28.12.1993 yildagi 993-XII-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Qarori, 28.12.1993 yildagi 993-XII-son
Date of entry into force
06.06.1994
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI 1994 YILGI BUDJETINING ASOSIY KOʻRSATKIChLARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, bozor munosabatlarini bosqichma-bosqich joriy etish, xalq xoʻjaligi tarmoqlarining moliyaviy ahvolini barqarorlashtirish, pulning qadrsizlanish jarayonlarini bartaraf etish, pul muomalasini mustahkamlash talablari asosida ishlab chiqilib, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan Oʻzbekiston Respublikasi 1994-yilga budjetining asosiy koʻrsatkichlari maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi 1994-yilgi budjetining asosiy koʻrsatkichlari daromadlar boʻyicha 5181,8 milliard soʻm va xarajatlar boʻyicha 5619,3 milliard soʻm, budjet taqchilligi esa 437,5 milliard soʻm yoki yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbatan 5 foiz miqdorida belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Hududni rivojlantirishning iqtisodiy va ijtimoiy muammolarini hal qilishda mahalliy hokimiyat organlarining huquqlarini yanada kengaytirish va ularning javobgarligini aniq belgilab qoʻyish maqsadida respublika budjetining umumiy hajmida mahalliy budjetlar ulushi 1994-yilda 35 foizdan 50 foizga koʻpaytirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki kun muddat ichida Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlariga umumdavlat soliqlari va daromadlaridan ajratmalar normativlarini (foiz hisobida) tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Aholini, ayniqsa uning kam taʼminlangan va muhtoj tabaqalarini ijtimoiy muhofaza etish mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining muhim vazifasi deb hisoblansin. Moliya vazirligi va respublikaning moliya organlari 1994-yilgi budjet xarajatlarida umumiy taʼlim maktablarining I—V sinf oʻquvchilariga bepul nonushta berish, ikki yoshgacha boʻlgan goʻdaklarni bolalar oziq-ovqatlari bilan bepul taʼminlash, bolalarga moʻljallangan tovarlar boʻyicha 50 foizli chegirmalarni, yolgʻiz pensionerlarga kundalik eng zarur mollarni meʼyorlangan asosda bepul berish boʻyicha chiqimlarni, ularni oʻrtacha 3 barobar oshirgan holda, saqlab qolsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Ijtimoiy soha organlari — sogʻliqni saqlash, maorif, fan, madaniyat, ijtimoiy taʼminot va aholining turmush kechirishini taʼminlash bilan bogʻliq boshqa tarmoqlar mablagʻ bilan ustuvor tarzda taʼminlansin, bunda birinchi navbatdagi xarajatlar: ish haqi, stipendiya, pensiya va nafaqalar mablagʻ bilan oʻz vaqtida va toʻliq taʼminlanishiga alohida eʼtibor berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki budjet taqchilligi miqdorining davlat investitsiya xarajatlaridan oshib ketmasligini inobatga olgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga budjet taqchilligini qoplash uchun imtiyozli kredit resurslari bersin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbatan belgilab qoʻyilgan budjet taqchilligining cheklangan miqdorini saqlagan holda daromadlar boʻyicha ham, xarajatlar boʻyicha ham budjetning asosiy koʻrsatkichlariga aniqlik kiritish, budjet taqchilligining darajasi cheklangan miqdordan oshib ketgan taqdirda esa — vaqtinchalik toʻlovlar va yigʻimlar joriy etish huquqi berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Respublika xalq xoʻjaligi 1994-yilda normal faoliyat koʻrsatishini hamda budjetda nazarda tutilgan birinchi navbatdagi xarajatlarni mablagʻ bilan uzluksiz taʼminlash uchun zarur shart-sharoit yaratish maqsadida “Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qonun qabul qilingunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vaqtincha:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
resurs toʻlovlarini bekor qilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1994-yilda qoʻshilgan qiymat soligʻi stavkasi 25 foiz miqdorida saqlab qolinib, uning 6 foizi korxona va tashkilotlar ixtiyorida qoldirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalq xoʻjaligi tarmoqlari, shu jumladan qishloq xoʻjaligi faoliyatidan olinadigan daromad soligʻi stavkalarini, korxonalar mol-mulkiga solinadigan soliqni, kolxozchilar mehnat haqi fondiga solinadigan soliqni undirish tartibini, shuningdek korxonalarga beriladigan soliq imtiyozlarini qaytadan koʻrib chiqsin. Bunda ishchanlik va investitsion faollikni, tadbirkorlikni rivojlantirishni, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish moddiy hajmini va xalq isteʼmoli tovarlarini koʻpaytirishni ragʻbatlantiruvchi imtiyozlarni saqlab qolishni nazarda tutsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat soliq bosh boshqarmasi soliq solinadigan daromadlarni yashirish hollarining oldini olishni, aholining barcha tabaqalari tadbirkorlik va boshqa faoliyat boʻyicha oladigan daromadlarini deklaratsiya qilishga oʻtishini nazarda tutgan holda, toʻlanishi lozim boʻlgan toʻlovlarning budjetga toʻliq va oʻz vaqtida tushishi ustidan soliq organlari amalga oshiriladigan nazoratni kuchaytirish mexanizmini ishlab chiqsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi soliqqa doir qonun hujjatlariga qatʼiy rioya qilinishi ustidan, oʻgʻirlik, suiisteʼmol qilish, kamomad hollari boʻyicha yuborilgan materiallarning oʻz vaqtida koʻrib chiqilishi hamda aybdor shaxslar qonunda belgilangan javobgarlikka tortilishi, ular davlatga yetkazgan zararning oʻrni imkon boricha toʻliq qoplanishi yuzasidan nazoratni kuchaytirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Pul muomalasini mustahkamlash va soʻm-kupon qiymati barqarorligini saqlab turish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1994-yildan boshlab mulkchilikning barcha shaklidagi korxonalar va tashkilotlar uchun ish haqi fondini iqtisodiy jihatdan tartibga solib turishni joriy etish zarur deb topilsin. Istiqbolni belgilash va statistika davlat qoʻmitasi Mehnat vazirligi bilan birgalikda mahsulot (ishlar, xizmatlar) hajmining har bir foiz oʻsishiga ish haqi fondi oʻsishining normativ nisbatini ishlab chiqsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy bank, tijorat banklari xalq xoʻjaligi tarmoqlarining korxonalari va tashkilotlariga ish haqi toʻlash uchun pul berish chogʻida ish haqi fondi oʻsishi va mahsulot hajmi oʻsishi oʻrtasidagi normativ nisbatga rioya etilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Respublika budjetining 1994-yil 1-yanvargacha boʻlgan holatdagi amaldagi taqchillik summasi, shuningdek budjet kafolati asosida markazlashtirilgan kapital ajratmalar uchun berilgan kreditlar boʻyicha 1994-yil 1-yanvargacha boʻlgan holatdagi bank oldidagi qarzlar summasi davlat ichki qarzlari summasiga oʻtkazilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlarining 1994-yil 1-yanvargacha boʻlgan holatdagi erkin qoldigʻi istisno tariqasida respublika budjetiga oʻtkazilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, hokimiyatning mahalliy organlari budjetni ijro etish jarayonida uning mutanosibligini taʼminlash maqsadida qoʻshimcha daromadlarni izlab topish, davlat mablagʻlarini sarflashda qatʼiy tejamkorlikka rioya etish, shuningdek budjet taqchilligini noinflatsion yoʻsinda qoplashning istiqbolli yoʻnalishlaridan biri hisoblangan qimmatli qogʻozlar bozorini rivojlantirishga doir ishlarni davom ettirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yilgi respublika budjeti asosiy koʻrsatkichlarini daromadlar boʻyicha 1700,0 milliard soʻm, xarajatlar boʻyicha 1900,0 milliard soʻm, budjet taqchilligini esa 200,0 milliard soʻm yoki yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbatan 5 foiz miqdorida aniqlashtirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Raisi vazifasini bajaruvchi E. XALILOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1993-yil 28-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
993-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-y., 1-son, 9-modda)