27.01.2025 yildagi PF-11-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 27.01.2025 yildagi PF-11-son
Date of entry into force
01.02.2025
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uy-joy qurilishi sohasini yanada rivojlantirish, turar va noturar joy obyektlarini ulush kiritish asosida qurish jarayonini tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mamlakatimizda uy-joy qurilishi sohasini uy-joylarni loyihalashtirishdan tortib, foydalanishga topshirishgacha boʻlgan bosqichlarda kompleks tartibga solish, uy-joy qurilishi sohasini yanada rivojlantirish, investitsiyalarni jalb qilish mexanizmlarini takomillashtirish hamda turar va noturar joy obyektlarini ulush kiritish asosida qurish jarayonida fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini kafolatlash maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Markaziy bank hamda Adliya vazirligining quyidagilarni nazarda tutuvchi “Uy-joyning yagona hayotiy sikli” tamoyilini joriy etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
turar va noturar joy obyektlarini (keyingi oʻrinlarda — obyekt) ulush kiritish asosida qurish jarayonida jismoniy va yuridik shaxslarning (keyingi oʻrinlarda — ulushdor) huquqlari himoya qilinishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mavjud yer resurslaridan samarali (intensiv) foydalangan holda uy-joylar qurilishini tashkil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uy-joy qurilishi sohasida investitsiya loyihalarini amalga oshirish muddatlarini qisqartirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uy-joylarni ulush kiritish va ipoteka krediti asosida sotib olishning ishonchli va samarali imkoniyatini yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uy-joylar qurilishida energiya samarador qurilish materiallaridan foydalanishni ommalashtirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. “Uy-joyning yagona hayotiy sikli” tamoyili doirasida obyektlarni ulush kiritish asosida qurish jarayonida ulushdorlarning huquqlari himoya qilinishini taʼminlash maqsadida shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2025-yil 1-iyuldan boshlab:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) obyektlarni qurishda qurilish-pudrat tashkilotlari, developerlar va buyurtmachilar (keyingi oʻrinlarda — quruvchi) tomonidan ulushdorlarning pul mablagʻlarini qurilishga ulush kiritish asosida jalb qilish faqat notarial tasdiqlangan va kadastr organlarida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan obyekt qurilishida ulush kiritish asosida ishtirok etish shartnomasi (keyingi oʻrinlarda — ulushli shartnoma) boʻyicha amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) ulushli shartnoma davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab tomonlar birgalikda qurilish-montaj ishlari tugallangan obyektdan foydalanishi uchun ruxsatnoma berilgunga qadar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ulushli shartnoma boʻyicha ulushdorning talab qilish huquqlarini boshqa shaxsga oʻtkazishga va ulushli shartnomani garov predmeti sifatida qabul qilishga ruxsat beriladi va kadastr organlarida davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ulushli shartnomaga asoslangan mulkiy huquq va majburiyatlar ulushdorning merosi tarkibiga kiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) ulushli shartnoma boʻyicha mablagʻlar ulushdor tomonidan vakolatli tijorat bankida (keyingi oʻrinlarda — tijorat banki) quruvchi, ulushdor va tegishli tijorat banki oʻrtasida tuziladigan shartnoma asosida ochilgan “eskrou” hisobvaragʻiga ularning hisobini yuritish uchun joylashtiriladi va deponentlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) ulushdorlarning uchinchi shaxslar oldidagi majburiyatlari va quruvchining majburiyatlari yuzasidan “eskrou” hisobvaragʻi boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish, mablagʻlarni xatlash yoki hisobdan chiqarishga yoʻl qoʻyilmaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) obyektni qurish ishlarini moliyalashtirish quruvchining oʻz mablagʻlari, tijorat banklari tomonidan loyihaviy moliyalashtirish orqali ajratiladigan kredit mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) birinchi bosqichda quruvchi tomonidan obyektni qurish ishlari umumiy hajmining kamida 30 foizi oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshirilgandan soʻng tijorat banki tomonidan quruvchiga maqsadli kredit ajratish tizimi yoʻlga qoʻyiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) tijorat banklari tomonidan quruvchilarga loyihaviy moliyalashtirish orqali ajratiladigan kreditlarning yillik foiz stavkasi “eskrou” hisobvaragʻida jamlangan mablagʻlar hajmidan kelib chiqib belgilanadi. Bunda “eskrou” hisobvaragʻida mablagʻlar koʻpayishi natijasida kredit foiz stavkasini pasaytirib borish tizimi yoʻlga qoʻyiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) ulushli shartnomaga asosan qurilgan va qurilish-montaj ishlari tugallangan obyektdan foydalanish uchun ruxsatnoma berilgandan soʻng:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“eskrou” hisobvaragʻida deponentlangan mablagʻlar tijorat banki tomonidan quruvchining qurilish uchun ajratilgan kreditini soʻndirish uchun yoʻnaltiriladi va qolgan qismi quruvchiga oʻtkazib beriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quruvchi va ulushdor tomonidan ulushli qurilish obyektini ulushdorga topshirish toʻgʻrisidagi dalolatnoma imzolanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ulushdorning obyektga boʻlgan mulk huquqi kadastr organlari tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
i) obyektning qurilish-montaj ishlari oʻz vaqtida tugallanmagan va undan foydalanish uchun ruxsatnoma olinmagan taqdirda har bir kechikkan kun uchun alohida qatʼiy belgilangan jarimalar joriy qilinadi va shartnoma yuzasidan muddatlar faqat ulushdorning roziligini olgan holda qoʻshimcha shartnoma tuzish orqali uzaytiriladi. Bunda obyekt loyiha-smeta hujjatlarida koʻrsatilgan muddatdan olti oy oʻtgandan keyin foydalanishga topshirilgan taqdirda, ulushdor “eskrou” hisobvaragʻidagi deponentlangan mablagʻlarni ulushli shartnomani bir tomonlama bekor qilish orqali qaytarib olishi mumkin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
k) qurilish-montaj ishlari tugallangan obyektdan foydalanish uchun ruxsatnomasi mavjud boʻlmagan obyekt qurilishiga ulushdorlarning mablagʻlarini jalb qilish uchun turar va noturar joyni naturada olish huquqini beruvchi qimmatli qogʻozlarni taklif qilish va sotish hamda mazkur Farmonda belgilangan tartib talablariga javob bermaydigan boshqa shartnomalarni tuzish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilansinki, qurilishga ulushdorlarning mablagʻlarini jalb qilish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2025-yil 1-iyuldan 2025-yil 31-dekabrga qadar “eskrou” hisobvaraqlari orqali hamda hozirda amalda boʻlgan ulushli ishtirok etish tartibida toʻgʻridan-toʻgʻri jalb qilish mexanizmi boʻyicha parallel ravishda taraflarning tanloviga koʻra amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2026-yil 1-yanvardan boshlab faqat “eskrou” hisobvaraqlari orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Markaziy bank Adliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda ulushli qurilishni loyihaviy moliyalashtiradigan va “eskrou” hisobvaragʻi boʻyicha operatsiyalarni amalga oshiradigan tijorat banklarining roʻyxati, ularning huquq va majburiyatlari boʻyicha mezonlar, “eskrou” hisobvaragʻini yuritish hamda obyektlarni loyihaviy moliyalashtirish tartibini tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi Markaziy bank bilan birgalikda bir oy muddatda obyektlarni loyihaviy moliyalashtirish, ulushli shartnomalarni tuzish hamda “eskrou” hisobvaragʻi yuritish boʻyicha operatsiyalarni amalga oshirish yuzasidan tijorat banklarining masʼul xodimlari xorijda amaliyot oʻtashini hamda xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda ularning malakasini oshirishni tashkil etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda “Shaffof qurilish” axborot tizimi doirasida uy-joylar qurilishi boʻyicha elektron platforma yaratib, 2025-yil 1-iyuldan boshlab toʻliq ishlashini taʼminlasin. Bunda belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) qurilishga ulushdorlarning mablagʻlarini jalb qiluvchi quruvchi qurilish tashkiloti va obyekt haqidagi quyidagi maʼlumotlarni elektron platformaga joylashtirib boradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har bir qurilayotgan obyektning loyiha boʻyicha joylashgan aniq manzili, qavatlari, kirish yoʻlaklari, xonadonlari va noturar joylar soni hamda ularning maydoni, tutash boʻlgan hududlar, moliyalashtiruvchi tijorat banki, sotilgan turar va noturar joylar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yagona maʼmuriy qurilish reglamentlaridagi hujjatlar, tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari va ijobiy ekspertiza xulosasi, qurilish boshlanadigan sana va foydalanishga topshirish muddati, qurilish holati va qonunchilikda talab etilishi taqiqlanmagan boshqa maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) elektron platformaga maʼlumotlari joylashtirilmagan va ushbu maʼlumotlar elektron platformadan kadastr organlariga maydonlari koʻrsatilgan holda binoning alohida realizatsiya qilinadigan qismlari taqdim etilmagan obyektlar boʻyicha tuzilgan ulushli shartnomalarga notarial harakatlar amalga oshirilmaydi hamda bunday shartnomalar davlat roʻyxatidan oʻtkazilmaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) maʼlumotlarni elektron platformaga joylashtirmagan quruvchi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi obyekt qurilishini roʻyxatdan oʻtkazishda loyiha boʻyicha maʼlumotlarni elektron platformaga joylashtiradi hamda kadastr organlari, tijorat banklari va notariuslarga mazkur maʼlumotlarni tekshirish imkoniyatini yaratadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) xaridorlarga quruvchining obyektda qurilish-montaj ishlarini bajarish yuzasidan ruxsatnomasi mavjudligini, uning reytingini, oldingi loyihalarini, ulushli qurilishdagi shartnomaviy intizomini, oʻz vaqtida foydalanishga topshirish muddatlarini elektron platforma orqali tekshirish imkoniyati yaratiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) ulush kiritish asosidagi qurilishlarning belgilangan tartibda tasdiqlangan va ruxsat beruvchi hujjatlari rasmiylashtirilgan loyihalari doirasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
obyektlardagi xonalarning rejalashtirilishiga oʻzgartirish kiritish, elektron platformada roʻyxatga olingandan soʻng Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri qurilish bosh boshqarmalari huzuridagi hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashlariga kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻp kvartirali uylar foydalanishga topshirilgunga qadar obyektlarning loyiha hujjatlariga oʻzgartirish kiritish va uni shaharsozlik ekspertizasiga yuborish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish ishlari yakunlanmagan obyektlar joylashgan yer uchastkalarini boshqa shaxslarga oʻtkazish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Kadastr agentligi Adliya vazirligi va Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda 2025-yil 1-iyulga qadar ulushli shartnoma boʻyicha talab qilish va garov huquqlarini boshqa shaxsga oʻtkazishni nazarda tutgan holda ulushli shartnomalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish va soliq organlariga elektron koʻrinishda taqdim etib borish tizimini joriy etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Obyektlarni ulush kiritish asosida qurish, “eskrou” hisobvaraqlarini yuritish hamda loyihaviy qurilish tartibini joriy etish boʻyicha respublika komissiyasi 1-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin va quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
obyektlarni ulush kiritish asosida qurish, “eskrou” hisobvaraqlarini joriy etish hamda uy-joylarning loyihaviy qurilishi sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda, ularni amalga oshirishda ishtirok etuvchi davlat organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va ularning oʻzaro hamkorligini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
obyektlarni ulush kiritish asosida qurish va loyihaviy qurilish tizimi bajarilishini tahlil va monitoring qilish, natijalari boʻyicha muammoli masalalarni yechishga qaratilgan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
joylarda tatbiq etiladigan loyihaviy qurilishga binoan “eskrou” hisobvaraqlarini yuritish hamda quruvchilarni tijorat banklari orqali kreditlash mexanizmlarining yagona amaliyoti qoʻllanishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ulush kiritish asosida qurish va loyihaviy qurilishga muvofiq ayrim hududlarda uy-joylar qurilishining belgilangan muddatlarda amalga oshirilmasligi sabablarini oʻrganish va yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etish yuzasidan takliflar tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlarining uy-joylarni ulush kiritish asosida qurish va loyihaviy qurilishni amalga oshirish boʻyicha bajarilgan ishlar toʻgʻrisidagi hisobotlarini eshitish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzurida “Uy-joyning yagona hayotiy sikli” tamoyilini amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va uning joriy etilishini taʼminlash uchun yuridik shaxs tashkil etmasdan, mutaxassis va ekspertlarni shartnoma asosida jalb etish hisobiga loyiha ofisi (keyingi oʻrinlarda — Loyiha ofisi) tashkil etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uy-joy qurilishi sohasini takomillashtirishning ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar 2-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Loyiha ofisi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Loyiha ofisining shtat birliklari Iqtisodiyot va moliya vazirligining amaldagi shtatlari doirasida shakllantiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Loyiha ofisi uy-joy qurilishi sohasini rivojlantirish boʻyicha oʻz taklif va tavsiyalarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga, Vazirlar Mahkamasi va boshqa tegishli idoralarga taqdim etib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uy-joy qurilishi bilan bogʻliq masalalarda ishlab chiqilayotgan barcha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Loyiha ofisi bilan kelishilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Loyiha ofisi 2025-yil 1-aprelga qadar “Uy-joyning yagona hayotiy sikli” tamoyilini toʻliq ishga tushirish, shu jumladan, uy-joy qurilishi sohasini kompleks isloh qilish, shuningdek, islohotlarni amalga oshirishga toʻsqinlik qilayotgan sabablarni bartaraf etish hamda loyihaviy moliyalashtirishni joriy etish boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Loyiha ofisiga quyidagi huquqlar berilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Loyiha ofisi faoliyatiga bozor konyunkturasidan kelib chiqqan holda tegishli vazirlik va idoralarning, ular tizimidagi tashkilotlarning, shuningdek, ilmiy-tadqiqot muassasalarining tajribali mutaxassislarini shartnoma asosida jalb etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududiy tashkilotlar, tumanlar (shaharlar) yoki hududlar misolida ishlab chiqilgan loyihalarni tajriba sinovdan oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari va tashkilotlaridan zarur statistika, tahliliy va boshqa maʼlumotlarni talab qilib olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy va xorijiy mutaxassislar, ekspertlar, konsultantlar va maslahatchilarni toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida jalb qilish va ishga qabul qilish, ularning mehnatiga milliy yoki xorijiy valyutada, shu jumladan, mablagʻlarni ularning xorijiy hisobvaraqlariga oʻtkazish yoʻli bilan haq toʻlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Iqtisodiyot va moliya vazirligi bir hafta muddatda Loyiha ofisi toʻgʻrisidagi nizomni, shuningdek, uning tuzilmasini, shtat birliklari sonini, mehnatga haq toʻlash miqdorlarini va xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish shartlarini tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Istiqbolli loyihalar milliy agentligi 2025-yil 1-martga qadar obyekt qurilishida quruvchilar tomonidan majburiyatlarni bajarmaslik xavfini sugʻurta qilish boʻyicha mavjud sugʻurta mahsulotlari samaradorligini oshirish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taklif kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi hamda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-maydagi PQ-4732-son qarori bilan tasdiqlangan Koʻp kvartirali uylarni ulush kiritish asosida qurish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq, Ulush kiritish asosida qurish uchun mablagʻlarni jalb etuvchi quruvchilarning elektron roʻyxatiga kiritmagan holda reklama qilinayotgan obyektlarni aniqlab, ular boʻyicha maʼlumotlarni Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasiga taqdim etib borsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi mazkur obyektlar boʻyicha quruvchiga belgilangan tartibda choralar koʻrilishini taʼminlab borsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari “eskrou” tizimi ishga tushishiga qadar noqonuniy qurilishlarni aniqlash va ular boʻyicha chora koʻrish hamda ulushdorlar huquqlari buzilishining oldini olish yuzasidan ishlarni kuchaytirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Adliya vazirligi va Markaziy bank bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Mazkur Farmon ijrosini nazorat qilish hamda ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2025-yil 27-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-11-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-yanvardagi PF-11-son Farmoniga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Obyektlarni ulush kiritish asosida qurish, “eskrou” hisobvaraqlarini yuritish hamda loyihaviy qurilish tartibini joriy etish boʻyicha respublika komissiyasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TARKIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

1.

J.A. Qoʻchqorov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri, Respublika komissiyasi raisi

2.

T.A. Ishmetov

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi, Respublika komissiyasi raisi oʻrinbosari

3.

Sh.S. Xidoyatov

qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri, Respublika komissiyasi raisi oʻrinbosari

4.

S.A. Sadullayev

iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari

5.

A.N. Karimov

adliya vaziri oʻrinbosari

6.

F.J. Pulatov

Kadastr agentligi direktori

7.

M.M. Mirzayev

Soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari

8.

M.B. Jumaniyazov

Vazirlar Mahkamasi kotibiyati mudiri

9.

K.K. Xannarov

Vazirlar Mahkamasining bosh mutaxassisi

10.

Lavozimi boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari

11.

F.A. Inamov

Iqtisodiyot va moliya vazirligi departamenti direktori, Respublika komissiyasi masʼul kotibi

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh. Respublika komissiyasi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga mazkur lavozimlarga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-yanvardagi PF-11-son Farmoniga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uy-joy qurilishi sohasini takomillashtirishning ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirish boʻyicha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
KOMPLEKS CHORA-TADBIRLAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddatlari

Masʼul ijrochilar

1.

“Koʻp kvartirali uylar va boshqa koʻchmas mulk obyektlarini ulush kiritish asosida qurishda ishtirok etish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish, unda, shu jumladan uy-joy qurilishida ulushli ishtirok etish doirasida fuqarolarning mulkdagi investitsiya huquqlari buzilganligi uchun quruvchilarning javobgarligini kuchaytirishni nazarda tutish.

1. “Koʻp kvartirali uylar va boshqa koʻchmas mulk obyektlarini ulush kiritish asosida qurishda ishtirok etish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.

2025-yil mart

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

Strategik islohotlar agentligi

(B. Raxmatov),

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(Sh. Xidoyatov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(S. Sadullayev)

2. Qonun loyihasini belgilangan tartibda kelishish.

2025-yil aprel

3. Qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil aprel

2.

Quruvchi va ulushdorlarning majburiyatlari hamda “eskrou” hisobvaragʻini ochish toʻgʻrisida shartnoma tuzish bilan bogʻliq masalalar yuzasidan qonunchilikni takomillashtirish.

1. Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi va boshqa qonunchilik hujjatlariga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha qonun loyihasini ishlab chiqish.

2025-yil mart

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

Strategik islohotlar agentligi

(B. Raxmatov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(S. Sadullayev)

2. Qonun loyihasini belgilangan tartibda kelishish.

2025-yil aprel

3. Qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil aprel

3.

Qurilishda ulush kiritish asosida ishtirok etish toʻgʻrisidagi shartnomalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibini belgilash.

1. Oʻzbekiston Respublikasining “Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha qonun loyihasini ishlab chiqish.

2025-yil mart

Kadastr agentligi

(F. Pulatov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(S. Sadullayev),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

Strategik islohotlar agentligi

(B. Raxmatov)

2. Qonun loyihasini belgilangan tartibda kelishish.

2025-yil aprel

3. Qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil aprel

4.

Qurilish jarayonida ulushdorlarning huquq va majburiyatlarini hamda tashkil etiladigan elektron platformaga maʼlumotlar joylashtirishda qurilish va developerlarning masʼuliyatini oshirish. Bunda maʼlumotlar joylashtirishdagi qoidabuzarliklar uchun javobgarlikni belgilash.

1. “Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga va Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.

2025-yil mart

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

Strategik islohotlar agentligi

(B. Raxmatov),

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(Sh. Xidoyatov)

2. Qonun loyihasini belgilangan tartibda kelishish.

2025-yil aprel

3. Qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil aprel

5.

Ulush kiritish asosidagi qurilish boʻyicha quruvchilarning toʻlovga qobiliyatsizligining oʻziga xos xususiyatlariga oid normalarni takomillashtirish.

1. Oʻzbekiston Respublikasining “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.

2025-yil mart

Davaktiv agentligi

(A. Ortikov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

Oliy sud

(B. Islamov),

Strategik islohotlar agentligi

(B. Raxmatov)

2. Qonun loyihasini belgilangan tartibda kelishish.

2025-yil aprel

3. Qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil aprel

6.

Ulush kiritish asosida qurish jarayonlarida mablagʻlarni jalb qilish va ulushdorlarda mulk huquqi vujudga kelishi bilan bogʻliq jarayonlarni tartibga solish.

1. Qurilayotgan koʻp kvartiradagi xonadonlarni ulushdorlarga oʻtkazish tartibini belgilovchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2025-yil mart

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(Sh. Xidoyatov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(S. Sadullayev),

Markaziy bank

(A. Kamalov),

Kadastr agentligi

(F. Pulatov)

2. Loyihani belgilangan tartibda kelishish.

2025-yil aprel

3. Loyihani Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil aprel

7.

Uy-joy qurilishida ulushli ishtirok doirasida fuqarolarning mulkdagi investitsiya huquqlarini buzganlik uchun quruvchilarning javobgarligini kuchaytirish.

1. “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga uy-joy qurishda ulushli ishtirok doirasida fuqarolarning mulkdagi investitsiya huquqlarini buzganlik uchun quruvchilarning javobgarligini belgilashga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.

2025-yil mart

Vazirlar Mahkamasi

(A. Ramatov),

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(Sh. Xidoyatov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

Bosh prokuratura

(N. Yoʻldoshev),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(S. Sadullayev)

2. Qonun loyihasini belgilangan tartibda kelishish.

2025-yil aprel

3. Qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil aprel

8.

Uy-joy qurilishi boʻyicha elektron platforma toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash va qurilishga ulushdorlarning mablagʻlarini jalb qiluvchi quruvchi tomonidan qurilish tashkiloti haqidagi maʼlumotlarni elektron platformaga joylashtirib borish tartibini belgilash.

Bunda Uy-joy qurilishi boʻyicha elektron platformada:

ulush kiritish asosida faoliyat yuritish huquqiga ega quruvchilarning reyting tizimi joriy qilinadi hamda quruvchi va tijorat banklari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ochiq eʼlon qilib boriladi;

har bir koʻp kvartirali uy, alohida realizatsiya qilinadigan qismlarini koʻrsatgan holda va unga tutash yer uchastkasi chegarasining topografik rejasi raqamli tarzda shakllantiriladi.

1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2025-yil mart

Vazirlar Mahkamasi

(A. Ramatov),

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(Sh. Xidoyatov),

Markaziy bank

(A. Kamalov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(S. Sadullayev),

Kadastr agentligi

(F. Pulatov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov)

2. Loyihani belgilangan tartibda kelishish.

3. Loyihani Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil aprel

9.

Qurilishda ulush kiritish asosida ishtirok etish shartnomasi boʻyicha talab qilish va garov huquqlarini boshqa shaxsga oʻtkazishni nazarda tutgan holda ulushli shartnomalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish hamda soliq organlariga elektron shaklda taqdim etib borish tizimini joriy etish.

Amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan, elektron axborot tizimlari orqali maʼlumotlar almashuvini yoʻlga qoʻyish.

2025-yil aprel

Kadastr agentligi

(F. Pulatov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov)

10.

Obyekt qurilishida quruvchilar tomonidan majburiyatlarni bajarmaslik xavfini sugʻurta qilish boʻyicha mavjud sugʻurta mahsulotlari samaradorligini oshirish yuzasidan taklif tayyorlash.

Takliflarni tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.

2025-yil mart

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi

(D. Li),

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(Sh. Xidoyatov),

Markaziy bank

(A. Kamalov)

11.

Loyihalarni amalga oshirish muddatlarini qisqartirish maqsadida investitsiya-qurilish sikli doirasida maʼmuriy tartib-taomillarni tartibga solishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar.

1. Loyihalarni amalga oshirish muddatlarini qisqartirish maqsadida investitsiya-qurilish sikli doirasida maʼmuriy tartib-taomillarni tartibga solishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2025-yil mart

Vazirlar Mahkamasi

(A. Ramatov),

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(Sh. Xidoyatov),

Kadastr agentligi

(F. Pulatov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

Soliq qoʻmitasi

(Sh. Kudbiyev)

2. Loyihani belgilangan tartibda kelishish.

2025-yil aprel

3. Loyihani Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil aprel

12.

Mablagʻlarni jalb qilish uchun ipoteka kreditiga asoslangan yangi moliyaviy vositalarni joriy etish, shu jumladan, ipoteka garovi bilan taʼminlangan qimmatli qogʻozlarni chiqarish va ularning muomalada boʻlishini (sekyuritizatsiya) taʼminlash.

1. “Kapital bozori toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish.

2025-yil iyun

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi

(D. Li),

Markaziy bank

(A. Kamalov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(S. Sadullayev),

“Oʻzbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” AJ

(M. Farmanov)

2. Loyihani belgilangan tartibda kelishish.

2025-yil iyul

3. Loyihani Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil iyul

13.

Aholini uy-joy bilan taʼminlash boʻyicha xorijiy davlatlarning ilgʻor tajribalari asosida uy-joy qurilishi sohasini rivojlantirish boʻyicha davlat muassasasi shaklidagi “Oʻz uyim” kompaniyasini tashkil etish.

1. Aholini uy-joy bilan taʼminlash boʻyicha xorijiy davlatlarning ilgʻor tajribalarini oʻrganish.

2025-yil fevral

Vazirlar Mahkamasi

(J. Qoʻchqorov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(S. Sadullayev),

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(Sh. Xidoyatov),

Markaziy bank

(A. Kamalov)

2. Oʻrganish natijalariga koʻra respublikada uy-joy qurilishi sohasini rivojlantirish boʻyicha davlat muassasasi shaklidagi “Oʻz uyim” kompaniyasini tashkil etish yuzasidan taklif ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil mart

14.

Uy-joy qurilishi sohasini yanada rivojlantirish boʻyicha joriy etilayotgan tartib, amalga oshiriladigan chora-tadbirlarning mazmun-mohiyati va erishilishi kutilayotgan natijalarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish.

Amaliy chora-tadbirlar.

Rejaga muvofiq

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

(A. Xodjayev),

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi

(A. Koʻchimov),

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi

(A. Djurabayev),

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(Sh. Xidoyatov)

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-yanvardagi PF-11-son Farmoniga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Loyiha ofisi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Uy-joy qurilishi sohasini isloh qilish boʻyicha chora-tadbirlar va istiqbolli tashabbuslarni ishlab chiqish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari, xalqaro baholash tashkilotlari va konsalting kompaniyalari tomonidan taqdim etilgan tavsiyalarni umumlashtirish hamda maqbul tavsiyalarning samarali amalga oshirilishini taʼminlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Uy-joy qurilishi sohasini rivojlantirish boʻyicha takliflarni shakllantirish, ushbu yoʻnalishda maqbul tashabbuslarning amalda qoʻllanilishini taʼminlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Yetakchi ekspertlar, konsultantlar, jamoatchilikni keng jalb qilgan holda resurslarni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish va ilgʻor xorijiy tajriba asosida ushbu sohada takliflar tayyorlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Uy-joy qurilishi sohasini institutsional tahlil qilish va isloh qilishning asosiy yoʻnalishlarini ishlab chiqish, davlat-xususiy sheriklik asosida uy-joy qurilishini rivojlantirish, ijtimoiy uy-joylar qurishni tashkil etish yuzasidan takliflar tayyorlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Xorijiy ekspertlar va xalqaro tashkilotlarni jalb qilgan holda uy-joy qurilishi sohasini raqamlashtirish, shuningdek, xizmatlar koʻrsatish jarayonlariga zamonaviy axborot tizimlarini joriy etish boʻyicha yangi tashabbuslarni ishlab chiqish.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.02.2025-y., 06/25/11/0097-son)