25.07.2005 yildagi 169-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 25.07.2005 yildagi 169-son
Date of entry into force
25.07.2005
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilariga hamda Vatan himoyasi va el-yurt tinchligi yoʻlida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va xodimlarning oila aʼzolariga turar joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi toʻlash tartibi toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-oktabrdagi 531-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilarini ijtimoiy muhofaza qilishni taʼminlash borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2005-yil 30-iyundagi PQ-112-son qaroriga hamda “Vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yoʻlida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va xodimlar oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 13-martdagi PF-34-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-oktabrdagi 531-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilariga turar joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vatan himoyasi va el-yurt tinchligi yoʻlida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va xodimlarning oila aʼzolariga turar joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-oktabrdagi 531-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2005-yil 25-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
169-son

Vazirlar Mahkamasining
2005-yil 25-iyuldagi 169-son qaroriga
1-ILOVA
(1-ilova belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-oktabrdagi 531-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilariga turar joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi toʻlash tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

1. Turar joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun pul kompensatsiyasi kontrakt boʻyicha xizmat qilayotgan, Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari yoʻnalishi boʻyicha turar joy bilan taʼminlanmagan oddiy askar, serjant va ofitserlar tarkibidagi harbiy xizmatchilarga amaldagi sarf-xarajatlar doirasida (kommunal xizmatlar haqi bundan mustasno):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahrida — bazaviy hisoblash miqdorining 6 baravarigacha miqdorda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Samarqand shahrida — bazaviy hisoblash miqdorining 4,5 baravarigacha miqdorda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nukus shahri va boshqa viloyatlar markazlarida — bazaviy hisoblash miqdorining 3,6 baravarigacha miqdorda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining boshqa shaharlari, tumanlar markazlari va aholi punktlarida — bazaviy hisoblash miqdorining 2,4 baravarigacha miqdorda toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oila aʼzolari uch kishi va undan ortiq boʻlgan taqdirda (harbiy xizmatchining oʻzini hisoblamagan holda), ushbu pul kompensatsiyasi miqdorlari 50 foizga oshiriladi. Bunda harbiy xizmatchining harbiy xizmatni oʻtash joyiga kelgan oila aʼzolari: xotini (eri), ularning farzandlari va ota-onalari, shuningdek, qonunchilikka muvofiq ijaraga oluvchining oila aʼzolari deb eʼtirof etilgan boshqa shaxslar hisobga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Amaldagi qonunchilikka muvofiq oldingi yashash joyida uy-joy maydonini bron qilgan va bron qilingan uy-joy maydoniga uy-joy maydoni bilan taʼminlanmagan boshqa harbiy xizmatchilarni joylashtirgan yoxud uy-joy maydonini ushbu maqsadlar uchun Oʻzbekiston Respublikasining tegishli vazirliklari va idoralarining kvartira organlariga bergan harbiy xizmatchilarga ham pul kompensatsiyasi mana shu miqdorlarda toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlari maʼmuriy chegaralariga bevosita yaqin joylashgan, bir garnizon hududiga kiruvchi tuman ahamiyatiga ega aholi yashash punktlaridagi harbiy qism va muassasalar harbiy xizmatchilariga, ushbu shaharlar (poytaxt va viloyat markazlari) yaqinida turar joyni ijaraga olganligi (ijarada turganligi) uchun pul kompensatsiyasi, amaldagi sarf-xarajatlar doirasida (kommunal xizmatlar haqi bundan mustasno), harbiy xizmatchi haqiqatda yashayotgan hududiy birlik uchun belgilangan miqdorlarda toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Har oylik pul kompensatsiyasi toʻlovlari miqdori hududlar kesimida turar joy ijarasining bozor narxlaridan kelib chiqqan holda har yil Vazirlar Mahkamasining qarori bilan belgilab boriladi. Bunda turar joy ijarasining bozor narxlarini qayta belgilashda Soliq qoʻmitasining har yil 1-oktabr holatiga koʻra soliq organlari avtomatlashtirilgan axborot tizimiga hisobga qoʻyilgan koʻchmas mulk ijara shartnomasi boʻyicha bergan maʼlumoti asos hisoblanadi. Turar joy ijarasining bozor qiymati mazkur bandda koʻrsatilgan har oylik kompensatsiya meʼyorlaridan kam miqdorlarni tashkil etsa, har oylik kompensatsiyaning ushbu Nizomda belgilangan meʼyorlari oʻzgartirilmaydi va uni oʻzgartirish haqida Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori qabul qilinguniga qadar toʻlanadi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 7-iyuldagi 369-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2026-y., 09/26/369/0706-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Harbiy xizmatchilarga pul kompensatsiyasi toʻlash turar joy ijaraga olingan (ijarada turgan) kundan boshlab harbiy xizmatni oʻtash joyiga kelgandan keyin amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pul kompensatsiyasi toʻlash:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
harbiy xizmatchiga belgilangan tartibda turar joy maydoni berilgan kundan boshlab (shu jumladan belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan uy-joy maydonining oldi-sotdi dalolatnomalari asosida), shuningdek, oldi-sotdi shartnomalari imzolangan kundan, lekin uzoq muddatli ipoteka krediti boʻyicha dastlabki badal toʻlangan harbiy xizmatchilarga quruvchi tomonidan qabul qilish va topshirish dalolatnomalari asosida sotib olinayotgan (qurilayotgan) turar joy foydalanishga topshirilgan kundan kechiktirmay;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-fevraldagi 71-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2023-y., 09/23/71/0097-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
harbiy xizmatchi qismning shaxsiy tarkibi roʻyxatidan chiqarilgan kundan boshlab;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-fevraldagi 71-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2023-y., 09/23/71/0097-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
harbiy xizmatchi tomonidan yakka tartibda turar joy qurish uchun elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasi olingan kundan boshlab toʻliq 24 oy oʻtgandan keyin toʻxtatiladi.
(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Harbiy xizmatchiga turar joy maydoni berilgan, turar joy sotib olish (qurish) uchun uzoq muddatli imtiyozli ipoteka krediti boʻyicha dastlabki badal oʻtkazilgan, harbiy xizmatchi tomonidan yakka tartibda turar joy qurish uchun elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasi olingan taqdirda harbiy qismning uy-joy komissiyasi harbiy qismning moliya organiga pul kompensatsiyasini toʻlashni toʻxtatish uchun asos hisoblangan hujjatning nusxasini taqdim etadi.
(2-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ota-onalari, eri (xotini)ning ota-onalari uy-joy maydonida birga yashayotgan harbiy xizmatchilarga pul kompensatsiyasi toʻlanmaydi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-avgustdagi 619-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 853-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Harbiy xizmatchilar pul kompensatsiyasini olish uchun vaqtincha yashash joyini va kommunal xizmatlar qiymatisiz turar joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun amaldagi xarajatlar summasini koʻrsatgan holda komandirga (boshliqqa) raport beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Raportga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
harbiy xizmatchining shaxsiy tarkib roʻyxatiga kiritilganligi toʻgʻrisida harbiy qism komandiri buyrugʻidan koʻchirma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralarining tegishli kvartira organlari tomonidan berilgan oldingi xizmat joyi boʻyicha turar joy maydonini topshirganlik (bron qilganlik) toʻgʻrisida belgilangan shakldagi maʼlumotnoma nusxasi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
harbiy xizmatchining xizmatni oʻtash joyiga kelishi uchun harbiy xizmatchi bilan kelgan va birga yashayotgan oila aʼzolarining tarkibi toʻgʻrisida (tugʻilgan sanasi koʻrsatilgan holda) harbiy qism shtabining (kadrlar organining) maʼlumotnomasi;
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-oktabrdagi 531-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
harbiy xizmatchi va uning turmush oʻrtogʻi (eri, xotini) nomida shaxsiy turar joy mavjud yoki mavjud emasligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma;
(3-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-fevraldagi 71-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2023-y., 09/23/71/0097-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
turar joyni ijara olganlik (ijara) shartnomasining soliq xizmati organida hisobga qoʻyilgan nusxasi yoki koʻchmas mulk ijara shartnomasini hisobga qoʻyilganligi haqida bildirishnoma.
(3-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Birgalikda nikohda boʻlgan harbiy xizmatchilarga (xotiniga, eriga) pul kompensatsiyasi xizmatni oʻtash joyidan eri (xotini) turar joy maydoni bilan taʼminlanmaganligi va pul kompensatsiyasi olmasligi haqidagi maʼlumotnoma boʻlgan taqdirda harbiy xizmatni oʻtash joyi boʻyicha ulardan biriga toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Harbiy xizmatchi ayollar bola 2 yoshga toʻlgandan keyin uni parvarish qilish uchun taʼtilga chiqqanlari taqdirda pul kompensatsiyasi butun taʼtil davri uchun toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Pul kompensatsiyasi harbiy xizmatchining xizmatni oʻtash joyi boʻyicha moliya organi tomonidan oʻtgan oy uchun tarqatish vedomosti boʻyicha toʻlanadi, bir vaqtning oʻzida harbiy qism komandiri (boshligʻining), korxona va muassasaning toʻlanishi kerak boʻlgan pul kompensatsiyasi summasi va toʻlov qaysi davr uchun amalga oshirilayotganligi koʻrsatilgan buyrugʻi asosida joriy oy uchun pul taʼminoti toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga xizmat safariga yuborilgan harbiy xizmatchilarga pul kompensatsiyasi ushbu harbiy xizmatchilar taʼminotning boshqa turlariga biriktirilgan harbiy qism, korxona va muassasaning moliya organi tomonidan toʻlanadi. Mudofaa vazirligining korxonalar va tashkilotlardagi harbiy vakolatxonalari harbiy xizmatchilariga pul kompensatsiyalari ular uchun pul taʼminoti tayinlangan harbiy qism, korxona va muassasalarning moliya organi tomonidan toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pul kompensatsiyasini oluvchi har bir harbiy xizmatchiga alohida shaxsiy hisob varagʻi yuritiladi, harbiy xizmatchiga taqdim etilgan barcha hujjatlar unga tirkab qoʻyiladi. Shaxsiy hisobvaraqlari harbiy qismning moliya organida toʻlovlar tamom boʻlgungacha va harbiy qismning moliya-xoʻjalik faoliyati hujjatlar bilan taftish qilinishi jarayonida amalga oshirilgan xarajatlarning toʻgʻriligi tekshirilgungacha saqlanadi hamda saqlash muddatlari tamom boʻlgandan keyin belgilangan tartibda yoʻq qilinishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Pul kompensatsiyasi miqdorini belgilash chogʻida hisobga olinadigan oila tarkibi oʻzgargan taqdirda, bu haqda harbiy xizmatchi raport beradi, yangi miqdorlardagi pul kompensatsiyasi ushbu oʻzgartirishlar belgilangan tartibda kuchga kirgandan boshlab toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Harbiy xizmatchining aybi bilan ortiqcha olingan pul kompensatsiyasi summasi undan toʻliq miqdorda undirib olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Pul kompensatsiyasi toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) smeta-budjet tartibida moliyalashtiriladigan harbiy qismlar, harbiy-taʼlim muassasalari, korxonalar, tashkilotlar va muassasalarda — budjet mablagʻlari hisobidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) xoʻjalik hisobidagi vazirliklar va idoralarning harbiy qismlarida, muassasalari, korxonalari va tashkilotlarida — oʻz mablagʻlari hisobidan toʻlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Sarflangan pul mablagʻlari toʻgʻrisidagi hisobot Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishuv boʻyicha tegishli vazirlik va idora tomonidan tasdiqlanadigan shakl boʻyicha harbiy qismning moliya organi tomonidan yilning har choragida yuqori turuvchi moliya organiga (taʼminlovchi moliyaviy organga) taqdim etiladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-oktabrdagi 531-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Pul kompensatsiyasining toʻlanishi toʻgʻriligi ustidan nazorat qilish harbiy qism komandiriga (boshligʻiga), korxonalar, muassasalarga va uy-joy komissiyasi raisiga yuklanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2005-yil 25-iyuldagi 169-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vatan himoyasi va el-yurt tinchligi yoʻlida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va xodimlarning oila aʼzolariga turar joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi toʻlash tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom Vatan himoyasi va el-yurt tinchligi yoʻlida halok boʻlgan harbiy xizmatchi va xodimlarning oila aʼzolariga turar joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi (keyingi oʻrinlarda — pul kompensatsiyasi) toʻlash tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vatan himoyasi va el-yurt tinchligi yoʻlida halok boʻlgan harbiy xizmatchi (xodim) (keyingi oʻrinlarda — halok boʻlgan harbiy xizmatchi (xodim) — Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiyasi, Davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati, Elektron texnologiyalarni rivojlantirish markazi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda — vazirlik va idoralar) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan eʼlon qilingan favqulodda holat (urush holati) davrida jalb qilingan vaqtda, shuningdek, jangovar (harbiy) harakatlar olib borilayotgan paytda yaralanganligi, kontuziya yoki mayib boʻlganligi oqibatida halok boʻlgan harbiy xizmatchilari (xodimlari);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
halok boʻlgan harbiy xizmatchining (xodimning) oila aʼzolari — halok boʻlgan harbiy xizmatchining (xodimning) turar joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi olish huquqiga ega boʻlgan yangi nikohga kirmagan turmush oʻrtogʻi va (yoki) halok boʻlgan harbiy xizmatchining (xodimning) qaramogʻida boʻlgan ota-onasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur Nizom talablari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yoʻlida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va xodimlar oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 13-martdagi PF-34-son Farmoniga muvofiq 1991-yil 1-yanvardan 2023-yil 1-maygacha vazirlik va idoralarning jangovar (harbiy) harakatlarda, noqonuniy qurolli tuzilmalarni aniqlash va yoʻq qilishda, favqulodda holat (vaziyat) oqibatlarini bartaraf etishda, davlat chegaralarini himoya qilishda, terrorchilikka qarshi operatsiyalarda, jinoyatchilikka qarshi kurashishda hamda jamoat xavfsizligini taʼminlash chogʻida yaralanganligi, kontuziya yoki mayib boʻlganligi oqibatida halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning (xodimlarining) oila aʼzolariga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Harbiy xizmatchining (xodimning) Vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yoʻlida halok boʻlganligi holati tegishlicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-iyuldagi PQ-4382-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida xizmat majburiyatlarini bajarish chogida tan jarohati olgan harbiy xizmatchilarga (xodimlariga) yoki halok boʻlgan (vafot etgan) harbiy xizmatchilarning (xodimlarning) oila aʼzolariga bir martalik nafaqa tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom hamda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 354-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Pul kompensatsiyasi halok boʻlgan harbiy xizmatchining (xodimning) oila aʼzolariga ularning mulki (nomi)da turar joy boʻlmagan taqdirda toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Pul kompensatsiyasi halok boʻlgan harbiy xizmatchining (xodimning) yangi nikohga kirmagan turmush oʻrtogʻi va (yoki) halok boʻlgan harbiy xizmatchining (xodimning) qaramogʻida boʻlgan ota-onasidan biriga toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Halok boʻlgan harbiy xizmatchining (xodimning) yangi nikohga kirgan turmush oʻrtogʻiga, keyinchalik ular yangi nikohidan ajrashganida yoki beva qolganida pul kompensatsiyasi toʻlanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Halok boʻlgan harbiy xizmatchining (xodimning) oila aʼzolariga pul kompensatsiyasi, harbiy xizmatchi (xodim) xizmat oʻtagan vazirlik va idoralarning ular turar joyni ijaraga olgan joydagi tuman (shahar) hududiy boʻlinmalari, agar tuman (shahar) hududiy boʻlinmalari mavjud boʻlmasa, viloyat darajasidagi boʻlinmalari (keyingi oʻrinlarda — toʻlovni amalga oshiruvchi organ) tomonidan toʻlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Turar joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun pul kompensatsiyasi halok boʻlgan harbiy xizmatchining (xodimning) oila aʼzolariga amaldagi sarf-xarajatlar doirasida (kommunal xizmatlar haqi bundan mustasno):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahrida — bazaviy hisoblash miqdorining 6 baravarigacha miqdorda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Samarqand shahrida — bazaviy hisoblash miqdorining 4,5 baravarigacha miqdorda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nukus shahri va boshqa viloyatlar markazlarida — bazaviy hisoblash miqdorining 3,6 baravarigacha miqdorda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining boshqa shaharlari, tumanlari markazlari va aholi punktlarida — bazaviy hisoblash miqdorining 2,4 baravarigacha miqdorda toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pul kompensatsiyasini oluvchi halok boʻlgan harbiy xizmatchining (xodimning) oila aʼzosi (turmush oʻrtogʻi, ota-onasidan biri) bilan birga yashaydigan oila tarkibi uch kishi va undan ortiq boʻlgan taqdirda (pul kompensatsiyasi oluvchi shaxsni hisoblamagan holda), pul kompensatsiyasi miqdorlari 50 foizga oshiriladi. Bunda pul kompensatsiyasi oluvchi oila aʼzosi bilan birga yashaydigan shaxslar (halok boʻlgan harbiy xizmatchining (xodimning) farzandlari, harbiy xizmatchi (xodim) hayotligida farzandlikka olgan shaxslar, halok boʻlgan harbiy xizmatchining (xodimning) oila aʼzolari tomonidan farzandlikka olingan shaxslar, harbiy xizmatchining (xodimning) qaramogʻidagi ota-onasi, shu jumladan, turmush oʻrtogʻining ota-onasi) hisobga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Har oylik pul kompensatsiyasi toʻlovlari miqdori hududlar kesimida turar joy ijarasining bozor narxlaridan kelib chiqqan holda har yil Vazirlar Mahkamasining qarori bilan belgilab boriladi. Bunda turar joy ijarasining bozor narxlarini qayta belgilashda Soliq qoʻmitasining har yil 1-oktabr holatiga koʻra soliq organlari avtomatlashtirilgan axborot tizimiga hisobga qoʻyilgan koʻchmas mulk ijara shartnomasi boʻyicha bergan maʼlumoti asos hisoblanadi. Turar joy ijarasining bozor qiymati mazkur bandda koʻrsatilgan har oylik kompensatsiya meʼyorlaridan kam miqdorlarni tashkil etsa, har oylik kompensatsiyaning ushbu Nizomda belgilangan meʼyorlari oʻzgartirilmaydi va uni oʻzgartirish haqida Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori qabul qilinguniga qadar toʻlanadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 7-iyuldagi 369-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2026-y., 09/26/369/0706-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Halok boʻlgan harbiy xizmatchi (xodim) oila aʼzosiga pul kompensatsiyasi turar joy ijaraga olingan (ijarada turgan) kundan boshlab toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Halok boʻlgan harbiy xizmatchining (xodimning) oila aʼzolari pul kompensatsiyasini olish uchun ijara asosida yashash joyini va kommunal xizmatlar qiymatisiz turar joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun amaldagi xarajatlar summasini koʻrsatgan holda, toʻlovni amalga oshiruvchi organ rahbari nomiga mazkur Nizomga 1-ilovada koʻrsatilgan shakldagi yozma ariza bilan murojaat etadilar. Bunda arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ota-onasidan biri tomonidan — halok boʻlgan harbiy xizmatchining (xodimning) tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi (nusxasi olinib, asli qaytariladi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
halok boʻlgan harbiy xizmatchining (xodimning) oʻlimi toʻgʻrisidagi guvohnoma (nusxasi olinib, asli qaytariladi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlayotgan (xizmat qilayotgan) joyidan xizmat turar joyi bilan taʼminlanmaganligi yoki turar joy ijarasi xarajatlarini qoplash uchun toʻlov amalga oshirilmayotganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma (ishlayotgan (xizmat qilayotgan) oila aʼzolari uchun);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
turar joyni ijara olganlik (ijara) shartnomasining soliq xizmati organida hisobga qoʻyilgan nusxasi yoki koʻchmas mulk ijara shartnomasi hisobga qoʻyilganligi haqida bildirishnoma.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pul kompensatsiyasini olish uchun murojaat etgan halok boʻlgan harbiy xizmatchining (xodimning) oila aʼzolaridan boshqa hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Halok boʻlgan harbiy xizmatchining (xodimning) oila aʼzolarining shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxalari (tugʻilganlik haqida guvohnoma, biometrik pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi), nikoh qayd etilganligi, nikohda turmasligi, nikohdan ajralganligi toʻgʻrisidagi guvohnomalar nusxalari, nomida shaxsiy uy-joy mavjud yoki mavjud emasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma hamda boshqa zarur hujjat va maʼlumotlar toʻlovni amalga oshiruvchi organ tomonidan tegishli davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda, shu jumladan, “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali soʻrab olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toʻlovni amalga oshiruvchi organ rahbari pul kompensatsiyasini toʻlash boʻyicha hujjatlarga qoʻshimcha ravishda tegishli komandirning (boshliqning) Vatan himoyasi va el-yurt tinchligi yoʻlida harbiy xizmatchi (xodim) yaralanganligi, kontuziya yoki mayib boʻlganligi oqibatida halok boʻlganligini (ishtirok etgan davrini koʻrsatgan holda) tasdiqlovchi buyrugʻidan koʻchirmani ilova qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Pul kompensatsiyasini toʻlash masalasi toʻlovni amalga oshiruvchi organning uy-joy komissiyasi (uy-joy komissiyasi mavjud boʻlmasa, yuqori turuvchi uy-joy komissiyasi) tomonidan toʻplangan hujjatlarni oʻrganish yoʻli bilan koʻrib chiqiladi va natijalari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pul kompensatsiyasini toʻlash yoki toʻlashni rad etish toʻgʻrisidagi qaror uy-joy komissiyasi bayonnomasi asosida toʻlovni amalga oshiruvchi organ rahbari tomonidan qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qabul qilingan qaror haqida ariza bilan murojaat etgan halok boʻlgan harbiy xizmatchining (xodimning) oila aʼzolariga 3 kunlik muddatda belgilangan tartibda pochta yoki aloqaning boshqa vositalari orqali xabar beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Pul kompensatsiyasini olish uchun ariza bilan murojaat etgan halok boʻlgan harbiy xizmatchining (xodimning) oila aʼzolari taqdim etgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi hamda ushbu maʼlumotlarda kelgusida boʻladigan oʻzgarishlar (shu jumladan, kompensatsiya miqdorini oʻzgarishiga yoki toʻxtatilishiga olib keluvchi maʼlumotlar) haqida 3 kun muddatda toʻlovni amalga oshiruvchi organni xabardor qilishi toʻgʻrisida mazkur Nizomga 2-ilovada koʻrsatilgan shaklda tilxat olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Pul kompensatsiyasi toʻlovni amalga oshiruvchi organ rahbari tomonidan har oyda qabul qilinadigan, pul kompensatsiyasi summasi va toʻlov qaysi davr uchun amalga oshirilayotganligi koʻrsatilgan buyruqqa asosan ushbu organ moliya boʻlinmasi tomonidan oʻtgan oy uchun joriy oyda toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Halok boʻlgan harbiy xizmatchining (xodimning) yangi nikohga kirmagan turmush oʻrtogʻi va qaramogʻida boʻlgan ota-onasi (ota-onasidan biri) birgalikda yashasa pul kompensatsiyasi ularning bittasiga toʻlanadi. Bunda pul kompensatsiyasi uni olayotgan shaxs vafot etishi munosabati bilan toʻxtatilganda, pul kompensatsiyasi olish huquqiga ega boʻlgan oilaning boshqa aʼzosiga mazkur Nizomga koʻrsatilgan tartib asosida pul kompensatsiyasi toʻlovi belgilanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Pul kompensatsiyasi miqdorini belgilashda hisobga olinadigan oila tarkibi oʻzgargan taqdirda, bu haqda pul kompensatsiyasi olayotgan shaxslar toʻlovni amalga oshiruvchi organga (qayta hisob-kitob qilish uchun) 3 kun muddatda yozma ariza bilan shaxsan murojaat qiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Halok boʻlgan harbiy xizmatchining (xodimning) oila aʼzolari aybi bilan ortiqcha olingan pul kompensatsiyasi summasi ulardan toʻliq miqdorda (ixtiyoriy ravishda yoki sud tartibida majburiy) undirib olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Pul kompensatsiyasini toʻlash quyidagi holatlarda toʻlovni amalga oshiruvchi organ rahbarining buyrugʻiga asosan toʻxtatiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan tartibda turar joy maydoni berilgan kundan boshlab (shu jumladan, belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan uy-joy maydonining oldi-sotdi shartnomasi asosida);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uzoq muddatli ipoteka krediti asosida turar joy sotib olish uchun oldi-sotdi shartnomalari imzolangan kundan, biroq ipoteka krediti boʻyicha dastlabki badal toʻlangan pul kompensatsiyasini oluvchi shaxsga quruvchi tomonidan qabul qilish va topshirish dalolatnomalari asosida sotib olinayotgan (qurilayotgan) turar joy foydalanishga topshirilgan kundan kechiktirmay;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
turar joyni ijaraga olish muddati tugagan yoki boshqa hududga yashash uchun koʻchib ketgan kundan boshlab;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
halok boʻlgan harbiy xizmatchining (xodimning) turmush oʻrtogʻiga, u yangi nikohga kirgan kundan boshlab;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pul kompensatsiyasi olayotgan shaxs ijaraga olgan turar joyda yashamasligi aniqlangan kundan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pul kompensatsiyasini olayotgan shaxs tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda kompensatsiya toʻlash uchun asos hisoblangan, biroq qarindoshlik darajasini soxtalashtirish, yangi nikohga kirganligini yashirish va boshqa shu kabi haqiqatga mos kelmaydigan yolgʻon maʼlumotlar aniqlangan kundan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yakka tartibda turar joy qurish uchun elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasi olingan kundan boshlab toʻliq 24 oy oʻtgandan keyin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Pul kompensatsiyasini oluvchi shaxsga turar joy maydoni berilgan, turar joy sotib olish (qurish) uchun uzoq muddatli imtiyozli ipoteka krediti boʻyicha dastlabki badal oʻtkazilgan, kompensatsiya oluvchi shaxs tomonidan yakka tartibda turar joy qurish uchun elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasi olingan taqdirda, tegishli uy-joy komissiyalari moliya organiga pul kompensatsiyasini toʻlashni toʻxtatish uchun asos hisoblangan hujjatning nusxasini taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Pul kompensatsiyasini oluvchi halok boʻlgan harbiy xizmatchining (xodimning) oila aʼzolarining har biriga alohida shaxsiy hisobvaragʻi yuritiladi va taqdim etilgan barcha hujjatlar unga biriktirib qoʻyiladi. Shaxsiy hisobvaraqlar toʻlovni amalga oshiruvchi organning moliya boʻlinmasida toʻlovlar tamom boʻlgungacha va moliya-xoʻjalik faoliyati hujjatlar bilan taftish qilinishi jarayonida amalga oshirilgan xarajatlarning toʻgʻriligi tekshirilgunga qadar saqlanadi hamda saqlash muddatlari tamom boʻlgandan keyin belgilangan tartibda yoʻq qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Turar joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun pul kompensatsiyasi quyidagilarga toʻlanmaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur Nizomning 10-bandida koʻrsatilgan hujjatlarni toʻliq taqdim etmagan shaxslarga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirlik va idoralar tomonidan harbiy xizmatchi (xodim) hayotligida berilgan turar joy (shu jumladan, imtiyozli ipoteka krediti asosida) mulk huquqi asosida oʻtgan harbiy xizmatchining (xodimning) turmush oʻrtogʻi va (yoki) ota-onasiga — mazkur turar joy keyinchalik boshqa jismoniy (yuridik) shaxslar nomiga oʻtkazilgan (sotilgan, hadya qilingan, musodara qilingan va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda) boʻlishidan qatʼi nazar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirlik va idoralar tomonidan halok boʻlgan harbiy xizmatchiga (xodimga) u hayotligida berilgan xizmat xonadonida yashayotgan shaxslarga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xizmat (ish) joyidan xizmat xonadoni bilan taʼminlangan shaxslarga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish (xizmat) joyida turar joy ijarasi xarajatlarini qoplash uchun toʻlov amalga oshiriladigan shaxslarga.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Pul kompensatsiyasi bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Sarflangan pul mablagʻlari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilariga turar joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi toʻlash shartlariga muvofiq tegishli shaklda yuqori turuvchi moliya organiga hisobot taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Pul kompensatsiyasining toʻgʻri toʻlanishi nazorat qilish toʻlovni amalga oshiruvchi organ rahbari va uy-joy komissiyasi raisi hamda qonunchilikka muvofiq nazorat qiluvchi organlar tomonidan nazorat qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yoʻlida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va xodimlar oila aʼzolariga turar joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

_________________________________________ ga

(toʻlovni amalga oshiruvchi organ boshligi F.I.O.)

_________________________________________ da

(kompensatsiya oluvchining yashash joyi)

yashovchi _____________________________________

(kompensatsiya oluvchining tugilgan sanasi)

________________________________________ dan

(F.I.O.)

Tel.:________________

ARIZA

Men, marhum harbiy xizmatchi (xodim) _________________________________________________

____________________________________________________________________________________ ning

(marhum harbiy xizmatchining (xodimning) oxirgi xizmat joyi, lavozimi, harbiy unvoni, F.I.O)

turmush oʻrtogʻi (ota-onasi) _______________________________________________________________ ga

(kompensatsiya oluvchining F.I.O)

turar joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasini toʻlab berishingizni soʻrayman.

Turmush oʻrtogʻim (oʻgʻlim, qizim) _______________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

(marhum harbiy xizmatchi (xodim) halok boʻlganligi boʻyicha maʼlumotlar koʻrsatiladi)

Menga pul kompensatsiyasi oʻtgan oy uchun joriy oyda toʻlanishi haqida tushuntirildi.

Ijaraga olingan turar joyda oʻzim (oʻzim va oila aʼzolarim bilan birga) yashayman.

Menga pul kompensatsiya naqd pul shaklida (plastik kartaga pul koʻchirish yoʻli bilan) toʻlanishi boʻyicha eʼtirozim yoʻq.

Arizaga ilova qilinadigan hujjatlarning toʻgʻriligi boʻyicha javobgarlikni oʻz zimmamga olaman.

Arizaga quyidagi hujjatlarni ilova qilaman:

l) _______________________________________;

2) _______________________________________;

3) _______________________________________.

___________________

__________________________

(imzo)

(F.I.O.)

20___ yil “____” ______________

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yoʻlida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va xodimlar oila aʼzolariga turar joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

TILXAT

Men, ______________________________________________________________ ga

(F.I.O.)

____________________________________ tomonidan turar-joyni ijaraga olganligim

____(toʻlovni amalga oshiruvchi organ nomi)

(ijarada turganlik) uchun pul kompensatsiyasi olish shartlari va tartibi tushuntirildi.

Shuningdek, men pul kompensatsiya olish uchun men tomonimdan taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlarning haqqoniyligini tasdiqlayman va kelgusida ushbu maʼlumotlarda boʻladigan oʻzgarishlar toʻgʻrisida uch kun muddatda

____________________________ ga maʼlumot berish majburiyatini oʻz zimmamga olaman.

(toʻlovni amalga oshiruvchi organ nomi)

Men pul kompensatsiyasi miqdorining kamayishi yoki toʻxtatilishiga olib keluvchi maʼlumot va hujjatlarni taqdim qilmaganligim natijasida menga toʻlangan ortiqcha xarajatlar uchun toʻliq moddiy javobgarligim toʻgʻrisida ogohlantirildim.

____________________

________________________________

(imzo)

(F.I.O.)

20___ yil “____” ______________.

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-oktabrdagi 531-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 30-31-son, 228-modda; 2012-y., 16-son, 183-modda; 2017-y., 33-son, 853-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 10.07.2020-y., 09/20/431/1048-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son; 21.02.2023-y., 09/23/71/0097-son; 10.04.2025-y., 09/25/214/0325-son; 08.07.2026-y., 09/26/369/0706-son)