1-ILOVA
|
T/r |
Audit tadbiri oʻtkaziladigan vazirlik |
Oʻtkaziladigan audit turi |
|
1. |
Sogʻliqni saqlash vazirligi |
moliyaviy audit |
|
2. |
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi |
samaradorlik auditi |
|
3. |
Suv xoʻjaligi vazirligi |
samaradorlik auditi |
|
4. |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
muvofiqlik auditi |
2-ILOVA
Rais | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Raisning birinchi oʻrinbosari | Rais oʻrinbosari | Rais oʻrinbosari | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash xarajatlarini audit qilish shoʻbasi 8 | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlarini bajarishda ijro intizomiga rioya etilishini nazorat qilish shoʻbasi 9 | Davlat moliyaviy nazorati organlari va ichki audit xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda tashqi audit metodologiyasi shoʻbasi 8 | Tashkiliy-nazorat va axborot-tahlil shoʻbasi 8 | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Huquqiy taʼminot va xalqaro aloqalar shoʻbasi 4 | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Iqtisodiyot, davlat investitsiya dasturlari va jamoat tashkilotlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash xarajatlarini audit qilish shoʻbasi 7 | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Davlat qarzi mablagʻlari hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalarning maqsadga muvofiqligi hamda asosliligini baholash, loyihalarga ajratilgan mablagʻlarning sarflanishi va ularning natijadorligini audit qilish shoʻbasi 7 | Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish shoʻbasi 3 | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Kadrlar bilan ishlash shoʻbasi 2 | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Budjet jarayonining ochiqligini taʼminlash tartibiga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish shoʻbasi 3 | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, adliya, prokuratura, sudlar va boshqa xarajatlarni audit qilish shoʻbasi 7 | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Rejim xizmati shoʻbasi 1 | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Pul-kredit va valyuta siyosatini, oltin-valyuta zaxiralarining boshqarilishini, shuningdek qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan amalga oshirilayotgan operatsiyalarni tashqi auditdan oʻtkazish shoʻbasi 4 | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Masofaviy nazoratni amalga oshirish va xavflarni baholash axborot-tahlil shoʻbasi 6 | Moddiy taʼminot va buxgalteriya shoʻbasi 2 | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Davlat xaridlari qonuniyligini nazorat qilish shoʻbasi 5 | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Axborot tizimlari mutaxassisi 2 | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining shakllantirilishi va ijro etilishini nazorat qilish shoʻbasi 8 | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Matbuot kotibi 1 | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Davlat aktivlarini samarali boshqarilishini nazorat qilish shoʻbasi 4 | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Iqtisodiyotda yashirin aylanmani qisqartirish va budjet daromadlarining qoʻshimcha manbalarini aniqlash shoʻbasi 7 | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
3-ILOVA
1. | A.M. Boboyev | — | Hisob palatasi raisi, Muvofiqlashtiruvchi kengash raisi |
2. | J.A. Qoʻchqorov | — | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri, Muvofiqlashtiruvchi kengash raisi oʻrinbosari |
3. | Lavozimi boʻyicha | — | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy siyosat boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari |
4. | K.K. Mardonov | — | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti boshligʻining birinchi oʻrinbosari |
5. | A.D. Tashkulov | — | adliya vaziri |
6. | A.E. Burxanov | — | Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori |
7. | S.I. Samadov | — | Bosh prokuror oʻrinbosari |
8. | Lavozimi boʻyicha | — | Bosh prokuror oʻrinbosari — Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻi |
9. | M.M. Tulaxodjayeva | — | Oʻzbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi raisi |
10. | N.F. Karimov | — | Oʻzbekiston auditorlar palatasi raisi |
11. | M.R. Abdullayev | — | Hisob palatasi raisining birinchi oʻrinbosari |
12. | Lavozimi boʻyicha | — | Hisob palatasi raisi oʻrinbosari |
13. | Lavozimi boʻyicha | — | Hisob palatasi raisi oʻrinbosari, Muvofiqlashtiruvchi kengash kotibi |
4-ILOVA
|
T/r |
Chora-tadbirlar nomi |
Amalga oshirish shakli |
Ijro muddatlari |
Masʼul ijrochilar |
|
I. Davlat moliyaviy nazorati sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish | ||||
|
1. |
Hisob palatasiga yuridik shaxs maqomi berilayotganligi munosabati bilan Hisob palatasi faoliyatini tartibga solish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish. |
Qonun loyihasi |
2021-yil dekabr |
Hisob palatasi (Turabov) |
|
2. |
Tashqi audit faoliyatida masofaviy nazorat va risk tahlilini amalga oshirish hamda baholashning quyidagilarni nazarda tutuvchi tartibini ishlab chiqish: tashqi audit faoliyatida masofaviy nazoratlar oʻtkazish; davlat moliyaviy nazoratida risk tahlilini amalga oshirish; tashqi manba maʼlumotlarini kengaytirish, vazirlik va idoralarning axborot tizimlaridan foydalanish koʻlamini oshirish. |
Normativ-huquqiy hujjat |
2021-yil dekabr |
Hisob palatasi (Turabov) |
|
3. |
Davlat moliyaviy nazorati organlari tomonidan shakllantiriladigan nazorat ishlarining yillik dasturlarini navbatdagi yil uchun nazorat obyektlari va shakllari kesimida hamda kelgusi ikki yilga nazorat tadbirlarining moʻljallari asosida tuzish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash. Bunda mavzuli nazorat oʻtkaziladigan obyektlar ham nazarda tutiladi. |
Qoʻshma qaror loyihasi |
2021-yil dekabr |
Hisob palatasi (Turabov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Adliya vazirligi (Davletov) |
|
4. |
Budjet intizomi buzilishi holatlarining tahlilini amalga oshirish hamda ularni sodir etish shart-sharoitlarini bartaraf etish boʻyicha takliflar tayyorlash maqsadida ushbu sohadagi huquqbuzarlik turlarining tasnifini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Qoʻshma qaror loyihasi |
2022-yil aprel |
Hisob palatasi (Turabov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Adliya vazirligi (Davletov) |
|
5. |
Hisob palatasiga birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi maqomini berish. Bunda Davlat budjetini shakllantirishda Hisob palatasiga ajratiladigan budjet mablagʻlarining cheklangan miqdorlari Hisob palatasi taqdim etgan taklifda koʻrsatilgan miqdordan kam boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
Doimiy ravishda |
Moliya vazirligi (Ishmetov), Hisob palatasi (Turabov) |
|
II. Davlat moliyaviy nazoratida axborot texnologiyalaridan foydalanishni kengaytirish | ||||
|
6. |
Quyidagi texnik imkoniyatlarga ega boʻlgan “Davlat auditi” dasturini ishga tushirish: barcha davlat moliyaviy nazorati tadbirlari, shu jumladan ichki audit xizmatlarining audit tadbirlarini roʻyxatga olish; davlat moliyaviy nazorati organlari nazorat ishlarining yillik dasturi, har bir nazorat tadbirini oʻtkazish rejasi va ularning natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni (davlat siri yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlar bundan mustasno) joylashtirish; davlat dasturlari va budjet xarajatlarining samaradorlik indikatorlari hamda “natijaga yoʻnaltirilgan budjet” tizimida belgilangan maqsadli koʻrsatkichlar bajarilishi toʻgʻrisidagi axborotlarni eʼlon qilib borish; davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyatining samaradorligini jamoatchilik tomonidan baholash; fuqarolar ishtirokidagi audit tizimida amalga oshiriladigan nazorat tadbirlarini shakllantirish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2022-yil 1-yanvar |
Hisob palatasi (Turabov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sadikov) |
|
7. |
Budjet toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishi sodir etilganligi xavfi mavjudligini aniqlashga qaratilgan masofaviy nazorat oʻtkazish uchun yagona dasturiy majmua yaratish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2022-yil yanvar |
Hisob palatasi (Turabov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sadikov) |
|
8. |
Budjet tashkilotlari xodimlariga har oyda ularning ish haqi toʻgʻrisida SMS xabarnoma yuborish tizimini joriy etish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2021-yil oktabr |
Moliya vazirligi (Ishmetov) |
|
Bunda: |
||||
|
Moliya vazirligining axborot tizimida xodimlarning mobil telefon raqami kiritganligi xatlovdan oʻtkaziladi; |
2021-yil sentabr | |||
|
SMS xabarnoma joʻnatish xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti hisobidan moliyalashtiriladi. |
Doimiy ravishda | |||
|
9. |
Qurilish obyektlari va bajarilgan qurilish ishlari hajmi toʻgʻrisidagi quyidagi hujjatlarni (maʼlumotlarni) “Shaffof qurilish” axborot tizimida shakllantirish va yuritish tartibini joriy etish: obyektlarning manzilli roʻyxatini elektron tarzda shakllantirish va tasdiqlash modulini yaratish; obyektda bajarilgan ishlar, shuningdek, materiallar sarfi toʻgʻrisidagi smeta va uning ijrosi hisobini yuritish; bajarilgan ishlar hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni texnik auditorlar tomonidan kiritib borilishini yoʻlga qoʻyish; investitsiya dasturlariga hamda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlariga kiritiladigan obyektlar roʻyxatini shakllantirish (har bir loyihaga alohida identifikatsiya raqami beriladi); |
Vazirlar Mahkamasi qarori |
2021-yil sentabr |
Qurilish vazirligi (Zokirov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (Boboyev), Moliya vazirligi (Ishmetov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sadikov) |
|
obyektlar qurilishini “Shaffof qurilish” axborot tizimidan olingan maʼlumotlar asosida moliyalashtirish tizimini yoʻlga qoʻyish maqsadida, uni Moliya vazirligining axborot tizimi bilan integratsiya qilish. |
Dasturiy taʼminotni takomillash-tirish |
2022-yil yanvar | ||
|
10. |
Moliya vazirligining axborot tizimini quyidagilar orqali takomillashtirish: |
Moliya vazirligi (Ishmetov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Xusanov), Ichki ishlar vazirligi (Bobojonov), Adliya vazirligi (Davletov), Davlat soliq qoʻmitasi (Kudbiyev), Davlat bojxona qoʻmitasi (Azimov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Toshqulov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sadikov) | ||
|
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (“Yagona milliy mehnat tizimi”), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (“Oliy taʼlim” axborot tizimi), Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va boshqa davlat organlarining axborot tizimlari bilan “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali integratsiya qilish; |
Dasturiy taʼminotni takomillash-tirish |
2021-yil oktabr | ||
|
raqamli markirovkalash axborot tizimlari bilan integratsiya qilish orqali dori vositalari, tibbiy buyumlar va maishiy texnikalarning hisobini yuritish; |
Dasturiy taʼminotni takomillash-tirish |
2022-yil aprel | ||
|
Moliya vazirligining axborot tizimida buxgalteriya hisobiga oid qogʻoz shaklda rasmiylashtiriladigan barcha turdagi hujjatlarning nusxalarini skanerlangan holda kiritish va ulardan masofaviy nazorat tadbirlarida foydalanish; |
Dasturiy taʼminotni takomillash-tirish |
2021-yil oktabr | ||
|
barcha budjet tashkilotlari uchun yillik xarajatlar smetalarini elektron tarifikatsiya va shtatlar jadvali asosida shakllantirish, shuningdek, ularni ish haqi toʻlash moduliga bogʻlash; |
Dasturiy taʼminotni takomillash-tirish |
2021-yil oktabr | ||
|
budjet tashkilotining xodimlar bilan ishlash boʻlinmasi (yoki uning vazifasi yuklatilgan xodim) tomonidan barcha xodimlarning foydalanilgan ish vaqti hisobi va ish haqi hisoblash tabellari, ishga qabul qilish va boʻshatish toʻgʻrisidagi buyruqlardan koʻchirma hamda boshqa (JSHSHIR, jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻi, pasport maʼlumotlari va boshqalar) maʼlumotlarni “UzASBO” dasturiy majmuasiga kiritish va doimiy yangilab borish tizimini joriy etish. |
Idoraviy normativ-huquqiy hujjat |
2021-yil sentabr | ||
|
III. Davlat moliyaviy nazorati va ichki audit taʼlim yoʻnalishlarida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va oliy taʼlim sifatini oshirish | ||||
|
11. |
Xorijiy hamda xalqaro ekspert va mutaxassislar ishtirokida davlat moliyaviy nazorati sohasida mahorat darslari, treninglar va malaka oshirish kurslari, shuningdek, ilmiy-amaliy konferensiyalar va seminarlar oʻtkazish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
Har yili |
Hisob palatasi (Turabov), Moliya vazirligi (Ishmetov) |
|
12. |
Nazorat obyektlarida oʻrganiladigan savollar, tadbirning predmeti, maʼlumotlarni jamlash, tahlil oʻtkazish va xulosalarni tuzish tartiblarini ishlab chiqish, shuningdek, xodimlarning ushbu sohadagi bilim va koʻnikmalarini oshirish maqsadida moliyaviy, samaradorlik va muvofiqlik auditlarini dastlabki bosqichini oʻtkazish uchun xorijiy yetakchi auditorlik tashkilotlarining ekspert va mutaxassislarini jalb etish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2022-yil I chorak |
Hisob palatasi (Turabov), Moliya vazirligi (Ishmetov) |
|
13. |
Hisob palatasi xodimlarini xalqaro malaka sertifikatini olish uchun maxsus oʻquv kurslarida oʻqitish hamda Hisob palatasiga kelgusida xalqaro malaka sertifikatiga ega boʻlgan xodimlarni ishga jalb qilish choralarini koʻrish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
Doimiy ravishda |
Hisob palatasi (Turabov) |
|
14. |
Oliy taʼlim muassasalarida davlat moliyaviy nazorati organlarining mansabdor shaxslari tomonidan budjet nazorati va auditga ixtisoslashgan yoʻnalishlarda tahsil olayotgan talabalar uchun amaliy darslar oʻtish amaliyotini yoʻlga qoʻyish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2021/2022 oʻquv yildan boshlab |
Hisob palatasi (Turabov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Toshqulov) |
|
15. |
Budjet nazorati va auditga ixtisoslashgan yoʻnalishlarda faoliyat koʻrsatayotgan professor-oʻqituvchilar tarkibini ushbu sohadagi yetakchi xalqaro taʼlim muassasalarida tayyorlash va qayta tayyorlash boʻyicha reja-grafik tasdiqlash va uni amalga oshirish choralarini koʻrish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
Har yili |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Toshqulov), Hisob palatasi (Turabov), Moliya vazirligi (Ishmetov) |
5-ILOVA