Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.04.2010 22.07.1997 yildagi 368-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 22.07.1997 yildagi 368-son
Date of entry into force
22.07.1997
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.04.2010
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NARXLARNI BOShQARISh JAMGʻARMASI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi 62-sonli “Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga mablagʻlar ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 1997-yil 31-martdagi 165-son Qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Narxlarni boshqarish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Narxlarni boshqarish jamgʻarmasi mablagʻlaridan qatʼiyan belgilangan maqsadda foydalanishni taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasining “Narxlarni boshqarish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1993-yil 14-iyunda 284-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari B.S.Hamidov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1997-yil 22-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
368-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil
22-iyuldagi 368-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Narxlarni boshqarish jamgʻarmasi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. ASOSIY QOIDALAR
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Nizom Vazirlar Mahkamasining “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 1997-yil 31-martdagi 165-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.
(I-boʻlimning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 21-sentabrdagi 364-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 1-son, 2-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nizom Narxlarni boshqarish jamgʻarmasining maqsadi va vazifalarini belgilaydi, uni shakllantirish, undan foydalanish tartibini nazarda tutadi hamda (boʻysunishdan va mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar) barcha korxonalar, birlashmalar, tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslar, shuningdek (yuridik shaxs boʻlmasdan) Oʻzbekiston Respublikasi hududida mahsulotlar, tovarlar, ishlar va xizmatlarni tayyorlovchi va sotuvchi tadbirkorlar tomonidan bajarilishi majburiydir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Narxlarni boshqarish jamgʻarmasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. NARXLARNI BOShQARISh JAMGʻARMASINING MAQSAD VA VAZIFALARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Narxlarni boshqarish jamgʻarmasi aholini xoʻjalik yurituvchi subyektlar-monopolistlar mahsulotlariga narxlarning asossiz ravishda oʻsishidan ijtimoiy himoya qilish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish va inflatsiya jarayonlarini yumshatish maqsadida tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish Narxlarni boshqarish jamgʻarmasining asosiy vazifasi hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
monopolist korxonalar, tabiiy monopoliyalar subyektlari mahsulotlari, tovarlari, ishlari hamda xizmatlariga narx va tariflarning oʻsishini toʻxtatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
monopolist korxonalar va tabiiy monopoliya subyektlari tovarlari, ishlari, xizmatlari rentabelligi, narx va tariflari cheklangan darajasining oshishidan, ishlab chiqarish hajmlarining asossiz qisqarishidan hamda monopolist korxonalar va tabiiy monopoliya subyektlari ishlab chiqarayotgan mahsulotlar, koʻrsatayotgan xizmatlar sifatining pasayishidan isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika tovar bozorlarida raqobat muhitini rivojlantirish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash yoʻli bilan tovarlar narxlarini pasaytirish hamda ularni ishlab chiqarish va sotish hajmlarini koʻpaytirish uchun iqtisodiy shart-sharoitlar yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat tomonidan tartibga solib borish nazarda tutilgan tovarlar, ishlar va xizmatlarga narxlar va tariflarni, ustamalarni shakllantirish va qoʻllanish tartibiga tushuntirish ishlari olib borish, shuningdek davlat monopoliyaga qarshi kurashish oganlari tomonidan muntazam tekshirishlarni tashkil etish yoʻli bilan xoʻjalik subyektlarining rioya qilishlarini taʼminlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. NARXLARNI BOShQARISh JAMGʻARMASINI ShAKLLANTIRISh TARTIBI
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Narxlarni boshqarish jamgʻarmasi xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan monopoliyaga qarshi qonunchilik, tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisidagi, isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilgan hollarda ulardan tushadigan mablagʻlar, shuningdek mazkur qonun buzilishlari uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xoʻjalik yurituvchi subyektlarga solinadigan jarimalar hisobiga shakllantiriladi.
(III-boʻlimning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 19-iyundagi 216-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 1-son, 2-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur boʻlimning birinchi xatboshida nazarda tutilgan mablagʻlar va jarimalarning barcha summasi (Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining ijtimoiy rivojlantirish va xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi huzuridagi Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va korxonalarni tarkibiy oʻzgartirish jamgʻarmasiga tegishli ravishda 4 va 6 foiz miqdorida oʻtkaziladigan, shuningdek isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun solinadigan jarimalarning Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi huzuridagi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish ijtimoiy harakatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga oʻtkaziladigan 45 foizi miqdoridagi mablagʻlardan tashqari) Narxlarni boshqarish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi.
(III-boʻlimning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil4-yanvardagi 2-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 1-son, 2-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Narxlarni boshqarish jamgʻarmasiga tushgan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining budjetdan tashqari maxsus schyotida toʻplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mablagʻlarning Narxlarni boshqarish jamgʻarmasiga toʻliq, toʻgʻri va oʻz vaqtida oʻtkazilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining moliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. NARXLARNI BOShQARISh JAMGʻARMASIDAN FOYDALANISh
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Narxlarni boshqarish jamgʻarmasidan ijtimoiy tusdagi xarajatlarni mablagʻ bilan taʼminlashda va davlat tomonidan boshqariladigan narxlar (tariflar) boʻyicha aholiga koʻrsatiladigan xizmatlar narxlari (tariflari)dagi tafovutni qoplashda, hukumat tomonidan narxlari nisbatan nast darajada tutib turiladigan (ijtimoiy himoyaga muhtoj isteʼmolchilar guruhlarini qoʻshgan holda) ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan isteʼmol tovarlarini ishlab chiqarishda va repsublika hukumati belgilaydigan boshqa maqsadlarda foydalaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Narxlarni boshqarish jamgʻarmasi mablagʻlari davlat budjetini toʻldirishga yoʻnaltirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻrsatib oʻtilgan maqsadlarga mablagʻlar ajratish toʻgʻrisidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Narxlarni boshqarish jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanishning toʻgʻriligini nazorat qilish amaldagi qonunilikka muvofiq amalga oshiriladi.