Indexation by Ceneral legal classifier of legislation branches
Indexation by thematic directory of legislation
Sources of changes
Sources of publication
07.01.2012
11.10.2006
20.01.2001
28.09.1999
08.01.1997
View
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.01.2012
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.03.00 Monopoliyaga qarshi siyosat (shuningdek, 09.02.00.00ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.02.00.00 Raqobat toʻgʻrisida qonunchilik. Tabiiy monopoliyalar / 09.02.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TOVAR BOZORLARIDA MONOPOLISTIK FAOLIYATNI ChEKLASh VA RAQOBAT TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 6-yanvardagi OʻRQ-319-sonli “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. UMUMIY QOIDALAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. Qonunning maqsadi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonun tovar bozorlarida monopolistik faoliyat va insofsiz raqobatning oldini olish, uni cheklash, toʻxtatishning tashkiliy va huquqiy asoslarini belgilab beradi, raqobat munosabatlarining shakllanishi va samarali amal qilishi uchun sharoitlar taʼminlashga qaratilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda. Qonunni tatbiq etish sohasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonun Oʻzbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan chet ellik shaxslar, davlat boshqaruv organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari qatnashadigan tovar bozorlaridagi raqobatga taʼsir koʻrsatuvchi munosabatlarga nisbatan tatbiq etiladi. Qonun mazkur shaxslar va organlarning Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi tegishincha harakatlari yoki tuzayotgan bitimlari Oʻzbekiston Respublikasi tovar bozorlaridagi raqobatning cheklanishiga olib kelayotgan yoki olib kelishi mumkin boʻlgan yoxud boshqa salbiy oqibatlarga sabab boʻlayotgan hollarda ham qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonun ixtirolar, sanoat namunalari, tovar belgilari, seleksiya yutuqlari va mualliflik huquqlarini huquqiy jihatdan himoya qilish normalari bilan tartibga solinadigan munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi, tegishli huquqlardan qasddan foydalanish raqobatning cheklanishiga olib keladigan hollar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mehnat, qimmatli qogʻozlar va moliyaviy xizmat bozorlaridagi monopolistik faoliyat va insofsiz raqobat bilan bogʻliq munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi, bu bozorlarda vujudga keladigan munosabatlar tovar bozorlaridagi raqobatga taʼsir koʻrsatadigan hollar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonun hujjatlarida tabiiy monopoliyalar subyektlari faoliyatini davlat tomonidan qoʻshimcha ravishda tartibga solish nazarda tutilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunning qoidalari tabiiy monopoliyalar subyektlariga nisbatan bu qoidalarning qoʻllanilishi ana shu subyektlarning oʻziga xos vazifalarini bajarishini cheklamaydigan qismigina qoʻllaniladi.
(2-moddaning toʻrtinchi va beshinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi OʻRQ-59-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. Asosiy tushunchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovar — sotish (almashtirish) uchun moʻljallangan faoliyat mahsuli boʻlib, ishlar va xizmatlar ham shunga kiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir-birining oʻrnini bosadigan tovarlar — belgilangan vazifasi, qoʻllanilishi, sifati va texnikaviy tavsiflari, narxi va boshqa jihatlariga koʻra taqqoslanishi mumkin boʻlgan tovarlar guruhi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovar bozori — tovarning Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi yoki uning bir qismidagi muomala doirasi boʻlib, u respublikaning maʼmuriy-hududiy boʻlinishiga mos kelishi yoki mos kelmasligi mumkin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik yurituvchi subyektlar — tovarlar ishlab chiqarish, sotish, sotib olish va xizmatlar koʻrsatish faoliyati bilan shugʻullanuvchi barcha tashkiliy-huquqiy shakldagi yuridik shaxslar, shu jumladan xorijiy yuridik shaxslar, ularning birlashmalari, shuningdek yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan jismoniy shaxslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
raqobat — xoʻjalik yurituvchi subyektlarning musobaqalashuvi boʻlib, bunda ularning mustaqil harakatlari har bir subyekt tomonidan tegishli tovar bozoridagi tovarlar muomalasining umumiy shart-sharoitlariga taʼsir koʻrsatish imkoniyatini cheklaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
insofsiz raqobat — xoʻjalik yurituvchi subyektlarning tadbirkorlik faoliyatida ustunlikni qoʻlga kiritishga qaratilgan, qonun hujjatlariga va ish muomalasi odatlariga zid boʻlgan, ular oʻrtasida musobaqalashuvni istisno etadigan va amalga oshirilishi natijasida xoʻjalik yurituvchi subyektlarga tegishli tovar bozorida tovarlar muomalasining umumiy shart-sharoitlariga taʼsir koʻrsatish imkonini beradigan harakatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ustun mavqe — oʻrnini bosuvchisi boʻlmagan tovar bozorida yoki bir-birining oʻrnini bosadigan tovarlar bozorida xoʻjalik yurituvchi subyektning (bir guruh shaxslarning) oʻziga (oʻzlariga) raqobatni cheklashga hal qiluvchi taʼsir koʻrsatish, boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bozorga kirish erkinligini qiyinlashtirish yoki ularning iqtisodiy faoliyat erkinligini boshqacha tarzda cheklash imkoniyatini beradigan hukmron mavqe. Bozordagi ulushi oltmish besh va undan ortiq foizni tashkil etadigan xoʻjalik yurituvchi subyektning (bir guruh shaxslarning) mavqeyi ustun mavqe deb eʼtirof etiladi.
(3-moddaning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi 832-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shuningdek, xoʻjalik yurituvchi subyektning bozordagi ulushi oʻttiz besh foizdan oltmish besh foizgacha boʻlib, bu hol monopoliyaga qarshi davlat organi tomonidan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik yurituvchi subyektning bozordagi ulushi barqarorligiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bozordagi raqobatchilarga tegishli ulushlarning nisbiy miqdoriga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu bozorga yangi raqobatchilarning kirishi mumkinligiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muayyan tovar bozorini tavsiflovchi boshqa mezonlarga qarab aniqlangan boʻlsa, uning bozordagi mavqeyi ustun mavqe deb hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mutlaq monopoliya — xoʻjalik yurituvchi subyekt tovar bozorida yagona sotuvchi yoki xaridor boʻlgan vaziyat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
monopolistik faoliyat — xoʻjalik yurituvchi subyektlarning, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining monopoliyaga qarshi kurash haqidagi qonun hujjatlariga xilof boʻlgan, raqobatga yoʻl qoʻymaslikka, uni cheklash yoki bartaraf etishga qaratilgan harakatlari yoki harakatsizligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
narx sohasida kamsitish — mahsulot yetkazib beruvchining boshqa sharoitlar teng boʻlgani holda oʻz mahsulotini muayyan bir xaridorga boshqa xaridorlarga nisbatan yuqoriroq yoki pastroq narxda sotishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kamsituvchi shartlar — mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonaning isteʼmolchilarga shartnoma mohiyatiga daxli boʻlmagan turli shartlarni majburan qabul qildirishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
notoʻgʻri taqqoslash — muayyan raqobatchini yoki umuman barcha raqobatchilarni, shuningdek ishlab chiqarilayotgan va (yoki) sotilayotgan tovarlarni boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarning tovarlariga nisbatan yomonlab taqqoslash yoki fikr bildirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
monopol qimmat narx — tovar bozorida ustun mavqega ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektning ishlab chiqarish quvvatlaridan toʻlaligicha foydalanmaslik tufayli qilgan asossiz xarajatlarini qoplash yoki tovar sifatini pasaytirish natijasida qoʻshimcha foyda olish maqsadida tovarga belgilagan narxi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
monopol arzon narx — tovar bozorida xaridor sifatida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyektning sotib olayotgan tovariga qoʻshimcha foyda olish yoki qilingan asossiz xarajatlarni sotuvchi hisobiga qoplash maqsadida belgilaydigan narxi yoxud tovar bozorida sotuvchi sifatida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyektning sotayotgan tovariga ongli ravishda shu tovarni sotishdan zarar koʻradigan darajada belgilaydigan narxi boʻlib, uni belgilash natijasida bozordan raqobatchilarni siqib chiqarish yoʻli bilan raqobat cheklanadi yoki cheklanishi mumkin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaxslar guruhi — shaxslar yigʻindisi, ularga tatbiqan quyidagi bir yoki bir necha shartlar bajariladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bitim yoki kelishib olingan harakatlar natijasida, shu jumladan oldi-sotdi, mol-mulkni ishonchli boshqarish, birgalikdagi faoliyat, topshiriqnoma, ijara shartnomalari asosida yoki boshqa bitimlar asosida hal etuvchi taʼsir koʻrsatish uchun yetarli boʻlgan aksiyalar nazorat paketini yoki ovozlar sonini bevosita yoki bilvosita birgalikda tasarruf etish huquqiga ega boʻlgan shaxs yoki bir necha shaxslar. Bunda yuridik shaxsning ovozlarini bilvosita tasarruf etish deganda bu ovozlarni uchinchi shaxslar orqali amalda tasarruf etish imkoniyati tushuniladi, birinchi shaxs uchinchi shaxslarga nisbatan yuqorida sanab oʻtilgan huquq va vakolatga ega boʻladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki yoki undan ortiq shaxslar oʻrtasida shartnoma tuzilib, unga koʻra shartnoma qatnashchilaridan biri yoki bir qanchasining yoxud boshqa shaxslarning tadbirkorlik faoliyatini yuritish shartlarini belgilash yoinki ular ijroiya organi vazifalarini bajarish huquqi qoʻlga kiritiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaxs yuridik shaxs ijroiya organi va (yoki) direktorlar kengashi (kuzatuv kengashi) tarkibining ellik foizidan ortigʻini tayinlash huquqiga ega boʻladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ayni bir jismoniy shaxslarning oʻzi ikki va undan ortiq yuridik shaxs ijroiya organi va (yoki) direktorlar kengashi tarkibining ellik foizdan ortiqrogʻini tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunning maqsadlarini nazarda tutgan holda shaxslar guruhiga yagona xoʻjalik yurituvchi subyekt deb qaraladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. Xalqaro shartnomalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida tovar bozorlaridagi raqobat va ularda monopolistik faoliyatni cheklash toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, unda xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.02.00.00 Raqobat toʻgʻrisida qonunchilik. Tabiiy monopoliyalar / 09.02.02.00 Monopoliya faoliyati. Raqobatli siyosat]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. MONOPOLISTIK FAOLIYAT
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda. Xoʻjalik yurituvchi subyektning oʻz ustun mavqeyini suiisteʼmol qilishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyektning raqobatni cheklaydigan va (yoki) boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarning manfaatlarini kamsitgan yoxud kamsitishi mumkin boʻlgan quyidagi harakatlari taqiqlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarlarni muomaladan olib qoʻyish, bundan koʻzlangan maqsad yoki erishilgan natija bozorda taqchillikni keltirib chiqarish yoki saqlab turishdan yoxud narxlarni oshirishdan iborat boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
monopol qimmat yoki monopol arzon narxlarni belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kontragentga shartnoma mohiyatiga taalluqli boʻlmagan shartlarni, shu jumladan moliyaviy mablagʻlar, boshqa mol-mulk, mulkiy huquqlarni oʻtkazishga doir asossiz talablarni majburan qabul qildirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kontragentni boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarga nisbatan teng boʻlmagan vaziyatga solib qoʻyadigan kamsituvchi shartlarni shartnomaga kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kontragent tomonidan boshqa tovarlarni sotib olish yoki sotish yoxud kontragentning boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlardan tovarlar sotib olishdan yoki boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarga tovarlar sotishdan oʻzini tiyish sharti bilangina shartnoma tuzishga rozilik berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli tovarni ishlab chiqarish yoki yetkazib berish imkoniyatlari mavjud boʻlgan taqdirda shartnoma tuzishdan asossiz bosh tortish;
(5-moddaning birinchi qismi yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi 832-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bozorga kirishiga toʻsqinlik qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Alohida hollarda xoʻjalik yurituvchi subyektning ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan harakatlari monopoliyaga qarshi davlat organi tomonidan toʻgʻri deb topilishi mumkin, basharti xoʻjalik yurituvchi subyekt oʻz harakatlarining ijobiy samarasi, shu jumladan ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi ijobiy samarasi koʻrib chiqilayotgan tovar bozori uchun salbiy oqibatlardan ortiq boʻlishini isbotlay olsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-modda. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning raqobatni cheklaydigan bitimlari (kelishib qilingan harakatlari)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muayyan tovar bozorida jami oʻttiz besh va undan ortiq foiz ulushga ega boʻlgan oʻzaro raqobatlashayotgan yoki raqobatlashishi mumkin boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning raqobatni cheklab qoʻygan yoki cheklab qoʻyishi mumkin boʻlgan bitimlari (kelishib qilingan harakatlari), shu jumladan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qatʼiy narxlar, tariflar, chegirmalar, ustamalar, qoʻshimcha toʻlovlar yoki ortiqcha narxlar belgilash yoki ularni saqlab turishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
erkin bozor narxlari qaror topishiga toʻsqinlik qilib, ularni sunʼiy ravishda oʻstirish yoki pasaytirishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarish, mahsulot sotish bozorlari va kapital qoʻyilmalar ustidan nazorat oʻrnatishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taklif hajmini sunʼiy ravishda oʻzgartirish maqsadida ishlab chiqarish hajmlarini kelishib olishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
auksionlar, birjalar va boshqa kim oshdi savdolarida narxlarni oshirish, pasaytirish yoki saqlab turishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
narx sohasida kamsitishlarni belgilashga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bozorni hudud boʻyicha, sotuv yoki xarid hajmi, tovarlar xillari boʻyicha, sotuvchilar va xaridorlar, buyurtmachilar doirasi boʻyicha boʻlib olishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muayyan tovarlarning sotuvchilari yoki ularning xaridorlari, buyurtmachilari sifatida boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bozorga kirishini cheklab qoʻyish yoki ularni bozordan chetlatishga qaratilgan bitimlari (kelishib qilingan harakatlari) taqiqlanadi va belgilangan tartibda toʻla yoki qisman haqiqiy emas deb topiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar biri ustun mavqeni egallab turgan, boshqa biri esa uning mahsulot yetkazib beruvchisi yoki xaridori boʻlgan oʻzaro raqobatlashmayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bitimlari (kelishib qilingan harakatlari) raqobatni cheklab qoʻysa yoki cheklab qoʻyishi mumkin boʻlsa, bunday bitimlar (kelishib qilingan harakatlar), shu jumladan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xaridorlar hududi yoki doirasini cheklaydigan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzidan xaridor sotib olgan tovarlarni qayta sotish uchun narxga cheklashlar belgilaydigan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik yurituvchi subyektlarga raqobatchilar ishlab chiqargan tovarlarni sotishni man etadigan bitimlar (kelishib qilingan harakatlar) taqiqlanadi va belgilangan tartibda toʻla yoki qisman haqiqiy emas deb topiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ushbu moddada nazarda tutilgan bitimlari (kelishib qilingan harakatlari) alohida hollarda monopoliyaga qarshi davlat organi tomonidan qonuniy deb hisoblanishi mumkin, basharti xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻz harakatlarining bozorda savdo qilish sharoitlarini yaxshilashga, tovarning raqobatbardoshligini oshirishga koʻmaklashuvchi, xaridorlarga sezilarli naf keltiruvchi ijobiy samarasi koʻrib chiqilayotgan tovar bozori uchun salbiy oqibatlardan ortiq boʻlishini isbotlab bera olsalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik shaxslar birlashmalari (ittifoqlari, uyushmalari), xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlarining uyushmaga kirgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar xoʻjalik faoliyatiga raqobatni cheklaydigan yoxud cheklashi mumkin boʻlgan tarzda aralashishi taqiqlanadi. Ushbu talabni buzish monopoliyaga qarshi davlat organi (oʻz vakolatlari doirasida hududiy organ)ning daʼvosiga binoan yuridik shaxslar birlashmasi (ittifoqi, uyushmasi)ning, xoʻjalik shirkati yoki jamiyatining sud orqali tugatilishiga asos boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-modda. Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining hujjatlari va harakatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlariga quyidagilar taqiqlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
biror-bir faoliyat sohasida yangi xoʻjalik yurituvchi subyektlarni tashkil qilishga cheklashlar joriy etish, shuningdek ayrim faoliyat turlarini amalga oshirish yoki muayyan bir tovarlarni ishlab chiqarishni taqiqlash, qonun hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik yurituvchi subyektga shartnomalar tuzishda kimgadir ustunlik berish, isteʼmolchilarning muayyan doiralariga tovarlarni birinchi navbatda yetkazib berish toʻgʻrisida koʻrsatmalar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
baʼzi bir xoʻjalik yurituvchi subyektlarga ayni bir tovar bozorining oʻzida ishlaydigan boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarga nisbatan ustunlik beruvchi soliq yoki boshqa imtiyozlarni, litsenziyalash boʻyicha huquqlarni asossiz ravishda berib qoʻyish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik yurituvchi subyektlarning aksiyalarini (ulushlarini) sotib olish, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
(7-moddaning birinchi qismi beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi 832-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ayrim xoʻjalik yurituvchi subyektlarning faoliyati uchun boshqa kamsituvchi yoki imtiyozli shart-sharoitlarni belgilash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ayrim hollarda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tabiiy ofatlar, falokatlarning oqibatlarini tugatish hamda kasalliklar tarqalib ketishining oldini olish maqsadida ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatib oʻtilgan mazmundagi qarorlarni qabul qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqaruv organining boshqa bir boshqaruv organi bilan yoxud xoʻjalik yurituvchi subyekt bilan bozorning meʼyorida faoliyat koʻrsatishiga, raqobatni rivojlantirishga toʻsqinlik qiluvchi va isteʼmolchilarning qonuniy manfaatlariga zarar yetkazuvchi bitimlariga (kelishib olingan harakatlariga), shu jumladan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
narxlar yoki tariflarni oshirish, pasaytirish, saqlab turishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bozorni hududiy prinsip boʻyicha, sotuvlar va xaridlar hajmi, tovar xillari yoxud sotuvchilar yoki xaridorlarning, buyurtmachilarning doirasi boʻyicha taqsimlab olishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bozorga kirishini cheklash yoki ularni bozordan chetlatishga qaratilgan bitimlariga (kelishib qilingan harakatlariga) yoʻl qoʻyilmaydi va ular belgilangan tartibda toʻla yoki qisman haqiqiy emas deb topiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik shaxslar va boshqaruv organlarining tovarlar ishlab chiqarish yoki sotishni monopoliyalash maqsadida birlashishi, mavjud davlat boshqaruvi organlariga raqobatni cheklab qoʻyishi mumkin boʻlgan vakolatlarni berish, shuningdek boshqaruv organlarining vazifalarini xoʻjalik yurituvchi subyektlar vazifalari bilan qoʻshib yuborish, xoʻjalik yurituvchi subyektlarga mazkur organlarning vazifalari va huquqlarini, shu jumladan davlat boshqaruvi organlarining vazifalari va huquqlarini berish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-modda. Insofsiz raqobatni taqiqlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Insofsiz raqobatga, chunonchi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektga zarar keltiradigan yoki uning tadbirkorlik obroʻsiga putur yetkazadigan yolgʻon, noaniq yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlarni tarqatishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxsning intellektual faoliyati natijalaridan va ularga tenglashtirilgan individuallashtirish vositalaridan, mahsulotni, xizmatlar bajarishni individuallashtirish vositalaridan qonunsiz foydalanib tovar sotishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarning xususiyati, uni tayyorlash usuli va joyi, isteʼmol xossalari, sifati xususida isteʼmolchilarni chalgʻitishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik yurituvchi subyektning, shu jumladan uning reklama faoliyati jarayonida ham, oʻzi ishlab chiqaradigan yoki sotadigan tovarlarni boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarning tovarlari bilan qoʻpol taqqoslashiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy-texnikaviy, ishlab chiqarish yoki savdo axborotini, shu jumladan tijorat sirini egasining roziligisiz olish, undan foydalanish, uni oshkor etishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangi xoʻjalik yurituvchi subyektning tovarlar va xizmatlar bozoriga kirishini toʻsishga yoʻl qoʻyilmaydi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.02.00.00 Raqobat toʻgʻrisida qonunchilik. Tabiiy monopoliyalar / 09.02.03.00 Monopoliya faoliyati yuzasidan davlat nazorati. Monopoliyaga qarshi davlat organi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. MONOPOLIYAGA QARShI DAVLAT ORGANI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-modda. Monopoliyaga qarshi davlat organining asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar bozorlarida raqobatni rivojlantirishga koʻmaklashish, xoʻjalik yurituvchi subyektlar, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining monopolistik faoliyatini va insofsiz raqobatini cheklash hamda toʻxtatib qoʻyish sohasida davlat siyosatini monopoliyaga qarshi davlat organi olib boradi.
LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-fevraldagi PF-4191-sonli “Monopoliyaga qarshi ishlarni tartibga solish va raqobatni rivojlantirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi monopoliyaga qarshi davlat organi boʻlib hisoblanidi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Monopoliyaga qarshi davlat organi oʻz faoliyatida boshqa boshqaruv organlaridan mustaqildir, uning qarorlari ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Monopoliyaga qarshi davlat organining asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari quyidagilardan iboratdir:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari va isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat mulkini boshqarish davlat organi bilan birgalikda tovar bozorlarida raqobat muhitini yaratishga, monopoliyadan holi qilishning tarmoq va mintaqaviy dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishni muvofiqlashtirishga nisbatan yagona uslubiy yondashuvni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
raqobat va tadbirkorlikni rivojlantirish asosida bozor munosabatlarini shakllantirishga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
monopolistik faoliyatning, xoʻjalik yurituvchi subyektlar tovar bozorlaridagi oʻz ustun mavqeyini suiisteʼmol qilishining oldini olish va unga yoʻl qoʻymaslik, insofsiz raqobatga va isteʼmolchilar manfaatlari kamsitilishiga chek qoʻyish chora-tadbirlarini koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
monopoliyachi birlashmalar (korxonalar)ning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat reyestrini yuritish (bundan keyin reyestr deb ataladi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishda oshkoralikni taʼminlash, iqtisodiyotni monopoliyadan holi qilish, raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishning borishi toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalari, shu jumladan maxsus davriy nashrlar orqali fuqarolarni xabardor qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
monopoliyaga qarshi kurashni tartibga solish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi chet el tajribasini tahlil etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-modda. Monopoliyaga qarshi davlat organining vakolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Monopoliyaga qarshi davlat organi quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovar bozorlarida xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ustun mavqeyi mavjudligini aniqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, xoʻjalik yurituvchi subyektlarga va ularning mansabdor shaxslariga monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari buzilishlarini tugatish yoki bunday buzilishlarning oqibatlarini bartaraf etish toʻgʻrisida, dastlabki holatni tiklash haqida, monopoliyaga qarshi qonun hujjatlariga xilof shartnomalarni bekor qilish yoki oʻzgartirish toʻgʻrisida, monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzuvchi oʻzlari qabul qilgan qarorlarni, hujjatlarni bekor qilish yoki oʻzgartirish toʻgʻrisida bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish va berilgan koʻrsatmalarning ijrosini nazorat qilish;
(10-moddaning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi OʻRQ-59-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlariga oʻzlari qabul qilgan va monopoliyaga qarshi qonun hujjatlariga zid boʻlgan hujjatlarni bekor qilish yoki oʻzgartirish toʻgʻrisida koʻrsatmalar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik yurituvchi subyektlardan monopolistik faoliyat natijasida asossiz olingan daromadni (foydani) olib qoʻyish va jarima solish haqida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qaror qabul qilish;
(10-moddaning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi OʻRQ-59-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari buzilganligi toʻgʻrisida, shu jumladan monopoliyaga qarshi qonun hujjatlariga xilof shartnomalarni toʻla yoki qisman haqiqiy emas deb hisoblash toʻgʻrisida arizalar bilan sudga murojaat qilish, shuningdek monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini qoʻllash va ularni buzish bilan bogʻliq ishlarni sudda koʻrib chiqishda qatnashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzish bilan bogʻliq jinoyat alomatlari boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi masalani hal etish uchun materiallarni tegishli organlarga yuborish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziyalashni joriy etish yoki uni bekor qilish, bojxona tariflarini oʻzgartirish, kvotalar joriy etish yoki ularni bekor qilish, shuningdek soliq imtiyozlari, imtiyozli kreditlar va davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning boshqa turlarini tatbiq etish yoki bekor qilish toʻgʻrisida tegishli organlarga takliflar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini qoʻllash masalalari yuzasidan tushuntirishlar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovar bozorida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning reyestrini shakllantirish tartibini belgilash;
LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining qarori bilan tasdiqlangan “Monopolist birlashmalar (korxonalar) davlat reyestrini tuzish va yuritish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat. № 1064, 15.09.2001-y.).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-iyundagi 105-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi toʻgʻrisida”gi nizom.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-modda. Axborot olish huquqi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Monopoliyaga qarshi davlat organining mansabdor shaxslari xoʻjalik yurituvchi subyektning hududiga kirish hamda soʻrov asosida zarur hujjatlar va maʼlumotlardan foydalanish huquqiga egadir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-modda. Monopoliyaga qarshi davlat organiga axborot taqdim etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar, davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar, ularning rahbarlari, shuningdek mansabdor shaxslar monopoliyaga qarshi davlat organining talabiga binoan unga kerakli hujjatlar va boshqa axborotlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taqdim etishi shart.
(12-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi 832-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13-modda. Monopoliyaga qarshi davlat organining tijorat sirini saqlash borasidagi majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Monopoliyaga qarshi davlat organi ushbu Qonunga muvofiq oʻziga berilgan vakolatlarni amalga oshirish chogʻida olgan tijorat siri hisoblangan maʼlumotlarni oshkor qilmasligi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Monopoliyaga qarshi davlat organi xodimlari tijorat siri hisoblangan maʼlumotlarni oshkor etganlari taqdirda, ular yetkazgan zarar qonun hujjatlariga muvofiq undirib olinishi lozim.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.02.00.00 Raqobat toʻgʻrisida qonunchilik. Tabiiy monopoliyalar / 09.02.03.00 Monopoliya faoliyati yuzasidan davlat nazorati. Monopoliyaga qarshi davlat organi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. RAQOBAT USTIDAN DAVLAT NAZORATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-modda. Xoʻjalik subyektlarini tashkil etish, qayta tashkil etish, tugatish ustidan davlat nazorati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Monopoliyaga qarshi davlat organi quyidagilar ustidan nazoratni amalga oshiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxslar birlashmalarini tashkil etish, qoʻshib yuborish va birlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish va birlashtirish, moliya-sanoat guruhlari, xolding kompaniyalari tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korxonalarni tugatish va boʻlish ustidan, agar bu bozorda ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyektning paydo boʻlishiga olib keladigan boʻlsa, tugatish sudning qonuniy kuchga kirgan qaroriga muvofiq amalga oshirilgan hollar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu modda birinchi qismining uchinchi va toʻrtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda xoʻjalik subyektlarini qoʻshib yuborish, birlashtirish va tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan shaxslar yoki organlar monopoliyaga qarshi davlat organiga quyidagilarni taqdim etadilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik yurituvchi subyektlarni tashkil etish, qayta tashkil etish, tugatishga rozilik berish toʻgʻrisidagi iltimosnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birlashayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlardan har birining asosiy faoliyat turlari, ularning tegishli tovar bozoridagi ulushi va birlashmaga kirishga roziligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Monopoliyaga qarshi davlat organi qaror chiqarish uchun zarur boʻlgan boshqa axborotlarni ham soʻrab olishga haqlidir. Koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni taqdim etish xususiyati va shakllariga qoʻyiladigan talablar monopoliyaga qarshi davlat organi tomonidan tasdiqlanadigan qoidalarda belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Monopoliyaga qarshi davlat organi zarur hujjatlarni olgan vaqtdan boshlab oʻttiz kundan kechiktirmay arizachiga qabul qilingan qaror haqida yozma ravishda maʼlum qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar iltimosnomaning qondirilishi tegishli xoʻjalik yurituvchi subyektning ustun mavqeyi yuzaga kelishi yoki kuchayishiga va (yoki) raqobatni cheklashga olib kelishi mumkin boʻlsa, agar taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish chogʻida ularda bayon etilgan va qaror qabul qilish uchun ahamiyatga ega boʻlgan axborot ishonchsiz boʻlsa, monopoliyaga qarshi davlat organi iltimosnomani rad etishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Monopoliyaga qarshi davlat organi iltimosnomani qondirishni raqobatni taʼminlashga qaratilgan talablarni bajarishga bogʻliq qilib qoʻyishga haqlidir. Bunda mazkur talablar, shuningdek ularni bajarish muddatlari monopoliyaga qarshi davlat organining ushbu modda birinchi qismining uchinchi va toʻrtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan harakatlarni amalga oshirish uchun rozilik berishi toʻgʻrisidagi qarorida aks etmogʻi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar xoʻjalik yurituvchi subyektlarni tashkil etish, qayta tashkil etish, tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilayotgan shaxslar va organlar oʻzlarining harakatlari bozorda savdo sharoitlarini yaxshilashga xizmat qilishini, xaridorlarga sezilarli darajada naf keltirishini isbotlab bersalar, monopoliyaga qarshi davlat organi hatto yuqorida koʻrsatib oʻtilgan noxush oqibatlar yuz berishi mumkin boʻlganida ham iltimosnomani qondirishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik yurituvchi subyektni tashkil etish, qoʻshib yuborish, birlashtirish tegishli xoʻjalik yurituvchi subyektning ustun mavqeyi yuzaga kelishi yoki kuchayishiga yoxud raqobatning cheklanishiga olib kelgan hollarda xoʻjalik yurituvchi subyektning muassislari, qoʻshib yuborish, birlashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan shaxslar yoki organlar monopoliyaga qarshi davlat organining talabiga binoan raqobat uchun zarur sharoitlarni tiklash chora-tadbirlarini koʻrishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu modda birinchi qismining uchinchi va toʻrtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda xoʻjalik yurituvchi subyektlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, shuningdek xoʻjalik yurituvchi subyektlar tugatilishi munosabati bilan ularni reyestrdan chiqarish toʻgʻrisida yozib qoʻyish roʻyxatga oluvchi organ tomonidan faqat monopoliyaga qarshi davlat organining oldindan roziligini olib amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddada belgilangan tartibni buzgan holda yuridik shaxslarni tashkil etish, qoʻshib yuborish yoki birlashtirish, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborib va birlashtirib, moliya-sanoat guruhlari, xolding kompaniyalar tashkil etish, shuningdek ushbu moddaning ikkinchi qismiga muvofiq monopoliyaga qarshi davlat organi qoʻygan talablarni bajarmaslik davlat roʻyxatiga olishni monopoliyaga qarshi davlat organining daʼvosiga binoan sud tartibida haqiqiy emas deb topish uchun asos boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar qoʻshib yuborilgan, birlashtirilgan taqdirda xoʻjalik yurituvchi subyektning muassislari, qoʻshib yuborish, birlashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan shaxslar yoki organlar bu haqda faoliyatning turini, mahsulot ishlab chiqarish va realizatsiya qilish hajmlarini koʻrsatgan holda monopoliyaga qarshi davlat organini oʻn besh kunlik muddat ichida xabardor qilishlari lozim.
(14-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi 832-I-son Qonuniga muvofiq oʻn birinchi qism bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15-modda. Aksiyalar, ulushlar va boshqa mulkiy huquqlarni olish vaqtida monopoliyaga qarshi kurashga doir qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Monopoliyaga qarshi davlat organining oldindan olingan roziligi bilan xoʻjalik yurituvchi subyektning iltimosnomasi asosida quyidagilar amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir shaxsning, bir guruh shaxslarning xoʻjalik yurituvchi subyektning aksiyalarini, ustav kapitalidagi ovoz huquqiga ega boʻlgan ulushlarini olishi, bunda ushbu shaxs, bir guruh shaxslar mazkur aksiyalar, ulushlarning oʻttiz besh foizdan ortigʻini tasarruf etish huquqini oladi. Ushbu talab xoʻjalik yurituvchi subyektni tashkil etish chogʻida uning taʼsis etuvchilariga tatbiq etilmaydi, moliya-sanoat guruhlari, xolding kompaniyalarni tashkil etish hollari bundan mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir shaxsning, bir guruh shaxslarning xoʻjalik yurituvchi subyektning tadbirkorlik faoliyatini olib borish yoxud uning ijroiya organi vazifalarini amalga oshirish shartlarini belgilash imkonini beruvchi huquqlarni olishi, shu jumladan bitimlar, shartnomalar, topshiriqnomalar, kontraktlar vositasida yoki boshqa yoʻllar bilan olishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tegishli bitimda qatnashuvchi shaxslar aktivlarining jami balans qiymati eng kam ish haqining toʻrt ming barobari miqdoridan ortiq boʻlsa yoki bitim qatnashchilaridan biri tovar bozorida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar reyestriga kiritilgan xoʻjalik yurituvchi subyekt boʻlsa yoxud ushbu xoʻjalik yurituvchi subyekt faoliyatini nazorat qiluvchi bir guruh shaxslar sotib oluvchi boʻlsa, ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan bitimlarni tuzish uchun oldindan rozilik olinishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan bitimlarni tuzish uchun shaxslar monopoliyaga qarshi davlat organiga bunday bitimlarni tuzish uchun rozilik berish haqida iltimosnoma taqdim etishlari va qaror chiqarish uchun zarur boʻlgan axborotni maʼlum qilishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar bitim qatnashchilari oʻz harakatlarining bozorda savdo sharoitlarini yaxshilashga, tovarning raqobatbardoshligini oshirishga koʻmaklashuvchi, xaridorlarga sezilarli tarzda naf keltiruvchi ijobiy samarasi koʻrib chiqilayotgan tovar bozori uchun kelib chiqadigan salbiy oqibatlardan ustun boʻlishini isbotlasalar, hatto raqobatni cheklash ehtimoli boʻlgan taqdirda ham monopoliyaga qarshi davlat organi iltimosnomani qondirishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jismoniy shaxs aktivlarining jami balans qiymati eng kam ish haqining ikki ming barobari miqdoridan ortiq boʻlgan ikki va undan ortiq xoʻjalik yurituvchi subyektlarning yoki ayni bir turdagi tovar guruhi boʻyicha reyestrga kiritilgan yoxud ayni bir turdagi ishlab chiqarish-sotish jarayonining turli bosqichidagi tovarlar guruhi boʻyicha reyestrga kiritilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ijroiya organlari, direktorlar kengashlari yoki kuzatuv kengashlarida ishtirok etgan taqdirda bu shaxs koʻrsatilgan organlarga yoki kengashlarga kirgani yoki saylanganidan soʻng oʻn besh kun ichida monopoliyaga qarshi davlat organiga xabar berishi zarur. Monopoliyaga qarshi davlat organiga xabar berilayotganida arizachi unga ariza bilan birga ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan axborotni ham taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddada belgilangan tartibni buzgan holda tuzilgan, ustun mavqening vujudga kelishi yoki kuchayishiga yoki raqobatning cheklanishiga olib keladigan bitimlar yoki harakatlar haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: “Xoʻjalik yurituvchi subyektning 35 foizdan ortiq aksiyalari, ulushlarini olish ustidan nazorat qilish tartibi toʻgʻrisida”gi yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 1896, 05.02.2009-y.).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16-modda. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarni majburiy tarzda boʻlib yuborish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyekt monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzgan taqdirda, monopoliyaga qarshi davlat organi raqobatni rivojlantirish maqsadida uni majburiy tarzda boʻlib yuborish yoki undan tarkibiy boʻlinmalar negizida bir yoki bir necha yuridik shaxsni ajratib chiqarish haqida sudga daʼvo arizasi berishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik yurituvchi subyektni majburiy tarzda boʻlib yuborish quyidagi shartlarning hammasi boʻlganida, yaʼni:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boʻlib yuborilayotgan tarkibiy boʻlinmalar tashkiliy va hududiy jihatdan ajralib chiqishi mumkin boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uning tarkibiy boʻlinmalari oʻrtasida texnologiya jihatidan oʻzaro uzviy bogʻlanish boʻlmaganida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boʻlib yuborish natijasida tarkibiy boʻlinmalar muayyan tovar bozorida mustaqil ishlash imkoniyatiga ega boʻlganida amalga oshirilishi mumkin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.02.00.00 Raqobat toʻgʻrisida qonunchilik. Tabiiy monopoliyalar / 09.02.04.00 Monopoliyaga qarshi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. MONOPOLIYAGA QARShI QONUN HUJJATLARINI BUZGANLIK UChUN JAVOBGARLIK
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17-modda. Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzish oqibatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzgan taqdirda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
monopoliyaga qarshi davlat organining koʻrsatmalarini belgilangan muddatda bajarishlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yetkazilgan zararning oʻrnini qoplashlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq maʼmuriy, jinoiy va boshqa tarzda javobgarlikka tortilishi mumkin.
(17-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi 832-I-son Qonuniga muvofiq ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18-modda. Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzganlik uchun jarimalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Monopoliyaga qarshi davlat organi quyidagi qoidabuzarliklar uchun xoʻjalik yurituvchi subyektlarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jarimalar solishga haqlidir:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari buzilishlarini tugatish, dastlabki holatni tiklash, shartnomalarni bekor qilish yoki oʻzgartirish toʻgʻrisidagi koʻrsatmalarni bajarishdan boʻyin tovlaganlik yoki oʻz vaqtida bajarmaganlik uchun, shuningdek monopoliyaga qarshi davlat organining oldindan roziligini olmay turib, ushbu Qonun 15-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan harakatlarni amalga oshirganlik yoki bitimlar tuzganlik uchun quyidagi miqdorlarda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga va yuridik shaxs boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga — eng kam ish haqining yetmish baravaridan yuz baravarigacha miqdorda va yetkazilgan zararning besh foizi miqdorida, biroq eng kam ish haqining ikki yuz baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy shaxs boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga — eng kam ish haqining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) monopoliyaga qarshi davlat organiga axborot taqdim etmaganlik yoki ataylab notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etganlik uchun quyidagi miqdorlarda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga va yuridik shaxs boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga — eng kam ish haqining oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy shaxs boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga — eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) xoʻjalik yurituvchi subyektlarning raqobatni cheklashga olib kelgan kelishuvi (kelishilgan harakatlari) uchun quyidagi miqdorlarda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxs boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga — eng kam ish haqining oltmish baravaridan sakson baravarigacha miqdorda va yetkazilgan zararning besh foizi miqdorida, biroq eng kam ish haqining yuz ellik baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy shaxs boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga — eng kam ish haqining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jarima solish sud tomonidan, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari yoki xoʻjalik yurituvchi subyekt sodir etilgan huquqbuzarlikdagi aybiga iqror boʻlgan va jarimani ixtiyoriy ravishda toʻlagan taqdirda esa, monopoliyaga qarshi davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jarima davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari yoki xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan monopoliyaga qarshi davlat organining jarima solinganligi toʻgʻrisidagi qarori olingan paytdan eʼtiboran oʻttiz kun muddatda toʻlanadi va budjetga oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik yurituvchi subyektning oxirgi hisobot sanasidagi joriy aktivlari summasining jami yigirma foizidan ortiq miqdorda jarima undirish unga undiriladigan summani undirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran olti oy mobaynida oyma-oy boʻlib toʻlash imkoni berilgan holda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jarima toʻlash monopoliyaga qarshi davlat organining qarori yoki koʻrsatmasini bajarish yoki monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa harakatlarni bajarish majburiyatidan ozod qilmaydi.
(18-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi OʻRQ-59-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19-modda. Xoʻjalik yurituvchi subyektga yetkazilgan zararni toʻlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar davlat boshqaruvi organi yoki mahalliy davlat hokimiyati organi, shu jumladan monopoliyaga qarshi davlat organi tomonidan monopoliyaga qarshi qonun hujjatlariga xilof ravishda qabul qilingan normativ hujjat tufayli xoʻjalik yurituvchi subyektga yoxud boshqa shaxsga zarar keltirilsa, zarar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda toʻlanishi lozim.
(19-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi 832-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar xoʻjalik yurituvchi subyektning monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzuvchi harakati yoki harakatsizligi tufayli boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektga yoxud boshqa shaxsga zarar keltirilgan boʻlsa, u zarar yetkazgan xoʻjalik subyekti tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq toʻlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. MONOPOLIYAGA QARShI DAVLAT ORGANINING QARORLAR QABUL QILIShI, ULAR USTIDAN ShIKOYAT QILISh VA ULARNI IJRO ETISh TARTIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20-modda. Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzganlik toʻgʻrisida monopoliyaga qarshi davlat organi tomonidan ish qoʻzgʻatish va ularni koʻrib chiqish asoslari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Monopoliyaga qarshi davlat organi monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzish faktlarini koʻrib chiqadi hamda ular yuzasidan oʻz vakolatlari doirasida qarorlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzganlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish va ularni koʻrib chiqish uchun monopoliyaga qarshi davlat organining oʻz tekshiruvlari, xoʻjalik yurituvchi subyektlar, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining arizalari hamda prokuraturaning taqdimnomalari asos boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21-modda. Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzganlik toʻgʻrisidagi ishlarni qoʻzgʻatish va koʻrib chiqish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzganlik toʻgʻrisida ishlarni qoʻzgʻatish va koʻrib chiqish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-oktabrdagi 225-sonli qarori bilan tasdiqlangan Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini, tabiiy monopoliyalar, isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish, tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari va reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ish qoʻzgʻatish va ularni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Monopoliyaga qarshi davlat organi tomonidan ishni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha qabul qilingan qaror manfaatdor tomonlarga ushbu qaror qabul qilinganidan soʻng besh kundan kechiktirmay yozma ravishda joʻnatiladi. Qabul qilingan qaror asosida beriladigan koʻrsatma ham xuddi shu muddatda joʻnatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22-modda. Monopoliyaga qarshi davlat organining qarorlarini ijro etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Monopoliyaga qarshi davlat organining qarori (koʻrsatmasi) unda belgilangan muddatda ijro etilishi lozim. Qarorni (koʻrsatmani) belgilangan muddatida ijro etmaslik qonun hujjatlarida nazarda tutilgan oqibatlarga sabab boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23-modda. Monopoliyaga qarshi davlat organining qarorlari ustidan shikoyat qilish tartibi va asoslari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqaruv organlari, xoʻjalik yurituvchi subyektlar, mansabdor shaxslar monopoliyaga qarshi davlat organi qabul qilgan qarordan norozi boʻlganlari taqdirda bunday qarorni toʻla yoki qisman haqiqiy emas deb topish yoxud bekor qilish yoki iqtisodiy jazolarni qoʻllashga doir qarorni oʻzgartirish toʻgʻrisida ariza bilan sudga murojaat qilishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Monopoliyaga qarshi davlat organining qarori (koʻrsatmasi) ustidan ushbu qaror qabul qilingan kundan boshlab bir oy mobaynida shikoyat qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24-modda. Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlariga rioya qilinishi ustidan jamoat nazorati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻz ustavlariga muvofiq raqobatni rivojlantirishga koʻmaklashish va isteʼmolchilarning manfaatlarini monopolistik faoliyatdan himoya qilish maqsadini koʻzlovchi jamoat birlashmalari tegishli organlar bilan birgalikda monopoliyaga qarshi qonun hujjatlariga rioya qilinishi ustidan jamoat nazoratini amalga oshirishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1996-yil 27-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
355-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 54-modda; 1999-y., 9-son, 229-modda; 2001-y., 1-2-son, 23-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 41-son, 405-modda)