Hujjat kuchini yo‘qotgan 02.12.2003 08.11.1999 yildagi 492-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori , 08.11.1999 yildagi 492-son
Date of entry into force
08.11.1999
Hujjat kuchini yo‘qotgan 02.12.2003
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT ARXITEKTURA VA QURILISh QOʻMITASI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI VA UNING TUZILMASINI TASDIQLASh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 2-dekabrdagi 538-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 3-sentabrdagi 375-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 27-apreldagi 165-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 27-apreldagi 165-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. “Oʻzdavstandart” markazi qurilish materiallari, buyumlar va konstruksiyalarni sertifikatlash funksiyalarini amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasiga bersin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat arxitektura-qurilish nazorati bosh boshqarmasi (“Boshdavarxitektqurilishnazorat”) tarkibida qurilishda standartlashtirish hamda qurilish materiallari, buyumlar va konstruksiyalarni sertifikatlash boshqarmasini tashkil etsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Oʻzbekiston Respublikasi viloyatlari Davlat arxitektura-qurilish nazorati inspeksiyalari tarkibida Qurilishda standartlashtirish va qurilish materiallari, buyumlar va konstruksiyalarni sertifikatlash markazlari tashkil etsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqarma va Qurilishda standartlashtirish va qurilish materiallari, buyumlar va konstruksiyalarni sertifikatlash markazlari xarajatlarini koʻrsatib oʻtilgan Boshqarma va markazlar tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlardan tushadigan mablagʻlardan amalga oshirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining Davlat arxitektura-qurilish nazorati bosh boshqarmasi (“Boshdavarxitektqurilishnazorat”) toʻgʻrisidagi Nizom 4-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 27-apreldagi 165-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi bir hafta muddatda Davlat arxitektura-qurilish nazorati bosh boshqarmasining tuzilmasini tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari oʻn kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi bilan kelishgan holda tegishli Arxitektura va qurilish hududiy bosh boshqarmalarining tuzilmasini tasdiqlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 26-yanvardagi 19-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat idoradan tashqari ekspertiza bosh boshqarmasi toʻgʻrisidagi Nizomning 6-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin: “tobe ekspert tashkilotlar va mustaqil firmalar tomonidan qurilish, rekonstruksiyalar uchun beriladigan ekspert xulosalar sifatini nazorat qilish va monitoringini amalga oshirish”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish (“Davarxitektqurilish”) qoʻmitasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari toʻgʻrisida” 1993-yil 30-avgustdagi 441-son qarori 2-bandining oxirgi xatboshidagi “shahar (tuman)lar hokimlari” soʻzlari “shahar (tuman)lar hokimlarining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi hamda viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan kelishilgan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish (“Davarxitektqurilish”) qoʻmitasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari toʻgʻrisida” 1993-yil 30-avgustdagi 441-son qaroriga 1, 2 va 3-ilovalar, shuningdek ushbu qaror 3-bandining ikkinchi xatboshi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 1-dekabrdagi 580-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi toʻgʻrisidagi Nizom;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi toʻgʻrisidagi Nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 1995-yil 18-sentabrdagi 363-son qarori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida Davlat arxitektura-qurilish nazorati boshqarmasi toʻgʻrisidagi va Davlat idoradan tashqari ekspertiza bosh boshqarmasi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 1995-yil 26-yanvardagi 19-son qaroriga 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Isayev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1999-yil 8-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
492-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil
8-noyabrdagi 492-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi deb ataladi) qurilish, arxitektura, shaharsozlik sohasidagi faoliyatni, qurilish materiallari ishlab chiqarishni Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda muvofiqlashtirish va funksional boshqarishni oʻz vakolatlari doirasida amalga oshiruvchi Oʻzbekiston Respublikasi davlat boshqaruv organi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga va mazkur Nizomga amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi oʻz faoliyatini respublika boshqaruv va boshqa organlari hamda joylardagi hokimiyat, mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organlari, tashkilotlar va jamoat birlashmalari bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Davarxitektqurilish” qoʻmitasiga qarashli sohada ish koʻruvchi davlat unitar korxonalari va tashkilotlari “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi ixtiyorida boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) arxitektura va qurilish bosh boshqarmalari va boʻlimlari (boshqarmalari), ekspertiza va davlat arxitektura-qurilish nazorati vakolatli organlari qurilish, shaharsozlik va arxitekturani boshqarish sohasida Oʻzbekiston Respublikasi davlat boshqaruvi organlari yagona tizimini tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Quyidagilar “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.1. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida qurilish, arxitektura, shaharsozlik va qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasini isloh qilish, davlat boshqaruvining tashkiliy, iqtisodiy va huquqiy asoslarini shakllantirish, boshqaruv tizimini takomillashtirish boʻyicha davlat siyosatini oʻtkazish va tarmoqlararo muvofiqlashtirishni amalga oshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.2. Qurilish, arxitektura va shaharsozlik, binokorlik materiallari ishlab chiqarish sohasida yagona ilmiy va texnika siyosatini amalga oshirish, tegishli axborot bazasini tashkil etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.3. Investitsiya jarayonlarini samarali boshqarish masalalari boʻyicha jahon tajribasini oʻrganish, loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, pudrat ishlari bozorini shakllantirish, yangi texnika va texnologiyalarni, qurilish materiallari va qurilish-montaj ishlarining ilgʻor turlarini qoʻllash sabablarini asoslash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.4. Qurilish, arxitektura, shaharsozlik va loyihalash faoliyati sohasidagi meʼyoriy-huquqiy hujjatlar, davlat normalari va standartlari monitoringi va ularni ishlab chiqish, davlat shaharsozlik kadastrini yuritish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.5. Shaharlar va aholi yashash joylarini rejalashtirish va ularda imoratlar qurish normalari va qoidalariga rioya qilinishini taʼminlash, ularning arxitektura-rejalashtirish va arxitektura-badiiy sifatini yaxshilash, qimmatli arxitektura-shaharsozlik merosini saqlab qolish, arxitektura va shaharsozlikda milliy va madaniy anʼanalarni rivojlantirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.6. Narx belgilash tizimini takomillashtirish, pudrat ishlari va qurilish materiallari bozorini shakllantirish, qurilishda shartnomaviy munosabatlarning ahamiyatini oshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.7. Loyihalashtirish, qurish va qurilish materiallari va konstruksiyalarini ishlab chiqarishda davlat shaharsozlik intizomiga, normalar va standartlarga rioya etilishini nazorat qilish, qurilish sifatini nazorat qilish, arxitektura-shaharsozlik, loyiha va loyiha-tender hujjatlari ekspertizasini oʻtkazish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.8. Qurilish, arxitektura va shaharsozlik sohasida xususiylashtirish jarayonlari chuqurlashishiga, xususiy firmalar tashkil etilishiga, oʻrta va kichik korxonalar, injiniring, konsalting, auditorlik, sugʻurta tarmoqlari va bozor infratuzilmasining boshqa tashkilotlari rivojlanishiga koʻmaklashish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6.1. Investitsiya faoliyati, qurilish, arxitektura va shaharsozlik sohasida meʼyoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini, qonun hujjatlari va va boshqa meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun belgilangan tartibda respublika Hukumatiga kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6.2. Qurilish sohasidagi ishlarning ahvolini kompleks texnik-iqtisodiy tahlil qiladi, tarmoqni rivojlantirish tamoyillarini oʻrganadi va qonuniyatlarni umumlashtiradi, qurilish, arxitektura va shaharsozlik sohasida davlat siyosati asoslarini ishlab chiqadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6.3. Budjet, ijtimoiy va kredit siyosati, kapital qurilishni mablagʻ bilan taʼminlash, tugallanmagan qurilish hajmlarini qisqartirish masalalari boʻyicha respublika qonunlari va boshqa meʼyoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda qatnashadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6.4. Manfaatdor vazirliklar, idoralar, davlat qoʻmitalari va joylardagi davlat va xoʻjalik boshqaruvining boshqa organlari hamda hokimiyat organlari bilan birgalikda bozor iqtisodiyoti sharoitlarida qurilish tarmogʻining tarkibiy, texnik va iqtisodiy siyosatining asosiy yoʻnalishlarini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6.5. Qurilish, arxitektura, shaharsozlik, qurilish materiallari sanoati sohasida davlat normalari va qoidalarini ishlab chiqish, roʻyxatdan oʻtkazish, tasdiqlash, ishga tushirish va qayta koʻrib chiqish, loyiha hujjatlarini kelishish va ekspertiza qilish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6.6. “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha respublika maqsadli dasturlarining shaharsozlik boʻlimlarini, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish prognozlarini va respublika budjeti loyihasiga takliflarni ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6.7. Yagona ilmiy-texnika siyosati oʻtkazilishini taʼminlaydi, tarmoqni rivojlantirish konsepsiyasini, maqsadli ilmiy-texnika dasturlarini ishlab chiqadi, arxitektura va shaharsozlik, loyihalashtirish va qurish sohasida fanni rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini belgilaydi, yangi istiqbolli qurilish materiallari, konstruksiyalari va texnologiyalari yaratishga doir ilmiy-tadqiqot ishlanmalarini muvofiqlashtiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6.8. Arxitektura, qurilish, shaharsozlik, qurilish materiallari, konstruksiyalari, buyumlari, muhandislik asbob-uskunalari boʻyicha smeta normalari, respublika standartlari, qurilish normalari va qoidalarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6.9. Qurilishda, qurilish materiallari, konstruksiyalari va buyumlari sanoatida, boshqaruv va smeta bilan normalashtirishning iqtisodiy usullarini takomillashtirish ishlarini tashkil etadi, qurilishda hamda konstruksiyalar, detallar va buyumlar ishlab chiqarishda rioya etilishi majburiy boʻlgan markaziy investitsiyalar hisobiga amalga oshiriladigan kapital qurilishdagi asosiy qurilish materiallari sarfi normalarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6.10. Respublikaning joylardagi manfaatdor boshqaruv va hokimiyat organlari bilan oʻzaro hamkorlikda shaharsozlik, loyihalashtirish va muhandislik izlanishlari sohasida gidroqurilish normativlari va qoidalari ishlab chiqilishini, shuningdek hududlar va yashash joylarida fuqaro mudofaasi boʻyicha muhandislik-texnik tadbirlarni amalga oshiradi, koʻrsatib oʻtilgan hujjatlarni tasdiqlaydi va chiqaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6.11. Qurilishda, qurilish materiallari sanoatida bozor infratuzilmasini barpo etishning iqtisodiy shart-sharoitlarini takomillashtirishga doir takliflarni tayyorlaydi, qurilish mahsulotiga narxlar boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqadi, mablagʻ bilan taʼminlashning markazlashtirilgan manbalari hisobiga amalga oshiriladigan ommaviy qurilish obyektlari qiymatini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6.12. Hududlarning tabiiy-iqlim, demografik, milliy va mintaqaviy xususiyatlarini hisobga olgan holda uy-joylar va jamoat binolarining koʻp martalab qoʻllaniladigan namunaviy loyiha yechimlarini, maqsadli, mintaqaviy va eksperimental loyihalarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6.13. Respublika maqsadli dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish boʻyicha davlat buyurtmachisi funksiyasini belgilangan tartibda taʼminlaydi, ushbu dasturlarning ilmiy-texnik va tajriba-konstruktorlik ishlari boʻlimlarini shakllantirishda va amalga oshirishda hamda davlat ehtiyojlari uchun qurilish obyektlari roʻyxatini shakllantirishda qatnashadi, ularning barpo etilishini nazorat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6.14. Qurilish, arxitektura, shaharsozlik va qurilish materiallari sanoati sohasida normalar va qoidalar, davlat standartlari va yoʻriqnomalar ishlab chiqilishini taʼminlaydi, ularni amalga kiritadi hamda chiqaradi, tushuntirishlar beradi, ularga rioya etilishi va qoʻllanilishini nazorat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6.15. Markazlashtirilgan manbalar va davlat budjeti mablagʻlari hisobiga mablagʻ bilan taʼminlanadigan ilmiy-tadqiqot va loyiha-qidiruv ishlari amalga oshirilishi strategiyasini shakllantiradi va ularning bajarilishini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6.16. Qurilishning smeta qiymatini aniqlashning asosiy prinsiplarini ishlab chiqadi, smeta-meʼyoriy baza va moddiy resurslar sarfi meʼyoriy koʻrsatkichlari ishlab chiqilishini tashkil etadi, shuningdek respublika budjetidan mablagʻ bilan taʼminlanadigan qurilish boʻyicha buyurtmachi-quruvchi xizmati xarajatlariga mablagʻlar sarfi ustidan nazoratni amalga oshiradi.

6.18. Favqulodda vaziyatlar mintaqalarida halokat-tiklash ishlarini muvofiqlashtirishda qatnashadi, qurilayotgan va foydalanilayotgan binolar va inshootlar halokati sabablarini tekshirish tartibini tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6.19. Qurilish va qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasida aksiyadorlik jamiyatlarining davlat mulkchiligiga biriktirilgan aksiyalarini ishonchli boshqaruvga berish toʻgʻrisida takliflar tayyorlashda qatnashadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6.20. Kapital qurilishda davlat xaridlari tizimini, pudrat ishlari bozorini shakllantirish, ishlar va xizmatlarni bajaruvchilarni, moddiy-texnika resurslari yetkazib beruvchilarni hamma joyda tanlov (tender) boʻyicha tanlashni joriy etishni, shartnoma munosabatlarini mustahkamlash, pudrat shartnomasini bajarishda majburiyatlar bajarilishi taʼminlanishi uchun masʼuliyatning turli shakllari va mexanizmlarini joriy etish ishlarini tashkil etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pudrat savdolari oʻtkazilishiga tashkiliy va uslubiy rahbarlik qiladi, ularni tayyorlash va oʻtkazish tartibini nazorat qiladi, tender hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazadi.
(6.20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 5-avgustdagi 305-sonli qarori asosida xatboshi bilan toʻldirilgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6.21. Qurilish ishlab chiqarishida shartnomaviy narxlar va tariflar shakllantirilishiga doir uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqadi, narx siyosatini va qurilish mahsulotiga narx belgilashni prognozlashtiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6.22. Qurilishning texnik darajasi va industrlashtirilishini oshirish, qurilishda kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, ishlar sifatini yaxshilash, resurslarni tejash, qurilishda materiallar va mehnat sarfini kamaytirish, qurilish materiallarini loyihalashtirish va ishlab chiqarish ishlarini tashkil etishga koʻmaklashadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6.23. Qurilish loyihalarining belgilangan tartibda kompleks davlat ekspertizasi oʻtkazilishini taʼminlaydi, toʻliq yoki qisman davlat budjeti mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladigan korxonalar, binolar va inshootlar qurilishi, rekonstruksiya qilinishi va texnika bilan qayta jihozlanishi boʻyicha loyihalarni, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi davlat buyurtmachisi boʻlgan obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilishga doir loyiha-smeta hujjatlarini tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6.24. Shaharlar va aholi yashash joylarini rejalashtirish, ularning bosh rejalari sxemalari va loyihalari, boshqa arxitektura-rejalashtirish hujjatlari, hududlarni xavfli geologik jarayonlardan himoya qilishning qoʻriqlash zonalari va sxemalari loyihalari, seysmik mikrorayonlashtirish xaritalari ishlab chiqilishini nazorat qiladi va tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6.25. Yer, uy-joy, arxitektura-shaharsozlik qonunchiligiga, aholi yashash joylari yerlaridan samarali va maqsadli foydalanilishiga rioya etishni nazorat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6.26. Kapital qurilish ehtiyojlari uchun ilgʻor texnologiyalar, asbob-uskunalar, priborlar, mashinalar, mexanizmlar va anjomlar joriy etilishi boʻyicha takliflar tayyorlaydi, ularni ishlab chiqarish va oʻzlashtirish ishlarini tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6.27. Davlat shaharsozlik kadastri, obyektlarni texnik xatlash, shaharsozlik faoliyati obyektlari monitoringi yuritilishini ilmiy-uslubiy taʼminlashni tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6.28. Qurilish uchun muhandislik izlanishlari sohasida yagona texnika siyosatini amalga oshiradi, kapital qurilish uchun kompleks muhandislik izlanishlarining davlat fondi shakllanishi va yuritilishini tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6.29. Qurilish industriyasi va qurilish materiallari sanoati korxonalari tomonidan qurilish va ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifati ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi, qurilish obyektlarini roʻyxatdan oʻtkazadi, qurilish normalari va qoidalari talablari, standartlar va texnik shartlar buzilgan, tasdiqlangan loyiha yechimlaridan chetga chiqqan holda zarur loyiha hujjatlarisiz amalga oshirilayotgan qurilishga belgilangan tartibda moliyaviy jazolar beradi, mahsulot ishlab chiqarilishini taqiqlaydi, obyektlar qurilishini toʻxtatib qoʻyadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6.30. Shaharsozlik intizomiga, obyektlarni foydalanishga qabul qilib olish qoidalariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, zaruriyat boʻlganda materiallarni tartibni buzishda aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga topshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6.31. Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq loyihalashtirish, muhandislik izlanishlari, ekspertiza, qurilish, qurilish materiallari, konstruksiyalari va buyumlari ishlab chiqarish sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqini attestatsiyadan oʻtkazadi, sertifikatlar va litsenziyalar beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6.32. Oʻz vakolatlari doirasida investitsiya jarayoni qatnashchilari oʻrtasidagi kelishmovchiliklarni koʻrib chiqadi, ular boʻyicha qarorlar qabul qiladi, takliflarni belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga yoki tegishli organlarga kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6.33. Qurilishni loyihalash va qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasida korxonalar va tashkilotlarni xususiylashtirish masalalarini hal etishda qatnashadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6.34. Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalari, shu jumladan chet elda ishlab chiqarilgan materiallar va buyumlarni sertifikatlaydi, qurilish tashkilotlari va qurilish industriyasi korxonalarini jihozlash uchun asbob-uskunalar xarid qilish masalalarini hal etishda qatnashadi hamda obyektlar qurilishi uchun xorijiy firmalar jalb qilinishining maqsadga muvofiqligini koʻrib chiqadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6.35. Qurilish, arxitektura, shaharsozlik va qurilish materiallari ishlab chiqarish masalalari boʻyicha xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar bilan ilmiy-texnik va iqtisodiy hamkorlikni amalga oshiradi, ushbu sohadagi xalqaro hamkorlikda qatnashadi, xorijiy firmalar, korxonalar va tashkilotlar bilan toʻgʻridan toʻgʻri aloqalar oʻrnatishda mahalliy korxonalar va tashkilotlarga koʻmaklashadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6.36. Qurilish, qurilish materiallari, konstruksiyalari va buyumlari sanoati sohasida statistika hisobotini takomillashtirish, binolar, inshootlar va qurilish texnikasining asosiy fondlarini qayta baholash boʻyicha takliflar tayyorlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6.37. Oʻz vakolati doirasida arxitektura, shaharsozlik va qurilish sohasida mutaxassislar tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil etadi, shuningdek qurilish kompleksi kadrlarini oʻqitadi, qayta tayyorlaydi va ularning malakasini oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6.38. Respublika va mintaqaviy koʻrgazma-yarmarkalar oʻtkazishni tashkil etadi, ular ishida qatnashadi, qurilishda koʻrgazma ishini rivojlantirish va takomillashtirish masalalarida uslubiy va maslahat yordami koʻrsatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6.39. Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq “Davarxitektqurilish” qoʻmitasiga yuklangan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Qoʻmitaga quyidagi huquqlar beriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7.1. Qurilish, arxitektura va shaharsozlik sohasida muhim xalq xoʻjaligi muammolarini ishlab chiqish va koʻrib chiqish boʻyicha idoralararo komissiyalar va kengashlar tashkil etish. Materiallarni ishlab chiqishga ilmiy-tadqiqot, texnologik, loyiha-konstruktorlik tashkilotlari, oliy oʻquv yurtlari va boshqa muassasalarning xodimlarini, shuningdek alohida olimlar va mutaxassislarni jalb qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7.2. Vazirliklar, idoralar, davlat qoʻmitalari, konsernlar va uyushmalarda, ilmiy-tadqiqot muassasalarida, loyihalash, qidiruv, qurilish tashkilotlarida va korxonalarda arxitektura va shaharsozlik sohasida ilmiy-tadqiqotlar dasturlari bajarilishini, loyihalash va qurilishning texnik darajasini, ishlarni standartlashtirish va sertifikatlash ishlari tashkil etilishini, bajarilayotgan qurilish-montaj ishlari, ishlab chiqarilayotgan qurilish konstruksiyalari, buyumlari va materiallari sifatini, shuningdek qurilish texnikasidan foydalanish samaradorligini tekshirishni belgilangan tartibda oʻtkazish, vazirliklar, idoralar, davlat qoʻmitalari hamda respublika davlat va xoʻjalik boshqaruvi boshqa organlari va ularga qarashli tashkilotlar rahbarlarining ushbu masalalar boʻyicha axborotlari va xabarlarini eshitish, tekshirishlar, axborotlar va xabarlar natijalari boʻyicha tegishli qarorlar qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7.3. Materiallarni obyektlarni foydalanishga qabul qilish qoidalari buzilganligi uchun huquqni muhofaza qilish organlariga va qurilishi tugallanmagan obyektlarni foydalanishga topshirish statistika hisobotidan chiqarish uchun statistika organlariga berish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7.4. Vazirliklar, idoralar, davlat qoʻmitalari hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvi boshqa organlarining, shuningdek ularga qarashli tashkilotlarning qurilish, arxitektura va shaharsozlik masalalari boʻyicha qonun hujjatlariga zid meʼyoriy-huquqiy hujjatlarining amal qilishini toʻxtatib qoʻyish yoki toʻxtatish yoxud bekor qilish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7.5. Oʻz faoliyati uchun zarur boʻlgan statistika axborotini statistika organlaridan olish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7.6. “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi huzurida amaldagi qonun hujjatlariga zid boʻlmagan yangi texnologiyalarni va arxitektura-loyiha yechimlarini joriy etish boʻyicha xoʻjalik hisobidagi korxonalar, uyushmalar va boshqa tuzilmalarni tashkil etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi qurilish sohasida ilmiy-texnika taraqqiyotini jadallashtirishga qaratilgan yagona texnika siyosati oʻtkazilishi, shaharsozlik, shaharlar va aholi yashaydigan joylarning arxitektura qiyofasi yaxshilanishi, loyiha-smeta ishlari takomillashtirilishi, loyihalash va qurilish ishlab chiqarishi bilan bogʻliq boʻlgan fanning rivojlantirilishi uchun javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari barcha vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvi boshqa organlari, idoraviy boʻysunishi va mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, birlashmalar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi zarur hollarda respublikaning boshqa vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari bilan birgalikda belgilangan tartibda qarorlar qabul qiladi va qoʻshma meʼyoriy hujjatlar chiqaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. “Davarxitektqurilish” qoʻmitasiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan Rais boshchilik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi raisining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadigan oʻrinbosarlari boʻladi. Rais oʻrinbosarlari oʻrtasida vazifalarni Rais taqsimlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Rais “Davarxitektqurilish” qoʻmitasiga yuklangan vazifalar va majburiyatlarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi, Qoʻmita faoliyatining alohida yoʻnalishlariga rahbarlik qilishda rais oʻrinbosarlarining, Qoʻmita tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarining javobgarligi darajasini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi Raisi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Davarxitektqurilish” qoʻmitasi ishini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq oʻz vakolati doirasida “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi xodimlari, shuningdek “Davarxitektqurilish” qoʻmitasiga qarashli korxonalar va tashkilotlar bajarishi majburiy boʻlgan qarorlar, farmoyishlar va buyruqlar chiqaradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat hokimiyati organlarida, shuningdek xalqaro tashkilotlarda “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi nomidan vakillik qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Davarxitektqurilish” qoʻmitasi faoliyati masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir meʼyoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini va takliflarni koʻrib chiqish uchun belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Davarxitektqurilish” qoʻmitasining alohida oʻrnak koʻrsatgan davlat xizmatchilari va xodimlarini, qurilish sohasi xodimlarini Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofotlari bilan mukofotlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan tartibda idoraviy mukofotlarni tasdiqlaydi, ushbu mukofotlar toʻgʻrisidagi nizomni va ularning tavsifini tasdiqlaydi, qurilish, qurilish materiallari sanoati sohasida mehnat qilayotgan xodimlarni tarmoq faxriy nishonlari va faxriy yorliqlari bilan mukofotlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Davarxitektqurilish” qoʻmitasiga qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlar ustavlari (nizomlari)ni belgilangan tartibda tasdiqlaydi, ularning rahbarlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi, korxonalar va tashkilotlar rahbarlari bilan kontraktlarni Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq tuzadi, oʻzgartiradi va bekor qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi xodimlarini xizmat safarlariga, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga xizmat safarlariga yuboradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Davarxitektqurilish” qoʻmitasi xodimlarini huquqiy va ijtimoiy himoya qilishni taʼminlash masalalarini oʻz vakolati doirasida hal etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Qoʻmitada Rais (hayʼat raisi) va lavozimlari boʻyicha rais oʻrinbosarlari hamda Qoʻmita va uning tarkibiy boʻlinmalarining boshqa rahbar xodimlaridan iborat tarkibda hayʼat tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Davarxitektqurilish” qoʻmitasi hayʼati aʼzolari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Qoʻmita hayʼati oʻzining muntazam oʻtkaziladigan majlislarida arxitektura, shaharsozlik va qurilish sohasidagi arxitektura va shaharsozlik darajasini oshirishga, kapital qurilishda ilmiy-texnika taraqqiyotini jadallashtirishga, qurilishni takomillashtirishga qaratilgan yagona ilmiy-texnika siyosatini oʻtkazishning asosiy masalalarini hamda Qoʻmita faoliyatining boshqa masalalarini koʻrib chiqadi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi tizimidagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga amaliy rahbarlik qilish masalalarini, muhim qarorlar, buyruqlar, qoidalar, yoʻriqnomalar va boshqa meʼyoriy hujjatlar loyihalarini muhokama qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hayʼat qarorlari Qoʻmita Raisining buyruqlari bilan hayotga joriy etiladi. Rais bilan hayʼat oʻrtasida kelishmovchiliklar kelib chiqqan taqdirda Rais paydo boʻlgan kelishmovchiliklar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga maʼlum qilgan holda oʻz qarorini hayotga joriy etadi, hayʼat aʼzolari esa, oʻz navbatida, oʻz fikrlarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga maʼlum qilishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. “Davarxitektqurilish” qoʻmitasida arxitektura, shaharsozlik va kapital qurilishda ilmiy-texnika taraqqiyotining muammolarini hal etishning eng maqbul yoʻllarini koʻrib chiqish va izlash uchun ilmiy-texnika kengashi tuziladi. Ilmiy-texnika kengashiga Qoʻmita raisi boshchilik qiladi. Kengashning shaxsiy tarkibi va uning toʻgʻrisidagi Nizom Qoʻmita raisi tomonidan tasdiqlanadi. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, konsernlar, uyushmalar va boshqa tashkilotlarning mutaxassislari ilmiy-texnika kengashida ishlashga jamoatchilik asosida jalb qilinishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar arxitektura va qurilish hududiy davlat organlari, Davlat ekspertizasi bosh boshqarmasi, Davlat arxitektura-qurilish nazorati organlari, Pudrat savdo (tender)larini tashkil etish boshqarmasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi tuzilmasiga kiradi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi ular faoliyatiga rahbarlik qilish va muvofiqlashtirishni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmalari, tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish toʻgʻrisidagi qaror tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining hamda tegishli tarkibiy boʻlinma rahbarining taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi Raisi tomonidan qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining, viloyatlar va Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmalarining shtat jadvalini oʻzgartirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi hamda moliya organlari bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Qoʻmita markaziy apparatining tuzilmasi va xodimlari soni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Rais belgilangan xodimlar soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida Qoʻmita markaziy apparatining tasdiqlangan tuzilmasiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda oʻzgartishlar kiritish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Davarxitektqurilish” qoʻmitasi markaziy apparati xarajatlarini mablagʻ bilan taʼminlash davlat boshqaruvi uchun nazarda tutilgan davlat budjeti mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi markaziy apparatining shtat jadvali, shuningdek uning tarkibiy boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomlar va ularning shtatdagi xodimlari soni, ular moliya organlarida roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin, Rais tomonidan tasdiqlanadi. Davlat arxitektura-qurilish nazorati bosh boshqarmasi va Davlat ekspertizasi bosh boshqarmasi toʻgʻrisidagi nizomlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda jurnallar, gazetalar taʼsis etadi va nashr qiladi hamda radio va televideniyeda mavzular dasturlari shakllantirilishini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga, tegishli muhrlar, shtamplar va banklarda hisobraqamlariga ega boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 27-apreldagi 165-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 27-apreldagi 165-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil
8-noyabrdagi 492-son qaroriga
4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat arxitektura-qurilish nazorati bosh boshqarmasi (“Boshdavarxitektqurilishnazorat”) toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Davlat arxitektura-qurilish nazorati bosh boshqarmasi (“Boshdavarxitektqurilishnazorat”) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. “Boshdavarxitektqurilishnazorat” boshqarmasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining boshqa qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining qarorlariga hamda mazkur Nizomga amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilar “Boshdavarxitektqurilishnazorat” boshqarmasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish sohasida tiklanayotgan binolar va inshootlarning, ishlab chiqarilayotgan qurilish materiallari, buyumlar va konstruksiyalarining meʼyoriy-texnik va loyiha hujjatlariga muvofiqligi, shuningdek qurilishning barcha bosqichlarida uni amalga oshirish texnologiyasiga rioya qilinishi qurilish qatnashchilari tomonidan taʼminlanishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilishda standartlashtirish va qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini sertifikatlash ishlarini olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududida qurilish sifati ustidan nazoratni tashkil etish va amalga oshirish masalalari boʻyicha uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
obyektlar qurilishi sifati ustidan nazoratni taʼminlashda investitsiya jarayoni qatnashchilariga maslahatlar va amaliy yordam berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar “Davarxitektqurilishnazorat” inspeksiyalari faoliyatini muvofiqlashtirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. “Boshdavarxitektqurilishnazorat” bosh boshqarmasi oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi asosiy funksiyalarni bajaradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish Respublika kengashi bilan kelishgan holda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarilayotgan qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarining hamda bajarilayotgan qurilish-montaj ishlarining meʼyoriy-texnik va tasdiqlangan loyiha hujjatlariga muvofiqligini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish qatnashchilari tomonidan meʼyoriy-texnik va loyiha hujjatlarida nazarda tutilgan sinovlar, sʼyomkalar, oʻlchashlarning oʻz vaqtida va sifatli oʻtkazilishini, shuningdek zarur texnik-ijro hujjatlarining yuritilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tasdiqlangan loyihalarning amalga oshirilishini hamda aholi punktlarini qurish bosh loyihalariga va arxitektura-qurilish yechimlari boʻyicha texnik talablarga rioya qilinishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihalash tashkilotlari va pudratchida faoliyat turlarini va ishlarni amalga oshirish uchun belgilangan tartibda berilgan litsenziyalar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi tomonidan belgilanadigan roʻyxat boʻyicha tasdiqlangan hujjatlar mavjudligini tekshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Binolar, inshootlar, ularning qismlari va tarkibiy elementlari buzilishi sabablarini tekshirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq buzilish holatlari va buzilishlarning sabablarini tekshiruvchi texnik komissiyalar ishida qatnashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) qurilish mahsulotlari sifatini taʼminlash, qurilish qonun hujjatlariga rioya qilish masalalari boʻyicha davlat nazoratining boshqa organlari, ilmiy-tadqiqot, loyihalash va jamoat tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) oʻtkaziladigan nazorat natijalarini umumlashtiradi va tahlil qiladi, meʼyoriy talablar, uslubiy va yoʻriqnoma hujjatlarni takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) qurilish sohasidagi buzilishlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq jazolar qoʻllash boʻyicha takliflar kiritadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) qurilish obyektlarini roʻyxatdan oʻtkazadi va qurilish-montaj ishlarini boshlashga ruxsat beradi;
(“e” kichik band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 5-avgustdagi 305-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) mavjud binolar va inshootlarning texnik holatini ularning tiklanishi yoki rekonstruksiya qilinishi boʻyicha tekshirishni amalga oshiradi, xulosalar beradi, zarur hollarda, bajarilgan qurilish-montaj ishlari hajmlarining nazorat oʻlchashlarida qatnashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) qurilish industriyasi korxonalari va qurilish tashkilotlari laboratoriyalarida qurilish materiallari va konstruksiyalari sinovlarini oʻtkazishning uslubiy asosini yaratadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
i) qurilishda standartlashtirish va qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini sertifikatlash boʻyicha ishlarni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
k) qurilish normalari va qoidalari, davlat standartlari talablarining muntazam ravishda qoʻpol buzilishiga yoʻl qoʻygan tashkilotlar va korxonalarga muhandislik-texnik izlanishlar oʻtkazish uchun va ishlab chiqarish, fuqarolar turar-joylari va qishloq xoʻjaligi yoʻnalishidagi binolarni loyihalash uchun berilgan litsenziyalarni bekor qilish yoki ularning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasiga belgilangan tartibda taqdimnoma yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. “Boshdavarxitektqurilishnazorat” boshqarmasi quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur Nizomning 3 va 4-bandlarida bayon qilingan vazifalar va funksiyalarni bajarish maqsadida tashkilotlarda, qurilish obyektlarida hamda qurilish materiallari va konstruksiyalari ishlab chiqaruvchi va korxonalarda boʻlish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyiha-smeta, texnologiya va ijro hujjatlarini hamda qoʻllanilayotgan materiallar, buyumlar va konstruksiyalar hamda bajarilayotgan qurilish-montaj ishlari sifatini tekshirish uchun zarur boʻlgan boshqa materiallarni loyihalash, pudrat tashkilotlari va buyurtmachi tashkilotlardan tanishish uchun olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
konstruksiyalarning ayrim elementlarini ochishni, tagzamindagi tuproqni sinashni va qayta yopib qoʻyishni, materiallar, muhandislik tizimlarini sinab koʻrishni pudrat tashkilotlariga yuklash, zarur boʻlganda ekspertlarni jalb qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilishi tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilib olish boʻyicha komissiyalar ishida qatnashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilishda standartlashtirish va qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini sertifikatlash boʻyicha ishlarni bajarish bilan bogʻliq boʻlgan qonun bilan belgilangan xatti-harakatlarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoʻl qoʻyilgan buzilishlarni bartaraf etish toʻgʻrisida oʻz vakolatlari doirasida qurilish qatnashchilari va materiallarni tayyorlovchilar bajarishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari va davlat qoʻmitalari hamda boshqa tashkilotlarning obyektlar qurilishi sifatini nazorat qiluvchi ishlab chiqarish xizmatlari hamda sinov laboratoriyalari ishini tanlab nazoratdan oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihalash tashkilotlarining mualliflik nazoratini yuritish ishlarini, buyurtmachining texnik nazoratni amalga oshirish boʻyicha ishlarini tekshirish va mualliflik hamda texnik nazorat sifatsiz olib borilgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ularga nisbatan jazolar qoʻllash toʻgʻrisida tegishli tashkilotlarga takliflar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Davarxitektqurilish” qoʻmitasiga belgilangan tartibda moliyaviy jazolar qoʻllash toʻgʻrisida taqdimnomalar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat standartlari va texnik shartlar buzilganligi aniqlanganda yoki transportda tashish va saqlash jarayonida shikastlangan qurilish materiallari, konstruksiyalari va buyumlarini ishlab chiqarish, sotish va qoʻllashni, meʼyoriy talablar va tasdiqlangan loyiha yechimlari qoʻpol ravishda buzilishi oqibatida mustahkamlik va chidamlilik darajasi pasayishiga olib kelgan, shuningdek binolar va inshootlarning halokatga uchrashi xavfi tugʻilgan, obyektlar oʻzboshimchalik bilan qurilgan hollarda qurilish-montaj ishlarini davom ettirishni toʻxtatib qoʻyish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyurtmachi va pudratchining tashkilotlariga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish va bajarilayotgan ishlar sifati sohasida qonun hujjatlarini buzayotgan mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish haqida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilayotgan obyektlarda loyihalar, normalar va standartlar talablarining bajarilishini muntazam ravishda taʼminlamayotgan rahbarlarni, shuningdek, ish sifati, mualliflik va texnik nazorat ustidan nazoratni qoniqarsiz amalga oshirayotgan xodimlarni lavozimdan ozod qilish toʻgʻrisida taqdimnomalar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bajarilgan qurilish-montaj ishlarining sifati va qurilish obyektlarining holati haqida ekspert xulosalar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilishi tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilishda qoidalar buzilganligi toʻgʻrisidagi materiallarni tegishli organlarga va qabul qilish qoidalari buzilgan holda topshirilgan obyektlarni statistika hisobotidan chiqarib tashlash toʻgʻrisidagi materiallarni statistika organlariga berish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Obyektlardagi tekshirishlar pudratchi va buyurtmachi vakillari ishtirokida oʻtkaziladi. Ushbu maqsadlar uchun loyihalash tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning mutaxassislari jalb qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu tekshirishlarni amalga oshirish uchun pudratchilar va buyurtmachilar tomonidan zarur shart-sharoitlar yaratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tekshirish natijalari boʻyicha ishlarni bajarish daftarida yozuvlar qayd etiladi, zarurat boʻlganda yozma koʻrsatmalar beriladi va dalolatnomalar tuziladi, ularga “Boshdavarxitektqurilishnazorat” boshqarmasi organlari inspektorlari, buyurtmachi va pudratchining vakillari imzolaydilar. Tekshirish qatnashchilari dalolatnomada bayon qilingan xulosalarga rozi boʻlmagan taqdirda, uni oʻz eʼtirozlarini qayd etgan holda imzolashlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Boshdavarxitektqurilishnazorat” boshqarmasi organlari inspektorlari oʻz vazifalarini bajarishda davlat nazoratining boshqa organlari, soliq inspeksiyalari, bank muassasalari, prokuratura organlari, sudlar, hokimliklar xizmatlari, isteʼmolchilar jamiyatlari va axborot organlari bilan oʻzaro hamkorlik qiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. “Boshdavarxitektqurilishnazorat” boshqarmasi mansabdor shaxslarining xatti-harakatlari ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasiga yoki xoʻjalik sudiga shikoyat qilish mumkin. Shikoyat va daʼvo arizalari berish “Boshdavarxitektqurilishnazorat” boshqarmasi isnpektorlari tomonidan berilgan yozma koʻrsatmalar va talablarning bajarilishini toʻxtatib qoʻymaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. “Boshdavarxitektqurilishnazorat” boshqarmasi organlari inspektorlari gʻayriqonuniy xatti-harakatlari va yetkazilgan zarar uchun Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. “Boshdavarxitektqurilishnazorat” boshqarmasi va uning hududiy organlarining moliyaviy faoliyati belgilangan tartibda buyurtmachilar bilan tuziladigan shartnomalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat arxitektura-qurilish nazorati inspeksiyalari “Boshdavarxitektqurilishnazorat” boshqarmasi tizimiga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. “Davarxitektqurilishnazorat” inspeksiyalari toʻgʻrisidagi Namunaviy nizom Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Davlat arxitektura-qurilish nazorati bosh boshqarmasiga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan boshliq rahbarlik qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 27-apreldagi 165-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1999-y., 11-son, 63-modda)