O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining markaziy apparati tuzilmasiga qisman o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Mamlakatimiz oliy ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish, ta’lim jarayoniga ilg‘or pedagogik va raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining markaziy apparati tuzilmasiga O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining axborot texnologiyalari va yoshlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi kiritilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi mazkur karordan kelib chiqadigan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan zarur choralarni ko‘rsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 10-fevral,
PQ-4593-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-fevraldagi PQ-4593-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-iyuldagi “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4391-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. 4-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
2. 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi markaziy apparatining
TUZILMASI
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.02.2020-y., 07/20/4593/0174-son)