26.04.1996 yildagi 223-I-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbeksiton Respublikasining Qonuni , 26.04.1996 yildagi 223-I-son
Date of entry into force
13.06.1996
Hujjat yangi tahrirda qabul qilingan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 2014-yil 6-maydagi O‘RQ-370-sonli Qonuniga muvofiq yangi tahrirda qabul qilingan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I BO‘LIM. UMUMIY QOIDALAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aksiyadorlik jamiyatlarini tuzish, ularning faoliyati va ularni tugatish, aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish bilan bog‘liq munosabatlar ushbu Qonun hamda O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlari bilan tartibga solinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xo‘jaligi, bank, investitsiya va sug‘urta faoliyati sohalarida, shuningdek davlat korxonalarini xususiylashtirish chog‘ida aksiyadorlik jamiyatlari tuzish va ular huquqiy holatining o‘ziga xos xususiyatlari qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda. Aksiyadorlik jamiyatining huquqiy holati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ustav fondi jamiyatning aksiyadorlarga nisbatan majburiyatlarini tasdiqlovchi muayyan miqdordagi aksiyalarga taqsimlangan xo‘jalik yurituvchi subyekt aksiyadorlik jamiyati deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat qonun hujjatlarida taqiqlanmagan faoliyatning har qanday turlarini amalga oshirish chog‘ida huquqlarga ega bo‘ladi va majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat yuridik shaxs hisoblanadi va o‘zining mustaqil balansida hisobga olinadigan alohida mol-mulkiga ega bo‘ladi, o‘z nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarni olishi hamda amalga oshirishi, zimmasiga majburiyatlar olishi, sudda da’vogar va javobgar bo‘lishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab yuridik shaxs huquqlarini qo‘lga kiritadi. Jamiyat, agar uning ustavida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, cheklanmagan muddatga tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududi va undan tashqarida bankda hisobvaraqlar ochishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat o‘zining firma nomi davlat tilida to‘liq yozilgan hamda joylashgan manzili ko‘rsatilgan yumaloq muhriga ega bo‘lishi lozim. Muhrda ayni paytning o‘zida firmaning nomi boshqa istalgan tilda ham ko‘rsatilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat o‘z nomi yozilgan shtampi va blankalariga, o‘z timsoliga, shuningdek belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan tovar nishoniga hamda boshqa o‘z belgi-alomatlariga ega bo‘lishga haqlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat qonun hujjatlarida man etilmagan va ta’sis hujjatlarida ko‘rsatilmagan istalgan faoliyat turi bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shug‘ullanishi mumkin. Jamiyat muassislari ta’sis hujjatlarida faoliyatning asosiy turlarinigina sanab o‘tishga haqlidir.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrdagi 175-II-sonli Qonuniga muvofiq sakkizinchi qism bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 23-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. Jamiyatning nomi va joylashgan manzili
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat o‘z firma nomiga ega bo‘ladi, bu nom firmaning tashkiliy-huquqiy shakli va turini (ochiq yoki yopiq) aks ettirishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat davlat tilida va ayni paytning o‘zida jamiyat xohishiga ko‘ra boshqa tillarda o‘zining to‘liq va qisqartma nomlariga ega bo‘lishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyatning manzili u davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan joyga ko‘ra belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat u bilan aloqa o‘rnatib turiladigan pochta manziliga ega bo‘lishi lozim va o‘z pochta manzili o‘zgarganligi to‘g‘risida yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organlarni xabardor qilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. Jamiyatning javobgarligi
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat o‘z majburiyatlari yuzasidan o‘ziga tegishli barcha mol-mulki bilan javobgar bo‘ladi.
(4-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447-II-sonli Qonuni tahririda — 2003-y., 1-son, 8-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aksiyadorlar jamiyatning majburiyatlari yuzasidan javobgar bo‘lmaydilar va uning faoliyati bilan bog‘liq ziyonlarni o‘zlariga tegishli aksiyalar qiymati doirasida to‘laydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aksiyalar haqining hammasini to‘lamagan aksiyadorlar jamiyat majburiyatlari yuzasidan o‘zlariga tegishli aksiyalar qiymatining to‘lanmagan qismi doirasida solidar javobgar bo‘ladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat o‘z aksiyadorlarining majburiyatlari yuzasidan javobgar bo‘lmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar jamiyatning nochorligi (bankrotligi) jamiyat uchun majburiy ko‘rsatmalarni berish huquqiga ega bo‘lgan aksiyador sifatidagi shaxsning g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari tufayli vujudga keltirilgan bo‘lsa, mazkur aksiyador zimmasiga jamiyatning mol-mulki yetarli bo‘lmagan taqdirda uning majburiyatlari bo‘yicha subsidiar javobgarlik yuklatilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aksiyadorlik jamiyatining ustavida tegishli huquq nazarda tutilgan taqdirdagina, aksiyador majburiy ko‘rsatma berish huquqiga ega bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat uchun majburiy ko‘rsatmalar berish huquqiga ega bo‘lgan aksiyador jamiyatning muayyan harakatni amalga oshirishi oqibatida nochor (bankrot) bo‘lib qolishini oldindan bilib, o‘z huquqidan uning ana shunday harakatni amalga oshirishini ko‘zlab foydalangan holdagina jamiyatning nochorligi (bankrotligi) aksiyadorning harakatlari tufayli vujudga keltirilgan deb hisoblanadi.
(4-moddaning beshinchi va oltinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrdagi 357-I-sonli Qonuniga muvofiq beshinchi, oltinchi va yettinchi qismlar bilan almashtirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 56-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat va uning organlari jamiyat o‘z zimmasiga olgan majburiyatlar yuzasidan javobgar bo‘lmaydilar, xuddi shuningdek jamiyat ham davlat va uning organlari olgan majburiyatlar yuzasidan javobgar bo‘lmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda. Aksiyadorlik jamiyatlarining shakllari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aksiyadorlik jamiyati ochiq yoki yopiq bo‘lishi mumkin. Ochiq aksiyadorlik jamiyatining muassislari tarkibiga kiruvchilarning eng kam soni cheklanmaydi, yopiq aksiyadorlik jamiyatining muassislari esa kamida uch shaxsdan iborat qilib belgilanadi. Jamiyatning har bir muassisi uning aksiyadori bo‘lishi lozim.
(5-modda O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-modda. Ochiq aksiyadorlik jamiyati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qatnashchilari o‘zlariga tegishli aksiyalarini o‘zga aksiyadorlarning roziligisiz boshqa shaxslarga berishi mumkin bo‘lgan aksiyadorlik jamiyati ochiq aksiyadorlik jamiyati deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ochiq aksiyadorlik jamiyati o‘zi chiqarayotgan aksiyalarga ochiq obuna o‘tkazishga va qonun hujjatlarining talablarini hisobga olgan holda ularni erkin sotishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ochiq aksiyadorlik jamiyati o‘zi chiqarayotgan aksiyalarga yopiq obuna o‘tkazishga haqli, jamiyat ustavida va qonun hujjatlarida yopiq obunani o‘tkazish imkoniyati cheklab qo‘yilgan hollar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ochiq aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining soni chegaralanmaydi.
(6-modda O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-modda. Yopiq aksiyadorlik jamiyati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aksiyalari faqat o‘z muassislari yoki oldindan belgilangan doiradagi shaxslar orasida taqsimlanadigan aksiyadorlik jamiyati yopiq aksiyadorlik jamiyati deb hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunday jamiyat o‘zi chiqarayotgan aksiyalarga ochiq obuna o‘tkazishga yoxud ularni cheklanmagan doiradagi shaxslarga sotib olish uchun boshqacha tarzda taklif etishga haqli emas. Yopiq aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining soni ellik nafardan ziyod bo‘lishi mumkin emas. Belgilangan chegaradan ortib ketgan taqdirda u yopiq aksiyadorlik jamiyatlari uchun miqdori aksiyadorlarning chegaralangan limitidan ortib ketgan shaxslar aksiyadorlar reyestrida ro‘yxatga olingan kundan e’tiboran olti oy ichida ochiq aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilishi, ushbu muddat tugagach sud tartibida tugatilishi lozim.
(7-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi 681-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 181-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yopiq aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari ushbu jamiyatning boshqa aksiyadorlari sotayotgan aksiyalarni uchinchi shaxsga taklif etilayotgan narxda va shartlarda, ularning har biriga tegishli aksiyalar soniga mutanosib ravishda imtiyozli olish huquqiga, agar jamiyat ustavida mazkur huquqni amalga oshirishning boshqacha tartibi nazarda tutilmagan bo‘lsa, ega bo‘ladi. Agar aksiyadorlar aksiyalarni sotib olishda o‘z imtiyozli huquqlaridan foydalanmasalar, jamiyat aksiyadorlar tomonidan sotiladigan aksiyalarni sotib olish uchun imtiyozli huquqqa ega bo‘lishi uning ustavida ko‘zda tutilishi mumkin.
(7-modda uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi O‘RQ-183-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aksiyadorlar sotayotgan aksiyalarni sotib olishda imtiyozli huquqdan foydalanish tartibi, muddati jamiyat ustavida belgilab qo‘yiladi. Imtiyozli huquqdan foydalanish muddati aksiyalar savdoga qo‘yilgan paytdan boshlab 30 kundan kam va 60 kundan ko‘p bo‘lishi mumkin emas.
(7-modda O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-modda. Jamiyatning filiallari va vakolatxonalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat filiallar tashkil etishi hamda vakolatxonalar ochishi mumkin. Ular o‘zlarini tashkil etgan jamiyat tomonidan mol-mulk bilan ta’minlanadi va shu jamiyat tasdiqlagan nizomlar asosida ish ko‘radi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Filial yoki vakolatxonaning rahbari jamiyat tomonidan tayinlanadi va jamiyat bergan ishonchnoma asosida ish ko‘radi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Filial hamda vakolatxona faoliyati uchun javobgarlik ularni tuzgan jamiyat zimmasida bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat ustavida uning filiallari hamda vakolatxonalari to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan bo‘lishi kerak. Jamiyatning filiallari hamda vakolatxonalariga doir ma’lumotlar o‘zgarishi munosabati bilan uning ustaviga kiritilgan o‘zgartishlar to‘g‘risidagi axborot yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatiga oluvchi organga ma’lumot tarzida taqdim etiladi. Jamiyat ustavidagi mazkur o‘zgartishlar ma’lum qilingan paytdan boshlab uchinchi shaxslar uchun kuchga kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat tomonidan O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida filiallar tashkil etish va vakolatxonalar ochish, agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, filiallar va vakolatxonalar joylashgan yerdagi mamlakat qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(8-modda O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi 681-I-sonli Qonuniga muvofiq beshinchi qism bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 181-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-modda. Shu’ba va tobe xo‘jalik jamiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat yuridik shaxs huquqini olgan shu’ba va tobe xo‘jalik jamiyatlariga ega bo‘lishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu’ba xo‘jalik jamiyati o‘zining asosiy jamiyati qarzlari yuzasidan javobgar bo‘lmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu’ba xo‘jalik jamiyatiga bajarilishi shart bo‘lgan ko‘rsatmalarni berishga huquqli asosiy jamiyat ana shunday ko‘rsatmalarni bajarish uchun shu’ba xo‘jalik jamiyati tomonidan tuzilgan bitimlar yuzasidan shu’ba xo‘jalik jamiyati bilan solidar javobgar bo‘ladi. Asosiy jamiyatning shu’ba xo‘jalik jamiyatiga bajarilishi shart bo‘lgan ko‘rsatmalarni berish huquqi shu’ba xo‘jalik jamiyati bilan tuzilgan shartnomada yoki shu’ba xo‘jalik jamiyatining ustavida ko‘zda tutilgan taqdirdagina asosiy jamiyat bunday huquqqa ega deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu’ba xo‘jalik jamiyati asosiy jamiyatning aybi bilan nochor (bankrot) bo‘lib qolgan hollarda asosiy jamiyat shu’ba xo‘jalik jamiyatining qarzlari yuzasidan subsidiar javobgar bo‘ladi. Asosiy jamiyat shu’ba xo‘jalik jamiyatining muayyan harakatlarni amalga oshirish oqibatida nochor (bankrot) bo‘lib qolishini oldindan bilib, yuqorida aytilgan o‘z huquqlari va (yoki) imkoniyatidan shu’ba xo‘jalik jamiyatning shunday harakatlarni amalga oshirishini ko‘zlab foydalangan hollardagina shu’ba xo‘jalik jamiyatining nochorligi (bankrotligi) asosiy jamiyatning aybi bilan yuz bergan deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu’ba xo‘jalik jamiyati aksiyadorlari asosiy jamiyatdan uning aybi bilan shu’ba xo‘jalik jamiyatiga keltirilgan ziyonni to‘lashni talab qilishga haqlidir. Asosiy jamiyat shu’ba xo‘jalik jamiyatining muayyan harakatlarni amalga oshirish oqibatida ziyon ko‘rishini oldindan bilib, o‘z huquqlari va (yoki) imkoniyatidan shu’ba xo‘jalik jamiyatning shunday harakatlarni amalga oshirishini ko‘zlab foydalangan holdagina ziyon asosiy jamiyatning aybi bilan keltirilgan deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar jamiyatga qarashli ovoz beruvchi aksiyalarning yigirma foizidan ziyodrog‘i boshqa ishtirokchi jamiyatga qarashli bo‘lsa, bu jamiyat tobe xo‘jalik jamiyati deb tan olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishtirok etuvchi va tobe xo‘jalik jamiyatlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
(9-modda O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II BO‘LIM. AKSIYADORLIK JAMIYATINI TUZISh
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-modda. Jamiyatni tuzish usullari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat yangidan ta’sis etish va (yoki) mavjud yuridik shaxsni qayta tashkil etish (qo‘shib yuborish, birlashtirish, bo‘lish, ajratib chiqarish, qayta tuzish) yo‘li bilan tuzilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-modda. Jamiyatni ta’sis etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyatni ta’sis etish yo‘li bilan tuzish muassislarning (muassisning) qaroriga muvofiq amalga oshiriladi. Jamiyatni ta’sis etish to‘g‘risidagi qaror ta’sis yig‘ilishi tomonidan qabul qilinadi. Jamiyat bir shaxs tomonidan ta’sis etilgan taqdirda jamiyatni ta’sis etish haqidagi qarorni shu shaxsning yolg‘iz o‘zi qabul qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat muassislari uni tuzish to‘g‘risida o‘zaro ta’sis shartnomasini imzolaydilar, shartnomada ularning jamiyatni ta’sis etish borasida birgalikda faoliyat ko‘rsatish tartibi, jamiyat ustav fondining miqdori, muassislar o‘rtasida joylashtirilishi kerak bo‘lgan aksiyalarning turlari, ular uchun to‘lanadigan haq miqdori va bu haqni to‘lash tartibi, muassislarning jamiyatni tuzishga doir huquq va majburiyatlari belgilab qo‘yiladi.
(11-modda ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi O‘RQ-183-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyatni ta’sis etish to‘g‘risidagi qaror muassislarning ovoz berish natijalarini hamda jamiyatni ta’sis etish, jamiyat ustavini tasdiqlash, jamiyatni boshqarish organlarini saylash masalalari yuzasidan ular qabul qilgan qarorlarni aks ettirishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyatni ta’sis etish, uning ustavini tasdiqlash to‘g‘risidagi va muassis tomonidan jamiyat aksiyalari haqini to‘lash uchun topshirilayotgan qimmatli qog‘ozlar, boshqa mulkiy huquqlar yoki pul bilan baholanadigan boshqa huquqlarning pulda baholanishini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarorlar muassislar tomonidan bir ovozdan qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chet ellik investorlar ishtirokidagi jamiyatni tuzish O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat korxonasi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilayotganda uni ta’sis etish to‘g‘risidagi qaror davlat mulkini tasarruf etish vakolatiga ega bo‘lgan organ tomonidan qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-modda. Jamiyatning muassislari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aksiyadorlik jamiyatini tuzish to‘g‘risidagi ta’sis shartnomasini imzolagan yuridik va jismoniy shaxslar aksiyadorlik jamiyatining muassislari deb tan olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari jamiyat muassislari bo‘lishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat muassislari jamiyat davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgunga qadar uning tuzilishi bilan bog‘liq majburiyatlar yuzasidan solidar javobgar bo‘ladilar. Jamiyat muassislarning uni tuzish bilan bog‘liq bo‘lgan majburiyatlari yuzasidan faqat ularning harakatlari keyinchalik aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ma’qullangan taqdirdagina javobgar bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat korxonasi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilayotganda davlat mulkini tasarruf etishga vakolatli organ uning muassisi bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat korxonasi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilayotganda aksiyalarni taqsimlash tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yopiq aksiyadorlik jamiyati muassislari o‘rtasida aksiyalarni taqsimlash ta’sis hujjatiga muvofiq amalga oshiriladi.
(12-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13-modda. Ta’sis yig‘ilishi (konferensiyasi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ta’sis yig‘ilishi (konferensiyasi):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aksiyadorlik jamiyatini ta’sis etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi va uning ustavini tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aksiyalarga ortiqcha obunani qabul qiladi yoki rad etadi. Aksiyalarga ortiqcha obuna qabul qilingan taqdirda ustav fondi tegishli ravishda ko‘paytiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ta’sis etish jarayonida muassislar tomonidan tuzilgan shartnomalarni tasdiqlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chiqarilayotgan aksiyalar turlarini hamda ularning sonini belgilaydi;
(13-modda birinchi qismi beshinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi O‘RQ-183-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamiyatning kuzatuv kengashini, taftish komissiyasini saylaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamiyatning ijroiya organini tuzadi (saylaydi, tayinlaydi).
(13-modda birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi O‘RQ-183-sonli Qonuni asosida yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ta’sis yig‘ilishida (konferensiyasida) ovoz berish muassislar qo‘shgan hissalarga muvofiq o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ta’sis yig‘ilishi (konferensiyasi) qarorlarni oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qiladi. Ta’sis shartnomasini o‘zgartirish to‘g‘risidagi qarorlar qabul qilinayotgan hollar bundan mustasnodir, bunda barcha muassislarning roziligi talab etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat korxonasi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilayotganda ta’sis yig‘ilishi o‘tkazilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-modda. Jamiyatning ta’sis hujjatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ta’sis yig‘ilishi (muassis) tasdiqlagan ustav jamiyatning ta’sis hujjati hisoblanadi.
(14-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15-modda. Jamiyatning ustavi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyatning ustavida quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi lozim:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
firmaning to‘liq va qisqartirilgan nomi hamda joylashgan yeri (pochta manzili);
(15-moddaning birinchi qismi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi 832-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
faoliyat sohasi (asosiy yo‘nalishlari), maqsadi va muddatlari;
(15-moddaning birinchi qismi uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 21-dekabrdagi O‘RQ-135-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 50-51-son, 514-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ustav fondining miqdori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ustav fondini ko‘paytirish yoki kamaytirish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chiqarilayotgan aksiyalar turlari, ularning nominal qiymati, har xil turdagi aksiyalarning nisbati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
daromad (foyda)ni, dividendlarni taqsimlash va zararni qoplash tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zaxira fondini va boshqa fondlarni tashkil etish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamiyat qatnashchilarining huquq va majburiyatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamiyat boshqaruvining tuzilishi, ijroiya va nazorat organlari a’zolarining soni, ularni saylash tartibi, bu organlarning vakolatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yillik hisobotlarni tuzish, tekshirish va tasdiqlash tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamiyatni qayta tuzish va tugatish tartibi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamiyat tomonidan aksiyalarni joylashtirish tartibi va shartlari;
(15-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi O‘RQ-183-sonli Qonuni asosida o‘n uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat ustavida bitta aksiyadorga tegishli bo‘lgan aksiyalar soni va ular nominal qiymatining summasi cheklab qo‘yilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat ustavida qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa qoidalar ham bo‘lishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat aksiyador yoki har qanday manfaatdor shaxsning talabiga binoan ustavda belgilangan muddatlarda ularga jamiyat ustavi, shu jumladan unga doir o‘zgartishlar va qo‘shimchalar bilan tanishib chiqish imkoniyatini berishi shart. Jamiyat aksiyadorning talabiga binoan jamiyatning amaldagi ustavidan nusxa olib berishi shart.
(15-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16-modda. Jamiyat ustaviga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish yoki jamiyat ustavini yangi tahrirda tasdiqlash
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat ustaviga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish yoki jamiyat ustavini yangi tahrirda tasdiqlash ushbu Qonunda hamda jamiyat ustavida belgilangan tartibda aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qaroriga binoan amalga oshiriladi.
(16-modda matni O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 21-dekabrdagi O‘RQ-135-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 50-51-son, 514-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17-modda. Jamiyatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat ro‘yxatdan o‘tish uchun ro‘yxatga oluvchi organga ustavni va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hujjatlarni taqdim etadi. Davlat korxonasini qayta tashkil etish yo‘li bilan tuzilgan aksiyadorlik jamiyati ustavini taqdim etadi.
(17-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi 681-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 181-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat tuzishning qonunda belgilangan tartibini buzish yoki uning ta’sis hujjatlari qonunga muvofiq kelmasligi davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etishga olib keladi. Jamiyatni tuzish maqsadga muvofiq emas, degan vaj bilan uni ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish, shuningdek ro‘yxatdan o‘tkazish muddatlarining buzilishi ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Faqat qonun hujjatlarida belgilangan hollardagina jamiyat qayta ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aksiyadorlik jamiyati davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan e’tiboran uzog‘i bilan olti oygacha bo‘lgan muddatda jamiyat aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishi to‘g‘risidagi, kuzatuv kengashi to‘g‘risidagi va ijroiya organ to‘g‘risidagi (tegishincha direktor, boshqaruv, direksiya, boshqaruvchi tashkilot, boshqaruvchi to‘g‘risidagi), faoliyat tartibini, huquq va majburiyatlarini, shuningdek aksiyadorlik jamiyatining ko‘rsatilgan boshqaruv organlari tomonidan qarorlar qabul qilish tartibotini belgilovchi nizomlarni tayyorlashi va aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida tasdiqlashi shart.
(17-modda O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi 681–I-son Qonuniga muvofiq beshinchi qism bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 181-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18-modda. Jamiyat ustaviga kiritilgan o‘zgartishlar va qo‘shimchalarni yoki jamiyatning yangi tahrirdagi ustavini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat ustaviga kiritilgan o‘zgartishlar va qo‘shimchalar yoki jamiyatning yangi tahrirdagi ustavi ushbu Qonunning jamiyatni ro‘yxatdan o‘tkazishga doir 17-moddasida ko‘zda tutilgan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat ustaviga kiritilgan o‘zgartishlar va qo‘shimchalar yoki jamiyatning yangi tahrirdagi ustavi uchinchi shaxslar uchun ular davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab, ushbu Qonunda belgilangan hollarda esa davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ xabardor etilgan paytdan e’tiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III BO‘LIM. JAMIYATNING USTAV FONDI. JAMIYATNING AKSIYALARI, OBLIGATSIYALARI VA BOShQA QIMMATLI QOG‘OZLARI. JAMIYATNING SOF AKTIVLARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19-modda. Jamiyatning ustav fondi va aksiyalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyatning ustav fondi aksiyadorlar sotib olgan jamiyat aksiyalarining nominal qiymatidan tashkil topadi. Jamiyat chiqaradigan barcha aksiyalarning nominal qiymati bir xil bo‘lishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyatning ustav fondi uning mol-mulkining o‘z kreditorlari manfaatlarini kafolatlaydigan darajadagi eng kam miqdorini belgilaydi. Jamiyat davlat mulki negizida tuzilganda korxonaning (mol-mulkning) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlangan bozor bahosi jamiyat ustav fondining summasini tashkil etadi.
(19-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi 681-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 181-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat oddiy aksiyalarni joylashtirishi shart, shuningdek bir yoki bir necha turdagi imtiyozli aksiyalarni joylashtirishga haqli. Joylashtirilgan imtiyozli aksiyalarning nominal qiymati jamiyat ustav fondining yigirma foizidan oshmasligi lozim.
(19-modda uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi O‘RQ-183-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat ta’sis etilayotganda uning barcha aksiyalari muassislar o‘rtasida joylashtirilgan bo‘lishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20-modda. Ustav fondining miqdori
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aksiyadorlik jamiyati ustav fondining eng kam miqdori jamiyat davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanada O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi bo‘yicha to‘rt yuz ming AQSh dollariga teng bo‘lgan summadan kam bo‘lmasligi kerak.
(20-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 7-apreldagi O‘RQ-206-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 15-son, 176-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat ustav fondini ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorda shakllantirishning eng ko‘p muddati, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, jamiyat davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran bir yildan oshmasligi lozim.
(20-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21-modda. Jamiyatning ustav fondini ko‘paytirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyatning ustav fondi aksiyalar nominal qiymatini oshirish yoki qo‘shimcha aksiyalarni joylashtirish yo‘li bilan ko‘paytirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyatning ustav fondini aksiyalar nominal qiymatini oshirish yo‘li bilan ko‘paytirish va jamiyat ustaviga tegishli o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi qaror aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan yoki, agar jamiyat ustavida yoxud aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qaroriga muvofiq jamiyatning kuzatuv kengashiga shunday qarorni qabul qilish huquqi berilgan bo‘lsa, jamiyatning kuzatuv kengashi tomonidan qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qo‘shimcha aksiyalar jamiyat tomonidan jamiyat ustavida belgilangan e’lon qilingan aksiyalar soni doirasidagina joylashtirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qo‘shimcha aksiyalarni joylashtirish yo‘li bilan jamiyat ustav fondini ko‘paytirish to‘g‘risidagi qaror aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan yoki bunday qaror qabul qilish huquqi jamiyatning ustaviga muvofiq yoki aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qaroriga binoan jamiyatning kuzatuv kengashiga berilgan bo‘lsa, kuzatuv kengashi tomonidan qabul qilinadi.
(21-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qo‘shimcha aksiyalarni joylashtirish yo‘li bilan jamiyat ustav fondini ko‘paytirish to‘g‘risidagi qarorda joylashtiriladigan qo‘shimcha oddiy (odatdagi) aksiyalarning va e’lon qilingan miqdorlari (ulushlari) doirasida har bir turdagi imtiyozli aksiyalarning soni, ularni joylashtirish muddati va shartlari, shu jumladan mazkur qonunga muvofiq joylashtirilayotgan aksiyalarni sotib olishda imtiyozli huquqlarga ega bo‘lgan aksiyadorlar uchun jamiyatning qo‘shimcha aksiyalarini joylashtirish bahosi belgilangan bo‘lishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyatning ustav fondini qo‘shimcha aksiyalar joylashtirish yo‘li bilan ko‘paytirish joylashtirilgan qo‘shimcha aksiyalarning nominal qiymati miqdorida qayd etiladi. Bunda e’lon qilingan muayyan toifa va turdagi aksiyalarning miqdori joylashtirilgan ana shu toifa va turlardagi aksiyalarning soniga qisqartirilishi kerak.
(21-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22-modda. Jamiyatning ustav fondini kamaytirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyatning ustav fondi aksiyalarning nominal qiymatini yoki ularning umumiy sonini qisqartirish yo‘li bilan, shu jumladan aksiyalarning bir qismini jamiyatning o‘zi keyinchalik muomaladan chiqarish sharti bilan sotib olishi yo‘li bilan kamaytirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyatning ustav fondini aksiyalarning bir qismini sotib olish va muomaladan chiqarish orqali kamaytirishga, agar bunday imkoniyat jamiyatning ustavida nazarda tutilgan bo‘lsa, yo‘l qo‘yiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ustav fondini kamaytirish natijasida uning miqdori jamiyatning ustaviga kiritilgan tegishli o‘zgartishlarni ro‘yxatdan o‘tkazish kuni belgilanadigan jamiyat ustav fondining eng kam miqdoridan qonun hujjatlarida belgilanganidan kamayib ketadigan bo‘lsa, jamiyat ustav fondini kamaytirishga haqli emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ustav fondini kamaytirish va jamiyat ustaviga tegishli o‘zgartishlar kiritish haqidagi qaror aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ustav fondini kamaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilgan vaqtda aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi fondni kamaytirish sabablarini ko‘rsatadi va uni kamaytirish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ustav fondini kamaytirish vaqtida jamiyat tugatilganida nazarda tutiladigan aksiyadorlarning manfaatlarini himoya qilish shartlariga rioya etilishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23-modda. Jamiyatning ustav fondi miqdori kamaytirilgani to‘g‘risida kreditorlarni xabardor qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ustav fondini kamaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilinganidan boshlab jamiyat kechi bilan 30 kun ichida bu qaror xususida o‘z kreditorlarini yozma ravishda xabardor qiladi. Kreditorlar jamiyatning ustav fondini kamaytirish to‘g‘risida o‘zlariga xabarnoma yuborilgan sanadan e’tiboran kechi bilan 30 kun ichida jamiyatdan o‘z majburiyatlarini muddatidan oldin ijro etishni va ustav fondi kamaytirilishi bilan bog‘liq zararni to‘lashni talab qilishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24-modda. Aksiyadorlik jamiyatining aksiyalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aksiyalar egasining nomi yozilgan emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar bo‘lib, ular turiga ko‘ra oddiy va imtiyozli bo‘lishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aksiyalar mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida qaysi yuridik yoki jismoniy shaxsga tegishli bo‘lsa, o‘sha yuridik yoxud jismoniy shaxs aksiyaning egasi — aksiyador deb e’tirof etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oddiy aksiyalar ovoz beruvchi bo‘lib, ularning egasiga dividendlar olish, aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishlarida va jamiyatni boshqarishda ishtirok etish huquqini beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aksiya egalariga dividendlarni, shuningdek jamiyat tugatilganda aksiyalarga qo‘yilgan mablag‘larni birinchi navbatda olish huquqini beradigan aksiyalar imtiyozli aksiyalardir. Imtiyozli aksiyalar o‘z egalariga jamiyat foyda ko‘rish-ko‘rmasligidan qat’i nazar, muayyan dividendlar olish huquqini beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chiqariladigan aksiyalarning turlari, ularni joylashtirish, ular bo‘yicha dividendlar to‘lash tartibi qonun hujjatlariga muvofiq jamiyat ustavida belgilanadi.
(24-modda O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi O‘RQ-183-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
241-modda. Oltin aksiya
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oltin aksiya” — ayrim aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda davlat ishtirokining maxsus huquqi bo‘lib, u strategik ahamiyatga ega bo‘lgan davlat korxonalari xususiylashtirilayotganda yoki aksiyadorlik jamiyatlarining davlat aksiya paketlari xususiy mulk etib realizatsiya qilinayotganda O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qaroriga asosan joriy qilinadi va mamlakatning iqtisodiy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oltin aksiya” qiymatga ega emas, boshqa shaxsga berilmaydi hamda garovga qo‘yilmaydi, ustav fondi miqdorini belgilashda va dividendlarni hisoblashda inobatga olinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oltin aksiya” ustav fondida davlat ulushi bo‘lmagan yoki bu ulush yigirma besh foizdan oshmaydigan aksiyadorlik jamiyatlarida joriy etilishi mumkin. Davlatning “oltin aksiya”dan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oltin aksiya” aksiyadorlik jamiyatining kuzatuv kengashi tarkibiga davlat vakilini (bundan buyon matnda davlat vakili deb yuritiladi) tayinlash vositasida realizatsiya qilinadi. Davlat vakili aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida va kuzatuv kengashi majlislarida ushbu Qonunning 65-moddasi birinchi qismining ikkinchi — to‘rtinchi, yettinchi, sakkizinchi, o‘n sakkizinchi, o‘n to‘qqizinchi xatboshilarida, shuningdek 82-moddasi birinchi qismining yettinchi, yigirma ikkinchi — yigirma to‘rtinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan masalalar bo‘yicha veto qo‘yish huquqi bilan majburiy tartibda ishtirok etadi. Veto qo‘yish ushbu qarorlar qabul qilingan kuni yozma shaklda amalga oshiriladi.
(241-modda O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 21-dekabrdagi O‘RQ-135-sonli Qonuni bilan kiritilgan — O‘R QHT, 2007-y., 50-51-son, 514-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25-modda. Aksiyalarning nominal qiymati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aksiyalarning nominal qiymati yuz so‘mdan kam bo‘lishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aksiya bo‘linmasdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26-modda. Jamiyatning joylashtirilgan va e’lon qilingan aksiyalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyatning ustavida aksiyadorlar sotib olgan aksiyalarning (joylashtirilgan aksiyalarning) soni va nominal qiymati belgilab qo‘yilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat ustavida jamiyat joylashtirilgan aksiyalarga qo‘shimcha ravishda joylashtirishga haqli bo‘lgan e’lon qilingan (qo‘shimcha) aksiyalarning soni va nominal qiymati belgilanishi mumkin.
(26-modda ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi O‘RQ-183-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(26-modda uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi O‘RQ-183-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — O‘R QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat ustaviga jamiyatning e’lon qilingan aksiyalari haqida ushbu moddada nazarda tutilgan qoidalar bilan bog‘liq o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qaror aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat tomonidan aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qog‘ozlar joylashtirilgan taqdirda e’lon qilingan (qo‘shimcha) aksiyalarning soni ushbu qimmatli qog‘ozlar muomalada bo‘lishi muddati mobaynida ayirboshlash uchun zarur miqdordan kam bo‘lmasligi lozim.
(26-modda to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi O‘RQ-183-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat o‘zi joylashtirgan qimmatli qog‘ozlar erkin ayirboshlanishi mumkin bo‘lgan aksiyalar beradigan huquqlarni cheklash haqida ushbu qimmatli qog‘ozlar egalarining roziligisiz qaror qabul qilishga haqli emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27-modda. Aksiyadorlarning huquqlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aksiyadorlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli aksiyadorlik jamiyatining aksiyadorlari reyestriga kiritilish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘zi haqida depozitariydagi depo hisobvarag‘idan ko‘chirma olish;
(27-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi O‘RQ-183-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamiyat foydasining bir qismini dividendlar tarzida olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aksiyadorlik jamiyati tugatilgan taqdirda o‘zlariga tegishli ulushga muvofiq mol-mulkning bir qismini olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aksiyadorlik jamiyatini boshqarishda ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aksiyadorlik jamiyatining ustaviga muvofiq emitentning moliya-xo‘jalik faoliyati natijalari to‘g‘risida to‘liq va to‘g‘ri axborot olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
olgan dividendini erkin tasarruf etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organida, shuningdek sudda o‘z huquqlarini himoya qilish;
(27-modda birinchi qismining to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi O‘RQ-183-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari va emitentlarning uquvsiz yoki g‘arazli xatti-harakatlari tufayli ko‘rgan zararning to‘lanishini talab qilish;
(27-modda birinchi qismining o‘ninchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 9-sentabrdagi O‘RQ-216-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 37-son, 403-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘z manfaatlarini ifodalash va himoya qilish maqsadida uyushmalar va boshqa jamoat tashkilotlariga birlashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatli qog‘ozlar sotib olish vaqtida zarar ko‘rish va (yoki) foydaning bir qismini yo‘qotish ehtimoli bilan bog‘liq tavakkalchilikni sug‘urtalash huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aksiyadorlar jamiyat ustavida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega bo‘ladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28-modda. Oddiy (odatdagi) aksiyalar egalari bo‘lmish aksiyadorlarning huquqlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyatning har bir oddiy (odatdagi) aksiyasi uning egasi bo‘lmish aksiyadorga bir xil hajmda huquqlar beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oddiy (odatdagi) aksiyalarning egalari bo‘lmish aksiyadorlar ushbu Qonunga va jamiyat ustaviga muvofiq aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida mazkur yig‘ilish vakolatiga kiradigan barcha masalalar bo‘yicha ovoz berish huquqi bilan ishtirok etishi mumkin, shuningdek dividendlar olish, jamiyat tugatilgan taqdirda esa, jamiyat mol-mulkining bir qismini olish huquqiga egadir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29-modda. Imtiyozli aksiyalarning egalari bo‘lmish aksiyadorlarning huquqlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat imtiyozli aksiyalarining egalari bo‘lmish aksiyadorlar, agar ushbu Qonunda yoki jamiyat ustavida jamiyatning muayyan turdagi imtiyozli aksiyalari uchun boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ovoz berish huquqiga ega emaslar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyatning bir turdagi imtiyozli aksiyalari ularning egalari bo‘lmish aksiyadorlarga bir xil hajmda huquqlar beradi va odatdagi aksiyalar bilan bir xil nominal qiymatga ega bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat tugatilgan taqdirda har bir turdagi imtiyozli aksiyalar bo‘yicha to‘lanadigan dividendlar va (yoki) qiymatning (tugatilish qiymatining) miqdori jamiyat ustavida belgilab qo‘yilishi lozim. Dividend miqdori va tugatilish qiymati qat’iy pul summasida yoki imtiyozli aksiyalarning nominal qiymatiga nisbatan foizlarda belgilanadi. Agar imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividendlar miqdori va tugatilish qiymatini aniqlash tartibi jamiyat ustavida ko‘rsatilgan bo‘lsa ham ular belgilangan hisoblanadi. Dividend miqdori belgilanmagan imtiyozli aksiyalarning egalari oddiy (odatdagi) aksiyalarning egalari bilan baravar dividendlar olish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar jamiyat ustavida ikki va undan ortiq turdagi imtiyozli aksiya nazarda tutilgan bo‘lsa, jamiyat ustavida imtiyozli aksiyalarning har bir turi bo‘yicha dividendlar va tugatilish qiymatini to‘lash navbati ham belgilangan bo‘lishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muayyan turdagi imtiyozli aksiyalar bo‘yicha miqdori ustavda belgilangan bo‘lib, to‘lanmagan yoki hammasi to‘lanmagan dividend jamg‘arib borilishi va keyinchalik to‘lanishi (kumulyativ imtiyozli aksiyalar) jamiyat ustavida belgilab qo‘yilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat ustavida muayyan turdagi imtiyozli aksiyalarning oddiy (odatdagi) aksiyalar yoki boshqa turdagi imtiyozli aksiyalarga erkin ayirboshlanishi mumkinligi va shartlari ham belgilab qo‘yilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Imtiyozli aksiyalarning egalari bo‘lmish aksiyadorlar aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida jamiyatni qayta tashkil etish va tugatish masalalari hal etilayotganda ovoz berish huquqi bilan ishtirok etadilar. Muayyan turdagi imtiyozli aksiyalarning egalari bo‘lmish aksiyadorlar aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida jamiyat ustaviga shu turdagi imtiyozli aksiyalarning egalari bo‘lmish aksiyadorlarning huquqlarini cheklaydigan o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish, shu jumladan avvalgi navbatdagi imtiyozli aksiyalar bo‘yicha to‘lanadigan dividendning miqdorini belgilash yoki ko‘paytirish va (yoki) tugatilish qiymatini belgilash yoki ko‘paytirish masalalari, shuningdek boshqa turdagi imtiyozli aksiyalarning egalari bo‘lmish aksiyadorlarga dividend va (yoki) aksiyaning tugatilish qiymatini to‘lash navbati bo‘yicha imtiyozlar berish masalalari hal etilayotganda ovoz berish huquqini oladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dividend miqdori jamiyat ustavida belgilab qo‘yilgan muayyan turdagi imtiyozli aksiyalarning egalari bo‘lmish aksiyadorlar, kumulyativ imtiyozli aksiyalarning egalari bo‘lmish aksiyadorlarni istisno etganda, ana shu turdagi imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividendlar to‘lash to‘g‘risida qaror qabul qilinmagan yoki dividendlarni to‘liq to‘lamaslik to‘g‘risida qaror qabul qilingan aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishidan keyingi yig‘ilishdan boshlab umumiy yig‘ilishning vakolatiga kiradigan barcha masalalar bo‘yicha ovoz berish huquqi bilan aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega. Bunday turdagi imtiyozli aksiyalarning egalari bo‘lmish aksiyadorlarning aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqi mazkur aksiyalar bo‘yicha dividendlar birinchi marta to‘liq miqdorda to‘langan paytdan boshlab to‘xtatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muayyan turdagi kumulyativ imtiyozli aksiyalarning egalari bo‘lmish aksiyadorlar ana shu aksiyalar bo‘yicha jamg‘arilib qolgan dividendlarni to‘liq miqdorda to‘lash to‘g‘risida qaror qabul qilishi lozim bo‘lganu, ammo bunday qaror qabul qilmagan yoxud dividendlarni to‘liq miqdorda to‘lamaslik to‘g‘risida qaror qabul qilgan aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishidan keyingi yig‘ilishdan e’tiboran umumiy yig‘ilishning vakolatiga kiradigan barcha masalalar bo‘yicha aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ovoz berish huquqi bilan ishtirok etishga haqli. Muayyan turdagi kumulyativ imtiyozli aksiyalarning egasi bo‘lmish aksiyadorlarning aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqi mazkur aksiyalar bo‘yicha jamg‘arilib qolgan barcha dividendlar to‘liq miqdorda to‘langan paytdan boshlab to‘xtatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar jamiyat ustavida muayyan turdagi imtiyozli aksiyalarni odatdagi aksiyalarga ayirboshlash mumkinligi nazarda tutilgan bo‘lsa, jamiyat ustavi bu turdagi imtiyozli aksiyalar bo‘yicha ovoz berish huquqini nazarda tutishi mumkin. Bunda ana shunday imtiyozli aksiya egasi o‘ziga qarashli imtiyozli aksiya ayirboshlanishi mumkin bo‘lgan odatdagi aksiyalar bo‘yicha ovozlar sonidan oshib ketmaydigan miqdorda ovozlarga ega bo‘ladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30-modda. Aksiyalarga bo‘lgan huquqlarning o‘tishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aksiyalarga bo‘lgan huquqlar aksiyalarni oluvchiga uning depo hisobvarag‘iga tegishli kirim yozuvi belgilangan tartibda kiritilgan paytdan e’tiboran o‘tadi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda depozitariy tomonidan beriladigan depo hisobvarag‘idan ko‘chirma bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aksiya bilan tasdiqlanadigan huquqlar ularning oluvchisiga ushbu qimmatli qog‘ozga bo‘lgan huquqlar o‘tgan paytdan e’tiboran o‘tadi.
(30-modda O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi O‘RQ-183-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(31-modda O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi O‘RQ-183-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — O‘R QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32-modda. Jamiyatning obligatsiyalari va boshqa qimmatli qog‘ozlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlarni jamiyat o‘z ustaviga muvofiq joylashtirishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yopiq aksiyadorlik jamiyati obligatsiyalarni joylashtirishga haqli emas.
(32-modda O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 23-iyuldagi O‘RQ–104-sonli Qonuni asosida ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2007-y., 29-30-son, 297-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33-modda. Jamiyatning aksiyalari va boshqa qimmatli qog‘ozlariga haq to‘lash
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyatni ta’sis etishda joylashtiriladigan aksiyalarga jamiyat davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan e’tiboran ko‘pi bilan bir yil ichida muassislar tomonidan haq to‘lanishi lozim. Mazkur muddat o‘tganidan keyin muassislar tomonidan haqi to‘lanmagan aksiyalar bekor qilinishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyatning qo‘shimcha aksiyalariga mazkur aksiyalarni chiqarish to‘g‘risidagi qarorda ko‘rsatilgan joylashtirish muddati ichida haq to‘lanishi lozim.
(33-modda birinchi va ikkinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi O‘RQ-183-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat ustavida aksiyalar haqini to‘lash majburiyatini bajarmaganlik uchun neustoyka (jarima, penya) undirish nazarda tutilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyatning aksiyalari va boshqa qimmatli qog‘ozlariga haq to‘lash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda pul va to‘lovning boshqa vositalari, mol-mulk, shuningdek pulda baholanadigan huquqlar (shu jumladan ashyoviy huquqlar) vositasida amalga oshiriladi. Jamiyatni ta’sis etish chog‘ida uning aksiyalariga haq to‘lash shakli jamiyatni tashkil etish to‘g‘risidagi shartnomada (qayta tashkil etish to‘g‘risidagi qarorda) yoki jamiyat ustavida, qo‘shimcha aksiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlarga haq to‘lash esa, ularni joylashtirish to‘g‘risidagi qarorda belgilab qo‘yiladi.
(33-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi 681-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 181-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(33-modda beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi O‘RQ-183-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — O‘R QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyatni ta’sis etish chog‘ida aksiyaga to‘lanadigan haq sifatida topshirilayotgan mol-mulkning puldagi bahosi muassislar o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq chiqariladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar jamiyatning shu yo‘sinda sotib olinayotgan aksiyalari va boshqa qimmatli qog‘ozlarining nominal qiymati qonun hujjatlarida belgilangan eng kam miqdordagi ish haqining ikki yuz baravaridan ko‘pni tashkil etsa, jamiyatning aksiyalari va boshqa qimmatli qog‘ozlarining haqi sifatida topshirilayotgan mol-mulkning puldagi bahosini baholovchi tashkilot baholashi kerak.
(33-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 17-sentabrdagi O‘RQ-257-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 37-son, 315-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat ustavida uning aksiyalari va boshqa egasi yozilgan qimmatli qog‘ozlari haqi sifatida topshiriladigan mol-mulk turlari cheklab qo‘yilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
(33-modda to‘qqizinchi va o‘ninchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi O‘RQ-183-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — O‘R QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34-modda. Jamiyatning fondlari va sof aktivlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat ustavida nazarda tutilgan, ammo ustav fondining o‘n besh foizidan kam bo‘lmagan miqdorda jamiyat zaxira fondi tuziladi. Jamiyatning zaxira fondi jamiyatning ustav fondida belgilangan miqdorga yetguniga qadar har yili sof foydadan majburiy ajratmalar o‘tkazish orqali tashkil etiladi. Har yilgi ajratmalarning miqdori jamiyat ustavida nazarda tutiladi, ammo bu miqdor jamiyat ustavida belgilangan miqdorga yetguniga qadar sof foydaning besh foizidan kam bo‘lmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyatning zaxira fondi ko‘rilgan zararni qoplash, jamiyat obligatsiyalarini muomaladan chiqarish, imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividendlar to‘lash va ushbu Qonunga muvofiq aksiyalarni sotib olishni talab qilish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlarning talabiga binoan aksiyalarni sotib olish uchun mo‘ljallanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zaxira fondidan boshqa maqsadlarda foydalanish mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat sof aktivlarining qiymati buxgalteriya hisob-kitob ma’lumotlari bo‘yicha belgilangan tartibda baholanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ikkinchi moliya yili va undan keyingi har bir moliya yili tugaganidan keyin jamiyat aksiyadorlari tasdig‘iga taqdim etilgan yillik buxgalteriya balansiga yoki auditorlik tekshiruvi natijalariga ko‘ra jamiyat sof aktivlarining qiymati uning ustav fondidan oz bo‘lib chiqsa, jamiyat o‘z ustav fondini sof aktivlari qiymatidan oshib ketmaydigan miqdorgacha kamaytirishini e’lon qilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ikkinchi moliya yili va undan keyingi har bir moliya yili tugaganidan keyin jamiyat aksiyadorlari tasdig‘iga taqdim etilgan yillik buxgalteriya balansiga yoki auditorlik tekshiruvi natijalariga muvofiq jamiyat sof aktivlarining qiymati ushbu Qonunning 20-moddasida ko‘rsatilgan ustav fondining eng kam miqdoridan oz bo‘lib chiqsa, jamiyat o‘zini tugatish haqida qaror qabul qilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyatning ustav fondini kamaytirish yoki jamiyatni tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilinmasa, uning aksiyadorlari, kreditorlari, shuningdek davlat tomonidan vakolat berilgan organlar jamiyatni sud tartibida tugatishni talab qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV BO‘LIM. AKSIYALAR VA BOShQA QIMMATLI QOG‘OZLARNI JOYLAShTIRISh
(IV bo‘lim nomi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi O‘RQ-183-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(35-modda O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi O‘RQ-183-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — O‘R QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36-modda. Aksiyalarni joylashtirish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ochiq aksiyadorlik jamiyati aksiyalarni va aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qog‘ozlarni ochiq va yopiq obuna vositasida joylashtirishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yopiq aksiyadorlik jamiyati ochiq obuna vositasida aksiyalarni va aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qog‘ozlarni joylashtirishga yoki ularni cheklanmagan doiradagi shaxslarga sotib olish uchun boshqacha tarzda taklif etishga haqli emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat korxonalarini aksiyadorlik jamiyatlariga o‘zgartirish jarayonida chiqarilgan aksiyalar yangi mulkdorlarga belgilangan tartibda realizatsiya qilinadigan paytga qadar dastlabki joylashtirilgan davlat aktivlari hisoblanadi.
(36-modda O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi O‘RQ-183-sonli Qonuni asosida uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Emitent tomonidan aksiyalarni joylashtirish muddati ularning chiqarilishi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran bir yildan oshmasligi kerak.
(36-modda to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi O‘RQ-183-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ochiq aksiyadorlik jamiyati tomonidan aksiyalar va aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish (ochiq yoki yopiq obuna) usullari jamiyat ustavida belgilab qo‘yiladi, jamiyat ustavida bu xususda ko‘rsatmalar bo‘lmasa, aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qarori bilan belgilanadi. Jamiyat ustavida yoki aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qarorida jamiyat aksiyalari va aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qog‘ozlarini joylashtirish uslubi to‘g‘risida ko‘rsatma bo‘lmasa, joylashtirish faqatgina ochiq obuna vositasida amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyatning aksiyalar va aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qog‘ozlarni joylashtirishi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonun hujjatlarida ochiq aksiyadorlik jamiyatining aksiyalar va aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qog‘ozlarni ochiq obuna vositasida joylashtirishi shart bo‘lgan hollar belgilab qo‘yilishi mumkin.
(36-moddaning birinchi, ikkinchi, to‘rtinchi va oltinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37-modda. Aksiyalarning joylashtirish bahosi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyatning aksiyalariga haq to‘lash bozor qiymatida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyatni ta’sis etish vaqtida uning aksiyalari haqini to‘lash jamiyat muassislari tomonidan aksiyalarning nominal qiymati bo‘yicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat quyidagi hollarda aksiyalarni ularning bozor qiymatidan arzonroq narxda joylashtirishga haqli:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamiyatning qo‘shimcha oddiy aksiyalari oddiy aksiyalar egalari bo‘lgan aksiyadorlarga joylashtirilib, ular oddiy aksiyalarni bozor qiymatining to‘qson foizidan past bo‘lmagan narxda sotib olishdan iborat o‘z imtiyozli huquqlarini ro‘yobga chiqargan hollarda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qo‘shimcha aksiyalar vositachi ishtirokida joylashtirilib, ularning bahosi bozor bahosidan ko‘pi bilan bunday aksiyalarni joylashtirish bahosiga nisbatan foizlarda belgilangan vositachilik haqi miqdorida arzon bo‘lganida.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat korxonasi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilganda aksiyalar ularning nominal qiymati bo‘yicha joylashtiriladi va bu hol emissiya ma’lumotnomasida qayd qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
371-modda. Aksiyadorlik jamiyatlariga o‘zgartirilayotgan davlat korxonalari mehnat jamoalari a’zolari tomonidan aksiyalarni olinishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat korxonasi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilganda korxona mehnat jamoasi a’zolari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aksiyalar qiymati haqini to‘lab ustav fondidagi tegishli ulishdan aksiyalar sotib olish huquqiga ega bo‘ladi.
(371-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi O‘RQ-183-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38-modda. Aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qog‘ozlarning joylashtirish bahosi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qog‘ozlarni ularning bozor qiymati bo‘yicha joylashtiradi, quyidagi hollar bundan mustasno:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
odatdagi aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qog‘ozlar odatdagi aksiyalarning egalari bo‘lmish aksiyadorlarga joylashtirilganda, agar ular bunday qimmatli qog‘ozlarni bozor qiymatining to‘qson foizidan kam bo‘lmagan narxlarda sotib olishdan iborat imtiyozli huquqlarini ro‘yobga chiqarsalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qog‘ozlar vositachi ishtirokida joylashtirilib, ularning bahosi bozor bahosidan ko‘pi bilan bunday qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish bahosiga nisbatan foizlarda belgilangan vositachilik haqi miqdorida arzon bo‘lishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddaning qoidalari muomaladan chiqarish shartlari nominal qiymatini to‘lashni yoki aksiyaga ayirboshlashni nazarda tutuvchi obligatsiyalarni jamiyat tomonidan joylashtirishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39-modda. Aksiyalarni va aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qog‘ozlarni joylashtirishda aksiyadorlarning huquqlarini ta’minlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar jamiyat aksiyalarni va ovoz beruvchi aksiyalarga ayirboshlanadigan, haqi pul bilan to‘lanadigan qimmatli qog‘ozlarni joylashtirsa, jamiyat ustavida jamiyatning ovoz beruvchi aksiyalari egasi bo‘lmish aksiyadorlar bunday qimmatli qog‘ozlarni o‘zlari ega bo‘lgan ovoz beruvchi aksiyalar soniga mutanosib miqdorda imtiyozli sotib olishga haqli ekanligi nazarda tutilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aksiyalar va ovoz beruvchi aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qog‘ozlar haqi pul bilan to‘langan ochiq obuna vositasida joylashtirilgan taqdirda imtiyozli sotib olish huquqini qo‘llamaslik to‘g‘risidagi qaror, shuningdek bunday qarorning amal qilish muddati to‘g‘risidagi qaror aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida ishtirok etayotgan ovoz beruvchi aksiyalar egalarining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aksiyalarni va ovoz beruvchi aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qog‘ozlarni imtiyozli sotib olish huquqini qo‘llamaslik to‘g‘risidagi qaror aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qarorida belgilangan muddat davomida, ammo bunday qaror qabul qilingan paytdan e’tiboran ko‘pi bilan bir yil davomida amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aksiyalarni va ovoz beruvchi aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qog‘ozlarni imtiyozli olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarning ro‘yxati ushbu qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan sanadagi jamiyat aksiyadorlari reyestrining ma’lumotlari asosida tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddaning qoidalari ushbu Qonunning 29-moddasiga muvofiq jamiyatning ovoz berish huquqini olgan imtiyozli aksiyalari egalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(39-modda O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi O‘RQ-183-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40-modda. Aksiyalarni va aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qog‘ozlarni imtiyozli sotib olish huquqini amalga oshirish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat aksiyalarni va ovoz beruvchi aksiyalarga ayirboshlanadigan, haqi pul bilan to‘lanadigan qimmatli qog‘ozlarni joylashtira boshlaydigan kundan kamida 30 kun oldin jamiyatning ovoz beruvchi aksiyalari egalari bo‘lmish aksiyadorlar ushbu Qonunning 39-moddasida nazarda tutilgan o‘z huquqlarini amalga oshirishlari mumkinligi haqida xabardor qilinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xabarnomada aksiyalarning va ovoz beruvchi aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qog‘ozlarning joylashtirilayotgan miqdori, ularni joylashtirish bahosi (shu jumladan, agar jamiyat aksiyadorlari o‘zlarining bunday qimmatli qog‘ozlarni imtiyozli sotib olish huquqini amalga oshirsalar, ularni jamiyatning aksiyadorlariga joylashtirish bahosi), har bir aksiyador sotib olishga haqli bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarning sonini aniqlash tartibi, aksiyadorlarning bunday huquqi amal qiladigan muddat va huquqni ro‘yobga chiqarish tartibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘lishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aksiyador aksiyalarni va ovoz beruvchi aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qog‘ozlarni sotib olishi to‘g‘risida o‘zining ismi (nomi) va yashash manzili (joylashgan manzili), sotib oladigan qimmatli qog‘ozlarning soni ko‘rsatilgan yozma ariza va haq to‘laganlik to‘g‘risidagi hujjatni jamiyat nomiga yuborib, o‘zining imtiyozli huquqini to‘la yoki qisman ro‘yobga chiqarishga haqlidir. Bunday ariza ovoz beruvchi aksiyalarga ayirboshlanadigan qo‘shimcha aksiyalar va qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish boshlanadigan sanadan kechi bilan bir kun oldin jamiyat nomiga yuborilishi lozim.
(40-modda O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi O‘RQ-183-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41-modda. Jamiyatning joylashtirilgan aksiyalarni sotib olishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining, agar jamiyat ustavida nazarda tutilgan bo‘lsa, joylashtirilgan aksiyalarning umumiy sonini kamaytirish maqsadida, shuningdek keyinchalik qayta sotish maqsadida ularning bir qismini sotib olish yo‘li bilan jamiyatning ustav fondini kamaytirish to‘g‘risidagi qaroriga muvofiq o‘zining joylashtirilgan aksiyalarini sotib olishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar muomalada qolgan aksiyalarning nominal qiymati ustav fondining ushbu Qonunda nazarda tutilgan eng kam miqdoridan kamayib ketadigan bo‘lsa, jamiyat joylashtirilgan aksiyalarining umumiy sonini kamaytirish maqsadida ularning bir qismini sotib olish yo‘li bilan ustav fondini kamaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqli emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi aksiyalarning umumiy sonini kamaytirish maqsadida ularni sotib olish yo‘li bilan jamiyatning ustav fondini kamaytirish to‘g‘risida qabul qilgan qaror asosida jamiyat tomonidan sotib olingan aksiyalar ularni sotib olish vaqtida muomaladan chiqariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aksiyalarni sotib olish to‘g‘risidagi qarorda sotib olinadigan aksiyalarning turlari, jamiyat sotib oladigan har bir turdagi aksiyaning soni, sotib olish narxi, aksiyalar haqini to‘lash shakli va muddati, shuningdek aksiyalar qancha muddatda sotib olinishi belgilab qo‘yilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar jamiyatning ustavida o‘zgacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, aksiyalarni sotib olish vaqtida ularga pul bilan haq to‘lanadi. Aksiyalarni sotib olish muddati 30 kundan kam bo‘lmasligi kerak. Jamiyat tomonidan oddiy (odatdagi) aksiyalarni sotib olish narxi bozor bahosiga muvofiq belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sotib olish to‘g‘risida qaror qabul qilingan muayyan turlardagi aksiyalarning egasi bo‘lmish har bir aksiyador ko‘rsatib o‘tilgan aksiyalarni sotishga haqlidir, jamiyat esa ularni sotib olishi shart. Agar jamiyatning sotib olishi to‘g‘risida ariza tushgan aksiyalarning umumiy soni ushbu moddada belgilangan cheklashlarni hisobga olgan holda jamiyat sotib olishi mumkin bo‘lgan aksiyalarning sonidan ortib ketsa, aksiyadorlardan arizada ko‘rsatilgan talablarga mutanosib ravishda aksiyalar sotib olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aksiyalar sotib olinadigan muddat boshlanishiga kechi bilan 30 kun qolganda jamiyat muayyan turdagi aksiyalarning egalari bo‘lmish aksiyadorlarni xabardor qilishi shart. Xabarnomada ushbu moddaning to‘rtinchi qismida ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlar bo‘lishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Imtiyozli aksiyalar jamiyat ustavida nazarda tutilgan narxlarda sotib olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat tasarrufiga o‘tgan aksiyalar ovoz berish huquqini bermaydi, ovozlarni sanab chiqishda hisobga olinmaydi, ular bo‘yicha dividendlar hisoblab chiqarilmaydi. Bunday aksiyalar jamiyat tasarrufiga o‘tgan paytdan e’tiboran bir yildan kechiktirmay realizatsiya qilinishi kerak, aks holda, aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi jamiyatning ustav fondini kamaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddaning to‘qqizinchi qismida nazarda tutilgan muddatlarda realizatsiya qilinmagan aksiyalar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilinishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat tomonidan o‘z aksiyalarini olinishi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mustaqil ravishda yoki qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari orqali amalga oshiriladi.
(41-moddaning o‘n birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 9-sentabrdagi O‘RQ-216-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 37-son, 403-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat o‘zi chiqargan aksiyalar bo‘yicha ularni qayta sotib olish sharti bilan bitimlar tuzishga, shuningdek o‘zi chiqargan aksiyalarni ishonchli boshqaruvga berishga haqli emas.
(41-modda O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi O‘RQ-183-sonli Qonuni asosida to‘qqizinchi — o‘n ikkinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42-modda. Joylashtirilgan aksiyalarning jamiyat tomonidan sotib olinishidagi cheklashlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamiyatning butun ustav fondi batamom to‘languniga qadar, agar oddiy aksiyalarni sotib olish vaqtiga kelib jamiyatda bankrotlik belgilari bo‘lsa yoki bunday belgilar u aksiyalarni sotib olganligi natijasida paydo bo‘lsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar oddiy aksiyalarni sotib olish vaqtiga kelib jamiyatga qarashli sof aktivlarning qiymati uning ustav fondidan, zaxira fondidan va joylashtirilgan imtiyozli aksiyalarning ustavda belgilangan tugatish qiymatining nominal qiymatdan ortiq qismidan kam bo‘lsa yoxud aksiyalarni sotib olish natijasida ularning miqdoridan kamayib ketsa, oddiy aksiyalarni sotib olishga haqli emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunning 45-moddasiga muvofiq qaytarib sotib olish to‘g‘risida talab qo‘yilgan hamma aksiyalar qaytarib sotib olinmagunicha jamiyat joylashtirilgan aksiyalarni sotib olishga haqli emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43-modda. Aksiyalarni yiriklashtirish va maydalash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qaroriga muvofiq jamiyat joylashtirilgan aksiyalarni yiriklashtirish huquqiga ega bo‘lib, buning natijasida jamiyatning ikki yoki undan ortiq aksiyasi xuddi shu turdagi bitta yangi aksiyaga ayirboshlanadi. Bunda jamiyat ustaviga uning e’lon qilingan aksiyalarining nominal qiymati va soniga doir tegishli o‘zgartishlar kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qaroriga muvofiq jamiyat joylashtirilgan aksiyalarni maydalash huquqiga ega bo‘lib, buning natijasida jamiyatning bir aksiyasi xuddi shu turdagi ikki yoki undan ortiq aksiyaga ayirboshlanadi. Bunda jamiyat ustaviga jamiyatning e’lon qilingan aksiyalari nominal qiymati va soniga doir tegishli o‘zgartishlar kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44-modda. Aksiyadorlar talabiga binoan jamiyatning aksiyalarni qaytarib sotib olishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ovoz beruvchi aksiyalarning egalari bo‘lgan aksiyadorlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamiyat qayta tashkil etilganda yoki aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan ushbu Qonunning 90-moddasi uchinchi qismiga muvofiq qabul qilingan qarorga binoan yirik bitim amalga oshirilganda, basharti aksiyadorlar qayta tashkil etish yoki ko‘rsatib o‘tilgan bitimni tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilinishiga qarshi ovoz bergan bo‘lsalar yoxud bu masalalar bo‘yicha ovoz berishda uzrli sabablarga ko‘ra ishtirok etmagan bo‘lsalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamiyat ustaviga aksiyadorlarning huquqlarini cheklaydigan o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritilganda yoki jamiyatning ustavi ularning huquqlarini cheklaydigan tarzda yangi tahrirda tasdiqlanganda, basharti aksiyadorlar tegishli qarorlar qabul qilinishiga qarshi ovoz bergan bo‘lsalar yoki ovoz berishda uzrli sabablarga ko‘ra ishtirok etmagan bo‘lsalar, o‘zlariga qarashli aksiyalarning hammasi yoki muayyan qismi jamiyat tomonidan qaytarib sotib olinishini talab qilishga haqlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zlariga tegishli aksiyalarni jamiyatning qaytarib sotib olishini talab qilish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar ro‘yxati ovoz berish natijasida ushbu Qonunga muvofiq aksiyalarni qaytarib sotib olishni talab qilish huquqi vujudga kelishi mumkin bo‘lgan masalalar kun tartibiga kiritilgan umumiy yig‘ilishda qatnashish huquqiga ega bo‘lgan jamiyat aksiyadorlari reyestrining ma’lumotlari asosida tuziladi.
(44-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi O‘RQ-183-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat aksiyalarni bozor qiymati bo‘yicha qaytarib sotib oladi, bu qiymatni aniqlash chog‘ida jamiyatning aksiyalarni baholashni va qaytarib sotib olishni talab qilish huquqi vujudga kelishiga sabab bo‘ladigan harakati natijasida uning qiymati o‘zgarishi hisobga olinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45-modda. Aksiyadorlarning o‘zlariga tegishli aksiyalarni jamiyat qaytarib sotib olishini talab qilish huquqini amalga oshirish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat aksiyadorlarni o‘zlariga tegishli aksiyalarni jamiyat qaytarib sotib olishini talab qilish huquqi borligidan, qaytarib sotib olish bahosi va uni amalga oshirish tartibidan xabardor etishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ovoz berish natijasida ushbu Qonunga muvofiq jamiyat aksiyalarni qaytarib sotib olishini talab qilish huquqi vujudga kelishi mumkin bo‘lgan masalalar kiritilgan aksiyadorlar umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida aksiyadorlarga yetkaziladigan xabar ushbu moddaning birinchi qismida aytib o‘tilgan ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan bo‘lishi lozim. Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida qatnashish huquqiga ega bo‘lmagan aksiyadorlardan jamiyatning aksiyalarni qaytarib sotib olishini talab qilish huquqi borligi va bunday huquqni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi axborot jamiyat aksiyalarni qaytarib sotib olishini talab qilish huquqi vujudga kelishiga sababchi bo‘lgan qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kechi bilan 7 kun ichida ularga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aksiyadorning o‘ziga tegishli aksiyalarni qaytarib sotib olish to‘g‘risidagi yozma talabi aksiyadorning yashash manzili (joylashgan manzili) va u qaytarib sotib olinishini talab qilayotgan aksiyalar sonini ko‘rsatgan holda jamiyatga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aksiyadorlarning o‘zlariga qarashli aksiyalarni jamiyatning qaytarib sotib olishi to‘g‘risidagi talablari aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining tegishli qarori qabul qilingan kundan e’tiboran kechi bilan 45 kun ichida jamiyatga taqdim qilinmog‘i lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddaning to‘rtinchi qismida ko‘rsatib o‘tilgan muddat tugaganidan so‘ng jamiyat qaytarib sotib olish talabini qo‘ygan aksiyadorlardan aksiyalarni 30 kun ichida sotib olishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat aksiyalarni, ushbu Qonunga muvofiq, ovoz berish natijasida aksiyalar jamiyat tomonidan qaytarib sotib olinishini talab qilish huquqi vujudga kelishi mumkin bo‘lgan masalalarni kun tartibiga kiritgan holda umumiy yig‘ilish o‘tkazilishi to‘g‘risidagi xabarda ko‘rsatilgan bahoda sotib oladi. Jamiyat aksiyalarni qaytarib sotib olishga ajratadigan mablag‘larning umumiy summasi aksiyadorlarda o‘zlariga qarashli aksiyalarni qaytarib sotib olishni talab qilish huquqi vujudga kelishiga sababchi bo‘lgan qaror qabul qilingan kundagi jamiyat sof aktivlari qiymatining o‘n foizidan oshib ketishi mumkin emas. Qaytarib sotib olish talabi qo‘yilgan aksiyalarning umumiy soni jamiyat yuqorida belgilangan cheklashlarni inobatga olgan holda qaytarib sotib olishi mumkin bo‘lgan aksiyalar sonidan oshib ketgan taqdirda aksiyadorlardan aksiyalar qo‘yilgan talablarga mutanosib ravishda qaytarib sotib olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat qayta tashkil etilgan taqdirda u qaytarib sotib olgan aksiyalar ularni qaytarib sotib olish chog‘ida muomaladan chiqariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunning 44-moddasida nazarda tutilgan boshqa hollarda jamiyat qaytarib sotib olgan aksiyalar jamiyatning tasarrufiga tushadi. Mazkur aksiyalar ovoz huquqini bermaydi, ovozlarni sanash chog‘ida hisobga olinmaydi, ular bo‘yicha dividendlar yozilmaydi. Bunday aksiyalar qaytarib sotib olingan paytidan e’tiboran uzog‘i bilan bir yil ichida realizatsiya qilinishi lozim, aks holda aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi mazkur aksiyalarni muomaladan chiqarish yo‘li bilan jamiyatning ustav kapitalini kamaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46-modda. Mol-mulkning bozor qiymatini aniqlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mol-mulkning bozor qiymati, shu jumladan jamiyatga qarashli aksiyalar yoki boshqa qimmatli qog‘ozlarning qiymati shunday bahodirki, mol-mulkning qiymati to‘g‘risida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lgan va uni sotishga majbur bo‘lmagan sotuvchi uni shu bahoda sotishga rozi bo‘lishi mumkin, mol-mulkning qiymati to‘g‘risida to‘liq axborotga ega bo‘lgan va uni sotib olishga majbur bo‘lmagan oluvchi esa uni shu bahoda sotib olishga rozi bo‘lishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mol-mulkning bozor qiymatini aniqlash uchun baholovchi tashkilot jalb etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat aksiyadorlardan ularga tegishli aksiyalarni ushbu Qonunning 45-moddasiga muvofiq qaytarib sotib olgan taqdirda mol-mulkning bozor qiymatini aniqlash uchun baholovchi tashkilotni jalb etish shart bo‘ladi.
(46-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 17-sentabrdagi O‘RQ-257-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 37-son, 315-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlatning o‘zi jamiyat aksiyalarining egasi bo‘lgan taqdirda, davlat moliya organini jalb etish majburiydir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qiymatini aniqlash talab qilinayotgan mol-mulk aksiya yoki boshqa qimmatli qog‘ozlardan iborat bo‘lib, ularning sotib olish narxi yoki talab narxi hamda taklif narxi matbuotda muntazam e’lon qilib turilgan bo‘lsa, mazkur mol-mulkning bozor qiymatini aniqlash uchun ana shu sotib olish narxi yoki talab narxi va taklif narxi e’tiborga olinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V BO‘LIM. AKSIYADORLAR REESTRI VA AKSIYALARNI SAQLASh
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47-modda. Jamiyat aksiyadorlari reyestri
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat aksiyadorlari reyestri ro‘yxatdan o‘tkazilgan aksiyalar egalarining belgilangan sanadagi holatga ko‘ra shakllantirilgan, ularga tegishli aksiyalarning nomi, soni, nominal qiymati va turi, shuningdek reyestrda ro‘yxatdan o‘tkazilgan shaxslarga axborotni yuborish imkoniyatini beradigan ma’lumotlar ko‘rsatilgan ro‘yxatidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat aksiyadorlari reyestrini shakllantirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, qimmatli qog‘ozlar egalarining depozitariylardagi depo hisobvaraqlari holatiga ko‘ra markaziy ro‘yxatdan o‘tkazuvchi vazifasini bajaruvchi Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar jamiyatga nisbatan “oltin aksiya”ni joriy etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan bo‘lsa, jamiyat aksiyadorlari reyestriga davlat vakili ham kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aksiyadorning aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida ishtirok etishi, dividendlar olishi va emitent tomonidan korporativ harakatlar bajarilganda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarni amalga oshirishi jamiyat aksiyadorlarining belgilangan sanadagi holatga ko‘ra shakllantirilgan reyestri asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shakllantirilgan va markaziy ro‘yxatdan o‘tkazuvchi vazifasini bajaruvchi Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysidan olingan jamiyat aksiyadorlari reyestriga o‘zgartirishlar kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat aksiyadorlari reyestrini shakllantirish tartibini buzgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat aksiyadorlari reyestrini shakllantirish uchun depozitariylar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
reyestrda ro‘yxatdan o‘tkazilgan shaxslarning identifikatsiya qilinishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
reyestrda ro‘yxatdan o‘tkazilgan shaxslarning axborot olish va uni mazkur shaxslarga yo‘llash hamda reyestrni shakllantirish imkonini beradigan aksiyalarga bo‘lgan huquqlari hisobga olinishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
reyestrga o‘zgartirishlar kiritilishiga sabab bo‘ladigan hujjatlarni va barcha faktlar to‘g‘risidagi hamda depozitariylarning bunday o‘zgartirishlarni kiritish borasidagi barcha harakatlari haqidagi axborotni qonun hujjatlarida belgilangan muddatlar mobaynida to‘planishi va saqlanishini ta’minlamog‘i lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat aksiyadorlari reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazilgan har bir shaxs, uning nomiga yozilgan aksiyalar soni va turlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
markaziy ro‘yxatdan o‘tkazuvchi vazifasini bajaruvchi Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi jamiyatlar aksiyadorlari reyestrlari shakllantirilishini ta’minlashi va shakllantirilgan reyestrlarni saqlashi shart;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamiyat davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan e’tiboran bir oydan kechiktirmay markaziy ro‘yxatdan o‘tkazuvchi vazifasini bajaruvchi Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi bilan shartnoma tuzishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aksiyador o‘z aksiyalariga bo‘lgan huquqlarini hisobga olish bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi depozitariyni o‘ziga oid ma’lumotlardagi o‘zgarishlar haqida o‘z vaqtida xabardor qilishi shart. U o‘ziga oid ma’lumotlar o‘zgarganligi haqidagi axborotni taqdim etmagan hollarda, shuning oqibatida aksiyadorga yetkazilgan zarar uchun markaziy ro‘yxatdan o‘tkazuvchi vazifasini bajaruvchi Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi va aksiyadorning o‘z aksiyalariga bo‘lgan huquqlarini hisobga olish bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi depozitariy javobgar bo‘lmaydi.
(47-modda O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi O‘RQ-183-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48-modda. Depo hisobvarag‘idan ko‘chirma
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Depo hisobvarag‘idan ko‘chirma aksiyadorning aksiyalarga bo‘lgan huquqlarini tasdiqlaydigan, depozitariy tomonidan beriladigan hujjatdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aksiyadorga uning aksiyalarga bo‘lgan huquqlarini hisobga olish bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi depozitariy aksiya egasining yoki uning qonuniy vakilining talabiga binoan ikki ish kuni ichida depo hisobvarag‘idan ko‘chirma berishi shart. Qimmatli qog‘ozlar egasi depo hisobvarag‘idan ko‘chirmaga o‘ziga oid bo‘lmagan axborotni, shu jumladan boshqa qimmatli qog‘ozlar egalari hamda ularga tegishli qimmatli qog‘ozlarning soni to‘g‘risidagi axborotni kiritishni talab qilish huquqiga ega emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Depo hisobvarag‘idan ko‘chirma bergan shaxs unda ko‘rsatilgan ma’lumotlarning to‘liqligi va to‘g‘riligi uchun javobgardir. Depo hisobvarag‘idan ko‘chirma berish tartibi, ko‘chirmaning shakli va mazmuniga oid talablar qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilab qo‘yiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat vakiliga depo hisobvarag‘idan ko‘chirma berish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(48-modda O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi O‘RQ-183-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49-modda. Jamiyat aksiyadorlari reyestrini shakllantirish shartlari va tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat aksiyadorlari reyestrini shakllantirish aksiyadorlik jamiyatining yoki qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organining topshirig‘i asosida markaziy ro‘yxatdan o‘tkazuvchi vazifasini bajaruvchi Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi tomonidan amalga oshiriladi. Reyestrning qaysi sanaga shakllantirilishi reyestrni shakllantirish to‘g‘risidagi topshiriqda ko‘rsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aksiyadorlik jamiyati jamiyatning aksiyadorlari reyestrini shakllantirish to‘g‘risidagi topshiriqlarda imzo qo‘yish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar haqida markaziy ro‘yxatdan o‘tkazuvchi vazifasini bajaruvchi Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yozma shaklda xabardor qilishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat vakilini jamiyat aksiyadorlari reyestriga kiritish haqidagi yozuv, davlat vakilini tayinlash to‘g‘risidagi tegishli qaror ilova qilingan holda, O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan markaziy ro‘yxatdan o‘tkazuvchi vazifasini bajaruvchi Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysiga bildirish asosida amalga oshiriladi.
(49-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 20-yanvardagi O‘RQ-365-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 4-son, 45-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat aksiyadorlari reyestrini shakllantirishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat aksiyadorlari reyestrini shakllantirish rad etilgan taqdirda, markaziy ro‘yxatdan o‘tkazuvchi vazifasini bajaruvchi Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi reyestrni shakllantirish rad etilganligi to‘g‘risidagi asoslantirilgan bildirishnomani topshiriq kelib tushgan paytdan e’tiboran besh kundan kechiktirmay yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat aksiyadorlari reyestrini shakllantirish rad etilganligi ustidan sudga shikoyat qilish mumkin.
(49-modda O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi O‘RQ-183-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50-modda. Jamiyat aksiyadorlari reyestrini shakllantirish tartibini buzganlik uchun javobgarlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aksiyadorlik jamiyati, transfer-agent, markaziy ro‘yxatdan o‘tkazuvchi vazifasini bajaruvchi Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi va qimmatli qog‘ozlarning nominal saqlovchilari jamiyat aksiyadorlari reyestridagi ma’lumotlarning to‘liqligi hamda to‘g‘riligi uchun solidar javobgar bo‘ladi va o‘zlarining harakatlari yoki harakatsizligi bilan aksiyadorga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplashi shart.
(50-modda O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi O‘RQ-183-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51-modda. Qimmatli qog‘ozlarning nominal saqlovchisi
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qimmatli qog‘ozlarning nominal saqlovchilari depozitariylardir.
(51-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi O‘RQ-183-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
52-modda. Aksiyalarni saqlash
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aksiyalarni saqlash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysida amalga oshiriladi.
(51-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi O‘RQ-183-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI BO‘LIM. DIVIDENDLAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
53-modda. Dividend
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dividend foydaning soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langanidan, qayta investitsiya amalga oshirilganidan so‘ng aksiyadorlik jamiyati ixtiyorida qoladigan, aksiyadorlar o‘rtasida taqsimlanishi kerak bo‘lgan qismidir.
(53-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi O‘RQ-197-sonli Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 52-son, 513-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat aksiyalarning har bir turi bo‘yicha e’lon qilingan dividendlarni to‘lashi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aksiyadorlar jamiyatining umumiy yig‘ilishi qaroriga binoan dividend pul mablag‘lari yoki boshqa qonuniy to‘lov vositalari bilan to‘lanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dividend aksiyadorlar o‘rtasida ularga tegishli aksiyalarning soni va turiga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
54-modda. Dividendlarni to‘lash muddatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat yilning har choragida, har yarim yilda yoki yiliga bir marta joylashtirilgan aksiyalar bo‘yicha dividendlar to‘lash to‘g‘risida, agar ushbu Qonun va jamiyat ustavida o‘zgacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, qaror qabul qilishga (e’lon qilishga) haqlidir.
(54-modda matni O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi O‘RQ-183-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
55-modda. Dividendlar to‘lash to‘g‘risidagi qaror
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aksiyalarning har bir turi bo‘yicha dividendlar (yilning har bir choragi, yarim yilligi, yilligi bo‘yicha) to‘lash, dividendning miqdori hamda uni to‘lash shakli to‘g‘risidagi qaror jamiyat kuzatuv kengashining tavsiyasi asosida aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tomonidan qabul qilinadi. Dividendlarning miqdori jamiyat kuzatuv kengashi tavsiya etgan miqdordan ko‘p bo‘lishi mumkin emas. Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi aksiyalarning muayyan turlari bo‘yicha dividendlar to‘lamaslik to‘g‘risida, shuningdek jamiyat ustavida dividend miqdori belgilab qo‘yilgan imtiyozli aksiyalar bo‘yicha to‘liq bo‘lmagan miqdorda dividendlar to‘lash haqida qaror qabul qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dividendlar to‘lash to‘g‘risidagi qarorda dividendlar to‘lash boshlanadigan va tugaydigan sanalar ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yilning har bir choragi, yarim yilligi bo‘yicha dividendlar to‘lash to‘g‘risidagi qaror (e’lon) tegishli davr tugaganidan so‘ng ikki oy ichida qabul qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar dividendlar to‘lash oqibatida aksiyadorlik jamiyatining moliya-xo‘jalik ahvoli jiddiy tarzda yomonlashadigan bo‘lsa, dividendlar to‘lash taqiqlanadi.
(55-modda O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi O‘RQ-183-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
56-modda. Dividendlarni to‘lash tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dividendlar jamiyat tasarrufida qoladigan sof foydadan va (yoki) o‘tgan yillarning taqsimlanmagan foydasidan to‘lanadi. Muayyan turdagi imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividendlar jamiyatning buning uchun maxsus mo‘ljallangan fondlari hisobidan to‘lanishi mumkin.
(56-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 28-dekabrdagi O‘RQ-138-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 52-son, 533-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dividendlar to‘lash muddati va tartibi jamiyat ustavida yoki aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi qarori bilan belgilanadi. Dividendlar to‘lash muddati shunday qaror qabul qilingan kundan e’tiboran 60 kundan kech bo‘lmasligi lozim.
(56-modda ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi O‘RQ-183-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(56-modda uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi O‘RQ-183-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — O‘R QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dividendlar to‘lash vaqtida birinchi navbatda imtiyozli aksiyalar bo‘yicha, so‘ngra oddiy aksiyalar bo‘yicha dividendlar to‘lanadi. Imtiyozli aksiyalar bo‘yicha qat’iy belgilangan dividendlarni to‘lash uchun yetarli miqdorda foyda mavjud bo‘lgan taqdirda jamiyat mazkur aksiyalarni saqlovchilarga dividendlar to‘lashni rad etishga haqli emas. Jamiyat rad etgan taqdirda aksiyadorlar dividendlar to‘lashni sud orqali talab qilishlari mumkin. Jamiyat yetarli miqdorda foydaga ega bo‘lmasa yoki zarar ko‘rib ishlagan bo‘lsa, imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividendlar ana shu maqsad uchun tashkil etilgan jamiyat zaxira fondi hisobidan va ana shu fond doirasidagina to‘lanishi mumkin. Egasi yoki uning qonuniy huquqiy vorisi yoxud merosxo‘ri da’vo qilish uchun belgilangan muddatda talab qilib olmagan dividend aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi qaroriga binoan jamiyat ixtiyorida qoladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining norezident aksiyadorlari tomonidan olingan dividendlarni erkin almashtiriladigan valyutaga ayirboshlash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(56-modda to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi O‘RQ-183-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aksiyadorlar reyestridan olingan, emitent tomonidan tasdiqlangan ko‘chirmalar hamda to‘langan dividendlar summasi va ular yozilgan sana to‘g‘risida aksiyadorlar jamiyati buxgalteriyasi bergan ma’lumotnoma ayirboshlash uchun asos bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
57-modda. Dividendlar to‘lash mumkin bo‘ladigan aksiyalar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dividendlarni e’lon qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingan aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini o‘tkazish uchun shakllantirilgan jamiyat aksiyadorlari reyestrida qayd etilgan aksiyadorlar dividend olish huquqiga ega.
(57-modda birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi O‘RQ-183-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat korxonalarini qayta tuzish natijasida tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlarida dividendlar ustav fondining boshlang‘ich miqdoriga muvofiq tarzda, mavjud aksiyalarning to‘la summasi bo‘yicha, aksiyalarning davlatga tegishli, haqi to‘lanishi to‘g‘risidagi qaror qabul qilinayotgan paytda sotilmay qolgan qismini ham hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
(57-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi 681-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 181-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
58-modda. To‘lanmagan va olinmagan dividendlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Emitent aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi belgilagan muddatlarda dividendlarni o‘z aybi bilan to‘lamagan taqdirda to‘lanmagan va to‘liq olinmagan dividendlar yuzasidan Markaziy bank belgilagan takror moliyalash stavkalari bo‘yicha penya yoziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aksiyadorlik jamiyati e’lon qilgan dividendlarni to‘lashni aksiyador sud tartibida talab qilishga haqlidir. Rad etilgan taqdirda, jamiyatga nisbatan qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan tartibda to‘lovga qobiliyatsizlikni bartaraf etish yoki bankrot bo‘lgan deb e’lon qilish tadbiri qo‘llaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(59-modda O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-sonli Qonuniga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
60-modda. Dividendlar to‘lashdagi cheklashlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamiyat ustav fondining hammasi to‘lab bo‘linguncha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar dividendlar to‘lanadigan paytda jamiyatda to‘lovga qobiliyatsizlik (bankrotlik) belgilari bo‘lsa yoki dividendlar to‘lash natijasida jamiyatda shunday belgilar paydo bo‘lsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamiyat sof aktivlarining qiymati uning ustav va zaxira fondlari summasidan kam bo‘lsa, aksiyalar bo‘yicha dividendlar to‘lash (e’lon qilish) to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqli emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
61-modda. Dividendlar to‘lanishi haqida aksiyadorlarni xabardor qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat dividendlar miqdorini ulardan undiriladigan soliqlarni inobatga olmagan holda e’lon qiladi. Ochiq aksiyadorlik jamiyati to‘lanadigan dividendlar miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda ommaviy axborot vositalarida e’lon qiladi.
(61-modda birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi O‘RQ-183-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar mijozning topshirig‘iga binoan aksiyalar qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchisi tomonidan boshqarilayotgan bo‘lsa, aksiyalarni saqlovchiga dividendlar investitsiya instituti haqini chegirib tashlagan holda to‘lanadi, bu haq mijoz bilan tuzilgan shartnomada belgilab qo‘yiladi.
(61-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 9-sentabrdagi O‘RQ-216-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 37-son, 403-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
62-modda. Dividendlarni soliqqa tortish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dividendlar qonun hujjatlariga muvofiq soliqqa tortiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirishni rag‘batlantirish maqsadida dividendlardan soliq olishda vaqtinchalik imtiyozlar belgilashi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VII BO‘LIM. AKSIYADORLIK JAMIYATINI BOShQARUVChI ORGANLAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
63-modda. Aksiyadorlik jamiyatini boshqarish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aksiyadorlik jamiyatini aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi, kuzatuv kengashi va ijroiya organi boshqaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
64-modda. Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi jamiyatni boshqarishning oliy organidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat har yili aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini (aksiyadorlarning umumiy hisobot yig‘ilishini) o‘tkazishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aksiyadorlarning umumiy hisobot yig‘ilishi jamiyat ustavida belgilangan muddatlarda, ammo moliya yili tugaganidan keyin ko‘pi bilan olti oy ichida o‘tkaziladi. Aksiyadorlarning umumiy hisobot yig‘ilishida jamiyatning kuzatuv kengashi va taftish komissiyasini (taftishchisini) saylash to‘g‘risidagi, yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi bilan, kollegial ijroiya organining a’zolari, boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi bilan tuzilgan shartnomaning amal qilish muddatini uzaytirish (shartnomani qayta tuzish yoki uni tugatish (bekor qilish) mumkinligi to‘g‘risidagi, auditorlik tekshiruvi o‘tkazish haqida qaror qabul qilish to‘g‘risidagi masalalar, auditorlik tashkilotini va uning xizmatiga to‘lanadigan haq miqdori chegarasini belgilash masalalari hal etiladi, shuningdek ushbu Qonun 65-moddasining birinchi qismi o‘n uchinchi xatboshisiga muvofiq jamiyatning yillik hisoboti va boshqa hujjatlar qarab chiqiladi.
(64-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishidan tashqari o‘tkaziladigan umumiy yig‘ilishlari navbatdan tashqari yig‘ilish hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi o‘tkaziladigan sana va uni o‘tkazish tartibi, yig‘ilish o‘tkazilishi haqida aksiyadorlarga xabar berish tartibi, aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini o‘tkazishga tayyorgarlik vaqtida aksiyadorlarga beriladigan materiallar (axborotlar) ro‘yxatini jamiyatning kuzatuv kengashi belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
65-modda. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining vakolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining mutlaq vakolatlariga quyidagilar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamiyat ustaviga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish yoki jamiyatning yangi tahrirdagi ustavini tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamiyatni qayta tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamiyatni tugatish, tugatuvchini tayinlash hamda oraliq va yakuniy tugatish balanslarini tasdiqlash;
(65-moddaning birinchi qismi to‘rtinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 14-dekabrdagi O‘RQ-127-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 50-51-son, 506-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamiyat kuzatuv kengashining miqdor tarkibini belgilash, uning a’zolarini saylash va ularning vakolatlarini muddatidan ilgari to‘xtatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e’lon qilingan aksiyalarning eng ko‘p miqdorini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamiyatning ustav fondini ko‘paytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamiyatning ustav fondini kamaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘z aksiyalarini qaytarib sotib olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar jamiyat ustaviga ko‘ra jamiyat ijroiya organini tuzish (saylash, tayinlash, yollash va hokazo), uning vakolatlarini muddatidan ilgari to‘xtatish jamiyat kuzatuv kengashining vakolatlariga kiritilmagan bo‘lsa, ana shu masalalarni hal qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamiyat taftish komissiyasining a’zolarini (taftishchini) saylash va ularning vakolatlarini muddatidan ilgari to‘xtatish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
auditorlik tekshiruvi o‘tkazish to‘g‘risida, auditorlik tashkilotini va uning xizmatiga to‘lanadigan haq miqdori chegarasini belgilash to‘g‘risida qaror qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamiyatning yillik biznes-rejasini, yillik hisobotlarini, buxgalteriya balanslarini, foyda va zararlari hisobvarag‘ini tasdiqlash, uning foyda va zararlarini taqsimlash;
(65-moddaning birinchi qismi o‘n ikkinchi va o‘n uchinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamiyat kuzatuv kengashining o‘z vakolatiga kiradigan masalalarga doir, shu jumladan jamiyatni boshqarish yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan talablarga rioya etilishiga doir hisobotlarini eshitish;
(65-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 23-iyuldagi O‘RQ-104-son Qonuni asosida o‘n to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2007-y., 29-30-son, 297-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aksiyalarni va aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qog‘ozlarni sotib olishda aksiyadorning imtiyozli huquqini qo‘llamaslik to‘g‘risida ushbu Qonunning 39-moddasida nazarda tutilgan qarorni qabul qilish;
(65-modda birinchi qismining o‘n beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi O‘RQ-183-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumiy yig‘ilish reglamentini tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aksiyalarni maydalash va yiriklashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Qonunning 93-moddasida nazarda tutilgan hollarda bitimlar tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Qonunning 90-moddasida nazarda tutilgan hollarda jamiyatning mol-mulk sotib olishi va mol-mulkni begonalashtirishi bilan bog‘liq yirik bitimlarni tuzish;
(65-moddaning birinchi qismi o‘n yettinchi va o‘n sakkizinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Qonunda nazarda tutilgan boshqa masalalarni hal etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining mutlaq vakolatiga kiritilgan masalalar hal qilish uchun jamiyat ijroiya organiga berilishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining mutlaq vakolatlariga kiritilgan masalalar jamiyatning kuzatuv kengashi hal etishi uchun berilishi mumkin emas, quyidagilar bundan mustasno:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Qonunning 16 va 21-moddalariga muvofiq jamiyat ustaviga uning ustav fondini ko‘paytirish bilan bog‘liq o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi masalalarni hal etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Qonunning 86-moddasi o‘n birinchi qismiga muvofiq jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi bilan, kollegial ijroiya organining a’zolari, boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi bilan tuzilgan shartnomani muddatidan ilgari tugatish (bekor qilish) to‘g‘risidagi masalani hal etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Qonunning 82-moddasi birinchi qismi o‘n birinchi xatboshisiga muvofiq yillik biznes-rejani tasdiqlash.
(65-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
66-modda. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida ovozga qo‘yilgan masalalar bo‘yicha:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamiyatning oddiy (odatdagi) aksiyalarining egalari bo‘lmish aksiyadorlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Qonunda va jamiyat ustavida nazarda tutilgan hollarda jamiyat imtiyozli aksiyalarining egalari bo‘lmish aksiyadorlar ovoz berish huquqiga egadir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aksiya egasi bo‘lmish aksiyadorga ovozga qo‘yilgan masalani hal etishda ovoz berish huquqini beradigan oddiy (odatdagi) aksiya yoki imtiyozli aksiya jamiyatning ovoz beruvchi aksiyasidir. Agar ovoz beruvchi aksiyalar miqdorini aniqlash chog‘ida imtiyozli aksiya uning egasiga bittadan ortiq ovoz bersa, bunday imtiyozli aksiya bo‘yicha har bir ovoz alohida ovoz beruvchi aksiya sifatida hisobga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ovozga qo‘yilgan masala bo‘yicha aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qarori, agar ushbu Qonunda yoki jamiyat ustavida qaror qabul qilish uchun aksiyadorlar ovozining ko‘proq miqdori belgilab qo‘yilmagan bo‘lsa, yig‘ilishda ishtirok etayotgan jamiyat ovoz beruvchi aksiyalari egasi bo‘lmish aksiyadorlarning ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonun 21-moddasining ikkinchi va to‘rtinchi qismlarida ko‘rsatilgan masalalar bo‘yicha qaror, agar mazkur qarorni qabul qilish vakolati jamiyat kuzatuv kengashiga berilmagan bo‘lsa, aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ishtirok etayotgan, jamiyatning ovoz beruvchi aksiyalari egalari bo‘lgan aksiyadorlarning ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
(66-modda O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 21-dekabrdagi O‘RQ-135-sonli Qonuni asosida to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2007-y., 50-51-son, 514-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ovozga qo‘yilgan, hal qilish chog‘ida jamiyat oddiy va imtiyozli aksiyalarining egalari bo‘lmish aksiyadorlar ovoz huquqiga ega bo‘ladigan masala yuzasidan ovozlarni sanab chiqish, agar ushbu Qonunda yoki jamiyat ustavida o‘zga qoida belgilanmagan bo‘lsa, ovoz beruvchi aksiyalarning barchasi bo‘yicha birgalikda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunning 65-moddasi birinchi qismining ikkinchi va o‘n ikkinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan masalalar bo‘yicha qaror, agar jamiyat ustavida boshqa qoida belgilanmagan bo‘lsa, aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tomonidan faqat kuzatuv kengashining taklifiga binoan qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunning 65-moddasi birinchi qismi ikkinchi —to‘rtinchi, oltinchi va o‘n sakkizinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan masalalar bo‘yicha qaror aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tomonidan aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ishtirok etayotgan ovoz beruvchi aksiyalarning egalari bo‘lmish aksiyadorlarning to‘rtdan uch qismidan iborat ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
(66-moddasining oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishini olib borish tartibi bo‘yicha aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tomonidan qaror qabul qilish tartibi jamiyat ustavida yoki aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qarori bilan tasdiqlangan jamiyatning hujjatlarida belgilab qo‘yiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi kun tartibiga kiritilmagan masalalar bo‘yicha qaror qabul qilishga, shuningdek kun tartibiga o‘zgartirishlar kiritishga haqli emas.
(66-moddaning to‘qqizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi O‘RQ-183-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida qabul qilingan qarorlar, shuningdek ovoz berish yakunlari ushbu Qonunda va jamiyat ustavida nazarda tutilgan tartib hamda muddatlarda aksiyadorlar e’tiboriga yetkaziladi, biroq bu muddat ana shu qarorlar qabul qilingan sanadan e’tiboran 45 kundan oshmasligi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan davlat vakili ishtirokisiz qabul qilingan qarorlar, shuningdek veto qo‘yilgan qarorlar ijro etilmaydi.
(66-modda O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 21-dekabrdagi O‘RQ-135-sonli Qonuni asosida o‘n birinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2007-y., 50-51-son, 514-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar aksiyador uzrli sabablarga ko‘ra aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida ishtirok etmagan yoki bunday qaror qabul qilinishiga qarshi ovoz bergan bo‘lsa, u aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida qabul qilingan qaror ustidan sudga shikoyat qilishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
67-modda. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining sirtdan ovoz berishni o‘tkazish yo‘li bilan (so‘rov yo‘li bilan) qabul qilinadigan qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yopiq turdagi jamiyat aksiyadorlari umumiy yig‘ilishining qarori yig‘ilishni o‘tkazmagan holda jamiyat ustavida belgilangan tartibda sirtdan ovoz berishni o‘tkazish yo‘li bilan (so‘rov yo‘li bilan) qabul qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining mutlaq vakolatiga kiritilgan masalalar bo‘yicha sirtdan ovoz berishni o‘tkazish yo‘li bilan (so‘rov yo‘li bilan) qaror qabul qilinishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining sirtdan ovoz berish yo‘li bilan (so‘rov yo‘li bilan) qabul qilingan qarori, agar ovoz berishda jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining hammasi bo‘lib kamida yetmish besh foiziga egalik qiluvchi aksiyadorlar qatnashgan bo‘lsa, haqiqiy hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sirtdan ovoz berish ushbu Qonun 77-moddasining talablariga javob beradigan ovoz berish byulletenlaridan foydalangan holda o‘tkaziladi. Aksiyadorlarga ovoz berish uchun byulletenlar berish sanasi jamiyat byulletenlarni qabul qilishni to‘xtatadigan kundan kamida 30 kun oldin belgilanishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat vakili aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining sirtdan ovoz berish yo‘li bilan (so‘rov yo‘li bilan) qabul qilingan qaroriga veto qo‘yishga haqli.
(67-modda O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 21-dekabrdagi O‘RQ-135-sonli Qonuni asosida beshinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2007-y., 50-51-son, 514-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
68-modda. Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi o‘tkaziladigan rasmiy e’lon qilingan sanadan 3 kalendar kun oldin shakllantirilgan jamiyat aksiyadorlari reyestrida qayd etilgan aksiyadorlar ega bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aksiyadorning talabiga binoan jamiyat aksiyadorga aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini o‘tkazish uchun shakllantirilgan jamiyat aksiyadorlari reyestriga kiritilganligi to‘g‘risidagi axborotni taqdim etishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat aksiyadorlarining shakllantirilgan reyestriga o‘zgartirishlar mazkur reyestr tuzilgan sanada unga kiritilmay qolgan shaxslarning buzilgan huquqlari tiklangan yoki reyestrni tuzishda yo‘l qo‘yilgan xatolar tuzatilgan taqdirdagina qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kiritilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
69-modda. Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risidagi axborot
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida aksiyadorlarga va davlat vakiliga xabar berish tegishli axborotni matbuotda e’lon qilish hamda aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi rasmiy e’lon qilingan sanadan 30 kalendar kun oldin shakllantirilgan jamiyat aksiyadorlari reyestri asosida ularga bildirishnoma yuborish orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aksiyadorlik jamiyati aksiyadorga va davlat vakiliga bildirishnomani mustaqil ravishda yoxud jamiyat va qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchisi o‘rtasida tegishli xizmatlar ko‘rsatilishi uchun tuziladigan shartnomaga muvofiq qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchisi orqali yuborishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risida aksiyadorlarga va davlat vakiliga xabar qilish muddati jamiyat ustavida belgilab qo‘yiladi. Ochiq aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlariga va davlat vakiliga aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risidagi bildirishnoma yig‘ilish o‘tkaziladigan sanadan kamida 10 kalendar kun oldin yuborilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risidagi xabarda quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamiyatning nomi va joylashgan yeri (pochta manzili);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumiy yig‘ilish o‘tkaziladigan sana, vaqt va joy;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamiyat aksiyadorlari reyestri tuziladigan sana;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumiy yig‘ilishning kun tartibiga kiritilgan masalalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumiy yig‘ilishni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rishda aksiyadorlarga va davlat vakiliga taqdim etilishi lozim bo‘lgan axborot (materiallar) bilan aksiyadorlarni va davlat vakilini tanishtirish tartibi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rishda aksiyadorlarga va davlat vakiliga taqdim etilishi lozim bo‘lgan axborotga (materiallarga) jamiyatning yillik hisoboti, jamiyatning yillik moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish natijalari yuzasidan jamiyat taftish komissiyasining (taftishchisining) va auditorlik tashkilotining xulosasi, jamiyat kuzatuv kengashining yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi bilan, kollegial ijroiya organining a’zolari, boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi bilan tuzilgan shartnomaning amal qilish muddatini uzaytirish, shartnomani qayta tuzish yoki uni bekor qilish mumkinligi to‘g‘risida xulosasi, jamiyat kuzatuv kengashi hamda taftish komissiyasi a’zoligiga (taftishchiligiga) nomzodlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, jamiyat ustaviga kiritiladigan o‘zgartishlar va qo‘shimchalar loyihasi yoxud jamiyatning yangi tahrirdagi ustavi loyihasi kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rishda aksiyadorlarga va davlat vakiliga taqdim etilishi majburiy bo‘lgan qo‘shimcha axborot (materiallar) ro‘yxati qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilab qo‘yilishi mumkin.
(68 va 69-moddalar O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi O‘RQ-183-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
70-modda. Jamiyat aksiyadorlari umumiy yig‘ilishining kun tartibiga takliflar kiritish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining hammasi bo‘lib kamida bir foiziga ega bo‘lgan jamiyat aksiyadorlari (aksiyadori) jamiyatning moliya yili tugaganidan keyin uzog‘i bilan 30 kun ichida, basharti jamiyat ustavida bundan kechroq muddat belgilanmagan bo‘lsa, aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishi kun tartibiga masalalar kiritishga hamda jamiyat kuzatuv kengashi va jamiyat taftish komissiyasiga (taftishchiligiga) bu organning miqdor tarkibidan oshmaydigan tarzda nomzodlar ko‘rsatishga haqli.
(70-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining kun tartibiga masala uni qo‘yish sabablarini, masalani taklif etayotgan aksiyadorning (aksiyadorlarning) nomini, unga tegishli aksiyalarning soni va turini ko‘rsatgan holda yozma ravishda kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat kuzatuv kengashi va taftish komissiyasiga (taftishchiligiga) nomzodlar ko‘rsatish, shu jumladan o‘zining nomzodini ko‘rsatish to‘g‘risida taklif kiritilganda nomzodning ismi, basharti nomzod jamiyat aksiyadori bo‘lsa, unga tegishli aksiyalarning soni va turi, shuningdek nomzodni ko‘rsatgan aksiyadorlarning ismi, ularga tegishli aksiyalarning soni va turi ko‘rsatiladi.
(70-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat kuzatuv kengashi tushgan takliflarni ko‘rib chiqishi hamda ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan muddat tugaganidan so‘ng uzog‘i bilan 15 kun ichida ularni aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi kun tartibiga kiritish to‘g‘risida yoki mazkur kun tartibiga kiritishni rad etish haqida qaror qabul qilishi shart. Aksiyador (aksiyadorlar) kiritgan masala aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining kun tartibiga, shuningdek ko‘rsatilgan nomzodlar jamiyat kuzatuv kengashi va taftish komissiyasiga (taftishchiligiga) saylov yuzasidan ovoz berish uchun nomzodlar ro‘yxatiga kiritilishi shart, quyidagi hollar bundan mustasno:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aksiyador (aksiyadorlar) ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan muddatga rioya etmagan bo‘lsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aksiyador (aksiyadorlar) ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan miqdordagi jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining egasi bo‘lmasa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan ma’lumotlar to‘liq bo‘lmasa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
takliflar ushbu Qonunning yoki boshqa qonun hujjatlarining talablariga muvofiq bo‘lmasa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat kuzatuv kengashining masalani aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining kun tartibiga yoki nomzodni jamiyat kuzatuv kengashi va taftish komissiyasiga (taftishchiligiga) saylov yuzasidan ovoz berish uchun nomzodlar ro‘yxatiga kiritishni rad etish to‘g‘risidagi dalil-isbotli qarori ana shu masalani kiritgan yoki taklif taqdim etgan aksiyadorga (aksiyadorlarga) qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uzog‘i bilan uch kun ichida yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat kuzatuv kengashining masalani aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining kun tartibiga yoki nomzodni jamiyat kuzatuv kengashi va taftish komissiyasiga (taftishchiligiga) saylov yuzasidan ovoz berish uchun nomzodlar ro‘yxatiga kiritishni rad etish to‘g‘risidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilish mumkin.
(70-moddaning to‘rtinchi qismi birinchi xatboshisi, beshinchi va oltinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
71-modda. Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rilayotganda jamiyat kuzatuv kengashi, ushbu Qonun 72-moddasining o‘n ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollarda esa umumiy yig‘ilishni chaqiruvchi shaxslar quyidagilarni belgilaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumiy yig‘ilish o‘tkaziladigan sana, vaqt va joyni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumiy yig‘ilishning kun tartibini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumiy yig‘ilish o‘tkazilishi haqida xabar qilish uchun jamiyat aksiyadorlari reyestri tuziladigan sanani;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumiy yig‘ilishni o‘tkazish uchun jamiyat aksiyadorlari reyestri tuziladigan sanani;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumiy yig‘ilish o‘tkazilishi haqida aksiyadorlarga va davlat vakiliga xabar qilish tartibini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumiy yig‘ilishni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rilayotganda aksiyadorlarga va davlat vakiliga taqdim etiladigan axborot (materiallar) ro‘yxatini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ovoz berish byulletenining shakli va matnini.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aniq masala qo‘yilishini aks ettirmaydigan ta’riflarning (shu jumladan, “turli masalalar”, “boshqa masalalar”, “o‘zga masalalar” va hokazolarning) aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi kun tartibiga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi o‘tkaziladigan sana uni o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran 30 kundan kam va 45 kundan ko‘p belgilanishi mumkin emas.
(71-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi O‘RQ-183-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
72-modda. Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi jamiyat kuzatuv kengashining qarori bilan uning o‘z tashabbusiga binoan, jamiyat taftish komissiyasi talabiga ko‘ra, shuningdek talab taqdim etilgan sanada jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining kamida o‘n foiziga ega bo‘lgan aksiyadorning (aksiyadorlarning) talabi bilan o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat taftish komissiyasining yoki jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining kamida o‘n foiziga ega bo‘lgan aksiyadorning (aksiyadorlarning) talabiga binoan aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini chaqirishni jamiyat kuzatuv kengashi aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish haqidagi talab taqdim etilgan paytdan e’tiboran uzog‘i bilan 45 kun ichida amalga oshiradi.
(72-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risidagi talabda yig‘ilish kun tartibiga kiritilishi kerak bo‘lgan masalalar ularni kiritish sababini ko‘rsatgan holda ta’riflab berilmog‘i lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat kuzatuv kengashi jamiyat taftish komissiyasining yoki jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining kamida o‘n foiziga ega bo‘lgan aksiyadorning (aksiyadorlarning) talabiga binoan chaqiriladigan aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi kun tartibidagi masalalarning ta’rifiga o‘zgartishlar kiritishga haqli emas.
(72-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini chaqirish talabi aksiyadordan (aksiyadorlardan) chiqqan taqdirda bu talabda umumiy yig‘ilishni chaqirishni talab qilayotgan aksiyadorning (aksiyadorlarning) ismi (nomi), unga tegishli aksiyalarning soni va turi ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
(72-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi O‘RQ-183-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini chaqirish talabnomasi aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini chaqirishni talab qilgan shaxs (shaxslar) tomonidan imzolanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat taftish komissiyasi, jamiyat auditori yoki jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining kamida o‘n foiziga ega bo‘lgan aksiyador (aksiyadorlar) navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishni chaqirish to‘g‘risida talabnoma taqdim etgan sanadan boshlab 10 kun ichida jamiyat kuzatuv kengashi aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini chaqirish to‘g‘risida yoki yig‘ilishni chaqirishni rad etish haqida qaror qabul qilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat taftish komissiyasining (taftishchining), jamiyat auditorining yoki jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining kamida o‘n foiziga ega bo‘lgan aksiyadorning (aksiyadorlarning) talabiga binoan aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini chaqirishni rad etish to‘g‘risidagi qaror quyidagi hollarda qabul qilinishi mumkin, basharti:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini chaqirishni talab qilayotgan aksiyador (aksiyadorlar) ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan miqdordagi jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining egasi bo‘lmasa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi kun tartibiga kiritish uchun taklif etilgan masalalardan birontasi ham uning vakolatlariga kirmasa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kun tartibiga kiritish uchun taklif etilgan masala ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlarining talablariga muvofiq bo‘lmasa.
(72-moddaning yettinchi va sakkizinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat kuzatuv kengashining aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini chaqirish to‘g‘risidagi qarori yoki bunday yig‘ilishni chaqirishni rad etish haqidagi dalil-isbotli qarori qabul qilingan paytdan e’tiboran uzog‘i bilan uch kun ichida yig‘ilish chaqirishni talab qilgan shaxslarga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat kuzatuv kengashining aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini chaqirishni rad etish to‘g‘risidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilish mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat kuzatuv kengashi ushbu Qonunda belgilangan muddat ichida aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilmagan bo‘lsa yoki uni chaqirishni rad etish haqida qaror qabul qilgan bo‘lsa, aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi uni chaqirishni talab qilgan shaxslar tomonidan chaqirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunday hollarda aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish bilan bog‘liq xarajatlar aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qaroriga binoan jamiyatning mablag‘lari hisobidan qoplanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
73-modda. Sanoq komissiyasi
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ovozlarni sanab chiqish, aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ishtirok etishi uchun aksiyadorlarni ro‘yxatga olish, shuningdek ovoz berish byulletenlarini tarqatish uchun jamiyat kuzatuv kengashi tomonidan sanoq komissiyasi tuzilib, uning a’zolari soni va shaxsiy tarkibi aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan tasdiqlanadi.
(73-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi O‘RQ-183-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanoq komissiyasi tarkibi kamida uch kishidan iborat bo‘lishi kerak. Sanoq komissiyasi tarkibiga jamiyat kuzatuv kengashining a’zolari, taftish komissiyasining a’zolari, kollegial ijroiya organi a’zolari, yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi, shuningdek boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi, shu bilan birga ana shu lavozimlarga nomzodi ko‘rsatilgan shaxslar kiritilishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
(73-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi O‘RQ-183-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — O‘R QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanoq komissiyasi aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida kvorum bor yoki yo‘qligini aniqlaydi, aksiyadorlar (ularning vakillari) umumiy yig‘ilishda ovoz berish huquqlarini ro‘yobga chiqarishi munosabati bilan yuzaga keladigan masalalar xususida tushuntirishlar beradi, ovozga qo‘yiladigan masalalar bo‘yicha ovoz berish tartibini tushuntiradi, ovoz berishning belgilangan tartibi va aksiyadorlarning ovoz berishda ishtirok etish huquqlarini ta’minlaydi, ovozlarni sanab chiqadi va ovoz berish yakunini chiqaradi, ovoz berish yakunlari to‘g‘risida bayonnoma tuzadi, ovoz berish byulletenlarini arxivga topshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
74-modda. Aksiyadorlarning va davlat vakilining umumiy yig‘ilishda ishtirok etish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishda ishtirok etish huquqi shaxsan aksiyador tomonidan yoki uning vakili orqali amalga oshiriladi. Davlat vakilining aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqi uning shaxsan o‘zi tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aksiyador aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishidagi o‘z vakilini istalgan vaqtda almashtirishga yoki yig‘ilishda shaxsan o‘zi ishtirok etishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aksiyadorning vakili aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida yozma ishonchnoma asosida ish ko‘radi. Ovoz berishga doir ishonchnomada vakolat bergan va vakil qilingan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar (ismi yoki nomi, turar joyi yoki joylashgan manzili, pasport ma’lumotlari) aks ettirilgan bo‘lishi lozim. Jismoniy shaxs nomidan berilgan ovoz berishga doir ishonchnoma notarial tasdiqlangan bo‘lishi kerak. Yuridik shaxs nomidan beriladigan ovoz berishga doir ishonchnoma qonun hujjatlarida belgilangan tartibda beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(74-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi O‘RQ-183-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — O‘R QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar jamiyat aksiyasi bir necha shaxslarning umumiy ulushli mulki bo‘lsa, aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ovoz berish vakolati ularning xohishiga ko‘ra umumiy ulushli mulk qatnashchilaridan biri yoki ularning umumiy vakili tomonidan amalga oshiriladi. Ko‘rsatib o‘tilgan har bir shaxsning vakolatlari tegishli tarzda rasmiylashtirilishi kerak.
(74-modda O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 21-dekabrdagi O‘RQ-135-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 50-51-son, 514-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
75-modda. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining kvorumi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ishtirok etuvchilarni ro‘yxatga olish tamom bo‘lgan paytga kelib, jamiyatning tarqatilgan va joylashtirilgan ovoz beruvchi aksiyalarining jami oltmish foizidan ko‘piga ega bo‘lgan aksiyadorlar (ularning vakillari) ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa, aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi vakolatli (kvorum to‘plagan) hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishini o‘tkazish uchun kvorum bo‘lmasa, aksiyadorlarning yangi umumiy yig‘ilishini o‘tkazish sanasi e’lon qilinadi. Aksiyadorlarning yangi umumiy yig‘ilishini o‘tkazishda kun tartibiga o‘zgartishlar kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘tkazilmay qolgan yig‘ilish o‘rniga aksiyadorlarning yangi chaqirilgan umumiy yig‘ilishida ishtirok etuvchilarni ro‘yxatga olish tugagan paytga kelib, jamiyatning joylashtirilgan ovoz beruvchi aksiyalarining jami oltmish foizdan kam bo‘lmagan ovoziga ega bo‘lgan aksiyadorlar (ularning vakillari) ro‘yxatga olingan bo‘lsa, bu umumiy yig‘ilish vakolatli hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aksiyadorlarning yangi umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida xabar qilish ushbu Qonunning 69-moddasida nazarda tutilgan tarzda yig‘ilish o‘tkaziladigan sanaga kamida 10 kun qolganida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kvorum bo‘lmaganligi sababli aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini o‘tkazish sanasi 20 kundan kam muddatga ko‘chirilgan taqdirda, umumiy yig‘ilishda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar o‘tkazilmay qolgan umumiy yig‘ilishda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlarning reyestriga muvofiq aniqlanadi.
(75-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi O‘RQ-183-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
76-modda. Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ovoz berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ovoz berish “jamiyatning ovoz beruvchi bitta aksiyasi — bitta ovoz” qoidasiga muvofiq o‘tkaziladi, jamiyatning kuzatuv kengashi a’zolarini saylash bo‘yicha kumulyativ ovoz berishni o‘tkazish hollari va ushbu Qonunda nazarda tutilgan boshqa hollar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
77-modda. Ovoz berish byulleteni
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida kun tartibi masalalari bo‘yicha ovoz berish ovoz berish byulletenlari orqali amalga oshiriladi.
(77-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi O‘RQ-183-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(77-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi O‘RQ-183-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — O‘R QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ovoz berish byulletenlarining shakli va matni jamiyatning kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Ovoz berish byulleteni umumiy yig‘ilishda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tgan aksiyadorga (uning vakiliga) beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ovoz berish byulletenida: jamiyatning to‘liq firma nomi, aksiyadorlar umumiy yig‘ilishini o‘tkazish sanasi va vaqti, ovoz berishga qo‘yilgan har bir masalaning ta’rifi va uni qarab chiqish navbati, ovoz berishga qo‘yilgan har bir masala bo‘yicha “yoqlayman”, “qarshiman” yoki “betarafman” degan mazmundagi so‘zlar bilan ifodalangan ovoz berish variantlari, ovoz berish byulleteni aksiyador tomonidan imzolanishi lozimligi to‘g‘risidagi ko‘rsatma aks ettirilgan bo‘lishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyatning kuzatuv kengashi yoki taftish komissiyasi a’zosini (taftishchisini) saylash to‘g‘risidagi masala yuzasidan ovoz berish o‘tkazilgan taqdirda, ovoz berish byulletenida nomzod to‘g‘risidagi ma’lumot aks ettirilgan bo‘lib, uning familiyasi, ismi, otasining ismi ko‘rsatilishi lozim.
(77-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
78-modda. Ovoz berish byulletenlari yordamida ovoz berilganida ovozlarni sanab chiqish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ovoz berish byulletenlari yordamida ovoz berilganida ovoz beruvchi qaysi masala bo‘yicha ehtimol tutilgan ovoz berish variantlaridan faqat bittasini qoldirgan bo‘lsa, o‘sha masala bo‘yicha berilgan ovozlar hisobga olinadi. Yuqoridagi talabni buzgan holda to‘ldirilgan ovoz berish byulletenlari haqiqiy emas deb topiladi va ulardagi masalalar bo‘yicha berilgan ovozlar hisobga olinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ovoz berish byulletenida ovozga qo‘yilgan bir necha masala aks ettirilgan bo‘lsa, bir yoki bir necha masalaga nisbatan yuqorida ko‘rsatilgan talabga rioya etilmaganligi byulletenning umuman haqiqiy emas deb hisoblanishiga sabab bo‘lmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
79-modda. Ovoz berish yakunlari to‘g‘risidagi bayonnoma
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanoq komissiyasi ovoz berish yakunlari bo‘yicha bayonnoma tuzadi. Bayonnoma sanoq komissiyasining a’zolari yoki komissiya vazifasini bajaruvchi shaxs tomonidan imzolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ovoz berish yakunlari to‘g‘risida bayonnoma tuzilganidan va aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining bayonnomasi imzolanganidan keyin ovoz berish byulletenlari sanoq komissiyasi tomonidan so‘rg‘ichlanadi va saqlab qo‘yish uchun jamiyatning arxiviga topshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ovoz berish yakunlari to‘g‘risidagi bayonnoma aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi bayonnomasiga qo‘shib qo‘yilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ovoz berish yakunlari aksiyadorlarning ovoz berish o‘tkazilgan umumiy yig‘ilishida o‘qib eshittiriladi yoki aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi yopilganidan keyin ovoz berish yakunlari to‘g‘risidagi hisobotni e’lon qilish yoki aksiyadorlarga yuborish orqali aksiyadorlarning e’tiboriga yetkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
80-modda. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining bayonnomasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining bayonnomasi aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi yopilganidan keyin kechi bilan 15 kun ichida ikki nusxada tuziladi. Har ikkala nusxa ham umumiy yig‘ilishda raislik qiluvchi va umumiy yig‘ilish kotibi tomonidan imzolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining bayonnomasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi o‘tkazilgan joy va vaqt;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamiyatning ovoz beruvchi aksiyalariga ega bo‘lgan aksiyadorlar ovozlarining umumiy soni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yig‘ilishda ishtirok etgan aksiyadorlar ega bo‘lgan ovozlar soni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yig‘ilishning raisi (rayosati) va kotibi, yig‘ilishning kun tartibi ko‘rsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining bayonnomasida nutqlarning asosiy mazmuni, ovozga qo‘yilgan masalalar hamda ular yuzasidan o‘tkazilgan ovoz berish natijalari, yig‘ilish qabul qilgan qarorlar aks ettirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
81-modda. Jamiyatning kuzatuv kengashi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyatning kuzatuv kengashi jamiyat faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi, ushbu Qonun bilan aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining mutlaq vakolatlariga kiritilgan masalalarni hal etish bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ovoz beruvchi aksiyalarning egasi bo‘lgan aksiyadorlar soni o‘ttiz kishidan kam bo‘lgan jamiyatda kuzatuv kengashi vazifasi jamiyat ustavi bilan aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi zimmasiga yuklanishi mumkin. Bunday hollarda aksiyadorlar umumiy yig‘ilishini o‘tkazish masalasini hal etishga vakolati bo‘lgan muayyan shaxs yoki jamiyat organi jamiyat ustavida o‘z aksini topishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi qaroriga binoan jamiyat kuzatuv kengashi a’zolariga ular o‘z vazifalarini bajarib turgan davrda badal to‘lanishi va (yoki) kuzatuv kengashining a’zosi vazifasini bajarish bilan bog‘liq xarajatlari qoplanishi mumkin. Bunday badal va to‘lovlarning miqdori aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi qarori bilan belgilab qo‘yiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
82-modda. Jamiyat kuzatuv kengashining vakolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat kuzatuv kengashining vakolatlariga quyidagilar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamiyat faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamiyat aksiyadorlarining yillik va navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishlarini chaqirish, ushbu Qonun 72-moddasining o‘n birinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining kun tartibini tayyorlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi o‘tkaziladigan sanani belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi haqida xabar qilish uchun jamiyat aksiyadorlari reyestrini shakllantirish sanasini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Qonun 65-moddasi birinchi qismining ikkinchi, o‘n ikkinchi xatboshilarida nazarda tutilgan masalalarni hal etishni aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishiga kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aksiyalarning nominal qiymatini ko‘paytirish orqali yoki e’lon qilingan aksiyalarning soni va turlari doirasida jamiyat tomonidan qo‘shimcha aksiyalarni joylashtirish orqali jamiyat ustav fondini ko‘paytirish, agar jamiyat ustaviga muvofiq yoki aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qaroriga binoan kuzatuv kengashiga shunday huquq berilgan bo‘lsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish, agar jamiyat ustavida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mol-mulkning bozor qiymatini belgilashni tashkil etish;
(82-modda birinchi qismining o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 17-sentabrdagi O‘RQ-257-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 37-son, 315-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarda jamiyat tomonidan joylashtirilgan aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlarni olish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish, agar jamiyat ustaviga muvofiq yoki aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qaroriga binoan kuzatuv kengashiga shunday huquq berilgan bo‘lsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar jamiyatning yillik biznes-rejasini tasdiqlash jamiyat ustavida kuzatuv kengashining vakolati doirasiga kiritilgan bo‘lsa yoki bu masalani hal etish aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida kuzatuv kengashiga topshirilgan bo‘lsa, bunday biznes-rejani tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korporativ maslahatchini tayinlash, agar jamiyat ustavida bunday lavozimni joriy etish nazarda tutilgan bo‘lsa;
(82-moddaning beshinchi — o‘n birinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi O‘RQ-183-sonli Qonuni asosida beshinchi — o‘n uchinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — O‘R QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar jamiyatning yillik biznes-rejasini tasdiqlash jamiyat ustavida kuzatuv kengashining vakolat doirasiga kiritilmagan bo‘lsa yoki aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan kuzatuv kengashiga topshirilmagan bo‘lsa, jamiyatning yillik biznes-rejasini ma’qullash. Bunda jamiyatning kelgusi yilga mo‘ljallangan biznes-rejasi kuzatuv kengashi majlisida joriy yilning 1-dekabridan kechiktirmay ma’qullanishi lozim;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki audit xizmatini tashkil etish va uning xodimlarini tayinlash;
(82-modda O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 23-iyuldagi O‘RQ–104-sonli Qonuni asosida o‘n ikkinchi va o‘n uchinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2007-y., 29-30-son, 297-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamiyatning ijroiya organi faoliyatiga daxldor har qanday hujjatdan erkin foydalanish va ijroiya organidan kuzatuv kengashi zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun ularni olish. Olingan hujjatlardan kuzatuv kengashi va uning a’zolari faqat xizmat maqsadlarida foydalanishlari mumkin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar jamiyat ustavida kuzatuv kengashining vakolati doirasiga kiritilgan bo‘lsa, ijroiya organiga to‘lanadigan haq va kompensatsiyalar miqdorini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamiyat taftish komissiyasi a’zolariga (taftishchisiga) to‘lanadigan haq va kompensatsiya miqdori yuzasidan hamda auditorlik tashkilotining xizmatlariga to‘lanadigan haq miqdori chegarasini belgilashga doir tavsiyalar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aksiyalar bo‘yicha dividendlar miqdori va ularni to‘lash tartibi yuzasidan tavsiyalar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamiyatning zaxira va boshqa fondlaridan foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamiyatning boshqaruv organlari faoliyat tartibini belgilovchi hujjatlarni tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamiyatning vakolatxonalarini ochish hamda filiallarini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamiyatning shu’ba va tobe korxonalarini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Qonunning VIII bo‘limida nazarda tutilgan hollarda mol-mulkni olish va mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish bilan bog‘liq yirik bitimlar tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar bitimlar tuzishdan manfaatdorlik bo‘ladigan bo‘lsa, ushbu Qonunning IX bo‘limida nazarda tutilgan hollarda bitimlar tuzish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aksiyadorlik jamiyatining boshqa xo‘jalik jamiyatlaridagi ishtiroki bilan bog‘liq bitimlar tuzish;
(82-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 21-dekabrdagi O‘RQ-135-sonli Qonuni asosida yigirma to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2007-y., 50-51-son, 514-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Qonun va jamiyat ustaviga muvofiq kuzatuv kengashi vakolatlariga kiritilgan boshqa masalalarni ham hal etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat kuzatuv kengashining vakolatlariga kiritilgan masalalar hal qilish uchun jamiyat ijroiya organiga o‘tkazilishi mumkin emas.
(82-modda O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
83-modda. Jamiyat kuzatuv kengashi a’zolarini saylash, tayinlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat kuzatuv kengashining a’zolari ushbu Qonun va jamiyat ustavida nazarda tutilgan tartibda aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan bir yillik muddatga saylanadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat kuzatuv kengashi tarkibiga saylangan shaxslarning qayta saylanishlari cheklanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat kollegial va yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organining a’zolari kuzatuv kengashiga saylanishlari tayinlanishlari mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muayyan jamiyatda mehnat shartnomasi (kontrakt) bo‘yicha ishlayotgan shaxslar mazkur jamiyatning kuzatuv kengashi a’zolari bo‘lishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat kuzatuv kengashi tarkibiga saylanadigan shaxslarga nisbatan qo‘yiladigan talablar jamiyat ustavi bilan yoki aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tasdiqlagan qaror bilan belgilab qo‘yilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat kuzatuv kengashining miqdor tarkibi ustav yoki aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qarori bilan belgilab qo‘yiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oddiy (odatdagi) yoki boshqa ovoz beruvchi aksiyalarning egalari bo‘lmish aksiyadorlari soni besh yuzdan ortiq bo‘lgan ochiq aksiyadorlik jamiyati uchun kuzatuv kengashining miqdor tarkibi yetti a’zodan kam bo‘lishi, oddiy (odatdagi) yoki boshqa ovoz beruvchi aksiyalarning egalari bo‘lmish aksiyadorlari soni bir mingdan ortiq bo‘lgan jamiyat uchun esa to‘qqiz a’zodan kam bo‘lishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aksiyador o‘ziga tegishli aksiyalar bo‘yicha ovozlarni jamiyat kuzatuv kengashining bitta nomzodiga to‘liq berishga yoki bir nechta nomzod o‘rtasida taqsimlashga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Eng ko‘p ovoz to‘plagan nomzodlar kuzatuv kengashi tarkibiga saylangan deb hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyatning kuzatuv kengashi a’zolari saylovi kumulyativ ovoz berish orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kumulyativ ovoz berishda har bir aksiyadorga tegishli ovozlar soni jamiyatning kuzatuv kengashiga saylanishi lozim bo‘lgan shaxslar soniga ko‘paytiriladi va aksiyador shu tariqa olingan ovozlarni bitta nomzodga to‘liq berishga yoki ularni ikki va undan ortiq nomzodlar o‘rtasida taqsimlashga haqlidir.
(83-modda O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi O‘RQ-183-sonli Qonuni asosida o‘ninchi va o‘n birinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat vakili lavozimiga ko‘ra jamiyat kuzatuv kengashining a’zosi bo‘lib, aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan saylanmaydi (qayta saylanmaydi).
(83-modda O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 21-dekabrdagi O‘RQ-135-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 50-51-son, 514-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
84-modda. Jamiyat kuzatuv kengashining raisi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat ustavida o‘zgacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, jamiyat kuzatuv kengashining raisi kuzatuv kengashi a’zolari tomonidan ularning o‘zlari orasidan kuzatuv kengashi a’zolari umumiy soniga nisbatan ko‘pchilik ovoz bilan saylanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat ustavida o‘zgacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, jamiyat kuzatuv kengashi o‘z raisini kuzatuv kengashi jami a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan qayta saylashga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat kuzatuv kengashining raisi uning ishini tashkil etadi, kuzatuv kengashi majlislarini chaqiradi va ularda raislik qiladi, majlisda bayonnoma yuritilishini tashkil etadi, jamiyat ustavida o‘zgacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida raislik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat kuzatuv kengashining raisi yo‘qligida uning vazifasini kuzatuv kengashi a’zolaridan biri bajarib turadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
85-modda. Jamiyat kuzatuv kengashining majlisi
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat kuzatuv kengashining majlisi kuzatuv kengashining raisi tomonidan uning o‘z tashabbusi bilan, kuzatuv kengashining a’zosi, taftish komissiyasining, jamiyat ijroiya organining, shuningdek jamiyat ustavida belgilab qo‘yilgan boshqa shaxslarning talabiga binoan chaqiriladi. Jamiyat kuzatuv kengashining majlisini chaqirish va o‘tkazish tartibi ustavda belgilab qo‘yiladi.
(85-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kuzatuv kengashi majlisini o‘tkazish uchun kvorum jamiyat ustavida belgilab qo‘yiladi, biroq u kuzatuv kengashiga saylangan a’zolarning yetmish besh foizidan kam bo‘lmasligi kerak. Kuzatuv kengashi a’zolarining soni ustavda nazarda tutilgan miqdorning yetmish besh foizidan kam bo‘lib qolsa, jamiyat kuzatuv kengashining yangi tarkibini saylash uchun aksiyadorlarning favqulodda (navbatdan tashqari) umumiy yig‘ilishini chaqirishi shart. Kuzatuv kengashining qolgan a’zolari aksiyadorlarning ana shunday favqulodda (navbatdan tashqari) umumiy yig‘ilishini chaqirish to‘g‘risidagina qaror qabul qilishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat kuzatuv kengashining majlisida qarorlar, agar kuzatuv kengashi majlisini chaqirish va o‘tkazish tartibini belgilab beruvchi ushbu Qonunda, jamiyat ustavida o‘zgacha qoidalar nazarda tutilmagan bo‘lsa, majlisda hozir bo‘lganlarning ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Jamiyat kuzatuv kengashi majlisida masalalar hal etilayotganda kuzatuv kengashining har bir a’zosi bitta ovozga ega bo‘ladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonun 21-moddasining ikkinchi va to‘rtinchi qismlarida ko‘rsatilgan masalalar bo‘yicha qaror jamiyat kuzatuv kengashi tomonidan bir ovozdan qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat kuzatuv kengashi tomonidan davlat vakili ishtirokisiz qabul qilingan qarorlar, shuningdek veto qo‘yilgan qarorlar ijro etilmaydi.
(85-modda O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 21-dekabrdagi O‘RQ-135-sonli Qonuni asosida to‘rtinchi va beshinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2007-y., 50-51-son, 514-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat kuzatuv kengashining bir a’zosi o‘z ovozini kuzatuv kengashining boshqa a’zosiga berishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat ustavida kuzatuv kengashi a’zolarining ovozlari teng bo‘lingan hollarda kuzatuv kengashining qarorini qabul qilishda jamiyat kuzatuv kengashi raisining hal qiluvchi ovoz huquqi nazarda tutilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat kuzatuv kengashining majlisida bayonnoma yuritiladi. Kuzatuv kengashi majlisining bayonnomasi majlis o‘tkazilganidan so‘ng 10 kundan kechiktirmay tuziladi. Majlis bayonnomasida quyidagilar ko‘rsatiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
majlis o‘tkazilgan joy va vaqt;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
majlisda hozir bo‘lgan shaxslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
majlisning kun tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ovoz berishga qo‘yilgan masalalar, ular yuzasidan o‘tkazilgan ovoz berish yakunlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qabul qilingan qarorlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat kuzatuv kengashi majlisining bayonnomasi majlisda ishtirok etayotgan jamiyat kuzatuv kengashi a’zolari tomonidan imzolanadi, ular majlisning bayonnomasi to‘g‘riligi uchun javobgardir.
(85-moddaning to‘qqizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi O‘RQ-183-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
86-modda. Jamiyatning ijroiya organi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyatning kundalik faoliyatiga rahbarlik yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi (direktor) yoki kollegial ijroiya organ (boshqaruv, direksiya) tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bir paytning o‘zida ham yakkaboshchilik asosidagi, ham kollegial ijroiya organlari bo‘lishi nazarda tutilgan jamiyat ustavida ulardan har birining vakolatlari belgilab qo‘yilishi kerak. Bunday hollarda jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi (direktor) vazifasini bajaruvchi shaxs kollegial ijroiya organi (boshqaruv, direksiya) raisi vazifasini ham amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qaroriga binoan jamiyat ijroiya organining vakolatlari shartnoma bo‘yicha tijorat tashkilotiga (boshqaruvchi tashkilotga) yoki yakka tartibdagi tadbirkorga (boshqaruvchiga) berilishi mumkin. Tuziladigan shartnomaning shartlari, basharti ustavda o‘zgacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, jamiyat kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan tayinlanadigan ijroiya organi tarkibiga kirgan shaxsning vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan taqdirda, jamiyat kuzatuv kengashi qarori bilan belgilangan shaxs uning vazifalarini jamiyat aksiyadorlarining navbatdagi umumiy yig‘ilishigacha bo‘lgan davrda vaqtincha bajarib turishiga yo‘l qo‘yiladi.
(86-modda O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi O‘RQ-183-sonli Qonuni asosida to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat ijroiya organining vakolatlariga jamiyatning kundalik faoliyatiga rahbarlik qilishga doir barcha masalalar kiradi, aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining mutlaq vakolatlariga yoki kuzatuv kengashining vakolatlariga kiritilgan masalalar bundan mustasno.
(86-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat ijroiya organi aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi va kuzatuv kengashining qarorlari bajarilishini tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi (direktor) jamiyat nomidan ishonchnomasiz ish yuritadi, shu jumladan uning manfaatlarini ifoda etadi, jamiyat nomidan bitimlar tuzadi, shtatlarni tasdiqlaydi, jamiyatning barcha xodimlari bajarishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat ijroiya organlarini tashkil etish hamda ularning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish, agar jamiyat ustavida ushbu masalalarni hal etish jamiyat kuzatuv kengashining vakolatlariga kiritilmagan bo‘lsa, aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qaroriga binoan amalga oshiriladi. Jamiyat ustaviga muvofiq yoki aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining yoxud jamiyat kuzatuv kengashining qaroriga binoan jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organini (direktorini), kollegial ijroiya organi (boshqaruvi, direksiyasi) a’zolarini tayinlash tanlov asosida amalga oshirilishi mumkin.
(86-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organining (direktorining), kollegial ijroiya organi (boshqaruvi, direksiyasi) a’zolarining, boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchining huquqlari va majburiyatlari ushbu Qonun, boshqa qonun hujjatlari, jamiyat ustavi tomonidan hamda ularning har biri jamiyat bilan bir yil muddatga tuzadigan shartnomada belgilanib, shartnomaning amal qilish muddatini uzaytirish (shartnomani qayta tuzish yoki uni tugatish (bekor qilish) mumkinligi to‘g‘risida har yili qaror qabul qilinadi. Jamiyat nomidan shartnomani kuzatuv kengashining raisi yoki kuzatuv kengashi vakolat bergan shaxs imzolaydi. Jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi (direktori) bilan, kollegial ijroiya organi (boshqaruvi, direksiyasi) rahbari, boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi bilan tuziladigan shartnomada ularning aksiyadorlik jamiyati faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha majburiyatlari hamda aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi va kuzatuv kengashi oldida jamiyatning yillik biznes-rejasini bajarish qanday borayotganligi yuzasidan beradigan hisobotlari davriyligi nazarda tutilishi lozim.
(86-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organiga (direktoriga), kollegial ijroiya organi (boshqaruvi, direksiyasi) a’zolariga to‘lanadigan mehnat haqi va boshqa haqlar miqdori, shuningdek boshqaruvchi tashkilot va boshqaruvchi xizmatlariga haq to‘lash shartlari jamiyat faoliyatining samaradorligiga to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq bo‘lib, shartnomada belgilanishi kerak.
(86-moddaning to‘qqizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi (direktor) vazifasini hamda boshqa tashkilotlarning boshqaruv organlaridagi lavozimlarni o‘rindoshlik yo‘li bilan bir shaxsning egallashiga kuzatuv kengashi roziligi bilangina yo‘l qo‘yiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi yoki kuzatuv kengashi, agar ustavga binoan unga shunday huquq berilgan bo‘lsa, jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi (direktor), kollegial ijroiya organi (boshqaruvi, direksiyasi) a’zolari, boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi bilan tuzilgan shartnomani ular shartnoma shartlarini buzgan taqdirda bekor qilishga haqlidir.
(86-moddaning o‘n birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kuzatuv kengashi jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi bilan, kollegial ijroiya organining a’zolari, shuningdek boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi bilan tuzilgan shartnomani, agar shartnoma tuzishda ular jamiyat ustavini qo‘pol tarzda buzishga yo‘l qo‘ygan bo‘lsa yoki ularning harakatlari (harakatsizligi) tufayli jamiyatga zarar yetkazilgan bo‘lsa, muddatidan ilgari tugatish (bekor qilish) huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tomonidan jamiyat ijroiya organining, boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchining vakolatlarini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda ijroiya organining vakolatlarini boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchiga o‘tkazish to‘g‘risidagi masala o‘sha umumiy yig‘ilishning o‘zida hal etilishi yoki ijroiya organi rahbarining vazifasini vaqtincha bajaruvchi shaxsni ham tayinlagan holda aksiyadorlarning yaqin oradagi umumiy yig‘ilishida ko‘rib chiqish uchun qoldirilishi mumkin. Agar jamiyatning ijroiya organini tuzish aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining mutlaq vakolatlariga kiritilgan bo‘lsa, ijroiya organining, boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchining vakolatlarini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilgan kuzatuv kengashi ijroiya organi rahbarining vazifasini vaqtincha bajaruvchi shaxsni tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi, shuningdek ijroiya organi to‘g‘risidagi masalani hal etish uchun aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini chaqiradi.
(86-modda O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuniga muvofiq o‘n ikkinchi va o‘n uchinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
87-modda. Jamiyatning kollegial ijroiya organi (boshqaruv, direksiya)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyatning kollegial ijroiya organi (boshqaruv, direksiya) jamiyat ustavi asosida ish yuritadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kollegial ijroiya organi majlisida bayonnoma yuritiladi. Kollegial ijroiya organi majlisining bayonnomasi kuzatuv kengashi va taftish komissiyasi a’zolariga ularning talabiga ko‘ra beriladi.
(87-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyatning kollegial ijroiya organi majlislarini o‘tkazishni jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi (direktor) vazifasini bajarayotgan shaxs tashkil etadi, u jamiyat nomidan barcha hujjatlarni hamda kollegial ijroiya organi majlisi bayonnomalarini imzolaydi, kollegial ijroiya organi o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlarga muvofiq ishonchnomasiz jamiyat nomidan ish yuritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
88-modda. Jamiyat kuzatuv kengashi a’zolarining, yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi (direktor) va (yoki) kollegial ijroiya organi (boshqaruv, direksiya) a’zolarining, boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchining javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat kuzatuv kengashining a’zolari, yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi (direktor) va (yoki) kollegial ijroiya organi (boshqaruv, direksiya) a’zolari, shuningdek boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi o‘z huquqlarini amalga oshirishda va o‘z burchlarini bajarishda jamiyat manfaatlarini ko‘zlab ish tutishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat kuzatuv kengashining a’zolari, yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi (direktor) va (yoki) kollegial ijroiya organi (boshqaruv, direksiya) a’zolari, shuningdek boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi qonun hujjatlariga va jamiyat ustaviga muvofiq jamiyat oldida javobgardir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ayni paytda jamiyatga zarar keltirishga sababchi bo‘lgan qarorga ovoz berishda qatnashmagan yoki bunday qarorga qarshi ovoz bergan jamiyat kuzatuv kengashi a’zolari, kollegial ijroiya organ (boshqaruv, direksiya) a’zolari javobgar bo‘lmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu modda qoidalariga muvofiq bir necha shaxs javobgar bo‘lsa, ularning jamiyat oldidagi javobgarligi solidar hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat yoki u joylashtirgan oddiy aksiyalarning hammasi bo‘lib kamida bir foiziga ega bo‘lgan aksiyador (aksiyadorlar) jamiyatga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplashni da’vo qilib kuzatuv kengashi a’zosi, yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi (direktor), kollegial ijroiya organi (boshqaruv, direksiya) a’zosi, shuningdek boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi ustidan sudga murojaat qilishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VIII BO‘LIM. JAMIYATNING YIRIK BITIMLAR TUZIShI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
89-modda. Jamiyatning mol-mulk olishi yoki uni tasarrufidan chiqarishi bilan bog‘liq yirik bitimlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar yirik bitimlar deb hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bitimlar tuzish haqida qaror qabul qilinayotgan sanada jamiyat aktivlari balans qiymatining yigirma besh foizidan ortiq qiymatga ega bo‘lgan mol-mulkni jamiyatning olishi yoki tasarrufidan chiqarishi bilan bog‘liq yoxud jamiyat bevosita yoki bilvosita mol-mulkni tasarrufidan chiqarishi ehtimoli bilan bog‘liq bitim yoki o‘zaro bog‘langan bir necha bitim, oddiy xo‘jalik faoliyatini yuritish asnosida sodir etiladigan bitimlar bundan mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamiyat tomonidan ilgari joylashtirilgan oddiy (odatdagi) aksiyalarning yigirma besh foizidan ko‘prog‘ini tashkil etadigan oddiy (odatdagi) aksiyalarni yoki oddiy (odatdagi) aksiyalarga ayirboshlanadigan imtiyozli aksiyalarni joylashtirish bilan bog‘liq bir yoki o‘zaro bog‘langan bir necha bitim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yirik bitimga sabab bo‘lgan mol-mulk qiymatini aniqlash jamiyat kuzatuv kengashi tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
90-modda. Jamiyatning mol-mulk olishi yoki uni tasarrufidan chiqarishi bilan bog‘liq yirik bitimni tuzish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qiymati bitim tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilinayotgan sanada jamiyat aktivlari balans qiymatining yigirma besh foizidan ellik foizgachasini tashkil etuvchi mol-mulk xususida bo‘lgan yirik bitim tuzish to‘g‘risidagi qaror kuzatuv kengashi tomonidan yakdillik bilan qabul qilinadi, bunda kuzatuv kengashining tarkibdan chiqib ketgan a’zolari ovozi hisobga olinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yirik bitim tuzish masalasida jamiyat kuzatuv kengashining yakdilligiga erishilmagan hollarda yirik bitim tuzish to‘g‘risidagi masala kuzatuv kengashi qaroriga muvofiq aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi hukmiga havola etilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bitim tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilinayotgan sanada jamiyat aktivlari balans qiymatining ellik foizidan ortiq qiymatni tashkil etuvchi mol-mulk xususida yirik bitim tuzish to‘g‘risidagi qaror aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan qabul qilinadi.
(90-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 21-dekabrdagi O‘RQ-135-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 50-51-son, 514-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IX BO‘LIM. JAMIYATNING BITIM TUZIShIDAN MANFAATDORLIK
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
91-modda. Jamiyatning bitim tuzishidan manfaatdor shaxslar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat kuzatuv kengashi a’zosi, jamiyatning o‘zga boshqaruv organlaridagi mansabdor shaxs, o‘zining tobe (affillangan) shaxsi bilan birgalikda jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining yigirma va undan ko‘proq foiziga ega bo‘lgan aksiyador (aksiyadorlar), agar mazkur shaxslar, ularning erlari (xotinlari), ota-onalari, farzandlari, aka-ukalari, opa-singillari, shuningdek ularning barcha affillangan shaxslari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamiyat tuzadigan bitimning tomonlaridan biri bo‘lsa yoki unda vakil yoxud vositachi sifatida qatnashayotgan bo‘lsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bitimning tomonlaridan biri bo‘lgan yoki unda vakil yoxud vositachi sifatida qatnashayotgan yuridik shaxs aksiyalarining (ulushlari, paylarining) yigirma yoki undan ham ko‘proq foiziga ega bo‘lsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bitimning tomonlaridan biri bo‘lgan yoki unda vakil yoxud vositachi sifatida qatnashayotgan yuridik shaxs boshqaruv organlarining mansabdor shaxsi bo‘lsa, ular jamiyatning bitim tuzishidan manfaatdor shaxslar deb hisoblanadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
92-modda. Jamiyatning bitim tuzishidan manfaatdorlik to‘g‘risidagi axborot
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunning 91-moddasida ko‘rsatib o‘tilgan shaxslar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxslarga qarashli ovoz beruvchi aksiyalar (ulushlar, paylar)ning yigirma yoki undan ortiq foiziga mustaqil tarzda yoki o‘zlarining affillangan shaxsi (shaxslari) bilan birgalikda ega bo‘lsalar, shu yuridik shaxslar to‘g‘risidagi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxslarning boshqaruv organlarida lavozim egallab turgan bo‘lsalar, shu yuridik shaxslar to‘g‘risidagi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuzilayotgan yoki tuzilishi kutilayotgan bitimlarda manfaatdor shaxslar deb topilishi mumkin bo‘lsa, o‘zlariga ma’lum bo‘lgan ana shu bitimlar to‘g‘risidagi axborotni jamiyat kuzatuv kengashi, taftish komissiyasi (taftishchisi) e’tiboriga yetkazishlari shart.
(92-moddaning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
93-modda. Tuzilishidan manfaatdorlik bo‘lgan bitimni tuzish tartibiga qo‘yiladigan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tuzilishidan manfaatdorlik bo‘lgan bitimning jamiyat tomonidan tuzilishi to‘g‘risidagi qarorni kuzatuv kengashi uni tuzishdan manfaatdor bo‘lmagan kuzatuv kengashi a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tuzilishidan manfaatdorlik bo‘lgan bitimning jamiyat tomonidan tuzilishi to‘g‘risidagi qarorni ovoz beruvchi aksiyalar egalari bo‘lmish aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi bitimni tuzishdan manfaatdor bo‘lmagan aksiyadorlarning ko‘pchilik ovozi bilan quyidagi hollarda qabul qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar bitim bo‘yicha to‘lanadigan haq summasi va bitimga sabab bo‘lgan mol-mulk qiymati jamiyat aktivlari qiymatining besh foizidan ortiq bo‘lsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar bitta bitim va (yoki) o‘zaro bog‘liq bo‘lgan bir necha bitim jamiyatning ovoz beruvchi aksiyalarini yoki ovoz beruvchi aksiyalarga ayirboshlanadigan boshqa qimmatli qog‘ozlarini ilgari joylashtirilgan ovoz beruvchi aksiyalarning besh foizidan ortiq miqdorda joylashtirishdan iborat bo‘lsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar tuzilishidan manfaatdorlik bo‘lgan bitim bo‘yicha manfaatdor shaxs jamiyatga qarz berayotgan bo‘lsa, bunday bitimni tuzish uchun ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi qarori talab etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat bilan boshqa tomon o‘rtasidagi xo‘jalik munosabatlarini davom ettirish yuzasidan tuziladigan, tuzilishidan kelajakda manfaatdorlik paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan bitimlarni aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi o‘tkazilgan sanada aniqlashning iloji bo‘lmagan taqdirda, aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi jamiyat bilan o‘zga shaxs o‘rtasida tuzilishi mumkin bo‘lgan bitimlarning xususiyati va ular summasining eng ko‘p miqdorini ko‘rsatib, shartnoma munosabatlari o‘rnatish to‘g‘risida qaror qabul qilgan taqdirda ushbu modda uchinchi qismining talablari bajarilgan deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat kuzatuv kengashining barcha a’zolari manfaatdor shaxslar deb topilgan taqdirda, bitimdan manfaatdor bo‘lmagan aksiyadorlar ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilingan aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qaroriga binoan bitim tuzilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tuzilishidan manfaatdorlik bo‘lgan bitim ayni bir vaqtda jamiyatning mol-mulk sotib olishi yoki topshirishi bilan bog‘liq yirik bitim bo‘lsa, bitimni tuzish tartibiga ushbu Qonun VIII bo‘limining qoidalari qo‘llaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
94-modda. Tuzilishidan manfaatdorlik bo‘lgan bitimga qo‘yiladigan talablarga rioya etmaslik oqibatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tuzilishidan manfaatdorlik bo‘lgan bitim ushbu Qonunning 93-moddasida nazarda tutilgan talablarni buzgan holda tuzilgan bo‘lsa, u qonun hujjatlarida belgilangan tartibda haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
(94-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Manfaatdor shaxs jamiyatga o‘zi yetkazgan zarar miqdorida jamiyat oldida javobgar bo‘ladi. Agar bir necha shaxs javobgar bo‘lsa, ularning jamiyat oldidagi javobgarligi solidar javobgarlik bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
X BO‘LIM. AKSIYADORLIK JAMIYATINI QAYTA TAShKIL ETISh VA TUGATISh
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
95-modda. Jamiyatni qayta tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyatni qayta tashkil etish aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qarori bilan qo‘shib yuborish, birlashtirish, bo‘lish, ajratib chiqarish va qayta tuzish tarzida amalga oshiriladi.
(95-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonun hujjatlarida belgilangan hollarda yuridik shaxslarni qo‘shib yuborish, birlashtirish yoki qayta tuzish tarzida qayta tashkil etish vakolatli davlat organlarining roziligi bilangina amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yangi tuzilgan yuridik shaxslar davlat ro‘yxatiga olingan paytdan e’tiboran jamiyat qayta tashkil etilgan deb hisoblanadi, birlashtirish tarzida qayta tashkil etish bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat boshqa jamiyatga qo‘shib yuborish yo‘li bilan qayta tashkil etilganida davlat ro‘yxatga olish organi qo‘shilib yuborilgan jamiyat o‘z faoliyatini to‘xtatgani haqidagi yozuvni yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga kiritgan paytdan e’tiboran qo‘shib yuborilgan jamiyat qayta tashkil etilgan deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qayta tashkil etish natijasida yangidan vujudga kelgan jamiyatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda qayta tashkil etilgan jamiyatlarning faoliyati to‘xtatilgani to‘g‘risidagi yozuvni kiritish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qayta tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran jamiyat 30 kundan kechiktirmay o‘z kreditorlarini bu haqda yozma ravishda xabardor etadi. Kreditor jamiyatdan majburiyatlarni to‘xtatish yoki muddatidan ilgari bajarishni hamda zararning o‘rnini qoplashni quyidagi muddatlarda yozma ravishda xabar berish yo‘li bilan talab qilishga haqlidir:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qo‘shib yuborish, birlashtirish yoki qayta tuzish tarzida qayta tashkil etish haqidagi xabarni jamiyat kreditorga yuborgan sanadan boshlab uzog‘i bilan 30 kun ichida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bo‘lish yoki ajratib chiqarish tarzida qayta tashkil etish to‘g‘risidagi xabarni jamiyat kreditorga yuborgan sanadan boshlab uzog‘i bilan 60 kun ichida.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar bo‘linish balansi qayta tashkil etilayotgan jamiyatning huquqiy vorisini aniqlash imkonini bermasa, yangi vujudga kelgan yuridik shaxslar qayta tashkil etilgan jamiyatning majburiyatlari yuzasidan uning kreditorlari oldida solidar javobgar bo‘ladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
96-modda. Jamiyatlarni qo‘shib yuborish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘z faoliyatini tugatgan ikki yoki bir necha jamiyatning barcha huquqlari va majburiyatlarini o‘tkazish yo‘li bilan yangi jamiyatni vujudga keltirish jamiyatlarning qo‘shib yuborilishi deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qo‘shib yuborishda ishtirok etayotgan jamiyat qo‘shib yuborish haqida shartnoma tuzadi, unda qo‘shib yuborish tartibi va shartlari, shuningdek har bir jamiyat aksiyalarini yangi jamiyatning aksiyalariga va (yoki) boshqa qimmatli qog‘ozlariga ayirboshlash tartibi belgilab qo‘yiladi. Har bir jamiyatning kuzatuv kengashi qo‘shib yuborishda ishtirok etayotgan aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi hukmiga qo‘shib yuborish tarzida qayta tashkil etish to‘g‘risidagi, qo‘shib yuborish shartnomasini tasdiqlash haqidagi va o‘tkazish dalolatnomasini tasdiqlash haqidagi masalalarni havola etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yangi vujudga kelayotgan jamiyat ustavini tasdiqlash va kuzatuv kengashini saylash qo‘shib yuborishda ishtirok etayotgan jamiyatlar aksiyadorlarining qo‘shma umumiy yig‘ilishida amalga oshiriladi. Aksiyadorlarning qo‘shma umumiy yig‘ilishida ovoz berish tartibi jamiyatlarning qo‘shib yuborilishi to‘g‘risidagi shartnomada belgilab qo‘yilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyatlar qo‘shilgan taqdirda ularning har biriga tegishli barcha huquqlar va majburiyatlar o‘tkazish dalolatnomasiga muvofiq yangi vujudga kelgan jamiyatga o‘tadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
97-modda. Jamiyatning birlashtirilishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bir yoki bir nechta jamiyat faoliyatini to‘xtatib, ularning huquqlari va majburiyatlarini boshqa jamiyatga o‘tkazish — jamiyatni birlashtirish deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Birlashtirilayotgan jamiyat va birlashtirib olayotgan jamiyat birlashish to‘g‘risida shartnoma tuzadilar, unda birlashishning tartibi va shartlari, shuningdek birlashtirilayotgan jamiyatning aksiyalarini birlashtirib olayotgan jamiyatning aksiyalari va (yoki) boshqa qimmatli qog‘ozlariga ayirboshlash tartibi belgilab qo‘yiladi. Har bir jamiyatning kuzatuv kengashi birlashishda ishtirok etayotgan o‘z jamiyatining umumiy yig‘ilishi hukmiga birlashish tarzida qayta tashkil etish to‘g‘risidagi va birlashish shartnomasini tasdiqlash haqidagi masalani kiritadi. Birlashtirilayotgan jamiyat kuzatuv kengashi o‘tkazish dalolatnomasini tasdiqlash to‘g‘risidagi masalani ham aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi hukmiga havola etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur jamiyatlar aksiyadorlarining qo‘shma umumiy yig‘ilishi ustavga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Aksiyadorlarning qo‘shma umumiy yig‘ilishida ovoz berish tartibi birlashish to‘g‘risidagi shartnomada belgilab qo‘yiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bir jamiyat boshqa jamiyatga birlashganda o‘tkazish dalolatnomasiga muvofiq birlashtirilayotgan jamiyatning barcha huquq va majburiyatlari qo‘shib olgan jamiyatga o‘tadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
98-modda. Jamiyatni bo‘lish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat faoliyatini to‘xtatib, uning huquqlari va majburiyatlarini yangi tuzilayotgan jamiyatlarga o‘tkazish — jamiyatni bo‘lish deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bo‘lish tarzida qayta tashkil etilayotgan jamiyatning kuzatuv kengashi aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi hukmiga bo‘lish tarzida jamiyatni qayta tashkil etish to‘g‘risidagi, bu qayta tashkil etishning tartibi va shartlari xususidagi, yangi jamiyatlar tuzish hamda qayta tashkil etilayotgan jamiyat aksiyalarini tuzilayotgan jamiyatlar aksiyalariga va (yoki) boshqa qimmatli qog‘ozlariga ayirboshlash tartibi to‘g‘risidagi masalalarni havola etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bo‘lish tarzida qayta tashkil etilayotgan jamiyat aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishi jamiyatni bo‘lish tarzida qayta tashkil etish to‘g‘risida, yangi jamiyatlar tuzish hamda qayta tashkil etilayotgan jamiyat aksiyalarini tuzilayotgan jamiyatlarning aksiyalari va (yoki) boshqa qimmatli qog‘ozlariga ayirboshlash tartibi to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Yangi tuzilayotgan har bir jamiyat aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishi uning ustavini tasdiqlash hamda kuzatuv kengashini saylash to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat bo‘linganda uning barcha huquqlari va majburiyatlari bo‘lish balansiga muvofiq yangi tashkil etilayotgan ikki yoki bir necha jamiyatga o‘tadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
99-modda. Jamiyatni ajratib chiqarish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qayta tashkil etilayotgan jamiyatning faoliyatini to‘xtatmagan holda, uning huquqlari va majburiyatlarining bir qismini o‘tkazib bir yoki bir nechta jamiyat tuzish jamiyatni ajratib chiqarish deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ajratib chiqarish tarzida qayta tashkil etilayotgan jamiyatning kuzatuv kengashi aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi hukmiga ajratib chiqarish tarzida jamiyatni qayta tashkil etish, ajratib chiqarishni amalga oshirishning tartibi va shartlari, yangi jamiyatni tuzish, ajralib chiqayotgan jamiyatning aksiya va (yoki) boshqa qimmatli qog‘ozlarini ayirboshlash imkoniyatlari va bunday ayirboshlash tartibi, bo‘lish balansini tasdiqlash to‘g‘risidagi masalani havola etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ajratib chiqarish tarzida qayta tashkil etilayotgan jamiyat aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishi jamiyatni ajratib chiqarish tarzida qayta tashkil etish, ajratib chiqarishning tartibi va shartlari, yangi jamiyatni tuzish, jamiyatning aksiyalarini ajralib chiqayotgan jamiyatning aksiyalariga va (yoki) boshqa qimmatli qog‘ozlariga ayirboshlash imkoniyatlari va bunday ayirboshlashni o‘tkazish tartibi, bo‘lish balansini tasdiqlash haqida qaror qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat tarkibidan bir yoki bir nechta jamiyat ajralib chiqqanda ajratib chiqarish tarzida qayta tashkil etilgan jamiyat huquqlari va majburiyatlarining bir qismi bo‘lish balansiga muvofiq ularning har biriga o‘tadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
100-modda. Jamiyatni qayta tuzish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat qonun hujjatlarida belgilangan talablarga rioya etgan holda boshqa har qanday xo‘jalik jamiyati yoki shirkatiga aylanishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qayta tuzilayotgan jamiyatning kuzatuv kengashi aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi hukmiga jamiyatni qayta tuzish, qayta tuzishni amalga oshirish tartibi va shartlari haqidagi masalalarni havola etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qayta tuzilayotgan jamiyat aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishi qayta tuzish to‘g‘risida, qayta tuzishni amalga oshirishning tartibi va shartlari haqida qaror qabul qiladi. Qayta tuzish jarayonida vujudga keltirilayotgan yangi yuridik shaxsning qatnashchilari o‘zlarining qo‘shma majlislarida uning ta’sis hujjatlarini tasdiqlash hamda qonun hujjatlarining talablariga muvofiq boshqaruv organlarini saylash (tayinlash) to‘g‘risida qaror qabul qiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat qayta tuzilganida qayta tashkil etilgan jamiyatning barcha huquqlari va majburiyatlari o‘tkazish dalolatnomasiga muvofiq yangi vujudga kelgan yuridik shaxsga o‘tadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
101-modda. Jamiyatni tugatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyatni tugatish uning huquq va majburiyatlari huquqiy vorislik tartibida boshqa shaxslarga o‘tmagan holda jamiyat faoliyatining to‘xtatilishiga olib keladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat ixtiyoriy ravishda tugatilgan taqdirda, tugatilayotgan jamiyatning kuzatuv kengashi aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining hukmiga jamiyatni tugatish va tugatuvchini tayinlash to‘g‘risidagi masalani havola etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ixtiyoriy ravishda tugatilayotgan jamiyat aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishi tugatish to‘g‘risida va tugatuvchini tayinlash haqida qaror qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aksiyadorlik jamiyati sudning qarori bilan tugatilganda tugatuvchini tayinlash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tugatuvchi tayinlangan paytdan e’tiboran jamiyat ishlarini boshqarish bo‘yicha barcha vakolatlar tugatuvchiga o‘tadi. Tugatuvchi tugatilayotgan jamiyat nomidan sudda ishtirok etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar davlat tugatilayotgan jamiyatning aksiyadori bo‘lsa, tugatish komissiyasi tayinlanadi va uning tarkibiga davlat mol-mulkini tasarruf etish vakolati berilgan organ vakili kiritiladi.
(101-moddaning ikkinchi — oltinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 14-dekabrdagi O‘RQ-127-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 50-51-son, 506-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
102-modda. Jamiyatni tugatish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tugatuvchi ommaviy axborot vositalarida jamiyatning tugatilishi haqida, shuningdek uning kreditorlari tomonidan talablarni bayon etish tartibi va muddatlari to‘g‘risida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda e’lon beradi. Kreditorlar tomonidan talablar qo‘yish uchun belgilangan muddat jamiyatning tugatilishi to‘g‘risida xabar e’lon qilingan sanadan e’tiboran ikki oydan kam bo‘lmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan vaqtga kelib, jamiyat kreditorlar oldida majburiyatlarga ega bo‘lmasa, uning mol-mulki aksiyadorlar o‘rtasida ushbu Qonunning 103-moddasiga muvofiq taqsimlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tugatuvchi kreditorlarni aniqlash va debitorlik qarzlarini olish chora-tadbirlarini ko‘radi, shuningdek kreditorlarni jamiyatning tugatilishi to‘g‘risida yozma shaklda xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kreditorlar tomonidan talablarni qo‘yish uchun belgilangan muddat tugaganidan keyin tugatuvchi oraliq tugatish balansini tuzadi, mazkur balans tugatilayotgan jamiyat mol-mulkining tarkibi, kreditorlar qo‘ygan talablar, shuningdek ularni ko‘rib chiqish natijalari haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Oraliq tugatish balansi aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar tugatilayotgan jamiyatdagi mavjud pul mablag‘lari kreditorlarning talablarini qondirish uchun yetarli bo‘lmasa, tugatuvchi jamiyatning mol-mulkini sud qarorlarini ijro etish uchun belgilangan tartibda kimoshdi savdosida sotishni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tugatilayotgan jamiyat kreditorlariga pul summalarini to‘lash qonun hujjatlarida belgilangan navbat tartibida, tugatuvchi tomonidan oraliq tugatish balansiga muvofiq, u tasdiqlangan kundan e’tiboran amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kreditorlar bilan hisob-kitob qilish tugaganidan keyin tugatuvchi tugatish balansini tuzadi, u aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan tasdiqlanadi.
(102-modda matni O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 14-dekabrdagi O‘RQ-127-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 50-51-son, 506-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tugatuvchi ushbu moddada nazarda tutilgan tartib-taomillar oxiriga yetkazilganidan so‘ng jamiyatning qimmatli qog‘ozlarini muomaladan chiqarish va jamiyat qimmatli qog‘ozlari chiqarilishlarining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligini bekor qilish yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda zarur tadbirlarni amalga oshiradi.
(102-modda O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi O‘RQ-183-sonli Qonuni asosida sakkizinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
103-modda. Tugatilayotgan jamiyat mol-mulkini aksiyadorlar o‘rtasida taqsimlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kreditorlar bilan hisob-kitob qilib bo‘linganidan keyin tugatilayotgan jamiyatning qolgan mol-mulki tugatuvchi tomonidan aksiyadorlar o‘rtasida quyidagi navbat bo‘yicha taqsimlanadi:
(103-moddaning birinchi qismi birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 14-dekabrdagi O‘RQ-127-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 50-51-son, 506-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi navbatda ushbu Qonunning 44-moddasiga muvofiq qaytarib sotib olinishi lozim bo‘lgan aksiyalar bo‘yicha to‘lovlar amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi navbatda imtiyozli aksiyalar bo‘yicha yozilgan, biroq to‘lanmagan dividendlarni va jamiyat ustavida imtiyozli aksiyalar bo‘yicha belgilangan tugatish qiymatini to‘lash amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi navbatda tugatilayotgan jamiyatning mol-mulkini oddiy (odatdagi) aksiyalar va barcha turdagi imtiyozli aksiyalarning egalari bo‘lmish aksiyadorlar o‘rtasida taqsimlash amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mol-mulkni har bir navbat tartibi bo‘yicha taqsimlash avvalgi navbat tartibi bo‘yicha mol-mulk to‘liq taqsimlab bo‘linganidan keyin amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar jamiyatning mavjud mol-mulki yozilgan, biroq to‘lanmagan dividendlar va jamiyat ustavida belgilangan tugatish qiymatini bir turdagi imtiyozli aksiyalarning egalari bo‘lmish barcha aksiyadorlarga to‘lash uchun yetarli bo‘lmasa, mol-mulk ana shunday turdagi imtiyozli aksiyalar egalari bo‘lmish aksiyadorlar o‘rtasida ularga qarashli shu turdagi aksiyalarning soniga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chet ellik investor mol-mulk tugatish qiymatining o‘zi olgan qismini belgilangan tartibda ayirboshlashga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
104-modda. Jamiyat tugatilgan payt
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga tegishli yozuvlarni kiritib qo‘ygan paytdan e’tiboran jamiyatni tugatish tamomlangan, jamiyat esa faoliyatini tugatgan hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ jamiyat tugatilganligi haqidagi tegishli yozuvni jamiyat qimmatli qog‘ozlari chiqarilishlarining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi bekor qilinganidan keyingina kiritadi.
(104-modda O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi O‘RQ-183-sonli Qonuni asosida ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
XI BO‘LIM. HISOB-KITOB VA HISOBOT. HUJJATLARNI SAQLASh. JAMIYATGA DOIR AXBOROT
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
105-modda. Jamiyatning buxgalteriya hisob-kitobi va moliya hisoboti
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda buxgalteriya hisob-kitobini yuritishi va moliya hisobotini taqdim etishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyatda buxgalteriya hisob-kitobini tashkil etish, uning holati va to‘g‘ri yuritilishi, tegishli organlarga har yilgi hisobot va boshqa moliya hisobotlari, shuningdek aksiyadorlar, kreditorlar va ommaviy axborot vositalariga jamiyat faoliyatiga doir ma’lumotlar o‘z vaqtida taqdim etilishi uchun javobgarlik qonun hujjatlariga muvofiq ijroiya organi zimmasida bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyatning aksiyadorlar umumiy yig‘ilishiga taqdim etadigan yillik hisobotidagi, buxgalteriya balansidagi, foyda va zararlar hisobvarag‘idagi ma’lumotlarning to‘g‘ri ekanligi jamiyatning taftish komissiyasi tomonidan tasdiqlanishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlarni matbuotda e’lon qilishdan oldin jamiyat yillik moliya hisobotini har yilgi tekshirish va tasdiqlash uchun jamiyat yoki aksiyadorlar bilan mulkiy manfaatlar negizida bog‘liq bo‘lmagan auditorlik tashkilotini jalb etishi shart.
(105-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyatning yillik hisoboti aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishi o‘tkaziladigan sanadan kamida 30 kun oldin kuzatuv kengashi tomonidan dastlabki tarzda tasdiqlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
106-modda. Jamiyat hujjatlarini saqlab qo‘yish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamiyatning ustavini, ustavga kiritilgan, belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan o‘zgartishlar va qo‘shimchalarni, jamiyatni tuzish to‘g‘risidagi qarorni, jamiyat davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomani;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamiyatning o‘z balansidagi mol-mulkka bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi va jamiyatni boshqarishning boshqa organlari tasdiqlaydigan hujjatlarni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamiyatning filiali yoki vakolatxonasi haqidagi nizomni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yillik moliya hisobotini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aksiyalar emissiyasi ma’lumotnomasini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buxgalteriya hisob-kitobiga doir hujjatlarni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli organlarga taqdim etiladigan moliya hisobotiga doir hujjatlarni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi, kuzatuv kengashi, taftish komissiyasi va kollegial ijroiya organi (boshqaruv, direksiya) majlislarining bayonnomalarini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamiyat affillangan shaxslarining ularga qarashli aksiyalar soni va turlarini ko‘rsatgan holda tuzilgan ro‘yxatlarini;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
markaziy ro‘yxatdan o‘tkazuvchi vazifasini bajaruvchi Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysidan olingan jamiyatlar aksiyadorlari reyestrlarini;
(106-modda O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi O‘RQ-183-sonli Qonuni asosida o‘n ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taftish komissiyasining, auditorning, davlat moliya nazorati organlarining xulosalarini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamiyat ustavida, jamiyat boshqaruv organlarining qarorlarida nazarda tutilgan boshqa hujjatlarni, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hujjatlarni saqlab qo‘yishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
107-modda. Jamiyatning aksiyadorlarga axborot taqdim etishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat ushbu Qonun 106-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlardan aksiyadorlar foydalana olishlari uchun imkoniyat ta’minlab beradi, buxgalteriya hisob-kitobiga doir hujjatlar va jamiyatning kollegial ijroiya organi majlislarining bayonnomalari bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat aksiyadorning talabiga binoan unga ushbu Qonunda nazarda tutilgan hujjatlarning nusxasini haq evaziga berishi shart. Haq miqdori jamiyat tomonidan belgilanadi hamda hujjatlarning nusxalarini tayyorlashga ketadigan xarajatlar qiymatidan va hujjatlarni pochta orqali jo‘natish xarajatlaridan ortib ketmasligi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
108-modda. Axborotni e’lon qilishning shartligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aksiyadorlik jamiyati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda axborotni oshkor qilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aksiyadorlik jamiyati, shu jumladan yopiq aksiyadorlik jamiyati emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarni ommaviy joylashtirgan taqdirda, bu xususdagi axborotni qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi belgilagan hajmda va tartibda e’lon qilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aksiyadorlik jamiyatining ushbu Qonunda nazarda tutilgan axborotini e’lon qilishni ommaviy axborot vositalari tomonidan asoslantirilmagan ravishda rad etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat mulkini tasarruf etishga vakolatli organ davlatga tegishli aksiyalar realizatsiya qilinishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ommaviy axborot vositalarida e’lon qiladi.
(108-modda O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi O‘RQ-183-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
109-modda. Jamiyatning affillangan shaxslari to‘g‘risidagi axborot
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaxs qonun hujjatlariga muvofiq affillangan deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyatning affillangan shaxslari jamiyatning o‘zlariga qarashli aksiyalari to‘g‘risida ularning soni va turlarini ko‘rsatgan holda aksiyalar sotib olingan sanadan e’tiboran kechi bilan 10 kun ichida jamiyatni yozma ravishda xabardor qilishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar affillangan shaxsning aybi bilan mazkur axborotning taqdim etilmaganligi yoki o‘z vaqtida taqdim etilmaganligi natijasida jamiyatga mulkiy zarar yetkazilgan bo‘lsa, affillangan shaxs jamiyat oldida o‘zi yetkazgan zarar miqdorida javobgar bo‘ladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat o‘zining affillangan shaxslari hisobini yuritishi va ular to‘g‘risida qonun hujjatlarining talablariga muvofiq hisobot taqdim etishi shart. Ochiq aksiyadorlik jamiyati affillangan shaxslar ro‘yxatini ularga tegishli aksiyalar soni va turlarini ko‘rsatgan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda har yili e’lon qilishi shart.
(109-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi O‘RQ-183-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
XII BO‘LIM. JAMIYAT FAOLIYATINI NAZORAT QILISh
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
110-modda. Taftish komissiyasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyatning moliya-xo‘jalik faoliyatini nazorat qilish uchun jamiyat ustaviga muvofiq aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi taftish komissiyasini saylaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat taftish komissiyasining vakolatlari ushbu Qonun va jamiyat ustavi bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat taftish komissiyasi faoliyatining tartibi aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tomonidan tasdiqlanadigan nizomda belgilab qo‘yiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyatning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish (taftish qilish) bir yillik yoki boshqa davr ichidagi faoliyat yakunlari bo‘yicha taftish komissiyasining tashabbusiga binoan, aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining, kuzatuv kengashining qaroriga yoki jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining hammasi bo‘lib kamida o‘n foiziga egalik qiluvchi aksiyadorning (aksiyadorlarning) talabiga binoan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat taftish komissiyasining talabiga binoan jamiyatning boshqaruv organlaridagi mansabdor shaxslar moliya-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risidagi hujjatlarni taftish komissiyasiga taqdim etishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyatning taftish komissiyasi ushbu Qonunning 72-moddasiga muvofiq aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi chaqirilishini talab qilishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat taftish komissiyasining a’zolari bir vaqtning o‘zida jamiyat kuzatuv kengashining a’zosi bo‘lishlari, shuningdek jamiyatning boshqaruv organlarida boshqa lavozimlarni egallashlari mumkin emas. Kuzatuv kengashining a’zolariga yoki boshqaruv organlaridagi mansabdor shaxslarga qarashli aksiyalar jamiyat taftish komissiyasi a’zolarini saylash chog‘ida ovoz berishda ishtirok etishi mumkin emas.
(110-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1101-modda. Ichki audit xizmati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aktivlarining balans qiymati bir milliard so‘mdan ko‘p bo‘lgan jamiyatda ichki audit xizmati tashkil etiladi. Ichki audit xizmati jamiyatning kuzatuv kengashiga hisobdordir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki audit xizmati jamiyatning ijroiya organi, vakolatxonalari va filiallari tomonidan qonun hujjatlariga, ta’sis hujjatlari va boshqa hujjatlarga rioya etilishini, buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotlarda ma’lumotlarning to‘liq hamda to‘g‘ri aks ettirilishi ta’minlanishini, xo‘jalik operatsiyalarini amalga oshirishning belgilangan qoidalari va tartib-taomillariga rioya etilishini, aktivlarning saqlanishini, shuningdek jamiyatni boshqarish yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan talablarga rioya etilishini tekshirish va bu borada monitoring olib borish orqali jamiyatning ijroiya organi, vakolatxonalari va filiallari ishini nazorat qiladi hamda baholaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki audit xizmati o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibga muvofiq amalga oshiradi.
(1101-modda O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 23-iyuldagi O‘RQ–104-sonli Qonuni bilan kiritilgan — O‘R QHT, 2007-y., 29-30-son, 297-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
111-modda. Auditorlik tashkiloti
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Auditorlik tashkiloti jamiyat bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jamiyatning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshiradi va unga auditorlik xulosasi taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Auditorlik tashkiloti jamiyatning moliyaviy hisoboti va moliyaga doir boshqa axborotlar haqida noto‘g‘ri yakun bayon etilgan auditorlik xulosasi tuzganlik oqibatida yetkazilgan zarar uchun jamiyat oldida javobgar bo‘ladi.
(111-modda O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ustav fondidagi davlat ulushi ellik foizdan ko‘p bo‘lgan jamiyatlarda auditorlik tekshiruvi o‘tkazish uchun auditorlik tashkilotini tanlash O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan ro‘yxat bo‘yicha tanlov asosida amalga oshiriladi.
(111-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 20-yanvardagi O‘RQ-365-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 4-son, 45-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
112-modda. Taftish komissiyasi xulosasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyatning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish yakunlariga ko‘ra taftish komissiyasi xulosa tayyorlaydi, bu xulosada:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hisobotlarda va jamiyatning boshqa moliya hujjatlarida aks ettirilgan ma’lumotlar qay darajada to‘g‘riligiga baho beriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buxgalteriya hisobini yuritish va moliya hisobotini taqdim etish tartibi, shuningdek moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish chog‘ida qonun hujjatlari buzilganligi to‘g‘risida axborot beriladi.
(112-moddaning nomi va birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
XIII BO‘LIM. YAKUNLOVChI QOIDALAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
113-modda. Aksiyadorlar huquqlari va manfaatlarining kafolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat aksiyadorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini kafolatlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyatning xo‘jalik va boshqa faoliyatiga davlat organlari va boshqa organlarning aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Ularning qonunsiz xatti-harakatlari ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
114-modda. Aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish institutlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aksiyadorlarning huquqlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Qonunda belgilangan va ustavda nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarish orqali emitent (aksiyadorlik jamiyati boshqaruv organlari);
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlariga muvofiq qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari va fond birjalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilarining ko‘ngilli birlashmalari;
(114-modda birinchi qismining uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 9-sentabrdagi O‘RQ-216-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 37-son, 403-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sug‘urta tashkilotlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi;
(114-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi O‘RQ-183-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
auditorlik tashkilotlari;
(114-moddaning birinchi qismi yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan himoya qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aksiyadorlar va qimmatli qog‘ozlar bozorining boshqa subyektlari o‘rtasida kelib chiqadigan nizolar sud tartibida hal etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
115-modda. Aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish usullari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquqni tan olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquq buzilguniga qadar mavjud bo‘lgan holatni tiklash va huquqni buzuvchi yoki huquqni buzish tahdidini soluvchi xatti-harakatlarning oldini olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bitimni haqiqiy emas deb topish va uning haqiqiy emasligi oqibatlarini qo‘llash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘zini o‘zi himoya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
natura holida ijro etishga hukm qilish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zararlarni qoplatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
neustoyka undirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ma’naviy zarar uchun tovon undirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquqiy munosabatlarni to‘xtatish yoki o‘zgartirish orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aksiyadorlar o‘zlarining qonuniy huquqlarini himoya qilish uchun ixtiyoriy asosda jamoat birlashmalariga uyushishga haqlidirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa usullar bilan ham amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
116-modda. Davlat tasarrufidan chiqarilayotgan korxona aksiyalarining birlamchi emissiyasi chog‘ida mehnat jamoasi a’zolarining huquqlarini himoya qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilayotgan davlat korxonasi mehnat jamoasi a’zolarining aksiyalarni sotib olishdan iborat huquqlarini himoya qilish qonun hujjatlari bilan ta’minlanadi. Mehnat jamoasi a’zolari orasida joylashtirilishi lozim bo‘lgan aksiyalar ulushining miqdori har bir alohida holatda davlat mulkini tasarruf etish vakolati berilgan organ tomonidan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
117-modda. Qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilarining mas’uliyati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari, fond birjalari va boshqalarning mas’uliyati qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
(117-modda O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 9-sentabrdagi O‘RQ-216-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 37-son, 403-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
118-modda. Xalqaro shartnomalar va bitimlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va bitimlarida O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma yoki bitim qoidalari qo‘llaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1996-yil 26-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
223-I-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 61-modda; 1997-y., 2-son, 56-modda; 1998-y., 3-son, 38-modda; 9-son, 181-modda; 1999-y., 9-son, 229-modda; 2001-y., 1-2-son, 23-modda; 2003-y., 1-son, 8-modda; 9-10-son, 149-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 14-son, 110-modda; 2007-y., 29-30-son, 297-modda, 50-51-son, 506-modda, 514-modda, 52-son, 533-modda; 2008-y., 39-son, 392-modda; 2008-y., 52-son, 513-modda; 2009-y., 15-son, 176-modda, 37-son, 403-modda; 2010-y., 37-son, 315-modda; 2014-y., 4-son, 45-modda)