13.08.2019 yildagi 669-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 13.08.2019 yildagi 669-son
Date of entry into force
14.08.2019
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Ichki ishlar organlarining xavfsiz turizmni taʼminlash boʻlinmalari tomonidan shartnoma asosida pulli xizmatlar koʻrsatish tartibini belgilash toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Transport va turizm obyektlarida jamoat xavfsizligini taʼminlashning samarali tizimini joriy etishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 6-martdagi PQ-4229-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Transport va turizm obyektlarida jamoat xavfsizligini taʼminlashning samarali tizimini joriy etishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 6-martdagi PQ-4229-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Xavfsiz turizmni taʼminlashni muvofiqlashtirish boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalariga shartnoma asosida turistlar va turistik guruhlarni, shu jumladan, avtotransportda harakatlanish vaqtida kuzatib borish hamda moddiy madaniy meros obyektlarida jamoat tartibini saqlash boʻyicha pulli xizmatlar koʻrsatish huquqi berilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki ishlar organlarining xavfsiz turizmni taʼminlash boʻlinmalari tomonidan shartnoma asosida turistlar va turistik guruhlarni kuzatib borish boʻyicha pulli xizmatlar koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki ishlar organlarining xavfsiz turizmni taʼminlash boʻlinmalari tomonidan shartnoma asosida turizm namoyishi obyektlarida jamoat tartibini saqlash boʻyicha pulli xizmatlar koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki ishlar organlarining xavfsiz turizmni taʼminlash boʻlinmalari tomonidan pulli xizmatlar koʻrsatish tariflarini belgilangan tartibda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Madaniyat vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda turistik faoliyat subyektlari hamda fuqarolar orasida ushbu qarorning mazmuni va mohiyati, amaliy ahamiyatini tushuntirish borasida tegishli tadbirlarni tashkil etsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduhakimov va Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 13-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
669-son

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-avgustdagi 669-son qaroriga

1-ILOVA

Ichki ishlar organlarining xavfsiz turizmni taʼminlash boʻlinmalari tomonidan shartnoma asosida turistlar va turistik guruhlarni kuzatib borish boʻyicha pulli xizmatlar koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom ichki ishlar organlarining xavfsiz turizmni taʼminlash boʻlinmalari tomonidan shartnoma asosida turistlar va turistik guruhlarni (keyingi oʻrinlarda turistlar deb ataladi) kuzatib borish boʻyicha pulli xizmatlar koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Turistlarni shartnoma asosida kuzatib borish xizmati (keyingi oʻrinlarda kuzatuv xizmati deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamentining Xavfsiz turizm boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan turistlarning xavfsizligini taʼminlash maqsadida piyoda va (yoki) maxsus avtotransport vositalaridan foydalangan holda amalga oshiriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-yanvardagi 37-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.01.2023-y., 09/23/37/0063-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Kuzatuv xizmati turistlarning hayoti, sogʻligʻi va mol-mulkini turli tajovuzlardan himoya qilish hamda ular transport vositalarida harakatlanishlari davomida yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Turistlar transport vositalarida harakatlanayotgan paytda kuzatuv xizmati maxsus jihozlangan transport vositalaridan yoʻl harakati qoidalariga qatʼiy rioya qilgan holda foydalanadi, bunda harakatlanish davomida maxsus tovush signallari va chiroq-mayoqchalardan faqatgina istisno holatlarda foydalanilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Kuzatuv xizmati Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan kelishgan holda tasdiqlanadigan tariflarga muvofiq toʻlov asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Ichki ishlar organlarining xavfsiz turizmni taʼminlash boʻlinmalari tomonidan shartnoma asosida turistlar va turistik guruhlarni kuzatib borish boʻyicha pulli xizmatlar koʻrsatish ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Kuzatuv xizmatini koʻrsatish uchun murojaat qilish va uni koʻrib chiqish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Kuzatuv xizmatini koʻrsatish uchun jismoniy yoki yuridik shaxs tegishli hududiy ichki ishlar organining Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasiga (keyingi oʻrinlarda XTTB deb ataladi) yozma yoki elektron shaklda murojaat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Murojaatda jismoniy yoki yuridik shaxs (keyingi oʻrinlarda buyurtmachi deb ataladi) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, turistlar va transport vositalarining soni, ularni kuzatib borish vaqti va qatnov yoʻli koʻrsatilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Murojaat XTTB tomonidan qabul qilingan kunning oʻzida koʻrib chiqiladi va natijasi haqida buyurtmachiga yozma ravishda maʼlum qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Murojaatni koʻrib chiqishda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
turistlarning shaxsiga oid maʼlumotlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
turistik xizmatlar koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektining murojaati boʻyicha uning bunday faoliyatni olib borishi uchun qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan tegishli ruxsatnomasi mavjudligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
transport vositalari va haydovchilarning hujjatlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiqligi;
(9-bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kuzatib borish qatnov yoʻli va tashrif rejalashtirilgan hududlarning xavfsizlik talablariga javob berishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kuzatuv xizmatini amalga oshirish uchun yetarli kuch va vositalarning mavjudligi kabi masalalar oʻrganiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu bandning ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi xatboshilarida koʻrsatilgan maʼlumotlar buyurtmachi tomonidan taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Murojaatni koʻrib chiqish natijasida kuzatuv xizmatini koʻrsatish uchun toʻsqinlik qiluvchi holatlar aniqlanmasa, XTTB va buyurtmachi oʻrtasida uch ish kunidan kechiktirmasdan turistlar yoki turistik guruhlarni kuzatib borish toʻgʻrisida shartnoma (keyingi oʻrinlarda shartnoma deb ataladi) tuziladi.
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shartnoma shartlari buyurtma talablaridan kelib chiqqan holda kuzatuv xizmatini koʻrsatishning belgilangan tariflari asosida hamda qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq belgilanadi.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kuzatuv xizmati uchun toʻlov summasini hisoblashda maxsus avtotransport vositasida kuzatib borish va XTTBga tegishli transport vositalarida turistlarni tashish masofasi, xizmat koʻrsatish uchun zarur xodimlar soni, ularni jalb qilish vaqti va boshqa xarajatlar inobatga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kuzatuv xizmati shartnoma summasi oldindan toʻliq toʻlangandan soʻng amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Quyidagi hollarda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Nizomning 7-bandi hamda 9-bandining ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi xatboshilarida koʻrsatilgan maʼlumotlar buyurtmachi tomonidan toʻliq taqdim etilmaganda;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarni oʻrganish natijalariga koʻra qonunchilik hujjatlari talablari buzilganligi aniqlanganda;
(11-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kuzatuv xizmatini koʻrsatish qatnov yoʻli va tashrif rejalashtirilgan hududlar xavfsizlik talablariga javob bermaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kuzatuv xizmatini amalga oshirish uchun yetarli kuch va vositalarni jalb qilish imkoni boʻlmaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnomada nazarda tutilgan toʻlov buyurtmachi tomonidan toʻliq amalga oshirilmaganda kuzatuv xizmatini koʻrsatish rad etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Murojaatni koʻrib chiqish yakuniga koʻra kuzatuv xizmatini koʻrsatish rad etilganda, bu haqda sabablari koʻrsatilgan holda buyurtmachiga yozma yoki elektron ravishda xabar beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Kuzatuv xizmatini koʻrsatishning asosiy shartlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Kuzatuv xizmatini koʻrsatish davomida XTTB xodimlari qonunchilik hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tegishli hujjatlari talablariga qatʼiy rioya etishlari shart.
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kuzatuv xizmatini tashkil etishda turistlar hamda boshqa shaxslarning huquq va erkinliklari poymol qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Kuzatuv xizmatini koʻrsatishdan oldin XTTB tomonidan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
turistlarga Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik talablari va umumeʼtirof etilgan axloq qoidalariga rioya etishlari hamda xavfsizlik talablari boʻyicha tushuntirish oʻtkaziladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kuzatuvi amalga oshiriladigan turistlarning shaxsi va soni shartnomaga muvofiqligi tekshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kuzatib boriladigan transport vositasining texnik sozligi koʻzdan kechiriladi, haydovchida zarur hujjatlar mavjudligi tekshiriladi hamda u bilan yoʻl harakati qoidalariga rioya etish va kuzatib borish qatnov yoʻli boʻyicha tegishli yoʻriqnoma oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Kuzatuv xizmatini koʻrsatish yakunida XTTB va buyurtmachi oʻrtasida koʻrsatilgan xizmatlarning haqiqiy hajmi boʻyicha uch ish kuni mobaynida dalolatnoma tuziladi va uning asosida shartnoma summasi belgilangan tariflar boʻyicha qayta hisoblanib, oʻzaro hisob-kitob amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Kuzatuv xizmatini koʻrsatish shartnomada belgilangan asoslarda va tartibda toʻxtatilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Yakunlovchi qoidalar

17. Kuzatuv xizmatini koʻrsatishdan tushgan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Xavfsiz turizmni taʼminlash jamgʻarmasiga oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Shartnomada nazarda tutilmagan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)

19. Ushbu Nizom talablarining buzilishi qonunchilik hujjatlarida belgilangan javobgarlikni keltirib chiqaradi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)

Ichki ishlar organlarining xavfsiz turizmni taʼminlash boʻlinmalari tomonidan shartnoma asosida turistlar va turistik guruhlarni kuzatib borish boʻyicha pulli xizmatlar koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

1-ILOVA

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki ishlar organlarining xavfsiz turizmni taʼminlash boʻlinmalari tomonidan shartnoma asosida turistlar va turistik guruhlarni kuzatib borish boʻyicha pulli xizmatlar koʻrsatish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-avgustdagi 669-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki ishlar organlarining xavfsiz turizmni taʼminlash boʻlinmalari tomonidan shartnoma asosida turizm namoyishi obyektlarida jamoat tartibini saqlash boʻyicha pulli xizmatlar koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom ichki ishlar organlarining xavfsiz turizmni taʼminlash boʻlinmalari tomonidan shartnoma asosida turizm namoyishi obyektlarida jamoat tartibini saqlash boʻyicha pulli xizmatlar koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Turizm namoyishi obyektlarida jamoat tartibini saqlash boʻyicha pulli xizmatlar shartnoma asosida ichki ishlar organlarining xavfsiz turizmni taʼminlash boʻlinmalari tomonidan turizm namoyish obyekti unga mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquq asosida tegishli boʻlgan turistik faoliyatni tashkil etishga vakolatli yuridik yoki jismoniy shaxs (keyingi oʻrinlarda vakolatli shaxs deb ataladi) bilan tuziladigan shartnomalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ichki ishlar organlarining xavfsiz turizmni taʼminlash boʻlinmalari tomonidan shartnoma asosida turizm namoyishi obyektlarida jamoat tartibini saqlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatish tariflari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan kelishgan holda belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Ichki ishlar organlarining xavfsiz turizmni taʼminlash boʻlinmalari tomonidan shartnoma asosida turizm namoyishi obyektlarida jamoat tartibini saqlash boʻyicha pulli xizmatlar koʻrsatish ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Turizm namoyishi obyektida jamoat tartibini saqlash boʻyicha xizmat koʻrsatish toʻgʻrisida shartnoma tuzish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Turizm namoyishi obyektida jamoat tartibini saqlash boʻyicha xizmat koʻrsatish toʻgʻrisida shartnoma (keyingi oʻrinlarda shartnoma deb ataladi) vakolatli shaxsning hududiy ichki ishlar organining Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasiga (keyingi oʻrinlarda XTTB deb ataladi) qilgan murojaati asosida koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Murojaat tushgan kundan boshlab oʻn besh kunlik muddatda XTTB tomonidan oʻrganib chiqiladi va natijasi haqida murojaat muallifiga yozma ravishda maʼlum qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Murojaatni koʻrib chiqish davomida yuridik shaxsning vakili yoki jismoniy shaxs bilan birgalikda turizm namoyishi obyektining hududi koʻzdan kechiriladi va bu haqda dalolatnoma tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dalolatnomada obyekt hududining chegarasi, obyektda jamoat tartibini saqlash faoliyatini tashkil etish uchun talab etiladigan XTTB xodimlari soni va xizmat xonalari, xizmat olib borish tartibi, hududi va patrullik yoʻnalishlari belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Shartnoma tuzish va unga muvofiq XTTBga qoʻshimcha shtat birliklari ajratish toʻgʻrisida hududiy ichki ishlar organi tomonidan murojaat tushgan kundan boshlab besh kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga taqdimnoma kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi taqdimnomani tushgan kundan boshlab besh kun muddatda koʻrib chiqadi va qoʻshimcha shtat birliklari ajratish yoki ajratmaslik haqida qaror qabul qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻshimcha shtat birliklari ajratilgan taqdirda, tuzilgan dalolatnoma asosida XTTB va vakolatli shaxs oʻrtasida shartnoma tuziladi.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shartnoma bir yil muddatga tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Turizm namoyishi obyektining oʻziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda dalolatnoma va shartnoma loyihasida jamoat tartibini saqlash faoliyatini tashkil etishning alohida shartlari koʻrsatilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Shartnomada belgilangan XTTB majburiyatlari qoʻshimcha shtat birliklari ajratilgan va jamlangandan soʻng bajariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Turizm namoyishi obyektlarida jamoat tartibini saqlash xizmatini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Turizm namoyishi obyektlarida jamoat tartibini saqlash xizmati XTTB naryadlarining faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tegishli hujjatlarida belgilangan talablar asosida tashkil etish orqali amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Jamoat tartibini saqlash xizmatini koʻrsatish davomida XTTB xodimlari qonunchilik hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tegishli hujjatlari talablariga qatʼiy rioya etishlari shart.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Shartnoma asosida xizmat olib borayotgan XTTB xodimlarining faoliyatini moliyalashtirish va ularni moddiy-texnik vositalar bilan taʼminlash shartnomalardan tushgan mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Turizm namoyishi obyektida XTTB xodimlarining xizmat olib borish tartibi, hududi va patrullik yoʻnalishlari XTTB boshligʻi tomonidan vakolatli shaxs bilan kelishgan holda tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Shartnoma asosida joriy etilgan shtat birliklari lavozimlariga XTTB xodimlari uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan kadrlarni tanlash, jamlash va mehnatga haq toʻlash shartlari tatbiq etiladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. XTTBning shartnomalar asosida kiritilgan shtat birliklari belgilangan tartibda qisqartirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Shartnoma asosida xizmat koʻrsatishdan tushgan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Xavfsiz turizmni taʼminlash jamgʻarmasiga oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Shartnomada nazarda tutilmagan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Ushbu Nizom talablarining buzilishi qonunchilik hujjatlarida belgilangan javobgarlikni keltirib chiqaradi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Ichki ishlar organlarining xavfsiz turizmni taʼminlash boʻlinmalari tomonidan shartnoma asosida turizm namoyishi obyektlarida jamoat tartibini saqlash boʻyicha pulli xizmatlar koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida nizomga

1-ILOVA

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki ishlar organlarining xavfsiz turizmni taʼminlash boʻlinmalari tomonidan shartnoma asosida turizm namoyishi obyektlarida jamoat tartibini saqlash boʻyicha pulli xizmatlar koʻrsatish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.08.2019-y., 09/19/669/3570-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 31.01.2023-y., 09/23/37/0063-son)