11.08.2017 yildagi 619-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 11.08.2017 yildagi 619-son
Date of entry into force
21.08.2017
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilariga turar joy sotib olish (qurish) uchun uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlarini yanada isloh qilish va rivojlantirish vazifalarini amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi toʻgʻrisida” 2017-yil 24-yanvardagi PQ-2738-son qarorini ijro etish yuzasidan, shuningdek harbiy xizmatchilarni turar joy bilan taʼminlash tizimiga uzoq muddatli ipoteka kreditlari berishning yangi tizimini joriy etish va mudofaaga ajratilayotgan mablagʻlardan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilariga turar joy sotib olish (qurish) uchun uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 25-iyuldagi 169-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 6-7-son, 37-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilariga turar joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov, Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri K.R. Berdiyev, Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri R.M. Djurayev, Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri A.A. Azizov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri vazifasini bajaruvchi Sh.X. Shermatov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 11-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
619-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-avgustdagi 619-son qaroriga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilariga turar joy sotib olish (qurish) uchun uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlari berish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilariga turar joy sotib olish (qurish) uchun uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlari berish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va Harbiy prokuratura (keyingi oʻrinlarda tegishli idoralar deb ataladi) tizimlarida kontrakt boʻyicha kamida 5 kalendar yil xizmat qilgan va yangidan kontrakt tuzgan, turar joy bilan taʼminlanmagan yoki turar joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan, shuningdek qonunchilikka muvofiq davlat hisobiga turar joy bilan taʼminlanish yoki turar joy sharoitlarini yaxshilash huquqiga ega boʻlgan, haqiqiy harbiy xizmatdan boʻshatilgan harbiy xizmatchilarga (keyingi oʻrinlarda harbiy xizmatchilar deb ataladi) joriy etiladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-avgustdagi 388-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2023-y., 09/23/388/0617-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vatan himoyasi va el-yurt tinchligi yoʻlida halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning oila aʼzolaridan biri (yangi nikohga kirmagan turmush oʻrtogʻi yoki qaramogʻida boʻlgan ota-onasi) belgilangan tartibda turar joyga muhtoj deb tan olinganda, ular mazkur Nizom talablariga muvofiq uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlaridan foydalangan holda turar joy bilan birinchi navbatda taʼminlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda ushbu kafolat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yoʻlida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va xodimlar oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 13-martdagi PF-34-son Farmoniga muvofiq 1991-yil 1-yanvardan 2023-yil 1-maygacha tegishli idoralarning jangovar (harbiy) harakatlarda, noqonuniy qurolli tuzilmalarni aniqlash va yoʻq qilishda, favqulodda holat (vaziyat) oqibatlarini bartaraf etishda, davlat chegaralarini himoya qilishda, terrorchilikka qarshi operatsiyalarda, jinoyatchilikka qarshi kurashishda hamda jamoat xavfsizligini taʼminlash chogʻida yaralanganligi, kontuziya yoki mayib boʻlganligi oqibatida halok boʻlgan harbiy xizmatchi (xodim)larining oila aʼzolariga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Harbiy xizmatchining Vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yoʻlida halok boʻlganligi holati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-iyuldagi PQ-4382-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida tan jarohati olgan harbiy xizmatchilarga (xodimlariga) yoki halok boʻlgan (vafot etgan) harbiy xizmatchilarning (xodimlarning) oila aʼzolariga bir martalik nafaqa tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda aniqlanadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-oktabrdagi 531-sonli qaroriga asosan ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
turar joy — qurilishi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining tegishli qarorlari bilan tasdiqlangan Dasturlarda nazarda tutilgan koʻp kvartirali uylardagi kvartiralar, shuningdek namunaviy yakka tartibdagi uylar;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ipoteka krediti — harbiy xizmatchiga qonunchilikka muvofiq qaytarish, toʻlov, taʼminlanganlik va muddatlilik shartlarida turar joy sotib olish (qurish) uchun beriladigan uzoq muddatli imtiyozli ipoteka krediti.
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. 2025-yil 1-iyundan boshlab turar joy sotib olish (qurish) uchun harbiy xizmatchilar tomonidan ipoteka krediti olinishida ularning oila tarkibidan qatʼi nazar uy-joyning hisoblangan qiymatining 25 foizi (kalendar hisobida oʻn yildan ortiq harbiy xizmatni oʻtagan harbiy xizmatchilar uchun — 35 foizi) miqdoridagi dastlabki badal tegishli idoralar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari va tegishli idoralarning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobiga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda sotib olinadigan turar joyning shartnomadagi qiymati uy-joyning hisoblangan qiymatidan kam boʻlgan taqdirda, dastlabki badal shartnomada koʻrsatilgan qiymatning 25 foizi (kalendar hisobida oʻn yildan ortiq harbiy xizmatni oʻtagan harbiy xizmatchilar uchun — 35 foizi) miqdorida ajratiladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 9-apreldagi 214-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/214/0325-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Dastlabki badal miqdori sotib olinayotgan (qurilayotgan) uy-joyning hisoblangan qiymatining 25 foizidan (kalendar hisobida oʻn yildan ortiq harbiy xizmatni oʻtagan harbiy xizmatchilar uchun — 35 foizidan) ortiq boʻlmasligi kerak.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 9-apreldagi 214-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/214/0325-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sotib olinayotgan (qurilayotgan) turar joy uchun dastlabki badal miqdori loyiha-smeta hujjatlari belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan oʻtkazilishi natijalari boʻyicha uning qiymatidan kelib chiqib aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda sotib olinayotgan (qurilayotgan) turar joy qiymati ipoteka krediti boʻyicha dastlabki badal toʻlanayotgan sanada belgilangan uy-joyning hisoblangan qiymatidan ortiq boʻlmasligi kerak, qonunchilik hujjatlarida belgilangan holatlar bundan mustasno.
(4 va 5-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-avgustdagi 537-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.08.2021-y., 09/21/537/0818-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Turar joy sotib olish (qurish) uchun ipoteka kreditlari berish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Harbiy xizmatchilarni turar joy bilan taʼminlash yoki ularning turar joy sharoitlarini yaxshilash masalalarini koʻrib chiqish uchun:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli idoralarning markaziy apparatlari huzurida markaziy turar joy komissiyasi (keyingi oʻrinlarda markaziy turar joy komissiyasi deb ataladi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli idoralarning harbiy qismlarida turar joy komissiyasi (keyingi oʻrinlarda turar joy komissiyasi deb ataladi) tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy turar joy komissiyalari va turar joy komissiyalarining tarkiblari ularning huquq va vazifalari, ular faoliyatini amalga oshirish va nazorat qilish tartibi tegishli idora rahbarining buyrugʻi bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy turar joy komissiyalari va turar joy komissiyalarining raislari va aʼzolari qabul qilinayotgan qarorlarning qonuniyligi, adolatliligi, odilligi, xolisligi va shaffofligi uchun javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Ipoteka krediti harbiy xizmatchilarga xizmat joyi yoki harbiy xizmatga yuborilgan (chaqiriq) joyi boʻyicha beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ipoteka krediti olish uchun harbiy xizmatchilarga tegishli idoralarning markaziy turar joy komissiyasining qarori asosida ushbu Nizomning 4-bandida nazarda tutilgan turar joy sotib olish (qurish) uchun dastlabki badal beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Harbiy xizmatchi turar joy sotib olish (qurish) uchun tegishli idoradan dastlabki badalni olish uchun turar joy komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dastlabki badalni olish uchun harbiy qism komandiri (boshligʻi) nomiga bildirgi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
harbiy xizmatchining turar joy bilan taʼminlanishga boʻlgan huquqini tasdiqlaydigan hujjat hisoblanadigan turar joy attestati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
harbiy xizmatchining pul taʼminoti va doimiy ish joyidan (mavjud boʻlganda) berilgan oxirgi 12 oyda ushlab qolingan miqdorlarda u bilan birga yashaydigan oila aʼzolarining ish haqi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma yoki yashash joyi boʻyicha davlat soliq xizmati organi tomonidan tasdiqlangan oila aʼzolarining ushbu davrdagi daromadlari (mavjud boʻlganda) toʻgʻrisidagi deklaratsiyalarning nusxalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kalendar boʻyicha hisoblab chiqilgan uzoq muddatli xizmat toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
harbiy xizmatni oʻtashga kontrakt tuzilganligi toʻgʻrisida harbiy qism komandiri (boshligʻi)ning buyrugʻidan koʻchirma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
harbiy xizmatchi va uning turmush oʻrtogʻi (eri, xotini) nomida shaxsiy turar joy mavjud yoki mavjud emasligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagi hujjatlar tegishli idoralar (markaziy turar joy komissiyasi yoki turar joy komissiyasi yoxud kvartira-foydalanish organi) tomonidan masʼul davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda, shu jumladan, “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali soʻrab olinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nikoh tuzilganligi (mavjud boʻlganda) toʻgʻrisida guvohnoma nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tugʻilganlik haqida guvohnoma nusxasi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-fevraldagi 71-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2023-y., 09/23/71/0097-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Turar joy komissiyasi oʻn kun muddatda taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganadi va ularda koʻrsatilgan maʼlumotlarning ishonchliligini tekshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Turar joy komissiyasi tomonidan harbiy xizmatchi uchun dastlabki badalni kiritish toʻgʻrisida ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda, ushbu qaror zarur hujjatlar ilova qilingan holda ikki kun muddatda tegishli idoraning markaziy turar joy komissiyasining koʻrib chiqishi uchun yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dastlabki badalni kiritish rad etilganligi haqida qaror qabul qilingan taqdirda, turar joy komissiyasi qaror qabul qilingan kundan boshlab bir kun muddatda rad etishning aniq sabablarini koʻrsatib yozma shaklda harbiy xizmatchini xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Harbiy xizmatchi turar joyga yoki turar joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj deb eʼtirof etilganda unda dastlabki badalni olish uchun tegishli hujjatlarni takroran kiritish huquqi saqlanib qoladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Tegishli idoraning markaziy turar joy komissiyasi tomonidan turar joy komissiyasining qarori va unga ilova qilingan hujjatlar bir hafta muddatda koʻrib chiqiladi va koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ikki nusxada bayonnoma tuziladi. Bayonnomaning har ikki nusxasi markaziy turar joy komissiyasining raisi tomonidan tasdiqlanadi va gerbli muhr bosiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ikki hafta muddatda tegishli idoraning markaziy turar joy komissiyasi bayonnomasining bir nusxasi tegishli idoraning rahbari tomonidan dastlabki badalni kiritish uchun pul mablagʻlari ajratish toʻgʻrisidagi buyruq loyihasini tayyorlash uchun tegishli idoraning kvartira-foydalanish organiga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dastlabki badalni kiritish rad etilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, markaziy turar joy komissiyasi qaror qabul qilingan kundan boshlab bir kun muddatda turar joy komissiyasini rad etishning aniq sabablari koʻrsatilgan holda yozma shaklda xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Dastlabki badalni va ipoteka kreditini oʻtkazish va qaytarish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Tegishli idora rahbarining dastlabki badalni kiritish toʻgʻrisidagi buyrugʻi asosida kvartira-foydalanish organi harbiy xizmatchiga tilxat bilan dastlabki badalni kiritish toʻgʻrisida kafolat xati beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tegishli idoralar tomonidan dastlabki badalni kiritish pul mablagʻlari harbiy xizmatchining tijorat bankida ochilgan maxsus depozit hisob raqamiga oʻtkazilishi yoʻli bilan harbiy xizmatchi xizmat koʻrsatuvchi tijorat banki bilan kredit shartnomasi tuzganidan keyin amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Ipoteka kreditini qaytarish harbiy xizmatchi va uning oila aʼzolari tomonidan quyidagi yoʻllar bilan amalga oshirilishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pul taʼminoti va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, pensiyalar va boshqa daromadlar hisobiga naqd boʻlmagan shaklda pul oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
naqd pul mablagʻlari toʻlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
plastik kartalardan va harbiy xizmatchining tijorat banklaridagi omonatlari boʻyicha hisob raqamlaridan naqd boʻlmagan shaklda pul mablagʻlari oʻtkazish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Ijtimoiy kafolatlar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Ular uchun tegishli idoralar tomonidan uy-joy sotib olish (qurish) uchun dastlabki badal kiritilgan harbiy xizmatchilar quruvchi tomonidan qabul qilish va topshirish dalolatnomalari asosida turar joy harbiy xizmatchilarga foydalanishga topshirilgan kundan boshlab davlat hisobiga turar joy bilan taʼminlanmaganlar roʻyxatidan chiqariladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-fevraldagi 71-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2023-y., 09/23/71/0097-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Turar joy bilan taʼminlash usuliga bogʻliq ravishda harbiy xizmatchilarga quyidagi ijtimoiy kafolatlar beriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ipoteka krediti boʻyicha dastlabki badal kiritilgan harbiy xizmatchilar — harbiy xizmatchilarning ushbu toifasiga va ularning oila aʼzolariga xizmat turar joyidan (mavjud boʻlganda) foydalanish huquqi yoxud belgilangan tartibda oldi-sotdi shartnomalari imzolangan kungacha, lekin harbiy xizmatchilarga quruvchi tomonidan qabul qilish va topshirish dalolatnomalari asosida sotib olinayotgan (qurilayotgan) turar joy foydalanishga topshirilgan kundan koʻp boʻlmagan muddat uchun har oylik pul kompensatsiyasi olish huquqi;
(16-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-fevraldagi 71-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2023-y., 09/23/71/0097-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkasi olgan harbiy xizmatchilar, — harbiy xizmatchilarning ushbu toifasiga va ularning oila aʼzolariga yer uchastkasini mustaqil oʻzlashtirish davrida xizmat turar joyidan (mavjud boʻlganda) foydalanish huquqi, yoxud toʻliq 24 oygacha boʻlgan muddatda turar joy ijaraga olinganligi (ijarada turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi olish huquqi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pul kompensatsiyasi olish huquqi saqlanib qolishi muddati harbiy xizmatchining tijorat bankida ochilgan maxsus depozit hisob raqamiga dastlabki badal kiritilgan kundan boshlab yoki yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkasi elektron onlayn-auksion orqali olingan kundan boshlab hisoblanadi.
(16-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pul kompensatsiyasi olish huquqi saqlanib qolishi muddatlariga rioya qilish ustidan nazorat qilish tegishli idoraning kvartira-foydalanish organlari tomonidan amalga oshiriladi, ularga turar joyni markazlashtirilgan tartibda hisobga olishni yuritish yuklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Harbiy xizmatchi halok boʻlgan yoki u xizmat vazifalarini bajarishda ogʻir tana shikastlanishi oqibatida mehnat qobiliyatini yoʻqotganda qaytarilmagan kredit summasi va u boʻyicha hisoblangan foizlar tegishli idora rahbarining qarori asosida budjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga qaytariladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xizmat majburiyatlarini bajarish vaqtida halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari (ota-onasi, eri, xotini, farzandlari, shuningdek, ularning qaramogʻidagi shaxslar) va xizmat majburiyatlarini bajarish vaqtida orttirilgan kasallik, olingan shikastlanish (jarohatlanish, yaradorlik) oqibatidagi nogironligi boʻlgan harbiy xizmatchilar tegishli idoralar tomonidan turar joy bilan birinchi navbatda taʼminlanadi. Agar ushbu shaxslar tegishli idoralar tomonidan uzoq muddatli imtiyozli ipoteka krediti asosida turar joy bilan taʼminlangan boʻlsa, qaytarilmagan kredit miqdori va kredit boʻyicha hisoblangan foizlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan toʻliq qoplab beriladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 9-apreldagi 214-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/214/0325-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Birgalikdagi nikohdagi harbiy xizmatchilar (xotin, er) tomonidan turar joyni sotib olish (qurish) uchun dastlabki badalni kiritish yoki yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkasi berish kvartira-foydalanish organi tomonidan berilgan er-xotinning har ikkisi turar joy bilan, yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkasi bilan taʼminlanmaganligi va ularning har ikkisi uchun dastlabki badal kiritilmaganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma mavjud boʻlgan taqdirda ulardan biri tomonidan, xizmat joyi boʻyicha yoki harbiy xizmatga yuborilgan (chaqiriq) joyi boʻyicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Tegishli idora tomonidan turar joy sotib olish (qurish) uchun dastlabki badal kiritilgan yoki yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkasi berilgan harbiy xizmatchi davlat hisobiga turar joy bilan bepul taʼminlashning boshqa shakllaridan foydalanish huquqiga ega boʻlmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Xoʻjalik hisobi asosidagi boʻlinmalarning harbiy xizmatchilariga turar joy sotib olish (qurish) uchun dastlabki badallar tegishli idoralarning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobiga beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Davlat hisobiga turar joy (dastlabki badal, yer uchastkasi, turar joyni xususiylashtirish va shu kabilar) bilan taʼminlangan harbiy xizmatchi umumiy shartlarda qoʻshimcha turar joy olish uchun belgilangan tartibda ipoteka krediti olish huquqini yoʻqotmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dastlabki badalni toʻlash va keyinchalik olingan kreditni qaytarish belgilangan tartibda harbiy xizmatchining yoki uning oila aʼzolarining mablagʻlari hisobiga toʻliq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Ushbu Nizomga muvofiq ipoteka krediti olgan va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha harbiy xizmatdan boʻshatilgan harbiy xizmatchilar (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 14-sentabrdagi PQ-694-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarini turar joy bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 4-bandida koʻrsatilgan shaxslar hamda kalendar hisobida oʻn yil va undan ortiq harbiy xizmatni oʻtagan harbiy xizmatchilar bundan mustasno) tegishli idoralar tomonidan kiritilgan dastlabki badal summasini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qaytaradilar.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 9-apreldagi 214-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/214/0325-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Tegishli idoralarning moliya organlari harbiy xizmatchining tijorat bankida ochilgan maxsus depozit hisob raqamiga dastlabki badalni kiritishda hujjatlarning butligi va turar joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi toʻlanishi uchun javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Harbiy qism komandiri (boshligʻi) va turar joy komissiyasi ipoteka krediti boʻyicha dastlabki badalni berish bilan bogʻliq hujjatlar rasmiylashtirilishining ishonchliligi uchun javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Ipoteka krediti boʻyicha dastlabki badalni kiritish masalasini koʻrib chiqishda zarur boʻlgan oilaning tarkibi toʻgʻrisidagi ishonchli maʼlumotlar va boshqa shaxsiy maʼlumotlar taqdim etilishi uchun harbiy xizmatchilarga masʼuliyat yuklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Turar joy komissiyalarining qarorlari va ular aʼzolarining harakatlari (harakatsizligi) boʻyicha ariza va shikoyatlar markaziy turar joy komissiyasi va sud tomonidan belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Harbiy xizmatchilarga turar joy sotib olish (qurish) uchun uzoq muddatli ipoteka kreditlari berish bilan bogʻliq nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-avgustdagi 619-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 25-iyuldagi 169-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilariga turar joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzgartirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nizomning 2-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“2. Harbiy xizmatchilarga pul kompensatsiyasi toʻlash turar joy ijaraga olingan (ijarada turgan) kundan boshlab harbiy xizmatni oʻtash joyiga kelgandan keyin amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pul kompensatsiyasi toʻlash:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
harbiy xizmatchiga belgilangan tartibda turar joy maydoni berilgan kundan boshlab (shu jumladan belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan uy-joy maydonining oldi-sotdi dalolatnomalari asosida);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
harbiy xizmatchi qismning shaxsiy tarkibi roʻyxatidan chiqarilgan kundan boshlab;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
harbiy xizmatchiga turar joy sotib olish (qurish) uchun uzoq muddatli imtiyozli ipoteka krediti boʻyicha dastlabki badal oʻtkazilgan kundan boshlab toʻliq 12 oy oʻtgandan keyin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
harbiy xizmatchi tomonidan yakka tartibda turar joy qurish uchun yer uchastkasi ajratish toʻgʻrisida tuman (shahar) hokimi tomonidan qaror qabul qilingan kundan boshlab toʻliq 24 oy oʻtgandan keyin toʻxtatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Harbiy xizmatchiga turar joy maydoni berilgan, turar joy sotib olish (qurish) uchun uzoq muddatli imtiyozli ipoteka krediti boʻyicha dastlabki badal oʻtkazilgan, harbiy xizmatchi tomonidan yakka tartibda turar joy qurish uchun yer uchastkasi ajratish toʻgʻrisida tuman (shahar) hokimi tomonidan qaror qabul qilingan taqdirda harbiy qismning uy-joy komissiyasi harbiy qismning moliya organiga pul kompensatsiyasini toʻlashni toʻxtatish uchun asos hisoblangan hujjatning nusxasini taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ota-onalari, eri (xotini)ning ota-onalari uy-joy maydonida birga yashayotgan harbiy xizmatchilarga pul kompensatsiyasi toʻlanmaydi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-avgustdagi 619-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilariga uzoq muddatli ipoteka kreditlaridan foydalangan holda kvartiralar sotib olish va yakka tartibdagi uy-joylar qurish uchun yer uchastkalari ajratish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2008-yil 31-iyuldagi 163-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 7-son, 39-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq joylarda uy-joy qurilishini moliyalashtirishning resurs bazasini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 25-maydagi 151-son qaroriga 2-ilovaning 2-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2011-y., 20-21-son, 209-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilariga uzoq muddatli ipoteka kreditlaridan foydalangan holda kvartiralar sotib olish va yakka tartibdagi uy-joylar qurish uchun yer uchastkalari ajratish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2008-yil 31-iyuldagi 163-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2012-yil 31-maydagi 153-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 5-son, 38-modda).
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 33-son, 853-modda, Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son, 21.09.2018-y., 09/18/748/2024-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.08.2021-y., 09/21/537/0818-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son; 21.02.2023-y., 09/23/71/0097-son; 16.08.2023-y., 09/23/388/0617-son; 10.04.2025-y., 09/25/214/0325-son)