Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.04.1998 16.03.1994 yildagi 138-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 16.03.1994 yildagi 138-son
Date of entry into force
16.03.1994
Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.04.1998
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

SAVDO KORXONALARI VA TAShKILOTLARIGA SOLIQ SOLIShDAGI AYRIM OʻZGARIShLAR TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 10-apreldagi 153-sonli “Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalariga soliq solish tartibi toʻgʻrisida”gi qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Savdo sohasida chiqimga qarshi mexanizmning faoliyat koʻrsatishi uchun amaliy shart-sharoitlar yaratish va soliq solish tartibini takomillashtirish hisobiga savdo korxonalari hamda tashkilotlarining muomala xarajatlarini kamaytirishdan manfaatdorliklarini oshirish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “Oʻzbekiston Respublikasi 1994-yilgi budjetining asosiy parametrlari toʻgʻrisida” 1993-yil 28-dekabrdagi 993-XII-son qarorining 6 va 7-bandlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 1994-yil 1-yanvardan boshlab, qaysi idoraga boʻysunishi va mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, savdo korxonalariga soliq solishning yangi tartibi belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Savdo korxonalari va tashkilotlari budjetga toʻlanadigan qoʻshilgan qiymat soligʻi va daromaddan olinadigan soliqdan ozod etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Savdo korxonalarining daromadlilik darajasiga koʻra yalpi daromaddan tabaqalashtirilgan stavkalar boʻyicha olinadigan soliq ilovaga muvofiq joriy etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda savdo qiluvchi tashkilotlar yalpi daromadiga solinadigan soliqni hisob-kitob qilish tartibini tasdiqlasin va uni soliq toʻlovchilarga yetkazsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi “Oʻzbeksavdo” davlat uyushmasi va Oʻzbekbirlashuv boshqaruvi bilan birgalikda savdo korxonalarining 1994-yil 1 yarim yilligi ish yakunlari boʻyicha amaldagi soliq stavkalari holatini va samaraliligini tahlil qilsinlar hamda zarur boʻlganda bu masala yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tegishli takliflar kiritsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 26-fevraldagi 98-son qaroriga ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1994-yil 16-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
138-son

Vazirlar Mahkamasining
1994-yil 16-martdagi 138-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarining yalpi daromadlariga
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TABAQALAShTIRILGAN SOLIQ STAVKALARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Daromadlilik darajasi

Savdo korxonalarining daromadlilik darajasi (yalpi daromadlarning tovar oborotiga nisbati)

Savdo korxonalari boʻyicha yalpi daromadga soliq stavkalari, foiz hisobida, joylashgan oʻrniga qarab

ulgurji savdo

chakana savdo

umumiy ovqatlanish

shahar joylarda

qishloq joylarda

olis va togʻli tumanlarda

Kam boʻlganda

‎17

16‎

39‎

‎17

‎16

14‎

Ortiq boʻlganda

17,0‎

16,0‎

39,0‎

50*‎

50*‎

50*‎

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Izoh: stavka daromadlilikning belgilangan darajalaridan ortiq boʻlgan daromadlarga nisbatan qoʻllaniladi