Indexation by Ceneral legal classifier of legislation branches
Indexation by thematic directory of legislation
Sources of changes
Sources of publication
24.05.2018
11.05.2018
10.05.2018
29.09.2017
19.06.2017
02.05.2016
16.12.2013
21.05.2010
06.07.2006
06.11.2005
28.11.2002
06.07.2001
View
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.05.2018
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.17.00.00 Soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish. Soliq sohasidagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlik;
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.02.00 Prokuraturaning tizimi va tashkiliy tuzilmasi]
[TSZ:
1.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar);
2.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Prokuratura]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iqtisodiyot va soliq sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Koʻchirma]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-maydagi PF-5446-sonli “Budjet mablagʻlaridan foydalanish samaradorligini tubdan oshirish va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Prokuratura, ichki ishlar, Davlat soliq qoʻmitasi organlari, boshqa huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan iqtisodiyot va soliq sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish, soliqlar va toʻlovlarning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga toʻliq tushishini taʼminlash, iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar va soliqqa oid qonunlar buzilishining oldini olish chora-tadbirlari amalga oshirilmoqda.
(muqaddimaning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Soliq sohasidagi qonun buzilishlariga qarshi tezkor kurashish bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan koʻrilayotgan tezkor chora-tadbirlar natijasida soliqlar va majburiy toʻlovlarni toʻlashdan bosh tortish, aksiz soligʻiga tortiladigan tovarlarni noqonuniy ishlab chiqarish va sotish hamda boshqa iqtisodiy jinoyatlar bilan bogʻliq holatlar muntazam ravishda aniqlanmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga, Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi tezkor bosh boshqarma faoliyati ushbu xizmat oldiga qoʻyilgan talablarga toʻliq javob bermaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishda batartiblik va izchillik yoʻq, saʼy-harakatlarning mayda buzilishlar va jinoyatlarga qarshi kurashga tarqoq holda yoʻnaltirilishiga yoʻl qoʻyilmoqda, korrupsiya, iqtisodiy va soliqqa oid jinoyatlarni keltirib chiqaruvchi muhim sabablarni topish va cheklash mahorati yetishmayapti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bevosita soliq xizmatlari, tergov organlari, tezkor-qidiruv boʻlinmalari xatti-harakatlarida lozim darajali va zarur aloqa, uygʻunlik yoʻq, natijada qonun normalarining yoʻl qoʻyilgan buzilishlari uchun jazo muqarrarligi prinsipining bajarilishiga erishilmayapti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kadrlarni tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va almashtirib turishning amaldagi tizimi jiddiy yaxshilashni talab qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iqtisodiyot va soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish samaradorligini oshirish, davlat, yuridik va jismoniy shaxslarning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Soliq sohasidagi qonun buzilishlariga qarshi tezkor kurashish bosh boshqarmasi bazasida va uning mavjud shtatdagi xodimlari doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti (keyingi oʻrinlarda “Departament” deb ataladi) va uning joylardagi boʻlinmalari tashkil etilsin.
(1-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 6-iyuldagi 130-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2006-y., 27-son, 250-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tuzilmasidagi Soliq sohasidagi qonun buzilishlariga qarshi tezkor kurashish bosh boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalari tugatilsin, boʻshaydigan 1172 nafar shtat yangi tashkil etilayotgan Departament tarkibiga berilsin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 6-iyuldagi 130-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2006-y., 27-son, 250-modda)
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 6-iyuldagi 130-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2006-y., 27-son, 250-modda)
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 6-iyuldagi 130-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2006-y., 27-son, 250-modda)
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 6-iyuldagi 130-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2006-y., 27-son, 250-modda)
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 6-iyuldagi 130-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2006-y., 27-son, 250-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(7-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-noyabrdagi 415-sonli qarori bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2002-y., 22-son, 182-modda)
(7-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-noyabrdagi 415-sonli qarori bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2002-y., 22-son, 182-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departament xodimlarining darajali maxsus unvonlari, shuningdek egallab turilgan lavozimlar boʻyicha darajali maxsus unvonlari 4 va 4a-ilovalarga muvofiq;
(7-bandning beshinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-noyabrdagi 415-sonli qarori bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2002-y., 22-son, 182-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentida xizmatni oʻtash toʻgʻrisidagi Nizom 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(7-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 6-iyuldagi 130-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2006-y., 27-son, 250-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Iqtisodiyot va soliq sohasidagi jinoyatlar boʻyicha jinoiy ishlarning oʻz vaqtida va sifatli koʻrib chiqilishini taʼminlash maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Iqtisodiy jinoyat va korrupsiyaga qarshi kurashish bosh boshqarmasi, shuningdek Tashqi iqtisodiy faoliyatdagi korrupsiya, oʻgʻirliklar va boshqa suiisteʼmollarga qarshi kurashish boshqarmasi bazasida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Iqtisodiy jinoyat va korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi;
(8-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-noyabrdagi 415-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 22-son, 182-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududiy va ularga tenglashtirilgan prokuratura organlarining iqtisodiy jinoyat va korrupsiyaga qarshi kurashish boʻlimlari, shuningdek tashqi iqtisodiy faoliyatdagi korrupsiya, oʻgʻirliklar va boshqa suiisteʼmollarga qarshi kurashish boʻlimlari bazasida hududiy va ularga tenglashtirilgan prokuratura organlarining iqtisodiy jinoyat va korrupsiyaga qarshi kurashish boʻlimlari tashkil etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Iqtisodiy jinoyatlar va korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi hamda prokuratura hududiy organlarining tegishli boʻlimlariga ham Departament, ham boshqa idoralar, huquqni muhofaza qilish organlari va Prokuraturaning oʻzi tomonidan qoʻzgʻatilgan iqtisodiy hamda soliqqa oid jinoyatlar boʻyicha jinoiy ishlarni koʻrib chiqish vazifasi yuklanadi.
(8-bandning toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-noyabrdagi 415-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 22-son, 182-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iqtisodiy jinoyatlar va korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasining shtatdagi xodimlarining cheklangan soni 11 kishi, hududiy hamda ularga tenglashtirilgan prokuratura organlari iqtisodiy jinoyatlar va korrupsiyaga qarshi kurashish boʻlimlari boʻyicha 4—6 kishi (Toshkent shahar prokuraturasida 7 kishigacha) etib belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Iqtisodiy jinoyatlar va korrupsiyaga qarshi kurashish bosh boshqarmasini, shuningdek Tashqi iqtisodiy faoliyatda korrupsiya, oʻgʻirliklar va boshqa suiisteʼmollarga qarshi kurashish boshqarmasini qayta tashkil etish natijasida boʻshab qoladigan 18 kishidan iborat shtatdagi xodimlar soni prokuratura hududiy organlarining tergov boʻlinmalarini mustahkamlashga yoʻnaltiriladi.
(8-bandning oltinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-noyabrdagi 415-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 22-son, 182-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi (R. Qodirov), Moliya vazirligi (M. Nurmurodov) soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish boʻlinmalari taʼminoti xarajatlari smetasiga tegishli oʻzgartirishlar kiritsinlar.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-noyabrdagi 415-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 22-son, 182-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi (R. Qodirov) Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi (R. Azimov), Moliya vazirligi (M. Nurmurodov) va Davlat soliq qoʻmitasi (B. Xoʻjayev) bilan birgalikda Departamentni va uning hududiy boʻlinmalarini transport, maxsus texnika va boshqa moddiy-texnika vositalari bilan taʼminlasin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-noyabrdagi 415-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 22-son, 182-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda Departamentni hamda uning joylardagi boʻlinmalarini zarur binolar va xonalar bilan taʼminlash chora-tadbirlarini koʻrsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi (R. Azimov) va Moliya vazirligi (M. Nurmurodov) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining asoslangan hisob-kitoblariga binoan ushbu qarorda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur mablagʻlar ajratsinlar.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-noyabrdagi 415-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 22-son, 182-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Davlat soliq qoʻmitasi soliq sohasidagi qonun buzilishlariga qarshi tezkor kurashish bosh boshqarmasiga va uning hududiy boʻlinmalariga tegishli boʻlgan bino, avtotransport, tashkiliy texnika, mebel va boshqa moddiy-texnika vositalarini Departament balansiga bersin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi (R. Qodirov) ikki oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlari boʻlinmalarining tashkiliy-shtat tuzilmasini ushbu qarorga muvofiqlashtirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departament rahbariyati bilan birgalikda uning apparatini va joylardagi boʻlinmalarini yuqori malakali kadrlar bilan taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Adliya vazirligi (A. Polvon-zoda) bilan birgalikda amaldagi qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida takliflar tayyorlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (S. Gʻulomov) va Davlat soliq qoʻmitasi (B. Xoʻjayev) bilan birgalikda 2002/2003 oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi soliq va bojxona organlari akademiyasining “Soliqlar va soliqqa tortish” fakultetiga Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti uchun tinglovchilar qabul qilish boʻyicha takliflar kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki ishlar vazirligi (Z. Almatov) bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi bazasida Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boʻlinmalari xodimlarini qayta tayyorlashni taʼminlasin.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-noyabrdagi 415-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2002-y., 22-son, 182-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Hukumatning 7-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. Sultonov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi T. Xudoybergenov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2001-yil 6-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-noyabrdagi 415-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2002-y., 22-son, 182-modda)
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-noyabrdagi 415-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2002-y., 22-son, 182-modda)
(2a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-noyabrdagi 415-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2002-y., 22-son, 182-modda)
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-noyabrdagi 415-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2002-y., 22-son, 182-modda)
(3a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-noyabrdagi 415-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2002-y., 22-son, 182-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-iyuldagi 291-son qaroriga 4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti hamda uning hududiy boʻlinmalari xodimlarining darajali maxsus unvonlari
(4-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 6-iyuldagi 130-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2006-y., 27-son, 250-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Oliy darajali maxsus unvonlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-darajali Davlat adliya maslahatchisi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-darajali Davlat adliya maslahatchisi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Yuqori darajali maxsus unvonlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Adliya katta maslahatchisi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Adliya maslahatchisi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Adliya kichik maslahatchisi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Quyi darajali maxsus unvonlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-darajali yurist
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-darajali yurist
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-darajali yurist
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-iyuldagi 291-son qaroriga 4a-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti va uning hududiy boʻlinmalari xodimlarining darajali
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
UNVONLARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Asosiy lavozimlar nomi
Darajali unvonlar
Departament boshligʻi
2-darajali Davlat adliya maslahatchisi
Departament boshligʻining oʻrinbosari
3-darajali Davlat adliya maslahatchisi
Departament markaziy apparati boshqarmalari boshliqlari, boshqarmalar boshliqlarining oʻrinbosarlari, boʻlimlar boshliqlari, inspeksiya boshligʻi, Departamentning hududiy boshqarmalari boshliqlari
Adliya katta maslahatchisi
Departament markaziy apparati boʻlimlari boshliqlarining oʻrinbosarlari, Departament boshligʻining yordamchisi, Departament markaziy apparatining bosh inspektorlari, bosh taftishchilari, bosh surishtiruvchilari, hududiy boshqarmalar boshliqlarining oʻrinbosarlari, hududiy boshqarmalarning boʻlimlari boshliqlari va boʻlimlar (boʻlinmalar) boshliqlarining oʻrinbosarlari
Adliya maslahatchisi
Departament markaziy apparati va hududiy boshqarmalarning katta inspektorlari, inspektorlari, katta surishtiruvchilari, katta taftishchilari, katta kriminalistlari, kriminalistlari, tuman (shahar) boʻlimlari boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari
Adliya kichik maslahatchisi
Tuman (shahar) boʻlinmalaridagi katta surishtiruvchilar, surishtiruvchilar, katta inspektorlar va inspektorlar (darajali unvonda boʻlish muddatiga qarab)
(4a-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 5-dekabrdagi 318-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 50-son, 647-modda)
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-noyabrdagi 415-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2002-y., 22-son, 182-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-iyuldagi 291-son qaroriga 6-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentida xizmatni oʻtash toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentiga (keyingi oʻrinlarda “Departament” deb yuritiladi) qabul qilish tartibi va xizmatni oʻtash shart-sharoitlarini, Departament xodimlariga darajali unvonlar berish va ulardan mahrum qilish, ularni ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departament organlarida xizmatni oʻtash, Departament organlari xodimlariga darajali unvonlar berish hamda ulardan mahrum etish, ularni ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortishning huquqiy asoslarini Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Prokuratura toʻgʻrisida”gi Qonuni, mazkur Nizom, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyruqlari hamda boshqa qonun hujjatlari tashkil qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Nizomning amal qilishi Departamentning darajali unvonlarga ega boʻlgan barcha xodimlariga, shuningdek sinov muddatini oʻtayotgan shaxslarga tatbiq etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departamentda xizmat qilish qonuniylik, inson va fuqaroning huquq va erkinliklarini hurmat qilish va ularga rioya etish, oshkoralik, nazorat qilinish va hisobot berish tamoyillariga muvofiq quriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Departament xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuratura tomonidan belgilangan shakl boʻyicha va tartibda xizmat guvohnomalari beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Guvohnoma lavozimga tayinlash toʻgʻrisidagi tegishli buyruq chiqarilgandan keyin prokuratura organi yoki Departament rahbarining, yoxud ularning oʻrinbosarlarining imzosi qoʻyilgan holda beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departament boshligʻiga xizmat guvohnomasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departament xodimi guvohnomadan egallab turgan lavozimda xizmatni oʻtashning butun muddati mobaynida foydalanadi. Lavozim yoki darajali unvon oʻzgargan taqdirda xodimga yangi guvohnoma beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Guvohnomaning Departament xodimining aybi bilan yoʻqotilishi lavozimdagi nojoʻya xatti-harakat hisoblanadi va intizomiy javobgarlikni keltirib chiqaradi. Guvohnoma yoʻqotilishining har bir holati boʻyicha xizmat tekshiruvi oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Departamentga xizmatga qabul qilish va uni oʻtash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Departamentda xizmat qilish uchun oliy yuridik, iqtisodiy, axborot texnologiyalari maʼlumotiga ega boʻlgan hamda sogʻligʻiga koʻra xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir boʻlgan zarur kasb-kor va maʼnaviy fazilatlarga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari qabul qilinadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departament organlariga xizmatga qabul qilishda nomzodlarning ushbu Nizomda belgilangan talablarga muvofiqligini oʻrganish maqsadida tekshirish hamda maxsus komissiya tomonidan bilim saviyasi, zarur kasb malakasi va ishchanlik qobiliyatini aniqlashga qaratilgan majburiy suhbat oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departament organlariga xizmatga qabul qilishda zimmalariga yuklanadigan xizmat vazifalarini bajarishga sogʻligʻi imkon berishini aniqlash maqsadida nomzodlar majburiy tartibda tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departamentda xizmatni oʻtashning ichki tartibi Departament boshligʻi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Departamentga birinchi marta xizmatga kiruvchi shaxslar uchun 3 oygacha boʻlgan sinov muddati belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sinov muddati vaqti koʻp yillik xizmati uchun foiz ustamasi toʻlash va pensiya tayinlash huquqini beruvchi Departamentdagi ish stajiga qoʻshiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sinov muddatini oʻtayotgan shaxslar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar ularning qoʻyilayotgan talablarga nomuvofiqligi aniqlansa Departament boʻlinmalari rahbariyatining tashabbusi bilan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xizmatga kirgan shaxsning tashabbusi bilan (oʻz xohishiga koʻra, oilaviy sharoitlar boʻyicha va boshqa uzrli sabablarga koʻra) Departamentdan xizmatdan boʻshatilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Departament xodimini xizmatga qabul qilish va lavozimga tayinlash Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki Departament boshligʻining vakolatlari doirasida ularning buyruqlari bilan rasmiylashtiriladi. Departamentning hududiy boshqarmalarida yordamchi shaxslar va texnik xodimlarni xizmatga qabul qilishni ushbu boshqarmalar boshliqlari amalga oshiradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xizmatga qabul qilish toʻgʻrisidagi buyruq xodimga imzo qoʻydirib eʼlon qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Agar shaxs:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmasa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sudning qarori bilan huquqiy layoqatsiz yoki huquqiy layoqati cheklangan deb eʼtirof etilgan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sudlangan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nojoʻya xatti-harakatlar sodir etganligi uchun huquqni muhofaza qiluvchi, sud yoki boshqa davlat organlaridan hamda boshqa tashkilotlardan boʻshatilgan shaxslar boʻlsa Departamentga xizmatga qabul qilinishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departament organlariga xizmatga qabul qilinganda Departament organlari xodimlari oʻz vakolatlari davrida siyosiy partiyalarga aʼzolikni toʻxtatib turadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Prokuratura organlarida oʻzaro yaqin qarindoshlik yoki quda-andachilikda boʻlgan Departament organlari xodimlarining (ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, oʻgʻil va qizlar, er-xotinlar, shuningdek, er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va bolalari), basharti ulardan biri ikkinchisiga bevosita boʻysunib yoki uning nazorati ostida xizmat qiladigan boʻlsa, birgalikda xizmat qilishlari taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Departamentning attestatsiyadan oʻtkazilgan xodimlariga darajali unvonlar beriladi. Darajali unvonlar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Departament organlari xodimlari haq toʻlanadigan faoliyatning biror-bir turi bilan shugʻullanishi mumkin emas. Ilmiy, oʻqituvchilik va ijodiy faoliyat bilan ular faqat asosiy ish vaqtidan boʻsh paytda shugʻullanishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Departament xodimlari lavozimlari roʻyxati Departament boshligʻi tomonidan tasdiqlanadigan shtat jadvali bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departament organlari faoliyatining ichki tizimli tashkil etilishi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan tasdiqlanadigan Departament Reglamenti hamda Departamentning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalarining Namunaviy reglamenti bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Departament xodimi mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq qasamyod qabul qiladi. Qasamyod Departamentning rahbarlari va mansabdor shaxslari hozirligida tantanali vaziyatda qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qasamyod yakka tartibda qabul qilinadi. Qasamyod qabul qiluvchi shaxs qasamyod matnini ovoz chiqarib oʻqiydi va unga imzo chekadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qasamyod matni yozilgan varaq imzolanib xodimning shaxsiy hujjatlari yigʻma jildida saqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Departament organlarining xodimlari xizmatni oʻtash davrida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan tasdiqlanadigan Departament organlari xodimining kasb odobnomasiga rioya qilishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departament organlari xodimining kasb odobnomasi talablarini buzish qonunchilikda belgilangan javobgarlikni keltirib chiqaradi. Qayd etilgan qoidalar buzilishining har bir holati boʻyicha xizmat tekshiruvi oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xizmat tekshiruvi oʻtkazilishi davrida Departament xodimi vaqtinchalik, lekin bir oydan ortiq boʻlmagan muddatga xizmat vazifalarini bajarishdan ozod qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xizmat tekshiruvi oʻtkazish va Departament xodimini vaqtinchalik xizmat vazifalarini bajarishdan ozod qilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Departament organlari xodimlarining xizmat pogʻonalarida yuqorilab borishi ularning ishchanlik va shaxsiy sifatlari, topshirilgan sohada erishgan natijalari va professional tayyorgarligiga muvofiq ravishda amalga oshiriladi. Bunda xodimning yuqori lavozimga tayinlanishga roziligi talab qilinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Poraxoʻrlik va boshqa suiisteʼmolchiliklarning oldini olish va ularga yoʻl qoʻymaslik, xodimning shaxsiy va ishchanlik fazilatlarini, uning faoliyati samaradorligini muntazam oʻrganish, shuningdek Departament organlari faoliyatining turli yoʻnalishlarida malaka va ish tajribasiga ega boʻlgan kadrlar zaxirasini shakllantirish maqsadida xodimlarning lavozimlarini oʻzgartirish (rotatsiya) oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departament xodimlarini rotatsiya qilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyrugʻi bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Departament xodimining egallab turgan lavozimiga xizmat boʻyicha muvofiqligini aniqlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyrugʻi bilan belgilangan tartibda va muddatlarda attestatsiya oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Attestatsiya oʻtkazishda attestatsiyadan oʻtkazilayotgan mansabdor shaxsning kasb-kor boʻyicha yaroqliligi va egallab turgan lavozimiga muvofiqligi, shuningdek uning bundan buyon xizmat qilishiga va darajali unvon berishga doir takliflar koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Lavozimiga Bosh prokurorning buyruqlari bilan tayinlanadigan xodimlar Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori huzuridagi maxsus inspeksiya tomonidan, Departament boshligʻining buyruqlari bilan lavozimga tayinlanadigan xodimlar esa — Departamentning attestatsiya komissiyasi tomonidan attestatsiyadan oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Darajali unvonlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq ushbu Nizom Departament xodimlariga darajali unvonlar belgilash va berish tartibini belgilab beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Darajali unvon berish xodimning ishchanlik va shaxsiy fazilatlarini hisobga olgan holda va egallab turgan lavozimi va ish stajiga muvofiq izchil tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Nizomning 641-bandida sanab oʻtilgan Departament xodimlariga darajali unvonlari ular egallab turgan lavozimdan qatʼi nazar, belgilangan muddatlarda beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Prokuratura organlarining amaldagi kadrlar zaxirasiga kiritilgan va unda boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni xodimlariga darajali unvonlar Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining tegishli tarkibiy boʻlinmasi rahbarining tavsiyanomasiga asosan beriladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-iyundagi 365-son qaroriga asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 497-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Darajali unvonlar roʻyxati va ularning lavozimlarga muvofiqligi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Har bir darajali unvonda boʻlishning quyidagi muddatlari belgilanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-darajali yurist
—
2 yil
2-darajali yurist
—
2 yil 6 oy
1-darajali yurist
—
3 yil
adliya kichik maslahatchisi
—
3 yil
adliya maslahatchisi
—
3 yil 6 oy
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining boshqaruv xodimi sifatida ishlangan davr darajali unvoni olish uchun zarur boʻlgan ish stajiga qoʻshiladi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-iyundagi 365-son qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 497-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. 2 va 3-darajali davlat adliya maslahatchisi darajali unvonlari Bosh prokurorning taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqa darajali unvonlar Departament boshligʻining taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departament organlariga birinchi marta xizmatga qabul qilingan va darajali unvonlarga ega boʻlmagan xodimlarga 3-darajali yurist unvoni, ular attestatsiyadan oʻtgandan soʻng beriladi.
(20-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-iyundagi 365-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 497-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Navbatdagi adliya katta maslahatchisi darajali unvoni, qoidaga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasini rahbarlik lavozimlarini egallash uchun zaxirada turuvchi kadrlarni kasbiy qayta tayyorlash dasturi boʻyicha yoki Akademiya magistraturasini muvaffaqiyatli tamomlagan Departament xodimlariga beriladi.
(21-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-maydagi PF-5438-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2018-y., 06/18/5438/1189-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Adliya katta maslahatchisining darajali unvoni, istisno tariqasida fidokorona mehnati va namuna koʻrsatgan Departament xodimlariga alohida xizmatlari uchun ham berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlardan va oʻzga tashkilotlardan Departamentga ishga oʻtgan xodimlarga darajali unvonlar ularning Departamentda tayinlangan lavozimi, oldingi unvoni yoki ish tajribasi hisobga olingan holda beriladi, qonun hujjatlarida belgilangan holatlar bundan mustasno.
(22-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-sentabrdagi PF-5196-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 2017-y.)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ularga navbatdagi darajali unvon ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, istisno tariqasida, quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ayrim hollarda Departament xodimlariga xizmat majburiyatlarini namunali bajarganligi uchun Departament boshligʻining taqdimnomasiga koʻra navbatdagi darajali unvonlarni belgilangan muddat tugamasdan avval berish;
(23-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-iyundagi 365-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 497-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuqoriroq lavozimga tayinlaganda Departament boshligʻining taqdimnomasiga koʻra unvonni navbatdan tashqari, lekin xodim egallab turgan unvondan koʻpi bilan ikki pogʻona yuqori unvon berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
attestatsiyadan oʻtishi talab etilmaydigan xodimlarga ishda oʻrnak koʻrsatganligi uchun darajali unvonlar berish.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-iyundagi 365-son qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 497-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Departamentning darajali unvonlar berilgan xodimlari mazkur unvonga umrbod ega boʻlib qoladilar. Xodim oʻzini badnom qiladigan qilmishi uchun Departamentdan boʻshatilganda darajali unvondan mahrum etilishi mumkin. Departament xodimi oʻz xizmat burchini qoʻpol ravishda buzgan taqdirda yoki noloyiq xulq-atvori uchun uning unvoni pasaytirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Departament xodimlarini oliy darajali unvonlardan mahrum etish yoki ularning oliy darajali unvonlarini pasaytirish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan, boshqa darajali unvonlardan mahrum etish yoki unvonni pasaytirish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departament xodimlarini darajali unvonlardan mahrum etish sudning hukmi boʻyicha amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Departamentning darajali unvonlarga ega boʻlgan xodimlariga lavozim maoshlariga oylik pul ustamalari toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Departamentning darajali unvonga ega boʻlgan xodimlari xizmat vazifalarini bajarish davrida alohida koʻrinishdagi belgilar taqilgan prokuratura organlari xodimlari uchun belgilangan xizmat kiyimi kiyadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departament xodimlarining xizmat kiyimini kiyib yurish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departamentning darajali unvonlarga ega boʻlib, pensiyaga chiqishi munosabati bilan xizmatdan boʻshagan shuningdek prokuratura organlarining amaldagi kadrlar zaxirasiga kiritilgan va unda boʻlgan xodimlari oʻtkaziladigan tantanalar va rasmiy tadbirlarda alohida belgili xizmat kiyimini kiyib yurish huquqini saqlab qoladi.
(27-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-iyundagi 365-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 497-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Ragʻbatlantirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Departament organlari xodimlari xizmatdagi tashabbuskorliklari va tezkorligi, xizmat vazifalarini vijdonan va namunali bajarganliklari uchun ragʻbatlantiriladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Ragʻbatlantirishning quyidagi turlari mavjud:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashakkurnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pul mukofoti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilgari berilgan intizomiy jazoni amal qilish muddati tugashidan avval olib tashlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
faxriy yorliq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sovgʻa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatbaho sovgʻa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
navbatdan tashqari darajali unvon yoki navbatdagi darajali unvonni berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
navbatdan tashqari darajali unvon yoki navbatdagi darajali unvonni belgilangan muddat tugagunga qadar yoxud egallab turgan lavozimidan qatʼi nazar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I, II, III darajali “Aʼlo xizmatlari uchun” koʻkrak nishoni bilan taqdirlash;
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-iyundagi 365-son qaroriga asosan oʻninchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 497-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston Respublikasi prokuraturasining Faxriy xodimi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining hamda Davlat muassasalari va ijtimoiy xizmat koʻrsatish xodimlari kasaba uyushmalari uyushmasi Respublika kengashining Faxriy yorligʻi bilan mukofotlash mumkin.
(29-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-iyundagi 365-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 497-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departamentning xodimlari alohida xizmatlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofotlariga taqdim etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish haqi, boshqa mukofotlar, mehnatga haq toʻlash tizimida nazarda tutilgan qoʻshimcha haq va ustamalar ragʻbatlantirish turlariga kirmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departament boshligʻiga oʻzining shaxsiy farmoyishi bilan oddiy xodimdan boshlab Departament boshligʻi oʻrinbosarigacha xodimlarning lavozim maoshlariga bir yillik lavozim maoshi miqdorida ragʻbatlantirish shaklida mukofotlash ustamalari belgilash huquqi beriladi. Ushbu masala boʻyicha alohida Nizom Moliya vazirligi bilan kelishiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departament va uning hududiy boʻlinmalari xodimlarini ragʻbatlantirish Departament faoliyati natijasi va u tufayli Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti olgan mablagʻlar miqdoridan kelib chiqib amalga oshiriladi. Agar Departament tomonidan undirilgan va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga tushgan mablagʻlar Departamentning ish haqi fondi miqdoridan ortiq boʻlmasa va uning xodimlarining ish haqini qoplamasa xodimlarga mukofotlash ustamalari toʻlanmaydi.
(29-bandning oʻn beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Departamentning intizomiy jazo berilgan xodimlari oldin berilgan intizomiy jazo olib tashlanishi shaklida ragʻbatlantirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Ragʻbatlantirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashakkurnoma eʼlon qilish, pul mukofoti yoki sovgʻa berish, muqaddam berilgan intizomiy jazoni amal qilish muddati tugagunga qadar olib tashlash Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Departament boshligʻi, Departamentning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlari tomonidan amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatbaho sovgʻa, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining Faxriy yorligʻi bilan taqdirlash, navbatdan tashqari darajali unvon yoki navbatdagi darajali unvonni belgilangan muddatdan oldin, yoxud egallab turgan lavozimidan qatʼi nazar, berish, “Oʻzbekiston Respublikasi prokuraturasining Faxriy xodimi”, “I, II, III darajali “Aʼlo xizmatlari uchun” koʻkrak nishonlari bilan taqdirlash, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori hamda Davlat muassasalari va ijtimoiy xizmat koʻrsatish xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Faxriy yorligʻi bilan taqdirlash, Oʻzbekiston Respublikasining davlat mukofotlariga taqdim etish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan amalga oshiriladi.
(31-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-iyundagi 365-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 497-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Ragʻbatlantirish toʻgʻrisida buyruq chiqariladi va u Departamentning ragʻbatlantirilayotgan xodimiga eʼlon qilinadi. Zarur hollarda esa Departamentning barcha xodimlari eʼtiboriga yetkaziladi. Ragʻbatlantirish toʻgʻrisidagi buyruq nusxasi xodimning shaxsiy hujjatlari yigʻma jildiga tikib qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Intizomiy jazolar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Departament xodimlariga nisbatan intizomiy jazolar oʻz xizmat vazifasini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi yoki Departament xodimi degan nomga dogʻ tushiradigan nojoʻya xatti-harakat sodir etganligi uchun qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Quyidagilar intizomiy jazolar hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hayfsan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrtacha oylik ish haqining ellik foizidan ortiq boʻlmagan miqdordagi jarima;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
lavozimida pasaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
darajali unvonni bir pogʻonaga pasaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xizmat majburiyatlarini muntazam yoki bir marta qoʻpol ravishda buzganligi uchun xizmatdan boʻshatish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar xizmat vazifasini bir marta qoʻpol ravishda buzish hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uzrli sabablarsiz progul (shu jumladan ish kuni mobaynida uch soatdan ortiq xizmatda boʻlmaslik);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xizmatga mast holda kelish, shuningdek ish joyida spirtli ichimliklar isteʼmol qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jinoiy jazolanadigan qilmish yoki nojoʻya xatti-harakat sodir etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departament xodimining Qasamyodini buzish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori Departamentning xizmatga qabul qilish huquqi uning vakolatiga kiruvchi xodimlariga nisbatan intizomiy jazoning barcha turlarini qoʻllashga haqlidir. Departament boshligʻi va hududiy boshqarmalar boshliqlari Departament yoki hududiy boʻlinmalar xodimlariga nisbatan intizomiy jazolarni ushbu Nizomning 34-bandida nazarda tutilgan hayfsan va jarima shaklida qoʻllashlari mumkin. Bundan tashqari, ular xizmatga qabul qilish huquqi oʻz vakolatlariga kiruvchi xodimlarning lavozimini pasaytirishi yoxud ishdan boʻshatishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Intizomiy jazo qoʻllash toʻgʻrisidagi masalani hal etayotgan mansabdor shaxs sodir etilgan xatti-harakatni shaxsan oʻzi oʻrganib chiqishi shart. Zarur hollarda xizmat tekshiruvi tayinlanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Intizomiy jazo qoʻllangungacha Departament xodimidan tushuntirish xati talab qilib olinishi lozim. Xodimning tushuntirish xati berishdan bosh tortishi uning sodir etgan nojoʻya xatti-harakati uchun jazo qoʻllashga toʻsiq boʻla olmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Har bir nojoʻya xatti-harakat uchun faqat bitta intizomiy jazo qoʻllanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Intizomiy jazo bevosita aniqlangan nojoʻya xatti-harakat uchun, biroq qilmish aniqlangan kundan boshlab bir oydan kechikmay qoʻllaniladi, bu muddatga xodimning kasal yoki mehnat taʼtilida boʻlgan vaqti kirmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Intizomiy jazo qilmish sodir etilgan kundan boshlab olti oy oʻtgach, xizmat tekshiruvi natijalari boʻyicha esa — u sodir etilgan kundan boshlab ikki yildan keyin qoʻllanishi mumkin emas. Koʻrsatib oʻtilgan muddatlarga jinoiy ishni koʻrib chiqish vaqti kirmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Intizomiy jazo buyruq bilan beriladi va u Departament xodimiga maʼlum qilinib, tilxat olinadi hamda uning shaxsiy yigʻma jildiga qoʻshib qoʻyiladi. Xodimga nisbatan intizomiy jazo qoʻllash haqidagi buyruq Departamentning tegishli boʻlinmasi xodimlariga, zarur hollarda esa barcha xodimlarga ham eʼlon qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan lavozimga tayinlangan Departament xodimi intizomiy javobgarlikka tortilgan hollarda, intizomiy jazo qoʻllash haqidagi buyruq nusxasi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va Departament boshligʻi, buyruqda oʻz qarorini asoslagan holda, jazoni bekor qilish, uni kuchaytirish yoki yengillashtirish huquqiga egadirlar. Agar intizomiy jazo chorasi sifatida ishdan boʻshatish qoʻllangan boʻlsa, u holda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki Departament boshligʻi ishdan boʻshatishni asossiz deb topib, xodimni ilgarigi lavozimiga tiklash va unga majburiy ishlanmagan vaqti uchun, biroq koʻpi bilan bir yil uchun oʻrtacha ish haqini toʻlash toʻgʻrisida buyruq chiqaradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Agar xodim jazo qoʻllanilgan kundan boshlab bir yil mobaynida yangi intizomiy jazo olmagan boʻlsa, u intizomiy jazo olmagan deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻllanilgan intizomiy jazo agar xodim xizmat vazifalarini bajarishda oʻzini vijdonli va namunali tutsa, bu haqdagi buyruq qabul qilingan kundan kamida olti oy oʻtgach, ushbu jazoni qoʻllagan mansabdor shaxs, Departament boshligʻi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan olib tashlanishi mumkin
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Intizomiy jazo mavjudligi Departament xodimining lavozim boʻyicha yuqori koʻtarilishiga yoki unga darajali unvon berilishiga, shuningdek rahbarlik lavozimlari uchun zaxiraga kiritilishiga (boʻlishiga) toʻsqinlik qiluvchi holat hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Intizomiy jazolar qoʻllashda oʻzlariga berilgan vakolatlarni oshirib yuborgan yoki ularni Departament yoki hududiy boshqarmalar xodimlariga nisbatan zarur darajada qoʻllamagan Departament boshligʻi, hududiy boshqarmalar boshliqlari Oʻzbekiston Respublikasi Prokurori oldida javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Xodimga nisbatan qoʻllangan intizomiy jazo yuzasidan intizomiy jazo qoʻllanganligi toʻgʻrisidagi buyruq xodimga eʼlon qilingandan keyin ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga yoki Departament boshligʻiga shikoyat qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shikoyat u tushgan kundan boshlab oʻn besh kun muddatda, qoʻshimcha tekshiruv oʻtkazish zarur boʻlgan hollarda esa — u tushgan kundan boshlab bir oydan kechikmay koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shikoyat bilan murojaat qilish intizomiy jazo ijrosini toʻxtatmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Departament organlari xodimlari davlat himoyasida boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xizmat vazifasini bajarish vaqtida Departament organlari xodimini ushlab turishga, shaxsiy tintuv oʻtkazishga, uning narsalarini va foydalanayotgan transportini koʻzdan kechirishga yoʻl qoʻyilmaydi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departament organlarining xodimlariga, shuningdek Departament organlaridan xizmatdan boʻshatilgan shaxslarga nisbatan ularning Departament organlarida xizmat vazifalarini bajarish jarayonida sodir etgan qilmishlari uchun jinoyat ishi kuzatish masalasi hamda Departament organlari xodimlarining maʼmuriy huquqbuzarliklari uchun javobgarlik masalasi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, uning oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar tomonidan vakolatlari doirasida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Departament organlarining kadrlar zaxirasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Departamentning kadrlar zaxirasi shakllantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departament organlarining kadrlar zaxirasini shakllantirishdan asosiy maqsad Departament organlariga zarur kasbiy fazilatlarga ega boʻlgan shaxslarning xizmatga qabul qilinishi, rahbarlik lavozimlariga yuklatilgan vazifalarni professional va samarali amalga oshirish uchun boshqaruvchilik qobiliyatiga ega xodimlar taqdim etilishini taʼminlash, shuningdek ularni tarbiyalash, oʻqitish va joy-joyiga qoʻyishdan iborat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departament organlarining kadrlar zaxirasini shakllantirish va u bilan ishlash kollegiallik va xolislik tamoyillariga asosan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Quyidagilar Departament organlarining kadrlar zaxirasini shakllantirish va u bilan ishlash faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departament organlariga ushbu Nizom bilan belgilangan talablarga javob beradigan shaxslarni xizmatga qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departament xodimlarining nazariy bilimlari, amaliy va axborot-tahlil koʻnikmalarini yuksaltirish, ishchanlik va professional sifatlarini takomillashtirish, ularni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va tezkor-qidiruv faoliyatining zamonaviy yutuqlari bilan tanishtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuqori lavozimlar uchun masʼuliyatli, malakali hamda kasbiy tayyorgarlikka ega Departament organlari xodimlarini tanlab olish va ularni kadrlar zaxirasiga kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kadrlar zaxirasiga kiritilgan Departament organlari xodimlarini qayta tayyorlash va tarbiyalash, shuningdek ularda boshqaruvchilik qobiliyatlarini shakllantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departament organlari xodimlarining xizmat pogʻonalarida yuqorilab borishni tizimli rejalashtirish va tashkil etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departament organlari tizimidagi yuqori lavozimlarga, qoida tariqasida, kadrlar zaxirasida turgan Departament organlari xodimlari tayinlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kadrlar zaxirasi bilan ishlash jarayonida, ularni kelgusida Departamentning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlari lavozimiga koʻtarish maqsadida Departament organlari rahbar xodimlarini tanlash va tayyorlashga alohida eʼtibor qaratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Departament organlarining kadrlar zaxirasi quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departament organlariga xizmatga qabul qilish uchun nomzodlar zaxirasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departamentning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari katta inspektorlari, inspektorlari, bosh surishtiruvchilari, katta surishtiruvchilari, katta taftishchilari, bosh taftishchilari, taftishchilari lavozimlariga koʻtarish uchun kadrlar zaxirasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departamentning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalarida tarkibiy boʻlinmalar boshliqlari va boshliqlarining oʻrinbosarlari lavozimlariga, shuningdek ularga tenglashtirilgan lavozimlarga, tuman (shahar) boʻlimlari boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari lavozimlarga koʻtarish uchun kadrlar zaxirasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departament tarkibiy boʻlinmalarining bosh inspektorlari, katta inspektorlari, bosh surishtiruvchilari, katta surishtiruvchilari, bosh taftishchilari, katta taftishchilari va katta kriminalisti lavozimlariga koʻtarish uchun kadrlar zaxirasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departament boshligʻi, Departament boshligʻining oʻrinbosarlari, Departamentning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari, Departament tarkibiy boʻlinmalari boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari, shuningdek ularga tenglashtirilgan lavozimlarga koʻtarish uchun kadrlar zaxirasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Rahbar kadrlar zaxirasiga kiritish uchun mezon boʻlib, Departament organlari tizimidagi rahbarlik lavozimlarida yuklatilgan vazifalarni bajara olish uchun zarur koʻnikma va sifatlarga egaligi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda Departamentning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlari, shuningdek Departamentning tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari lavozimlariga Departament organlari kadrlar zaxirasiga Departament va prokuratura organlarining oʻzlariga yuklangan xizmat vazifalarini vijdonan bajarayotgan, tegishli dunyoqarashga, nazariy bilimlarga, ijobiy shaxsiy va ishchanlik sifatlariga, turli lavozimlardagi amaliy ish tajribasiga, tashkiliy-tahliliy qobiliyatga, qatʼiy xarakter, prinsipiallik va masʼuliyatni his etishga ega boʻlgan xodimlari kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Kadrlar zaxirasiga nomzodlar Departament boshligʻi, Departament boshligʻining oʻrinbosarlari, Departamentning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlari, shuningdek Departamentning kadrlar boʻlimi va tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari, shuningdek Bosh prokuratura va Departament organlarining boshqarmalari attestatsiya komissiyalari tomonidan taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departamentning kadrlar boʻlimi tomonidan Departament organlarining shaxsiy tarkib boʻyicha inspeksiyasi va boshqa boʻlinmalar bilan birgalikda eng masʼuliyatli, malakali va tayyorlangan xodimlarni xizmat boʻyicha yuqoriga koʻtarishni taʼminlash maqsadida kadrlar zaxirasiga nomzodlarni xolisona tanlash, ularni oʻrganish hamda kasbga tizimli ravishda tayyorlash ishlari amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Kadrlar zaxirasi bilan ishlash tizimli asosda mavjud vakansiyalardan qatʼi nazar, olib boriladi, rahbarlik lavozimlariga zaxira tarkibi yiliga kamida bir marotaba shakllantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departament boshligʻi, Departament boshligʻining oʻrinbosarlari, hududiy boshqarmalarning boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari, shuningdek Departament markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalarining rahbarlari lavozimlariga koʻtarish uchun kadrlar zaxirasi Bosh prokuraturaning kadrlar boshqarmasi bilan kelishilgan holda va Departamentning tezkor yigʻilishlarida tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departament organlarida qolgan lavozimlarga kadrlar zaxirasi, tegishli ravishda, Departamentning markaziy apparati va hududiy boshqarmalarining tezkor yigʻilishlarida tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departament organlariga xizmatga qabul qilish uchun nomzodlar zaxirasi Departamentning hamda Departamentning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalarining kadrlar boʻlimi tomonidan, ushbu Nizom talablariga javob beradigan oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilari va Departament organlari ish yurituvchilari hamda mutaxassislaridan shakllantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49. Kadrlar zaxirasini shakllantirishga masʼul boʻlgan Departament organlarining mansabdor shaxslari kadrlar zaxirasiga nomzodlarni taqdim etish boʻyicha ishlarning toʻgʻri tashkil etilishi va uning xolisona shakllantirilishi uchun toʻliq javobgardirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50. Departament organlarining kadrlar zaxirasini shakllantirish va u bilan ishlash ushbu Nizom hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining sohaviy buyruqlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VII. Departament xodimlarini moddiy va ijtimoiy taʼminlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51. Departament xodimlarining pul taʼminoti mansab maoshi, darajali unvon uchun har oylik qoʻshimcha toʻlovlar, koʻp yillik xizmat uchun toʻlanadigan ustamalar, mehnatning alohida shart-sharoitlari uchun ustamalar, prokuratura organlari xodimlari uchun belgilangan tartibda va miqdorlarda belgilanadigan davlat xizmatchilarining lavozim maoshlariga ustamalardan (mehnatni ragʻbatlantirish koeffitsiyenti) iborat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departament xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi prokuraturasi organlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy muhofaza qilishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 13-noyabrdagi PQ-2065-son qarori normalari tatbiq etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlash razryadlari va Departament xodimlarining lavozim maoshlariga mehnatning alohida shart-sharoitlari uchun oylik ustamalar miqdorlari ushbu Nizomga 2 — 6-ilovalarga muvofiq belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻp yillik xizmati uchun ustamani hisoblash huquqini beruvchi maxsus staj Bosh prokurorning buyrugʻi bilan tasdiqlangan va Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishilgan Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlarining xodimlariga koʻp yillik xizmati uchun ustamalar toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha hisoblab chiqariladi.
(51-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-iyundagi 365-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 497-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
52. Darajali unvonlar berilgan shaxslar bepul xizmat kiyimi bilan taʼminlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
53. Departament xodimlariga 30 kalendar kunlik har yilgi haqi toʻlanadigan mehnat taʼtili beriladi. Departamentning 15 kalendar yildan ortiq ish stajiga ega boʻlgan xodimlarga ish staji:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15 kalendar yildan ortiq boʻlganda — 5 kun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25 kalendar yildan ortiq boʻlganda — 10 kun haq toʻlanadigan qoʻshimcha mehnat taʼtili beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xodimlarni har yilgi navbatdagi taʼtildan chaqirib olishga xizmat boʻyicha oʻta zarur hollarda, xodimning roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi. Taʼtilning foydalanilmagan qismi kech muddatlarga oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departament organlaridan xodimlar soni yoki shtati qisqarganligi munosabati bilan (tashkiliy-shtat tadbirlari), kasalligi tufayli yoki pensiyaga chiqishi sababli ishdan boʻshatilgan xodimlarga ularning xohishiga koʻra, haq toʻlanadigan navbatdagi yillik mehnat taʼtili beriladi, undan foydalanilmagan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi asosida pullik kompensatsiya toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xizmat oʻtashni tugatgan Departament organi xodimiga foydalanilmagan barcha yillik asosiy va qoʻshimcha taʼtillar uchun pullik kompensatsiya toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
54. Oilaviy holatlar, shuningdek boshqa uzrli sabablar boʻyicha Departament xodimlariga navbatdagi taʼtil hisobiga hisoblanmaydigan ish haqi saqlanmaydigan qisqa muddatli taʼtil berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
55. Departament xodimlariga turar joy binolari qonun hujjatlariga muvofiq beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yashash sharoitini yaxshilashga muhtoj boʻlgan Departament xodimlariga belgilangan tartibda ijtimoiy-moddiy yordam beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
56. Departament xodimlari va ular oila aʼzolarining pensiya taʼminoti qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
57. Xodimlar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tibbiy muassasalarida tibbiy xizmatlardan bepul foydalanish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departamentning pensiya oluvchi xodimlari va ularning oila aʼzolariga tibbiy xizmatlar koʻrsatish ular roʻyxatda turgan davolash muassasalarida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
58. Departament xodimlari xizmat safarlariga yuborilganda barcha turdagi transport vositalariga yoʻl chiptalari va mehmonxonalarda joylarni band qilish va navbatsiz olish huquqidan foydalanadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
59. Departament xodimlarining hayoti va sogʻligʻining majburiy davlat sugʻurtasi, belgilangan tartibda, Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
(59-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VIII. Departamentda xizmat oʻtashni toʻxtatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
60. Departamentda xizmat oʻtash xodim ishdan boʻshatilganda tugatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departamentda xizmatni oʻtash:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va Departament boshligʻining tashabbusi bilan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departament xodimining tashabbusi bilan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taraflarning ixtiyoriga bogʻliq boʻlmagan holatlarda tugatiladi.
(60-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-iyundagi 365-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 497-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xizmatni oʻtashni taraflar ixtiyoriga bogʻliq boʻlmagan holatlar boʻyicha bekor qilinishiga quyidagilar asos boʻladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departament xodimining boshqa ishga, shu jumladan saylab qoʻyiladigan lavozimga oʻtishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodim harbiy xizmatga chaqirilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shu ishni ilgari bajarib kelgan xodimning xizmatga tiklanishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimning vafot etishi, uning bedarak yoʻqolgan deb topilishi yoki vafot etgan deb eʼlon qilinishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa holatlar.
(60-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-iyundagi 365-son qaroriga asosan oltinchi — oʻn birinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 497-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va Departament boshligʻining tashabbusi bilan xizmat oʻtashni tugatish uchun quyidagilar asos boʻladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xizmatni tashkil etishdagi oʻzgarishlar, Departament organlari xodimlarining (shtatlar) soni qisqarishi yoki xizmat xususiyatining oʻzgarishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimning malakasi yetarli boʻlmaganligi yoki sogʻligʻiga koʻra bajarayotgan ishiga noloyiqligi sababli;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodim tomonidan oʻz xizmat vazifalarini muntazam ravishda buzilishi. Xizmat vazifalarini muntazam ravishda buzish deb xodim ilgari sodir etgan xizmat vazifalarining buzganligi uchun intizomiy jazoga tortilgan kundan eʼtiboran bir yil mobaynida intizomiy qoidabuzarlikni takroran sodir etishi hisoblanadi (agar jazo muddatidan ilgari olib tashlangan boʻlmasa);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodim tomonidan xizmat vazifalarini bir marta qoʻpol ravishda buzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimning unga taklif etilgan lavozimlarda xizmatni bundan keyin oʻtashni, shu jumladan yuqori turuvchi lavozimga oʻtishni rad etishi va rotatsiya tartibi sababi boʻyicha bir oy oʻtgandan keyin kadrlar boʻlimi ixtiyorida boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Nizomning 9-bandida koʻrsatilgan faoliyat xodimga ogohlantirish qilinganidan keyin ham davom ettirilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimning prokuratura organlarida xizmatda boʻlish yoshi chegarasiga yetishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departament organi xodimining Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departament xodimining egallab turgan lavozimiga nomunosib nojoʻya xatti-harakat sodir etishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
61. Departament xodimlarining xizmatda boʻlishlari uchun cheklangan yosh chegarasi — erkaklar uchun 60 va ayollar uchun — 55 yosh.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departamentda xizmatda boʻlishning cheklangan yoshiga yetgan, yuksak kasbiy tayyorgarlikka va egallab turgan lavozimida katta amaliy ish tajribasiga ega boʻlgan, sogʻligʻiga koʻra unga yuklangan majburiyatlarni bajarishga qodir boʻlgan xodim Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining roziligi bilan Departament organlarida xizmatni davom ettirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
62. Egallab turgan lavozimidan ozod qilingan xodim oxirgi xizmat joyidagi oʻrtacha oylik maoshi saqlangan holda kadrlar boʻlimi ixtiyorida qoladi. Uni kelgusidagi xizmat vazifasiga tayinlash masalasi egallab turgan lavozimdan ozod etish toʻgʻrisidagi buyruq chiqarilgan paytdan boshlab bir oydan kech boʻlmagan muddatda hal etilishi kerak (ushbu muddatga xodimning vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik davri kirmaydi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
63. Departament organlari xodimlarining mehnat nizolari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va Departament boshligʻi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
64. Departamentning pensiyaga chiqqan xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan belgilanadigan shakl boʻyicha pensiya guvohnomasi beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
641. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzoligiga saylangan (tayinlangan) yoki Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati etib saylangan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining lavozimga tayinlash yoki tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarori yoki taqdimnomasiga asosan davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga oʻtgan yoxud Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, Rais oʻrinbosari, viloyat, Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimi yoki hokim oʻrinbosari lavozimiga tayinlangan va tasdiqlangan Departament xodimi Bosh prokurorning buyrugʻi bilan prokuratura organlarining amaldagi kadrlar zaxirasiga kiritilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Alohida hollarda, boshqa ishga ishga oʻtgan Departament xodimi Bosh prokuraturaning attestatsiya komissiyasi taklifiga asosan Bosh prokurorning buyrugʻi bilan prokuratura organlarining amaldagi kadrlar zaxirasiga kiritilishi mumkin.
(641-bandi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi PQ-3699-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.05.2018-y., 07/18/3699/1184-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xodimning ushbu bandda koʻrsatilgan faoliyat muddati navbatdagi darajali unvonni berish huquqini beruvchi, koʻp yillik xizmati uchun toʻlanadigan ustamani toʻlash, pullik taʼminot maoshini belgilash yoki pensiya tayinlash uchun Departament organlaridagi xizmat stajiga qoʻshiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
642. Ushbu Nizomning 641-bandida koʻrsatilgan prokuratura organlarining amaldagi kadrlar zaxirasiga kiritilgan va unda boʻlgan xodimlar, ular saylangan yoki tayinlangan organlardagi mehnat sharoitlarini hisobga olgan holda, prokuratura organlari xodimlari uchun belgilangan barcha imtiyozlar, moddiy va ijtimoiy muhofaza qilish choralaridan foydalanadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Nizomning 641-bandida koʻrsatilgan prokuratura organlarining amaldagi kadrlar zaxirasiga kiritilgan va unda boʻlgan xodimlarga ushbu Nizomning III boʻlimida belgilangan tartibda darajali unvonlar va harbiy unvonlar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan belgilangan shaklda prokuratura organlarining amaldagi kadrlar zaxirasi xodimi guvohnomasi beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soliq imtiyozlari va moliyaviy imtiyozlarning, shuningdek, boshqa moddiy afzalliklarning qoʻllanilishi Departament xodimi saylangan yoki tayinlangan organ tomonidan unda amalda boʻlgan lavozim boʻyicha maoshi va boshqa toʻlovlar miqdori saqlangan holda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga, bunday xodimlarga darajali unvonlar, koʻp yillik xizmati uchun ustamalar hamda Departament xodimlari uchun belgilangan mehnatning alohida sharoitlari uchun har oylik ustamaning oʻrtacha miqdori toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
643. Prokuratura organlarining amaldagi kadrlar zaxirasiga oʻtkazilgan xizmatni oʻtashni tugatgan xodimlar, shuningdek, ularning oila aʼzolari bevosita Departament organlarida xizmat oʻtashni tugatgan xodimlar va ularning oila aʼzolari kabi huquqlar, imtiyozlar va afzalliklardan foydalanadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
644. Ushbu Nizom 641 — 643-bandlarining amal qilishi Departamentdan ushbu Nizomning 641-bandida koʻrsatilgan organlarga avval saylangan yoki oʻtgan xodimlarga ham prokuratura organlarining amaldagi kadrlar zaxirasiga kiritilgan vaqtdan boshlab tatbiq etiladi
(641 — 644-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-iyundagi 365-son qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 497-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
65. Amaldagi kadrlar zaxirasiga kiritilgan va unda boʻlgan Departament xodimlariga ularning boshqa davlat organlaridagi vakolat muddatlari tugaganidan soʻng, muqaddam Departament organlarida egallagan yoki unga teng lavozim berilishi kafolatlari taʼminlanadi, xodimning egallab turgan lavozimiga noloyiqligi yoki sogʻligʻi holatiga yoxud mehnat (xizmat) majburiyatlarini bajarmaganligi uchun mehnat faoliyati tugatilgan hollar bundan mustasno.
(65-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-iyundagi 365-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 497-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
66. Departamentning ishdan noqonuniy boʻshatilgan, boshqa lavozimga oʻtkazilgan, darajali unvondan mahrum etilgan xodimlari muqaddam egallagan lavozimiga va darajali unvonida qayta tiklanadi yoki boshqa teng lavozimga tayinlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departamentga ishga tiklangan xodimlarning majburiy progul vaqti ularga koʻp yillik xizmati uchun toʻlanadigan ustamani hisoblash hamda navbatdagi darajali unvonni berish uchun ish stajlarida hisobga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentida xizmatni oʻtash toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti xodimining QASAMYoDI
Men (qasamyod qabul qiluvchining familiyasi, ismi, otasining ismi) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentiga xizmatga kirar ekanman, Oʻzbekiston Respublikasi xalqiga sodiq boʻlishga qasamyod qilaman.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, inson va fuqaro huquqlariga rioya etishga, boshliqlarning buyruqlarini vijdonan bajarishga, vijdonli, jasur xodim boʻlishga, Vatanning iqtisodiy manfaatlarini sergaklik bilan qoʻriqlashga, davlat va xizmat sirlarini qattiq saqlashga qasamyod qilaman.
Agar men qabul qilgan Qasamyodni buzsam Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan javobgarlikka tortilishga tayyorman.
(Imzo)
(Sana)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentida xizmatni oʻtash toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti markaziy apparati xodimlarining Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
razryadlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
T/r
Lavozimlar nomi
Razryadlar
1.
Departament boshligʻi
19
2.
Boshqarma boshligʻi
18
3.
Boʻlim boshligʻi, inspeksiya boshligʻi, navbatchi qism boshligʻi
17
4.
Bosh: surishtiruvchi, taftishchi, inspektor; Departament boshligʻining yordamchisi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: departament boshligʻi birinchi oʻrinbosarining razryadi Departament boshligʻi tarif stavkasidan 3% past;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departament boshligʻi oʻrinbosarining razryadi Departament boshligʻi tarif stavkasidan 5% past;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqarmalar va boʻlimlar boshliqlari oʻrinbosarlarining razryadi boshqarmalar va boʻlimlar boshliqlarining tarif stavkasidan 5% past.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentida xizmatni oʻtash toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departament hududiy boshqarmalari xodimlarining Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
RAZRYaDLARI

Guruhdan tashqari
1-guruh
2-guruh
3-guruh
Toshkent sh.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi ,
Buxoro viloyati,
Jizzax viloyati,
Andijon viloyati,
Namangan viloyati,
Sirdaryo viloyati
Qashqadaryo viloyati,
Navoiy viloyati,
Samarqand viloyati,
Surxondaryo viloyati,
Toshkent viloyati,
Xorazm viloyati
Fargʻona viloyati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentida xizmatni oʻtash toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departament shahar boʻlimlari xodimlarining Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
RAZRYaDLARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: boʻlim boshligʻi oʻrinbosarining razryadi boʻlim boshligʻi tarif stavkasidan 5 % past.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-guruh
2-guruh
Andijon shahri,
Guliston shahri,
Buxoro shahri,
Jizzax shahri,
Qarshi shahri,
Termiz shahri,
Navoiy shahri,
Urganch shahri
Namangan shahri,
Nukus shahri,
Samarqand shahri,
Fargʻona shahri
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentida xizmatni oʻtash toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departament tumanlar boʻlimlari xodimlarining Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
RAZRYaDLARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Lavozimlar nomi
razryadlar
boʻlim boshligʻi
14
katta: surishtiruvchi, inspektor
12
surishtiruvchi, inspektor
11
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: boʻlim boshligʻi oʻrinbosarining razryadi boʻlim boshligʻi tarif stavkasidan 5% past.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentida xizmatni oʻtash toʻgʻrisidagi nizomga 6-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining xodimlari darajali unvonlariga ega boʻlgan xodimlari lavozim maoshlariga alohida mehnat sharoitlari uchun har oylik ustamalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
miqdorlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Lavozimning nomi
Lavozim maoshiga ustama miqdori (foizlarda)
Departamentning markaziy apparati
20
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha Departament boshqarmalari
30
Departamentning shaharlar (tumanlar) boʻlimlari
40
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: alohida mehnat sharoitlari uchun har oylik ustama qonun hujjatlarida belgilangan ragʻbatlantiruvchi qoʻshimcha haq va ustamalarni hisoblashda Departament xodimlarining lavozim maoshi tarkibiga kiritiladi.
(6-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 5-dekabrdagi 318-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 50-son, 647-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-iyuldagi 291-son qaroriga 7-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining “Davlat soliq organlari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2000-yil 13-martdagi 87-son qarorida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarorning 3-bandi va qarorga 3-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bandning ikkinchi xatboshidan “Soliq sohasida huquq buzilishlarga qarshi tezkor kurashish bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-banddan “Soliq sohasida huquq buzilishlarga qarshi tezkor kurashish bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1, 2, va 2a-ilovalardan “Soliq sohasida huquq buzilishlarga qarshi tezkor kurashish bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari” soʻzlari chiqarib tashlansin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 21-maydagi 98-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2010-y., 21-son, 162-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 13-son, 88-modda; 2002-y., 22-son, 182-modda; 2010-y., 21-son, 162-modda; 2013-y., 50-son, 647-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda; 2017-y., 24-son, 497-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2018-y., 06/18/5438/1189-son; 11.05.2018-y., 07/18/3699/1184-son)