Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.11.2006 26.08.1998 yildagi 370-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 26.08.1998 yildagi 370-son
Date of entry into force
26.08.1998
Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.11.2006
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ISTEʼMOLChILARNING HUQUQLARINI HIMOYA QILISh va reklama TOʻGʻRISIDAGI QONUN HUJJATLARI BUZILGANLIGI UChUN MONOPOLIYAGA QARShI FAOLIYATNI AMALGA OShIRUVChI DAVLAT ORGANI TOMONIDAN SOLINADIGAN JARIMALARNI XOʻJALIK YuRITUVChI SUBYEKTLARGA QOʻLLASh TARTIBINI TASDIQLASh HAQIDA
(hujjat nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-martdagi 123-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (“Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimi takomillashtirilganligi hamda ularning moliyaviy javobgarligi erkinlashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi OʻRQ-59-son Qonuni)”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 27-moddasining isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi uchun jarimalar solishga oid qismini “Reklama toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-martdagi 123-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi uchun monopoliyaga qarshi faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organi tomonidan solinadigan jarimalarni xoʻjalik yurituvchi subyektlarga qoʻllash tartibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-martdagi 123-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari B. S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1998-yil 26-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
370-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil
26-avgustdagi 370-son qaroriga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi uchun monopoliyaga qarshi faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organi tomonidan solinadigan jarimalarni xoʻjalik yurituvchi subyektlarga qoʻllash
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-martdagi 123-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TARTIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Tartib “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 27-moddasini va “Reklama toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 29-moddasini bajarish yuzasidan ishlab chiqilgan.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-martdagi 123-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur Tartibning amal qilishi Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻz faoliyatini amalga oshiruvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar (ishlab chiqaruvchi, ijrochi, sotuvchiga, ularning idoraviy boʻysunishi va mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, joriy etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Tartibning amal qilishi jismoniy shaxslarga nisbatan tatbiq qilinmaydi, mazkur Tartibning 3-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno
(2-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 27-oktabrdagi 467-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 20-son, 196-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Tartibda nazarda tutilmagan isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini, shuningdek reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun yuridik shaxs boʻlmagan holda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslardan jarimalar undirish Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga muvofiq amalga oshiriladi.
(2-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 27-oktabrdagi 467-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 20-son, 196-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Monopoliyaga qarshi faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organi (Oʻzbekiston Respublikasi Davlat monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi) isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining quyidagi buzilishlari uchun ishlab chiqaruvchiga, ijrochiga va yuridik shaxs boʻlgan sotuvchiga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) yaroqlilik muddati oʻtib ketgan yoki qonun hujjatlarida yaroqlilik muddatlari majburiy ravishda koʻrsatilishi belgilangan yaroqlilik muddati koʻrsatilmagan tovarlarni sotish uchun qabul qilganlik va sotganlik uchun eng kam oylik ish haqining besh yuz baravari miqdorida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) tovarning sotib olinganligini yoki ishning haqi toʻlanganligini tasdiqlovchi, tovar (ish, xizmat)ning bahosi haqidagi maʼlumot koʻrsatilgan kassa va tovar cheklari hamda boshqa hujjatlar isteʼmolchiga berilmasdan tovarlar sotilganligi yoki xizmatlar koʻrsatilganligi uchun eng kam oylik ish haqining yuz baravari miqdorida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) isteʼmolchilar huquqlarining quyidagi buzilishlarini bartaraf etish toʻgʻrisidagi yozma koʻrsatmalarni bajariщdan boʻyin tovlangan yoki ular oʻz vaqtida bajarilmagan hollarda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) toʻgʻrisidagi zarur axborot, tovar (ish, xizmat) toʻgʻrisidagi axborot mavjud emasligi, shuningdek tovarni almashirish tartibi va shartlari bajarilmaganligi uchun eng kam oylik ish haqining yetmish baravari miqdorida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovar (ish, xizmat) toʻgʻrisida ishonchli boʻlmagan yoki yetarlicha toʻliq boʻlmagan axborot berilganligi, kafolat muddati belgilanadigan tovarlar kafolat majburiyatlarisiz sotilganligi va tovarlarning ayrim turlarini sotish (xizmatlar koʻrsatish)ning belgilangan tartibda tasdiqlanadigan tartibi talablari buzilishining boshqa hollari uchun eng kam oylik ish haqining ellik baravari miqdorida jarima solishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Monopoliyaga qarshi davlat organi (Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi) mazkur bandning “a” va “b” kichik bandlarida nazarda tutilgan isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun tayyorlovchiga, ijrochiga va jismoniy shaxs boʻlgan sotuvchiga eng kam oylik ish haqining yuz baravari miqdorida jarima solishga haqlidir.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 27-oktabrdagi 467-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 20-son, 196-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Monopoliyaga qarshi faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organi (Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi) reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganliklari uchun reklama beruvchilarga, reklama tayyorlovchilarga va uni tarqatuvchilarga:
(4-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-oktabrdagi 412-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) notoʻgʻri reklama, tashqi reklamani joylashtirish tartibiga rioya qilinmaganligi va aksilreklama berish rad etilganligi uchun eng kam oylik ish haqining yuz baravari miqdoridan besh yuz baravari miqdorigacha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonunning 27-moddasida koʻrsatib oʻtilgan davlat organlariga reklamaga tegishli maʼlumotlar belgilangan muddatda taqdim etilmaganligi uchun eng kam oylik ish haqining qirq baravari miqdoridan ellik baravari miqdorigacha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishlarini toʻxtatish toʻgʻrisidagi yozma koʻrsatmalar oʻz vaqtida bajarilmaganligi uchun eng kam oylik ish haqining yuz baravari miqdorigacha jarima solishga haqlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur Tartibning 3-bandi “b”, “v” va “g” kichik bandlarida, shuningdek, 4-bandi “b” va “v” kichik bandlarida nazarda tutilgan hollarda jarimalar monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish hududiy organlari boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari tomonidan mustaqil ravishda solinadi, mazkur Tartibning 3-bandi “a” kichik bandida va 4-bandi “a” kichik bandida nazarda tutilgan hollarda esa Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi raisi va uning oʻrinbosarlari bilan kelishilgan holda solinadi.
(4-band 5-band deb hisoblanib Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-martdagi 123-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 10-oktabrdagi 225-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2005-y., 41-42-son, 317-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi uchun ishlab chiqaruvchiga (ijrochiga, sotuvchiga) solingan jarimalar soʻzsiz tartibda undirib olinadi,
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Tartibning 3-bandida nazarda tutilgan isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi uchun ishlab chiqaruvchiga (ijrochiga, sotuvchiga) solinadigan jarimalar miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining maxsus budjetdan tashqari schyotida Narxlarni boshqarish jamgʻarmasida jamlanadi va ulardan foydalanish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Narxlarni boshqarish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 1997-yil 22-iyuldagi 368-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
(6-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-oktabrdagi 412-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Monopoliyaga qarshi faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organi xoʻjalik yurituvchi subyektga jarimani boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berish huquqiga egadir, basharti jarima solish toʻgʻrisidagi qarorni darhol bajarish uning bankrot boʻlishiga olib kelishi mumkin boʻlsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Monopoliyaga qarshi faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organi tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga jarima solinishi ularning mansabdor shaxslarini Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikdan ozod qilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Jarima toʻlash xoʻjalik yurituvchi subyektlarni ular tomonidan yetkazilgan zararning oʻrni toʻliq toʻldirilishidan ozod qilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Tovar (ish, xizmat)larni ishlab chiqaruvchilar (ijrochilar, sotuvchilar) monopoliyaga qarshi faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organi qarorlarini toʻliq yoki qisman haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga murojaat qilishga haqlidirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ariza berilishi isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi uchun jarima solish haqidagi qarorlar ijro etilishini toʻxtatib qoʻymaydi, basharti koʻrsatib oʻtilgan qarorning bajarilishi toʻxtatib turilishi toʻgʻrisida sud tomonidan ajrim chiqarilmagan boʻlsa.