Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining qarori , 18.01.2006 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1540
Indexation by Ceneral legal classifier of legislation branches
Indexation by thematic directory of legislation
Sources of changes
Sources of publication
30.05.2016
13.08.2006
30.01.2006
28.01.2006
View
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.05.2016
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.81.00 (Кучини йукотган) Pedagog kadrlar. Pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasi huzuridagi davlat test markazining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori

RAHBAR VA PEDAGOG KADRLARNI ATTESTATSIYADAN OʻTKAZISh VA ULARGA MALAKA TOIFALARI BERISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 18-yanvarda 1540-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2016-yil 17-maydagi 13-q/q, 5-mh, 12/qq-sonli “Rahbar va pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifalari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1540-2, 23.05.2016-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash tizimini takomillashtirish va uni moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 25-noyabrdagi PQ-227-son qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlashni takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2005-yil 21-dekabrdagi 275-sonli qaroriga muvofiq qaror qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. “Rahbar va pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifalari berish tartibi toʻgʻrisida nizom” ilovaga koʻra tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2004-yil 29-sentabrda 1414-son bilan roʻyxatdan oʻtgan Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi davlat test markazining “Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi tizimi boshqaruv organlari va oʻquv yurtlarining rahbar va pedagogik kadrlari attestatsiyasi toʻgʻrisida nizomini tasdiqlash haqida”gi qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtgan sanadan oʻn kun oʻtganidan keyin kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri O. OBIDOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,

2005-yil 30-dekabr,

106-son

Xalq taʼlimi vaziri T. JOʻRAYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2005-yil 30-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43-son

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori B. ISMAILOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2005-yil 30-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
01-356-son

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2005-yil 30-dekabrdagi 106, 43 va 01-356-son qarori bilan TASDIQLANGAN
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rahbar va pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifalari berish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 25-noyabrdagi “Xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash tizimini takomillashtirish va uni moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-227-son qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi “Xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 275-son qaroriga muvofiq idoraviy boʻysunuvidan qatʼi nazar, xalq taʼlimi tizimidagi davlat taʼlim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifalari berish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Attestatsiya oʻtkazishning asosiy maqsadlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pedagog kadrlarning malaka talablariga muvofiq malaka toifalarini belgilashda ularning kasbiy mahorati darajasini aniqlash va malaka toifalarini berish (oshirish yoki pasaytirish);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rahbar kadrlar kasbiy mahorati darajasining lavozim malaka tavsiflariga muvofiqligini aniqlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Attestatsiya:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rahbar va pedagog kadrlarning kasb mahoratini maqsadli va muntazam oshirilishini ragʻbatlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish haqi hajmining koʻpayishi imkoniyatlarini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maktablar mustaqilligini, direktor va pedagogik jamoaning xodimlar mehnatini baholashdagi huquqlarini yanada oshirishga yoʻnaltirilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Attestatsiyaning asosiy tamoyillari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalq taʼlimi muassasalari rahbar va pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazishning majburiyligi va davriyligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oshkoraligi, kengashib ish koʻrishi va xolisligi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Rahbar va pedagog kadrlar lavozimlariga talablar Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi (keyingi oʻrinlarda — XTV), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi (keyingi oʻrinlarda — DTM) tomonidan tasdiqlangan “Xalq taʼlimi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflari”, shuningdek, pedagog kadrlar malaka toifalariga ushbu Nizomda belgilangan talablar asosida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Rahbar kadrlar attestatsiyasi uch yilda bir marta, pedagog kadrlar attestatsiyasi besh yilda bir marta oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Attestatsiya oʻtkazish muddatlari xalq taʼlimi boshqaruv organlari tomonidan attestatsiya qilinuvchilarga uning boshlanishidan kamida bir oy oldin xabar qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Pedagog kadrning yozma arizasiga binoan yoki taʼlimni boshqaruv organi tashabbusiga koʻra pedagog kadr navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻtkazish mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pedagog kadrni navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻtkazish oldingi attestatsiyaga nisbatan kamida uch yildan keyin amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Yangi ishga qabul qilingan xodim kamida bir yildan keyin attestatsiyadan oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uzoq vaqt (bir oydan ortiq) davolanayotgan xodimlar; homiladorlik taʼtilidagi, uch yoshga toʻlgunga qadar bolani parvarishlash taʼtilidagi ayollar — ishga chiqqanlaridan soʻng kamida bir yildan keyin attestatsiyadan oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. XTV hamda uning hududiy boʻlinmalari rahbar va pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish jarayonini tashkil etishga masʼul hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi kadrlarning mehnat qonunchiligida belgilangan huquqlarini taʼminlanishini nazorat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Attestatsiya jarayonlarini muvofiqlashtirish va nazorat qilish, attestatsiya komissiyalari ish natijalarini tahlil qilish va baholash Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 24-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 293-son qaroriga muvofiq DTM tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Rahbar va pedagog kadrlar attestatsiyasini tashkil etish, oʻtkazish DTM tomonidan ishlab chiqilgan va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan jadval asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Rahbar kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Rahbar kadrlarning quyidagi toifalari attestatsiyadan oʻtkazilishi shart:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
idoraviy boʻysunuvidan qatʼi nazar, xalq taʼlimi muassasalarining rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari (xoʻjalik ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosarlaridan tashqari), metodik kabinetlar mudirlari va xodimlari, shuningdek Davlat taʼlim standartlari monitoringi boʻlim (shoʼba) boshliqlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish institut (markaz, fakultet va kurs)lari rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kasbga yoʻnaltirish va oʻquvchilarning psixologik-pedagogik tashxisi markazlari rahbarlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalq taʼlimi davlat boshqaruvi organlari rahbarlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish institut (markaz, fakultet va kurs)lari professor-oʻqituvchilarini hamda taʼlim markaz (boʻlim)lari mutaxassislarini attestatsiyadan oʻtkazish rahbar kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish tartibida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Attestatsiya qilinuvchi rahbarlar oʻtkazilishi belgilangan attestatsiyadan bir oy oldin xalq taʼlimining tegishli boshqaruv organiga, taʼlim muassasasi rahbariga quyidagi hujjatlarni topshirishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maʼlumotnoma-tarjimai hol;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnat daftarchasi, maʼlumoti, malaka toifasi, ilmiy darajasi va ilmiy unvoni toʻgʻrisidagi (agar boʻlsa), malaka oshirganligi va qayta tayyorlash muassasalarida olingan ixtisoslik toʻgʻrisidagi guvohnoma (sertifikat) nusxalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nashr etilgan ilmiy, oʻquv-metodik ishlari, maqolalari va ixtirolarining muallif imzosi qoʻyilgan hamda taʼlim muassasasi muhri bosilgan roʻyxati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
attestatsiya qilinuvchi tomonidan keyingi uch yilda bajarilgan oʻquv-metodik, ilmiy va maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning rahbariyat tomonidan tasdiqlangan hisoboti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim muassasasini rivojlantirish boʻyicha istiqboldagi rejalari toʻgʻrisidagi qisqacha maʼlumoti.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar uchun attestatsiya qilinuvchi javobgar hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Attestatsiya oʻtkazish attestatsiya komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi. Attestatsiya komissiyalari qoshida ekspert guruhlari tuzilishi mumkin. Ekspert guruhlarining asosiy vazifalari maʼlumotlar toʻplash va attestatsiya qilinuvchi kadrning kasbiy va rahbarlik faoliyatini baholashdan iborat. Ekspert guruhlarining tarkibi DTM va XTV qoʻshma buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Attestatsiya komissiyasi 9 kishidan iborat boʻlib, aʼzolaridan kamida 6 nafari ishtirok etsa, komissiya majlisining oʻtkazilishi vakolatli hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Attestatsiya komissiyasi tarkibi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalq taʼlimi tizimi boshqaruv idoralari rahbarlarini attestatsiyadan oʻtkazish attestatsiya komissiyasi tarkibi XTV va DTM qoʻshma buyrugʻi bilan tasdiqlanadi. Komissiya raisi — XTV vakili, oʻrinbosari — DTM vakili tayinlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim muassasalari, kasbga yoʻnaltirish va oʻquvchilarning psixologik-pedagogik tashxisi markazlari rahbarlari; metodik kabinetlar rahbarlari, pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish institut (markaz, fakultet va kurs)lari rahbarlari va professor-oʻqituvchilarini attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha attestatsiya komissiyasi tarkibi DTM va XTV qoʻshma buyrugʻi bilan tasdiqlanadi. Komissiya raisi — DTM vakili, oʻrinbosari — XTV vakili tayinlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Attestatsiya komissiyalari tarkibiga davlat mehnat huquq inspektori va tasarrufida taʼlim muassasasi mavjud boʻlgan vazirlik yoki idora vakillari kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Attestatsiya komissiyalari tarkibiga taʼlim va ilmiy muassasalar kadrlari, metodik xizmatlar, kasaba uyushmalari idoralari vakillari, hokimiyatlar, boshqa tashkilotlar vakillari, shuningdek, soha mutaxassislari kirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Rahbar kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish quyidagi tartibda tashkil qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rahbar kadrlar taʼlim sohasidagi meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni bilishi, rahbarlik qobiliyati yuzasidan malaka sinovlaridan oʻtadilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
keyingi uch yil davomida taʼlim muassasasining rivojlanish dinamikasi va rahbarning keyingi kasbiy va rahbarlik oʻquv-uslubiy, ilmiy, maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlar boʻyicha faoliyati oʻrganiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kasbiy va lavozim majburiyatlari doirasiga kiruvchi masalalar boʻyicha suhbat oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suhbat jarayonida berilgan savol va javoblar maxsus (sahifalangan, bogʻlangan, muhrlangan) jurnalga qayd etiladi.

17. Attestatsiya komissiyasi taqdim qilingan hujjatlarni har tomonlama koʻrib chiqib, suhbat, malaka sinovlari va kasbiy faoliyatni baholash natijalarini hisobga olib, quyidagi xulosadan birini qabul qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Egallab turgan lavozimiga mos keladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Egallab turgan lavozimiga mos kelmaydi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Xulosa attestatsiya komissiyasi tomonidan kengashgan holda, oshkora ovoz berish yoʻli bilan qabul qilinadi va komissiya tarkibining koʻpchiligi fikri bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlib qolgan hollarda xulosa attestatsiya qilinuvchining foydasiga chiqariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Attestatsiya qilinuvchi attestatsiya komissiyasi aʼzosi boʻlgan holda, u ovoz berishda qatnashmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Attestatsiya qilinuvchi xodim attestatsiya komissiyasi majlisiga uzrli sababga (asoslangan hujjatlar yoki attestatsiyadan oʻtuvchining tushuntirish xati, xalq taʼlimi boshqaruv organi rahbarining maʼlumotnomasi uzrli sababga asos boʻladi. Qolgan hollar uzrli deb hisoblanmaydi) koʻra kelmagan boʻlsa, uning attestatsiyasi boshqa muddatga koʻchiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Attestatsiya qilinuvchi kadr attestatsiya komissiyasi majlisiga uzrsiz sababga koʻra kelmagan boʻlsa, u attestatsiyadan oʻtmagan hisoblanadi va “Egallab turgan lavozimiga mos kelmaydi” degan xulosa chiqariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Attestatsiya komissiyasining xulosasi attestatsiya varagʻiga (1-ilova) yoziladi va komissiya raisi, oʻrinbosari, kotib va attestatsiya komissiyasining majlisida ishtirok etgan aʼzolari tomonidan imzolanadi. Attestatsiya varagʻi xodimning shaxsiy hujjatlariga tikib qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Attestatsiya komissiyasining xulosasi komissiya raisi, oʻrinbosari, kotib imzolagan ikki nusxada bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnomaning bir nusxasi DTM vakiliga, ikkinchi nusxasi ish beruvchiga taqdim qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Tasarrufida taʼlim muassasasi mavjud boʻlgan vazirlik yoki idora, xalq taʼlimi boshqaruvi organi, xalq taʼlimi muassasasi rahbari attestatsiya komissiyasi xulosasiga koʻra lavozimiga mos kelmagan xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda bekor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Attestatsiya qilinuvchi rahbar kadr xohishiga binoan u oʻzining malaka toifasini tasdiqlashi yoki malaka toifasiga ega boʻlishi uchun mazkur Nizomning III boʻlimiga asosan attestatsiya qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Pedagog kadrlarning quyidagi toifalari attestatsiyadan oʻtkazilishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
barcha turdagi umumtaʼlim maktablari, bolalar uylari oʻqituvchilari, tarbiyachilari, logopedlari, defektologlari, toʻgaraklar rahbarlari, konsertmeysterlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maktabgacha taʼlim muassasalari uslubiyotchilari, tarbiyachilari, musiqa rahbarlari, oʻqituvchilari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim muassasalarining jismoniy tarbiya boʻyicha yoʻriqchilari, sport maktablari trenerlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
metodik kabinet (markaz)lari uslubiyotchilari, Davlat taʼlim standartlari monitoringi boʻlim (shoʼba) inspektor-yoʻriqchilari, kasbga yoʻnaltirish va oʻquvchilarning psixologik-pedagogik tashxisi markazlari xodimlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maktabdan tashqari muassasalar pedagog kadrlari, toʻgaraklar rahbarlari va uslubiyotchilari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim-tarbiya muassasalari psixologlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Xorijda oʻqiganligi toʻgʻrisidagi diplomi nostrifikatsiyadan oʻtmagan, oliy va oʻrta maxsus maʼlumotga ega boʻlmagan pedagoglar attestatsiyaga kiritilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Pedagog kadrlar attestatsiyasi tegishli taʼlimni boshqaruv organi, xalq taʼlimi muassasasi mablagʻi hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Xalq taʼlimi hududiy boshqarmalari huzurida DTM va XTV qoʻshma buyrugʻi bilan Muvofiqlashtiruvchi attestatsiya komissiyalari tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muvofiqlashtiruvchi attestatsiya komissiyalari tarkibiga hududiy boshqarma rahbari (komissiya raisi), hokimiyat, DTM, taʼlim boʻyicha kasaba uyushmasi vakillari, shuningdek tajribali pedagoglardan uch nafari kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuman (shahar) attestatsiya komissiyalari tarkibini tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy, birinchi toifali va shu toifalarga daʼvogar pedagog kadrlar malaka sinovlarini tashkil qilish va jadvallarini tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuman (shahar) attestatsiya komissiyalari faoliyatini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy toifali va shu toifaga daʼvogar pedagog kadrlar, shuningdek metodik kabinet (markaz)lar uslubiyotchilari, Davlat taʼlim standartlari monitoringi boʻlim (shoʼba) inspektor-yoʻriqchilari attestatsiyasini oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy toifali pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish yakunlari boʻyicha hisobotlar tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuman (shahar) attestatsiya komissiyalari hisobotlarini qabul qilish va tahlil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
attestatsiya natijalariga koʻra umumlashtirilgan hisobotlar tuzish, ularni DTM va XTV ga taqdim qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi huzurida hududiy boshqarma rahbari buyrugʻi bilan tuman (shahar) attestatsiya komissiyalari tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tuman (shahar) attestatsiya komissiyalari tarkibiga xalq taʼlimi boʻlimi rahbari (komissiya raisi), hokimiyat, metodik kabinet mudiri, taʼlim boʻyicha kasaba uyushmasi vakillari, shuningdek, tajribali pedagoglardan uch nafari kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tuman (shahar) attestatsiya komissiyalari vazifalariga quyidagilar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim muassasalaridagi attestatsiya komissiyalari faoliyatini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi toifali va shu toifaga daʼvogar pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim muassasalaridagi attestatsiya komissiyalarining hisobotlarini qabul qilish va tahlil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi toifali pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish yakunlari boʻyicha hisobotlar tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim muassasalarida oʻtkazilgan attestatsiya yakunlariga koʻra hisobotlar tuzish va umumlashtirish, ularni hududiy Muvofiqlashtiruvchi attestatsiya komissiyalariga taqdim qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Taʼlim muassasasi attestatsiya komissiyasi tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi rahbari buyrugʻi bilan tuziladi va pedagogik jamoa aʼzolari miqdoriga qarab, 5—9 kishidan iborat boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taʼlim muassasasi attestatsiya komissiyalari tarkibiga taʼlim muassasasi rahbari (komissiya raisi), tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi vakili (rais oʻrinbosari), taʼlim muassasasi rahbari oʻrinbosari, muassasa pedagogik kengashi tavsiya etgan pedagoglar, taʼlim muassasasi kasaba uyushmasi va taʼlim muassasasi ota-onalar komiteti vakillari kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Taʼlim muassasasi attestatsiya komissiyasi ikkinchi toifali va shu toifaga daʼvogar, shuningdek, mutaxassis toifali (oliy yoki oʻrta maxsus, kasb-hunar maʼlumotli) pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Pedagog kadrlar attestatsiyasi ikki bosqichda oʻtkaziladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi bosqichda — ekspert guruhi tomonidan xodimning amaliy faoliyatini oʻrganish asosida uni oʻz malaka toifasida qoldirish yoki boshqa toifani berish toʻgʻrisida xulosa chiqariladi va tavsiya beriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi bosqichda — tegishli attestatsiya komissiyasi tomonidan malaka toifasida qoldirish yoki boshqa toifani berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Birinchi va ikkinchi bosqich orasidagi davr bir oydan oshib ketishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Ekspert guruhi taʼlim muassasasining tajribali pedagoglaridan tuziladi, uning tarkibiga tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi vakili va oʻquv fanlari yoʻnalishi boʻyicha metodik kabinet uslubiyotchilari kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ekspert guruhi vazifalariga quyidagilar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pedagogning kasbiy faoliyati natijalarini har tomonlama oʻrganish va tahlil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pedagog tomonidan amalga oshirilgan oʻquv-tarbiyaviy ishlar sifatini holi baholash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pedagog kadrlarga malaka toifalarini berish masalalari boʻyicha tavsiyalar tayyorlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Pedagog kadrlar faoliyatini oʻrganish natijalari boʻyicha ekspert guruhi quyidagicha tavsiyalar beradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
malaka toifasini oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mavjud malaka toifasini saqlab qolish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
malaka toifasini pasaytirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Ekspert guruhi xulosa va tavsiyalari taʼlim muassasasi pedagogik kengashida majburiy tartibda muhokama qilinadi va xalq taʼlimi tuman (shahar) boʻlimiga yuboriladi, u esa oʻz navbatida tegishli attestatsiya komissiyasiga joʻnatadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy toifa berish (tasdiqlash) uchun Muvofiqlashtiruvchi attestatsiya komissiyasiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi malaka toifasini berish (tasdiqlash) uchun — tuman (shahar) attestatsiya komissiyasiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi malaka toifasini yoki mutaxassis toifasini berish (tasdiqlash) uchun — taʼlim muassasasi pedagog kadrlar attestatsiyasi komissiyasiga.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Pedagog kadrlar attestatsiyasi quyidagi tartibda oʻtkaziladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pedagog kadrlarning toifalar boʻyicha malaka tavsiflariga muvofiqligi oʻrganiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
malaka sinovlari (testlar, yozma va ijodiy ishlar) yordamida attestatsiya qilinuvchining ixtisoslik boʻyicha bilim darajasi va pedagogik koʻnikmalari aniqlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pedagogning oʻquv-metodik, maʼnaviy-maʼrifiy faoliyati va tarbiyaviy ishlari oʻrganiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nazorat sinovlari yordamida oʻquvchilarning fan boʻyicha bilimlari oʻrganiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suhbatlar oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suhbat jarayonida berilgan savol va javoblar maxsus (sahifalangan, bogʻlangan, muhrlangan) jurnalga qayd etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Oliy va birinchi toifali pedagog kadrlar va shu toifalarga daʼvogarlarning malaka sinovlari DTM va XTV tomonidan belgilangan tartiblar asosida oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Attestatsiya natijalari eʼlon qilingandan soʻng komissiyalar bayonnomalarini yuqori turuvchi komissiyalarga, Muvofiqlashtiruvchi attestatsiya komissiyasi — elektron pochta (yoki faks) orqali bir sutka davomida, tasdiqlangan hisobotlarni esa oʻn kun muddat ichida DTM ga topshirishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Attestatsiyadan oʻtuvchilar haqidagi xolis va asosli maʼlumotlarni toʻplash va taqdim etish uchun komissiya raisi, aʼzolari va ekspert guruhlari masʼul hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Aʼzolarning uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda attestatsiya komissiyasi majlisi vakolatli oʻtkazilgan deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Pedagog kadrning faoliyatini oʻrganish, malaka sinovlari natijalari hamda attestatsiya qilinuvchi bilan bevosita suhbat qilish asosida attestatsiya komissiyasi quyidagi xulosalardan birini chiqaradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Attestatsiyadan oʻtdi, oliy (birinchi, ikkinchi, mutaxassis) malaka toifasiga mos keladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Attestatsiyadan oʻtmadi, oliy (birinchi, ikkinchi, mutaxassis) malaka toifasiga mos kelmaydi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Pedagog kadr attestatsiya komissiyasi tomonidan “Attestatsiyadan oʻtmadi, oliy (birinchi, ikkinchi) malaka toifasiga mos kelmaydi” deb xulosa berilsa, uning toifasi bir toifaga pasaytiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Attestatsiyadan oʻtmadi, mutaxassis malaka toifasiga mos kelmaydi” deb xulosa berilgan pedagog malaka oshirishi va bir yildan soʻng qayta attestatsiyadan oʻtishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qayta attestatsiya natijalariga koʻra ushbu pedagog kadrga yana “Attestatsiyadan oʻtmadi” deb xulosa berilsa, u holda pedagog bilan tuzilgan mehnat shartnomasi Mehnat kodeksining 100-moddasi 2-bandi asosida bekor qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Attestatsiya qilinayotgan pedagog attestatsiya komissiyasi aʼzosi boʻlsa, u ovoz berishda ishtirok etmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Attestatsiya qilinuvchi pedagog attestatsiya komissiyasi majlisiga uzrli sababga (asoslangan hujjatlar yoki attestatsiyadan oʻtuvchining tushuntirish xati, xalq taʼlimi boshqaruv organi yoki taʼlim muassasasining rahbarining maʼlumotnomasi uzrli sababga asos boʻladi. Qolgan hollar uzrli deb hisoblanmaydi) koʻra kelmagan boʻlsa, uning attestatsiyasi boshqa muddatga koʻchiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Attestatsiya qilinuvchi pedagog attestatsiya komissiyasi majlisiga uzrsiz sababga koʻra kelmagan boʻlsa, u attestatsiyadan oʻtmagan hisoblanadi va mazkur Nizomning 43-bandiga muvofiq xulosalar chiqariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Attestatsiya komissiyasining xulosasi komissiya raisi, oʻrinbosari va kotib imzolagan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnomaning bir nusxasi DTM ga, ikkinchi nusxasi ish beruvchiga taqdim qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Attestatsiya komissiyasi xulosasi attestatsiya varagʻiga yoziladi va komissiya raisi, oʻrinbosari, kotib va attestatsiya komissiyasining majlisida ishtirok etgan aʼzolari tomonidan imzolanadi. Attestatsiya varagʻi kadrning shaxsiy hujjatlariga tikib qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49. Xalq taʼlimini boshqaruv organi, taʼlim muassasasi rahbari attestatsiya komissiyasi qarori asosida bir oy muhlatda pedagogga tegishli malaka toifasini berish toʻgʻrisida buyruq chiqaradi. Malaka toifasi attestatsiya komissiyasi qaror qabul qilgan kundan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pedagog kadrlarga attestatsiya xulosalari natijalariga koʻra oʻrnatilgan tartibda malaka toifasini berish toʻgʻrisida belgilangan shakldagi sertifikat topshiriladi (2-ilova).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Malaka toifasini berish toʻgʻrisidagi sertifikatlar (keyingi oʻrinlarda — sertifikat) qatʼiy hisobot hujjatlari boʻlib, hisob seriyasi, raqami va himoya darajasiga ega. Sertifikat blanklari DTM buyurtmasiga asosan tipografiya usuli bilan “Davlat belgisi” DIBda tayyorlanadi. DTM direktori, xalq taʼlimi hududiy boshqarmalari, tuman (shahar) boʻlimlari rahbarlari va taʼlim muassasasi rahbarlari sertifikatlarning hisob-kitobi, saqlanishi va maqsadga muvofiq ishlatilishi boʻyicha oʻrnatilgan tartibda shaxsiy javobgardirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
DTM sertifikatlar roʻyxatini olib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
attestatsiyadan oʻtgan pedagogning familiyasi, ismi, otasining ismi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
asos: attestatsiya komissiyasi qarori sanasi, bayonnoma raqami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sertifikat bergan taʼlim muassasasi nomi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
berilgan sana va buyruq raqami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sertifikatning amal qilish muddati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sertifikatning amal qilishdan toʻxtatilishi asosi va sanasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sertifikat nusxasi (dublikati)ning berilish asosi va sanasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Pedagog kadrlarga malaka toifalarini berish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50. Taʼlim muassasalarining pedagog kadrlari malaka toifasi attestatsiya komissiyasi tomonidan majburiy yoki navbatdan tashqari attestatsiya paytida malaka toifalariga talablar asosida aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51. Pedagog kadr ikkinchi, birinchi va oliy malaka toifasiga talabgorlik qilishi va attestatsiyadan muvaffaqiyatli oʻtsa — ega boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pedagog kadr malaka toifasini oshirishning majburiy sharti pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti (markazi)da uning malaka oshirishdan oʻtishi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
52. Pedagog kadrlarga malaka toifasi besh yil muddatga beriladi, bu muddat oʻtgandan keyin pedagog oʻz malaka toifasini tasdiqlashga majbur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
53. Oʻqituvchiga ikkinchi malaka toifasini berish quyidagi asosiy koʻrsatkichlar bilan aniqlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) pedagogik xodim malakasi — bilim va koʻnikmalarni baholashning standart talablardan yuqori boʻlgan pedagogika nazariyasi, psixologiya va yoshlar fiziologiyasi asoslari, oʻqiladigan fanning tayanch komponenti mazmuni, taʼlim va tarbiya metodikasi bilan aniqlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) pedagogik xodimning mahorati — taʼlim jarayonida qulay mikroiqlim yaratish, amaliy faoliyatda taʼlim jarayonining xilma-xil (variant)liligini taʼminlovchi oʻqitish metodlari, usullari va vositalarini qoʻllay olish, pedagogik tashxisning qoʻllanilayotgan oddiy metodlari va vositalari, oʻquvchilar jamoasini toifalashning asosiy shakllari, oʻquvchilarning anglash va muomala (kommunikativ) madaniyatini shakllantirish va rivojlantirishning asosiy metodlari bilan aniqlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) pedagogik xodim mehnati samaradorligi — pedagog bevosita muloqot qiladigan oʻquvchilar guruhini ahil jamoa sifatida saqlashga imkon beruvchi amaliy ish faoliyati; oʻquvchilarni Davlat taʼlim standartlariga mos holda bilim olishini taʼminlash orqali aniqlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) oʻqituvchi lavozimida kamida 3 yil ish stajiga ega boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
54. Birinchi malaka toifasini berish quyidagi asosiy koʻrsatkichlar bilan aniqlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) pedagogik xodim malakasi — bilim va koʻnikmalarni baholashning standart talablardan yuqori boʻlgan taʼlim jarayonini individuallashtirish texnologiyasi, psixologik-pedagogik tashxisning zamonaviy usullari oʻqiladigan fanning tayanch komponenti mazmuni, turli darajada oʻqitishni olib borish imkonini beradigan nazariy bilimlar darajasi bilan aniqlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) pedagogik xodimning mahorati — oʻquv-tarbiya jarayoni mazmuni, metodlari va shakllarini tanlashda oʻquvchilarning psixologik xususiyatlarini hisobga ola bilish, rivojlanishlari, mayllari, qobiliyatlari, qiziqishlari va sogʻliqlari darajasi turlicha boʻlgan oʻquvchilar toifalarini hisobga olgan holda pedagogik masalalarni hal qilishga va amaliy faoliyatda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni, shaxsni rivojlantirish pedagogikasi texnologiyalari elementlarini, fan boʻyicha oʻquv-metodik ishlarni tahlil qilish metodikalarini qoʻllashga qodirlik bilan aniqlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) pedagogik kadr mehnati samaradorligi maktab ijtimoiy hayotida faol qatnashishi; malaka oshirish kurslarini muntazam oʻtashi; viloyat yoki tuman (shahar) darajasida ilmiy-metodik tadbirlarida faol qatnashishi; uning tajribalari viloyat yoki tuman (shahar) darajasida ommalashtirilganligi, shuningdek oʻquvchilari ikkinchi tur fan olimpiadalarida, viloyat yoki tuman darajasidagi koʻrik tanlovlarida, sport musobaqalarida sovrinli oʻrinlarni egallaganligi (bunday fan olimpiadalari va tadbirlar oʻtkazilmaydigan boshlangʻich sinf va fan pedagoglari bundan mustasno) orqali aniqlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) ikkinchi toifali oʻqituvchi lavozimida kamida 3 yil ish stajiga ega boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
55. Oliy malaka toifasini berish quyidagi asosiy koʻrsatkichlar bilan aniqlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) pedagogik xodimning malakasi — koʻrsatkichi pedagogik fan va amaliyotning, oʻz bilim sohasining eng yangi yutuqlarini oʻzlashtirish, amaliy masalalarni ijodiy hal qilish bilan aniqlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) pedagogik xodim mahorati — koʻrsatkichi taʼlim va tarbiyalash metodlari, vositalari, shakllarini optimal tanlashni amalga oshira olish yoki tarqatishga tavsiya berilishi mumkin boʻlgan pedagogik texnologiyalar yoki ularning elementlarini mustaqil ravishda ishlab chiqish, sinab koʻrish va muvaffaqiyatli qoʻllash, oʻquvchilarning ijodiy imkoniyatlarini yuzaga chiqarish uchun sharoitlar yaratish bilan aniqlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) pedagogik xodim mehnati samaradorligi — maktab ijtimoiy hayotida faol qatnashishi; malaka oshirish kurslarini muntazam oʻtashi; viloyat yoki tuman (shahar) darajasida ilmiy-metodik tadbirlarida faol qatnashishi; uning tajribalari respublika yoki viloyat darajasida ommalashtirilganligi, shuningdek oʻquvchilari ikkinchi yoki uchinchi tur fan olimpiadalarida, xalqaro, respublika, viloyat darajasidagi koʻrik tanlovlarida, sport musobaqalarida sovrinli oʻrinlarni egallaganligi (bunday fan olimpiadalari va tadbirlar oʻtkazilmaydigan boshlangʻich sinf va fan pedagoglari bundan mustasno) orqali aniqlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) birinchi toifali oʻqituvchi lavozimida kamida 3 yil ish stajiga ega boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
56. Malaka toifalarini berishda kadr maʼlumotiga qoʻyiladigan talablar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pedagog kadrga mutaxassis toifasi unda bakalavr darajasi toʻgʻrisidagi yoki oliy maʼlumotga ega boʻlganligi toʻgʻrisidagi diplom mavjud boʻlgandagina attestatsiyasiz beriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
magistr darajasiga ega boʻlgan pedagog kadrni ishga qabul qilishda ikkinchi malaka toifasi attestatsiyadan oʻtkazilmasdan beriladi. Bu toifa keyinchalik attestatsiyalar natijasiga koʻra oʻzgartirilishi mumkin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fan nomzodi yoki fan doktori ilmiy darajasiga ega boʻlgan pedagog kadrlarga oliy malaka toifasi, agar u kamida uch yillik pedagogik ish stajiga ega boʻlsa, attestatsiya oʻtkazilmasdan beriladi, qolgan hollarda birinchi malaka toifasi beriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrta maxsus, kasb-hunar maʼlumotiga ega boʻlgan kadrga attestatsiya natijalariga koʻra mutaxassis, ikkinchi va istisno hollarda birinchi malaka toifasi berilishi mumkin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrta maxsus, kasb-hunar maʼlumotiga ega boʻlgan pedagog kadrga ushbu Nizom kuchga kirgandan oldin oliy yoki birinchi malaka toifasi berilgan boʻlsa, koʻrsatilgan malaka toifasi ushbu Nizomga asoslanib oʻtkazilgan attestatsiya natijalariga koʻra saqlanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
57. Attestatsiya xulosasidan norozi boʻlgan pedagog va rahbar kadrlar attestatsiyadan keyin oʻn kun ichida Apellyatsiya komissiyasiga murojaat qilishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Apellyatsiya oʻtkazish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
58. Apellyatsiya komissiyalari 3—5 kishidan iborat boʻlib, ular quyidagicha tuziladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalq taʼlimi boshqaruv organlari rahbarlariga Apellyatsiya komissiyasi XTV da;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim muassasalari, kasbga yoʻnaltirish va oʻquvchilarning psixologik-pedagogik tashxisi markazlari, metodik kabinetlar rahbarlari, malaka oshirish va qayta tayyorlash institut (markaz, fakultet va kurs)lari rahbarlariga DTMda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim muassasalari pedagog kadrlariga — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlim vazirligi, viloyatlar xalq taʼlim boshqarmalari va Toshkent shahar xalq taʼlim Bosh boshqarmasida.
(58-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2006-yil 18-iyuldagi 117, 20, 01-231-sonli (roʻyxat raqami 1540-1-son 03.08.2006-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 31-32-son, 325-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Apellyatsiya komissiyalariga boshqa muassasa va tashkilotlardan mutaxassislar jalb etilishi mumkin. Komissiya faoliyati uning ishida aʼzolardan uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda vakolatli deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya raisi DTM, xalq taʼlimi boshqaruv organlari rahbarlaridan tayinlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
59. Arizalar qayd etilgan sanadan boshlab, bir oy mobaynida koʻrib chiqiladi. Apellyatsiya komissiyasi ariza egasini ariza koʻrib chiqilgan kundan keyingi besh kun ichida uning arizasi koʻrib chiqilganligi toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
60. Apellyatsiya komissiyasi attestatsiya oʻtkazish tartiblari buzilmaganligi yoki arizachini qaytadan attestatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisida qaror chiqaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
61. Apellyatsiya komissiyasi xulosasi ikki nusxada bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi, bayonnomaning bir nusxasi arizachiga taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
62. Pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifalarini berish, shuningdek, rahbar kadrlar attestatsiyasi toʻgʻrisidagi mehnat nizolari, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rahbar va pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifalari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Attestatsiya varaqasi bilan tanishdim _______________________ “___” _________ 200__ yil.
(attestatsiyadan oʻtuvchi imzosi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rahbar va pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifalari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Malaka toifasini berish toʻgʻrisidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SERTIFIKAT

Seriyasi ________ № _______________
Berildi ushbu sertifikat _______________________________________________________ ___________________________________________________________________________ ga
(Familiyasi, ismi, otasining ismi)
200__ yil “___” _______________ dagi _____________________________________________