5-ILOVA
|
T/r |
Tadbirlar nomi |
Amalga oshirish shakli |
Bajarish muddati |
Masʼul ijrochilar |
|
1. |
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi, Toshkent va Surxondaryo viloyatlari ichki ishlar boshqarmalari tuzilmalarida xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmalarini tashkil etish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutadigan tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish: ushbu boshqarmalarni joylarda Xavfsiz turizmni taʼminlash konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha masʼul etib belgilash; Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmasining xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi tarkibida “Chorvoq” erkin turistik zonasi hududi tabiiy sharoitlarining oʻziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda hududda xizmat olib boruvchi tegishli boʻlinmani shakllantirish; boshqarmalar faoliyatining oʻziga xos jihatlarini hisobga olgan holda toʻlaqonli faoliyatini taʼminlash maqsadida, ularni joylashtirish, jihozlash va boshqa tashkiliy masalalarni hal etish; shaxsiy tarkibni tanlov asosida, xorijiy tillarni biladigan malakali mutaxassislar bilan toʻldirish. |
Ichki ishlar vaziri buyrugʻi |
2019-yil mart |
IIV (R. Xatamov, Sh. Mavlyanov) |
|
2. |
Ichki ishlar organlarining xavfsiz turizmni taʼminlash boʻlinmalari tomonidan shartnoma asosida turistlar va turistik guruhlarni, shu jumladan avtotransportda harakatlanish vaqtida kuzatib borish hamda moddiy madaniy meros obyektlarida jamoat tartibini saqlash boʻyicha pulli xizmatlar koʻrsatishning normativ-huquqiy tartibini belgilash. |
Tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2019-yil mart |
IIV (Sh. Mavlyanov), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A. Akkulov) |
|
3. |
Joylarda Xavfsiz turizmni taʼminlash konsepsiyasi talablarining lozim darajada bajarilishini tashkil etish boʻyicha quyidagilarga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish: 1. Xizmat koʻrsatish hududlarida xavfsiz turizmni taʼminlash masalalari boʻyicha idoralararo ishchi guruhlarini tashkil etish hamda ularning tarkibiga Konsepsiyani amalga oshirish boʻyicha komissiya tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar vakillarini, shuningdek, tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarning hududiy boʻlinmalari rahbarlarini kiritish; 2. Tegishli hududlarning hokimlari tomonidan: idoralararo guruhlar faoliyatini amalga oshirish tartibi va asosiy yoʻnalishlarini, shuningdek, ularning vazifalari, funksiyalari, vakolatlari hamda javobgarligini belgilovchi idoralararo guruhlar faoliyati toʻgʻrisidagi nizomlarni; idoralararo guruhlarning xavfsiz turizmni taʼminlash boʻyicha aniq chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi yarim yillik chora-tadbirlar rejalarini; idoralararo guruhlar faoliyati ustidan shaxsiy nazorat hamda ular tomonidan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi hisobotlarni har chorakda eshitish mexanizmlarini tasdiqlash. |
Viloyat hokimlari qarorlari |
2019-yil mart |
Toshkent shahar, Buxoro, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlari hokimliklari, tegishli vazirlik va idoralar |
|
4. |
Ichki ishlar organlarining xavfsiz turizmni taʼminlash boʻlinmalari tomonidan bajarilgan ishlarni har tomonlama tahlil qilish hamda ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish asosida ularning tashkiliy-shtat tuzilmasini quyidagilarni nazarda tutgan holda qayta koʻrib chiqish: ularning tuzilmasida xavfsiz turizmni taʼminlash sohasida yangi tarmoq xizmatlari va guruhlarini shakllantirish; turizm namoyishi obyektlari va infratuzilmasi hududlarida jamoat xavfsizligini taʼminlashga koʻmaklashish uchun fuqarolarni shartnoma asosida jalb etish tartibini belgilash; mobil patrullik guruhlari tarkibini oliy maʼlumotli xodimlar bilan toʻldirish zaruratini inobatga olgan holda, mazkur guruhlarning safdorlik lavozimlarini bosqichma-bosqich ofitserlik lavozimlariga oʻzgartirish; Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining belgilangan shtat birliklari doirasida Xavfsiz turizmni taʼminlashni muvofiqlashtirish boshqarmasi tuzilmasini mustahkamlash. |
Ichki ishlar vaziri buyrugʻi |
2019-yil may |
IIV (R. Xatamov, Sh. Mavlyanov) |
|
5. |
Ichki ishlar organlarining Xavfsiz turizmni taʼminlash boʻlinmalari tomonidan xizmat faoliyatida alohida farqlovchi belgilar, transport vositalarining yagona svetografik sxemalari va emblema namunalarini ishlab chiqish va tasdiqlash hamda ulardan foydalanish tartibini belgilash. |
Ichki ishlar vaziri buyrugʻi |
2019-yil aprel |
IIV (Sh. Mavlyanov, R. Ergashev) |
|
6. |
Turistlar xavfsizligini terroristik tahdidlardan himoya qilishni tizimli taʼminlash maqsadida, ichki ishlar organlarining oʻz shtat birliklari hisobidan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Maxsus operatsiyalarni muvofiqlashtirish boshqarmasining Buxoro, Samarqand, Surxondaryo, Qashqadaryo, Toshkent va Xorazm viloyatlaridagi portlash xavfi boʻlgan predmetlarni zararsizlantirish boʻyicha hududiy boʻlinmalar tuzilmasida turizm namoyishi obyektlari va infratuzilmasi hududlarida xizmat koʻrsatish boʻyicha maxsus otryadlarni tashkil etish (4-5 xodim). |
Tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2019-yil aprel |
IIV (D. Nazarmuxamedov, R. Xatamov) |
|
7. |
Ichki ishlar organlari xavfsiz turizmni taʼminlash boʻlinmalarining moddiy-texnik bazasini, shu jumladan quyidagilar bilan jihozlashni nazarda tutgan holda, bosqichma-bosqich mustahkamlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish: boʻlinmalarning xavfsiz turizmni taʼminlash vazifalarini bevosita joylarda bajaradigan xodimlarini elektron tarzda tarjima qiluvchi dasturiy taʼminotlar va axborot tizimlarining maʼlumotlar bazasidan foydalanish imkonini beradigan shaxsiy planshet kompyuterlari; turistlar gavjum boʻladigan joylarda ularning xavfsizligini taʼminlash boʻyicha tadbirlarni oʻtkazish jarayonida vaziyatni kuzatish imkonini beruvchi maxsus vositalar bilan jihozlangan, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan avtobuslar; turizm obyektlari, oʻtish qiyin boʻlgan togʻli hududlar va suv havzalari obyektlari hududida patrullik qilish, shuningdek, turistlar va turistik guruhlarni kuzatib borish uchun moʻljallangan transport vositalari; turistlar ishtirokidagi ommaviy tadbirlarni oʻtkazish jarayonida vujudga kelayotgan vaziyatni kuzatib turish hamda turistik zonalarning oʻtish qiyin boʻlgan togʻli hududlaridagi vaziyatni vizual oʻrganish uchun videokuzatuv vositalari bilan jihozlangan uchuvchisiz uchadigan apparatlar. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2019-yil avgust |
IIV (Sh. Mavlyanov, R. Ergashev), Moliya vazirligi (A. Xaydarov) |
|
8. |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Buxoro, Samarqand, Xiva va Shahrisabz shaharlarida xavfsiz turizmni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 23-noyabrdagi 939-son qaroriga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritish: Konsepsiyani amalga oshirish boʻyicha Komissiya raisi etib Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha oʻrinbosarini belgilash hamda unga mazkur yoʻnalishdagi chora-tadbirlarning sifati va oʻz vaqtida tashkil etilishi yuzasidan shaxsiy masʼuliyat yuklash; viloyatlardagi xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmalari uchun belgilangan jamlash tartibi, talablar, imtiyoz va preferensiyalarni Toshkent shahri, Toshkent va Surxondaryo viloyatlarida yangidan tashkil etiladigan shu kabi boʻlinmalarga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Xavfsiz turizmni taʼminlashni muvofiqlashtirish boshqarmasiga ham tatbiq eti�. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2019-yil aprel |
IIV (Sh. Mavlyanov), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A. Akkulov) |
|
9. |
Quyidagilarni inobatga olgan holda ichki ishlar organlarining xavfsiz turizmni taʼminlash boʻlinmalari xodimlari, shuningdek, turistik faoliyat subyektlari ishchilarining turistlar xavfsizligini taʼminlash boʻyicha kasbiy tayyorgarligi va malakasini oshirish tizimini yaratish: oliy taʼlim muassasalari va idoraviy oʻquv markazlari bilan kelishuvlar asosida tizimli ravishda oʻquv kurslarini tashkil etish; qayta tayyorlash va malaka oshirishni Ichki ishlar vazirligining Malaka oshirish instituti filiallarida (auditoriyalarida) kundalik xizmat faoliyatidan ajralmagan holda taʼminlash; turistik kompaniyalar, mehmonxonalar va turistik faoliyatning boshqa subyektlari ishchilari uchun turistlarning xavfsizligini taʼminlash, ularga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish, huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa organlar bilan oʻzaro hamkorlik qilish masalalari boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish; oʻqish jarayonini nazorat qilish va natijalarini baholashning taʼsirchan tizimini yoʻlga qoʻyish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar rejasi |
Rejani tasdiqlash 2019-yil mart
2020-yil 1-yanvarga qadar |
IIV (R. Xatamov, Sh. Mavlyanov), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A. Akkulov), Oliy taʼlim vazirligi (O. Abduraxmonov) |
|
10. |
Yoʻlovchi poyezdlarida bevosita kuzatish faoliyatida 5 yildan ortiq xizmat oʻtayotgan ichki ishlar organlari xodimlarini rotatsiya qilish choralarini koʻrish, bunda avvalo vokzallar va turistik yoʻnalishlardagi poyezdlar tarkibida bilimga ega, birinchi navbatda xorijiy tillarni biladigan shaxsiy tarkibni shakllantirishga eʼtibor qaratish. |
Ichki ishlar vaziri buyrugʻi |
2019-yil aprel |
IIV (R. Xatamov, Sh. Mavlyanov) |
|
11. |
Joylashtirilgan manzillarda yashovchi shaxslarni vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha “E-MENMONXONA” (“E-MENMON”) avtomatlashtirilgan axborot tizimini tashkil etish va faoliyat yuritish tartibini quyidagilarni nazarda tutgan holda takomillashtirish: amaldagi tizimni batafsil oʻrganish, muammo va kamchiliklarni aniqlash, ularni bartaraf etish boʻyicha tegishli choralarni koʻrish; turizm sohasida xizmat koʻrsatuvchi barcha davlat va nodavlat obyektlar (tashkilotlar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazalarini yaratish va ularni hisobga olish tizimiga kiritish; maʼlumotlarning toʻliq va oʻz vaqtida kiritilishi hamda ularning ishonchliligini nazorat qilishning taʼsirchan tizimini ishlab chiqish; ushbu tizimning bevosita vakolatli davlat organi tegishli boʻlinmalari tomonidan yuritilishi; tizimni yanada takomillashtirish boʻyicha takliflarni amalga oshirish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2019-yil aprel |
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A. Akkulov), LBMA (D. Li) Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (A. Olmatov), IIV (Sh. Mavlyanov) |
|
12. |
Quyidagilarni nazarda tutuvchi har tomonlama tashkiliy choralarni koʻrish: Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Transportda xavfsizlikni taʼminlash bosh boshqarmasining transport obyektlari va ularga tutash hududlarda jamoat xavfs�zligini taʼminlashning markazlashgan hamda muvofiqlashtirilgan boshqaruvini amalga oshirish imkonini beruvchi situatsion-tahlil markazini tashkil etish; transport va turizm obyektlarida “Xavfsiz shahar” apparat-dasturiy kompleksiga integratsiya qilish mumkin boʻlgan intellektual videokuzatuv hamda “tashvish tugmalari” tizimining bosqichma-bosqich joriy etilishini taʼminlash; noqonuniy ravishda turistik xizmatlar koʻrsatishning oldini olish boʻyicha manzilli profilaktik tadbirlarni amalga oshirish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi
Tashkiliy chora-tadbirlar rejasi |
2019-yil aprel
2019-yil aprel
2020-yil 1-yanvarga qadar |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (B. Olmatov), IIV (Sh. Mavlyanov), Transport vazirligi (I. Maxkamov), DXX, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A. Akkulov), Moliya vazirligi (A. Xaydarov), “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, |
|
13. |
Oʻzbekistonda xavfsiz turizmni taʼminlash sohasida amalga oshirilayotgan ishlarni, shu jumladan quyidagilarni nazarda tutgan holda har tomonlama yoritish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish: yuqori professional darajada, shu jumladan xorijiy tillarda bosma va videomateriallar tayyorlash; samolyot bortlarida, aeroport va temir yoʻl vokzallari hududlarida, turizm namoyishi obyektlari va infratuzilmasi hududlarida, shu jumladan xorijdagi diplomatik vakolatxonalar orqali videolavhalar namoyish etilishini hamda bosma materiallar tarqatilishini taʼminlash; Oʻzbekistonda xavfsizlikni taʼminlash samaradorligi toʻgʻrisida turistlarda ijobiy fikrni shakllantirishga yoʻnaltirilgan eslatmalar va maʼlumot flayerlarini tarqatishda turistik firmalar imkoniyatlaridan foydalanish. |
Qoʻshma chora-tadbirlar rejasi |
Rejani tasdiqlash 2019-yil mart
2019-yil davomida |
MTRK (A. Xodjayev), AOKA (K. Allamjonov), IIV (Sh. Mavlyanov), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A. Akkulov), Transport vazirligi (I. Maxkamov), TIV (I. Neʼmatov) |
|
14. |
Xiva shahrining turistik salohiyatini inobatga olgan holda, Xorazm viloyati ichki ishlar boshqarmasining oʻz shtat birliklari hisobidan yangi qurilgan “Xiva” temir yoʻl stansiyasida xavfsizlikni taʼminlash boʻlinmasini shakllantirish. |
Ichki ishlar vaziri buyrugʻi |
2019-yil mart |
IIV (R. Xatamov, Sh. Mavlyanov), Transport vazirligi |
|
15. |
Xorijiy turistlar respublikada xavfsiz va qulay sayohat qilishlari uchun quyidagilarni nazarda tutgan holda qoʻshimcha sharoitlar yaratish choralarini koʻrish: turistik kompaniyalar tomonidan ichki ishlar organlari bilan birgalikda SOS tashvish signalini yuborish va joylashuvni aniqlash uchun moʻljallangan GPS-qurilmalar bilan jihozlangan maxsus bilakuzuklardan foydalanish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish mexanizmini yaratish; uyushmagan turistlar uchun avtoturargohlar va sanitariya-gigiyena tarmogʻi bilan jihozlangan hamda palatkalar oʻrnatish joylariga ega boʻlgan mavsumiy oromgoh (kemping)larni tashkil etish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar rejasi |
Rejani tasdiqlash 2019-yil mart
2019-yil davomida |
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A. Akkulov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (B. Olmatov), IIV (Sh. Mavlyanov), Toshkent shahar, Toshkent, Buxoro, Samarqand, Surxondaryo, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlari hokimliklari |
6-ILOVA