21.08.2017 yildagi PQ-3231-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 21.08.2017 yildagi PQ-3231-son
Date of entry into force
04.09.2017
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taʼlim va tibbiyot muassasalarini moliyalashtirish mexanizmini hamda davlat moliyaviy nazorati tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taʼlim va tibbiyot muassasalarida budjet jarayonining shaffofligini yanada oshirish va uning ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, budjetdan moliyalashtirish, hisob va hisobot mexanizmini takomillashtirish, vazirlik va idoralarning boʻysunuvidagi muassasalarda budjet intizomini mustahkamlash borasidagi masʼuliyatini oshirish, shuningdek, zamonaviy axborot texnologiyalari va xalqaro eʼtirof etilgan moliyaviy nazorat standartlarini joriy qilish yoʻli bilan budjet qonunchiligini buzish holatlarining oldini olish va profilaktikasiga qaratilgan davlat moliyaviy nazoratining rolini tubdan qayta koʻrib chiqish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Hisob palatasi, Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlimi vazirligi tomonidan kiritilgan takliflar maʼqullansin va 2017-yilning 1-sentabridan boshlab:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir vaqtda oʻzlarining buysunuvidagi quyi muassasalarda buxgalteriya xizmatlari tugatilib, xalq taʼlimi tuman (shahar) boʻlimlarida va tibbiyot birlashmalarida markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari (keyingi oʻrinlarda — markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari deb ataladi);
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasida — soni 3 shtat birligidan iborat ichki audit xizmatlari (keyingi oʻrinlarda — respublika darajasidagi ichki audit xizmatlari deb ataladi);
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-avgustdagi PF-6300-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 06/21/6300/0834-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasining Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boshqarmasida, viloyatlar xalq taʼlimi, sogʻliqni saqlash, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boshqarmalarida hamda Toshkent shahar Xalq taʼlimi, Sogʻliqni saqlash bosh boshqarmalari va Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boshqarmasida soni 1 — 4 shtat birligidan iborat ichki audit xizmatlari (keyingi oʻrinlarda — hududiy ichki audit xizmatlari deb ataladi) tashkil etilsin.
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-avgustdagi PF-6300-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 06/21/6300/0834-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Tashkil etilayotgan xizmatlarning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlarining — markazlashtirilgan tartibda quyi muassasalarning xarajatlar smetasi tuzilishi va ijro etilishini, ish haqining hisoblanishi va toʻlanishini, tovar, ish va xizmatlarning xarid qilinishini, budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar hisobining yuritilishini taʼminlash, shuningdek, ularning faoliyati profili boʻyicha tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiyasidan tushadigan daromadlar monitoringini yuritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) respublika darajasidagi hamda hududiy ichki audit xizmatlarining — budjet mablagʻlarining noqonuniy sarflanishi va talon-toroj qilinishi holatlarining quyidagi yoʻllar bilan profilaktikasini taʼminlash va ularning oldini olish:
(2-bandning “b” kichik bandi birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-avgustdagi PF-6300-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 06/21/6300/0834-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buysunuvidagi muassasalarda xarajatlar smetasini rejalashtirish va uning ijrosi, budjet hisobining yuritilishi, tender (tanlov) savdolarining oʻtkazilishi va shartnomalar tuzilishi ustidan monitoring qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buysunuvidagi muassasalar va markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari rahbarlariga budjet hisobi va hisoboti tizimini takomillashtirish, asossiz debitor va kreditor qarzdorliklarga yoʻl qoʻymaslik, budjet intizomini mustahkamlash, budjet mablagʻlaridan foydalanish, shu jumladan tovarlar, ish va xizmatlarni xarid qilish samaradorligini oshirish, shuningdek, markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlarining xodimlari tarkibini mustahkamlash masalalari boʻyicha tavsiyalar tayyorlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunni buzish holatlarini, ularni sodir etishga imkoniyat yaratuvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisida quyi muassasalarga bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar kiritish.
(2-bandning “b” kichik bandi toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-avgustdagi PF-6300-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 06/21/6300/0834-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika darajasidagi hamda hududiy ichki audit xizmatlarining shtat birliklari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalarida qisqartirilayotgan shtat birliklari hisobidan joriy etiladi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-avgustdagi PF-6300-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 06/21/6300/0834-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika darajasidagi hamda hududiy ichki audit xizmatlarining xodimlari tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi va Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining birinchi rahbarlari buyruqlari bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-avgustdagi PF-6300-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 06/21/6300/0834-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika darajasidagi ichki audit xizmatlarining rahbarlari ijtimoiy-maishiy va tibbiy xizmat koʻrsatish shart-sharoitlari boʻyicha tegishli vazirlik va idoralar boshqarma boshliqlariga, hududiy ichki audit xizmatlarining rahbarlari esa boʻlim boshliqlariga tenglashtiriladi.
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-avgustdagi PF-6300-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 06/21/6300/0834-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-fevraldagi PQ-128-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2022-y., 07/22/128/0131-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-fevraldagi PQ-128-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2022-y., 07/22/128/0131-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-avgustdagi PF-6300-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 06/21/6300/0834-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi yozma soʻroviga koʻra davlat moliyaviy nazorati sohasida unga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan bank va tijorat sirini tashkil etuvchi budjet tashkilotlari hamda budjet mablagʻlari oluvchilar haqidagi maʼlumotlar taqdim etib borilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. “Oʻzbekiston Respublikasi Tovar-xomashyo birjasi” AJ Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasiga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti, davlat maqsadli va boshqa jamgʻarmalari mablagʻlarining ishlatilishi ustidan davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirish uchun davlat va korporativ xaridlar boʻyicha maxsus axborot portalining yopiq qismidan foydalanishga ruxsat bersin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi markaziy apparati tarkibida vazirlikning umumiy cheklangan xodimlari soni doirasida Budjetni tuzish va gʻaznachilik ijrosi, ichki audit va moliyaviy nazorat metodologiyasi boshqarmasi tashkil qilinsin, uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilgʻor xalqaro tajriba asosida budjet mablagʻlaridan foydalanish natijadorligini, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining oʻzini oʻzi taʼminlashi, shuningdek, mahalliy hokimiyat organlarining budjet daromadlari bazasini kengaytirish va mablagʻlaridan oqilona foydalanish boʻyicha manfaatdorligini oshirishga qaratilgan yoʻnalishlarda budjet jarayoni metodologiyasini takomillashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda budjet hisobi va hisoboti tizimini yanada takomillashtirish, budjet tizimi budjetlari gʻazna ijrosi va davlat moliyaviy nazorati tizimini rivojlantirish;
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-avgustdagi PF-6300-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 06/21/6300/0834-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi (U.I. Inoyatov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (A.K. Shadmanov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I.U. Majidov) oʻzlarining boʻysunuvidagi muassasalarning xarajatlar smetasi va ular ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarni, shuningdek, tovarlar (ish va xizmatlar)ni xarid qilish boʻyicha tuzilgan shartnomalarning roʻyxatlarini rasmiy saytlarida eʼlon qilinishini taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi (U.I. Inoyatov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (A.K. Shadmanov), Moliya vazirligi (B.A. Xoʻjayev):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatining Nizomini, ularning namunaviy shtatlar jadvalini va xodimlarning tarif razryadlarini ishlab chiqsinlar va belgilangan tartibda tasdiqlasinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
joriy yilning 26-avgustiga qadar muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda xalq taʼlimi va sogʻliqni saqlash muassasalarida markazlashgan holda budjet hisobini yuritish va hisobotini tuzishni tashkil etish boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrilishini taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi va Sogʻliqni saqlash vazirliklarida 3 tadan shtat birligiga, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi va Sogʻliqni saqlash vazirliklarida, viloyatlar xalq taʼlimi, sogʻliqni saqlash boshqarmalarida hamda Toshkent shahar sogʻliqni saqlash, xalq taʼlimi bosh boshqarmalarida 2 — 4 ta shtat birliklariga ega boʻlgan boʻysunuvidagi tashkilot va muassasalarda binolar va inshootlardan toʻgʻri foydalanishni muvofiqlashtirish va monitoringini amalga oshirish boʻlimlarini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari hamda tibbiyot birlashmalarida ular boʻysunuvidagi tashkilot va muassasalarning bino va inshootlarini tegishlicha ekspluatatsiya qilish, suv, elektr energiyasi, gazdan tejamkorlik bilan foydalanish, ularni hisobga olish asbob-uskunalari holatini monitoring qilish uchun mobil harakatdagi boʻlinmalari bilan birga ixtisoslashgan taʼmirlash-ekspluatatsiya boʻlimlarini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangidan tashkil etilayotgan taʼmirlash-ekspluatatsiya boʻlimlariga qoʻshimcha shtatlarni kiritish hamda ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash (maxsus avtotransportlar, uskunalar, kompyuter texnikasi, jihoz va mebellar xarid qilish) boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirish xalq taʼlimi boʻlimlarining tuman (shahar) boʻlimlari hamda tibbiyot birlashmalari va ularning quyi umumtaʼlim maktablari, maktabgacha va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari hamda tibbiyot muassasalarida qisqartirilayotgan buxgalterlar va boshqa xoʻjalik xodimlari (elektriklar, santexniklar), shuningdek, moliya organlarining ishlab chiqarish xodimlari hisobidan amalga oshirilishi yuzasidan qaror qabul qilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Budjet tashkilotlariga faoliyat turi boʻyicha ishlab chiqarilgan tovarlar (ishlar va xizmatlar) realizatsiyasidan tushgan mablagʻlar hisobiga budjetdan tashqari mablagʻlar hisobini yurituvchi buxgalterlar lavozimini joriy etishga ruxsat berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (A.A. Xayitov) Xalq taʼlimi vazirligi (U.I. Inoyatov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (A.K. Shadmanov), Moliya vazirligi (B.A. Xoʻjayev) bilan birgalikda ushbu qarorga muvofiq boʻshayotgan xodimlarni ishga joylashtirishni taʼminlash choralarini koʻrsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri B.A. Xoʻjayev, Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri U.I. Inoyatov, Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 21-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-3231-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-fevraldagi PQ-128-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2022-y., 07/22/128/0131-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-fevraldagi PQ-128-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2022-y., 07/22/128/0131-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-fevraldagi PQ-128-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2022-y., 07/22/128/0131-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-avgustdagi PF-6300-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 06/21/6300/0834-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 35-son, 920-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 06/21/6300/0834-son; 15.02.2022-y., 07/22/128/0131-son)