Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.01.2005 16.06.2003 yildagi 271-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 16.06.2003 yildagi 271-son
Date of entry into force
16.06.2003
Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.01.2005
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ELEKTR VA ISSIQLIK ENERGIYASIDAN FOYDALANISh QOIDALARINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 27-yanvardagi 32-sonli “Elektr va issiqlik energiyasidan foydalanish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Energiyadan oqilona foydalanish toʻgʻrisida”gi 1997-yil 25-apreldagi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish va ulardan foydalanishni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Issiqlik energiyasidan foydalanish qoidalari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzdavenergonazorat” agentligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddatda koʻrsatib oʻtilgan qoidalarni vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari boʻyicha respublikaning barcha elektr va issiqlik energiyasidan foydalanuvchilariga, shu jumladan joylardagi davlat hokimiyati organlariga yetkazsinlar, shuningdek belgilangan tartibda aholini xabardor qilsinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzteleradio” kompaniyasi, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi bilan birgalikda ommaviy axborot vositalarida elektr va issiqlik energiyasidan foydalanish qoidalari mazmunini keng yoritsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari K.N. Toʻlaganov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2003-yil 16-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
271-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil
16-iyundagi 271-son qarorga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Elektr energiyasidan foydalanish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoidalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Asosiy tushunchalar va atamalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar va atamalardan foydalanilgan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektr energiyasini qabul qiluvchi — elektr energiyasini qabul qilib olish va undan foydalanish uchun moʻljallangan qurilma yoki pribor;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
energiya qurilmasi — elektr energiyasini ishlab chiqarish, oʻzgartirish, transformatsiya qilish, uzatish, taqsimlash hamda uni energiyaning boshqa turiga aylantirish uchun moʻljallangan mashinalar, apparatlar, elektr uzatish liniyalari va yordamchi asbob-uskunalar (ular oʻrnatilgan inshootlar va binolar bilan birga);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
energiya bilan taʼminlovchi tashkilot — energiyani shartnoma boʻyicha sotish va taqsimlash huquqiga ega boʻlgan yuridik shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
energiya bilan taʼminlovchi tashkilot abonenti — energiya bilan taʼminlovchi tashkilot tarmoqlariga u bilan balans boʻyicha tegishli elektr tarmoqlari chegarasiga bevosita ulangan isteʼmolchi, uning elektr energiyasidan foydalanish huquqi energiya bilan taʼminlovchi tashkilotning isteʼmolchi yoki uning yuqori tashkiloti bilan shartnomasida kelishilgan boʻladi. Maishiy isteʼmolchilar uchun — kvartira, imorat yoki shaxsiy mulk boʻlgan hududiy birlashgan imoratlar guruhi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
energiya bilan taʼminlovchi tashkilotning subabonenti — energiya bilan taʼminlovchi tashkilotning roziligi bilan abonentning elektr tarmoqlariga bevosita ulangan va abonent bilan elektr energiyasidan foydalanish yuzasidan shartnomaga ega boʻlgan isteʼmolchi. Energiya subabonentga berilganda abonent energiya bilan taʼminlovchi tashkilot oldida Elektr energiyasidan foydalanish qoidalariga rioya qilish boʻyicha javobgar hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektr tarmogʻining balans boʻyicha tegishlilik chegarasi — elektr tarmogʻining energiya bilan taʼminlovchi tashkilot bilan abonent oʻrtasidagi boʻlinish nuqtasi, u elektr tarmogʻining balans boʻyicha tegishlilik chegarasi boʻyicha aniqlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hisobga olish nuqtasi — elektr bilan taʼminlash sxemasi nuqtasi, unda oʻlchash pribori (hisoblash schyotchigi, hisobga olish tizimi va shu kabilar) yoki boshqacha usulda elektr energiyasi sarfi miqdori aniqlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hisobga olishni nazorat qilish pribori — nazorat qilish uchun foydalaniladigan hisobga olish pribori, uning koʻrsatkichlari asosida tarmoqning mazkur nuqtasidagi elektr energiyasi sarfi aniqlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektr energiyasi va quvvatini hisobga oluvchi hisoblash pribori — hisobga olish (shu jumladan aktiv elektr quvvatini hisobga olish) priborlari, shuningdek jamlovchi qurilmalar va hisobga olishning avtomatik tuzilmalari, ular Elektr qurilmalarini oʻrnatish qoidalariga hamda Yonilgʻi va energiyani hisobga olish priborlari bilan jihozlash, ulardan foydalanishni tashkil qilish qoidalariga muvofiq oʻrnatiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
isteʼmolchining ulangan quvvati — isteʼmolchining energiyani ishchi kuchlanishga (bevosita tok qabul qiluvchilarga beriladigan kuchlanishga) aylantiruvchi transformatorlarining va 1000 Volt (V)dan ortiq kuchlanishli elektr dvigatellarining elektr tarmoqlariga ulangan jami quvvat. Isteʼmolchilarning elektr qurilmalariga energiya transformatorlardan yoki energiya bilan taʼminlovchi tashkilotning kam voltli tarmoqlaridan berilganda isteʼmolchining ulangan quvvati uchun foydalanishga ruxsat etilgan quvvat qabul qilinadi, uning miqdori energiya bilan taʼminlovchi tashkilot tomonidan belgilanadi hamda elektr energiyasi berish va undan foydalanish shartnomasida koʻrsatiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avvaldan moʻljallangan quvvat — isteʼmolchining energiya tizimining eng katta nagruzkasida qatnashuvchi hisoblangan eng katta quvvati (nagruzkasi). Isteʼmolchining eng katta nagruzkasi tegishli hisobga olish priborlari (hisoblash schyotchiklarining yarim soatdagi koʻrsatkichlari boʻyicha) yoki energiya tizimining eng katta nagruzkali soatlarida hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimi koʻrsatkichlari bilan aniqlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hisob-kitob davri — elektr energiyasining isteʼmol sarfi (hajmi) aniqlanishi, isteʼmol qilingan elektr energiyasi uchun isteʼmolchi va energiya bilan taʼminlovchi tashkilot oʻrtasida oʻzaro hisob-kitob qilinishi kerak boʻlgan vaqt davri (oy). Tomonlar bilan kelishilgan hisob-kitob davri shartnomada koʻrsatiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oraliq hisob-kitob — hisob-kitob davri mobaynida isteʼmol qilingan energiya va quvvat uchun toʻlovchi abonent tomonidan qisman haq toʻlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yakuniy hisob-kitob — hisob-kitob davri tugagach isteʼmol qilingan energiya va quvvat uchun toʻlovchi abonent bilan hisob-kitob qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻlov hujjati — toʻlov talabnomasi, uning asosida energiya bilan taʼminlovchi tashkilotning hisob-kitob raqamiga pul mablagʻlari oʻtkaziladi, shuningdek bildirishnoma, uning boʻyicha toʻlov naqd pul bilan amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ulgurji isteʼmolchi — qaytadan sotuvchi — energiya bilan taʼminlovchi tashkilot abonenti, balansida oʻzining elektr tarmogʻi boʻlgan va energiya bilan taʼminlovchi tashkilotdan va elektr stansiyalaridan elektr energiyasini ulgurji xarid qiluvchi va uni shartnoma boʻyicha turli isteʼmolchilarga qaytadan sotuvchi xoʻjalik hisobidagi tashkilot abonent hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektr energiyasi isteʼmolining shartnomaviy miqdori — tegishli hisob-kitob davrida abonent tomonidan isteʼmol qilinadigan energiyaning energiya bilan taʼminlovchi tashkilot va abonent oʻrtasidagi shartnomada belgilangan miqdori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektr bilan taʼminlashdagi tanaffus (uzib qoʻyish) — isteʼmolchiga elektr energiyasi berishni toʻxtatish, avtomatik qurilmalarning muvaffaqiyatli ishlashi tufayli yoki isteʼmol qilishning cheklanishiga olib kelmaydigan, bir vaqtning oʻzida birnechta liniyalar boʻyicha energiya oluvchi isteʼmolchilar uchun bitta yoki birnechta energiya taʼminoti liniyalarining uzib qoʻyilishi tufayli sodir boʻladigan tanaffuslar bundan mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
cheklash — shartnomada nazarda tutilgan tadbirlarni qoʻllanish oqibatida muayyan oraliq vaqt davomida, shuningdek energiya bilan taʼminlovchi tashkilotning elektr tarmoqlarida fors-major holatlar tufayli paydo boʻlgan avariya rejimlari vaqtida isteʼmolchiga elektr energiyasi va (yoki) quvvati berish miqdorining kamayishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yetarli miqdorda berilmagan elektr energiyasi (kam berish) — energiya taʼminotidagi tanaffus, shu jumladan uzib qoʻyish va cheklash vaqtida isteʼmolchi toʻliq olmagan elektr energiyasi miqdori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektr energiyasi sifati — bu elektr energiyasining taqsimlanish chegarasida energiya koʻrsatkichlarining standartlashtirish boʻyicha qonun hujjatlarida yoki energiya taʼminoti shartnomasida belgilangan talablarga muvofiqligidir;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
energiya taʼminotining texnologik broni — texnologik jarayonni, ishlab chiqarish siklini tugallash uchun zarur boʻlgan elektr quvvati yoki energiya sarfi (hajmi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
energiya taʼminotining avariyali broni — mulkchilikning barcha shakllaridagi xoʻjalik yurituvchi subyektni asbob-uskunalarni saqlash, insonlar hayoti xavfsizligi uchun qisman yoki toʻliq toʻxtatishda, avariya va qoʻriqlash yoritgichlari, shamollatish, suv oqovasini oqizish, suv taʼminoti, isitish, yongʻin xavfsizligi uchun zarur boʻlgan eng kam elektr quvvati yoki energiya sarfi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rejali uzib qoʻyish — energiya bilan taʼminlovchi tashkilotning energiya qurilmalarini rejali — ehtiyot taʼmirlash jadvali boʻyicha taʼmirlash yoki profilaktikasi davrida abonentlar bilan oldindan kelishilgan va ularni (kamida 3 sutka oldin ogohlantirgan holda isteʼmolchiga energiya berishni toʻliq yoki qisman toʻxtatish, agar shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
blok-stansiyalar — energiya tuzilmasining elektr tarmogʻiga bevosita yoki abonentlar tarmogʻi orqali ulangan hamda yagona operativ-dispetcherlik boshqaruvi boʻyicha ishlaydigan sanoat va idora isteʼmolchilarining elektr stansiyalari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur Qoidalar “Energiyadan oqilona foydalanish toʻgʻrisida”, “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”, “Tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga muvofiq ishlab chiqilgan va energiya bilan taʼminlovchi tashkilotlarning elektr energiyasi isteʼmolchilari bilan oʻzaro munosabatlarini belgilaydi hamda ham energiya bilan taʼminlovchi tashkilotlar, ham yuridik va jismoniy shaxslar — elektr energiyasi isteʼmolchilari uchun majburiy hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Sanoat mahsuloti turi sifatida elektr energiyasi berish energiya bilan taʼminlovchi tashkilot bilan energiya qurilmasi energiya bilan taʼminlovchi tashkilotning tarmoqlariga bevosita ulangan isteʼmolchi (abonent) oʻrtasida tuzilgan shartnoma asosida mazkur Qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi. Namunaviy shartnomalar shakllari Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqiladi va belgilangan tartibda Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi (“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi) tomonidan tasdiqlanadi.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 96-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 9-son, 105-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Subabonentlar abonent bilan elektr energiyasidan foydalanish uchun shartnomani energiya bilan taʼminlovchi tashkilotning roziligiga koʻra tuzadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Abonent va energiya bilan taʼminlovchi tashkilot oʻrtasidagi shartnomada quyidagilar nazarda tutiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnoma mavzusi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
isteʼmol qilishning belgilangan rejimlariga rioya qilishning va elektr energiyasi sifati koʻrsatkichlarini kelishishning majburiyligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarmoqlar va energiya asbob-uskunalarining balans boʻyicha tegishlilik chegaralari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektr energiyasiga haq toʻlash boʻyicha isteʼmolchilarning tarif guruhlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
isteʼmolchining tasarrufidagi tarmoqlar va energiya asbob-uskunalaridan, hisobga olish priborlaridan foydalanishning xavfsizligini va sozligini hamda energiya taʼminotining ishonchliligini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
abonentning, subabonentlarning tarmogʻiga ulanish (isteʼmolchining nomi, quvvati, hisobga olishning hisob-kitob priborlari, tariflar va boshqa maʼlumotlar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
alohida shartlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ahdlashuvchi tomonlarning javobgarligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nizolarni hal etish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tomonlarning rekvizitlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Energiya bilan taʼminlovchi tashkilotlarga, isteʼmolchida hisobga olishning koʻptarifli priborlari mavjud boʻlgan taqdirda, elektr energiyasiga tariflarni sutka vaqti zonalari (tigʻiz soatlar, yarim tigʻiz soatlar, tungi nagruzka) va yil fasllari (yozgi va qishki davr) boʻyicha tabaqalashtirish huquqi beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Isteʼmolchi tomonidan foydalanilgan elektr energiyasini hisobga olish uchun “Oʻzstandart” agentligi yoki uning oʻlchov vositasi turini tasdiqlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasining sertifikatiga ega boʻlgan hududiy boʻlinmalari tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilgan hamda elektr energiyasini har bir sutkaning kamida toʻrtta vaqti davri boʻyicha alohida hisobga olish imkonini beradigan koʻp tarifli hisoblagichlar yoki hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimlari qoʻllanilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Energiya taʼminoti tashkiloti elektr energiyasining amaldagi isteʼmolini aniqlash uchun abonentlardagi hisoblagichlar koʻrsatkichlarini har oyda yozib olishi kerak.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 5-avgustdagi 341-sonli qaroriga muvofiq xatboshi bilan toʻldirilgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 15-16-son, 124-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Energiyaga tarif oʻzgargan taqdirda, sanasidan qatʼi nazar, shartnoma oʻz kuchida qoladi va isteʼmolchi olingan energiya uchun yangi tarif joriy etilgan kundan boshlab haq toʻlashga majburdir.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda elektr energiyasi uchun tarif oshirilgan taqdirda isteʼmolchilar elektr energiyasining avans tarzida haq toʻlangan miqdori uchun (oʻn ikki oydan koʻp boʻlmagan vaqt uchun) qoʻshimcha toʻlovlardan ozod qilinadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 5-avgustdagi 341-sonli qaroriga muvofiq xatboshi bilan toʻldirilgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 15-16-son, 124-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Tomonlar shartnoma tuzish, uni oʻzgartirish, bekor qilish yoki uning muddatini uzaytirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga va mazkur Qoidalarga amal qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Yangi energiya qurilmalarini foydalanishga topshirish va yangi subabonentlarni ulash energiya qurilmasini foydalanishga yoʻl qoʻyish “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi bilan kelishilgandan keyin energiya bilan taʼminlovchi tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 96-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 9-son, 105-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Energiyani qayta sotuvchi yoki oʻz tarmoqlari orqali beruvchi tashkilotlar (ulgurji isteʼmolchilar — qayta sotuvchilar, blok-stansiyalar, abonentlar) oxirgi yillarda energiyaning oʻrtacha isteʼmoli tahlili asosida aniqlanadigan oʻz elektr tarmoqlariga ulangan boshqa obyektlarning energiya isteʼmolini hisobga olgan holda energiyaning umumiy (yigʻma) miqdori yuzasidan energiya bilan taʼminlovchi tashkilot bilan shartnoma tuzadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Isteʼmolchi (aholidan tashqari) oʻziga tegishli tarmoqlarga ruxsat berilgan quvvat doirasida 1000 Voltgacha kuchlanishli oʻz elektr uskunalarini birlashtirishi mumkin (binoni elektr bilan isitish va reklamadan tashqari).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Energiyani qayta sotuvchi tashkilotlarning energiya bilan taʼminlovchi tashkilot va qayta sotuvchi oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlari mazkur Qoidalar va ular oʻrtasida energiya berish uchun tuzilgan shartnoma bilan tartibga solinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Energiya bilan taʼminlovchi tashkilot abonentga (aholidan tashqari) energiyani birlashtirilgan tarmoq orqali energiya taʼminoti shartnomasida nazarda tutilgan miqdorda va tomonlar oʻzaro kelishgan energiya berish rejimiga rioya qilgan holda berishga majburdir.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Isteʼmolchi “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi tomonidan energiyadan nooqilona foydalangan (imzolangan dalolatnomaga muvofiq), energiyani tejash boʻyicha tashkiliy-texnik tadbirlar rejasini bajarmagan taqdirda, energiya bilan taʼminlovchi tashkilot energiyadan nooqilona foydalanishning aniqlangan holatlaridan kelib chiqib energiya isteʼmolining shartnomaviy miqdorini kamaytirishga haqlidir.
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 96-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 9-son, 105-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Energiya bilan taʼminlovchi tashkilot tizimidagi avariyalarning oldini olish va ularni tugatish yoki odamlarning xavfsizligini taʼminlash ishlari bilan bogʻliq kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar koʻrish zarur boʻlganda va foydalanilgan energiya uchun haq toʻlanmaganda isteʼmolchi bilan kelishmasdan va uni ogohlantirmasdan, biroq uni darhol xabardor qilgan holda energiya berishda tanaffusga yoki cheklashga yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Obyektning elektr taʼminoti loyihasida nazarda tutilgan elektr taʼminotining oʻzaro zaxiralanuvchi manbalari ishida yoki asosiy taʼminotni takroran avtomatik taʼminlashda avtomatik ishga tushirish paytida elektr energiyasini uzib qoʻyish (sabablaridan qatʼi nazar) elektr taʼminotidagi tanaffus hisoblanmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Isteʼmolchilarning elektr qurilmalari ustidan davlat nazorati qonun hujjatlariga muvofiq “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 96-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 9-son, 105-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Elektr energiyasi isrof qilib sarflanganligi va isteʼmolchining avariya xavfi tugʻdiradigan yoki odamlarning hayotiga xavf soladigan energiya qurilmalarining qoniqarsiz texnik holati uchun “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi energiya berishni toʻxtatib qoʻyish huquqiga ega.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 96-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 9-son, 105-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Maxsus qoidalar boʻyicha foydalaniladigan elektr qurilmalari ustidan energetika nazorati amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Davlat energetika nazorati amalga oshirilishi abonentlarni foydalanilayotgan energetika tarmoqlari, priborlar va asbob-uskunalarning zarur texnik holati va xavfsizligi taʼminlanishi, energiya isteʼmolining belgilangan rejimiga rioya qilinishi uchun javobgarlikdan, shuningdek energiyadan foydalanish paytida paydo boʻladigan avariyalar, yongʻinlar, energiyani hisobga olish priborlarining nosozliklari va boshqa qoidabuzishlar toʻgʻrisida energiya bilan taʼminlovchi tashkilotlarni darhol xabardor qilish majburiyatidan ozod qilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Energetika tarmoqlari, priborlar va asbob-uskunalarning texnik holatiga va ulardan foydalanishga nisbatan qoʻyiladigan talablar, shuningdek ularga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi qonun hujjatlari va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Ushbu Qoidalar buzilganligi uchun javobgarlik “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Fuqarolik kodeksiga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining boshqa normativ-huquqiy hujjatlariga muvofiq energiya bilan taʼminlovchi tashkilot bilan isteʼmolchi oʻrtasida tuziladigan shartnomada belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Isteʼmolchilarning elektr qurilmalari ulanishiga qoʻyiladigan texnik talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Elektr energiyasining barcha isteʼmolchilari, shu jumladan xususiy uy-joylarda yashovchi isteʼmolchilar elektr energiyasidan foydalanishda energiya bilan taʼminlovchi tashkilotning tarmoqlariga elektr qurilmalarining yangi va qoʻshimcha quvvatlari ulanishiga texnik shartlarni olishga majburdirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Elektr qurilmalarining elektr taʼminotini loyihalashtirish, asbob-uskunalarni montaj qilish va ularni energiya bilan taʼminlovchi tashkilotning tarmoqlariga texnik shartlarsiz ulash taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. 1000 volt va undan yuqori volt kuchlanishli transformator yoki dvigatellarning yangi yoki qoʻshimcha quvvatlarni birlashtirishga, energiya bilan taʼminlovchi tashkilotning tarmoqli transformatorlariga birlashtiriladigan past voltli qurilmalar quvvatidan foydalanishga yangi yoki foydalanishga berilgan quvvatning koʻpaytirilishiga texnik shartlar isteʼmolchi-buyurtmachi (quruvchi)dan buyurtma olingandan keyin yoki uning topshirigʻiga koʻra bosh loyiha tashkilotining buyurtmasi olingandan keyin belgilangan tartibda energiya bilan taʼminlovchi tashkilot tomonidan beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Isteʼmol qilinadigan quvvatni koʻpaytirmaydigan, biroq isteʼmolchining tashqi elektr taʼminoti sxemasini oʻzgartiradigan elektr qurilmalari toifalari oʻzgargan taqdirda (elektr taʼminoti ishonchliligi boʻyicha) isteʼmolchi bunga energiya bilan taʼminlovchi tashkilotdan qoʻshimcha texnik shartlar olishga majburdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Isteʼmolchi buyurtmanomada loyihalashtirilayotgan obyektni tavsiflovchi maʼlumotlarni qisqacha shaklda koʻrsatadi: nagruzka miqdori, elektr taʼminoti ishonchliligi boʻyicha isteʼmolchining toifasi, joylashgan joyi (yangidan tashkil etilayotgan korxonaning aholi punkti bilan bogʻliq kartografiya materiali), obyektni loyihalashtirish va qurish muddatlari, balans boʻyicha tegishlilik tarifi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Elektr qurilmalari energiya bilan taʼminlovchi tashkilotning abonentlari (asosiy isteʼmolchilarning) tarmogʻidan energiya oladigan subabonentlar — isteʼmolchilar texnik shartlarni energiya bilan taʼminlovchi tashkilotning ruxsati bilan ulardan oladilar va abonentdan birlashishga texnik shartlarni olgan subabonent unga korxona, bino, inshoot uning tarmoqlariga qoʻshilishi uchun loyiha hujjatlarini kelishish uchun taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar, subabonentning nagruzkasi koʻpayishi munosabati bilan abonentning tashqi elektr taʼminoti sxemasini oʻzgartirish yoki energiya bilan taʼminlovchi tashkilot bilan tuzilgan shartnomada qayd etilgan transformatorlar va yuqori voltli dvigatellar quvvatini koʻpaytirish talab etilsa, abonent bunga texnik shartlarni energiya bilan taʼminlovchi tashkilotdan oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Texnik shartlarga muvofiq ishlab chiqilgan korxonalar, binolar, inshootlar, ularning navbatlari yoki alohida ishlab chiqarishlari energiya taʼminoti loyihalari (ishchi loyihalar) korxonalar, binolar, inshootlar, ularning navbatlari yoki alohida ishlab chiqarishlar kompleks loyihasi tasdiqlangunga qadar energiya bilan taʼminlovchi tashkilot bilan kelishilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Ulanishga texnik shartlarni bajarish barcha isteʼmolchilar va loyiha tashkilotlari uchun majburiy hisoblanadi, uning amal qilish muddati texnik shartlarda koʻrsatiladi va obyektni, uning navbatini yoki alohida qurilishni loyihalashtirish, qurish yoki rekonstruksiya qilishning normativ muddatlari bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Texnik shartlarning amal qilish muddati energiya bilan taʼminlovchi tashkilot bilan kelishilgandan keyin uzaytirilishi mumkin. Texnik shartlarning amal qilish muddati tamom boʻlgandan keyin ular haqiqiy emas deb hisoblanadi. Isteʼmolchi yangi texnik shartlarni va yangi yoki qoʻshimcha quvvatlar ulanishiga ruxsatnomani mazkur Qoidalarda belgilangan tartibda oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Isteʼmolchilarning yangi nagruzkalari bilan bogʻliq yangi elektr qurilmalari qurish, ishlab turganlarini kengaytirish va rekonstruksiya qilish (kichik stansiyalar, elektr uzatish liniyalari, transformator punktlari va hokazolarni) isteʼmolchilarning kuchlari va mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Kuchlanishni berish va isteʼmolchilarning elektr qurilmalaridan foydalanishga ruxsat berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Isteʼmolchilarning barcha birlashtiriladigan va rekonstruksiya qilinadigan elektr qurilmalari (foydalanilayotgan uy-joylarga qoʻshilganlaridan tashqari) berilgan texnik shartlarga muvofiq holda bajarilishi va Oʻzbekiston Respublikasi hududida amal qiluvchi normalar va qoidalarga muvofiq boʻlishi, kelishilgan loyiha va texnik qabul qilish-topshirish hujjatlari bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi nazorati ostidagi obyektlarda ishlab chiqarish xavfsizligi boʻyicha xorijiy texnologiyalarni qoʻllash imkoniyati toʻgʻrisida ekspert xulosasi beradi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 96-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 9-son, 105-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Yangidan montaj qilingan va rekonstruksiya qilingan elektr qurilmalarini foydalanishga topshirish, mazkur Qoidalarga muvofiq, isteʼmolchida tegishli elektr-texnik xodimlar, elektr xoʻjaligi, yongʻin xavfsizligi texnikasi boʻyicha himoya qilish vositalari, elektr qurilmalari komplektiga va yongʻin oʻchirish vositalari uchun masʼul boʻlgan shaxs mavjud boʻlgan taqdirda, shuningdek elektr energiyasidan foydalanishga shartnoma tuzilgandan va hisobga olishning tekshirilgan priborlari oʻrnatilgandan, ular montaj qilingandan, ishga tushirish-sozlash ishlari bajarilgandan soʻng foydalanishga topshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Isteʼmolchi elektr qurilmalari foydalanishga topshirilgunga qadar montaj qilish tashkilotidan, mazkur Qoidalarga muvofiq ularni dalolatnoma boʻyicha qabul qilib olishi va “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasining vakolatli vakiliga (inspektorga) Elektr qurilmalarini oʻrnatish qoidalariga, qurilish normalari va qoidalariga muvofiq loyiha, texnik qabul qilish-topshirish va foydalanish hujjatlarini hamda uni foydalanishga qoʻyishni koʻrib chiqish va belgilash imkoniyatlari uchun elektr qurilmani taqdim etishi kerak.
(31-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 96-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 9-son, 105-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Isteʼmolchilarning elektr qurilmalari montaj qilinishida kamchiliklar, ulashga berilgan texnik shartlardan chekinishlar aniqlanganda, shuningdek texnik hujjatlar va elektr qurilmalariga xizmat koʻrsatish uchun tayyorgarlik koʻrgan xodimlar mavjud boʻlmagan taqdirda aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar ulardan foydalanishga ruxsat berish taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Yangi yoki rekonstruksiya qilingan elektr qurilmalariga kuchlanish berish elektr energiyasidan foydalanish uchun shartnoma tuzilgandan, hisoblash priborlari tekshirilgandan va oʻrnatilgandan keyin “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi vakili (inspektor) tomonidan imzolangan ularni foydalanishga qoʻyish toʻgʻrisidagi dalolatnoma mavjud boʻlgan taqdirda energiya bilan taʼminlovchi tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 96-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 9-son, 105-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi va energiya bilan taʼminlovchi tashkilot isteʼmolchining elektr qurilmasini texnik koʻrikdan oʻtkazib va foydalanishga ruxsat berib, foydalanish jarayonida uning normal ishlashi uchun javob bermaydi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 96-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 9-son, 105-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Ishning mavsumiy xususiyatiga ega boʻlgan elektr qurilmalariga ega boʻlgan isteʼmolchilar (aholidan tashqari) har yili ishga tushirishdan oldin tekshirib chiqish uchun agentlik vakilini taklif etgan holda “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasiga yozma shaklda murojaat qilishlari kerak.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 96-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 9-son, 105-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Elektr qurilmalari va tarmoqlarning holati uchun tomonlarning javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Isteʼmolchining yangidan oʻrnatilgan yoki rekonstruksiya qilinadigan energiya qurilmalarini energiya bilan taʼminlovchi tashkilotning tarmoqlariga qoʻshishning texnik shartlariga muvofiq tarmoqlar va asbob-uskunalarning balans boʻyicha tegishliligi belgilanadi, ular boʻyicha elektr tarmoqlari va asbob-uskunalarining texnik holati va foydalanilishi uchun isteʼmolchi bilan energiya bilan taʼminlovchi tashkilot oʻrtasidagi javobgarlik chegarasi belgilanadi, bu shartnomaga ilova qilinadigan dalolatnomada qayd etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tarmoqlar va asbob-uskunalarga xizmat koʻrsatishning chegaralarini va ularning holati uchun javobgarlikni belgilash yuzasidan dalolatnoma energiya bilan taʼminlovchi tashkilotning vakillari va abonent tomonidan imzolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda javobgarlik chegaralari quyidagicha belgilanadi:*
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Isteʼmolchining roziligi bilan energiya bilan taʼminlovchi tashkilot tomonidan elektr qurilmalaridan foydalanish xususiyatlari bilan izohlanadigan javobgarlikning boshqa asoslangan chegarasi ham belgilanishi mumkin.
a) va b) kichik bandlarda koʻrsatilgan qoʻshishlarning holati uchun kichik stansiyadan foydalanuvchi tashkilot javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1000 Volt (V) va undan yuqori kuchlanishli elektr qurilmalari uchun:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) yopiq taqsimlash qurilmalarining tashqi tomonidan havo liniyasining oʻtish izolyatori birlashtiruvchisida va simning ochiq taqsimlash qurilmalari izolyatorlari portal tortiladigan grilyandining qisuvidan chiqishda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) taʼminlovchi yoki chiquvchi liniyalarning kabel uchliklari yoki havo kirishlarida.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Har xil tashkilotlarga tegishli boʻlgan ajratishlarga (berk yoki ajratuvchi) ega boʻlgan, 1000 V va undan yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyalarining holati va ularga xizmat koʻrsatish javobgarligi chegaralari ajratish qilingan asosiy liniyaning tayanchida belgilanadi. Ajratishlarni birlashtiruvchi qisqichlarning holati uchun asosiy liniya qarashli boʻlgan tashkilot javob beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1000 V gacha kuchlanishli elektr qurilmalari uchun:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) havo tarmogʻida — bino yoki quvur turgichda oʻrnatilgan birinchi izolyatorlarda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) kabel bilan kiritishda — binoga kirish joyida taʼminlovchi kabel uchliklarida.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Isteʼmolchi oʻz ixtiyoridagi elektr qurilmalarini ishlatishda va ulardan foydalanishni tashkil etishda ularning texnik holati, Texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi uchun javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Texnik foydalanish va texnika xavfsizligining amaldagi qoidalarida hisobga olinmagan elektr qurilmalarini ishlab chiqarish va ulardan foydalanishning oʻziga xos shartlari mavjud boʻlgan taqdirda (yer osti, portlash xavfi boʻlgan ishlab chiqarishlar, elektr tortish kuchi va boshqalar) isteʼmolchilar ushbu elektr qurilmalaridan foydalanish va ularga xizmat koʻrsatish boʻyicha maxsus yoʻriqnomalarga ega boʻlishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Shartnomaviy majburiyatlarni tomonlardan biri bajarmagan taqdirda qoida buzuvchi tomon qonun hujjatlarida belgilangan tartibga muvofiq javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Elektr energiyasini hisobga olish priborlarini oʻrnatish va ulardan foydalanish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Isteʼmol qilingan elektr energiyasi uchun isteʼmolchilarning elektr qurilmalari energiya bilan taʼminlovchi tashkilotlar bilan hisob-kitob qilish uchun oʻlchash doirasi va aniqlik klassiga koʻra elektr energiyasini hisobga olishga doir normativ hujjatlar talablariga muvofiq boʻlgan hisobga olish priborlari bilan taʼminlangan boʻlishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Elektr energiyasi uchun hisob-kitob qilish uchun hisobga olish priborlariga ega boʻlmagan isteʼmolchilarning elektr qurilmalarini elektr taʼminoti tashkiloti tarmoqlariga, shuningdek ulgurji isteʼmolchi — qayta sotuvchining abonenti va subabonentlarning tarmoqlariga qoʻshish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Har xil tarif guruhlarining bir necha isteʼmolchilari energiya taʼminotining bir manbaidan quvvat olishda hisobga olish priborlari har bir tarif guruhi uchun oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Hisobga olishning hisob-kitob priborlari (shu jumladan faol hamda reaktiv quvvat va energiyani oʻlchash vositalari, shuningdek jamlangan qurilmalar va avtomatlashtirilgan hisobga olish tizimlari) mazkur Qoidalarga muvofiq oʻrnatiladi va Elektr qurilmalarini oʻrnatish qoidalari talablariga javob berishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisobga olish priborlari, oʻlchov transformatorlari, ikkilamchi zanjirlar, shu jumladan aloqa liniyalari, avtomatlashtirilgan tizimlar saqlanishi va ularning texnik holati uchun hisobga olish priborlari va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimlari balansida boʻlgan tashkilot javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bundan tashqari, elektr energiyasini nazorat tartibida hisobga olish (elektr energiyasi sarfining belgilangan normalari bajarilishini nazorat qilish) uchun hisobga olish priborlari alohida sexlarda, energiya sigʻimli agregatlarda, texnologiya liniyalarida, binolarda, alohida obyektlarda oʻrnatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Koʻp kvartirali uy-joylarda elektr energiyasi uchun hisob-kitob qilish uchun toʻlov elektr hisoblagichlari har bir kvartiraga oʻrnatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Har bir kvartiraga oʻrnatishdan tashqari, uy-joylarda uyning umumiy ehtiyojlari (zinapoyalarni yoritish, liftlar, nasoslarning ishlashi va hokazolar) uchun sarflanadigan elektr energiyasi boʻyicha hisob-kitob qilish uchun toʻlov elektr hisoblagichlari oʻrnatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Toʻlov elektr hisoblagichlari, shuningdek energiya bilan taʼminlash tashkiloti bilan isteʼmolchilarning hisob-kitob qilishiga moʻljallangan elektr energiyasi va quvvatini hisobga olishning boshqa vositalari isteʼmolchining mablagʻlari hisobiga sotib olinadi, davlat tekshiruvidan oʻtkaziladi va oʻrnatiladi hamda energiya bilan taʼminlovchi tashkilotning vakili tomonidan roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Hisobga olish sxemasi buzilgan taqdirda (tok va kuchlanishning oʻlchov transformatorlari ishdan chiqishi, ikkilamchi kommutatsiya, isteʼmolchining aybi bilan toʻlov elektr hisoblagichlari shikastlanishi va ularning yoʻqolishi) elektr hisoblagichlarni almashtirish, taʼmirlash, davlat tekshiruvidan oʻtkazish va oʻrnatish, shu jumladan energiya bilan taʼminlovchi tashkilotning xizmatlariga haq toʻlangan holda isteʼmolchilarning mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Isteʼmolchi oʻlchov zanjirlarining zarur texnik holatini, xavfsiz foydalanilishini va oʻzi foydalanadigan elektr energiyasini hisobga olish priborlarining sozligini taʼminlashi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shartnoma boʻyicha elektr energiyasidan maishiy isteʼmol uchun foydalanuvchi fuqaro abonent sifatida ish koʻrgan taqdirda elektr tarmoqlarining, shuningdek energiya isteʼmolini hisobga olish priborlarining zarur texnik holatini va xavfsizligini taʼminlash majburiyati energiya bilan taʼminlovchi tashkilotga yuklanadi. Kvartirada, uyda oʻrnatilgan plombalar va hisoblagichlarning buzilmasligi uchun yollovchi, ijaraga oluvchi, uyning egasi javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumiy foydalaniladigan joylarda xizmat koʻrsatish va elektr energiyasi yetkazib berishda shartnoma tuzishda javobgarlik uy-joy fondidan foydalanuvchi tashkilotga yuklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Energiya bilan taʼminlovchi tashkilot bilan isteʼmolchi oʻrtasidagi hisob-kitoblar uchun faol va reaktiv energiya va quvvatni hisobga olish energiya bilan taʼminlovchi tashkilot va isteʼmolchining energiya tarmogʻi balans boʻyicha tegishlilik chegarasidagi hisobga olish nuqtasida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Elektr energiyasini isteʼmolchining tarmogʻi orqali energiya tizimidan tranzit tartibida energiya bilan taʼminlovchi tashkilotning elektr tarmogʻiga berishda isteʼmolchining tarmogʻida elektr energiyasi bir qismining yoʻqotilishi isteʼmolchi tomonidan energiya bilan taʼminlovchi tashkilotning tarmogʻiga berilgan elektr energiyasi miqdorining isteʼmolchining tarmogʻiga tushgan elektr energiyasi umumiy miqdoriga proporsional nisbati boʻyicha energiya tizimi tarmoqlaridagi yoʻqotishga tegishli boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49. Toʻlov hisoblagichlari bilan birgalikda foydalaniladigan hisob-kitob elektr hisoblagichlari va oʻlchov transformatorlari (shuningdek sinov bloklari, oʻtuvchi klemmniklar qopqoqlari, kuchlanishning ajratuvchi oʻlchov transformatorlari simlari) kojuxlar mahkamlangan joyida va hisoblagich klimmnik qopqogʻida “Oʻzstandart” agentligining yoki uning hududiy boshqarmasining va energiya bilan taʼminlovchi tashkilotning belgilangan namunadagi plombasi boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Elektr hisoblagichlar va oʻlchov transformatorlarini vaqti-vaqti bilan tekshirish “Oʻzstandart” agentligi tomonidan belgilangan muddatlarda isteʼmolchining mablagʻlari hisobiga amalga oshirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50. Hisobga olish priborlari bilan birgalikda foydalaniladigan oʻlchov transformatorlarini boshqa joyga oʻrnatish va almashtirish faqat energiya bilan taʼminlovchi tashkilotning roziligi bilan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51. Elektr energiyasini hisobga olish tizimining oʻzgarishi yoki buzilishi bilan bogʻliq har qanday ishlarni bajarish uchun abonent ish boshlanishidan oldin bu haqda energiya bilan taʼminlovchi tashkilotni yozma ravishda xabardor qilishi shart. Taʼmirlash davomida elektr energiyasi hisobi energiya bilan taʼminlovchi tashkilot bilan kelishilgan vaqtinchalik sxemalar yoki hisob-kitoblar boʻyicha amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VII. Berilgan elektr energiyasi uchun hisob-kitob qilishning umumiy qoidalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
52. Ham bevosita energiya bilan taʼminlovchi tashkilot tarmoqlaridan, ham boshqa tashkilotlarning yoki energiya bilan taʼminlovchi tashkilotlarning abonentlari tarmogʻidan beriladigan elektr energiyasi uchun isteʼmolchilar bilan hisob-kitob qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlangan elektr energiyasiga amaldagi tariflar boʻyicha hisobga olishning hisob-kitob priborlari koʻrsatkichlari boʻyicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
53. Tarif guruhlari boʻyicha elektr energiyasidan foydalanganlik uchun hisob-kitob qilish uchun isteʼmolchilarni taqsimlash Elektr va issiqlik energiyasi isteʼmolchilarining tarif guruhlari toʻgʻrisidagi nizom bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Elektr energiyasi tariflari bir stavkali, ikki stavkali va tabaqalashtirilgan stavkalarga boʻlinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
54. Bir stavkali tarif isteʼmolchiga berilgan har bir kVt soat elektr energiyasi uchun haq toʻlashdan iboratdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
55. Ikki stavkali tarif energiya tizimining (yoki qoʻshilgan quvvatning) maksimumida qatnashuvchi hamda berilgan har bir kVt soat elektr energiyasining isteʼmolchi tomonidan buyurtma berilgan eng koʻp quvvatli har bir kVt uchun yillik haq toʻlashdan iboratdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
56. Tabaqalashtirilgan tarif sutkaning quyidagi davrlarida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yarim tigʻiz davrida — bazaviy tarif (sutkaning yorugʻ payti);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tigʻiz davrda — eng yuqori tarif (energiya tizimlari eng katta nagruzkaga ega boʻlgan payt — ertalabki va kechki “maksimumlar”);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tungi davr — imtiyozli tarif (sutkaning qorongʻi payti) isteʼmol qilingan elektr energiyasining har bir kilovatt-soati uchun haq toʻlashdan iboratdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bazaviy tarif (T) miqdori belgilangan tartibda aniqlanadi va tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
57. 750 kiloVoltAmper (kVA) va undan yuqori elektr quvvatiga qoʻshilgan sanoat isteʼmolchilari va ularga tenglashtirilgan isteʼmolchilar ikki stavkali tarif boʻyicha hisoblab chiqiladi, elektr energiyasining qolgan barcha isteʼmolchilari qoʻshilgan quvvatdan qatʼi nazar, bir stavkali tarif boʻyicha hisoblab chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
58. Bir necha tarif guruhlariga ega boʻlgan isteʼmolchilar bilan hisob-kitob har bir tarif guruhiga oʻrnatilgan hisobga olish priborlari koʻrsatkichlari boʻyicha amalga oshiriladi. Uzil-kesil hisob-kitob qilish tariflarga va shartnomada qayd etilgan belgilangan tartibga muvofiq elektr hisoblagichlar koʻrsatkichlari boʻyicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
59. Berilgan elektr energiyasi uchun isteʼmolchi bilan hisob-kitoblar energiya taʼminoti tashkiloti tomonidan yozib beriladigan toʻlov hujjatlari boʻyicha, beriladigan elektr energiyasi qiymatining shartnomadagi miqdoridan kamida 30 foizini navbatdagi oy uchun oldindan toʻlagan holda amalga oshiriladi (aholidan tashqari), isteʼmol qilingan elektr energiyasi uchun yakuniy hisob-kitoblar hisob-kitob davri boshlangan kundan eʼtiboran 60 kun mobaynida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Isteʼmolchi tomonidan hisob-kitob davri boshlangan davrdan eʼtiboran 60 kun mobaynida toʻlov hujjatlari boʻyicha haq toʻlanmagan taqdirda energiya taʼminoti tashkiloti elektr energiyasi berishni toʻxtatadi. Bunda energiya taʼminoti tashkiloti tomonidan energiya tizimi tarmoqlariga ulash va elektr energiyasi berish bular bilan bogʻliq xarajatlarni undirishni hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
(59-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 5-avgustdagi 341-sonli qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 15-16-son, 124-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
60. Energiya taʼminoti tashkiloti vakili abonent bilan birgalikda har oyda hisobga olish priborlaridagi koʻrsatkichlarni yozib oladi va hisobot oyidagi energiya sarfini aniqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Abonent tomonidan hisobga olish priborlaridagi koʻrsatkichlar yozib olinmaganda va elektr energiyasi isteʼmoli toʻgʻrisida hisobot taqdim etilmagan taqdirda energiya taʼminoti tashkiloti hisob-kitobni elektr isteʼmolining shartnomadagi miqdori boʻyicha amalga oshiradi, keyinchalik energiya taʼminoti tashkiloti tomonidan abonent bilan birgalikda aniqlanadigan amalda isteʼmol qilingan elektr energiyasi uchun qayta hisob-kitob qiladi.
(60-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 5-avgustdagi 341-sonli qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 15-16-son, 124-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
61. Energiya taʼminoti shartnomasi boʻyicha maishiy isteʼmol uchun energiyadan foydalanuvchi fuqaro abonent sifatida ish koʻrgan taqdirda energiya bilan taʼminlovchi tashkilot abonentni shartnoma bajarilishi rad etilishidan kamida bir oy oldin ogohlantirish sharti bilan abonent tomonidan foydalanilgan energiya uchun abonent haq toʻlamaganligi sababli shartnomani bajarishni bir tomonlama tartibda rad etishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Energiya taʼminoti shartnomasi boʻyicha yuridik shaxs va yuridik shaxs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxs abonent sifatida ish koʻrgan taqdirda, energiya bilan taʼminlovchi tashkilot Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha shartnomani bajarishni bir tomonlama tartibda rad etishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
62. Toʻlov hujjatida xatolar yoki hisoblagichlar koʻrsatkichidagi noaniqliklar aniqlangan taqdirda, toʻlovchi bu haqda darhol energiya bilan taʼminlovchi tashkilotga xabar berishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
63. Energiya bilan taʼminlovchi tashkilot toʻlovchi tomonidan ariza berilgan kundan boshlab oʻn sutkadan kechikmay hisob-kitobni tekshirishi, zarur boʻlganda esa joyning oʻziga borib hisoblagichlarni tekshirishi hamda tekshirish natijalarini haq toʻlovchiga maʼlum qilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
64. Hisoblagichni tekshirish toʻgʻrisida yoki toʻlov hujjatidagi xato toʻgʻrisida ariza berilishi toʻlovchini belgilangan muddatda toʻlov hujjati boʻyicha haq toʻlash majburiyatidan ozod qilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
65. Elektr energiyasini hisobga olishning hisob-kitob priborida qoida buzishlar aniqlangan taqdirda, energiya bilan taʼminlovchi tashkilot isteʼmolchi bilan birgalikda foydalanilgan elektr energiyasi uchun qayta hisob-kitob qilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
66. Agar hisoblagichlardagi chetga chiqishlar mazkur pribor uchun belgilangan aniqlik chegaralaridan ortiq boʻlmasa, bunday chetga chiqishlar yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan chetga chiqishlar deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
67. Agar tekshirishdan keyin qayta hisob-kitob qilish zarurligi aniqlansa, bunday qayta hisob-kitob qilish energiya bilan taʼminlovchi tashkilot tomonidan elektr energiyasi uchun navbatdagi toʻlov hujjatini yozishda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
68. Energiya bilan taʼminlovchi tashkilot quyidagi hollarda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
isteʼmolchida hisobga olish pribori boʻlmaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hisobga olish pribori abonentning aybi bilan shikastlanganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hisobga olish priborlarini ishga tushirish sxemasi oʻzgarganda yoki hisoblagichdan tashqari nagruzka ulanganda shartnomaga muvofiq “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasini yozma ravishda xabardor qilib, abonentni ogohlantirib elektr tarmogʻidan uzib qoʻyadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi inspektorlari tomonidan shunga oʻxshash buzilish aniqlanganda uning talabi bilan isteʼmolchi elektr tarmogʻidan uzib qoʻyiladi.
(68-bandning toʻrtinchi va beshinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 96-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 9-son, 105-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
69. Elektr energiya hisobi abonentning aybisiz vaqtinchalik buzilganda, sarflangan energiya uchun hisob-kitob energiya bilan taʼminlovchi tashkilotning qarori boʻyicha, hisobga olish buzilgunga qadar boʻlgan oldingi oyning oʻrtacha sutkalik sarfi boʻyicha yoki keyingi davr uchun hisob olish tiklangandan keyin amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Elektr energiyaning oʻrtacha sutkalik sarfi boʻyicha hisob-kitob davri bir oydan oshmasligi kerak, shu vaqt ichida hisob-kitob qilish hisobi tiklanishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar hisob-kitobni hisoblash priborini obyektiv sabablarga koʻra, belgilangan muddatda tiklash imkoniyati boʻlmasa (transformatorda tokning, elektr hisoblagichning yoʻqligi, oʻtib boʻlmaydigan yoʻllar va shu kabilar tufayli), abonentga berilgan elektr energiyasi uchun hisob-kitob tartibi va hisobga olishni tiklash muddati abonent va energiya bilan taʼminlovchi tashkilotning ikki tomonlama bitimi bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toʻliq yetkazib berilmagan elektr energiyasi miqdori cheklashdan oldingi (ish yoki dam olish sutkalarida) elektr taʼminoti normal boʻlgan yaqin davrdagi oʻrtacha sutkalik elektr energiyasi isteʼmoli bilan elektr energiyasi toʻliq berilmagan sutka mobaynidagi haqiqiy isteʼmol oʻrtasidagi tafovut sifatida aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
70. Barcha isteʼmolchilarga 1 kVt soat uchun toʻlov isteʼmolchiga berilgan, balans boʻyicha tegishli boʻlinish chegarasida oʻrnatilgan hisob-kitob hisoblagichida hisobga olingan aktiv elektr energiyasi uchun belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
71. Hisob-kitob elektr hisoblagichi boʻlinish chegarasida oʻrnatilmagan taqdirda elektr tarmogʻining balans boʻyicha tegishlilik chegarasidan elektr hisoblagich oʻrnatilgan joyigacha elektr energiyasi yoʻqotilishi miqdori isteʼmolchilar bilan birgalikda hisob-kitob yoʻli bilan aniqlanadi va toʻlov uchun isteʼmolchiga berilgan foydali elektr energiyasi bilan jamlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
72. Obyektlar boshqa jismoniy yoki yuridik shaxslarga berilgan, sotilgan hollarda isteʼmolchi, berish yoki sotish vaqtidagi foydalanilgan energiya uchun qarzni albatta toʻlagan holda, energiya bilan taʼminlovchi tashkilot bilan oʻzaro hisob-kitobni solishtirishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
73. Abonent egallab turgan binodan ketgan taqdirda bu toʻgʻrida energiya bilan taʼminlovchi tashkilotni xabardor qilishi va ketish kunigacha elektr energiya uchun toʻliq hisob-kitob qilishi shart, shundan keyin energiya bilan taʼminlovchi tashkilot obyektga elektr energiyasi berishni toʻxtatadi. Yangi abonentni rasmiylashtirish va elektr qurilmalarini elektr tarmogʻiga ulash belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
74. Agar tomonlar fors-major holatlari oqibatida oʻz majburiyatlarini toʻliq yoki qisman bajarmasa tomonlardan hech biri buning uchun javob bermaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
75. Agar ushbu Qoidalarning 74-bandida koʻrsatilgan fors-major holatlari majburiyatlarning shartnomada belgilangan muddatlarda bajarilishiga taʼsir qilsa, u holda ushbu muddatlar fors-major holatlarning amal qilish vaqtiga suriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
76. Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan elektr qurilmalari energiya bilan taʼminlovchi tashkilotning elektr tarmoqlariga energiya bilan taʼminlovchi tashkilotning tegishli ruxsatisiz oʻzboshimchalik bilan ulangan taqdirda elektr qurilmalari elektr tarmogʻidan darhol uzib qoʻyiladi, isteʼmolchidan esa ruxsatsiz foydalanilgan energiya qiymati oxirgi tekshirish kunidan boshlab (lekin daʼvo muddatidan koʻp emas) oʻtgan vaqt mobaynida sutkaning 24 soati uchun belgilangan quvvat boʻyicha ulangan elektr jihozlarining ishlashi hisobidan undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
77. Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi, energiya bilan taʼminlovchi tashkilotning uch fazali quvvatdan foydalanish boʻyicha ruxsatiga ega boʻlgan isteʼmolchilar elektr energiya uchun isteʼmolchilarning tegishli guruhlari uchun belgilangan tariflar boʻyicha haq toʻlaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VIII. Ikki stavkali tarif isteʼmolchilari bilan berilgan elektr energiyasi uchun hisob-kitoblar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
78. Ulangan quvvati 750 kVA va undan yuqori boʻlgan sanoat isteʼmolchilari va ularga tenglashtirilgan isteʼmolchilar tomonidan ishlab chiqarish ehtiyojlari, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish, ammo ishlab chiqarish bilan bogʻliq binolar: sexlar, zavod boshqaruvlari, fabrika-zavod jamoat tashkilotlari, omborlar, garajlar va shu kabilar, shuningdek xususiy temir yoʻl kirish joylari korxona hududini yoritish va boshqa ehtiyojlarga, sanoat (zavodning ichki, shaxta va kon) elektrotransporti uchun sarflangan elektr energiyasi uchun ikki stavkali tarif boʻyicha haq toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ikki stavkali tarif isteʼmolchi tomonidan buyurtma berilgan (band qilingan), energiya tizimi nagruzkasi (asosiy stavka) maksimumida qatnashuvchi eng yuqori quvvatining 1 kilovatti (kvt) uchun yillik toʻlovdan va isteʼmolchiga berilgan aktiv elektr energiyasining (qoʻshimcha stavka) 1 kilovatt-soat (kVt.s) uchun toʻlovdan iborat boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
79. Ishlab chiqarish bilan bogʻliq boʻlmagan (turar joy shaharchalari, alohida uy-joylar, yotoqxonalar, mehmonxonalar, keluvchilar uchun uylar, kinoteatrlar, klublar, madaniyat uylari, shifoxonalar, poliklinikalar, tibbiyot punktlari, oshxonalar, bolalar bogʻchalari va yaslilari va sh.k.) binolar va xonalarni yoritish va boshqa ehtiyojlar uchun sanoat va ularga tenglashtirilgan isteʼmolchilar sarf qiladigan elektr energiyasi uchun hisob-kitoblar isteʼmolchilarning tegishli guruhlari uchun belgilangan tariflar boʻyicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
80. Sexlar yoki obyektlar tashkilotdan alohida joylashgan, u bilan umumiy taqsimlangan elektr tarmogʻiga ega boʻlmagan hollarda, bu sexlar yoki boshqa alohida obyektlar bilan hisob-kitoblar, tashkilotning oʻzi uchun qoʻllanayotgan hisob-kitob tarifidan qatʼi nazar, tegishli isteʼmolchilar guruhlari uchun belgilangan tariflar boʻyicha amalga oshiriladi, agar ushbu sexlar va obyektlarning elektr energiyasi hisobi korxonaning avtomatlashtirilgan hisobga olish tizimiga ulanmagan boʻlsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
81. Hisobga olish pribori sifatida “energiyani hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimi”ni va “eng katta miqdorni koʻrsatuvchi hisoblagichlar”ni oʻrnatgan isteʼmolchilar hisobga olish tizimi tomonidan qayd etilgan amaldagi eng katta quvvat miqdori boʻyicha hisob-kitob qiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
82. Isteʼmolchi tomonidan avvaldan moʻljallangan, energiya tizimining eng katta nagruzkasida ishtirok etadigan quvvat shartnomada har chorak boʻyicha qayd etiladi va energiya bilan taʼminlovchi tashkilot tomonidan hisobga olish asboblarining koʻrsatkichlari bilan aniqlanadigan isteʼmolchining amaldagi oʻrtacha yarim soatlik eng katta nagruzkasi boʻyicha vaqti-vaqti bilan nazorat qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
83. Energiya tizimining eng katta nagruzkali davrida isteʼmolchining amaldagi nagruzkasi ustidan nazorat vaqti energiya bilan taʼminlovchi tashkilot tomonidan choraklar boʻyicha belgilanadi va shartnomada qayd etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Energiya bilan taʼminlovchi tashkilot energiya tizimining eng katta nagruzkali soatlaridagi nagruzkasini nazorat qilish huquqiga egadir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nazorat davrlari ertalab 2 soatdan, kechqurun 3 soatdan oshmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
84. Energiya tizimining eng katta nagruzkali soatlarida isteʼmolchining amaldagi nagruzkasi shartnomada koʻrsatilgan miqdordan ortiq boʻlsa, chorak oxirida hisob-kitob choragi uchun 1 kVt uchun belgilangan haq boʻyicha qayta hisob-kitob qilinadi. Qoʻshimcha quvvat uchun haq toʻlanishi keyinchalik shartnomada buyurtma berilgan quvvatga nisbatan ortiq quvvatdan foydalanish huquqini bermaydi. Buning uchun energiya bilan taʼminlovchi tashkilotning har bir aniq holat uchun tegishli ruxsati boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Avtomatlashtirilgan hisobga olish tizimi yoki eng katta nagruzkali qayd etadigan hisoblagich oʻrnatilganda avvaldan moʻljallangan quvvat uchun har oyda priborlar qayd etgan amaldagi eng katta quvvat boʻyicha haq toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
85. Korxona sexlarining joylashish sharoitlariga va ularning elektr taʼminoti sxemalariga koʻra korxonaning eng katta qoʻshma nagruzkasini umuman aniqlash mumkin boʻlmasa, hisob-kitoblar isteʼmolchining avvaldan buyurtma qilingan quvvat boʻyicha, alohida quvvat olish manbalari boʻyicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
86. Agar elektr energiyasi uchun ikki stavkali tarif boʻyicha haq toʻlaydigan abonent energiyaning bir qismini subabonentga bir stavkali tarif boʻyicha bersa, u energiya bilan taʼminlovchi tashkilotga energiya tizimining eng katta nagruzkasida ishtirok etuvchi bu subabonentlarga berilgan nagruzka miqdoriga kamaytirilgan quvvat uchun haq toʻlaydi. Quvvatning kamayishi hisob-kitob yoʻli bilan aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
87. Subabonentlarda eng katta nagruzkani qayd etuvchi elektr hisoblagichlar mavjud boʻlmasa, ularning amaldagi nagruzkasi yilning shunday davrida subabonentning sutkalik nagruzkasi jadvallari asosida aniqlanishi va abonentning energiya bilan taʼminlovchi tashkilot bilan tuzgan shartnomasida qayd etilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
88. Mavsumiy ish xususiyatiga ega boʻlgan isteʼmolchilar uchun asosiy toʻlov miqdori isteʼmolchining tegishli ish davri uchun hisob-kitob yoʻli bilan aniqlanadi va shartnomada choraklar yoki oylar boʻyicha qayd etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IX. Etkazib berilgan elektr energiyasi uchun bir stavkali tarif isteʼmolchilari bilan hisob-kitob qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
89. Elektr quvvati 750 kVA gacha ulangan sanoat isteʼmolchilari va ularga tenglashtirilgan isteʼmolchilar, qishloq xoʻjaligi isteʼmolchilari, elektrlashtirilgan temir yoʻl va shahar transporti (tramvay, trolleybus, metropoliten) — tortib jildirish maqsadida, shu jumladan yoritish va tortish yordamchi stansiyalarining boshqa ehtiyojlari, eskalatorlar harakati, platformalarni yoritish, savdo va xizmat koʻrsatish sohasini tashkil etish uchun sarflanadigan elektr energiyasi uchun, aholi, aholi punktlari, shuningdek isitish, issiq suv taʼminoti va sovitish (namlikni bir xilda saqlash), reklama va charogʻbonliklar uchun elektr energiyasidan foydalanadigan isteʼmolchilar bir stavkali tarif boʻyicha hisob-kitob qiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
90. Reklamaga, charogʻbonlikka, bino va imoratlarni yoritish uchun elektr energiyasidan foydalanuvchi isteʼmolchilar, isteʼmol quvvatidan qatʼi nazar, energiya bilan taʼminlovchi tashkilot ruxsatini olishga va tegishli tarif guruhi boʻyicha hisob-kitob qilishga majburdirlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Elektr energiyasidan elektr bilan isitish maqsadida foydalanish uchun “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasiga boshqa turdagi yonilgʻi oʻrniga elektr energiyasini qoʻllashni kelishish uchun texnik-iqtisodiy asoslashni taqdim etish lozim, ovqat tayyorlash va isitish uchun elektr energiyasidan foydalanish qurilish normalari va qoidalarida koʻzda tutilgan hollar bundan mustasno.
(90-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 96-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 9-son, 105-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Elektr energiyasidan elektr bilan isitish maqsadida qoʻllashni kelishish tartibini “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi belgilaydi.
(90-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 96-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 9-son, 105-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
91. Bir stavkali tarif isteʼmolchilariga yetkazib berilgan elektr energiyasi miqdori tomonlar elektr tarmoqlarining balans boʻyicha tegishlilik chegarasidagi elektr hisoblagichlar vositasida hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
X. Elektr energiyasi uchun tabaqalashtirilgan tarif boʻyicha hisob-kitob qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
92. Tabaqalashtirilgan tarif elektr energiyasini energiya bilan taʼminlovchi tashkilotlardan oluvchi isteʼmolchilarga joriy etiladi hamda belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
93. Elektr va issiqlik energiyasi isteʼmolchilarining tarif guruhlari toʻgʻrisidagi Nizomda belgilangan hamda koʻp tarifli hisoblagichlar bilan jihozlangan isteʼmolchilarning I, II, III, IV, V, VI, VII, VIII tarif guruhlari tomonidan sarflanadigan elektr energiyasi uchun tabaqalashtirilgan tarif boʻyicha haq toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
94. Bazaviy, maksimal va imtiyozli tariflarning amal qilish vaqti energiya bilan taʼminlovchi tashkilotlar tomonidan belgilanadi va shartnomada qayd etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
XI. Etkazib berilgan elektr energiyasi uchun qishloq xoʻjaligi isteʼmolchilari bilan hisob-kitob qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
95. Qishloq xoʻjaligi abonentining ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun sarflanayotgan elektr energiyasi uchun hisob-kitob qilishni soddalashtirish uchun ishlab chiqarish nagruzkalari qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarish obyektlarining guruhiga hisob-kitob hisoblagichlari oʻrnatilgan holda alohida liniyalar va ajratilishda jamlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
96. Qoʻshimcha stansiyada umumiy hisob-kitob elektr hisoblagichi mavjud boʻlganda qishloq xoʻjaligi abonentida ishlab chiqarish va kommunal-maishiy ehtiyojlar va boshqa ehtiyojlar uchun elektr energiyasi sarfini alohida hisobga olish vaqtincha mavjud boʻlmaganda, ishlab chiqarish ehtiyojlariga elektr energiyasi sarfini aniqlash uchun umumiy hisoblagich vositasida hisobga olingan jami sarfdan maishiy hisoblagich boʻyicha aniqlanadigan maishiy isteʼmolga elektr energiyasi sarfi hamda boshqa noishlab chiqaruvchilarning elektr energiyasi sarfi chiqarib tashlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
97. Isteʼmolchilarning umumiy toʻlov hisoblagichi boʻlganda, isteʼmolchilarning tok qabul qilgichlar quvvatidan va ulardan foydalanish soatlari sonidan kelib chiqib aniqlanadigan har bir isteʼmolchining ishlab chiqarish, kommunal-maishiy va boshqa ehtiyojlariga energiya sarfi shartnomada jami elektr isteʼmolining foizlarida koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
XII. Etkazib berilgan elektr energiyasi uchun uy-joy mulkdorlari shirkatlari va uy-joy kommunal-foydalanish tashkilotlari hamda aholi punktlari bilan hisob-kitob qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
98. Uy-joy mulkdorlari shirkatlari va kommunal-foydalanish tashkilotlari umumiy uy-joy ehtiyojiga sarflanadigan elektr energiyasi uchun energiya bilan taʼminlovchi tashkilotlar bilan elektr tarmogʻining balans boʻyicha tegishlilik chegarasidagi hisobga olish nuqtasida oʻrnatilgan hisoblagichlar boʻyicha, belgilangan tarif boʻyicha hisob-kitob qiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
99. Uy-joy mulkdorlari shirkatlari va kommunal-foydalanish tashkilotlari tomonidan texnik maqsadlarga (liftlar, nasoslar ishlashi va boshqalar uchun) sarflanadigan elektr energiyasi alohida hisobga olinib, isteʼmolchilarning tegishli guruhi uchun belgilangan tarif boʻyicha toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
100. Yangi uy-joylarni oʻz balansiga qabul qilib olgan uy-joy mulkdorlari shirkatlari va kommunal-foydalanish tashkilotlari ushbu uylarni elektr tarmogʻiga ulashga ruxsat olish uchun energiya bilan taʼminlovchi tashkilotga har bir uy-joyga oʻrnatilgan hisob-kitob elektr hisoblagichi uchun (elektr hisoblagichning tartib raqami, turi, tayyorlovchi zavod, davlat tekshiruvi yili, koʻrsatkichlar va kvartiraning tartib raqami) vedomost taqdim etishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldin foydalanib kelingan uy-joylarga yoki xususiy mulk huquqi bilan alohida fuqarolarga tegishli boʻlgan uylarga yangi elektr simlarini ulashga, shuningdek bogʻ uchastkalariga, shaxsiy avtomashinalar uchun garajlarga va boshqa shunga oʻxshashlarga elektr simini ulashga ruxsat olish uchun isteʼmolchi energiya bilan taʼminlovchi tashkilotga tegishli ariza berishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
101. Uy-joylarning elektr jihozlari va tarmoqlarini foydalanishga qoʻyishga ularni foydalanuvchi tashkilot qabul qilib olib rasmiylashtirgandan keyin ruxsat beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Elektr qurilmalariga kuchlanishni ulash elektr energiyasidan foydalanish shartnomasi tuzilgandan keyin amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
102. Energiya bilan taʼminlovchi tashkilot masʼul yollovchilarga, ijarachilarga, turar joy binolari egalariga shaxsiy hisob raqamlari ochadi, ularning har biriga elektr energiyasi uchun toʻlov hujjatlarini mustaqil yozish uchun kvitansiya blankalari va bildirishnomalar bilan birgalikda hisob-kitob daftarchalari beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
103. Shaxsiy hisob raqamini boshqa abonentga qayta rasmiylashtirish hamda hisob-kitobga olish priborlarini koʻchirish faqat energiya bilan taʼminlovchi tashkilotning ruxsati bilan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldin elektr tarmogʻiga ulangan kvartiraga koʻchib kirgan yangi uy-joy mulkdori 5 kun muddatda energiya bilan taʼminlovchi tashkilotda shaxsiy hisob raqamini oʻz nomiga rasmiylashtirishi shart. Koʻrsatilgan muddatda rasmiylashtirilmasa, toʻlov toʻlanmaganligi uchun barcha masʼuliyat uy-joyning yangi mulkdori zimmasiga yuklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
104. Umumiy hisob-kitob elektr hisoblagichi boʻyicha hisob-kitob qilishda aniq maqsadli kommunal fond binosida istiqomat qiluvchilardan biri tomonidan elektr energiyasi uchun u toʻlashi lozim boʻlgan summa toʻlanmagan taqdirda, elektr bilan taʼminlovchi tashkilot uy-joy mulkdorlari shirkati (kommunal-foydalanish tashkiloti) bilan yakka tartibdagi yashovchilar oʻrtasida tuzilgan oʻzaro shartnomaga muvofiq ish koʻradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Elektr energiyasidan foydalanganlik uchun oʻzaro hisob-kitoblar boʻyicha yashovchilar oʻrtasidagi nizolar sud tartibida koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
105. Kommunal kvartirada bir nechta oila yashaganda hisob-kitob davrida sarflangan elektr energiyasini alohida oilalar oʻrtasida taqsimlash nazorat elektr hisoblagichi koʻrsatkichlari boʻyicha, ular mavjud boʻlmaganda esa — har bir oiladagi tok qabul qiluvchining quvvati hamda ulardan foydalanish soatlari soni boʻyicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumiy foydalaniladigan joylarda sarflanadigan elektr energiyasi miqdori amalda yashovchilar soni boʻyicha alohida oilalar oʻrtasida taqsimlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nazorat elektr hisoblagichlarining toʻgʻri ishlashi ustidan nazorat qilish, ularning koʻrsatkichlarini olish va elektr energiyasi uchun oʻzaro hisob-kitob qilish yashovchilarning oʻz majburiyati hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Energiya bilan taʼminlovchi tashkilot umumiy hisob-kitob hisoblagichi orqali elektr energiyasidan foydalanuvchi fuqarolar oʻrtasida hech qanday hisob-kitobni amalga oshirmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
106. Ushbu Qoidalarga elektr energiyasi uchun toʻlov hujjatlariga oʻz vaqtida haq toʻlash, kvartiradagi hisob-kitob elektr hisoblagichining saqlanishi va butligini taʼminlash boʻyicha rioya qilinishi uchun javobgarlik kvartira egasining zimmasiga yuklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
107. Hisob-kitob elektr hisoblagichlari zinapoya maydonchalarida oʻrnatilgan taqdirda ularning saqlanishi va butligi uchun uy-joy tasarrufida boʻlgan uy-joy mulkdorlari shirkati va kommunal-foydalanish tashkiloti javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zinapoya maydonchalarida oʻrnatilgan elektr hisoblagichlar shikastlangan yoki oʻgʻirlangan taqdirda uy-joy mulkdorlari shirkati yoki va kommunal-foydalanish tashkiloti elektr hisoblagichlarni oʻz hisobidan tiklashlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
108. Uy-joy mulkdorlari shirkati, kommunal-foydalanish tashkilotlari hamda binolar va turar joylarni hamda boshqa binolarni korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga ijaraga beruvchi boshqa tashkilotlar energiya bilan taʼminlovchi tashkilotning ruxsatisiz ijarachilarga (elektr energiyasidan foydalanish maqsadlaridan qatʼi nazar) tegishli boʻlgan elektr qurilmalarini uyning ichki tarmoqlariga ulash huquqiga ega emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
109. Ijarachilar (yuridik shaxslar) binoni egallash uchun dalolatnoma olingandan yoki bino (uy) egasi bilan shartnoma tuzilgandan keyin uch kun muddatda ijaraga olingan binoda elektr energiyasidan foydalanish bilan bogʻliq masalalarni hal etish uchun energiya bilan taʼminlovchi tashkilotga murojaat qilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
110. Tomonlarning tarmoqlar boʻlinishi chegarasidan abonentlargacha uzluksiz elektr taʼminoti uchun energiya bilan taʼminlovchi tashkilotlar bilan shartnoma tuzgan uy-joy mulkdorlari shirkati va kommunal-foydalanish tashkilotlari javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
XIII. Maishiy abonentlar (aholi) bilan foydalanilgan elektr energiyasi uchun hisob-kitob qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
111. Maishiy isteʼmolchilar (aholi) kvartiralarda shaxsiy ehtiyojlar uchun, yordamchi xoʻjaliklar, tomorqa bogʻ obyektlarida shaxsiy foydalanish uchun sarflanadigan elektr energiyasi uchun, turmushda qoʻllaniladigan tok qabul qiluvchi quvvati va vazifasidan hamda hisob-kitob elektr hisoblagichlar oʻrnatilgan joydan qatʼi nazar, yagona bir stavkali tarif boʻyicha haq toʻlaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
112. Elektr hisoblagich maishiy abonent tomonidan sotib olinadi va davlat tekshiruvi hamda roʻyxatdan oʻtkazish uchun energiya bilan taʼminlovchi tashkilotga topshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maishiy abonentning joy tayyorligi toʻgʻrisidagi buyurtmasi boʻyicha elektr hisoblagich qurilmasi maishiy abonent ishtirokida energiya bilan taʼminlovchi tashkilot vakili tomonidan oʻrnatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
113. Energiya bilan taʼminlovchi tashkilot bilan kelishgan holda elektr energiyasidan elektr hisoblagichsiz vaqtinchalik foydalanishga ruxsat etiladi, bunda toʻlov oʻrnatilgan tok qabul qilgichlarning quvvati va ularning ishlash soatlari soni boʻyicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu holda bir oydan koʻp boʻlmagan muddatga toʻlashga ruxsat beriladi, shundan keyin hisoblagich oʻrnatish uchun abonent uzib qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
114. Abonent elektr hisoblagichlar koʻrsatkichlari toʻgʻriligiga shubhalansa, energiya bilan taʼminlovchi tashkilotga belgilangan tartibda ariza beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar hisoblagich yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan nuqsonlar doirasida ishlayotganligi aniqlansa, abonent hisoblagichni tekshirish yoki almashtirish bilan bogʻliq xarajatlarni toʻlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
115. Maishiy abonentning hisob-kitob elektr hisoblagichi ishga tushishi sxemasi oʻzgartirilganligi, shikastlanganligi, plomba buzilganligi, disk sunʼiy ravishda toʻxtatib qoʻyilganligi va elektr energiyasi isteʼmoli koʻrsatkichlarini pasaytirish maqsadidagi boshqa qoida buzishlar aniqlanganda, energiya bilan taʼminlovchi tashkilot abonent tomonidan oxirgi tekshirish kunidan boshlangan davr uchun, biroq daʼvo berish muddatidan ortiq boʻlmagan muddatda elektr energiyasidan foydalanganlik uchun qayta hisob-kitob qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
116. Hisobga olish elektr hisoblagichiga ega boʻlmagan abonent toʻlovni hisobga olish elektr hisoblagichi boʻlmagan vaqt uchun, lekin daʼvo arizasidagidan koʻp boʻlmagan muddat uchun, energiya taʼminoti tashkiloti tomonidan tok qabul qiluvchi uskunalarning belgilangan quvvati boʻyicha aniqlanadigan hisob-kitob miqdoridan kelib chiqqan holda, biroq abonentdagi yuklamani bir yoʻla ishga solish quvvatidan koʻp boʻlmagan miqdorda amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar hisobga olish hisoblagichiga ega boʻlmagan abonent biron-bir sababga koʻra mazkur turar joyda vaqtinchalik yashamasa, energiya taʼminoti tashkilotini bu toʻgʻrida yozma ravishda xabardor qilishi shart.
(116-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 5-avgustdagi 341-sonli qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 15-16-son, 124-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
117. Maishiy abonentlardan elektr energiyasi uchun belgilangan tarif qiymatidan ortiqcha biror-bir qoʻshimcha summalar undirish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
118. Kvartiralar, xususiy uylar, bogʻ uchastkalari, garajlarda yakka tartibdagi tadbirkorlik bilan shugʻullanuvchi maishiy abonentlar foydalanilgan elektr energiyasi uchun tadbirkorlik ehtiyojlari uchun isteʼmol qilish hajmlarini hisobga olish imkoniyati mavjud boʻlgan taqdirda, tadbirkorlik faoliyati turi (savdo, xizmatlar, tovarlar ishlab chiqarish va boshqalar) boʻyicha elektr energiyasi isteʼmolchilarining tarif guruhiga muvofiq haq toʻlaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda tadbirkorlik faoliyati uchun sarflanadigan elektr energiyasini hisobga oluvchi alohida elektr hisoblagich oʻrnatish zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
119. Toʻlov boʻyicha bir oydan ortiq qarzdorlik mavjud boʻlgan taqdirda energiya bilan taʼminlovchi tashkilot elektr energiyasini berish toʻxtatilishidan kamida bir oy oldin abonentni ogohlantirish sharti bilan foydalanilgan energiya uchun abonent haq toʻlamaganligi munosabati bilan shartnomani bajarishdan bir tomonlama tartibda voz kechishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Elektr energiyasi berish abonent tomonidan qarz toʻlangandan va ulash xarajatlari qoplangandan keyin navbatda turish tartibida tiklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Elektr energiyasi uchun qarzdorlik bilan bogʻliq boʻlgan energiya bilan taʼminlovchi tashkilot va maishiy abonentlar oʻrtasidagi barcha nizoli masalalar Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq hal etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
120. Energiya bilan taʼminlovchi tashkilotdan har bir maishiy abonentga “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi tomonidan belgilangan namunadagi hisob-kitob daftarchasi beriladi, elektr energiyasi toʻlovi ular boʻyicha amalga oshiriladi. Hisob-kitob daftarining har bir varagʻida kvitansiya va bildirishnoma mavjud boʻladi, ularga abonent shaxsiy hisob raqamining tartib raqami izi tushirilgan boʻlishi kerak.
(120-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 96-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 9-son, 105-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toʻlov hujjatining har ikkala qismi (bildirishnoma va kvitansiya) bir xilda, aniq, oʻchirib yozishlarsiz toʻldirilishi kerak. Toʻlov hujjatlarida familiya, manzil, toʻlovning joriy va oldingi sanasi hamda hisoblagichning ularga muvofiq boʻlgan koʻrsatkichlari, koʻrsatkichlar tafovuti va toʻlov summasi koʻrsatilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
121. Ovqat tayyorlash uchun markazlashtirilgan tartibda elektr plitalar bilan jihozlangan uylarda yashovchi maishiy abonentlar elektr energiyasi uchun tegishli tarif boʻyicha haq toʻlaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
122. Hisobot davrida maishiy abonent tomonidan elektr energiyasi isteʼmol qilish hajmi abonentga oʻrnatilgan elektr hisoblagich koʻrsatkichlari boʻyicha foydalangan elektr energiyasi uchun u tomonidan amalda toʻlangan toʻlov boʻyicha aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
123. Hisob-kitob elektr hisoblagichlardan koʻrsatkichlarni olish va oldindan haq toʻlash hisobga olingan holda toʻlov hujjatlaridan koʻchirma olish har oyda energiya bilan taʼminlovchi tashkilotning nazoratchisi yoki abonentning oʻzi tomonidan oldindan haq toʻlash hisob-kitobi qaysi davr uchun amalga oshirilayotganidan qatʼi nazar, toʻlov paytida amal qiluvchi tarif boʻyicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar toʻlov hujjati (bildirishnoma–kvitansiya) nazoratchi tomonidan toʻldirilsa, u abonentga topshiriladi, abonent boʻlmagan taqdirda esa — bir kvartirada yoki xususiy uyda u bilan birga yashovchi istalgan voyaga yetgan shaxsga topshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
124. Agar hisob-kitob hisoblagichi oʻrnatilgan binoni navbatdagi aylanib chiqishda bino yopiq boʻlsa, energiya bilan taʼminlovchi tashkilotning nazoratchisi oldingi davr uchun elektr energiyasining amaldagi sarfi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida toʻlov hujjatini toʻldiradi, bu haqda abonentning shaxsiy hisob raqamida tegishli belgi qayd etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Energiya bilan taʼminlovchi tashkilotning nazoratchisi amal qilishining tegishli muddati koʻrsatilgan, nomi yozilgan guvohnoma mavjud boʻlgan taqdirda kvartiradagi elektr hisoblagichlarni soat 8.00 dan boshlab soat 20.00 gacha tekshirib koʻrish huquqiga egadir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
125. Elektr energiyasi uchun oldindan haq toʻlash qurilmasiga ega boʻlgan hisoblagichlar oʻrnatilgan abonentlar elektr energiyasi uchun elektron kartochkalar yordamida haq toʻlaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisob-kitob oldindan haq toʻlash prinsipi boʻyicha olib boriladi. Haq toʻlangan elektr energiyasi miqdori sarfi boʻyicha abonent elektr energiyasi uchun toʻlovlarni qabul qilish punktiga kelishi va elektr energiyasining navbatdagi ulushiga haq toʻlashi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
126. Toʻlov hujjati boʻyicha haq toʻlash abonent tomonidan aholidan toʻlovlarni qabul qiluvchi tashkilot orqali har oyning 1-10-kunlarida toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
127. Abonent toʻlov bildirishnomasini mustaqil yozadi va hisob-kitob daftarchasida koʻrsatilgan qoidalarga muvofiq summani toʻlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toʻlov hujjatlarini toʻldirish va haq toʻlash paytida abonent tomonidan yoʻl qoʻyilgan xatolar ular aniqlanishi davomida daʼvo muddati mobaynida energiya bilan taʼminlovchi tashkilot tomonidan hisobga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
128. Bank hujjatida koʻrsatilgan sana toʻlov amalga oshirilgan payt deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar bildirishnoma, kvitansiya yoki kassa apparati ottiskida koʻrsatilgan summalar oʻrtasida nomuvofiqlik mavjud boʻlsa, u holda bank hujjatida (bank shtampida) koʻrsatilgan summa qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
129. Aholidan (Xalq banki va boshqa tijorat banklaridan, “Oʻzbekiston pochtasi” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boʻlimidan) toʻlovni qabul qilib olgan tashkilot bildirishnomalarni pachka va banderolda shakllantiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Har qaysi banderolda (bank boʻlimi tomonidan muayyan davrda qabul qilib olingan maishiy abonentlar bildirishnomalari komplektida) energiya bilan taʼminlovchi tashkilotga berish vaqtida yorliq boʻlishi lozim, yorliqda quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
banderolni shakllantirishning boshlangan va tugallangan sanasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
banderoldagi hujjatlar soni; qabul qilib olingan toʻlovlarning umumiy summasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kassa xizmati koʻrsatilganligi uchun toʻlov sifatida ushlab qolingan summa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
energiya bilan taʼminlovchi tashkilot hisob raqamiga oʻtkaziladigan summa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
130. Toʻlov boʻyicha bir va undan koʻp oy uchun qarz mavjud boʻlganda aholidan toʻlovni qabul qilib oluvchi tashkilot tomonidan toʻlovning umumiy summasidan jarima undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
131. Arifmetik xatoliklar, tariflarni notoʻgʻri qoʻllash tufayli paydo boʻladigan kam va ortiqcha toʻlovlar amaldagi tarif boʻyicha kVt.s.da qayta hisoblab chiqiladi va energiya bilan taʼminlovchi tashkilot tomonidan, ularning aniqlanishiga qarab daʼvo muddati doirasida, ortib boruvchi yakun boʻyicha, koʻrsatkichlardagi tafovut yoki qoʻshimchalar bilan hisobga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
132. Amaldagi tariflar oʻzgarganda energiya bilan taʼminlovchi tashkilot tomonidan eski tarif boʻyicha qarzni toʻlash sanasi belgilanadi, bu sana ommaviy axborot vositalari orqali aholiga maʼlum qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻrsatilgan sanadan keyingi kundan boshlab toʻlov faqat yangi tarif boʻyicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
133. Agar amaldagi tariflar oʻzgargan davrda eski tarif boʻyicha toʻlov belgilangan muddatdan keyin amalga oshirilgan boʻlsa, u holda toʻlov summasi kVt.s.da yangi tarif boʻyicha qayta hisoblanadi va daʼvo muddati doirasida, ortib boruvchi yakun bilan hisobga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
134. Abonent, xohishiga koʻra, elektr energiyasidan foydalanganlik uchun haqni, tarif oʻzgarganda summani qayta hisoblamagan holda, kamida bir oy muddatga, lekin koʻpi bilan 12 oy uchun oldindan toʻlashi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
135. Bir hisob-kitob davri tugagach hisob-kitob elektr — hisoblagichlar koʻrsatkichlarini abonent aybi bilan chiqarib olish mumkin boʻlmaganda, bunda agar abonentning oʻzi energiya bilan taʼminlovchi tashkilotga sarflangan elektr energiyasi miqdori va uning uchun toʻlangan haq toʻgʻrisida maʼlumot taqdim qilmasa, shuningdek oldindan haq toʻlanmagan boʻlsa, abonent elektr energiyasi berish toʻxtatilishidan bir oy oldin ogohlantirilgan taqdirda abonent tomonidan u foydalangan energiya uchun haq toʻlanmaganligi sababli energiya bilan taʼminlovchi tashkilot shartnomani bajarishni bir tomonlama tartibda rad etishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
136. Qayta hisob-kitob qilish: yoritadigan tok qabul qilgichlar quvvati va ulardan foydalanish soatlari miqdori boʻyicha; abonentda shtepsel rozetkalari mavjud boʻlganda (rozetkalar va tok qabul qilgichlar sonidan qatʼi nazar) sutkada 24 soat 600 vatt (vt) quvvatdan foydalanish hisobidan, isitish priborlari yoki 600 vt.dan koʻp quvvatli boshqa elektr jihozlari mavjud boʻlganda — abonent foydalanishida boʻlgan jihozning haqiqiy quvvati boʻyicha, undan sutkada 24 soat foydalanish hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
137. Elektr energiyasidan foydalanishda abonent tomonidan yoʻl qoʻyilgan qonunbuzishlar energiya bilan taʼminlovchi tashkilot va abonentning ikki nusxadagi ikki tomonlama dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi, uning bir nusxasi abonentga beriladi va ayni bir vaqtda elektr energiyasidan foydalanish qoidasini buzgan abonent elektr energiyasidan uzib qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
138. Energiya bilan taʼminlovchi tashkilot hisobga olinmagan elektr energiyasi miqdorini dalolatnoma asosida aniqlaydi va abonentga toʻlash uchun qoʻshimcha toʻlov hujjati yozib beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonun buzilishi yuzasidan daʼvo muddatini hisobga olgan holda toʻlov hujjati yozishda amaldagi tarif qoʻllanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Abonent energiya bilan taʼminlovchi tashkilotning qarori yuzasidan norozilik arizasi berish huquqiga ega, biroq bu uni qoʻshimcha toʻlov hujjatini belgilangan muddatda toʻlashdan ozod qilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻshimcha toʻlov hujjati boʻyicha haq 10 kun muddatda toʻlanmaganda energiya bilan taʼminlovchi tashkilot abonentni elektr energiyasidan uzib qoʻyadi va abonentdan koʻrsatilgan summani majburiy tartibda undirish toʻgʻrisida sudga daʼvo arizasi beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
139. Abonent va energiya bilan taʼminlovchi tashkilot oʻrtasida paydo boʻladigan nizoli masalalar amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq hal etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tomonlar kelishuvga erishmagan taqdirda nizolar sud tartibida hal etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
XIV. Elektr energiyasi isteʼmolchilari (yuridik shaxslar) va energiya bilan taʼminlovchi tashkilotning huquq va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
140. Elektr energiyasi isteʼmolchilari quyidagilarga majbur:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektr energiyasi va isteʼmol qilinadigan quvvat uchun shartnomadagi miqdorning kamida 30 foizi miqdorida oldindan haq toʻlanadi va isteʼmol qilingan elektr energiyasi uchun yakuniy hisob-kitob hisob-kitob davri boshlanadigan kundan eʼtiboran 60 kun mobaynida amalga oshiriladi.
(140-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 5-avgustdagi 341-sonli qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 15-16-son, 124-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
energiya bilan taʼminlovchi tashkilot talabiga koʻra quyidagilarni hisobga olish va xabar qilish:*
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Elektr energiyasining sutkalik sarfi va haqiqiy (aktiv va reaktiv) nagruzka isteʼmolchi tomonidan tartib raqami qoʻyilgan va ip bilan tikib muhrlangan daftarga yoziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har sutkalik, har oylik sarflar va isteʼmol qilinadigan quvvatning haqiqiy miqdori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
energiya tizimining eng katta va eng kichik nagruzkali davrlarida reaktiv energiya va quvvatning har sutkalik sarfi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
energiya tizimining eng katta nagruzkasi vaqtida har 30 daqiqadagi aktiv energiya (quvvat) sarfi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
141. Elektr energiyasi isteʼmolchilari energiya bilan taʼminlovchi tashkilotdan quyidagilarni talab qilish huquqiga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektr energiyasini elektr tarmoqlarining boʻlinish chegarasiga shartnomada koʻrsatilgan miqdorda yetkazib berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektr tarmoqlarining balans boʻyicha tegishlilik chegarasida elektr energiyasining sifat koʻrsatkichlarini shartnoma va standartlarda belgilangan miqdorda saqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
energiya bilan taʼminlovchi tashkilot elektr tarmoqlarining rejali taʼmirlanishi tufayli elektr energiyasi bilan taʼminlashdagi mumkin boʻlgan uzilishlar toʻgʻrisida ogohlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektr energiyasi bilan taʼminlovchi tashkilot bilan kelishgan holda elektr energiyasi isteʼmolining oylik shartnomaviy miqdorini choraklik miqdor doirasida joriy yil mobaynida 2-marta (1 va 2-oylarda — ular tugagungacha 10 kundan kechikmay) qayta taqsimlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
142. Energiya bilan taʼminlovchi tashkilot quyidagilarga majbur:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektr energiyasini elektr tarmoqlarining boʻlinish chegarasiga shartnomada koʻrsatilgan miqdorda yetkazib berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektr tarmoqlarining balans boʻyicha tegishlilik chegarasida elektr energiyasining sifat koʻrsatkichlarini shartnoma va standartlarda belgilangan miqdorda saqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
energiya bilan taʼminlovchi tashkilotning elektr tarmoqlari rejali taʼmirlanishi tufayli elektr energiyasi bilan taʼminlashdagi mumkin boʻlgan uzilishlar toʻgʻrisida kamida 3 sutka oldin ogohlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektr energiyasi berishning rejadan tashqari toʻxtatilishi sabablarini xabar qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hisob-kitob elektr hisoblagichlarini amaldagi davlat normativ hujjatlari talablariga muvofiq almashtirish muddatlarini xabar qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
joriy etiladigan cheklashlarni cheklashning joriy etilish hajmi va vaqtini koʻrsatgan holda oʻz vaqtida xabar qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektr energiyasining isteʼmolchiga energiya bilan taʼminlovchi tashkilot va isteʼmolchi oʻrtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq uzluksiz yetkazib berilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
isteʼmolchilarning elektr energiyasining toʻliq berilmaganligi yoki elektr taʼminotidagi boshqa qonunbuzilishlari toʻgʻrisidagi arizalarini isteʼmolchidan ariza olingan kundan boshlab 10 kundan kechikmay koʻrib chiqish va ushbu Qoidalarga muvofiq mufassal javob yuborish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
143. Energiya bilan taʼminlovchi tashkilot elektr energiyasi berishni:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektr energiyasi elektr isteʼmolining shartnomadagi miqdoridan ortiqcha sarflanganda yoki elektr isteʼmolining belgilangan rejimi buzilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektr energiyasidan elektr isteʼmoli shartnomasisiz foydalanilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tok qabul qiluvchilar energiya bilan taʼminlovchi tashkilot tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulanganda yoki quvvat shartnomada kelishilgan miqdordan oshirilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tok qabul qiluvchilar energiya hisoblagichsiz ulanganda yoki elektr energiyasini hisobga olish sxemasi buzilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foydalanilgan elektr energiyasi uchun haq belgilangan muddatlarda toʻlanmaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
energiya bilan taʼminlovchi tashkilot vakili hisoblash priborlarini koʻrishga qoʻyilmaganda toʻxtatib qoʻyish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
144. Energiya bilan taʼminlovchi tashkilot:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
isteʼmolchi elektr isteʼmoli yoki quvvatining shartnomadagi miqdordan oshishiga yoʻl qoʻygan holda elektr isteʼmol qilishning belgilangan rejimiga rioya qilmagan, energiya bilan taʼminlovchi tashkilot tomonidan belgilangan elektr isteʼmolini cheklash jadvalini bajarmagan sutkalar mobaynida past sifatli elektr energiyasi berilganligi uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zaxirani avtomatik ishga tushirish, avtomatik takroriy ulash va avtomatik chastotali razgruzka vaqtida elektr energiyasi berishdagi tanaffus uchun isteʼmolchi oldida moddiy javobgar boʻlmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
145. Energiya bilan taʼminlovchi tashkilot va elektr energiyasi isteʼmolchilarining shartnoma majburiyatlarini bajarmaganlik yoki zarur darajada bajarmaganlik uchun moddiy javobgarligi qonun hujjatlari va shartnomada belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
XV. Reaktiv quvvat va energiya kompensatsiyasi uchun elektr energiyasi boʻyicha tarifdan chegirmalar va tarifga ustamalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
146. Reaktiv energiya (quvvat) kompensatsiyasi uchun chegirmalar (ustamalar) sanoat isteʼmolchilariga va ularga tenglashtirilgan isteʼmolchilarga, elektrlashtirilgan temir yoʻl va shahar transportiga (elektr energiyasi bilan yuradigan), bitta hisobga olish nuqtasi boʻyicha oʻrtacha oylik elektr energiyasi isteʼmoli 30 ming kVt. soatdan koʻp boʻlgan qishloq xoʻjaligi isteʼmolchilariga nisbatan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
147. Reaktiv quvvat va energiya kompensatsiyasi uchun chegirmalar (ustamalar) reaktiv quvvat va energiyani hisobga olish priborlari koʻrsatkichlari asosida belgilanadi hamda 1 kVAR eng katta nagruzka uchun toʻlov va (yoki) isteʼmol qilingan 1 kVAR reaktiv energiya uchun toʻlov tarzida undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
148. Ustamalar energiya bilan taʼminlovchi tashkilotlar tomonidan, isteʼmolchi foydalanadigan elektr tarmogʻining katta nagruzkali soatlarida abonent shartnomadagidan ortiqcha miqdorda reaktiv quvvat va energiya isteʼmol qilganda hamda isteʼmolchi reaktiv energiyani energiya tizimining kichik nagruzkali soatlarida generatsiya qilganda qoʻllanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
149. Energiya tizimi tomonidan tarifdan chegirmalar isteʼmolchi tomonidan reaktiv energiya tizimi tarmogʻiga elektr tarmogʻining katta nagruzkali soatlarida generatsiya qilinganda hamda energiya tizimi tarmogʻidan reaktiv energiya elektr tarmogʻining kichik nagruzkali soatlarida isteʼmol qilinganda beriladi, agar isteʼmolchining bunday ish rejimlari zaruriyati shartnomada belgilangan boʻlsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
150. Elektr tarmogʻining katta va kichik nagruzkali soatlari — bu sutkaning abonent tomonidan reaktiv quvvatning isteʼmol qilinishi elektr bilan taʼminlovchi tashkilot tarmogʻida elektr energiyasining qoʻshimcha ravishda isrof boʻlishiga olib keladigan davrlaridir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Energiya bilan taʼminlovchi tashkilot elektr tarmogʻining katta va kichik nagruzkali soatlarini isteʼmolchining va u foydalanadigan tarmoqning reaktiv nagruzkasi jadvallari asosida har qaysi isteʼmolchi uchun yakka tartibda belgilashi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Har sutkadagi katta va kichik nagruzkali soatlar yigʻindisi 24 soatga teng, shu jumladan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
katta nagruzkali soatlar — soat 07.00 minutdan soat 23.00 minutgacha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kichik nagruzkali soatlar — soat 23.00 minutdan soat 07.00 minutgacha.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
151. Reaktiv quvvat va energiya isteʼmoli va generatsiyasi hisobga olishning avtomatik tizimlari yoki stoporli hisoblagichlar vositasida qayd etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Elektr tarmogʻining katta va kichik nagruzkali davrlarida kontaktli soatlar bilan ishga tushiriladigan stoporsiz hisoblagichlarni qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi. Elektrlashtirilgan temir yoʻl va shahar transportining harakatlantiruvchi kuch beradigan yordamchi stansiyalari bitta stoporsiz hisoblagich bilan jihozlanadi va hisob-kitoblar tarifga ustamalarga muvofiq jami reaktiv energiya isteʼmoli va generatsiyasi uchun amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
152. Isteʼmolchining haqiqiy reaktiv quvvatini nazorat qilish hisoblagichlar yoki elektr tarmogʻining katta nagruzkali soatlarida 30 daqiqadagi eng katta reaktiv nagruzkani hisobga oladigan boshqa priborlar boʻyicha amalga oshirilishi kerak. Eng katta reaktiv nagruzkani energiya tizimining eng katta nagruzkali soatlarida qayd etishga yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Energiya liniyalari bir nechta boʻlganda hisoblangan reaktiv quvvat uchun maxsus qurilma — jamlovchi vositasida aniqlanadigan 30 minutli eng katta jami reaktiv quvvat qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamlovchi mavjud boʻlmaganda eng katta jami nagruzka har qaysi energiya liniyasi boʻyicha elektr hisoblagichlarning koʻrsatuvchi elementlari vositasida qayd etilgan eng katta nagruzkalar yigʻindisi sifatida aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Energiya tizimi tomonidan reaktiv energiyani energiya tizimlariga elektr tarmogʻining katta nagruzkali soatlarida generatsiya qilish va (yoki) reaktiv energiyani uning kichik nagruzkali soatlarida majburiy isteʼmol qilish zarurati aniqlangan taqdirda energiyani hisobga olish usuli energiya bilan taʼminlovchi tashkilot va isteʼmolchi oʻrtasida kelishib olinadi hamda shartnomada aks ettiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
153. Sanoat isteʼmolchilari va ularga tenglashtirilgan isteʼmolchilar tomonidan elektr energiyasidan foydalanish shartnomasida quyidagilar koʻrsatiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektr tarmogʻining katta nagruzkali soatlarida energiya tizimi tarmogʻidan bir oyda isteʼmol qilinadigan reaktiv energiyaning iqtisodiy ahamiyati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektr tarmogʻining katta nagruzkali soatlarida energiya tizimi tarmogʻidan isteʼmol qilinadigan 30 minutdagi reaktiv quvvatning iqtisodiy ahamiyati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektr tarmogʻining katta nagruzkali soatlarida reaktiv quvvatni va (yoki) aynan shunday soatlarda bir oyda reaktiv energiya isteʼmol qilishning texnik chegaralari, ular ortib ketganda elektr bilan taʼminlovchi tashkilot elektr energiyasini hisobga olish nuqtasida kuchlanishning elektr tarmogʻining eng katta nagruzkali soatlari uchun elektr energiyasidan foydalanish shartnomasida belgilangan darajadan pastligi uchun javob bermaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektr tarmogʻining katta nagruzkali soatlarida energiya tizimiga bir oyda generatsiya qilinadigan va (yoki) uning kichik nagruzkali soatlarida bir oyda majburiy isteʼmol qilinadigan reaktiv quvvat va (yoki) reaktiv energiyaning cheklangan miqdorlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektr tarmogʻining katta nagruzkali soatlarida reaktiv energiya va quvvatning iqtisodiy ahamiyati, reaktiv quvvat aynan shu soatlarda bir oyda reaktiv energiya isteʼmol qilishning texnik chegaralari energiya bilan taʼminlovchi tashkilot tomonidan har qaysi energiya tizimi uzeli boʻyicha muntazam hisob-kitob abonentlariga energiya beruvchi taqsimlash tarmoqlari rejimlari hisob-kitobi asosida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuqorida qayd etilgan hisob-kitob mavjud boʻlmaganda toʻlov faqat haqiqiy isteʼmol qilingan reaktiv energiya uchun, qoʻshilgan qiymat soligʻisiz, aktiv energiya uchun amaldagi tarifning 5 foiziga teng narx boʻyicha undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
154. Elektrlashtirilgan temir yoʻl transportining harakatlantiruvchi yordamchi stansiyalari va metropolitenning yordamchi stansiyalari tomonidan elektr energiyasidan foydalanish shartnomasida reaktiv energiya isteʼmol qilishning bir oydagi iqtisodiy miqdori va texnik chegarasi koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Doimiy va oʻzgaruvchan tok bilan ishlaydigan temir yoʻl transportining harakatlantiruvchi yordamchi stansiyalari tomonidan reaktiv energiya isteʼmoli va generatsiyasining iqtisodiy miqdori va texnik chegaralari kontaktli tarmoq bilan bogʻlangan harakatlantiruvchi yordamchi stansiyalar boʻyicha jamlab koʻrsatiladi, ular tomonidan isteʼmol qilingan energiya uchun hisob-kitoblar energiya bilan taʼminlovchi bitta tashkilot bilan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
155. Reaktiv energiyaning bir oydagi isteʼmoli va generatsiyasi hamda elektr tarmoqlarining katta nagruzkali soatlaridagi reaktiv quvvatning iqtisodiy miqdorlari va texnik chegaralari shartnomada chorak boʻyicha yoki har oyda qayd etiladi, agar reaktiv energiya va quvvatning isteʼmoli va generatsiyasi hisobga olishning avtomatik tizimlari yoki hisoblagichlar bilan eng katta nagruzkani qayd qilgan holda roʻyxatdan oʻtkazilsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
156. Agar elektr energiyasini hisobga olish nuqtasi isteʼmolchiga tegishli boʻlgan transformatorning past kuchlanishli tomonida boʻlsa, isteʼmolchi transformatordagi reaktiv quvvat va energiya isrofini shartnomada belgilangan tarif boʻyicha toʻlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
XVI. Elektr energiyasi sifati uchun elektr energiyasi tarifidan chegirmalar va unga ustamalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
157. Elektr energiyasi sifati uchun tarifdan chegirmalar (unga ustamalar) amaldagi tariflar boʻyicha belgilanadi. Elektr energiyasi sifati uchun tariflarga ustamalar jarima sanksiyasi hisoblanmaydi va shartnomaga muvofiq undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
158. Elektr energiyasi uchun hisob-kitoblarda qoʻllanadigan elektr energiyasining sifat koʻrsatkichlari (ESK) roʻyxati energiya tizimi va isteʼmolchining birgalikdagi takliflari asosida belgilanadi, boshqa tomonning roziligi talab qilinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
159. Agar isteʼmolchining elektr energiyasi sifati yomonlashuvidagi haqiqiy ulushi yoʻl qoʻyiladigan darajadan oshsa, u holda sanksiyaning muayyan miqdori tarifga ustama, aks holda — tarifdan chegirma hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
160. Har qaysi ESK boʻyicha chegirmalar (ustamalar) miqdori koʻrib chiqilayotgan ESK ning hisob-kitob davridagi nisbiy umumiy miqdorining davomiyligi (T1 va T2) koʻrsatkichlariga bogʻliq holda tegishli ravishda normal va yoʻl qoʻyiladigan eng yuqori miqdorlar uchun hisoblab chiqiladi. T1 va T2 miqdorlari oʻlchash vaqti uchun belgilanadi, uning davomiyligi har qaysi ESK boʻyicha shartnomada belgilanadi, lekin u 1 ish sutkasidan kam boʻlmasligi kerak. Oʻlchashning avtomatik vositalari mavjud boʻlganda T1 va T2 miqdorlari uzluksiz oʻlchanishi kerak. Davriy oʻlchashlar amalga oshirilganda oʻlchashlar natijalari tatbiq etiladigan hisoblash intervali energiya bilan taʼminlovchi tashkilot va isteʼmolchi oʻrtasidagi kelishuv boʻyicha (lekin bir chorakdan kam emas) belgilanadi va shartnomada qayd etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
161. Isteʼmolchining shartnomada qayd etilgan har qaysi ESK boʻyicha elektr energiyasi sifati yomonlashuvidagi haqiqiy ulushlari miqdori epizodik oʻlchashlar asosida belgilanadi va oʻlchashlar protokoliga yoziladi. Haqiqiy ulushlarning ushbu miqdorlaridan tomonlardan biri ularni qayta koʻrib chiqish masalasini qoʻygunga qadar foydalaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
162. ESKni oʻlchash energiya bilan taʼminlovchi tashkilot va isteʼmolchi tomonidan birgalikda, shartnomada belgilangan muddatlarda oʻtkaziladi. Shartnomada oʻlchashlar davriyligi toʻgʻrisida koʻrsatmalar boʻlmaganda, shuningdek isteʼmolchining yoki energiya tizimining ish sharoitlari keskin oʻzgarganda oʻlchashlar istalgan tomonlardan birining tashabbusiga koʻra oʻtkazilishi mumkin. Boshqa tomon oʻlchashlarni oʻtkazishning aniq sanasini 3 kun muddatda kelishib olishi kerak. Oʻlchashlar tashabbus koʻrsatgan tomonning murojaatidan keyin 10 kun muddatda bajarilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
163. Kuchlanishdagi tafovutlar nosinusoidallik koeffitsiyentlari va kuchlanishdagi oʻzgarishlar energiya bilan taʼminlovchi tashkilot va isteʼmolchi oʻrtasidagi kelishuv boʻyicha yo fazalardan bittasida, yoxud barcha fazalarda oʻlchanadi. Barcha fazalarda oʻlchashda T1 va T2 oʻrtacha miqdor sifatida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
164. Isteʼmolchining elektr energiyasi sifati yomonlashuvidagi haqiqiy ulushini aniqlash tartibi elektr energiyasidan foydalanish shartnomasida koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
XVII. Elektr energiyasi berishni cheklash yoki toʻxtatish shartlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
165. Elektr energiyasi isteʼmolchiga uning bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Elektr energiyasi isteʼmolini cheklash, shuningdek isteʼmolchilar nagruzkalari jadvallarini tartibga solish tadbirlarini amalga oshirish “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan tasdiqlangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Isteʼmolchilarning elektr energiyasi isteʼmol qilishini cheklash abonent bilan kelishilgan cheklashlar jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
166. Energiya tizimida quvvat va energiya taqchilligi paydo boʻlganda quvvat va isteʼmol boʻyicha cheklash va uzib qoʻyish jadvallari joriy etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
167. Quvvat va elektr isteʼmoli boʻyicha cheklash va uzib qoʻyish jadvallari isteʼmolchilar tomonidan energiya bilan taʼminlovchi tashkilot bilan birgalikda ishlab chiqiladi hamda joylardagi shahar va viloyatlar hokimliklari rahbarlari bilan kelishiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
168. Elektr energiyasini cheklash va uzib qoʻyish jadvallari energiya tizimida elektr energiyasi va quvvati yetishmaganda energiya tizimining baravar ishlashining barqarorligini saqlash, avariyalar kelib chiqishining oldini olish va isteʼmolchilarni tartibsiz holda uzib qoʻyishga barham berish uchun elektr stansiyalari jihozlarining va elektr tarmoqlarining yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan ish sharoitlarini bartaraf etish maqsadida tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
169. Elektr energiyasi isteʼmolini cheklash va uzib qoʻyish jadvallari “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining energiya bilan taʼminlovchi tashkilotlari tomonidan isteʼmolchilar bilan birgalikda, tashkilotning texnologik va avariya bronini aniqlash dalolatnomasi asosida tuziladi hamda ularni bajarish ushbu jadvallarga kiritilgan barcha isteʼmolchilar uchun majburiy hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
170. Elektr energiyasi isteʼmolini cheklash va uzib qoʻyish jadvallari joriy yilning 1-oktabridan keyingi yilning 1-oktabrigacha boʻlgan davr uchun tuziladi va isteʼmolchilarga maʼlum qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
171. Jadvallarning quyidagi turlari tuziladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
energiya tizimida yoqilgʻi yoki gidroresurslar yetishmaganda elektr energiyasi isteʼmolini (kilovatt-soatlarda) cheklash jadvali. Jadval elektr energiyasi isteʼmolini isteʼmolchilarning (cheklashga mansub boʻlmagan obyektlardan tashqari) texnologik bronigacha, keyinchalik avariya bronigacha qisqartirishni (isteʼmolni 5 ta teng navbatga boʻlgan holda) nazarda tutishi kerak;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
energiya tizimida quvvat yetishmaganda uning isteʼmolini (kilovattlarda) cheklash jadvali. Jadval isteʼmol qilinadigan quvvatni energiya tizimining ertalabki va kechki eng katta nagruzkali soatlarida (isteʼmol qilinadigan quvvatni 5 ta teng navbatga boʻlgan holda) isteʼmolchilarning avariya bronigacha kamaytirishni nazarda tutishi kerak;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
isteʼmol va quvvatni cheklash jadvallarini joriy etish uchun vaqt boʻlmaganda, quvvat yetishmasligi natijasida avariya xavfi paydo boʻlganda qoʻllanadigan elektr energiyasini cheklash jadvali. Jadvalda energiya tizimi isteʼmolchilari isteʼmol qiladigan quvvatni (uzib qoʻyiladigan quvvatni 5 ta teng navbatga boʻlgan holda, uzib qoʻyishga tegishli boʻlmagan obyektlardan tashqari) toʻliq uzib qoʻyishni nazarda tutilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bundan tashqari, energiya tizimi elektr energiyasi uzatish liniyasidan energiya oladigan isteʼmolchilarni uzib qoʻyishning maxsus jadvalini ishlab chiqadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Elektr energiyasidan uzib qoʻyish jadvaliga va maxsus jadvalga, eng avvalo, avtomatika, teleboshqaruv qurilmasiga yoki doimiy xizmat koʻrsatuvchi xodimlarga va ishonchli telefon aloqasiga ega boʻlgan yordamchi stansiyalar kiritilishi kerak. Isteʼmolchilar elektr energiyasi isteʼmol qilishda elektr taʼminotining avariya bronigacha cheklab qoʻyilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
172. Cheklash va uzib qoʻyish jadvallarini amalga kiritish tartibi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektr energiyasi va quvvat isteʼmolini cheklash va uzib qoʻyish jadvallari “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisining farmoyishi bilan amalga kiritiladi. Dispetcherlik boshqaruvining barcha darajalarida elektr energiyasi isteʼmolini cheklashni joriy etish yuzasidan farmoyishlar operativ daftarga cheklashning miqdori, boshlanish va tamom boʻlish vaqti yozilgan holda beriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
energiya bilan taʼminlovchi tashkilot isteʼmolchilarga keyingi sutkalarda elektr energiyasi isteʼmolini cheklash jadvallarini amalga kiritish toʻgʻrisida joriy sutkaning 14 soatidan kechikmay, cheklashning miqdorini, boshlanish va tamom boʻlish vaqtini koʻrsatgan holda maʼlum qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Elektr energiyasi isteʼmolini cheklash jadvallarini shoshilinch ravishda joriy etish zarur boʻlganda, bu haqdagi bildirishnoma, sutkaning vaqtidan qatʼi nazar, cheklashning amal qilishi boshlanishidan 1 soat oldin isteʼmolchilarga yetkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uzib qoʻyish jadvallari isteʼmolchilar tomonidan energiya bilan taʼminlovchi tashkilotdan uzib qoʻyish jadvallari joriy etilishi toʻgʻrisidagi bildirishnoma olingandan keyin darhol joriy etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Elektr energiyasi isteʼmolini uzoq davrga kamaytirish zarur boʻlganda quvvatni uzib qoʻyish jadvaliga teng boʻlgan elektr energiyasi va quvvati isteʼmolini cheklash jadvali amalga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Cheklash va uzib qoʻyish jadvaliga kiritilgan tashkilotlar va muassasalar, shu jumladan uzluksiz texnologik ishlab chiqarishga ega boʻlgan tashkilotlar (cheklash va uzib qoʻyishga tegishli boʻlmagan obyektlardan tashqari) rahbarlari cheklash va uzib qoʻyish jadvallarining energiya bilan taʼminlovchi tashkilotlar tomonidan koʻrsatilgan muddatda soʻzsiz bajarilishini tashkil etishlari shart, aks holda ular uzib qoʻyish va cheklash jadvallarini bajarmaganlik uchun energiya markazlaridan majburiy uzib qoʻyish oqibatlari uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Energiya bilan taʼminlovchi tashkilot elektr energiyasi va quvvatini cheklash jadvallarini amalga kiritish toʻgʻrisidagi farmoyish isteʼmolchilar tomonidan bajarilmaganda ogohlantirishdan keyin isteʼmolchilarga elektr energiyasi berishni elektr energiyasi va quvvati isteʼmolini belgilangan darajada kamaytirishni taʼminlaydigan miqdorda majburiy ravishda cheklaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
XVIII. Blok-stansiyaga ega boʻlgan isteʼmolchilar bilan oʻzaro munosabatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
173. Energiya tizimining elektr tarmogʻiga bevosita yoki abonentlar tarmogʻi orqali ulangan sanoat va idora isteʼmolchilarining elektr stansiyalari blok-stansiyalar hisoblanadi. Ular oʻzaro kelishilgan qarorlar boʻyicha ishlashi kerak va energiya tizimining yagona operativ-dispetcherlik boshqaruviga boʻysunishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Blok-stansiyalar boʻyicha elektr energiyasi ishlab chiqarish yillik rejimlari va blok-stansiyalar tomonidan energiya tizimiga elektr energiyasi berish yillik rejalari energiya bilan taʼminlovchi tashkilot va blok-stansiya shartnomasi bilan tasdiqlanadi va rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Blok-stansiyalar tomonidan energiya bilan taʼminlovchi tashkilot tarmogʻiga elektr energiyasi berish shartnomaga muvofiq belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
174. Energiya bilan taʼminlovchi tashkilotning dispetcherlik xizmati shartnomada kelishilgan oylik rejaga muvofiq blok — stansiya uchun energiya tizimi tarmogʻiga har sutkalik elektr energiyasi nagruzkasi va berish jadvalini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Blok-stansiya tomonidan nagruzka dispetcher jadvalida belgilangan miqdordan kamaytirilgan taqdirda energiya bilan taʼminlovchi tashkilot blok-stansiya tegishli boʻlgan sanoat tashkilotlari boʻyicha quvvatni blok-stansiya nagruzkani kamaytirgan miqdorda cheklashni joriy etish huquqiga ega, blok-stansiya nagruzkani fors-major sabablar boʻyicha kamaytirgan hollar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
175. Energiya bilan taʼminlovchi tashkilot tarmogʻiga beriladigan, shuningdek energiya bilan taʼminlovchi tashkilotdan isteʼmol qilinadigan aktiv va reaktiv elektr energiyasi va quvvatni hisobga olish blok-stansiya oʻrnatgan, teskari aylanishi tormozlangan hisoblagichlar bilan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Elektr hisoblagichlar maʼlumotlari energiya bilan taʼminlovchi tashkilotga foydalanish uchun beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Blok-stansiyaga tegishli boʻlgan energiya miqdorini oshiruvchi transformatorlarda elektr energiyasining isrof boʻlishi elektr energiyasini tuman tarmogʻiga berishda ham, elektr energiyasini energiya bilan taʼminlovchi tashkilotdan olishda ham blok-stansiya hisobiga tegishli boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
176. Blok-stansiyaga ega boʻlgan isteʼmolchi elektr energiyasini energiya bilan taʼminlovchi tashkilot tarmogʻiga berganda va elektr energiyani energiya bilan taʼminlovchi tashkilotdan olganda energiya bilan taʼminlovchi tashkilot va mazkur isteʼmolchi oʻrtasidagi hisob-kitoblar hisob-kitob davridagi elektr energiyasining saldo miqdori hisobiga amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
177. Isteʼmolchi tomonidan oʻz blok stansiyasidan energiya bilan taʼminlovchi tashkilot tarmogʻiga berilgan elektr energiyasi miqdori energiya bilan taʼminlovchi tashkilotdan olingan elektr energiyasi miqdoridan ortiq boʻlsa, elektr energiyasining saldo miqdori uchun haq energiya bilan taʼminlovchi tashkilot tomonidan hisob-kitob tarifi boʻyicha toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Blok-stansiyalar tomonidan energiya tizimlari tarmogʻiga beriladigan elektr energiyasi uchun hisob-kitob tariflari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar blok-stansiyaga ega boʻlgan isteʼmolchi tomonidan energiya bilan taʼminlovchi tashkilot tarmogʻiga berilgan elektr energiyasi miqdori u energiya bilan taʼminlovchi tashkilotdan olgan energiyadan kam boʻlsa, u holda isteʼmolchi elektr energiyasining saldo miqdori uchun haqni isteʼmolchilarning u mansub boʻlgan guruhi uchun belgilangan tarif boʻyicha toʻlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
178. Blok-stansiya tomonidan energiya bilan taʼminlovchi tashkilot tarmogʻiga berilgan elektr energiyasi uchun hisob-kitoblar shartnomaga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
179. Tuman tarmogʻiga elektr energiyasining blok-stansiya aybi bilan toʻliq berilmagan miqdori kelishilgan shartnomadagi miqdor bilan tarmoqqa haqiqiy berilgan elektr energiyasi miqdori oʻrtasidagi farq bilan aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
180. Blok-stansiya fors-major hodisalari (yongʻinlar, suv taqchilligi, suv toshqinlari, elektr tarmoqlarida momaqaldiroqdan himoyalovchi vositalar mavjud boʻlgandagi momaqaldiroq, yaxmalak, boʻron, qor boʻroni, qor koʻchkilari va shu kabilar) tufayli elektr energiyasi berishdagi uzilishlar uchun javob bermaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
181. Agar energiya bilan taʼminlovchi tashkilot tarmogʻiga berilgan elektr energiyasi miqdori energiya bilan taʼminlovchi tashkilotdan olingan elektr energiyasi miqdoridan ortiq boʻlsa, blok-stansiyaga ega boʻlgan isteʼmolchi energiyani isteʼmolchiga toʻgʻridan toʻgʻri shartnoma boʻyicha berish huquqiga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil
16-iyundagi 271-son qarorga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Issiqlik energiyasidan foydalanish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoidalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Asosiy tushunchalar va atamalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar va atamalardan foydalanilgan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
issiqlik energiyasini qabul qiluvchi — issiqlik energiyasini qabul qilib olish va undan foydalanish uchun moʻljallangan qurilma yoki pribor;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
issiqlik bilan taʼminlovchi tashkilot — issiqlik energiyasini shartnoma boʻyicha sotish va taqsimlash huquqiga ega boʻlgan yuridik shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
issiqlik bilan taʼminlovchi tashkilot abonenti — issiqlik energiyasi bilan taʼminlovchi tashkilot tarmoqlariga balans boʻyicha tegishli issiqlik tarmoqlari chegarasiga bevosita ulangan isteʼmolchi, uning issiqlik energiyasidan foydalanish huquqi issiqlik energiyasi bilan taʼminlovchi tashkilotning isteʼmolchi yoki uning yuqori tashkiloti bilan shartnomasida kelishilgan boʻladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
issiqlik bilan taʼminlovchi tashkilotning subabonenti — issiqlik bilan taʼminlovchi tashkilotning roziligi bilan abonentning issiqlik tarmoqlariga bevosita ulangan va abonent bilan issiqlik energiyasidan foydalanish yuzasidan shartnomaga ega boʻlgan isteʼmolchi. Energiya subabonentga berilganda abonent issiqlik bilan taʼminlovchi tashkilot oldida Issiqlik energiyasidan foydalanish qoidalariga rioya qilish boʻyicha javobgar hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
issiqlik tarmogʻining balans boʻyicha tegishlilik chegarasi — issiqlik tarmogʻining issiqlik bilan taʼminlovchi tashkilot bilan abonent oʻrtasidagi boʻlinish nuqtasi, u issiqlik tarmogʻining balans boʻyicha tegishlilik chegarasi boʻyicha aniqlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hisobga olish nuqtasi — issiqlik bilan taʼminlash sxemasi nuqtasi, unda oʻlchash pribori (hisoblash schyotchigi, hisobga olish tizimi va shu kabilar) yordamida yoki boshqacha usulda issiqlik energiyasi sarfi miqdori aniqlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hisobga olishni nazorat qilish pribori — nazorat qilish uchun foydalaniladigan hisobga olish pribori, uning koʻrsatkichlari asosida tarmoqning mazkur nuqtasidagi issiqlik energiyasi sarfi aniqlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
issiqlik energiyasini hisobga olish hisob-kitobi pribori — Elektr qurilmalari tuzilishi qoidalari hamda Yoqilgʻi va energiyani hisobga olish priborlari bilan jihozlash, ulardan foydalanish qoidalariga muvofiq oʻrnatiladigan hisobga olish priborlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hisob-kitob davri — issiqlik energiyasining isteʼmol sarfi (hajmi) aniqlanishi, isteʼmol qilingan issiqlik energiyasi uchun isteʼmolchi va issiqlik bilan taʼminlovchi tashkilot oʻrtasida oʻzaro hisob-kitob qilinishi kerak boʻlgan vaqt davri (oy). Tomonlar bilan kelishilgan hisob-kitob davri shartnomada koʻrsatiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oraliq hisob-kitob — hisob-kitob davri mobaynida isteʼmol qilingan energiya va quvvat uchun toʻlovchi abonent tomonidan qisman haq toʻlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yakuniy hisob-kitob — hisob-kitob davri tugagach isteʼmol qilingan energiya va quvvat uchun toʻlovchi abonent bilan hisob-kitob qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻlov hujjati — toʻlov talabnomasi, uning asosida issiqlik bilan taʼminlovchi tashkilotning hisob-kitob raqamiga pul mablagʻlari oʻtkaziladi, shuningdek bildirishnoma, uning boʻyicha toʻlov naqd pul bilan amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ulgurji isteʼmolchi — qayta sotuvchi — issiqlik bilan taʼminlovchi tashkilot abonenti, balansida oʻzining issiqlik tarmogʻi boʻlgan va issiqlik bilan taʼminlovchi tashkilotdan issiqlik energiyasini ulgurji xarid qiluvchi va uni shartnoma boʻyicha turli isteʼmolchilarga qayta sotuvchi xoʻjalik hisobidagi tashkilot abonent hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
issiqlik energiyasi isteʼmolining shartnomaviy miqdori — tegishli hisob-kitob davrida abonent tomonidan isteʼmol qilinadigan energiyaning energiya bilan taʼminlovchi tashkilot bilan abonent oʻrtasidagi shartnomada belgilangan miqdori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
issiqlik bilan taʼminlashdagi tanaffus (uzib qoʻyish) — isteʼmolchiga issiqlik energiyasi berishni toʻxtatish, avtomatik qurilmalarning muvaffaqiyatli ishlashi tufayli yoki isteʼmol qilishning cheklanishiga olib kelmaydigan, bir vaqtning oʻzida bir nechta liniyalar boʻyicha energiya oluvchi isteʼmolchilar uchun bitta yoki bir nechta issiqlik taʼminoti liniyalarining uzib qoʻyilishi tufayli sodir boʻladigan tanaffuslar bundan mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
cheklash — shartnomada nazarda tutilgan tadbirlarni qoʻllanish oqibatida muayyan oraliq vaqt davomida, shuningdek issiqlik bilan taʼminlovchi tashkilotning issiqlik tarmoqlarida fors-major holatlar tufayli paydo boʻlgan avariya rejimlari vaqtida isteʼmolchiga issiqlik energiyasi berish miqdorining kamayishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yetarli miqdorda berilmagan (kam berish) issiqlik energiyasi — issiqlik taʼminotidagi tanaffus, shu jumladan uzib qoʻyish va cheklash vaqtida isteʼmolchi toʻliq olmagan issiqlik energiyasi miqdori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
issiqlik energiyasi sifati — bu issiqlik tarmogʻining taqsimlanish chegarasida energiya koʻrsatkichlarining standartlashtirish boʻyicha qonun hujjatlarida yoki issiqlik taʼminoti shartnomasida belgilangan talablarga muvofiqligidir;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
issiqlik taʼminotining texnologik broni — texnologik jarayonni, ishlab chiqarish siklini tugallash uchun zarur boʻlgan issiqlik quvvati yoki energiya sarfi (hajmi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
issiqlik taʼminotining avariyali broni — mulkchilikning barcha shakllaridagi xoʻjalik yurituvchi subyektning asbob-uskunalarini saqlash, insonlar hayoti xavfsizligi uchun qisman yoki toʻliq toʻxtatishda, avariya va qoʻriqlash yoritgichlarini saqlash, shamollatish, suv oqovasini oqizish, suv taʼminoti, isitish, yongʻin xavfsizligi vositalari uchun zarur boʻlgan eng kam issiqlik quvvati yoki energiya sarfi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rejali uzib qoʻyish — issiqlik bilan taʼminlovchi tashkilotning energiya qurilmalarini rejali — ehtiyot taʼmirlash jadvali boʻyicha taʼmirlash yoki profilaktikasi davrida abonentlar bilan oldindan kelishilgan va ularni (kamida 3 sutka oldin) ogohlantirgan holda isteʼmolchiga energiya berishni toʻliq yoki qisman toʻxtatish, agar shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur Qoidalar “Energiyadan oqilona foydalanish toʻgʻrisida”, “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”, “Tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga muvofiq ishlab chiqilgan va issiqlik bilan taʼminlovchi tashkilotlarning issiqlik energiyasi isteʼmolchilari bilan oʻzaro munosabatlarini belgilaydi hamda ham issiqlik bilan taʼminlovchi tashkilotlar, ham yuridik va jismoniy shaxslar — issiqlik energiyasi isteʼmolchilari uchun majburiy hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Qoidalarning amal qilishi aholiga maishiy maqsadlar uchun issiqlik energiyasi berish bilan bogʻliq oʻzaro munosabatlarga tatbiq etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Sanoat mahsuloti turi sifatida issiqlik energiyasi berish issiqlik bilan taʼminlovchi tashkilot bilan issiqlik qurilmalari issiqlik bilan taʼminlovchi tashkilotning tarmoqlariga bevosita ulangan isteʼmolchi (abonent) oʻrtasida tuzilgan shartnoma asosida mazkur Qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi. Namunaviy shartnomalar shakllari Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqiladi hamda belgilangan tartibda Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi (“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi) tomonidan tasdiqlanadi.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 96-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 9-son, 105-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Subabonentlar abonent bilan issiqlik energiyasidan foydalanish uchun shartnomani abonent tomonidan issiqlik bilan taʼminlovchi tashkilotning roziligi olingandan keyin tuzadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Abonent va issiqlik bilan taʼminlovchi tashkilot oʻrtasidagi shartnomada quyidagilar nazarda tutiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnoma mavzusi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
isteʼmol qilishning belgilangan rejimlariga rioya qilish va issiqlik energiyasi sifati koʻrsatkichlarini kelishib olish majburiyati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
issiqlik tarmoqlari va issiqlik uskunalarining balans boʻyicha tegishlilik chegaralari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
issiqlik energiyasiga haq toʻlash boʻyicha isteʼmolchilarning tarif guruhlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
abonentning tarmogʻiga ulangan subabonentlar (isteʼmolchining nomi, bir soatga eng yuqori nagruzka, issiqliq isteʼmoli, oylar boʻyicha qaytariladigan kondensat (tonna va foizlarda) miqdori, hisoblab chiqilgan hisobga olish priborlari, tariflar va boshqa maʼlumotlar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
isteʼmolchining tasarrufidagi issiqlik tarmoqlari va issiqlik energiya uskunalaridan, hisobga olish priborlaridan foydalanishning xavfsizligini va sozligini hamda issiqlik taʼminotining ishonchliligini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
alohida shartlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ahdlashuvchi tomonlarning javobgarligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nizolarni hal etish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tomonlarning rekvizitlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Issiqlik energiyasiga tarif oʻzgargan taqdirda, sanasidan qatʼi nazar, shartnoma oʻz kuchida qoladi va isteʼmolchi olingan issiqlik energiyasi uchun yangi tarif joriy etilgan kundan boshlab yangi tarif boʻyicha haq toʻlashga majburdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Tomonlar shartnoma tuzish, uni oʻzgartirish, bekor qilish yoki uzaytirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga va mazkur Qoidalarga amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Abonent oʻz issiqlik tarmoqlariga boshqa subabonentlarni faqat issiqlik bilan taʼminlovchi tashkilot bilan kelishgan holda ulashi hamda issiqlik energiyasi bilan taʼminlash yuzasidan shartnoma tuzishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Korxonalar va tashkilotlar uchun bir soatda bugʻ va issiq suv sifatida issiqlik energiyasi berishning bir soatdagi eng koʻp miqdori elektr stansiyalari (bugʻ qozonxonalari)ning texnik imkoniyatlariga, bugʻ va issiqlik quvurlarining oʻtkazish quvvatiga qarab issiqlik bilan taʼminlovchi tashkilot tomonidan belgilanadi hamda shartnomada qayd etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Isteʼmolchi tomonidan isteʼmol qilinayotgan issiqlik energiyasining shartnomada koʻrsatilgan miqdorini koʻpaytirishga faqat isteʼmolchi tomonidan texnik shartlar bajarilgandan va uning iltimosiga koʻra shartnomaga tegishli oʻzgartirish kiritilgandan keyin issiqlik bilan taʼminlovchi tashkilot ruxsati bilan yoʻl qoʻyiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Yangi issiqlik qurilmalarini foydalanishga topshirish va yangi subabonentlarni ulash issiqlik qurilmasidan foydalanish “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi bilan kelishilgandan keyin issiqlik bilan taʼminlovchi tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 96-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 9-son, 105-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Issiqlik energiyasini qayta sotuvchi yoki oʻz tarmoqlari orqali beruvchi tashkilotlar (ulgurji isteʼmolchilar — qayta sotuvchilar, abonentlar) keyingi yillarda issiqlik energiyasining oʻrtacha isteʼmoli tahlili asosida aniqlanadigan oʻz issiqlik tarmoqlariga ulangan boshqa obyektlarning issiqlik energiyasi isteʼmolini hisobga olgan holda issiqlik energiyasining umumiy (yigʻma) miqdoriga issiqlik bilan taʼminlovchi tashkilot bilan shartnoma tuzadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Issiqlik bilan taʼminlovchi tashkilot bilan issiqlik energiyasini qayta sotuvchi tashkilotlarning oʻzaro munosabatlari mazkur Qoidalar va ular oʻrtasida issiqlik energiyasi berish yuzasidan tuzilgan shartnoma bilan tartibga solinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Issiqlik energiyasi bilan taʼminlovchi tashkilot abonentga issiqlik energiyasini ulangan tarmoq orqali issiqlik energiyasi taʼminoti shartnomasida nazarda tutilgan miqdorda va tomonlar oʻzaro kelishgan issiqlik energiyasi sifati va rejimiga rioya qilgan holda berishga majburdir.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi tomonidan isteʼmolchi issiqlik energiyasidan nooqilona foydalangan (imzolangan dalolatnomaga muvofiq), issiqlik energiyasini tejash boʻyicha tashkiliy-texnik tadbirlar rejasini bajarmagan taqdirda, issiqlik energiyasi bilan taʼminlovchi tashkilot issiqlik energiyasidan nooqilona foydalanishning aniqlangan holatlaridan kelib chiqib issiqlik energiyasi isteʼmolining shartnomaviy miqdorini kamaytirishga haqlidir.
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 96-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 9-son, 105-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Issiqlik energiyasi bilan taʼminlovchi tashkilot tizimidagi avariyalarning oldini olish va ularni tugatish yoki odamlarning xavfsizligini taʼminlash ishlari bilan bogʻliq kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar koʻrish zarur boʻlganda va foydalanilgan issiqlik energiyasi uchun haq toʻlanmaganda isteʼmolchi bilan kelishmasdan va uni ogohlantirmasdan, biroq uni darhol xabardor qilgan holda issiqlik energiya berishda tanaffusga yoki cheklashga yoʻl qoʻyiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Isteʼmolchilarning issiqlik qurilmalari ustidan davlat nazorati va tekshirishi qonun hujjatlariga muvofiq “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 96-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 9-son, 105-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Issiqlik energiyasi isrof qilib sarflanganligi va isteʼmolchining avariya xavfi tugʻdiradigan yoki odamlarning hayotiga xavf soladigan issiqlik qurilmalarining qoniqarsiz texnik holati uchun “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi issiqlik energiyasi berishni toʻxtatib qoʻyish huquqiga ega.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 96-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 9-son, 105-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Maxsus qoidalar boʻyicha foydalaniladigan issiqlik qurilmalari ustidan energetika nazorati amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Davlat energetika nazorati amalga oshirilishi abonentlarni foydalanilayotgan issiqlik tarmoqlari, priborlar va asbob-uskunalarning zarur texnik holati va xavfsizligi taʼminlanishi, issiqlik energiyasi isteʼmolining belgilangan rejimiga rioya qilinishi uchun javobgarlikdan, shuningdek energiyadan foydalanish paytida paydo boʻladigan avariyalar, yongʻinlar, issiqlik energiyasini hisobga olish priborlarining nosozliklari va boshqa qoidabuzishlar toʻgʻrisida issiqlik energiyasi bilan taʼminlovchi tashkilotni darhol xabardor qilish majburiyatidan ozod qilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Issiqlik tarmoqlari, priborlar va asbob-uskunalarning texnik holatiga va ulardan foydalanishga nisbatan qoʻyiladigan talablar, shuningdek ularga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi qonun hujjatlari va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Mazkur Qoidalar buzilganligi uchun javobgarlik “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Fuqarolik kodeksiga hamda Oʻzbekiston Respublikasining boshqa normativ-huquqiy hujjatlariga muvofiq issiqlik energiyasi bilan taʼminlovchi tashkilot va isteʼmolchi oʻrtasida tuziladigan shartnomada belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Isteʼmolchilarning issiqlik energiyasi qurilmalariga ulanishiga qoʻyiladigan texnik talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Yangi quvvatlarni ulashga, ishlab turgan obyektlarda shartnomadagi miqdorlarga nisbatan isteʼmol qilinadigan issiqlik energiyasini koʻpaytirishga ruxsatnomaga ega boʻlgan barcha issiqlik energiyasi isteʼmolchilari, isteʼmolchilarning issiqlik qurilmalari ulangan issiqlik bilan taʼminlovchi tashkilotdan issiqlik energiyasidan foydalanish uchun texnik shartlarni olishga majburdirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Issiqlik bilan taʼminlovchi tashkilotning issiqlik tarmoqlariga yangi isteʼmolchilarni (tashkilotlar, binolar, inshootlar, ularning navbatlari yoki ayrim ishlab chiqarishlari va shu kabilarni) ulashga texnik shartlar buyurtmachi tashkilot (quruvchi) yoki uning topshirigʻiga koʻra bosh loyihalovchi tashkilotdan loyihalanayotgan obyektni tavsiflovchi qisqa shakldagi maʼlumotlar: uni loyihalash va qurish muddati, joylashgan oʻrni (kartografiya materiali), isteʼmol turlari (texnologiya ehtiyojlari, isitish, ventilatsiya, issiq suv taʼminoti va boshqalar) va issiqlik bilan taʼminlashning ishonchliligi boʻyicha talablar koʻrsatilgan holdagi buyurtmanomasiga koʻra issiqlik bilan taʼminlovchi tashkilot tomonidan beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Issiqlik bilan taʼminlovchi tashkilot buyurtmachi tashkilot (quruvchi) yoki uning topshirigʻiga koʻra bosh loyihalovchi tashkilotdan buyurtmanoma olingandan keyin ikki hafta muddatda, ularni turli maydonchalarda joylashtirish uchun texnik-iqtisodiy taqqoslash variantlari yoki qurilishni, kengaytirishni yoki rekonstruksiya qilishni asoslash boʻyicha texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar qilinayotgan yangi quriladigan korxonalar, binolar, inshootlar, ularning navbatlari yoki ayrim ishlab chiqarishlarini issiqlik bilan taʼminlashning dastlabki shartlarini beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yangi tashkilotlarni, binolar, inshootlar, ularning navbatlari yoki ayrim ishlab chiqarishlarini yoki isteʼmolchining tashqi issiqlik bilan taʼminlash sxemasini oʻzgartirishni talab qiluvchi kengaytiriladigan va rekonstruksiya qilinadigan ishlab turgan obyektlarni issiqlik bilan taʼminlash boʻyicha moʻljallanayotgan loyiha yechimlarini kelishib olish issiqlik bilan taʼminlovchi tashkilot tomonidan qurilish maydonini tanlash paytida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Issiqlik tarmoqlariga isteʼmolchilarni (tashkilotlar, binolar, inshootlar, ularning navbatlari yoki ayrim ishlab chiqarishlarini) ulashga texnik shartlarni issiqlik bilan taʼminlovchi tashkilot buyurtmachi tashkilot (quruvchi) yoki uning topshirigʻiga koʻra bosh loyihalovchi tashkilotdan obyektni tavsiflovchi quyidagi qisqa shakldagi maʼlumotlar koʻrsatilgan buyurtmanoma olingandan keyin bir oy muddatda beriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) issiqlik bilan taʼminlash manbai va uning ishonchliligi, asosiy va rezerv ulanish yoki elektrstansiyalar va issiqlik markazlari kollektorlariga ulanish nuqtalari, beriladigan issiqlik energiyasi miqdorini tartibga solish usuli;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) boshqa isteʼmolchining nagruzkalarini hisobga olgan holda asosiy va rezerv ulanish nuqtalarida issiqlik beruvchi va gidravlik rejim parametrlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) boshqa isteʼmolchilarning nagruzkalarini ulash istiqboli hisobga olingan holda asosiy isteʼmolchining nagruzkasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) yangi obyekt paydo boʻlishi munosabati bilan issiqlik manbaida mavjud tarmoqlarning oʻtkazish qobiliyatini va isitish qurilmalari ish unumini oshirish boʻyicha asoslangan talablar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) qaytariladigan ishlab chiqarish kondensatini chiqarib olish miqdori, sifati va rejimi, kondensatni yigʻish va qaytarish sxemasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) tashkilotlarning ikkilamchi energiya resurslaridan foydalanishga doir tavsiyalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) ishonchlilik talablari hisobga olingan holda rezerv issiqlik taʼminoti manbalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) hisob-kitob hisobi nazorat-oʻlchov priborlarini hisobga olish va oʻrnatishga qoʻyiladigan talablar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
i) quvurlar yotqizishga va kanallar va kameralarni, zapor va tartibga soluvchi armaturani oʻrnatishga, quvurlarni izolatsiya qilishga, korroziyaga qarshi himoyaga, issiqlik punktlarini jihozlashga qoʻyiladigan talablar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
k) isitish-ventilatsiya va texnologik nagruzka hamda issiq suv taʼminoti nagruzkasini ulashning issiqlik sxemasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
l) harorat jadvali va tarmoqdagi suv sarfi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
m) qurilayotgan yoki rekonstruksiya qilinayotgan issiqlik tarmoqlarining balans va foydalanish boʻyicha mansubligi hamda issiqlik bilan taʼminlovchi tashkilot va isteʼmolchining issiqlik tarmoqlarini ajratish chegaralari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
n) texnik shartlarning amal qilish muddati.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Buyurtmachi tashkilot (quruvchi) yoki bosh loyihalash tashkiloti texnik shartlar talablariga rozi boʻlmagan tadbirda kelishmovchiliklar manfaatdor tomonlar bilan birgalikda, texnik shartlarni bergan tashkilotning texnik kengashida koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Isteʼmol qilinadigan issiqlik energiyasi miqdorini yoki issiqlik manbai parametrlarini oʻzgartirishni talab qilayotgan isteʼmolchining issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalarini rekonstruksiya qilish yoki kengaytirishda isteʼmolchi issiqlik bilan taʼminlovchi tashkilotdan ularni issiqlik bilan taʼminlovchi tashkilotning issiqlik tarmoqlariga ulashga texnik shartlarni ham olishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalari ulgurji isteʼmolchilar-qayta sotuvchilarning yoki issiqlik bilan taʼminlovchi tashkilot abonentlarining (asosiy isteʼmolchilar) tarmogʻidan taʼminlanadigan isteʼmolchilar texnik shartlarni asosiy isteʼmolchilardan oladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Subabonentga texnik shartlar berilgunga qadar ulgurji isteʼmolchi-qayta sotuvchi yoki abonent ularni issiqlik bilan taʼminlovchi tashkilot bilan kelishishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Texnik shartlarning bir nusxasi issiqlik bilan taʼminlovchi tashkilotga beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Issiqlik bilan taʼminlovchi tashkilot tomonidan berilgan texnik shartlarni bajarish isteʼmolchi buyurtmachilar va issiqlik taʼminoti loyihasini ishlab chiqish zimmasiga topshirilgan loyihalash tashkilotlari uchun majburiydir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Amal qilish muddati tamom boʻlgan va boshqa muddatga uzaytirilmagan texnik shartlar haqiqiy emas deb hisoblanadi. Isteʼmolchi yangi texnik shartlarni va yangi yoki qoʻshimcha quvvatlarga ulanishga ruxsatnomani mazkur Qoidalarda belgilangan tartibda oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Obyektning maqsadi, vazifasi oʻzgargan taqdirda isteʼmolchiga berilgan texnik shartlar bekor qilinadi, shundan keyin isteʼmolchi yangi texnik shartlar olishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Texnik shartlarga muvofiq ishlab chiqilgan korxonalar, binolar, inshootlar, ularning navbatlari yoki alohida ishlab chiqarishlari issiqlik taʼminoti loyihalari (ishchi loyihalar) korxona, bino, inshoot, ularning navbatlari yoki alohida ishlab chiqarishlari kompleks loyihasi tasdiqlangunga qadar issiqlik bilan taʼminlovchi tashkilot bilan kelishilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Loyihaga muvofiq ishlab chiqilgan ishchi chizmalar qurilish ishlari boshlangunga qadar issiqlik bilan taʼminlovchi tashkilot bilan kelishilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻrib chiqilgan loyiha hujjatlarida texnik shartlar va amaldagi normativ hujjatlar talablaridan chetga chiqish aniqlangan hollarda isteʼmolchiga obyektni issiqlik taʼminoti tashkiloti tarmoqlariga ulashga ruxsat berilishi rad etilishi asoslangan holda xat yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ulgurji isteʼmolchi-qayta sotuvchining yoki abonentning issiqlik tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlarni olgan subabonent unga obyektning isteʼmolchi-qayta sotuvchi yoki abonentning issiqlik tarmoqlariga ulanishi uchun ishlab chiqilgan loyiha hujjatlarini taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Isteʼmolchilarning nagruzkalari bilan bogʻliq yangi issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalarini va issiqlik tarmoqlarini qurish, ishlab turganlarini kengaytirish va rekonstruksiya qilish isteʼmolchilar kuchlari va mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Isteʼmolchilarning issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalari va issiqlik tarmoqlaridan foydalanishga ruxsat berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Isteʼmolchilarning issiqlikdan foydalanuvchi barcha yangidan qoʻshiladigan va rekonstruksiya qilinadigan tizimlari mazkur Qoidalarga va belgilangan tartibda issiqlik bilan taʼminlovchi tashkilot bilan kelishilgan loyiha hujjatlariga muvofiq bajarilishi hamda amaldagi texnik foydalanish qoidalarini qoniqtirishi, shuningdek texnik va qabul qilish hujjatlariga ega boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Isteʼmolchilarni issiqlik taʼminoti tizimlaridan foydalanishiga tegishli tayyorgarlik koʻrgan xodimlar mavjud boʻlgan, issiqlik xoʻjaligi uchun masʼul boʻlgan shaxs va texnika xavfsizligi va yongʻinni oʻchirish boʻyicha himoya vositalari bilan butlangan taqdirda ruxsat berish mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Isteʼmolchi issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalarni montaj tashkilotidan mazkur Qoidalarga muvofiq dalolatnoma boʻyicha qabul qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shundan keyin isteʼmolchi “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasining vakolatli vakiliga Issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalar va issiqlik tarmoqlaridan texnik foydalanish qoidalariga, qurilish normalari va qoidalariga, shuningdek uni koʻzdan kechirish hamda vaqtinchalik yoki doimiy foydalanishga berish uchun issiqlik taʼminoti tizimiga muvofiq loyiha, texnik, qabul qilish-topshirish va foydalanish hujjatlarini taqdim qilishi shart.
(30-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 96-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 9-son, 105-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Isteʼmolchining buyurtmanomasi boʻyicha ishga tushirish-sozlash ishlarini amalga oshirish uchun issiqlik bilan taʼminlovchi tashkilot issiqlik isteʼmoli tizimini ariza berilgan muddatga vaqtinchalik shartnoma boʻyicha ishga tushiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Isteʼmolchilar issiqlik isteʼmolining rekonstruksiya qilingan tizimlari foydalanishga berilishidan oldin koʻrib chiqish uchun “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasining vakolatli vakiliga taqdim etilishi kerak.
(30-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 96-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 9-son, 105-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Isteʼmolchilarning issiqlik isteʼmoli tizimlarida montaj qilishda nuqsonlar, issiqlik taʼminoti tashkiloti va “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi bilan kelishilgan loyihaning berilgan texnik shartlaridan, shu jumladan mazkur Qoidalar va boshqa normativ hujjatlar talablaridan chetga chiqish aniqlangan taqdirda, shuningdek issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalarga xizmat koʻrsatish uchun tayyorlangan xodimlar mavjud boʻlmaganda ulardan foydalanishga ruxsat berish aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar taqiqlanadi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 96-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 9-son, 105-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Issiqlik taʼminoti tizimidan doimiy ravishda foydalanish uchun isteʼmolchiga ruxsatnomani issiqlik bilan taʼminlovchi tashkilot tizim ikki hafta sinab koʻrilgandan keyin, bunda aniqlangan nuqsonlar bartaraf etilgach, issiqlik qurilmasi tizimi “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi vakili tomonidan texnik koʻrikdan oʻtkazilgach, issiqlik energiyasini berishga shartnoma tuzilgach va isteʼmolchiga ijro hujjatlari berilgandan keyin beradi. Texnik koʻrik va issiqlik qurilmalaridan foydalanishga ruxsat berish issiqlik bilan taʼminlovchi tashkilotga foydalanish vaqtida uning normal mavjud boʻlishi uchun javobgarlikni yuklamaydi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 96-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 9-son, 105-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Issiqlik energiyasini hisobga olish priborlarini oʻrnatish va ulardan foydalanish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Issiqlik energiyasini hisobga olish priborlarini oʻrnatish va ulardan foydalanish, shuningdek issiqlik bilan taʼminlovchi tashkilot bilan isteʼmolchi oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar issiqlik bilan taʼminlovchi tashkilot tomonidan berilgan texnik shartlarga muvofiq belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Issiqlik energiyasi barcha isteʼmolchilarining issiqlik taʼminoti tizimi issiqlik energiyasi uchun issiqlik bilan taʼminlovchi tashkilot bilan hisob-kitob qilish uchun zarur priborlar bilan taʼminlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Issiqlik energiyasini hisobga olish issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, taqsimlash va isteʼmol qilishda Issiqlik va energiyani hisobga olishni tashkil etish tartibiga muvofiq tashkil etilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Usullarni, oʻlchash vositalarni tanlash va ulardan foydalanish tartibi va qoidalari Issiqlik va energiyani hisobga olish priborlari bilan jihozlash, ulardan foydalanishni tashkil etish qoidalarida belgilangan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Issiqlik bilan taʼminlovchi tashkilotning issiqlik tarmoqlariga, shuningdek issiqlik energiyasi uchun hisob-kitob qilish uchun hisobga olish priborlariga ega boʻlmagan abonentning, issiqlik taʼminoti tizimining ulgurji isteʼmolchi-qayta sotuvchining tarmoqlariga ulanish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Issiqlik bilan taʼminlovchi tashkilotning obyektlarda oʻrnatiladigan issiqlik energiyasini hisob-kitob hisobi priborlari ular “Oʻzstandart” agentligida attestatsiyadan oʻtkazilgandan keyin isteʼmolchi tomonidan sotib olinadi va oʻrnatiladi hamda issiqlik bilan taʼminlovchi tashkilotning balansiga va xizmat koʻrsatishiga tekin beriladi. Bunda ushbu priborlarni vaqti-vaqti bilan tekshirish bilan taʼminlashni issiqlik bilan taʼminlovchi tashkilot oʻz hisobidan tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Isteʼmolchida oʻrnatilgan va uning balansida turgan hisobga olish priborlari isteʼmolchilarning oʻzlari tomonidan foydalaniladi va taʼmirlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Issiqlik energiyasi uchun hisob-kitob qilish uchun hisobga olish priborlarini boshqa joyga oʻrnatish va boʻshatib olish faqat issiqlik bilan taʼminlovchi tashkilot xodimi tomonidan va uning hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisob-kitob priborlari shikastlanganligi yoki ularning koʻrsatkichlari toʻgʻriligi toʻgʻrisida shubha tugʻilgan taqdirda isteʼmolchi yoki issiqlik bilan taʼminlovchi tashkilot uzib qoʻyish vaqtini va uzib qoʻyish paytida issiqlik energiyasining barcha koʻrsatkichlarini roʻyxatdan oʻtkazgan holda bu haqda tegishli ravishda issiqlik bilan taʼminlovchi tashkilotga yoki isteʼmolchiga darhol maʼlum qilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, issiqlikni hisobga olish priborlarini taʼmirlash davri mobaynida issiqlik energiyasi uchun hisob-kitob qilish issiqlik bilan taʼminlovchi tashkilot tomonidan oxirgi uch sutka uchun, biroq priborlar toʻxtashidan oldingi 15 sutkadan ortiq emas, priborlar ishlamay turib qolgan taqdirda shartnomaviy nagruzka boʻyicha 15 sutkadan ortiq muddat uchun oʻrtacha sutkalik sarf boʻyicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Isteʼmolchi hisob-kitob hisobga olish priborlarini taʼminlash tamom boʻlgunga qadar isteʼmol qilishni toʻxtatib turishga haqlidir. Bunda isteʼmolchi bu haqda darhol issiqlik bilan taʼminlovchi tashkilotni xabardor qilishi va zapor armaturani birgalikda plombalashi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Isteʼmolchi issiqlik bilan taʼminlovchi tashkilotni priborning shikastlanganligi toʻgʻrisida oʻz vaqtida ogohlantirmagan taqdirda issiqlik energiyasi uchun priborlar ishlamay turgan vaqt uchun hisob-kitob shartnomaviy nagruzka boʻyicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Issiqlik bilan taʼminlovchi tashkilot bilan hisob-kitob qilish uchun xizmat qilmaydigan hisobga olish priborlaridan isteʼmolchining oʻzi foydalanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Isteʼmolchilar tomonidan oʻlchash diafragmalarini oʻrnatish vaqtida issiqlik bilan taʼminlovchi tashkilotning vakili hozir boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Issiqlik energiyasi berishni hisobga olish issiqlik bilan taʼminlovchi tashkilot va isteʼmolchining issiqlik tarmoqlari ajralishi chegarasida amalga oshirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisobga olish priborlari ajralish chegarasida oʻrnatilmagan taqdirda issiqlik energiyasi uchun hisob-kitob ajralish chegarasidan hisob-kitob priborlari oʻrnatiladigan joygacha boʻlgan uchastkadagi nobudgarchiliklar hisobga olingan holda amalga oshiriladi. Nobudgarchiliklar hisob-kitobi yoki issiqlik nobudgarchiligi sinovini issiqlik bilan taʼminlovchi tashkilot isteʼmolchi bilan birgalikda amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Isteʼmolchilar tomonidan issiqlikdan foydalanish tizimlaridan foydalanish va rejimning asosiy shartlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Issiqlik isteʼmoli tizimlari holati va ularga xizmat koʻrsatish uchun isteʼmolchi bilan issiqlik bilan taʼminlovchi tashkilot oʻrtasidagi javobgarlik chegaralari ularning balans boʻyicha mansubliligiga koʻra aniqlanadi hamda shartnomaga ilova qilinadigan issiqlik tarmoqlarining balans boʻyicha mansubligini chegaralash va foydalanish uchun tomonlarning javobgarligi dalolatnomasida qayd etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Issiqlik bilan taʼminlovchi tashkilotga tegishli boʻlgan issiqlik quvurlarida isteʼmolchiga tegishli boʻlgan qurilmalar yoki asbob-uskunalar boʻlmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bitta kamerada (quduqda), issiqlik quvurida, estakadada har xil tashkilotlar xizmat koʻrsatadigan asbob-uskunalar boʻlmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Har xil tashkilotlarga tegishli boʻlgan qurilmalar mavjud boʻlgan ishlab turgan qurilmalarda barcha asbob-uskunalar tashkilotlardan birining balansiga va xizmat koʻrsatishiga beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Yakka holdagi isteʼmolchiga issiqlik quvurlari, issiqlik punktlari, isteʼmolchi issiqlik taʼminotining ichki tizimlari isteʼmolchining balansida boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VII. Issiqlik energiyasi isteʼmolchilarining majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Isteʼmolchilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”, “Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalar va issiqlik tarmoqlaridan texnik foydalanish qoidalariga hamda Issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalar va issiqlik tarmoqlaridan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalariga, shuningdek mazkur Qoidalarga qatʼiy rioya qilishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foydalanilgan issiqlik energiyasi uchun shartnomada qayd etilgan muddatlarda haq toʻlashga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
issiqlik bilan taʼminlovchi tashkilot bilan kelishmasdan issiqlik energiyasi isteʼmolining shartnomaviy miqdorini oshirmaslikka va tuzilgan shartnomaga muvofiq issiqlik isteʼmoli rejimiga rioya qilishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
issiqlik taʼminoti rejimiga nisbatan issiqlik bilan taʼminlovchi tashkilotning tezkor koʻrsatmalarini bajarishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kondensat va tarmoq suvini shartnomada belgilangan miqdorda, sifatda va tegishli haroratda qaytarishga, shartnomada nazarda tutilmagan suv oqib ketishi va suv olinishiga yoʻl qoʻymaslikka, shuningdek orqaga qaytadigan quvurda haroratli jadvalga taqqoslaganda suv harorati oshib ketishiga yoʻl qoʻymaslikka;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
issiqlikni isteʼmol qiluvchi asbob-uskunalar, issiqlik quvurlari, issiqlikni hisobga olish priborlari, quvurlar izolatsiyasi va issiqlikdan foydalanuvchi asbob-uskunalarni texnik jihatdan soz holatda saqlashga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
issiqlik quvurlari, issiqlik isteʼmol qiluvchi asbob-uskunalar, zapor va tartibga soluvchi armaturaning rejali-oldini oluvchi taʼmirlashini va sinovini oʻz vaqtida oʻtkazishga, taʼmirlash hajmi, muddatlari va jadvalini issiqlik bilan taʼminlovchi tashkilot bilan kelishishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hisob-kitob hisobga olish priborlari, pastga tushiruvchi kranlar, toraytib turuvchi qurilmalar va armaturani issiqlik bilan taʼminlovchi tashkilotning vakili bilan birgalikda plombalashga, oʻrnatilgan plombalarning saqlanishini taʼminlashga majburdir. Plombalarni olish issiqlik bilan taʼminlovchi tashkilotning ruxsati bilan amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi inspektori tomonidan berilgan koʻrsatmalarni hisobga olgan holda issiqlikdan foydalanishni yaxshilash, kondensat qaytarilishini koʻpaytirish, uning sifatini oshirish, ikkilamchi energetika resurslaridan foydalanish, orqaga qaytadigan tarmoq suvi haroratini pasaytirish boʻyicha tashkiliy-texnik tadbirlar rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirishga;
(41-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 96-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 9-son, 105-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umuman korxona boʻyicha va alohida issiqlik qurilmalari boʻyicha bugʻ-kondensat balanslari tuzishga;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
issiqlik bilan taʼminlovchi tashkilotning vakillarini issiqlikni hisobga olish priborlariga, “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi inspektorlarini issiqlikdan foydalanuvchi asbob-uskunalarga oʻz xodimlari hamrohligida sutkaning istalgan vaqtida toʻsiqsiz qoʻyishni taʼminlashga;
(41-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 96-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 9-son, 105-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
barcha issiqlik tarmoqlari va issiqlikni isteʼmol qiluvchi qurilmalarning ijro chizmalari va pasportiga, shuningdek ishlab chiqarish yoʻriqnomalariga ega boʻlishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
issiqlik isteʼmoli tizimlariga tayyorgarlik koʻrgan xodimlarning xizmat qilishini taʼminlashga;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi vakillarining koʻrsatmalarini belgilangan muddatlarda bajarishga majburdir.
(41-bandning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 96-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 9-son, 105-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VIII. Issiqlik energiyasi isteʼmolchilarining huquqlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Isteʼmolchi quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
issiqlik bilan taʼminlovchi tashkilotdan issiqlik energiyasi shartnomaga muvofiq uzluksiz berilishini talab qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
issiqlik berish rejimini nazorat qilish va bugʻ berish boʻyicha issiqlik parametrlari (harorat, bosim) shartnomaviy miqdorlarning (+) 5 foizidan ortiq chetga chiqishiga yoʻl qoʻymaslik, issiq suv berish boʻyicha:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
issiqlik beruvchi quvurda suv harorati boʻyicha — (+) 3 foizga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
issiqlik beruvchi quvurda suvning bosimi boʻyicha — (+) 5 foizga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
orqaga qaytadigan quvurda suvning bosimi boʻyicha — (+) 20 kPaga pasayib ketishiga yoʻl qoʻymaslik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
issiqlik bilan taʼminlovchi tashkilotning roziligi bilan ruxsat berilgan quvvat doirasida issiqlik energiyasi boshqa isteʼmolchilarining issiqlik tarmoqlarini oʻzining tranziti orqali ulash yoki oʻtkazib yuborish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
texnologik maqsadlardagi bugʻning shartnomaviy parametrlari issiqlik bilan taʼminlovchi tashkilotning aybi bilan pasayganda isteʼmolchi bu haqda issiqlik bilan taʼminlovchi tashkilotga oldindan xabar bergan holda issiqlik energiyasi isteʼmolini toʻxtatishga haqlidir. Ushbu holda issiqlik bilan taʼminlovchi tashkilot mazkur Qoidalarning 43-bandiga muvofiq isteʼmolchi oldida javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Issiqlik bilan taʼminlashda issiqlik bilan taʼminlovchi tashkilotning aybi bilan tanaffuslar yuz bergan taqdirda, issiqlik bilan taʼminlovchi tashkilot berilmagan issiqlik energiyasi uchun moddiy zararni isteʼmolchiga qoplaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Isteʼmolchini issiqlik bilan taʼminlashda kontraktda nazarda tutilmagan tanaffuslar texnologik asbob-uskunalarning buzilishiga yoki koʻplab brak mahsulot ishlab chiqarishga olib kelgan taqdirda issiqlik bilan taʼminlovchi tashkilot zararni isteʼmolchiga sud tartibida qoplaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IX. Issiqlik bilan taʼminlovchi tashkilotning huquqlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Issiqlik bilan taʼminlovchi tashkilot isteʼmolchini ogohlantirib quyidagi hollarda unga issiqlik energiyasi berishni toʻliq yoki qisman toʻxtatish huquqiga egadir:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
issiqlik energiyasi uchun toʻlov hujjatida belgilangan muddatlarda haq toʻlamaslik (isteʼmolchi issiqlik energiyasi berish toʻxtatilishidan bir oy oldin ogohlantirilgan taqdirda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
abonent, subabonentlar, yangi issiqlik nagruzkalari, sexlar va qurilmalarning yoki ularning alohida qismlarining issiqlik tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulanish, shuningdek boshqa tashkilotlar subabonentlarining issiqlik tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulanish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
issiqlik isteʼmoli tizimlarini “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasining inspektori ishtirokisiz foydalanishga topshirish;
(44-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 96-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 9-son, 105-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hisobga olish priborlari oʻrnatilgunga qadar issiqlik isteʼmoli tizimlariga qoʻshilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnomada qayd etilgan maksimal soatli nagruzkalarning issiqlik isteʼmolining belgilangan shartnomaviy miqdorlarini issiqlik bilan taʼminlovchi tashkilotning roziligisiz oshirish yoki orqaga qaytadigan tarmoqdagi suv haroratini shartnomaga muvofiq eng koʻp yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan darajadan oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
issiqlik energiyasini isrofgarchilik bilan isteʼmol qilish, uni talon-toroj qilish, tarmoqdagi suvning oqishi va ifloslanishiga yoʻl qoʻyish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
issiqlik isteʼmoli tizimlarining avariya xavfini tugʻdiradigan yoki xizmat koʻrsatuvchi xodimlarning hayotiga xavf soladigan darajada qoniqarsiz holati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnomada nazarda tutilgan kondensatning 50 foizdan kam miqdorda qaytarilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
issiqlik isteʼmoli tizimlariga xizmat koʻrsatish uchun tayyorgarlik koʻrgan xodimlarning yoʻqligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
issiqlik bilan taʼminlovchi tashkilot vakillarining issiqlik isteʼmoli tizimlariga yoki issiqlik energiyasini hisobga olish priborlariga qoʻyilmasligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Asbob-uskunalarni taʼminlash boʻyicha rejali ishlarni amalga oshirishda va yangi isteʼmolchilarni ulashda rezerv taʼminlash mavjud boʻlmagan taqdirda issiqlik bilan taʼminlovchi tashkilot abonentlarni uzib qoʻyish huquqiga egadir. Isteʼmolchiga issiqlik energiyasi berish toʻxtatilishi toʻgʻrisida uni ogohlantirish issiqlik energiyasi berishda tanaffusning aniq sanasini (kunlar va soatlarni) kelishish uchun 10 kun oldin amalga oshiriladi. Agar ogohlantirish olingandan keyin 5 kun muddatda isteʼmolchi issiqlik berishdagi tanaffus vaqtini kelishmasa issiqlik bilan taʼminlovchi tashkilot ushbu vaqtni mustaqil belgilash huquqiga egadir. Elektr energiyasi berishdagi tanaffus, imkoni boricha, bu haqda uzib qoʻyishdan kamida 24 soat oldin isteʼmolchini ogohlantirgan holda uning ishdan tashqari vaqtida amalga oshirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Avariyaning oldini olish yoki barataf etish yuzasidan kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar koʻrish uchun issiqlik bilan taʼminlovchi tashkilot, shuningdek keyinchalik uzib qoʻyish sabablarini maʼlum qilgan holda abonentning issiqlik isteʼmoli tizimini uzib qoʻyish huquqiga egadir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Issiqlik energiyasi isteʼmolini cheklash vaqti, uni yetkazib bermaslik hajmi issiqlik tarmoqlari ajralishi chegarasida hisob-kitob priborlari hamda issiqlik energiyasini beruvchi issiqlik bilan taʼminlovchi tashkilotning dispetcherlik xizmati operativ daftarida cheklashning boshlanishi va tamom boʻlishi qayd etilgan amaldagi yozuvlar boʻyicha belgilanadi hamda ikki tomonlama dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Issiqlik bilan taʼminlovchi tashkilotning aybi bilan isteʼmolchining texnologik ehtiyojlariga issiqlik energiyasi toʻliq yetkazib berilmasligi cheklash kunidan oldingi oxirgi 3 sutkada issiqlik energiyasining oʻrtacha sutkalik isteʼmoli bilan issiqlik energiyasi toʻliq yetkazib berilmagan sutkadagi haqiqatda isteʼmol qilish oʻrtasidagi tafovut sifatida hisobga olish priborlari boʻyicha aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Issiqlik bilan taʼminlovchi tashkilot issiqlik manbai parametrlari pasayganligi va quyidagi holatlar tufayli kelib chiqqan issiqlik energiyasi toʻliq yetkazib berilmaganligi uchun isteʼmolchilar oldida moddiy javob bermaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) tabiiy hodisalar: momaqaldiroq, boʻron, suv toshqini, zilzila, ushbu joyda isitishni loyihalashtirish uchun 48 soatdan ortiq vaqt mobaynida hisoblab chiqilgan haroratdan 3oSga va undan ortiq past boʻlgan haroratda havoning uzoq vaqt sovib ketishi, boshlangʻich suv sifatining yomonlashishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) isteʼmolchi xodimlarining notoʻgʻri xatti-harakatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) isteʼmolchi isteʼmolning shartnomaviy miqdorlari oshirilishiga yoʻl qoʻyadigan yoki uning uchun belgilangan issiqlik isteʼmoli rejimlariga rioya qilmagan va foydalanilgan issiqlik energiyasi uchun muddati oʻtkazib yuborilgan qarzdorlik mavjud boʻlgan sutkalar mobaynida pasaytirilgan parametrli issiqlik energiyasi berilganligi uchun mazkur Qoidalarning 44-bandida nazarda tutilgan issiqlik energiyasi berishni cheklash yoki toʻxtatish shartlariga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) past parametrli issiqlik energiyasi yetkazib berilganligi yoki vaqtinchalik foydalanishda boʻlgan elektr stansiyasi yoki issiqlik tarmoqlaridan issiqlik toʻliq yetkazib berilmaganligi uchun isteʼmolchi issiqlik tarmoqlariga ulangan paytdan boshlab 6 oy mobaynida.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
X. Issiqlik bilan taʼminlovchi tashkilotning majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49. Issiqlik bilan taʼminlovchi tashkilot quyidagilarga majbur:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnomaga muvofiq isteʼmolchiga issiqlik energiyasi uzluksiz berilishini taʼminlash, issiqlik manbai kollektorlaridan berilayotgan issiqlik manbalari parametrlarining (bugʻ va issiq suv) shartnomaga muvofiqligini taʼminlash, ularning:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bugʻ boʻyicha (bosim va harorat) — (+) 5 foizga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
issiqlik beruvchi quvurda suv harorati boʻyicha — (+) 3 foizga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv bosimi boʻyicha:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
issiqlik beruvchi quvurda — (+) 5 foizga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
orqaga qaytadigan quvurda — (+) 20 kPa chetga chiqishiga yoʻl qoʻymaslik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
issiqlik toʻliq yetkazib berilmaganligi toʻgʻrisida isteʼmolchilarning yozma arizalarini isteʼmolchilardan ariza olingan kundan boshlab 10 kun muddatda koʻrib chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
issiqlik bilan taʼminlovchi tashkilotning aybi bilan texnologik maqsadlardagi toʻliq yetkazib berilmagan energiya qiymatini qoplash. Toʻliq yetkazib berilmagan energiya hajmi isteʼmolchining vakili ishtirokida issiqlik bilan taʼminlovchi tashkilot tomonidan aniqlanadi va dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50. Issiqlik bilan taʼminlovchi tashkilot tomonidan belgilangan limit oshirib yuborilganligi, issiqlik qurilmalariga oʻzboshimchalik bilan ulanish, mavjud quvvatlarning hisob-kitob priborlari koʻrsatkichlari bilan tasdiqlangan isteʼmolchilar tomonidan kengaytirilishi yoki koʻpaytirilishi hollari aniqlanganda materiallar “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasiga beriladi.
(50-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 96-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 9-son, 105-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
XI. Issiqlik energiyasidan foydalanganlik uchun hisob-kitob qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51. Issiqlikdan foydalanish xususiyatiga koʻra isteʼmolchilar quyidagi guruhlarga boʻlinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) sanoat isteʼmolchilari va ularga tenglashtirilgan isteʼmolchilar hamda keyingi guruhlarda koʻrsatilmagan isteʼmolchilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) ulgurji isteʼmolchilar — qayta sotuvchilar — oʻz balansida issiqlik tarmoqlariga ega boʻlgan, ulardan foydalanuvchi, ulgurji xarid qiluvchi va issiqlik bilan taʼminlovchi tashkilotdan olingan issiqlik energiyasini har xil isteʼmolchilarga qayta sotuvchi xoʻjalik hisobidagi tashkilotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) issiqxona xoʻjaliklari — issiqxonalarda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish bilan shugʻullanuvchi isteʼmolchilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
52. Berilgan issiqlik energiyasi uchun isteʼmolchilar bilan hisob-kitob qilish issiqlik energiyasini hisobga olish priborlari koʻrsatkichlari asosida amaldagi tasdiqlangan tariflarga muvofiq amalga oshiriladi. Hisobga olish priborlariga ega boʻlmagan abonentlarga beriladigan issiqlik energiyasi miqdori shartnomaviy nagruzkalarga muvofiq issiqlikning umumiy miqdorini abonentlar oʻrtasida taqsimlagan holda issiqlik bilan taʼminlovchi tashkilotning hisobga olish priborlari boʻyicha belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
53. Amaldagi tariflar turar joylardan foydalanuvchi (aholi) tashkilotlar bilan hisob-kitob qilishga tatbiq etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
54. Issiqlik energiyasi berish yuzasidan issiqlik bilan taʼminlovchi tashkilot va isteʼmolchi oʻrtasida tuzilgan shartnomalarda issiqlik manbaining har bir turi va parametri boʻyicha maksimal soatli nagruzka, shuningdek issiqlik energiyasini isteʼmolchiga oylik, choraklik va yillik berish belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
55. Isteʼmolchi (abonent)ning issiqlik tarmoqlarida issiqlik energiyasi nobudgarchiligi ularning issiqlik energiyasi isteʼmol qilish ulushiga mutanosib tarzda va issiqlik tarmogʻi uzunligiga mutanosib tarzda ular va subabonentlar oʻrtasida taqsimlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
56. Isteʼmolchiga berilgan issiqlik energiyasi miqdori issiqlik bilan taʼminlovchi tashkilot va isteʼmolchining issiqlik tarmoqlarini ajratish chegarasida hisobga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Issiqlik bilan taʼminlovchi tashkilot va isteʼmolchi tarmogʻi ajralishi chegarasigacha issiqlik energiyasini yetkazib berish boʻyicha barcha xarajatlar va uning nobudgarchiligi tariflarda hisobga olingan hamda tariflardan ortiqcha qoʻshimcha haq toʻlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tarmoqlarning ajralish chegarasidan keyin issiqlik energiyasining barcha xarajatlari va nobudgarchiligi isteʼmolchining hisobiga tegishli boʻladi. Agar bugʻ va issiq suv isteʼmolchining issiqlik tarmoqlari orqali berilsa, issiqlik energiyasi miqdori elektr stansiyasi kollektorida (tuman bugʻ qozonxonasi) hisobga olish priborlari boʻyicha aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
57. Isteʼmolchi tomonidan hisob-kitob pribori koʻrsatkichlaridagi nuqsonlar yoki issiqlik energiyasi sarfini hisoblab chiqishda yoʻl qoʻyilgan xatolar aniqlangan taqdirda isteʼmolchi bir hafta muddatda bu haqda issiqlik bilan taʼminlovchi tashkilotga ariza berishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Issiqlik bilan taʼminlovchi tashkilot 10 kun muddatda (isteʼmolchining arizasi berilgan kundan boshlab) hisob-kitob priborini yoki u boʻyicha amalga oshirilgan hisoblab chiqishlarning toʻgʻriligini tekshirishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
58. Hisob-kitob priborlari koʻrsatkichlarining notoʻgʻriligi tasdiqlangan taqdirda issiqlik bilan taʼminlovchi tashkilot oxirgi hisob-kitob davridagi issiqlik energiyasi sarfini tegishli ravishda qayta hisob-kitob qilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qayta hisob-kitob qilish, joriy hisob-kitob davrida issiqlik energiyasi isteʼmoli hisobga olingan holda, navbatdagi toʻlov hujjatini yozishda oxirgi davr uchun hisob-kitob qilish boʻyicha tuzatilgan yoki yangidan oʻrnatilgan priborlarning koʻrsatkichlari boʻyicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
59. Agar koʻrsatib oʻtilgan chetga chiqishlar “Oʻzstandart” agentligi tomonidan belgilangan normalardan ortiq boʻlmasa hisob-kitob priborlari koʻrsatkichlaridagi chetga chiqishlar yoʻl qoʻyish mumkin deb hisoblanadi va qayta hisob-kitob qilishga olib kelmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
60. Hisob-kitob priborlari tekshirilishi toʻgʻrisida ariza berilishi isteʼmolchini u isteʼmol qilgan elektr energiyasi toʻlovini belgilangan muddatda toʻlashdan ozod qilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
61. Hisob-kitob priborlari koʻrsatkichlari isteʼmolchi tomonidan xabar qilinmagan taqdirda hisob-kitob belgilangan shartnomaviy nagruzka boʻyicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
62. Asosiy isteʼmolchilar qayta sotiladigan issiqlik energiyasi uchun ham issiqlik bilan taʼminlovchi tashkilot bilan, ham subabonentlar tegishli boʻlgan isteʼmolchilarning tegishli guruhlari uchun belgilangan tariflar boʻyicha subabonentlar bilan hisob-kitob qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
XII. Isteʼmolchilarga beriladigan bugʻ holidagi issiqlik energiyasi miqdorini belgilash va hisob-kitob qilish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
63. Isteʼmolchiga berilayotgan bugʻ issiqlik energiyasining miqdori bugʻ miqdorini shartnomada kelishilgan bugʻning belgilangan koʻrsatkichlarida uning tarkibidagi issiqlik miqdoriga koʻpaytmasi sifatida aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda suv taʼminoti manbaidagi boshlangʻich suvdagi mavjud issiqlik miqdori hisobga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
64. Isteʼmolchi kondensat bilan qaytarayotgan issiqlik energiyasi miqdori kondensat miqdorining boshlangʻich suvdagi issiqlikni hisobga olgan holda, kondensatning issiqlik sigʻimi va haroratiga koʻpaytmasi sifatida aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
65. Qaytarilgan kondensat uchun isteʼmolchiga toʻlov miqdori shartnoma bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
XIII. Isteʼmolchilarga beriladigan issiq suv holidagi issiqlik energiyasi miqdorini aniqlash va hisob-kitob qilish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
66. Isteʼmolchiga beriladigan issiq suv holidagi issiqlik energiyasi miqdori suv miqdorining uning issiqlik sigʻimiga koʻpaytmasi hamda beruvchi va orqaga qaytuvchi tarmoqdagi suv harorati tafovuti sifatida aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ochiq suv olish tizimida isteʼmolchiga beriladigan issiq suv holidagi issiqlik energiyasi miqdori suv miqdorining uning issiqlik sigʻimi bilan koʻpaytmasiga hamda issiq (berilayotgan) va boshlangʻich suv harorati tafovuti sifatida aniqlanadi, boshlangʻich suv harorati uchun oʻrtacha oylik harorat olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
67. Issiq suv holidagi issiqlik energiyasidan foydalanishda isteʼmolchi orqaga qaytadigan tarmoqdagi suvni shartnomaga ilova qilinadigan harorat jadvali boʻyicha uning qiymatidan ortiq boʻlmagan harorat bilan qaytarishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Isteʼmolchining issiqlik tarmogʻi uchun issiqlik beradigan tarmoq suvi harorati issiqlik bilan taʼminlovchi tashkilot tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Issiqlik berishni tartibga solish kun va tunning tashqi harorati oʻrtasidagi farq 8oS boʻlganda sutkada ikki marta va harorat 8oS dan kam boʻlganda — sutkada bir marta amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tartibga solishda maishiy maqsadlarda va jamoat binolarini isitish tizimida foydalaniladigan suvning haroratini tungi vaqtda pasaytirish imkoniyati, shuningdek ishdan tashqari vaqtlarda uni sanoat korxonalariga berishni qisqartirish nazarda tutilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
68. Orqaga qaytadigan tarmoq suvining oʻrtacha sutkalik harorati jadvaldagiga qaraganda 3oS dan ortiq miqdorda isteʼmolchi tomonidan oshirilgan taqdirda issiqlik bilan taʼminlovchi tashkilot tarmoqdagi suvning oʻrtacha sutkalik harorati (+) 3oS dan ortiq chetga chiqmasligiga rioya qilish sharti bilan issiqlik energiyasini isteʼmolchiga berishni pasaytirishga yoki toʻliq toʻxtatishga, yoxud berilgan issiqlik energiyasi uchun issiqlik bilan taʼminlovchi tashkilot tomonidan isteʼmolchi uchun hisoblab chiqilgan va shartnomaga ilova qilingan jadvalda nazarda tutilgan harorat pasayishi boʻyicha hisob-kitob qilishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
69. Isteʼmolchilarga beriladigan 40o-45oS haroratli issiq suv holidagi issiqlik energiyasi uchun hisob-kitob qilish 50 foizli chegirma bilan issiq suv uchun tarif boʻyicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
70. Quyidagi hollarda tarmoq suvidagi issiqlik nobudgarchiligi isteʼmolchilar tomonidan shartnomaviy narxlar boʻyicha toʻlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
issiqlik tarmoqlarini gidravlik va haroratli sinashlar oʻtkazilishi bilan bogʻliq nobudgarchilikning oʻrnini toʻldirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
isteʼmolchi tarmogʻini uning buyurtmanomasi boʻyicha toʻldirish, avariyali vaziyatlar ham shu jumlaga kiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
isteʼmolchidan qaytariladigan past sifatli (tarkibida temir, mexanik aralashmalar va boshqalar mavjud boʻlgan) orqaga qaytadigan tarmoq suvini drenlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Issiqlik bilan taʼminlovchi tashkilotning aybi bilan yuz bergan tarmoq suvidagi issiqlik nobudgarchiligiga isteʼmolchi tomonidan haq toʻlanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
XIV. Isteʼmolchilarga qaytariladigan kondensat miqdorini aniqlash va hisob-kitob qilish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
71. Isitish, shamollatish va issiq suv bilan taʼminlash uchun bugʻ holidagi issiqlik energiyasidan foydalanilganda isteʼmolchilar issiqlik bilan taʼminlovchi tashkilotga kondensatning kamida 95 foizini, texnologik maqsadlar uchun bugʻdan foydalanilganda esa — shartnomada kelishilgan miqdorda va sifat bilan qaytarishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kondensatning isteʼmol qilinadigan bugʻ miqdoriga nisbatan foizlarda qaytarish normasini va uning sifatini tomonlar shartnoma tuzish vaqtida belgilaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Isteʼmolchi issiqlik manbaiga qaytarishi shart boʻlgan kondensat miqdori issiqlik bilan taʼminlash tizimlarining loyihadagi maʼlumotlariga muvofiq, korxonaning bugʻ-kondensat balansi bilan va kondensatni qaytarish boʻyicha erishilgan natijalarni, shuningdek mavjud zaxiralarni hisobga olgan holda belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Issiqlik bilan taʼminlovchi tashkilot isteʼmolchiga korxonada texnik imkoniyat mavjud boʻlganda kondensat qaytarishni koʻpaytirishga yoʻnaltirilgan tadbirlarni bajarishni tavsiya etishga, ularni bajarishning isteʼmolchi bilan kelishilgan muddatini belgilashga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilangan muddat tugagach isteʼmolchiga kondensatni qaytarish normasi taklif etilgan tadbirlarni hisobga olgan va amaldagi shartnomaga tegishli oʻzgartirishlar kiritgan holda koʻpaytiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
72. Isteʼmolchiga qaytariladigan kondensat shartnomada kelishilgan miqdorga va sifatga muvofiq boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Isteʼmolchi tomonidan qaytariladigan kondensat miqdori va sifati elektr stansiyasida (bugʻqozonxonada) aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kondensatni tozalagichga ega boʻlmagan yoki kondensatni ishlatiladigan suv normalarigacha tozalashni taʼminlamaydigan kondensat tozalagichga ega boʻlgan faoliyat koʻrsatayotgan elektr stansiyalarida (bugʻqozonxonalarda) bugʻqozonlarni taʼminlash uchun foydalaniladigan ishlab chiqarish kondensati sifati shunday boʻlishi kerakki, toki uning boshqa tashkil qiluvchilari bilan aralashmasi Elektr stansiyalari va tarmoqlaridan texnik foydalanish qoidalariga binoan mazkur bugʻqozonlar uchun taʼminlovchi suv normalariga muvofiq boʻlsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kondensat tozalagich bilan jihozlangan va butun kondensatni taʼminlovchi suv normalarigacha tozalashni taʼminlaydigan faoliyat koʻrsatayotgan elektr stansiyalaridagi (bugʻqozonxonalardagi) bugʻqozonlarni taʼminlash uchun yoki yangidan loyihalashtirilayotgan elektr stansiyalari uchun foydalaniladigan ishlab chiqarish kondensati miqdori Issiqlik elektr stansiyalarini va issiqlik tarmoqlarini texnologik loyihalash normalarida koʻrsatilgan talablarga muvofiq boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
73. Qaytarilgan kondensat miqdori uchun issiqlik bilan taʼminlovchi tashkilot abonentga toʻlovni shartnomada koʻrsatilgan issiqlik qiymati boʻyicha (qoʻshilgan qiymat soligʻini hisobga olgan holda) toʻlaydi. Ushbu summa issiqlik energiyasi uchun haq toʻlashda abonent hisobiga qoʻshiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
74. Elektr stansiyasiga sifati shartnomadagi shartlarga muvofiq boʻlmagan kondensat keltirilganda issiqlik bilan taʼminlovchi tashkilot qaytarilgan kondensat miqdoriga tuzatuvchi koeffitsiyent joriy qiladi: kondensatdan isitgichlar, bugʻ hosil qiluvchilar yoki issiqlik tarmogʻini qoʻshimcha taʼminlash uchun foydalanilganda — 0,8, kondensat toʻliq tozalash uchun qabul qilinganda esa — 0,5 koeffitsiyenti qoʻllanadi. Iflos kondensatdan foydalanishning texnik imkoniyati mavjud boʻlmaganda iflos kondensat drenajga oqiziladi, bu holda kondensat isteʼmolchiga topshirilmagan deb hisoblanadi. Qaytarilgan kondensatdagi issiqlik energiyasi miqdori ham issiqlik bilan taʼminlovchi tashkilotga hisoblangan kondensat miqdoridan kelib chiqqan holda hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qaytarilayotgan kondensatning issiqlik-texnik parametrlari (miqdori, harorati, ifloslik darajasi) issiqlik bilan taʼminlash manbaida kondensatni kimyoviy tekshirish natijalari hamda hisobga olish priborlari koʻrsatkichlari boʻyicha aniqlanadi va ikki tomonlama dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kondensat ortiq darajada iflos boʻlgan taqdirda uni tozalashning maqsadga muvofiqligi elektr stansiyalarida (bugʻqozonxonalarda) yoki isteʼmolchida texnik-iqtisodiy hisoblar asosida aniqlanadi. Bunda barcha hollarda kondensatni toʻliq tozalash isteʼmolchi hisobiga amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sifatiga koʻra shartnoma shartlarini qondirmaydigan va elektr stansiyasida foydalanilmagan qaytarilgan kondensat qaytarmaganlikka tenglashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
75. Bugʻ kam sarflangan va kondensatni tozalash qimmatga tushadigan hollarda ayrim isteʼmolchilar issiqlik bilan taʼminlovchi tashkilot tomonidan kondensatni qaytarishdan ozod qilinishlari mumkin, uning uchun texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar taqdim etilishi va kondensatdan oʻz ehtiyojlari uchun toʻliq foydalanilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Isteʼmolchining yaqin – atrofida issiqlik bilan taʼminlovchi tashkilotning suv bilan ishlaydigan issiqlik tarmoqlari oʻtgan taqdirda isteʼmolchi isitish, shamollatish va issiq suv bilan taʼminlash nagruzkasini, agar bunga korxonaning ishlab chiqarish sikli imkon bersa, bugʻdan issiq suvga oʻtkazishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
76. Issiqlik bilan taʼminlovchi tashkilot bilan isteʼmolchi oʻrtasida qaytariladigan kondensat miqdorini belgilashda kelishmovchilik paydo boʻlgan taqdirda texnik ekspertiza oʻtkaziladi. Texnik ekspertiza isteʼmolchi tomonidan ikkala tomon vakillaridan, manfaatdor boʻlmagan tashkilotlar mutaxassislarini jalb etgan holda, isteʼmolchi bilan issiqlik bilan taʼminlovchi tashkilot oʻrtasidagi kelishmovchiliklar protokoli rasmiylashtirilgandan keyin 2 oydan kechikmay tashkil etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar texnik ekspertiza oʻtkazilgandan keyin tomonlar kelishuvga erishmasalar, u holda kondensatning miqdori va sifati boʻyicha yakuniy qaror “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi tomonidan qabul qilinadi.
(76-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 96-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 9-son, 105-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
XV. Issiqlik energiyasi uchun toʻlov hujjatlarini taqdim etish va toʻlash tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
77. Sanoat isteʼmolchilari, ulgurji isteʼmolchilar — qayta sotuvchilar va boshqa isteʼmolchilar yetkazib beriladigan issiqlik energiyasi shartnomadagi miqdorining kamida 15% miqdorida oldindan haq toʻlaydilar. Oldindan haq toʻlash muddatlari issiqlik energiyasidan foydalanish shartnomasida qayd etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
78. Toʻlov hujjatida xato yoki pribor koʻrsatkichlarida noaniqliklar topilganda abonent bu toʻgʻrida issiqlik bilan taʼminlovchi tashkilotni xabardor qilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toʻlov hujjatidagi xatolar, hisob-kitob priborlarini tekshirish haqida ariza berilishi abonentni toʻlov hujjatini belgilangan muddatda toʻlash majburiyatidan ozod qilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Issiqlik bilan taʼminlovchi tashkilot abonent tomonidan ariza berilgan kundan boshlab 10 sutkadan kechikmay hisob-kitobni, agar zarur boʻlsa hisob-kitob priborlarini ham tekshirib koʻrishi va isteʼmolchiga tekshirish natijasini (toʻlov hujjatidagi xatoliklar yoki hisobga olish priborlari koʻrsatkichlaridagi notoʻgʻriliklar toʻgʻrisida) isteʼmolchiga xabar qilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Issiqlik energiyasini hisobga olishda xatoliklar aniqlangan taqdirda issiqlik bilan taʼminlovchi tashkilot oxirgi hisob-kitob davri uchun qayta hisob-kitob qilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
79. Sanoat isteʼmolchilariga, ulgurji isteʼmolchilarga, qayta sotuvchilarga va boshqa abonentlarga yetkazib berilgan issiqlik energiyasi uchun hisob-kitoblar issiqlik bilan taʼminlovchi tashkilotning toʻlov hujjatlari (toʻlov talabnomasi va schyot-faktura) boʻyicha, taqdim etilishiga qarab akseptsiz tartibda amalga oshiriladi. Isteʼmolchining hisob-kitob raqamida mablagʻlarni akseptsiz hisobdan chiqarish bank tomonidan, toʻlov hujjati tushgandan keyingi kundan kechikmay amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
80. Toʻlov muddati oʻtkazib yuborilgani uchun penya undirish huquqidan qatʼi nazar, issiqlik bilan taʼminlovchi tashkilotda ogohlantirishdan keyin toʻlamaganlik uchun abonentga qarzni toʻlamagungacha issiqlik energiyasi berishni toʻxtatish huquqi saqlanib qoladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 12-son, 93-modda, 15-16-son, 124-modda; 2004-y., 9-son, 105-modda)