11.08.2005 yildagi 193-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 11.08.2005 yildagi 193-son
Date of entry into force
11.08.2005
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VAZIRLAR MAHKAMASINING “KIChIK TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRIShNI RAGʻBATLANTIRISh MEXANIZMINI TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA” 1998 YIL 27-MAYDAGI 232-SON QARORIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish sohasidagi ustuvor yoʻnalishlarning amalga oshirilishini jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 14-iyundagi PF–3618-son Farmonini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 14-iyundagi PF-3619-son Farmonini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etiladigan hisobotlar tizimini takomillashtirish va uni noqonuniy talab etganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish toʻgʻrisida” 2005-yil 15-iyundagi PQ-100-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kichik tadbirkorlikni rivojlantirishni ragʻbatlantirish mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1998-yil 27-maydagi 232-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT., 1998-y., 5-son, 20-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari V.A. Golishev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2005-yil 11-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
193-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2005-yil 11-avgustdagi 193-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kichik tadbirkorlikni rivojlantirishni ragʻbatlantirish mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1998-yil 27-maydagi 232-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 1-banddan “kafolatlar va imtiyozlarning” soʻzlari “kafolatlarning” soʻzi bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 5-bandning birinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. 1-ilova quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Vazirlar Mahkamasining
1998-yil 27-maydagi 232-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida kichik tadbirkorlik subyektlari uchun belgilangan kafolatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r‎

Kafolatlar mazmuni‎

Qonun hujjatlari‎

1.‎ Soliq haqidagi qonun hujjatlariga kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun birmuncha noqulayroq sharoitlarni yuzaga keltiradigan oʻzgartirishlar kiritilgan taqdirda, mazkur subyektlardan keyingi ikki yil mobaynida bunday oʻzgarishlar kuchga kirgungacha amalda boʻlgan qonun hujjatlariga muvofiq soliq undiriladi. Bunda soliq solish tizimining va soliq solishni indeksatsiya qilish bilan bogʻliq soliqlar stavkasining oʻzgarishi, shuningdek faoliyatning ayrim turlari amalga oshirilganligi uchun yuridik va jismoniy shaxslarning daromadlariga qatʼiy belgilangan soliq joriy etilishi kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlarining faoliyati uchun birmuncha noqulayroq sharoitlar yaratadigan oʻzgartirishlar hisoblanmaydi. ‎ “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (16-modda, 2-qism) ‎
2.‎ Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi aʼzolari boʻlgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish ularning vakillari ishtirokida amalga oshirilishi mumkin. “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (39-modda) ‎
3.‎ 3. Belgilab qoʻyilsinki, qonun hujjatlarida belgilangan huquqlarga muvofiq nazorat organlari tomonidan mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini barcha tekshirishlar faqat nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
‎Tekshirishlarni Respublika kengashi bilan kelishmasdan amalga oshiradigan markazda va joylardagi nazorat qiluvchi organlarning rahbarlari belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi. ‎
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tekshirishlarni tartibga solish va nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlash-tirishni takomillashtirish toʻgʻri-sida” 1996-yil 8-avgustdagi PF-1503-son Farmoni (3-band)‎
4.‎ Belgilab qoʻyilsinki, asosan xalq isteʼmol mollari ishlab chiqaradigan, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari chuqur qayta ishlanadigan mavjud kichik qoʻshma korxonalarni yanada rivojlantirish hamda shunday yangi korxonalarni barpo etish, shuningdek eng avvalo qishloq joylarda infratuzilmani rivojlantirish yoʻli bilan raqobatbardosh va eksportga moʻljallangan mahsulotlar ishlab chiqarish hamda xizmat koʻrsatishni koʻzda tutuvchi investitsiya loyihalari jalb etilayotgan xorijiy kredit mablagʻlari hisobiga birinchi navbatda pul bilan taʼminlanadi.‎ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik va oʻrta tadbirkorlikni rivojlantirishni ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1997-yil 31-yanvardagi PF-1702-son Farmoni (2-band) ‎
5.‎ Belgilab qoʻyilsinki:
‎Oʻzbekiston Respublikasi vakolatli banklarining kichik biznes korxonalari uchun, dehqon-fermer xoʻjaliklarini ham qoʻshgan holda, investitsiya loyihalariga ajratilgan xorijiy kreditlarni qayta taqsimlashdan tushadigan vositachilik yigʻimlarining umumiy miqdori subkredit summasidan olinadigan yillik foydaning 0,15 foizidan oshmasligi lozim;
‎xorijiy kredit yoʻnalishlari boʻyicha olingan kreditlarni toʻlash muddati ular subzayomga qayta taqsimlanayotganida 3 oydan ortiq muddatga qisqartirilishi mumkin emas. ‎
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy tadbirkorlik, kichik biznesni rivojlantirishni yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 9-apreldagi PF-1987-son Farmoni (7-band)‎
6.‎ 2005-yilning 1-iyulidan boshlab tadbirkorlik subyektlariga nisbatan quyidagi huquqiy taʼsir choralarini faqat sud orqali qoʻllanish tartibi joriy etilsin:
‎faoliyatni tugatish;
‎faoliyatni toʻxtatib qoʻyish. Favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va sogʻligʻiga boshqa haqiqiy xavf-xatar yuzaga kelishining oldini olish munosabati bilan faoliyatni koʻpi bilan oʻn ish kunigacha toʻxtatib qoʻyish hollari bundan mustasno;
‎banklardagi hisobvaraqlar boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib qoʻyish. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish borasida aniqlangan hollar bundan mustasno;
‎moliyaviy sanksiyalarni qoʻllash. Soliq va yigʻimlarni toʻlash muddatini oʻtkazib yuborganlik uchun penya qoʻshish, shuningdek tadbirkorlik subyekti sodir etilgan huquqbuzarlikdagi aybiga iqror boʻlish va moliyaviy sanksiya jarimalarini ixtiyoriy ravishda toʻlash hollari bundan mustasno;
‎huquqbuzarlik predmetlarini davlat daromadiga oʻtkazish;
‎tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bilan shugʻullanish litsenziyalari (ruxsatnomalari)ni oʻn ish kunidan koʻproq muddatga toʻxtatib qoʻyish yoki amal qilishini tugatish va bekor qilish (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining komissiyalari va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan beriladigan litsenziyalar bundan mustasno).
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 14-iyundagi PF-3619-son Farmoni (1-band va Farmonga ilova)‎
7.‎ Quyidagilar belgilansin:
‎tadbirkorlik subyektlarining moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish (taftish qilish) belgilangan tartibda faqat davlat soliq xizmati organlari, ular tomonidan tekshirish davomida soliq va valyutaga oid jinoyat alomatlari aniqlangan taqdirda esa – Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurash departamenti tomonidan amalga oshiriladi;
‎nazorat organlarining rahbarlari va mansabdor shaxslari tadbirkorlik subyektlarini oʻz vakolatlari va nazorat sohasi doirasidan tashqari masalalar boʻyicha har qanday tekshiruvlar oʻtkazganligi uchun shaxsan javobgar, hatto jinoiy javobgar ham boʻladilar;
‎faqat qoʻzgʻatilgan jinoiy ish yuzasidan tekshirishni tayinlash toʻgʻrisidagi qaror yoki tekshiruvla�ni oʻtkazish toʻgʻrisida nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha maxsus vakolatli organning qarori mavjud boʻlgandagina qonunda koʻzda tutilgan hollarda tadbirkorlik subyektining tekshirilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyekt bilan oʻzaro munosabatlarinigina muqobil tarzda tekshirishga yoʻl qoʻyiladi.
‎Muqobil tekshirishlarni oʻtkazish chogʻida tadbirkorlik subyektlariga borish va ulardan tekshirishga taalluqli boʻlmagan moliya-buxgalteriya yoki boshqa hujjatlarni talab qilish man etilsin.‎
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 14-iyundagi PF-3619-son Farmoni (2-band)‎
8.‎ Quyidagilar belgilansin:
‎davlat organlarining noqonuniy qarorlari yoki shu organlar mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) natijasida tadbirkorlik subyektiga yetkazilgan zararning oʻrni sud qarori asosida toʻla hajmda bevosita ana shu davlat organlari tomonidan, birinchi navbatda, ularning budjetdan tashqari jamgʻarma mablagʻlari hisobiga qoplanishi lozim.‎
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 14-iyundagi PF-3619-son Farmoni (3-band)‎
9.‎ Tadbirkorlik subyektlaridan:
‎davlat soliq xizmati organlari va davlat statistika organlari belgilangan moliyaviy va statistik hisobotlarga qoʻshimcha ravishda har qanday maʼlumotlar, maʼlumotnoma va hujjatlarni talab qilishga (qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshiruvlarni oʻtkazish vaqtida qilingan talablar bundan mustasno);
‎boshqa davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlar tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan qonunlarda nazarda tutilmagan har qanday axborotni, shu jumladan hisobot, maʼlumotlar, maʼlumotnoma va hujjatlarni talab qilishlariga yoʻl qoʻyilmaydigan tartib oʻrnatilsin.
‎Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlarning mansabdor shaxslari qarorning ushbu bandini buzganlik uchun shaxsan javobgar boʻlishlari toʻgʻrisida qattiq ogohlantirilsin. ‎
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etiladigan hisobot tizimini takomillashtirish va uni noqonuniy talab etganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish toʻgʻrisida” 2005-yil 15-iyundagi PQ-100-son qarori (7-band)‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) toʻqqizinchi pozitsiyadagi “Organning nomi” ustuni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) oʻninchi pozitsiyadagi “Organning nomi” ustuni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) oʻn ikkinchi pozitsiyada “Kichik tadbirkorlikni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha vazifalari” ustunidan “Garov shartnomalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) quyidagi mazmundagi pozitsiya qoʻshilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi” ‎ Xususiy, kichik tadbirkorlikni rivojlantirish konsepsiyalari va dasturlarini, shuningdek ularni amalga oshirish mexanizmlarini ishlab chiqish.
‎Investitsiya va bozor tuzilmalarini tashkil etish va rivojlantirish, xususiy tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash, ularning moddiy-texnika resurslari olishlari, ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish bozorlariga kirib borishlari uchun teng shart-sharoitlar yaratishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni oʻz vakolatlari doirasida amalga oshirish.
‎Tadbirkorlik subyektlarining qonuniy huquq va manfaatlarini monopoliyaga qarshi qonunchilikni, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish, reklama faoliyati, bankrotlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzayotgan nohalol raqobatchilardan, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va ularning mansabdor shaxslari xatti-harakatlaridan oʻz vakolatlari doirasida himoya qiladi. ‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 5-bandning ikkinchi xatboshidagi, 7-bandning birinchi xatboshidagi va 8-banddagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi” soʻzlari “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 11-bandning birinchi va uchinchi xatboshidagi “Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi” soʻzlari “Savdo-sanoat palatasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 32-33-son, 249-modda)