11.07.2019 yildagi PQ-4391-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 11.07.2019 yildagi PQ-4391-son
Date of entry into force
12.07.2019
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-iyuldagi PF-5763-son “Oliy va oʻrta maxsus taʼlim sohasida boshqaruvni isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-fevraldagi PQ-4593-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.02.2020-y., 07/20/4593/0174-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) oliy taʼlim muassasalarining tuzilmalari tegishli oliy taʼlim muassasalari rektorlari (mahalliy oliy taʼlim muassasalari filiallari direktorlari) tomonidan oliy taʼlim muassasalari uchun belgilangan normativlarga muvofiq boʻysunuvi boʻyicha tegishli vazirlik va idora bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) davlat va davlat ulushi mavjud boʻlgan oliy taʼlim tashkilotining rektori (xorijiy oliy taʼlim tashkiloti filialining mahalliy rektori yoki direktori, ijrochi direktori) boʻysunuvi boʻyicha tegishli vazirlik va idora rahbari tavsiyasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
(7-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-sentabr)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b1) davlat oliy taʼlim tashkilotining filiali direktori oliy taʼlim tashkiloti rektorining tavsiyasiga asosan oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoniga asosan “b1” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-sentabr)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) davlat va davlat ulushi mavjud boʻlgan oliy taʼlim tashkilotining prorektorlari (davlat oliy taʼlim tashkilotining filiali direktorining oʻrinbosarlari, xorijiy oliy taʼlim tashkiloti direktorining oʻrinbosarlari) oliy taʼlim tashkiloti kengashida oʻzining kamida bir yillik dasturini himoya qilish natijasiga koʻra mazkur oliy taʼlim tashkiloti rektori (filiali direktori) tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
(7-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) oliy taʼlim muassasalari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huzuridagi ilmiy-tadqiqot muassasalari, malaka oshirish va qayta tayyorlash muassasalari rahbarlari, akademik litseylar direktorlari, boʻysunuvi boʻyicha tegishli vazirlik va idora bilan kelishilgan holda oliy taʼlim muassasasining rektori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fakultet dekanlari oliy taʼlim muassasasining rektori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga idoraviy mansub tashkilotlar va muassasalar rahbarlari, qonunchilik hujjatlarida boshqacha qoida belgilangan boʻlmasa, oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kasbiy taʼlim agentligi tizimidagi tashkilotlar va hududiy boʻlinmalar birinchi rahbarlari Agentlik direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
(7-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-oktabrdagi PF-190-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.10.2025-y., 06/25/190/0985-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) davlat texnikumlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
direktorlari Kasbiy taʼlim agentligi direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
direktorlarining oʻrinbosarlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kasbiy taʼlim agentligi direktori, viloyatlar va Toshkent shahar kasbiy taʼlim boshqarmalari boshliqlari tomonidan, shuningdek, akademik litsey direktori oʻrinbosarlari oliy taʼlim muassasasi rektori bilan kelishilgan holda akademik litsey direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
(7-bandning “e” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-oktabrdagi PF-190-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.10.2025-y., 06/25/190/0985-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur bandning “a”, “b” va “v” kichik bandlari moliyaviy mustaqillik berilgan oliy taʼlim muassasalariga tatbiq etilmaydi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi PQ-61-sonli qaroriga asosan oʻn beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2021-y., 07/21/61/1195-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
91. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan, shuningdek, davlat oliy taʼlim muassasalariga ularning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan xalqaro eʼtirof etilgan reyting tashkilotlari (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education, Academic Ranking of World Universities) bilan oliy taʼlim muassasasini xalqaro reytingga kiritish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish uchun shartnomalar tuzish huquqi berilsin.
(91-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Vazirlik hamda tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar bilan birgalikda har bir oliy taʼlim muassasasining yoʻnalishi va xususiyatidan kelib chiqqan holda ularning jihozlanishi alohida yondashuvni talab etayotganligini inobatga olib, Investitsiya dasturlari doirasida oʻquv-laboratoriya uskunalari, axborot-kommunikatsiya vositalari va boshqa texnikalar bilan jihozlash uchun ajratiladigan mablagʻlarni toʻgʻridan-toʻgʻri oliy taʼlim muassasalariga moliyalashtirish orqali ular tomonidan oʻrnatilgan tartibda xaridlar amalga oshirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) oliy taʼlim tashkiloti rektori (davlat oliy taʼlim tashkilotining filiali direktori) tomonidan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga qoʻshimcha qabul qilishda tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt miqdori mustaqil belgilanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻlov-kontrakt asosida taʼlim olayotgan talabalar uchun kontrakt toʻlovlarini amalga oshirish muddatlari uzaytiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlim tashkilotini moliyalashtirish va shtat birliklari doirasida professor-oʻqituvchilar va boshqaruv xodimlari soni belgilanadi.
(11-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) mahalliy va xorijiy oliy taʼlim muassasalarining oʻzaro kelishuvi doirasida amalga oshirilayotgan qoʻshma taʼlim dasturlari, jumladan qoʻshma fakultetlarda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabalarni qabul qilish tartibi, toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish qiymati hamda mahalliy va xorijiy professor-oʻqituvchilar mehnatiga haq toʻlash miqdorlari hamkor xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan kelishuv asosida;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻqishga qabul qilish parametrlari, taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklarini tasdiqlash hamkor xorijiy oliy taʼlim muassasalari, boʻysunuvi boʻyicha tegishli vazirlik va idora hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda oliy taʼlim muassasasi tomonidan amalga oshiriladi;
(11-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) talaba-yoshlar oʻrtasida sport musobaqalarini keng ommalashtirish va rivojlantirish maqsadida oliy taʼlim muassasalari sport klublarini saqlash, sport musobaqalari va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini oʻtkazish hamda ishtirokchilarni kiyim-kechak bilan taʼminlashni moliyalashtirish oliy taʼlim muassasalarining toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) davlat-xususiy sheriklik boʻyicha oliy taʼlim muassasalarida talabalar turar joylarini barpo etish loyihalari tadbirkorlik subyektining toʻliq oʻz mablagʻlari hisobidan belgilangan shartlar asosida moliyalashtirilgan hollarda qurilgan bino va inshootlarning (bundan yer maydoni, bino va inshootlarning umumiy foydalanishga moʻljallangan kommunikatsiya tarmoqlari egallagan qismi mustasno) 20 foizidan oshmagan qismi qonunchilikda taqiqlanmagan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish uchun mahalliy xususiy sherikka mulk huquqi asosida oʻtkaziladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-apreldagi PQ-208-sonli qaroriga asosan “g” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2022-y., 07/22/208/0311-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oliy taʼlim tashkilotlari tomonidan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 2027-yil 1-yanvarga qadar laboratoriya toʻplami, jihozlari va uskunalarni taʼlim ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda oʻz tashabbusiga koʻra chet eldagi ishlab chiqaruvchidan (uchinchi shaxslar ishtirokisiz) toʻgʻridan-toʻgʻri xarid qilishga imkoniyat berilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 2026-yil 1-yanvardan 2029-yil 1-yanvarga qadar chetdan olib kelinadigan belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxat boʻyicha, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan laboratoriya toʻplami, jihozlari va uskunalari import bojxona bojidan ozod etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda imtiyoz qoʻllanilgan mazkur tovarlar import qilingan kundan boshlab 3 yil davomida boshqa shaxsga sotilgan yoki oʻtkazilgan yoxud ijaraga berilgan taqdirda, taqdim etilgan imtiyozlar bekor qilinadi hamda bojxona boji belgilangan tartibda toʻliq hajmda import qiluvchidan undirib olinadi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-dekabrdagi PF-250-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2025-y., 06/25/250/1197-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Vazirlik:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toʻgʻrisidagi nizomni Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi K.K. Kuranbayev va Oʻzbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vaziri A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 11-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-4391-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2019-y., 07/19/4391/3411-son; 11.02.2020-y., 07/20/4593/0174-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son, 03.12.2021-y., 07/21/30/1125-son, 25.12.2021-y., 07/21/61/1195-son; 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son; 15.04.2022-y., 07/22/208/0311-son; 16.06.2022-y., 07/22/279/0530-son; 16.06.2022-y., 07/22/283/0537-son; 16.06.2022-y., 07/22/284/0536-son; 03.12.2022-y., 06/22/258/1064-son; 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son; 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son; 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son; 28.10.2025-y., 06/25/190/0985-son; 23.12.2025-y., 06/25/250/1197-son; 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)