Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT ARXITEKTURA VA QURILISh QOʻMITASI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 8-noyabrdagi 492-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomni va uning tuzilmasini tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 12-avgustdagi 410-son qarorining “g” bandiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi toʻgʻrisidagi Nizomni hamda viloyatlar, Toshkent shahar arxitektura va shaharsozlik bosh boshqarmalari, shahar (tuman) arxitektura va shaharsozlik boʻlimlarining namunaviy nizomlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 1993-yil 1-dekabrdagi 580-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi toʻgʻrisidagi Nizomga quyidagi qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar kiritilsin:
a) 3-bandda:
oʻn birinchi xatboshiga “arxitektura va qurilishga” soʻzlaridan keyin “qurilish sohasida standartlashtirish va sertifikatlashtirishga” soʻzlari qoʻshilsin;
oʻn uchinchi xatboshiga “kataloglari va roʻyxatini” soʻzlaridan keyin “qurilish mahsulotlari ishlab chiqarishga normativ hujjatlarni” soʻzlari qoʻshilsin;
oʻn oltinchi xatboshiga “davlat nazoratini amalga oshirish” soʻzlaridan keyin “qurilish mahsulotlari ishlab chiqarishda metrologik nazoratni amalga oshirish, qurilish sohasida idoraviy metrologik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish” soʻzlari qoʻshilsin;
oʻn sakkizinchi xatboshidan keyin quyidagi mazmundagi oʻn toʻqqizinchi xatboshi kiritilsin: “import va eksport qilinayotgan qurilish mahsulotini ekspertizadan oʻtkazish va uning respublika normativ hujjatlari talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida qaror qabul qilish (majburiy ravishda sertifikatlashtirish kerak boʻlgan mahsulotlar roʻyxatiga kiritilgan import qilinayotgan mahsulot, muvofiqlik sertifikati mavjud boʻlgan taqdirda, ekspertizadan ozod qilinadi);
oʻn toʻqqizinchi xatboshi yigirmanchi deb hisoblansin va u “standartlashtirish boʻyicha yillik rejalarni ishlab chiqish” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
yigirma beshinchi xatboshi “qurilishda standartlashtirish, texnikaviy normalash va sertifikatlashtirish Davlatlararo ilmiy-texnika komissiyasi ishlarida qatnashish” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
b) 4-bandda:
oltinchi xatboshi “seysmik mikrorayonlashtirish xaritalari” soʻzlaridan keyin “industriya buyumlari, konstruksiyalari, materiallari kataloglari” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
yettinchi xatboshi “qurilishning iqtisodiy mexanizmi” soʻzlaridan keyin “respublika qurilish majmui boʻyicha standartlashtirish va sertifikatlashtirish” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
sakkizinchi xatboshidagi “shaharsozlik” soʻzidan keyin “qurilishda standartlashtirish” soʻzlari qoʻshilsin;
toʻqqizinchi xatboshi “majburiy ravishda sertifikatlashtirilishi kerak boʻlgan qurilish mahsuloti nomenklaturasi boʻyicha takliflar tayyorlaydi” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
oʻn sakkizinchi xatboshi “binokorlik materiallari sanoati” soʻzlaridan keyin “qurilish sohasida standartlashtirish va sertifikatlashtirish” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
v) 5-bandning oxirgi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Qoʻmita huzurida qurilish majmuida standartlashtirish, yangi texnologiyalar va arxitektura-loyiha yechimlarini eksperimental tekshirishdan oʻtkazish hamda joriy qilish boʻyicha xoʻjalik hisobidagi korxonalar va tashkilotlar tashkil etish”.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1995-yil 18-sentabr,
363-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1995-y., 9-son, 35-modda)