23.07.2024 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3533
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekistan Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining buyrugʻi, 23.07.2024 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3533
Date of entry into force
24.07.2024
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyrugʻi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (17-sonli BHMS) “Kapital qurilishning pudrat shartnomalari”ni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 23-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3533]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (17-sonli BHMS) “Kapital qurilishning pudrat shartnomalari” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1998-yil 2-noyabrda 58-son bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (17-son BHMS) “Kapital qurilishning pudrat shartnomalari” (roʻyxat raqami 579, 1998-yil 23-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 1999-yil, 6-son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazir D. KUChKAROV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-yil 14-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
140-son

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 14-iyundagi 140-son buyrugʻiga

ILOVA

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (17-sonli BHMS) “Kapital qurilishning pudrat shartnomalari”
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (17-sonli BHMS) “Kapital qurilishning pudrat shartnomalari” (bundan buyon matnda Standart deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan ishlab chiqilgan va Oʻzbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini normativ tartibga solish tizimining bir qismi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur Standartning maqsadi kapital qurilishning pudrat shartnomalari bilan bogʻliq boʻlgan daromadlar va xarajatlarning buxgalteriya hisobi uslubiyatini belgilashdan iborat. Kapital qurilishning pudrat shartnomalari boʻyicha daromadlar va xarajatlarning taqsimlanishi pudrat shartnomalarini hisobga olishdagi asosiy masala hisoblanadi, chunki kapital qurilishning pudrat shartnomalarini bajarishning boshlangʻich va oxirgi muddatlari odatda har xil hisobot davrlariga toʻgʻri keladi. Kapital qurilishning pudrat shartnomalari boʻyicha daromadlar va xarajatlar moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotda daromadlar va xarajatlar sifatida aks ettirilishi lozim boʻlgan paytni belgilash uchun ushbu Standart moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish qoidalarida (Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish uchun konseptual asosda (roʻyxat raqami 3530, 2024-yil 12-iyul) belgilangan mezonlardan foydalanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ushbu Standart kapital qurilishning pudrat shartnomalari boʻyicha daromadlar va xarajatlarni hisobga olish va moliyaviy hisobotlarni tayyorlashda pudratchilar tomonidan qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Standart oʻz ehtiyojlari uchun kapital qurilishni amalga oshirayotgan quruvchi tashkilotlarga taalluqli emas, chunki ular bunday faoliyatdan daromad olmaydilar, ular qilgan xarajatlarning hammasi esa kapitallashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur Standartda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kapital qurilish uchun pudrat shartnomasi (bundan buyon matnda qurilish pudrat shartnomasi deb yuritiladi) — pudratchi buyurtmachining topshirigʻiga koʻra, qurilish ishlarini bajarish majburiyatini tavakkal qilib zimmasiga oladigan, buyurtmachi esa bajarilgan ishni qabul qilib oladigan va haqini toʻlaydigan shartnomadir. Qurilish pudrati shartnomasi bir-biri bilan mustahkam bogʻlangan yoki ularni loyihalash va ulardan foydalanish shartlari boʻyicha oʻzaro bogʻliq boʻlgan bitta obyektni yoki obyektlar guruhini qurish maqsadida tuzilishi mumkin. Bundan tashqari, qurilish pudrati shartnomalariga obyektlarni qurish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan xizmatlarni koʻrsatish ishlari kiritilishi mumkin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qatʼiy belgilangan narxdagi qurilish pudrati shartnomasi — taraflar qurilish ishlarining qatʼiy belgilangan narxiga (qiymatiga) yoki oʻzgaruvchan narx haqida qayd etgan holda bajarilgan ishlar birligining qatʼiy belgilangan stavkasiga rozilik bildiradigan shartnomadir;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kelishilgan narx boʻyicha qurilish pudrati shartnomasi — qurilish ishlarini bajarish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan haqiqiy xarajatlar buyurtmachi yoʻl qoʻyadigan miqdorda, shu jumladan shartnomada qayd etilgan mukofot puli bilan birga pudratchiga toʻlanadigan shartnomadir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Qurilish pudrati shartnomalari guruhlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur Standart talablari har bir qurilish pudrat shartnomasiga nisbatan alohida qoʻllaniladi. Ayrim holatlarda mazkur Standartni pudrat shartnomasining yoki shartnomalar guruhining mohiyatini aks ettirish uchun bitta pudrat shartnomasining ayrim qismlariga nisbatan yoki pudrat shartnomasining butun bir guruhiga nisbatan qoʻllash zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Agar bir vaqtni oʻzida bir necha obyektga bitta qurilish pudrat shartnomasi tuzilayotgan boʻlsa, u holda har bir obyektning qurilishini alohida qurilish pudrat shartnomasi deb hisoblash kerak, bunda quyidagi shartlar bajarilishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har bir obyekt boʻyicha qurilish ishlarining shartnomaviy qiymatiga doir alohida taklif mavjud boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har bir obyekt boʻyicha kelishuvga erishilgan boʻlsa va pudratchida ham, buyurtmachida ham ayrim obyektlarni qabul qilish yoki qabul qilishdan bosh tortish imkoniyati bor boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
daromadlar va xarajatlar har bir obyekt boʻyicha belgilanganligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Qurilish pudrat shartnomasi buyurtmachining xohishiga qarab qoʻshimcha obyekt qurilishini nazarda tutishi yoki qoʻshimcha obyekt qurilishi bilan toʻldirilishi mumkin. Qoʻshimcha obyekt qurilishini quyidagi hollarda alohida shartnoma deb hisoblash kerak, agar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
obyekt dastlabki shartnomaga kiritilgan obyekt yoki obyektlardan loyihasi, texnologiyasi hamda vazifalari bilan tubdan farq qilsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoʻshimcha obyekt uchun shartnomaviy qiymat dastlabki shartnoma boʻyicha shartnomaviy qiymatni hisobga olmay kelishilsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Qurilish pudrat shartnomalari boʻyicha daromadlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Qurilish pudrat shartnomasidan olinadigan daromad quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish ishlarining dastlabki shartnomaviy qiymatini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnomani oʻzgartirishdan daromadlar, daʼvolar boʻyicha daromadlar va ragʻbatlantirish toʻlovlarini.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Qurilish pudrat shartnomasidan daromad uni hisoblash paytidagi joriy qiymat boʻyicha aniqlanadi. Kelgusidagi ishlarning natijalariga bogʻliq boʻlgan koʻzda tutilmagan ishlar pudrat shartnomasidan olinadigan daromadning oʻzgarishiga taʼsir qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Daʼvolar boʻyicha daromadlar bu pudratchi qurilish pudrat shartnomasini buzgan buyurtmachidan olish niyatida boʻlgan summadir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Ragʻbatlantirish toʻlovlari pudrat shartnomasida belgilangan ishlarni bajarganda yoki oshirib bajarganda pudratchiga toʻlanadigan qoʻshimcha summalardir. Ragʻbatlantirish toʻlovlari hisoblash usuli bilan daromadga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Qurilish pudrat shartnomalari boʻyicha xarajatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Qurilish pudrat shartnomasi boʻyicha xarajatlarga quyidagilar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq, mazkur pudrat shartnomasi bilan bogʻliq boʻlgan bevosita xarajatlar hamda pudrat shartnomasi boʻyicha umumiy qurilish ishlariga taalluqli boʻlgan va pudrat shartnomasi boʻyicha taqsimlanishi va shartnoma qiymatiga kiritilishi mumkin boʻlgan bilvosita xarajatlar (ustama xarajatlar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnoma shartlariga koʻra xarajatlarni qoplash koʻzda tutilgan tajriba-konstruktorlik ishlari xarajatlari kabi qurilish pudrat shartnomasi shartlari boʻyicha buyurtmachi tomonidan qoplanadigan xarajatlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Qurilish pudrat shartnomasi boʻyicha amalga oshiriladigan faoliyat bilan bogʻliq boʻlmagan xarajatlar (pudrat shartnomasi shartlarida qoplab berish belgilanmagan xarajatlar) qurilish pudrat shartnomasi boʻyicha xarajatlardan chiqarib yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Qurilish pudrati shartnomalari boʻyicha daromadlar va xarajatlarning tan olinishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Pudratchi tomonidan daromadlar va xarajatlar buxgalteriya balansini tuzish sanasida pudrat boʻyicha qurilishni yakunlash darajasini hisobga olgan holda daromadlar va xarajatlar sifatida tan olinishi kerak (yaʼni pudrat boʻyicha ishlarni yakunlash darajasiga qarab). Daromadlar va xarajatlar ular yuzaga kelgan hisobot davrlarida tan olinishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Qatʼiy belgilangan narxdagi qurilish pudrat shartnomasining natijasi quyidagi barcha shartlarga rioya etilganda baholanadi, agar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish pudrat shartnomasi boʻyicha umumiy daromadni baholash mumkin boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pudratchi iqtisodiy foyda olsa;

qurilish ishlarini bajarish xarajatlari va foizini aniqlash va buxgalteriya balansiga kiritish mumkin boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish pudrat shartnomasi boʻyicha amalga oshirilgan xarajatlarni smeta meʼyorlari bilan qiyoslash mumkin boʻlsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Kelishilgan narx boʻyicha qurilish pudrati shartnomasining natijasi quyidagi barcha shartlarga rioya etilganda baholanadi, agar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pudratchi iqtisodiy foyda olsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish ishlarini bajarish xarajatlari va foizini aniqlash va buxgalteriya balansiga kiritish mumkin boʻlsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Agar qurilish pudrat shartnomasi boʻyicha daromadga kiritib boʻlingan va moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotda aks ettirib boʻlingan summani olish paytida noaniqlik yuzaga keladigan boʻlsa, u holda olinmagan summa yoki olish ehtimoli yoʻqqa chiqqan summa qurilish pudrat shartnomasi boʻyicha daromad miqdorini tuzatish sifatida emas, balki xarajat sifatida hisobga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Qurilish pudrat shartnomasi boʻyicha bajarilgan ishlar foizi shartnoma turidan kelib chiqib quyidagi usullarda aniqlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nazorat oʻlchovini oʻtkazish orqali;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muayyan sanaga bajarilgan qurilish ishlari boʻyicha xarajatlar miqdorini shartnoma boʻyicha umumiy smeta xarajatlariga solishtirish orqali;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish pudrat shartnomasi boʻyicha ishlarning jismoniy (fizik) qismi yakunlaganligini tekshirish orqali.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Buyurtmachidan olingan oraliq toʻlovlar va boʻnak toʻlovlari bajarilgan ishlar darajasini aks ettirmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Qurilish pudrat shartnomasi boʻyicha natijani ishonchli tarzda aniqlash mumkin boʻlmagan hollarda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
daromad qurilish pudrat shartnomasi boʻyicha qilingan xarajatlar qoplanishi ehtimoli boʻladigan darajadagina tan olinishi kerak;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish boʻyicha xarajatlar, ular haqiqatda qilingan davr mobaynida boshlangʻich hisob maʼlumotlari boʻyicha xarajatlar sifatida tan olinishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Kutilayotgan zararlarni tan olish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Umumiy xarajatlar qurilish pudrat shartnomasi boʻyicha daromadlardan oshib ketgan hollarda kutilayotgan zararlar mazkur hisobot davri xarajatlari sifatida tan olinishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunday zararlar summasi quyidagilardan qatʼiy nazar aniqlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pudrat shartnomasi boʻyicha ishlar boshlangan faktidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pudrat shartnomasi boʻyicha ishlarni bajarish foizidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish pudratining yagona daromadi sifatida qaralayotgan boshqa pudrat shartnomalari boʻyicha kutilayotgan jami daromad summasidan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. Maʼlumotlarni yoritib berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Pudratchi moliyaviy hisobotlarga izohlar qismida quyidagi maʼlumotlarni yoritib berishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hisobot davrida har bir qurilish pudrat shartnomasi boʻyicha daromad miqdorini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hisobot davrida qurilish pudrat shartnomasi boʻyicha tan olinadigan daromadni aniqlashda foydalaniladigan usullarni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish pudratining tugallanmagan shartnomasi boʻyicha ishlarning bajarilish foizi bosqichini aniqlashda foydalaniladigan usullarni.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qurilish pudrat shartnomalari boʻyicha daromadlar va xarajatlarni baholash metodlaridagi oʻzgarishlar ham hisobot davridagi va keyingi davrlardagi moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotda tan olinadigan hisob-kitob baholashlaridagi oʻzgarishlar kabi yoritib berilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Hisobot sanasiga tugallanmagan qurilish pudrat shartnomalari boʻyicha pudratchi quyidagi maʼlumotlarni yoritib berishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
haqiqatda qilingan xarajatlarning va tan olingan daromadning (tan olingan zararlarni chiqarib tashlagan holda) jami summasini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oldindan toʻlov boʻyicha olingan summani;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushlab qolingan summani.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Pudratchi moliyaviy hisobotlarda quyidagilarni aks ettirishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish ishlari boʻyicha buyurtmachilarning debitorlik qarzlarini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish ishlari boʻyicha buyurtmachilarning kreditorlik qarzlarini.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2024-y., 10/24/3533/0545-son)