Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.01.2005 01.06.1998 yildagi 236-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori , 01.06.1998 yildagi 236-son
Date of entry into force
01.06.1998
Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.01.2005
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

XALQARO TIKLANISH VA TARAQQIYOT BANKI BERADIGAN QARZ DOIRASIDA SOGʻLIQNI SAQLASHNING BOSHLANGʻICH BOʻGʻININI ISLOH QILISH LOYIHASINI AMALGA OSHIRISHNI JADALLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 27-yanvardagi 34-sonli “Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida “Salomatlik-2” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining sogʻliqni saqlash boshlangʻich boʻgʻinini isloh qilish loyihasini amalga oshirish hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB) bilan hamkorlikni mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
XTTB bilan hamkorlikda va Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida sogʻliqni saqlashni isloh qilish loyihalarini ishlab chiqish uchun beriladigan Yaponiya grantidan samarali foydalanishni taʼminlashga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1996-yil 30-yanvardagi 43-son qarori doirasida Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi ishchi guruh tomonidan uchta viloyatda (Navoiy, Sirdaryo va Fargʻona viloyatlarida) sogʻliqni saqlashning boshlangʻich boʻgʻinini isloh qilish boʻyicha “Salomatlik-1” boshqarish loyihasi tayyorlanganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Salomatlik-1” loyihasini amalga oshirish jarayonini jadallashtirish uchun XTTB tomonidan, kelgusida beradigan qarzi hisobiga, 750 ming AQSH dollari miqdorida avans ajratilganligi, ularning “Salomatlik-1” loyihasini amalga oshirish boʻyicha tayyorgarlik tadbirlarini bajarishga yoʻnaltirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi “Salomatlik-1” loyihasini amalga oshirishda bajaruvchi tashkilot etib belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Loyihaga umumiy rahbarlikni amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida 1-ilovaga* muvofiq tarkibda “Salomatlik-1” loyihasini amalga oshirishni muvofiqlashtirish respublika komissiyasi tuzilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 1-ilova berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Navoiy, Sirdaryo va Fargʻona viloyatlari hokimliklari huzurida sogʻliqni saqlashning boshlangʻich boʻgʻinini isloh qilish loyihasini amalga oshirishni muvofiqlashtirish viloyat komissiyalari tuzilsin, ular zimmasiga sogʻliqni saqlashning boshlangʻich boʻgʻinini isloh qilishni tashkiliy va moddiy-texnikaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlash yuzasidan javobgarlik yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzurida, shtatdagi xodimlari 2-ilovaga muvofiq boʻlgan, “Salomatlik-1” loyihasini amalga oshirish boʻyicha markaziy byuro tashkil qilinsin hamda markaziy byuro xarajatlari milliy valyutada, loyihani roʻyobga chiqarish uchun XTTB tomonidan ajratiladigan mablagʻlar hisobiga amalga oshirilishi belgilab qoʻyilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Navoiy, Sirdaryo va Fargʻona viloyatlari sogʻliqni saqlash boshqarmalari huzurida, shtatdagi xodimlari 3-ilovaga* muvofiq boʻlgan, loyihani amalga oshirish boʻyicha viloyat byurolari tashkil qilinsin hamda viloyat byurolarining barcha xarajatlari mahalliy budjet hisobiga qoplanishi belgilab qoʻyilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 3-ilova berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Markaziy byuro hamda viloyat byurolari zimmasiga XTTB tomonidan avans va qarz berilishi shart-sharoitlari boʻyicha hamda Vazirlar Mahkamasining “2000-yilgacha boʻlgan davrda Oʻzbekiston Respublikasi qishloq ijtimoiy infrastrukturasini rivojlantirish dasturi toʻgʻrisida” 1996-yil 21-maydagi 182-son qaroriga muvofiq “Salomatlik-1” loyihasi barcha komponentlarini roʻyobga chiqarish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
markaziy byuroni joylashtirish uchun bino ajratsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq vrachlik punktlarini zarur dori-darmonlar va vaksina preparatlari bilan taʼminlash mexanizmini yaratish chora-tadbirlarini koʻrsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya vazirligi bilan birgalikda “Oʻztibbiyoteksport” bilan — tibbiyot asbob-uskunalari xarid qilish toʻgʻrisida hamda “Oʻztibbiyottexnika” aksiyadorlik kompaniyasi bilan — tibbiyot asbob-uskunalarini yetkazib berish va toʻplash toʻgʻrisida bitim tuzsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Navoiy, Sirdaryo, Fargʻona viloyatlari hokimliklari hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda sogʻliqni saqlash boshlangʻich boʻgʻinini isloh qilishning tajriba-koʻrgazmali dasturlarini amalga oshirishni tashkiliy va moddiy-texnikaviy jihatdan taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A. A. Azizxoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1998-yil 1-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
236-son

Vazirlar Mahkamasining 1998-yil
1-iyundagi 236-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Salomatlik-1” loyihasini amalga oshirish boʻyicha markaziy byuroning shtatdagi xodimlari soni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
‎‎Markaziy byuro‎‎‎

— 1‎

‎‎Direktor oʻrinbosari‎‎‎

— 1‎

‎‎Loyiha komponentlari‎‎‎ni muvofiqlashtiruvchilar

— 3‎

‎‎XTTB tartibotlariga mablagʻlar sarflash boʻyicha buxgalter‎‎‎-mutaxassis

— 1‎

‎‎Kotib-maʼmur‎‎‎

— 1‎

‎‎Tarjimon‎

— 1‎

‎‎Transport haydovchisi‎‎‎

— 1‎

‎‎Jami:‎‎‎

— 9‎