27.01.2005 yildagi 34-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 27.01.2005 yildagi 34-son
Date of entry into force
27.01.2005
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
XALQARO TARAQQIYOT UYUSHMASI ISHTIROKIDA “SALOMATLIK-2” LOYIHASINI AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublikada sogʻliqni saqlashning boshlangʻich boʻgʻinini isloh qilish jarayonini chuqurlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlik doirasida 1999 — 2004-yillarda Fargʻona, Sirdaryo, Navoiy, Xorazm viloyatlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasida sogʻliqni saqlashning boshlangʻich boʻgʻinini isloh qilishga yoʻnaltirilgan “Salomatlik-1” loyihasi umuman tugallanganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jahon banki direktorlar Kengashi “Salomatlik-2” loyihasini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasiga Xalqaro taraqqiyot uyushmasi mablagʻlaridan kredit va grant berilishini maʼqullaganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Salomatlik-2” loyihasi doirasida sogʻliqni saqlashning boshlangʻich boʻgʻini tizimini mustahkamlash va isloh qilish hamda respublika boʻyicha umumiy vrachlik amaliyotini joriy etish, shuningdek Toshkent, Samarqand, Guliston va Margʻilon shaharlarida dastlabki tibbiy yordamning shahar modelini sinovdan oʻtkazish koʻzda tutilganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihaning umumiy qiymati 118,1 mln AQSH dollari miqdorida hamda uni moliyalashtirishda tomonlarning ishtiroki sxemasi, shu jumladan Xalqaro taraqqiyot uyushmasining oʻn yillik imtiyozli davrni oʻz ichiga olgan holda 1-ilovaga* asosan mablagʻ bilan taʼminlash rejasiga muvofiq 35 yil muddatda qaytariladigan 39,5 mln AQSH dollariga teng miqdordagi krediti belgilanganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Xalqaro taraqqiyot uyushmasi oʻrtasida 2004-yil 3-oktabrda “Rivojlantirish maqsadlarida moliyalashtirish toʻgʻrisida”gi kredit bitimi imzolanganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 30-noyabrda 16-13170/1-son yuridik xulosa berilganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihani amalga oshirish besh yil muddatga belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Loyihani moliyalashtirish uchun Xalqaro taraqqiyot uyushmasi tomonidan ajratiladigan kreditni qaytarish jadvali 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi loyiha amalga oshirilishi uchun masʼul boʻlgan ijro etuvchi agentlik hisoblanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (Salomatlik-1) va Xalqaro taraqqiyot uyushmasi (Salomatlik-2) kreditlari boʻyicha asosiy qarzni qaytarish, ular boʻyicha foizlar va vositachilik toʻlovlari bilan bogʻliq xarajatlar davlat budjeti mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 18-dekabrdagi PQ-532-sonli Qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 51-52-son, 507-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. “Salomatlik-2” (Xalqaro taraqqiyot uyushmasi) va “Ayollar va bolalar sogʻligʻini mustahkamlash” (Osiyo taraqqiyot banki) loyihalari oldida turgan umumiy yoʻnalish va maqsadlarni, shuningdek bu loyihalarni muvofiqlashtirish va boshqarishning yagona mexanizmini yaratish toʻgʻrisida Xalqaro taraqqiyot uyushmasi va Osiyo taraqqiyot banki tavsiyalarini hisobga olib, koʻrsatib oʻtilgan loyihalarga umumiy rahbarlik qilish Sogʻliqni saqlash vazirligiga yuklansin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Iqtisodiyot vazirligining “Salomatlik-2” (Xalqaro taraqqiyot uyushmasi) va “Ayollar va bolalar sogʻligʻini mustahkamlash” (Osiyo taraqqiyot banki) loyihalarini amalga oshirish boʻyicha qoʻshma byuroni 3-ilovaga muvofiq tashkiliy tuzilmasi bilan tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Salomatlik-2” va “Ayollar va bolalar sogʻligʻini mustahkamlash” loyihalarini amalga oshirish boʻyicha qoʻshma byuroning taʼminoti xarajatlarini moliyalashtirishni Xalqaro taraqqiyot uyushmasi va Osiyo taraqqiyot bankining kredit mablagʻlaridan ulushli foydalanish hisobiga amalga oshirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki oy muddatda “Salomatlik-2” loyihasining texnik-iqtisodiy hisoblari ishlab chiqilishini hamda belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritilishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi, qoʻshma byuro bilan birgalikda mazkur loyiha doirasida xarid qilinadigan tovarlarga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika “Oʻztibbiyoteksport” tashqi iqtisodiyot korxonasi bilan — xarid qilish toʻgʻrisida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻztibtexnika” aksiyadorlik kompaniyasi bilan — qabul qilish, omborlarga joylashtirish va yetkazib berish toʻgʻrisida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dori vositalari va tibbiyot texnikasining sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasi bilan — ekspertiza qilish va sertifikatsiyalash toʻgʻrisida koʻp tomonlama bitimlar tuzsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda loyihani amalga oshirish boʻyicha qoʻshma byuro bilan birgalikda:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Salomatlik-2” (Xalqaro taraqqiyot uyushmasi) va “Ayollar va bolalar sogʻligini mustahkamlash” (Osiyo taraqqiyot banki) loyihalarining amalga oshirilishini muvofiqlashtirish hamda loyihalar doirasida ajratiladigan mablagʻlardan foydalanishning iqtisodiy samaradorli ustidan doimiy nazoratni tashkil etish uchun javobgarlikni sogʻliqni saqlashni boshqarish hududiy organlari zimmasiga yuklasinlar;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Salomatlik-2” (Xalqaro taraqqiyot uyushmasi) va “Ayollar va bolalar sogʻligini mustahkamlash” (Osiyo taraqqiyot banki) loyihalari amalga oshirilishi uchun javobgarlikni hududiy darajada Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga hamda viloyatlar va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash boshqarmalariga yuklasinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu loyihalar doirasida zarur jihozlarni xarid qilish boshlangunga qadar qishloq vrachlik punktlarida, tuman markaziy kasalxonalari laboratoriyalarida, shahar poliklinikalarida, oʻquv va axborot markazlarida taʼmirlash-qurilish ishlarining oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi 2005-yildan boshlab har yili “Salomatlik-2” loyihasini amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasi ulushini moliyalashtirish uchun davlat budjetidan zarur mablagʻlar ajratishni nazarda tutsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi buyurtmanomalariga binoan loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarga, konsullik yigʻimlari va boshqa yigʻimlar undirilmasdan koʻp martalik vizalar rasmiylashtirilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi buyurtmanomalariga binoan loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarga, ularni davlat boji toʻlovidan ozod qilgan holda koʻp martalik vizalar berilishini va vizalar muddati uzaytirilishini, shuningdek ularni Oʻzbekiston Respublikasida vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazishni va vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki beradigan qarz doirasida sogʻliqni saqlashning boshlangʻich boʻgʻinini isloh qilish loyihasini amalga oshirishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 1-iyundagi 236-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2005-yil 27-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 27-yanvardagi 34-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Salomatlik-2” va “Ayollar va bolalar sogʻligini mustahkamlash” loyihalarini amalga oshirish boʻyicha qoʻshma byuroning
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashkiliy tuzilmasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element