezonlar
Toʻlov ehtimoli pastligi mezonlari
Standart
asosiy qarz va (yoki) foizlar boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorlik mavjud boʻlmasa;
9-son MHXS talablariga muvofiq kredit tavakkalchiligi sezilarli darajada oshgan (2-bosqich) yoki qadrsizlangan (3-bosqich) aktiv boʻlmasa.
oʻtgan moliyaviy yil uchun rentabellik koʻrsatkichi ijobiy boʻlsa;
vakolatli nazorat organi tomonidan belgilangan prudensial talablarga muvofiq boʻlsa;
moliyaviy hisobot (mutlaq va nisbiy) koʻrsatkichlari dinamikasi hech qanday ogohlantiruvchi belgilarni koʻrsatmasa;
auditorlik xulosasida izohlar mavjud boʻlmasa yoki salbiy fikr bildirilmagan boʻlsa.
Substandart
asosiy qarz va (yoki) foizlarni qaytarish 3 kundan oshmagan muddatga kechiktirilsa;
kontragentning “Standard & Poorʼs”, “Fitch Ratings”, “Moodyʼs Investors Service” yoki Markaziy bank tomonidan tan olinadigan boshqa reyting kompaniyalari tomonidan berilgan reyting baholari (agar mavjud boʻlsa) unga aktiv taqdim etilgan sanadagi reyting baholaridan mos ravishda ikki yoki undan ortiq darajaga pasaytirilgan boʻlsa;
9-son MHXS talablariga muvofiq aktiv boʻyicha kredit tavakkalchiligi sezilarli darajada oshgan (2-bosqich) boʻlsa.
oʻtgan moliyaviy yil uchun rentabellik koʻrsatkichi ijobiy boʻlsa;
vakolatli nazorat organi tomonidan belgilangan prudensial talablarga muvofiq boʻlsa;
moliyaviy hisobot (mutlaq va nisbiy) koʻrsatkichlari dinamikasi hech qanday ogohlantiruvchi belgilarni koʻrsatmasa;
auditorlik xulosasida izohlar mavjud boʻlmasa yoki salbiy fikr bildirilmagan boʻlsa.
Qoniqarsiz
asosiy qarz va (yoki) foizlarni qaytarish 4 kun va undan ortiq, lekin 10 kundan oshmagan muddatga kechiktirilsa;
9-son MHXS talablariga muvofiq qadrsizlangan (3-bosqich) deb tasniflangan aktiv boʻlsa.
vakolatli nazorat organi tomonidan belgilangan kapital monandligi va likvidlilik koeffitsiyentlariga doir talablarga muvofiq boʻlsa, biroq boshqa prudensial talab(lar)ga muvofiq boʻlmasa;
moliyaviy hisobot (mutlaq va nisbiy) koʻrsatkichlari dinamikasi baʼzi ogohlantiruvchi belgilarni koʻrsatsa;
auditorlik xulosasida izohlar mavjud boʻlsa yoki salbiy fikr bildirilgan boʻlsa.
Shubhali
asosiy qarz va (yoki) foizlarni qaytarish 11 kun va undan ortiq, lekin 30 kundan oshmagan muddatga kechiktirilsa;
9-son MHXS talablariga muvofiq qadrsizlangan (3-bosqich) deb tasniflangan aktiv boʻlsa;
kontragentning reyting baholari (agar mavjud boʻlsa) “CCC+”dan “C”gacha (“Standard & Poorʼs”, “Fitch Ratings”) va (yoki) “Caa1”dan “Ca”gacha (“Moodyʼs Investors Service”) va (yoki) Markaziy bank tomonidan tan olinadigan boshqa reyting kompaniyalarining ushbu reyting darajasida boʻlsa.
oʻtgan moliyaviy yil uchun rentabellik koʻrsatkichi salbiy boʻlsa;
vakolatli nazorat organi tomonidan belgilangan kapital monandligi koeffitsiyentlariga doir talablarga muvofiq boʻlsa, biroq likvidlilik koeffitsiyentlari va boshqa prudensial talab(lar)ga muvofiq boʻlmasa;
moliyaviy hisobot (mutlaq va nisbiy) koʻrsatkichlari dinamikasi qarz oluvchining moliyaviy holati yaqqol yomonlashganini koʻrsatsa;
auditorlik xulosasida izohlar mavjud boʻlsa yoki salbiy fikr bildirilgan boʻlsa.
Umidsiz
asosiy qarz va (yoki) foizlarni qaytarish 31 kun va undan ortiq muddatga kechiktirilsa va (yoki) bank, nobank kredit tashkiloti, sugʻurta tashkiloti va lizing tashkilotining litsenziyasi bekor qilingan yoki boshqa tartibda tugatish boʻyicha ishlar boshlangan boʻlsa;
9-son MHXS talablariga muvofiq qadrsizlangan (3-bosqich) deb tasniflangan aktiv boʻlsa;
kontragentning reyting bahosi (agar mavjud boʻlsa) “D” (“Standard & Poorʼs”, “Fitch Ratings”) va (yoki) “C” (“Moodyʼs Investors Service”) va (yoki) Markaziy bank tomonidan tan olinadigan boshqa reyting kompaniyalarining ushbu reyting darajasida boʻlsa.
oʻtgan moliyaviy yil uchun rentabellik koʻrsatkichi salbiy boʻlsa;
vakolatli nazorat organi tomonidan belgilangan kapital monandligi va likvidlilik koeffitsiyentlariga doir talablarga muvofiq boʻlmasa;
moliyaviy hisobot (mutlaq va nisbiy) koʻrsatkichlari dinamikasi qarzdorning moliyaviy holati yaqqol yomonlashganini koʻrsatsa;
auditorlik tashkiloti auditorlik xulosasini berishdan bosh tortsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Bank aktivlari joylashtirilgan banklar, nobank kredit tashkilotlari, sugʻurta tashkilotlari va lizing tashkilotlari “Standard & Poorʼs”, “Fitch Ratings”, “Moodyʼs Investors Service” hamda Markaziy bank tomonidan belgilanadigan boshqa reyting kompaniyalarining bir nechtasi tomonidan berilgan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkita reyting bahosiga ega boʻlganda mazkur reyting baholarining pastrogʻi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchta yoki undan ortiq reyting bahosiga ega boʻlganda — ikkita eng yuqori reyting bahosidan pastrogʻi ushbu Nizom hisob-kitoblarida hisobga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Investitsiyalarni tasniflash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Qarz munosabatlarini tasdiqlovchi qimmatli qogʻozlar sifatining tasnifi ushbu qimmatli qogʻozlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bank, nobank kredit tashkiloti, sugʻurta tashkiloti va lizing tashkiloti boʻlmagan yuridik shaxslar tomonidan chiqarilgan boʻlsa — mazkur Nizomning 2-bobiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bank, nobank kredit tashkiloti, sugʻurta tashkiloti va lizing tashkiloti tomonidan chiqarilgan boʻlsa — mazkur Nizomning 3-bobiga muvofiq belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. “Standard & Poorʼs”, “Fitch Ratings”, “Moodyʼs Investors Service” yoki Markaziy bank tomonidan tan olinadigan boshqa reyting kompaniyalari tomonidan berilgan reyting bahosiga ega boʻlgan qarz munosabatlarini tasdiqlovchi qimmatli qogʻozlarning reyting bahosi ikki yoki undan ortiq darajaga pasaytirilgan boʻlsa, mazkur qimmatli qogʻozlar sifatining tasnifi kamida “substandart” deb tasniflanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Bank oʻzida mavjud qarz munosabatlarini tasdiqlovchi qimmatli qogʻozlar emitentining moliyaviy holatini har chorakda kamida bir marotaba, shuningdek emitentning moliyaviy holatiga taʼsir qiluvchi muhim hodisalar yuzaga kelganda qayta baholashi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Kredit tavakkalchiligi mavjud boʻlgan balansdan tashqari hisobvaraqlarni tasniflash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Kredit tavakkalchiligi mavjud balansdan tashqari hisobvaraqlar bank tomonidan chaqirib olinadigan majburiyatlar hisoblansa, mazkur hisobvaraqlar sifatining toifasi “standart” deb tasniflanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Kredit tavakkalchiligi mavjud boʻlgan, biroq chaqirib olinadigan majburiyat hisoblanmaydigan balansdan tashqari hisobvaraqlar sifatining tasnifi mazkur Nizomga muvofiq obyektiv va toʻlov ehtimoli pastligi mezonlari asosida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Quyidagi holatlardan biri mavjud boʻlganda bank kafolati va akkreditivning sifati “umidsiz” deb tasniflanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
berilgan kafolat va (yoki) akkreditiv boʻyicha majburiyatni bank tomonidan bajarish holatlarining yuzaga kelishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
prinsipialning kredit yoki boshqa qarzlari boʻyicha toʻlovlarning oʻz vaqtida amalga oshirilmaganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Restrukturizatsiya qilingan aktivlar sifatini tasniflash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Aktivlarni restrukturizatsiya qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Bank tomonidan moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan yoki moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelishi ehtimoli mavjud boʻlgan qarz oluvchiga berilgan aktiv boʻyicha mazkur Nizomda nazarda tutilgan yengillik taqdim etilsa, bunday aktiv restrukturizatsiya qilingan aktiv hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelmagan yoki moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelishi ehtimoli mavjud boʻlmagan qarz oluvchiga berilgan aktiv boʻyicha yengillik taqdim etilishi (bundan mazkur Nizomning 43-bandi toʻqqizinchi — oʻn ikkinchi xatboshilarida belgilangan yengilliklar mustasno), shu jumladan bunday qarz oluvchiga berilgan aktiv qayta moliyalashtirilishi restrukturizatsiya chorasi hisoblanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Aktiv boʻyicha shartnoma shartlariga mazkur Nizomning 43-bandi toʻqqizinchi — oʻn ikkinchi xatboshilarida belgilangan oʻzgartirishlar kiritilsa, bunday qarz oluvchilar moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan yoki moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelishi ehtimoli mavjud boʻlgan deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Aktiv boʻyicha restrukturizatsiya choralari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aktiv sifatining haqiqiy tasnifini yashirish hamda ushbu aktiv boʻyicha zararlar tan olinishini kechiktirish maqsadida qoʻllanilmasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarz oluvchining restrukturizatsiyadan soʻng aktivni toʻliq va oʻz vaqtida qaytarish qobiliyati moliyaviy tahlil, pul oqimlari prognozi va tegishli hujjatlar asosida tasdiqlangan hollarda qoʻllanilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Aktivni (aktivlarni) restrukturizatsiya qilish toʻgʻrisidagi qaror bankning tegishli vakolatli organi tomonidan lozim darajadagi tahlil asosida qabul qilinishi, ushbu qaror bank ichki hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilishi hamda ushbu qarorga tasdiqlovchi hujjatlar va tahliliy maʼlumotlar ilova qilinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarz oluvchiga berilgan hamda jami qoldiq summasi bank birinchi darajali kapitalining 10 foizi va undan yuqori boʻlgan aktivni (aktivlarni) restrukturizatsiya qilish toʻgʻrisidagi qaror bank kuzatuv kengashi tomonidan qabul qilinadi. Bunda quyida keltirilgan va tegishli tartibda hujjatlashtirilgan maʼlumotlar mavjud boʻlishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aktivni restrukturizatsiya qilishning asoslari (sabablari), shu jumladan qarz oluvchining moliyaviy holatiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi omillar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarz oluvchi moliyaviy holatining batafsil tahlili, shu jumladan restrukturizatsiyadan soʻng yangi shartnoma shartlariga muvofiq qarz oluvchining toʻlovga layoqatliligi, shuningdek iqtisodiy holat, tarmoq tendensiyasi va istiqbolini inobatga olgan holda qarz oluvchining moliyaviy holati prognozi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy valyutada berilgan aktiv boʻlsa, valyuta kursining ehtimoliy sezilarli qadrsizlanishi holatida restrukturizatsiya qilingan aktivni soʻndirish uchun qarz oluvchi pul oqimlarining yetarliligi va barqarorligi tahlili;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aktiv boʻyicha avval taqdim etilgan yengilliklarning mavjudligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangi shartnoma shartlarining dastlabki shartnoma shartlaridan asosiy farqlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. Qarz oluvchining moliyaviy qiyinchiliklarini aniqlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Quyida keltirilgan holatlardan hech boʻlmaganda bittasi mavjud boʻlsa, qarz oluvchi moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan yoki moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelishi ehtimoli mavjud boʻlgan deb hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yengillik taqdim etish sanasida qarz oluvchida bank va (yoki) boshqa kredit tashkiloti tomonidan berilgan aktiv (aktivlar) boʻyicha 30 kun va undan ortiq muddati oʻtgan qarzdorlik mavjudligi, bundan muddati oʻtgan qarzdorlik miqdori kichik miqdorga teng yoki undan kam boʻlgan holatlar mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bank tomonidan qarz oluvchiga berilgan aktiv sifati yengillik taqdim etish sanasida ushbu Nizomga muvofiq “substandart” yoki undan yomonroq toifada yoxud 9-son MHXS talablariga muvofiq kredit tavakkalchiligi sezilarli darajada oshgan (2-bosqich) yoki qadrsizlangan (3-bosqich) aktiv sifatida tasniflanishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarz oluvchida soʻnggi 6 oy ichida umumiy hisobda 60 kun va undan ortiq muddati oʻtgan qarzdorlik mavjudligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bank tomonidan yengillik taqdim etilmagan taqdirda qarz oluvchi keyingi 6 oy ichida oʻzining moliyaviy majburiyatlarini bajarmasligi yoki lozim darajada bajara olmasligi ehtimolining mavjudligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bankning ichki kredit reyting tizimiga muvofiq (agar mavjud boʻlsa) soʻnggi 6 oy ichida qarz oluvchining toʻlovga layoqatsizlikka uchrash ehtimoli oshganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarz oluvchi tomonidan bank bilan tuzilgan shartnomada belgilangan shartlarga (kovenantlarga) rioya etilmasligi natijasida bankda qarz oluvchidan aktivni muddatidan oldin soʻndirishni talab qilish huquqi vujudga kelganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarz oluvchining moliyaviy holatiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi muhim hodisalar yuz bergan boʻlsa, shu jumladan qarz oluvchining qimmatli qogʻozlari xorijiy va (yoki) mahalliy uyushgan (tartibga solinadigan) moliya bozorida savdo qilishga ruxsat etilgan listing roʻyxatidan listing talablariga nomuvofiqlik yoki moliyaviy sabablar tufayli chiqarilishi yoki chiqarilish jarayonida boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bankning ichki hujjatlariga muvofiq qarz oluvchi moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelganligini yoki moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelishi ehtimoli mavjud ekanligini ifodalovchi boshqa holatlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-§. Yengillik va uning turlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Oʻzgartirish kiritilganidan keyingi (yangi) shartnoma shartlari hamda oʻzgartirish kiritilguniga qadar (avvalgi) shartnoma shartlari oʻrtasida farq(lar) mavjud boʻlib, u(lar) aktiv qarz oluvchiga qulay shartlar asosida taqdim etilishini nazarda tutsa, bunday holatlar yengillik sifatida baholanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Aktiv boʻyicha shartnoma shartlariga kiritilgan quyidagi oʻzgartirishlar yengillik sifatida baholanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aktiv boʻyicha toʻlovlar, jumladan asosiy qarz, foiz va (yoki) boshqa toʻlovlarni toʻlash muddati uzaytirilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
asosiy qarz, foiz va (yoki) boshqa toʻlovlar boʻyicha imtiyozli davr taqdim etilishi va (yoki) uzaytirilishi, shu jumladan aktiv boʻyicha asosiy qarz va foizlar toʻlovi maʼlum muddat oraligʻida faqat foiz toʻlanadigan shaklga oʻzgartirilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foiz stavkasining pasaytirilishi, bundan shartnomada belgilangan oʻzgaruvchan foiz stavkasi pasayishi munosabati bilan foiz stavkasining pasaytirilishi mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aktiv valyutasi oʻzgartirilishi, bundan kredit valyutasi xorijiydan milliy valyutaga oʻzgartirilganda kredit boʻyicha foiz stavkasi Markaziy bankning asosiy stavkasi + 2 foiz banddan kam boʻlmagan holatlar mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
garovga qoʻyilgan mol-mulklarning qisman yoki toʻliq garovdan chiqarilishi yoki taʼminot darajasining pasaytirilishi, bundan mazkur Nizomning 44-bandi uchinchi xatboshisida keltirilgan holatlar mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aktivning qarz oluvchi aksiyalariga (ulushlariga) konvertatsiya qilinishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aktivning qayta moliyalashtirilishi. Bunda qayta moliyalashtirilgan aktiv deb qayta moliyalashtirish doirasida qarz oluvchiga berilgan yangi aktiv hamda mazkur aktiv hisobidan qisman soʻndirilgan amaldagi aktiv hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻlanishi lozim boʻlgan foiz va (yoki) boshqa toʻlovlarning kapitalizatsiya qilinishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
asosiy qarz, foizlar va (yoki) boshqa toʻlovlarning bir qismi yoki barchasidan voz kechilishi, bundan aktivning foydalanilmagan qismi kamaytirilishi mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
garovga qoʻyilgan mol-mulkni bank balansiga qabul qilish evaziga aktiv boʻyicha toʻlovlardan qisman voz kechilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarz oluvchining boshqa qarz oluvchiga oʻzgartirilishi, bundan vafot etgan qarz oluvchining majburiyati uning huquqiy vorisiga oʻtishi mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-§. Restrukturizatsiya sifatida baholanmaydigan holatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Qarz oluvchining moliyaviy ahvolidan qatʼi nazar, aktiv boʻyicha shartnoma shartlariga kiritilgan quyidagi oʻzgartirishlar restrukturizatsiya sifatida baholanmaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aktivni qaytarish jadvalida asosiy qarz, foizlar va (yoki) boshqa toʻlovlar toʻlanadigan oy ichida toʻlov sanasining oʻzgartirilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼminot turining oʻsha sifatdagi (likvidlilik, qiymat) yoki yuqoriroq sifatdagi taʼminot turiga oʻzgartirilishi, garovga qoʻyilgan mol-mulklarning qisman yoki toʻliq garovdan chiqarilishi yoxud kreditning taʼminlanganlik darajasining pasaytirilishi, bunda kreditning garovga nisbati koʻrsatkichi bankning ichki hujjatlarida belgilangan chegaraga teng va (yoki) undan yuqori boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-§. Restrukturizatsiya qilingan aktivlarni tasniflash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Bank restrukturizatsiya qilingan aktivlarni sifatiga koʻra tasniflashda mazkur Nizomga muvofiq toʻlov ehtimoli pastligi mezonlari hamda ushbu Nizomning 54-bandida belgilangan obyektiv mezonlardan foydalanadi. Bunda mazkur paragrafda restrukturizatsiya qilingan aktivlarni sifatiga koʻra tasniflashga oid alohida tartib belgilangan boʻlsa, mazkur tartib qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aktiv boʻyicha restrukturizatsiya chorasi qoʻllanilgan paytda ushbu aktiv sifati:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yaxshiroq toifada tasniflanishi mumkin emas;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yomonroq toifada tasniflanmasligi mumkin (bundan restrukturizatsiyaga qadar sifati “standart” deb tasniflangan aktivlar mustasno), basharti ushbu aktiv sifati mazkur Nizomga muvofiq yomonroq toifaga mos boʻlmasa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Sifati “standart” deb tasniflangan aktiv boʻyicha restrukturizatsiya chorasi qoʻllanilsa, ushbu aktivning toifasi kamida “substandart” deb tasniflanishi lozim. Bunda mazkur Nizomning 58-bandiga muvofiq aktiv boʻyicha toʻlovlar muddatini kechiktirish yoki uzaytirish holatlari inobatga olinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Sifati “substandart”, “qoniqarsiz” va “shubhali” deb tasniflangan aktiv boʻyicha restrukturizatsiya chorasi qoʻllanilsa, bank restrukturizatsiya qilingan aktiv sifatini mazkur Nizomda belgilangan mezonlar asosida qayta baholashi hamda uning sifati yomonroq toifaga mos kelsa, mazkur aktiv sifatining toifasini yomonroq toifaga oʻzgartirishi lozim. Bunda mazkur Nizomning 58-bandiga muvofiq aktiv boʻyicha toʻlovlar muddatini kechiktirish yoki uzaytirish holatlari inobatga olinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Restrukturizatsiya qilingan aktiv toifasi quyidagi holatlarda kamida “qoniqarsiz” deb tasniflanishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
asosiy qarz, foiz va (yoki) boshqa toʻlovlar boʻyicha qoʻshimcha yoki yangi imtiyozli davr 24 oydan oshgan muddatga taqdim etilgan boʻlsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49. Aktiv boʻyicha restrukturizatsiya chorasi (bundan mazkur Nizomning 58-bandiga muvofiq aktiv boʻyicha toʻlovlar muddatini kechiktirish yoki uzaytirish holatlari mustasno) qoʻllanilgandan soʻng quyidagi barcha shartlar bajarilganda mazkur aktivning sifati yaxshilab borilishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sinov davri davomida restrukturizatsiya qilingan aktiv boʻyicha asosiy qarz, foiz va (yoki) boshqa toʻlovlar yangilangan (oʻzgartirilgan) qaytarish jadvaliga muvofiq oʻz vaqtida, toʻliq va kamida ketma-ket 3 marotaba toʻlansa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
asosiy qarz va (yoki) foizlar boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorlik toʻliq toʻlansa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
restrukturizatsiya qilingan aktiv sifati mazkur Nizomga muvofiq yaxshiroq aktiv talablariga muvofiq boʻlsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Restrukturizatsiya qilingan aktiv sifati “qoniqarsiz” deb tasniflangandan soʻng quyidagi barcha shartlar bajarilgan taqdirda, ushbu aktiv sifati “substandart” deb tasniflanishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-son MHXS talablariga muvofiq aktiv qadrsizlangan (3-bosqich) deb tasniflanmasa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarz oluvchining moliyaviy ahvoli aktiv boʻyicha asosiy qarz, foizlar va (yoki) boshqa toʻlovlarni toʻliq va oʻz vaqtida amalga oshirish uchun yetarli darajada yaxshilangan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aktiv sifati “qoniqarsiz” deb tasniflanishiga sabab boʻlgan omillar bartaraf etilgan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sifati “standart” yoki “substandart” deb tasniflangan aktivlarga doir talablarga mos boʻlsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sinov davri yangilangan (oʻzgartirilgan) qaytarish jadvaliga asosan imtiyozli davr tugaganidan soʻng (agar mavjud boʻlsa) birinchi toʻlovni amalga oshirish kunidan boshlanadi hamda restrukturizatsiya chorasini qoʻllash paytida sifati “substandart” deb tasniflangan aktivlar boʻyicha kamida 6 oyni hamda “qoniqarsiz”, “shubhali” va “umidsiz” deb tasniflangan aktivlar boʻyicha kamida 12 oyni tashkil qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda restrukturizatsiya qilingan aktiv boʻyicha sinov davri ushbu aktiv boʻyicha qoʻshimcha restrukturizatsiya chorasi qoʻllanilgan sanadan boshlab qayta boshlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50. Sinov davri mazkur Nizomning 49-bandida belgilangan talablarga muvofiq boʻlmasa, restrukturizatsiya qilingan aktiv sifatining tasnifi yaxshilanmaydi hamda mazkur aktiv restrukturizatsiya qilingan aktiv toifasidan chiqarilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51. Restrukturizatsiya qilingan aktiv sifatining toifasi bir vaqtning oʻzida ikki yoki undan ortiq toifaga yaxshilanishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
52. Aktiv boʻyicha:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soʻnggi 12 oy davomida ikki marotaba restrukturizatsiya choralari qoʻllanilgan boʻlsa, ushbu aktiv sifatining tasnifi kamida bir toifaga pasaytirilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soʻnggi 36 oy davomida kamida uch marotaba restrukturizatsiya choralari qoʻllanilgan boʻlsa, ushbu aktivning sifati “umidsiz” deb tasniflanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda mazkur Nizomning 58-bandiga muvofiq aktiv boʻyicha toʻlovlar muddatini kechiktirish yoki uzaytirish holatlari inobatga olinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
53. Sinov davri mobaynida restrukturizatsiya qilingan aktiv boʻyicha yangilangan (oʻzgartirilgan) qaytarish jadvaliga muvofiq 31 kun yoki undan ortiq muddati oʻtgan qarzdorlik yuzaga kelgan taqdirda, sinov davri ushbu qarzdorlik yuzaga kelgan sanadan boshlab toʻxtatiladi. Qarz oluvchi mazkur qaytarish jadvaliga muvofiq asosiy qarz, foiz va (yoki) boshqa toʻlovlarni oʻz vaqtida va toʻliq amalga oshirishni boshlaganidan soʻng yangi sinov davri (boshidan) boshlanadi. Bunda ushbu aktiv boʻyicha avvalgi sinov davrida oʻtgan vaqt yangi sinov davrida hisobga olinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
54. Restrukturizatsiya qilingan aktivlar obyektiv mezonlar asosida quyidagi jadvalga muvofiq tasniflanadi, bundan ushbu Nizomga muvofiq restrukturizatsiya qilingan aktiv sifati yomonroq toifada tasniflanishi lozim boʻlgan holatlar mustasno:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Restrukturizatsiya chorasi qoʻllanilgan sanada aktiv sifatining toifasi
Restrukturizatsiya chorasi qoʻllanilgandan soʻng muddati oʻtgan qarzdorlik mavjud boʻlgan kunlar soni
31 — 90 kun
91 — 180 kun
181 — 365 kun
366 kun va undan ortiq
Substandart
Substandart
Qoniqarsiz
Shubhali
Umidsiz
Qoniqarsiz
Qoniqarsiz
Shubhali
Umidsiz
Umidsiz
Shubhali
Shubhali
Umidsiz
Umidsiz
Umidsiz
Umidsiz
Umidsiz
Umidsiz
Umidsiz
Umidsiz
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
55. Mazkur Nizomning 54-bandida belgilangan obyektiv mezonlar ushbu Nizomning 58-bandiga muvofiq toʻlovlar muddati kechiktirilgan yoki uzaytirilgan aktivlarga nisbatan qoʻllanilganda muddati oʻtgan qarzdorlik mavjud boʻlgan kunlar sonining hisobi kechiktirilgan yoki uzaytirilgan muddat tugagan sanadan boshlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
56. Restrukturizatsiya qilingan aktiv quyidagi barcha shartlarga muvofiq boʻlsa, bunday aktiv restrukturizatsiya qilingan aktiv deb hisoblanishi toʻxtatiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sinov davri davomida asosiy qarz, foiz va (yoki) boshqa toʻlovlar yangilangan (oʻzgartirilgan) qaytarish jadvaliga muvofiq oʻz vaqtida va toʻliq toʻlansa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarz oluvchining moliyaviy holati tahliliga asosan uning moliyaviy qiyinchiliklari bartaraf etilgan hamda mazkur tahlil hujjatlashtirilgan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarz oluvchining bank yoki boshqa kredit tashkiloti oldida 30 kundan oshgan, miqdori kichik miqdordan katta boʻlgan muddati oʻtgan qarzdorligi mavjud boʻlmasa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
57. Aktiv ushbu Nizomning 39 va 40-bandlari talablariga rioya qilinmasdan restrukturizatsiya qilingan boʻlsa, shu jumladan qarz oluvchining yangi (oʻzgartirilgan) shartnoma shartlariga muvofiq toʻlovlarni amalga oshira olish qobiliyatini tasdiqlovchi dalillar mavjud boʻlmasa va (yoki) restrukturizatsiya chorasi aktiv sifatini yomonroq toifada tasniflamaslik uchun amalga oshirilgan boʻlsa, Markaziy bank bankdan ushbu aktiv sifatini restrukturizatsiya chorasiga qadar tuzilgan avvalgi qaytarish jadvaliga asosan qayta tasniflashni talab qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-§. Muayyan hollarda toʻlovlar muddati kechiktirilgan yoki uzaytirilgan aktivlar sifatini tasniflash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
58. Jismoniy shaxs boʻlgan qarz oluvchining murojaatiga koʻra bank tomonidan aktiv shartnomasi muddati mobaynida toʻlovlar muddati birinchi marotaba quyidagi holatlar natijasida kechiktirilganda yoki uzaytirilganda aktiv tasnifi yomonroq toifaga oʻzgartirilmasligi, mazkur chora restrukturizatsiya chorasi sifatida baholanmasligi hamda ushbu Nizomga muvofiq restrukturizatsiya qilingan aktivlarni tasniflashga oid qoidalar qoʻllanilmasligi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarz oluvchining 2 oydan ortiq davr mobaynida vaqtincha mehnatga layoqatsiz boʻlib qolishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarz oluvchining mehnat shartnomasi bekor qilinishi va ish qidirayotgan shaxs sifatida tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlarida roʻyxatga olinishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarz oluvchining birgalikda qarz oluvchisi va (yoki) kafili boʻlgan turmush oʻrtogʻi vafot etishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I yoki II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar qarz oluvchining qaramogʻiga olinishi yoki uning qaramogʻidagi I yoki II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar sonining ortishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarz oluvchiga nisbatan nogironlikning I yoki II guruhi belgilanishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy shaxs boʻlgan qarz oluvchining sogʻligʻiga zarar yetishiga, jiddiy moddiy talafotlarga hamda uning hayot faoliyati sharoitlari buzilishiga olib kelishi mumkin boʻlgan yoki olib kelgan tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning yuzaga kelishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarz oluvchining homiladorlik va tugʻish taʼtiliga chiqishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda mazkur bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan holatlar yuzasidan qarz oluvchi tomonidan aktiv shartnomasi boʻyicha toʻlovlar muddatini kechiktirish yoki uzaytirish toʻgʻrisida bankka murojaat qilinganda mazkur murojaat sanasidan oldingi 2 oy davomida qarz oluvchining oʻrtacha oylik daromadlari soʻnggi 12 oy ichidagi oʻrtacha oylik daromadlariga nisbatan kamida 30 foizga kamaygan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur bandning ikkinchi — yettinchi xatboshilarida belgilangan holatlar qarz oluvchi aktiv shartnomasi boʻyicha toʻlovlar muddatini kechiktirish yoki uzaytirish yuzasidan bankka murojaat qilgan sanadan oldingi 4 oy ichida roʻy bergan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aktiv tasnifi oʻzgartirilmasligi uchun aktiv shartnomasi boʻyicha toʻlovlar mazkur bandning:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sakkizinchi xatboshisida belgilangan holatda 10 oydan koʻp boʻlmagan muddatga kechiktirilgan yoki uzaytirilgan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bank qarz oluvchining murojaatiga koʻra aktiv shartnomasi boʻyicha toʻlovlar muddatini kechiktirish yoki uzaytirishda qarz oluvchi tomonidan taqdim etilgan tasdiqlovchi hujjatlardan yoki boshqa maʼlumotlardan foydalanishi mumkin. Bunda bank mazkur maʼlumotlarning haqqoniyligini tekshirish choralarini koʻrishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
59. Restrukturizatsiya qilingan aktivlar hamda mazkur Nizomning 58-bandida belgilangan toʻlovlar muddati birinchi marotaba kechiktirilgan yoki uzaytirilgan aktivlar hisobi alohida yuritilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
60. Qonunchilik hujjatlari bilan favqulodda vaziyatlarning oldini olish yoki ularning oqibatlarini bartaraf etish, yuqumli va parazitar kasalliklar tarqalishining oldini olishga qaratilgan cheklovchi tadbirlar (karantin) belgilanishi natijasida qarz oluvchi tomonidan bank oldidagi majburiyatni bajarish yoki lozim darajada bajarish imkoniyati boʻlmaganda, aktivlar sifatini tasniflash, zaxira yaratish va restrukturizatsiya qilingan aktiv deb hisoblamaslik Markaziy bank tomonidan belgilanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. “Foizlarni oʻstirmaslik” maqomidagi aktivni hisobga olish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
61. 2028-yil 1-yanvardan boshlab muammoli deb tasniflangan aktivlarga mazkur Nizom maqsadlarida “foizlarni oʻstirmaslik” maqomi beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aktivga “foizlarni oʻstirmaslik” maqomi berilganidan soʻng barcha hisoblangan, lekin olinmagan foizli va boshqa daromadlar teskari buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshirilgan holda, balansdan tashqari hisobvaraqlarga oʻtkaziladi. Foizli va boshqa daromadlar balansdan tashqari hisobvaraqlarga oʻtkazilganidan soʻng keyingi foizlar (daromadlar) hisoblanishi faqat mazkur hisobvaraqlarda kredit shartnomasida belgilangan muddat davomida amalga oshiriladi, bundan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qarzdor va kafilning majburiyatlari bekor boʻladigan holatlar mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
62. Aktivga “foizlarni oʻstirmaslik” maqomi berilishi qarz oluvchini hisoblangan foizlar va boshqa toʻlovlarni, shu jumladan bankning balansdan tashqari hisobvaraqlarida hisobga olingan foizlar va boshqa toʻlovlarni toʻlash majburiyatidan ozod etmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
63. Oʻzbekiston Respublikasi “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi Qonunining 141-moddasiga muvofiq sud tomonidan qarz oluvchini bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritish tartib-taomilini boshlash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan paytdan eʼtiboran qarz oluvchining barcha turdagi qarzlari boʻyicha neustoyka (jarima, penya) va foizlarni hisoblash tugatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kredit boʻyicha qarzdorlikni undirish toʻgʻrisida sudning hal qiluv qarori chiqarilganda sud qarorida koʻrsatilgan, kredit boʻyicha undiriladigan summaga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 327-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida hamda 734-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan foizlar, shuningdek neustoyka hisoblanishi toʻxtatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bank frod holati natijasida nomiga onlayn kredit (mikroqarz) rasmiylashtirilgan qarz oluvchining jabrlanuvchi deb eʼtirof etilganligi toʻgʻrisidagi surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori yoki sudning ajrimi kelib tushgan kundan boshlab mazkur onlayn kredit (mikroqarz) va u bilan bogʻliq foizlar, neustoyka, jarimalarni hisoblashni hamda jabrlanuvchi deb eʼtirof etilgan shaxsdan undirishni toʻxtatadi. Bunda surishtiruv, dastlabki tergov natijalari yoki sudning qaroriga asosan frod holati yuz bermaganligi aniqlanganda bank onlayn kredit (mikroqarz) va u bilan bogʻliq foizlar, neustoyka, jarimalarni hisoblashni hamda jabrlanuvchi deb eʼtirof etilgan shaxsdan undirishni davom ettiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
64. Sudgacha sanatsiya davrida banklar qarz oluvchi bilan tuzilgan kelishuvga asosan kelishuvda belgilangan muddatga va faoliyatini tiklashga qaratilgan sanatsiya rejasini bajarish sharti bilan kreditlar boʻyicha foizlarni hisoblash va (yoki) toʻlashni toʻxtatib turishi, keyinchalik sanatsiya rejasiga muvofiq restrukturizatsiya qilishi yoxud kreditni restrukturizatsiya qilishning boshqa choralarini koʻrishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud sanatsiyasi davrida sanatsiya rejasiga muvofiq va kreditorlar yigʻilishi (qoʻmitasi) roziligi bilan sud ajrimi asosida qarz oluvchining kreditlar boʻyicha foizlarini hisoblash va (yoki) toʻlash toʻxtatib turilishi, keyinchalik sanatsiya rejasida belgilangan tartibda restrukturizatsiya qilinishi yoxud kreditni restrukturizatsiya qilishning boshqa choralari koʻrilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
65. Balansdan tashqari hisobvaraqlarda hisoblangan foizli va boshqa daromadlar bankka haqiqatda kirim qilingan sanada, shu jumladan bank aylanma kassasiga va (yoki) mijozning tegishli bank hisobvaragʻiga mablagʻ kelib tushganda, bank daromadi sifatida tan olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
66. Aktiv mazkur Nizom talablariga muvofiq “standart” yoki “substandart” deb qayta tasniflanganidan soʻng, uning “foizlarni oʻstirmaslik” maqomi bekor qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-bob. Aktivlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarga doir zaxiralarni yaratish boʻyicha talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
67. Aktivlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarga doir zaxiralarni yaratish maqsadida aktiv sifatining toifasidan kelib chiqib, aktivning jami qiymatiga quyidagi jadvalda belgilangan zaxira meʼyori koʻpaytirilgan miqdorda bank xarajati hisobidan zaxira shakllantirilishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
68. Bank maxsus zaxiralarni aktivlarni tasniflash uchun mazkur Nizomda nazarda tutilgan asoslar vujudga kelgan sanadan boshlab shakllantirishi va ular boʻyicha buxgalteriya oʻtkazmalarini dasturlashgan holda amalga oshirishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Balansdan tashqari hisobvaraq boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarga doir zaxiralarni yaratish maqsadida balansdan tashqari hisobvaraq nominal qiymatining (foydalanilmagan qismi) kapital monandligi hisob-kitoblaridagi kreditni qayta hisoblash omili qoʻllanilgandan soʻng chiqqan balans ekvivalenti tegishliligi boʻyicha zaxira meʼyoriga koʻpaytiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
69. Aktiv qaysi valyutada vujudga kelgan boʻlsa maxsus zaxira ham ushbu aktiv valyutasida har bir aktiv uchun alohida shakllantirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Standart aktivlarga yaratiladigan zaxiralar sifati standart deb tasniflangan jami aktivlar qoldigʻiga nisbatan har oyning yakuniga qadar aktiv qaysi valyutada vujudga kelgan boʻlsa, ushbu valyutada yoki milliy valyutada shakllantirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
70. Aktivlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarga doir zaxirani shakllantirish va undan foydalanishga oid buxgalteriya oʻtkazmalari Tijorat banklarida buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasiga (roʻyxat raqami 3336, 2021-yil 26-noyabr) muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
71. Aktivlar maqbul taʼminot bilan taʼminlanganda ular boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplashga moʻljallangan zaxira miqdori quyidagi formulaga muvofiq aniqlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Z = (AJM - TQ × (1 - Ch)(1 - x)) × m
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Z — shakllantirilishi lozim boʻlgan zaxira miqdori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
AJM — aktivning jami qiymati summasi (balansdan tashqari hisobvaraq nominal qiymatining (foydalanilmagan qismi) kapital monandligi hisob-kitoblaridagi kreditni qayta hisoblash omili qoʻllanilgandan soʻng chiqqan balans ekvivalenti);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TQ — mazkur Nizomning 80-bandida belgilangan maqbul taʼminot qiymati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ch — chegirma omilining mazkur Nizomning 80-bandida belgilangan miqdorlardan kam boʻlmagan miqdori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
x — valyutadagi tafovutni hisobga olish omili. Mazkur omil aktiv ifodalangan valyuta u boʻyicha qabul qilingan taʼminot valyutasidan farq qilmasa 0 ga, farq qilsa 0,1 ga teng boʻladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
m — aktiv tasnifi boʻyicha shakllantirilishi lozim boʻlgan zaxira yaratish meʼyori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda aktivlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplashga moʻljallangan zaxira miqdori 0 yoki undan kichik (manfiy) boʻlsa:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur aktiv boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplashga moʻljallangan zaxira shakllantirilmaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur aktiv kapital monandligi hisob-kitoblarida ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplashga moʻljallangan zaxira shakllantirilmagan aktiv sifatida baholanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
72. Aktivlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarga doir zaxiralar miqdori oyiga kamida bir marotaba qayta koʻrib chiqilishi (tuzatilishi) lozim. Bunda bank ichki hujjatlariga muvofiq aktivlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarga doir zaxiralar miqdori hisobot sanasidan boshqa kunlarda qoʻshimcha ravishda qayta koʻrib chiqilishi (tuzatilishi) mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
73. Zaxiralar yetarli boʻlmagan hollarda bank tomonidan zaxiralarga qoʻshimcha ajratmalar zaxiralarning yetishmovchiligi aniqlangan davrda amalga oshirilishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
74. Quyidagi hollarda aktiv u boʻyicha shakllantirilgan zaxira hisobiga balansdan tashqari hisobvaraqlarga oʻtkazilishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-son MHXS talablariga muvofiq aktiv qaytarilishi boʻyicha asosli kutilmalar mavjud boʻlmasa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aktivning sifati “umidsiz” deb tasniflangan sanadan boshlab besh yil oʻtgan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarz oluvchiga onlayn kredit frod holati natijasida rasmiylashtirilishi oqibatida mazkur qarz oluvchi jabrlanuvchi deb eʼtirof etilganligi toʻgʻrisidagi surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori yoki sudning ajrimi kelib tushganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
75. Belgilangan meʼyorlarga muvofiq yaratilgan zaxiraga nisbatan aktiv boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlar miqdorining oshib ketishi mumkinligidan dalolat beruvchi omillar va sharoitlar aniqlanganda, mazkur aktiv boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash uchun qoʻshimcha zaxira yaratilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
76. “E-kontrakt” tashqi savdo axborot tizimidagi maʼlumotlarga muvofiq tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtgan debitor qarzdorligi mavjud qarz oluvchilarga taqdim etilgan aktivlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarga doir zaxiralar qoʻshimcha zaxiralarni inobatga olgan holda aktivning jami qiymatiga mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq jami zaxira meʼyori koʻpaytirilgan miqdorda bank xarajati hisobidan zaxira shakllantirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda qoʻshimcha zaxiralarni shakllantirish maqsadlarida debitor qarzdorligi ulushi qarz oluvchining tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtgan debitor qarzdorligi summasining mazkur qarz oluvchining tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha jami debitor qarzdorligi summasiga nisbati asosida quyidagi formulaga muvofiq aniqlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Debitor
qarzdorligi ulushi
=
Muddati
oʻtgan debitor qarzdorligi
×
100
foiz
Jami
debitor qarzdorligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
77. Mazkur Nizomning 76-bandiga muvofiq qarz oluvchilarga bank tomonidan taqdim etilgan aktivlar boʻyicha qoʻshimcha zaxira meʼyorlari quyidagi jadvalga muvofiq belgilanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toifalar
Debitor qarzdorligi ulushi
Qoʻshimcha zaxira meʼyori
1-toifa
0 foizdan — 25 foizgacha
0 foiz
2-toifa
26 foizdan — 50 foizgacha
1 foiz
3-toifa
51 foizdan — 75 foizgacha
2 foiz
4-toifa
76 foizdan — 100 foizgacha
3 foiz
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
78. Aktivning balansdan tashqari hisobvaraqlarga oʻtkazilishi uning qisman yoki toʻliq qaytarilishi mumkinligini inkor etmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-bob. Maqbul taʼminotga qoʻyiladigan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
79. Taʼminot bank tomonidan taqdim etilgan aktivni toʻlashning ikkilamchi manbayi hisoblanadi. Bank tomonidan taʼminotga aktivni qoplashning asosiy manbayi sifatida qaralmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
80. Mazkur Nizom maqsadlarida maqbul taʼminot va mazkur taʼminot turlari boʻyicha chegirma miqdori quyidagi jadvalda belgilangan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taʼminot turi
Chegirma omilining minimal miqdori
Sifatining toifasi “standart” va “substandart” deb tasniflangan aktivlar
Sifatining toifasi “qoniqarsiz”, “shubhali” va “umidsiz” deb tasniflangan aktivlar
Aktiv sifati muammoli deb tasniflangan sanadan oʻtgan muddat
24 oygacha
25 oydan 36 oygacha
36 oydan koʻp
1-darajali yuqori likvidli qimmatli qogʻozlar garovi
0
0
0,5
1
2-A darajali yuqori likvidli qimmatli qogʻozlar garovi
0,15
0,15
0,5
1
2-B darajali yuqori likvidli qimmatli qogʻozlar garovi
0,5
0,5
0,8
1
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Markaziy bank tomonidan taʼminlangan yoki kafolatlangan aktivlar
0
0
0,5
1
Bank kapitali monandligi hisob-kitoblarida tavakkalchilik darajasi 0 foiz boʻlgan xorijiy davlatlarning hukumatlari va markaziy banklarining kafolati
0
0
0,5
1
Jahon banki guruhi (Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Xalqaro investitsiyalarni kafolatlash agentligi, Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi) hamda Osiyo taraqqiyot banki, Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Yevropa investitsiya banki, Yevropa investitsiya jamgʻarmasi, Islom taraqqiyot banki va Yevropa Kengashining taraqqiyot banklari kafolati
0
0
0,5
1
Kreditor bankdagi depozitlar yoki depozit sertifikatlari garovi
0
0
0,5
1
“Standard & Poorʼs”, “Fitch Ratings” va “Moodyʼs Investors Service” kompaniyalarining investitsion reyting darajasidan kam boʻlmagan yoki Markaziy bank tomonidan tan olinadigan boshqa reyting kompaniyalarining ushbu reyting darajasiga teng boʻlgan reyting baholariga ega banklar kafolati va kafilligi
0,5
0,5
1
1
Taʼminotdagi affinlangan (affinaj qilingan) qimmatbaho metallar
0,5
0,6
0,7
1
Taʼminot sifatida garovga olingan qurilishi tugallangan koʻchmas mulk (garov qiymati)
0,5
0,6
0,7
1
Taʼminot sifatida garovga olingan transport vositalari (garov qiymati)
0,7
0,8
1
1
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
81. Affinlangan (affinaj qilingan) qimmatbaho metallar, koʻchmas mulk hamda transport vositalari mazkur Nizom maqsadlarida maqbul taʼminot hisoblanishi uchun ularning bozor qiymati Oʻzbekiston Respublikasining “Baholash faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda baholash faoliyati toʻgʻrisidagi boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda baholanishi va (yoki) qayta baholanishi, shuningdek mazkur baholash tegishli tartibda hujjatlashtirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
82. Mazkur Nizomga muvofiq maqbul taʼminotga qabul qilinuvchi garov turlari quyidagi talablarga javob berishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli tartibda hujjatlashtirilishi va barcha tomonlar uchun majburiy hisoblanishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatli qogʻozlar, bankdagi depozitlar, depozit sertifikatlari garov sifatida qabul qilingan boʻlsa, ularning muddati tegishli aktivni soʻndirish muddatidan kam boʻlmasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kreditor bankdagi depozit garov predmeti boʻlsa, garov shartnomasi shartlariga binoan qarz oluvchi oʻz majburiyatlarini bajarmagan yoki sudning qaroriga asosan toʻlovga qobiliyatsiz deb topilgan holatda bankning ushbu mablagʻlarni soʻzsiz nazorat qilish va ularni tasarruf eta olish huquqi boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼminot sifatida olinadigan mol-mulk garovga berilmagan boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kredit bergan bank tomonidan garovga olinadigan mol-mulkka boʻlgan huquq haqidagi yozuv qonunchilikda belgilangan tartibda garov reyestriga kiritilgan boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bank aktivi bankdagi depozitlar bilan taʼminlangan boʻlsa, depozit aktivni taʼminlash uchun tegishli hisobvaraqda yuritilishi hamda kredit shartnomasi yoki boshqa shartnomada qarz oluvchi tomonidan aktiv qaytarilmagan yoki majburiyatlari bajarilmagan holda bank akseptsiz tartibda depozitni tasarruf etishi, shuningdek qarz oluvchi ixtiyoriy ravishda ushbu depozitni u bilan taʼminlangan aktivni soʻndirish uchun yoʻnaltirishi mumkin ekanligi shart qilib qoʻyilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda bank aktivni qaytarish muddati yetib kelgunga qadar depozitdan mablagʻlarni olishga yoʻl qoʻymaslik maqsadida zarur choralarni koʻrishi va nazorat oʻrnatishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
83. Mazkur Nizomga muvofiq maqbul taʼminotga qabul qilinuvchi kafolat bir vaqtning oʻzida quyidagi talablarga javob berishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kafolat muddati va asosiy majburiyat muddatlari mos boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarz oluvchi oʻz majburiyatlarini bajarmagan hollarda, shartnoma va (yoki) oʻzaro kelishuvda kafolat shartlarini bajarish muddatlariga doir hech qanday cheklovlar boʻlmasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kafil tomonidan taqdim etilgan kafolat hujjatlashtirilgan majburiyat hisoblanishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bankning majburiyatni kafildan toʻgʻridan-toʻgʻri talab qilish huquqi boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarz oluvchining bank oldidagi majburiyati boʻyicha taqdim etilgan kafolat miqdori aniq belgilangan boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kafolat chaqirib olinmaydigan va soʻzsiz boʻlishi, yaʼni bir tomonlama tartibda kafil kafolatni bekor qilishi, kafolat qiymatini oshirishi, kafolat muddatini qisqartirishi, shuningdek kafolat boʻyicha mablagʻlarni toʻliq yoki qisman toʻlamasligiga imkon yaratuvchi shartlarning mavjud emasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarz oluvchi kafolat bilan taʼminlangan majburiyatlarini bajarmagan hollarda, bank kafildan kafolat boʻyicha toʻlovni amalga oshirishini talab qilish huquqi boʻlishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-bob. Bank mol-mulkiga nisbatan alohida talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
84. Bankning quyidagi mulklari boʻyicha 100 foiz miqdorda bank xarajati hisobidan zaxira shakllantirilishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bank balansiga qabul qilingan sanadan boshlab bir yil muddatda sotilmagan garov hisobidan undirilgan koʻchmas mulk va boshqa mol-mulklar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bank faoliyatini amalga oshirish uchun zaruriyati mavjud boʻlmagan (foydalanilmaydigan) uch yil muddatda sotilmagan yoki foydalanilmagan koʻchmas mulk va boshqa mol-mulklar, bundan mazkur bandning ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan holatlar mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-bob. Balansdan tashqari hisobvaraqlarda aktivlarni hisobga olish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
85. Balansdan tashqari hisobvaraqlarga oʻtkazilgan sifati “umidsiz” deb tasniflangan aktivlar balans hisobvaraqlariga qaytarilmaydi. Bunda ushbu aktivlar boʻyicha kelgusida undirib olingan va (yoki) qaytarilgan mablagʻ bank daromadi sifatida tan olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
86. Balans hisobvaraqlaridan balansdan tashqari hisobvaraqlarga oʻtkazilgan sifati “umidsiz” deb tasniflangan aktivlar hamda ular boʻyicha hisoblab yozilgan foizlar va boshqa toʻlovlar balansdan tashqari hisobvaraqlarda ular ushbu hisobvaraqlarga oʻtkazilgan paytdan boshlab 2 yildan kam boʻlmagan muddat mobaynida aks ettirilishi lozim, bundan mazkur Nizomning 90-bandida belgilangan holatlar mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda bank 1 oyda kamida bir marta qarzdorga balansdan tashqari hisobvaraqlardagi qoldiqlarga mos keladigan asosiy qarz, hisoblangan foizlar va boshqa toʻlovlar boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorlikning mavjudligini maʼlum qilgan holda aktiv boʻyicha qarzdorlikni qoplash va u boʻyicha hisoblangan foizlar va boshqa toʻlovlarni toʻlash talab qilingan daʼvo xatini, balansdan tashqari hisobvaraqlardan koʻchirma ilova qilingan holda, qarz oluvchi yoki uning huquqiy vorisiga (tugatilish jarayonida boʻlsa, tugatish komissiyasiga) yuborishi lozim, bundan frod holati natijasida nomiga onlayn kredit rasmiylashtirilgan qarz oluvchi jabrlanuvchi deb eʼtirof etilganligi toʻgʻrisidagi surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori yoki sudning ajrimi kelib tushganligi holatlari mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan daʼvo xatlarini olmaslik qarz oluvchini qarzini qaytarish majburiyatidan ozod etmaydi. Daʼvo xati va hisobvaraqdan koʻchirma bankning muddati oʻtgan asosiy qarzni va hisoblangan foizlarni undirib olish boʻyicha sudga murojaat etishi uchun asos boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
87. Bankning ichki audit xizmati va bank boshqaruvi har chorakda balansdan tashqari hisobvaraqlarga oʻtkazilgan sifati “umidsiz” deb tasniflangan aktivlarni undirish boʻyicha qoʻllanayotgan chora-tadbirlar haqida bank kuzatuv kengashiga yozma ravishda maʼlumot berishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bank kuzatuv kengashi moliyaviy yil yakuni boʻyicha bank aksiyadorlarining yillik umumiy yigʻilishi kun tartibiga bankning “umidsiz” aktivlarini undirish boʻyicha qoʻllangan chora-tadbirlar haqidagi masalani kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
88. Bank balansdan tashqari hisobvaraqlarda hisobga olingan aktivlar boʻyicha asosiy qarz summasi, foizlar va boshqa toʻlovlarni undirish yuzasidan barcha chora-tadbirlarni qoʻllashi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
89. Aktivning balansdan tashqari hisobvaraqlarga oʻtkazilishi ushbu aktiv boʻyicha qarzlar hamda hisoblangan foizlar va boshqa toʻlovlarning hamda bankning mazkur aktivni moliyalashtirish uchun jalb qilingan mablagʻlar boʻyicha kreditorlar oldidagi majburiyatlarining bekor qilinishini anglatmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
90. Balansdan tashqari hisobvaraqlarda hisobga olingan aktivlar quyidagi holatlarda bank kuzatuv kengashining tavsiyasi asosida aksiyadorlar umumiy yigʻilishi qaroriga koʻra hisobdan chiqarilishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bank aktivdan voz kechsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-son MHXS talablariga muvofiq aktiv qaytarilishi boʻyicha asosli kutilmalar mavjud boʻlmasa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aktiv balansdan tashqari hisobvaraqlarga oʻtkazilgandan keyin 2 yil davomida toʻlanmasa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarz oluvchi vafot etsa va uning qarzini qaytarish majburiyatini oʻz zimmasiga oladigan boshqa shaxs mavjud boʻlmasa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sudning qarz oluvchini toʻlovga qobiliyatsiz deb topish toʻgʻrisida qonuniy kuchga kirgan qarori boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxs boʻlgan qarz oluvchi tugatilgan boʻlsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-bob. Yakuniy qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
91. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Banklarda aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
T/r
Mezonlar
Qoniqarsiz
Shubhali
Umidsiz
1.
Oʻz mablagʻlari manbalari
–––––––––––––––––––––––
Jami aktivlar
(0,05; 0,1]
(0,01; 0,05]
0,01 va undan past
2.
Jami moliyaviy majburiyatlar
–––––––––––––––––––––––––
EBITDA
(EBITDA: sof foyda (zarar) + foyda soligʻi + foizlar shaklidagi xarajatlar + asosiy vositalar eskirishi oʻzgarishi + nomoddiy aktivlar amortizatsiya summasi oʻzgarishi + valyuta kursi farqlaridan zararlar + toʻlangan dividendlar + uzoq muddatli ijara (lizing) boʻyicha foizlar koʻrinishidagi xarajatlar + moliyaviy faoliyat boʻyicha boshqa xarajatlar)
[6; 7)
[7; 10)
10 va undan baland
3.
EBIT
–––––––––––––––––––––––
Foizlar shaklidagi xarajatlar
(EBIT: sof foyda (zarar) + foyda soligʻi + foizlar shaklidagi xarajatlar + valyuta kursi farqlaridan zararlar + toʻlangan dividendlar + uzoq muddatli ijara (lizing) boʻyicha foizlar koʻrinishidagi xarajatlar + moliyaviy faoliyat boʻyicha boshqa xarajatlar)
(1; 1,5]
(0,5; 1]
0,5 va undan past
4.
Joriy aktivlar
–––––––––––––––––
Joriy majburiyatlar
(0,7; 0,9]
(0,4; 0,7]
0,4 va undan past
5.
EBITDA
–––––––––––––
Qarz toʻlovlari
(Qarz toʻlovlari: foizlar shaklidagi qarz xarajatlari + qarzning asosiy toʻlovi)
(0,8; 0,9]
(0,7; 0,8]
0,7 va undan past
6.
9-sonli Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari mezonlari
Aktiv 9-sonli MHXS talablariga muvofiq kredit tavakkalchiligi sezilarli darajada oshgan sifatida (2-bosqich toifasi) tasniflanishi hamda uning butun muddati davomidagi kutilayotgan kredit yoʻqotishlari miqdori aktiv qiymatining 12 foizidan yuqori, biroq 25 foizidan oshmasligi;
Aktiv 9-sonli MHXS talablariga muvofiq kredit tavakkalchiligi sezilarli darajada oshgan sifatida (2-bosqich toifasi) tasniflanishi hamda uning butun muddati davomidagi kutilayotgan kredit yoʻqotishlari miqdori aktiv qiymatining 25 foizidan oshishi;
Aktiv qadrsizlangan toifasiga (3-bosqich) kiritilishi hamda uning butun muddati davomidagi kutilayotgan kredit yoʻqotishlari miqdori aktiv qiymatining 50 foizidan oshishi
Aktiv qadrsizlangan toifasiga (3-bosqich) kiritilishi hamda uning butun muddati davomidagi kutilayotgan kredit yoʻqotishlari miqdori aktiv qiymatining 25 foizidan oshmasligi.
Aktiv qadrsizlangan toifasiga (3-bosqich) kiritilishi hamda uning butun muddati davomidagi kutilayotgan kredit yoʻqotishlari miqdori aktiv qiymatining 25 foizidan yuqori, biroq 50 foizidan oshmasligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Banklarda aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtgan debitor qarzdorligi mavjud qarz oluvchilarga bank tomonidan taqdim etilgan aktivlar uchun zaxira meʼyorlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aktiv sifatining toifasi
Zaxira meʼyori
(qoʻshimcha zaxirasiz)
Jami zaxira meʼyori
(zaxira meʼyori + qoʻshimcha zaxira meʼyori)
Toifa 1
Toifa 2
Toifa 3
Toifa 4
Standart
1 foiz
1 foiz
2 foiz
3 foiz
4 foiz
Substandart
10 foiz
10 foiz
11 foiz
12 foiz
13 foiz
Qoniqarsiz
25 foiz
25 foiz
26 foiz
27 foiz
28 foiz
Shubhali
50 foiz
50 foiz
51 foiz
52 foiz
53 foiz
Umidsiz
100 foiz
100 foiz
100 foiz
100 foiz
100 foiz
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 14-avgustdagi 22/3-son qaroriga 2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2015-yil 13-iyundagi 14/5-son “Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2696, 2015-yil 14-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 28-son, 374-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2017-yil 23-sentabrdagi 26/6-son “Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2696-1, 2017-yil 10-oktabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2017-y., 10/17/2696-1/0091-son).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2018-yil 31-martdagi 12/20-son “Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2696-2, 2018-yil 27-aprel) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2018-y., 10/18/2696-2/1120-son).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 19-noyabrdagi 27/7-son “Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2696-3, 2021-yil 10-dekabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2021-y., 10/21/2696-3/1152-son).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2024-yil 22-apreldagi 11/2-son “Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2696-4, 2024-yil 20-may) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2024-y., 10/24/2696-4/0354-son).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 5-dekabrdagi 31/10-son “Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2696-5, 2025-yil 23-dekabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2025-y., 10/25/2696-5/1198-son).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 15-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 2021-yil 28-iyul) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son) bilan tasdiqlangan Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilayotgan oʻzgartirishlarning 295-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 27-maydagi 14/10-son qarori (roʻyxat raqami 3442, 2023-yil 9-iyun) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 10/23/3442/0359-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilayotgan oʻzgartirishlarning 3-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.09.2026 y., 10/26/3937/0926-son)