27.05.2020 yildagi PQ-4732-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 27.05.2020 yildagi PQ-4732-son
Date of entry into force
28.05.2020
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori

Koʻp kvartirali uylarni ulush kiritish asosida qurish jarayonini tartibga solish chora-tadbirlari haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublikaning uy-joy qurilishi sohasiga zamonaviy bozor mexanizmlarini joriy etish va investitsiyalarni faol jalb qilish uchun qulay sharoit yaratish, shuningdek, koʻp kvartirali uylarni ulush kiritish asosida qurish sohasidagi munosabatlarni huquqiy tartibga solishni taʼminlash hamda qurilishda ulush kiritish asosida ishtirok etuvchi shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlari kafolatlarini kuchaytirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) koʻp kvartirali uylarni ulush kiritish asosida qurish uchun jismoniy va yuridik shaxslar (keyingi oʻrinlarda — ulushdorlar)ning mablagʻlarini jalb qilish faqat yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan hamda Ulush kiritish asosida qurish uchun mablagʻlarni jalb etuvchi quruvchilarning elektron roʻyxati (keyingi oʻrinlarda — Elektron roʻyxat)ga kiritilgan quruvchilar tomonidan amalga oshirilishi mumkin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Elektron roʻyxat ulush kiritish asosida qurish uchun mablagʻlarni jalb etuvchi quruvchilar hisobini olib borish hamda ulushdorlar huquq va qonuniy manfaatlari buzilishining oldini olish maqsadida yuritiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) Elektron roʻyxatga kiritish uchun quruvchilar quyidagi talablarga javob berishlari lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻp kvartirali uylarni qurish uchun belgilangan tartibda ajratilgan yer uchastkasi va qurilish ishlarini amalga oshirishga birlamchi ruxsat beruvchi hujjatlar mavjudligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish majmuasiga kiradigan koʻp kvartirali uylar va boshqa qurilish obyektlari qiymatining 20 foizidan kam boʻlmagan miqdorda oʻz moliyaviy resurslari yoki mazkur mablagʻlarga yoxud uning yetishmayotgan qismiga kredit ajratish haqida bank kafolat xati mavjudligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish majmuasi uchun loyiha-smeta hujjatlari va ijobiy ekspertiza xulosasi mavjudligi (“fast-track” usulida amalga oshiriladigan loyihalar bundan mustasno);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
texnik va mualliflik nazorati hamda davlat nazoratini amalga oshirish boʻyicha tegishli shartnomalar tuzilganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ulushdorlar tomonidan kiritilgan mablagʻlarni jalb qilish uchun tijorat bankida alohida hisobvaraq ochilganligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ulush kiritish asosida qurilish uchun mablagʻlarni jalb qilish quruvchi va ulushdor oʻrtasida tuzilgan va belgilangan tartibda hisobga qoʻyilgan shartnomaga muvofiq amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ulush kiritish asosida qurilish haqidagi maʼlumotlarni yuritish, shu jumladan quruvchilarni Elektron roʻyxatga kiritish va shartnomalarni hisobga qoʻyish elektron shaklda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yaratiladigan elektron platforma orqali Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi va uning hududiy tuzilmalari tomonidan amalga oshiriladi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ulushdorlarning mablagʻlari quruvchining har bir qurilish majmuasi boʻyicha alohida bank hisobvaragʻida jamlanadi hamda faqat quruvchi va ulushdorlar oʻrtasida tuzilgan shartnomalar boʻyicha majburiyatlarni bajarish maqsadlari uchun yoʻnaltiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quruvchilar qurilish-montaj ishlarini oʻz kuchi bilan yoki qurilish-pudrat tashkilotlarini (bosh pudratchini) jalb qilgan holda amalga oshirishi mumkin. Bunda bosh pudratchi quruvchi bilan tuzilgan bosh pudrat shartnomasiga asosan qurilish-montaj ishlarini olib borish uchun ishlar (xizmatlar) qiymatining kamida 30 foizini oʻz kuchi bilan bajarish sharti bilan subpudrat tashkilotlarini jalb qilishi mumkin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quruvchilar ulushdorlarning mablagʻlari sarflanishi hamda qurilish obyektidagi ishlar haqida doimiy ravishda oʻzlarining rasmiy veb-saytlari yoki ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida axborot berib boradilar, shuningdek, qurilish obyektini onlayn rejimida kuzatish imkoniyatini taʼminlaydilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Elektron roʻyxatga kiritilmagan qurilish majmualarini reklama qilish taqiqlanadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyundagi PQ-5152-sonli qaroriga asosan yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2021-y., 07/21/5152/0578-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Koʻp kvartirali uylarni ulush kiritish asosida qurish toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki, mazkur Nizom talablari u amalga kiritilguniga qadar 2020-yilda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qurilish-montaj ishlarini boshlash toʻgʻrisida xabarnoma yuborilgan qurilish majmualariga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining uning markaziy apparatida mazkur vazirlikning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan 2 ta shtat birligidan iborat Ulush kiritish asosida qurilish bozorini rivojlantirish boʻlimini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi toʻlovga qobiliyatsizlik masalalarini tartibga soluvchi qonun loyihasini ishlab chiqishda ilgʻor xorijiy tajribani inobatga olgan holda ulush kiritish asosida qurilishni amalga oshiruvchi quruvchilarni toʻlovga qobiliyatsiz deb topishning alohida tartibi nazarda tutilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi:
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda ulush kiritish asosida qurilish haqidagi maʼlumotlarni yuritish, shu jumladan quruvchilarni Elektron roʻyxatga kiritish va shartnomalarni hisobga qoʻyishda qoʻllaniladigan elektron platformaning Davlat xizmatlari agentligi axborot tizimiga integratsiya qilinishini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar tasdiqlanishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar hokimligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda koʻp kvartirali uylarni ulush kiritish asosida qurishda xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning ulushdor sifatida ishtirok etishi tartibini soddalashtirish boʻyicha takliflar kiritilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritilishini taʼminlasin;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi bilan birgalikda koʻp xonadonli uy-joylar qurilishi sifati yuzasidan qatʼiy nazorat oʻrnatib, bu borada normativ-texnik hujjatlar va loyiha hujjatlaridan chetga chiqish holatlari aniqlangan taqdirda, masʼul shaxslarga, shu jumladan buyurtmachi tashkilotning texnik nazorat, pudrat tashkilotining ichki nazorat va loyihachi tashkilotning mualliflik nazorati mutaxassislariga nisbatan choralar qoʻllasin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoniga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-yil 27-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-4732-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-maydagi PQ-4732-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻp kvartirali uylarni ulush kiritish asosida qurish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom koʻp kvartirali uylarni ulush kiritish asosida qurish hamda jismoniy va yuridik shaxslarning shu maqsadda jamlangan mablagʻlaridan foydalanish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur Nizom shartnoma ishtirokchilarida daromad olish maqsadi koʻzlangan investitsiya faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan tadbirkorlik subyektlari oʻrtasidagi munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ushbu Nizom maqsadlari uchun quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vakolatli davlat organi — Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmalari hamda Toshkent shahri Qurilish bosh boshqarmasi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ulushdor — qurilish majmuasida bir yoki bir nechta qurilish obyektini mulk huquqi bilan olish maqsadida ulush kiritish asosida qurilishda ishtirok etish toʻgʻrisida shartnoma tuzgan jismoniy yoki yuridik shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ulush kiritish asosida qurilish — koʻp kvartirali uylarni quruvchilar va ulushdorlarning mablagʻlari hisobidan qurish, rekonstruksiya qilish va qayta ixtisoslashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ulush kiritish asosida qurilishda ishtirok etish toʻgʻrisidagi shartnoma (keyingi oʻrinlarda — shartnoma) — koʻp kvartirali uylarni ulush kiritish asosida qurish boʻyicha quruvchi va ulushdor oʻrtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi hamda mazkur Nizom talablariga muvofiq hisobga qoʻyilgan yozma shakldagi bitim;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ulush kiritish asosida qurilish ishtirokchilari — quruvchi, ulushdor, qurilish-pudrat tashkiloti (bosh pudratchi) va tijorat banki;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron platforma — ulush kiritish asosida qurilish haqidagi maʼlumotlarni yuritish uchun zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda ishlab chiqilgan va vakolatli davlat organi tomonidan yuritiladigan elektron maʼlumotlar bazasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quruvchi (developer) — Ulush kiritish asosida qurish uchun mablagʻlarni jalb etuvchi quruvchilarning elektron roʻyxatiga (keyingi oʻrinlarda — Elektron roʻyxat) kiritilgan, koʻp kvartirali uylarni qurishga moʻljallangan yer uchastkasiga va qurilish ishlarini amalga oshirishga birlamchi ruxsat beruvchi hujjatlarga ega boʻlgan yuridik shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish majmuasi — quruvchi tomonidan bir loyiha doirasida qurilishga ajratilgan yer uchastkasida, bir manzilda qurilayotgan bir yoki bir nechta qurilish obyektlari yigʻindisi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish majmuasining qiymati — quruvchining qurilisholdi xarajatlari, jumladan koʻp kvartirali uylarni qurish uchun yer uchastkasini olish (auksion savdolari yoki xususiy mulkdorlarga kompensatsiya toʻlovini amalga oshirgan holda va qonun hujjatlarida belgilangan boshqa asoslarda), ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish hamda qurish va foydalanishga topshirish bosqichlarini yakunlash uchun loyiha-smeta hujjatlarida koʻzda tutilgan xarajatlar yigʻindisi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish obyekti — shartnomaga asosan ulushdorga topshiriladigan kvartira, yengil avtotransport vositasi toʻxtash joyi va qurilish majmuasidagi boshqa obyektlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish obyektining qiymati — shartnomada koʻrsatilgan qurilish obyektining narxi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish-pudrat tashkiloti (bosh pudratchi) — quruvchi bilan bosh pudrat shartnomasini tuzgan va shaharsozlik faoliyati sohasida kamida uch yillik tajribaga ega boʻlgan yuridik shaxs.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quruvchi qurilish-montaj ishlarini oʻz kuchi bilan amalga oshirishi mumkin. Bunda, quruvchi mazkur Nizom bilan qurilish-pudrat tashkiloti va quruvchi uchun belgilangan talablarga javob berishi lozim (quruvchi mazkur talablarga javob beradigan qurilish-pudrat tashkiloti tomonidan taʼsis etilgan hollarda unga ushbu Nizom bilan qurilish-pudrat tashkiloti uchun belgilangan talablar qoʻyilmaydi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Quruvchi mazkur Nizom talablariga muvofiq ulushdorlar bilan tuzilgan shartnomalar hisobga qoʻyilganidan soʻng qurilish obyektini qurish uchun ulushdorlarning mablagʻlarini jalb qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Qurilish-pudrat tashkiloti (bosh pudratchi) quruvchi bilan tuzilgan bosh pudrat shartnomasiga asosan qurilish-montaj ishlarini olib borish uchun ishlar (xizmatlar) qiymatining kamida 30 foizini oʻz kuchi bilan bajarish sharti bilan subpudrat tashkilotlarini jalb qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Elektron roʻyxatni yuritish, shu jumladan quruvchilarni Elektron roʻyxatga kiritish hamda shartnomalarni hisobga qoʻyish ishlari vakolatli davlat organi tomonidan elektron platforma orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Quruvchi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarni qurilish majmuasi, shartnoma shartlari, ulushlar kiritish tartibi va boshqa maʼlumotlar bilan tanishtirish maqsadida sotuv ofisi tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sotuv ofisida qurilish majmuasining eskiz chizmalari va kichiklashtirilgan maketi, shartnoma tuzish uchun taklif etilayotgan qurilish obyektlari chizmalari, oʻrnatilayotgan texnik uskunalar va tashqi hududning holati bilan tanishish imkoniyati yaratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Quruvchi va ulushdorning oʻzaro kelishuviga koʻra quruvchining shartnoma majburiyatlarini bajarmaganlik uchun javobgarligi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq sugʻurta qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Quruvchilarni Elektron roʻyxatga kiritish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Quruvchi har bir qurilish majmuasi boʻyicha Elektron roʻyxatga alohida kiritilgan boʻlishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Quruvchi Elektron roʻyxatga kirish uchun vakolatli davlat organiga elektron platforma orqali quyidagi hujjatlarni elektron shaklda taqdim etadi:
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 06/21/6269/0704-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quruvchi va qurilish-pudrat tashkiloti (bosh pudratchi) bilan tuzilgan bosh pudrat shartnomasi nusxasi (agar bosh pudratchi jalb qilinadigan boʻlsa);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkasi ajratish haqidagi va qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishga birlamchi ruxsat beruvchi hujjatlar (loyihalashtirish topshirigʻi va arxitektura–rejalashtirish topshirigʻi) nusxalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyiha-smeta hujjatlari va ijobiy ekspertiza xulosasi nusxasi (“fast-track” usulida amalga oshiriladigan loyihalar bundan mustasno);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish majmuasi qurilishi boʻyicha texnik va mualliflik nazoratini hamda qurilish-montaj ishlari jarayonida davlat nazoratini amalga oshirish boʻyicha tegishli hududiy nazorat tashkiloti bilan tuzilgan shartnomalar nusxalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quruvchining soliq va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorligi mavjud emasligi haqidagi maʼlumotnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quruvchida qurilish majmuasi qiymatining 20 foizidan kam boʻlmagan miqdordagi oʻz moliyaviy resurslari mavjudligini tasdiqlovchi hujjat yoki mazkur mablagʻlarga yoxud uning yetishmayotgan qismiga kredit ajratish haqida bank kafolat xati. Bunda, qurilish majmuasiga sarflangan xarajatlar summasi hisobga olinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ulushdorlarning mablagʻlarini jamlashga moʻljallangan tijorat bankida ochilgan alohida hisobvaraq haqidagi maʼlumotnoma;
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 06/21/6269/0704-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, elektron platforma Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining axborot tizimiga integratsiya qilinganidan soʻng mazkur bandda koʻrsatilgan tegishli hujjatlar quruvchilardan talab etilmaydi.
(10-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-113-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 06/22/113/0330-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Vakolatli davlat organi quruvchi tomonidan taqdim etilgan maʼlumot va hujjatlarning ishonchliligini idoralararo axborot hamkorligi tartibida oʻrganish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Vakolatli davlat organi uch ish kuni mobaynida quruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqib, uni Elektron roʻyxatga kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Vakolatli davlat organi ushbu Nizomning 10-bandida koʻrsatilgan maʼlumot va hujjatlar toʻliq taqdim etilmagan yoki ular haqiqatga toʻgʻri kelmagan hollardagina quruvchini Elektron roʻyxatga kiritishni rad etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quruvchini Elektron roʻyxatga kiritish rad etilgan hollarda, unga rad etish sabablari koʻrsatilgan javob xati ikki ish kuni mobaynida yuboriladi. Elektron roʻyxatga kiritishni rad etish sabablari bartaraf etilganidan soʻng quruvchi takroran murojaat qilishga haqli. Bunda qoʻshimcha yigʻim undirilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Quruvchini Elektron roʻyxatga kiritish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Elektron roʻyxat elektron platformada yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Elektron roʻyxatda barcha uchun ochiq boʻlgan quruvchining nomi, STIR, manzili, taʼsischilari va boshqa maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Elektron roʻyxatga kiritilmagan quruvchilar ulush kiritish asosida qurilishga ulushdorlarning mablagʻlarini jalb qilish huquqiga ega emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Shartnomalarni hisobga qoʻyish, ularga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish hamda ularni bekor qilish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Quruvchi Elektron roʻyxatga kiritilgandan soʻng ulushdorlar bilan shartnomalarni tuzish huquqiga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Shartnomada quyidagilar aks ettirilgan boʻlishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish majmuasi va qurilish obyekti haqidagi maʼlumotlar (manzili, joylashgan joyi, kvartira raqami va boshqalar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish obyekti maydoni va qiymati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish obyektini ulushdorga topshirish muddati va holati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ulushdor tomonidan kiritiladigan summa miqdori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzaro hisob-kitoblar tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish-montaj ishlarining grafigi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tomonlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnoma boʻyicha talablar huquqlarini oʻtkazish tartibi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish obyekti ekspluatatsiyasining kafolat muddati (ikki yildan kam boʻlmasligi lozim);
(18-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyundagi PQ-5152-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2021-y., 07/21/5152/0578-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nizolarni hal qilish tartibi va taraflar oʻrtasida kelishilgan qonun hujjatlariga muvofiq boshqa shartlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Shartnomani hisobga qoʻyish uchun quruvchi vakolatli davlat organiga quyidagi hujjatlarni taqdim qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
imzolangan shartnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ulushdor pasporti nusxasi, ulushdor yuridik shaxs boʻlsa, davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Shartnomani hisobga qoʻyish uchun hujjatlar vakolatli davlat organiga elektron platforma orqali yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Vakolatli davlat organi shartnomani uch ish kuni mobaynida koʻrib chiqib, hisobga qoʻyadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shartnoma hisobga qoʻyilganligi haqida xabar quruvchining vakolatli xodimi va ulushdorning telefon raqamiga SMS-xabar orqali yuboriladi. Shartnomaning har bir sahifasiga yakka tartibdagi raqam va QR-kod berilib, shartnoma quruvchi va ulushdorga beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Taqdim etilgan shartnoma ushbu Nizomning 18-bandida koʻrsatilgan talablarga javob bermagan va (yoki) ushbu Nizomning 19-bandida koʻrsatilgan hujjatlar ilova qilinmagan boʻlsa, vakolatli davlat organi shartnomani hisobga qoʻyishni rad etadi. Shartnomani hisobga qoʻyishni rad etish sabablari bartaraf etilganidan soʻng quruvchi takroran murojaat qilishga haqli. Bunda qoʻshimcha yigʻim undirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Shartnomani hisobga qoʻyish uchun quruvchidan Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida yigʻim undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Shartnomaga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar belgilangan tartibda hisobga qoʻyilishi kerak. Bunda qoʻshimcha yigʻim undirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Shartnoma bekor qilingan taqdirda, quruvchi uch ish kuni ichida vakolatli davlat organini elektron platforma orqali xabardor qilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Belgilangan tartibda hisobga qoʻyilgan shartnoma shartlari boʻyicha ulushdor tomonidan majburiyatlar oʻz vaqtida bajarilmaganligi sababli shartnoma bir tomonlama bekor qilinganda, shartnomadagi qurilish obyekti boʻyicha tuzilgan yangi shartnomani hisobga qoʻyish uchun yigʻim undirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Qurilish majmuasi belgilangan tartibda muammoli obyekt deb topilganda ushbu qurilish majmuasi boʻyicha yangi shartnomalar hamda avval tuzilgan shartnomalarga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni hisobga qoʻyish toʻxtatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Shartnomaga ulushdorni almashtirish bilan bogʻliq oʻzgartirishlar kiritish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ulushdorning oʻz ulushini talab qilish huquqini boshqa shaxs foydasiga voz kechishini koʻzda tutuvchi kelishuvni imzolash vaqtida ulushdor turmush oʻrtogʻining notarial tarzda rasmiylashtirilgan roziligi taqdim etilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Nizomda belgilangan tartibda hisobga qoʻyilmagan shartnomalar, ularga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Vakolatli davlat organi tomonidan qurilish obyektlari toʻgʻrisida maʼlumotlarni yuritish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Vakolatli davlat organi elektron platformada qurilish obyektlari toʻgʻrisida barcha uchun ochiq boʻlgan quyidagi maʼlumotlarni yuritadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish obyekti joylashgan qurilish majmuasi toʻgʻrisidagi maʼlumot (koʻp kvartirali uylar va kvartiralar soni, muhandislik, yoʻl-transport va ijtimoiy infratuzilma obyektlari, shuningdek, loyihaga oid yordamchi obyektlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har bir qurilish obyekti boʻyicha tuzilgan shartnoma haqidagi maʼlumot (tartib raqami, tuzilgan sanasi, kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar, uning bekor qilinganligi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quruvchi va qurilish-pudrat tashkiloti (bosh pudratchi) haqidagi maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muammoli qurilish obyektlari va insofsiz quruvchilar haqidagi maʼlumotlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Vakolatli davlat organi maʼlumotlarning doimiy ravishda yangilanishi va barcha uchun ochiq boʻlishini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Ulushdorlarning mablagʻlaridan foydalanish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Quruvchi ulushdorlarning mablagʻlarini jamlash uchun xizmat koʻrsatuvchi bankida har bir qurilish majmuasi boʻyicha alohida hisobvaraq ochadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Quruvchining alohida hisobvaragʻidagi mablagʻlardan faqat quruvchi va ulushdorlar oʻrtasida tuzilgan shartnomalar boʻyicha majburiyatlarni bajarish maqsadlari uchun foydalanilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Norezident jismoniy shaxslarning xorijdagi hisobvaraqlaridan kelib tushgan chet el valyutasi ichki valyuta bozorida sotilgan holda quruvchining milliy valyutadagi alohida hisobvaragʻiga oʻtkazilishi yoki tuzilgan import shartnomalari boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish maqsadida foydalanilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Ulushdorlarning mablagʻlaridan maqsadli foydalanish uchun quruvchi rahbari va bosh hisobchisi shaxsan javobgar hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Quruvchining alohida hisobvaragʻidagi mablagʻlarni quyidagi maqsadlarga yoʻnaltirish taqiqlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish majmuasida boshlangʻich qurilish ishlarini amalga oshirishga jalb qilingan mablagʻlardan tashqari boshqa qarzlarni qoplash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarz (moliyaviy yordam) ajratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik yurituvchi subyektlar ustav fondini shakllantirish, aksiyalar, ulushlar va obligatsiyalar sotib olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish majmuasiga tegishli boʻlmagan tovar (ish va xizmat)larni sotib olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish majmuasi foydalanishga toʻliq topshirilgunga qadar taʼsischilarga (aksiyadorlarga) dividend toʻlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Qurilish obyekti foydalanishga toʻliq topshirilgandan soʻng, ulushdorlarning mablagʻlari quruvchining asosiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi va quruvchi tomonidan mustaqil tasarruf etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Qurilish obyektlarini qurish ustidan nazorat
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Qurilish obyektlarini qurish ustidan nazorat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Ulushdor:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish obyektidagi qurilish ishlari holati bilan tanishishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnoma shartlari bajarilishi boʻyicha quruvchidan yozma shaklda maʼlumot talab qilishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish obyektlarini qurish ustidan texnik, shuningdek, mablagʻlarning maqsadli ishlatilishi ustidan nazoratni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuridik shaxslarni yoki mutaxassislarni jalb qilish orqali amalga oshirishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Qurilish sohasida nazoratni amalga oshirish boʻyicha vakolatli davlat organi qurilish obyektlarida shartnoma bilan tasdiqlangan qurilish-montaj ishlarining grafigiga rioya qilinishi ustidan monitoring olib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Quruvchi ulushdorlarning mablagʻlari sarflanishi hamda qurilish obyektidagi ishlar haqida doimiy ravishda oʻzlarining rasmiy veb-saytlari va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida axborot berib boradi, shuningdek, qurilish obyektini onlayn rejimda kuzatish imkoniyatini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Quyidagi holatlarda qurilish majmuasi vakolatli davlat organi tomonidan muammoli obyektlar toifasiga kiritiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish va shaharsozlik norma va qoidalarining qoʻpol ravishda buzilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish obyektlarini foydalanishga topshirish muddati asossiz ravishda olti oydan ortiq muddatga kechikishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quruvchi tomonidan ulushdorlarga qurilish obyektlarini topshirish majburiyati buzilishi yoki uni bankrot deb topilishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Muammoli obyekt boʻyicha materiallar vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan tartibda tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. Qurilish obyektini foydalanishga topshirish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Qurilish obyekti shartnomada belgilangan qurilish-montaj va obodonlashtirish ishlari yakunlangandan soʻng qonun hujjatlarida belgilangan tartibda foydalanishga topshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Qurilish obyekti ulushdorga topshirish-qabul qilish dalolatnomasi asosida topshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Qurilish obyektiga nisbatan ulushdorning mulk huquqi shartnoma, quruvchi va ulushdor oʻrtasida imzolangan topshirish-qabul qilish dalolatnomasi hamda qurilish obyektini foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi asosida davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Ulushdorning mulk huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining hududiy organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-bob. Yakuniy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Shartnomalardan kelib chiqadigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.05.2020-y., 07/20/4732/0681-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son, 19.06.2021-y., 07/21/5152/0578-son, 24.07.2021-y., 06/21/6269/0704-son, 21.04.2022-y., 06/22/113/0330-son; 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)