Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.08.2017 21.11.2013 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2528
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining qarori , 21.11.2013 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2528
Date of entry into force
25.11.2013
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.08.2017
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish Departamentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalarini tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 21-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2528]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2017-yil 17-apreldagi 343-B, 14-sonli “Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalarini tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2886, 23.05.2017-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 54-modda) va “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 43-son, 451-modda) qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti qaror qiladilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2009-yil 13-oktabrdagi 23/6 va 32-sonli “Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalarini tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2023, 2009-yil 23-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 44-son, 472-modda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2009-yil 29-dekabrdagi 39/3 va 3-sonli “Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2023-1, 2010-yil 2-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 5-son, 42-modda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 23-oktabrdagi 34/17 va 2010-yil 2-noyabrdagi 29-sonli “Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2023-2, 2010-yil 19-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 47-son, 433-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2013-yil 2-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
328-V-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshligʻi v. b. B. ZILYAYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2013-yil 2-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2013-yil 2-oktabrdagi 328-V, 20-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
QOIDALARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 54-modda), “Bank siri toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 144-modda), “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 43-son, 451-modda) qonunlariga muvofiq tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish maqsadida ichki nazoratni tashkil qilish hamda amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tijorat banki — Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti boʻlgan va tegishli faoliyat turini amalga oshirish litsenziyasiga ega boʻlgan bank;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki nazorat — tijorat bankining maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalarni aniqlashga doir faoliyati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki nazorat xizmati — ichki nazoratni amalga oshirish uchun javobgar boʻlgan tijorat bankining maxsus boʻlinmasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
masʼul xodim — tijorat banki filialida ichki nazoratni amalga oshirilishi uchun masʼul boʻlgan shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki nazorat xizmati xodimlari — ichki nazoratni amalga oshirilishi uchun masʼul boʻlgan tijorat banki bosh ofisidagi Ichki nazorat xizmati xodimlari, tijorat banki filialidagi masʼul xodim yoki Ichki nazorat xizmati rahbari va xodimlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tijorat bankining ichki nazorat tizimi — mazkur Qoidalar va ichki hujjatlar bilan belgilangan maqsadlarga erishish va vazifalarni bajarishga qaratilgan Ichki nazorat xizmatining tijorat bankining boshqa boʻlinmalari bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradigan harakatlari yigʻindisi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki hujjatlar — tijorat banki faoliyatini tartibga soluvchi va uning rahbariyati tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlanadigan hujjatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki qoidalar — tijorat bankida va uning filiallarida ichki nazoratni tashkil etish va amalga oshirish tartibini belgilab beruvchi ichki hujjatdir;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus vakolatli davlat organi — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti nomidan Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boshqarmasi (bundan buyon matnda Departament deb yuritiladi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijoz — pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyani (bundan buyon matnda operatsiya deb yuritiladi) amalga oshirish toʻgʻrisida tijorat bankiga topshiriqnoma (ariza, iltimosnoma) bilan murojaat qilgan jismoniy yoki yuridik shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijozning haqiqiy egasi — yuridik shaxs — mijozning mulkdori yoki uni nazorat qiluvchi shaxs, yaʼni amalga oshirilayotgan operatsiyadan manfaat koʻradigan mijoz va (yoki) boshqa yuridik shaxsga nisbatan mulkiy yoki nazorat huquqiga ega boʻlgan bir yoki bir necha shaxslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
operatsiya ishtirokchilari — mijozlar, ularning vakillari hamda mijozning operatsiyada ishtirok etuvchi hamkorlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gumonli operatsiya — mazkur Qoidalarni amalga oshirish jarayonida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va (yoki) terrorizmni moliyalashtirish maqsadida amalga oshirilganligi toʻgʻrisida tijorat bankida gumon uygʻotuvchi hamda uni shubhali operatsiyalar turkumiga kiritish (kiritmaslik) haqida qaror qabul qilgunga qadar boʻlgan operatsiya;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shubhali operatsiya — tayyorlash, sodir etish jarayonida boʻlgan yoki sodir etib boʻlingan, mazkur Qoidalarni amalga oshirish jarayonida tijorat bankida uni jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va (yoki) terrorizmni moliyalashtirish maqsadida amalga oshirilganligi toʻgʻrisida shubha paydo boʻlgan operatsiya;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalar — mazkur Qoidalar bilan belgilangan Departamentga xabar qilinishi lozim boʻlgan shubhalilik mezonlari va alomatlaridan foydalangan holda kompleks tahlil asosida aniqlanadigan operatsiyalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir marotabalik operatsiyalar — mijozlar tomonidan bank hisobvaragʻini ochmagan holda, kamida bir oy davomida takrorlanmaydigan, bir marotabalik tartibda amalga oshiriladigan operatsiyalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muntazam ravishda amalga oshiriladigan operatsiyalar — tahlil qilinadigan davr mobaynida mijozlar tomonidan muntazam ravishda amalga oshiriladigan operatsiyalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tahlil qilinadigan davr — keyingi tekshiruv bosqichida tijorat banki mijozning operatsiyalarini tahlil qiladigan hamda davomiyligi mijoz tomonidan bajarilgan operatsiya turiga koʻra bir necha kundan bir necha oygacha boʻlishi mumkin boʻlgan davr;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijozni lozim darajada tekshirish — mijozning va qaysi shaxslar nomidan ish koʻrayotgan boʻlsa, oʻsha shaxslarning shaxsini hamda vakolatlarini tekshirish, taʼsis hujjatlari asosida mulk va boshqaruv tuzilmasini oʻrganish orqali mijozning haqiqiy egasini identifikatsiyalash, shuningdek mijoz tomonidan amalga oshiriladigan amaliy ish munosabatlari va operatsiyalarni, ularning bunday mijoz va uning faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga muvofiqligini tekshirish maqsadida, doimiy asosda oʻrganishlarni oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijozni identifikatsiyalash — tijorat banki tomonidan mijozni lozim darajada tekshirish maqsadida mijozlar haqidagi maʼlumotlarni ular tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida aniqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijozning haqiqiy egasini identifikatsiyalash — tijorat banki tomonidan qonun hujjatlari bilan belgilangan taʼsis hujjatlari (ustav va (yoki) taʼsis shartnomasi, nizom) asosida mulk va boshqaruv tuzilmasini oʻrganish orqali yuridik shaxs boʻlgan mijozning mulkdori yoki uni nazorat qiluvchi shaxsni aniqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlar — Jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish boʻyicha moliyaviy choralarni ishlab chiqish guruhining rasmiy bayonotlarida xalqaro moliyaviy tizimga xavf tugʻdiruvchi hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish tizimlarida strategik kamchiliklari mavjud deb belgilangan davlatlar va hududlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
offshor hudud — imtiyozli soliq rejimini taqdim qiluvchi va (yoki) moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishda ular haqidagi maʼlumotlarni oshkor etmaslikni va taqdim qilmaslikni koʻzda tutuvchi davlatlar va hududlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishda ishtirok etuvchi organlar — operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar faoliyati ustidan monitoring va nazorat qilish funksiyalariga ega boʻlgan huquqni muhofaza qiluvchi, nazorat qiluvchi, litsenziyalovchi, roʻyxatdan oʻtkazuvchi va boshqa davlat organlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tavakkalchilik — mijozlar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish maqsadida operatsiyalarni amalga oshirish tavakkalchiligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
masofaviy xizmatlar — mijozning tijorat bankiga kelmagan holda operatsiyani amalga oshirish imkonini beruvchi dasturlar yordamida operatsiyalarni oʻtkazish boʻyicha bank xizmatlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Tijorat banklarining ichki nazorat tizimi maqsadi quyidagilar hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga yoʻnaltirilgan operatsiyalarni samarali aniqlash va oldini olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tijorat bankining qasddan yoki qasddan boʻlmagan holda jinoiy faoliyatga jalb qilinishiga, uning ustav fondi (kapitali)ga jinoiy faoliyat natijasida olingan kapitalning, shuningdek tijorat bankini boshqarishga jinoyatchi shaxslarning kirib kelishiga yoʻl qoʻymaslik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Tijorat banklari ichki nazorat tizimining asosiy vazifalari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tavakkalchiliklarni aniqlash, baholash, monitoring qilish, boshqarish, kamaytirish va hujjatlashtirish boʻyicha tegishli choralarni koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlari, mazkur Qoidalar va ichki hujjatlarga muvofiq mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijozlarning haqiqiy egalarini aniqlash va oʻrganish, shuningdek operatsiyani amalga oshirishda foydalaniladigan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulklarning manbasini aniqlash boʻyicha asosli va koʻrilishi mumkin boʻlgan choralarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur Qoidalar va ichki hujjatlar bilan belgilangan mezonlar asosida gumonli va shubhali operatsiyalarni aniqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki nazoratni amalga oshirish davomida aniqlangan shubhali operatsiyalar toʻgʻrisidagi axborotlar (hujjatlar)ni Departamentga oʻz vaqtida taqdim etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik yoki jismoniy shaxs hisobvaragʻiga tushgan pul mablagʻlarini hisobga kiritish boʻyicha operatsiyalarni istisno etgan xolda, alohida hollarda xabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalarni, bu operatsiya bajarilishi lozim boʻlgan sanadan eʼtiboran uch ish kuniga toʻxtatib turish hamda bunday operatsiya haqida operatsiya toʻxtatib turilgan kunning oʻzida Departamentni xabardor qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
operatsiyalar toʻgʻrisidagi axborotni, shuningdek identifikatsiyalash maʼlumotlarini va mijozlarni lozim darajada tekshirishga doir materiallarni qonun hujjatlarida belgilangan muddatlar davomida saqlanishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tijorat banki rahbariyatini tegishli qarorlar qabul qilish uchun zarur boʻlgan aniq axborotlar va materiallar bilan operativ va muntazam ravishda taʼminlab borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shubhali operatsiyalar amalga oshirilgan yoki amalga oshirishga boʻlgan urinishlar, shubhali operatsiyalarni amalga oshirgan mijozlar bilan aloqador boʻlgan shaxslar (rahbarlar, taʼsischilar, jamiyat aksiyalarining kamida oʻn foiziga ega boʻlgan aksiyadorlar, ishtirokchilar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini shakllantirish, shuningdek bunday maʼlumotlarni boshqa tijorat banklari hamda davlat organlari bilan qonun hujjatlariga muvofiq oʻzaro almashib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikadagi va chet eldagi boshqa banklar bilan korrespondentlik aloqalarini oʻrnatishda ularning ichki nazorat tizimini oʻrganish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
operatsiyalarning anonimligini oshiruvchi yangi texnologiyalar yordamida qonunga xilof ish qilish, xususan, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va (yoki) terrorizmni moliyalashtirish uchun tijorat banki xizmatlaridan foydalanish tahdidini oldini olishga alohida eʼtibor qaratilishi maqsadida zarur boʻlgan tadbirlar qoʻllash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soʻrovlar boʻyicha mijozlar bazasidan terrorchilik faoliyatini moliyalashtirishga aloqador shaxslarni aniqlashdan iborat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Ichki nazorat tizimi maqsad va vazifalariga erishish uchun Ichki nazorat xizmati quyidagilar boʻyicha funksiyalarni bajaradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Huquqbuzarlik sodir etish, shu jumladan, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va (yoki) terrorizmni moliyalashtirish uchun tijorat banki xizmatlaridan foydalanish xavfining oldini olish uchun qonun hujjatlarida, mazkur Qoidalarda, ichki hujjatlarda nazarda tutilgan choralarni koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tijorat banki tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari va ichki hujjatlar talablariga rioya etilishini monitoring qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tijorat banki faoliyatidagi jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari va ichki hujjatlar talablariga rioya qilinmaganligi boʻyicha aniqlangan kamchilik va qoidabuzarliklarni bartaraf etish yuzasidan rahbariyat koʻrib chiqishi uchun takliflar tayyorlash va kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) vakolatli vakillari, tijorat bankining ichki audit xizmati xodimlari, tashqi auditorlar hamda Departament xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tekshiruvlar jarayonida aniqlangan ichki nazorat tizimini tashkillashtirishda va uning faoliyatidagi xato va kamchiliklarni bartaraf etilishini monitoring qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki nazoratni tashkil etish, xodimlar tomonidan qonun hujjatlari, mazkur Qoidalar va ichki hujjatlar talablarini buzish holatlarini oldini olish va bartaraf etish masalalari boʻyicha Markaziy bank va Departament bilan hamkorlik qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Har bir tijorat banki qonun hujjatlari va mazkur Qoidalar asosida Ichki nazorat xizmatining vazifalari, huquqlari va javobgarligini belgilaydigan nizomni ishlab chiqishi, bank kengashida tasdiqlashi va amalga kiritishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Nizom Ichki nazorat xizmati toʻgʻrisidagi quyidagi maʼlumotlarni aks ettirishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uning maqsadi va vazifalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uning tijorat bankining boshqa boʻlinmalaridan mustaqil boʻlishini taʼminlash usullari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uning tijorat bankining boshqa boʻlinmalari, ichki audit xizmati hamda chet eldagi shuʼba banklari, filiallari va vakolatxonalari bilan oʻzaro munosabati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzining funksiyalarini bajarish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni olish huquqiga ega boʻlishi, shuningdek mazkur maʼlumotlarni taqdim etish masalalari yuzasidan hamkorlik qilish boʻyicha tijorat bankining boshqa boʻlinmalari va shuʼba banklari, chet eldagi filiallari va vakolatxonalari xodimlarining majburiyati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlari va ichki hujjatlar talablari buzilishlarini oʻrganishni oʻtkazish huquqi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
olingan maʼlumotlarni tijorat banki boshqaruvi raisiga va zarur boʻlganda tijorat banki kengashiga erkin ifodalash va oshkor etish huquqiga ega boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tijorat bankining boshqaruv raisiga tegishli hisobotni taqdim qilish majburiyati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tijorat banki boshqaruviga qonun hujjatlari va xalqaro standartlarga muvofiqlik masalalari boʻyicha maslahatlar berish, shu jumladan mazkur sohadagi oʻzgarishlar toʻgʻrisida xabardor qilish majburiyati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimlarni tanlash talablari va tartiblari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
malakani oshirish boʻyicha maxsus kurslarda muntazam ravishda oʻqib borish majburiyati.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Tijorat banklari mazkur Qoidalar talablaridan kelib chiqib, quyidagilarni aks ettirgan holda ichki qoidalarni ishlab chiqishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tavakkalchiliklarni aniqlash, baholash, monitoring qilish, boshqarish, kamaytirish va hujjatlashtirish boʻyicha tegishli choralarni koʻrish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijozlarni lozim darajada tekshirish, shu jumladan, mijozlarni va ularning haqiqiy egasini identifikatsiyalash, shuningdek mijozlarning operatsiyalari ustidan doimiy monitoringni amalga oshirish qoidalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarur boʻlgan axborotni rasmiylashtirish va uning maxfiyligini taʼminlash tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki nazorat xizmati xodimlari tomonidan tijorat banki bosh ofisidagi Ichki nazorat xizmati rahbariga (bundan buyon matnda Ichki nazorat xizmati rahbari deb yuritiladi) qonun hujjatlari buzilishi dalillari toʻgʻrisida axborot taqdim etish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kadrlarni tayyorlash va oʻqitishga doir malaka talablari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gumonli operatsiyalarni aniqlash mezonlari va ularning alomatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuqori tavakkalchilik darajasi toifasiga kiritilgan mijozlarning hisobini yuritish va monitoring qilish hamda bunday mijozlar operatsiyalarini monitoring qilish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va (yoki) terrorizmni moliyalashtirish maqsadida texnologik yutuqlardan foydalanilishini oldini olishga qaratilgan choralar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pul mablagʻlarini oluvchisi va (yoki) joʻnatuvchisi haqida talab qilingan maʼlumotlari mavjud boʻlmagan chet el valyutasidagi pul oʻtkazmalari aniqlangan hollarda koʻriladigan choralar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tijorat bankining boshqa boʻlinmalari, ichki audit xizmati hamda chet eldagi shuʼba banklari, filiallari va vakolatxonalari bilan Ichki nazorat xizmatining oʻzaro munosabati hamda Ichki nazorat xizmatiga maʼlumotlarni taqdim etish masalalari yuzasidan hamkorlik qilish boʻyicha tijorat bankining boshqa boʻlinmalari va hamda chet eldagi shuʼba banklari, filiallari va vakolatxonalari xodimlarining majburiyati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa qoidalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki qoidalar mazkur Qoidalarning talablariga muvofiq boʻlishi hamda aniqlangan tavakkalchiliklar va ularning bahosidan kelib chiqib tuzilishi kerak. Ichki qoidalar, ularga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar tijorat bankining kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki qoidalar tijorat bankining barcha boʻlinmalariga hamda chet eldagi shuʼba banklariga, filiallariga va vakolatxonalariga ijro uchun majburiydir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II bob. Ichki nazorat tizimini tashkillashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Tijorat bankining ichki nazorat tizimi bank ishining jihatlari, faoliyatining asosiy yoʻnalishlari, mijozlar bazasi va mijozlar hamda ularning operatsiyalari bilan bogʻliq tavakkalchilik darajasini hisobga olgan holda tashkillashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Tijorat bankining, shu jumladan uning filiallarining ichki nazorat tizimi tarkibiy tuzilmasi tijorat banki boshqaruvi qarori bilan belgilanadi. Tijorat bankining ichki nazorat tizimi tarkibiy tuzilmasi aniqlangan tavakkalchiliklar va ularning bahosidan kelib chiqib hamda Markaziy bankning talablariga muvofiq qayta koʻrib chiqilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Tijorat bankining ichki nazorat tizimining tarkibiy tuzilmasi tijorat bankining bosh ofisining Ichki nazorat xizmatini, shuningdek tijorat bankining har bir filialidagi Ichki nazorat xizmatini yoki masʼul xodimni oʻz ichiga oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tijorat bankining chet elda shuʼba banki, filiali va vakolatxonasi mavjud boʻlgan holatda, chet eldagi shuʼba bankning, filialning va vakolatxonaning ichki nazoratni amalga oshirishga masʼul boʻlinmasi tijorat bankining bosh ofisidagi Ichki nazorat xizmatiga hisobdordir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Ichki nazorat xizmati ichki nazorat maqsadlariga samarali erishish va vazifalarni unumli bajarish uchun yetarli miqdorda xodimlar bilan shakllantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki nazorat xizmati xodimlari soni tavakkalchiliklarni hisobga olgan holda shakllantirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Filiallari soni 50 ta yoki undan ortiq boʻlgan tijorat banklarining bosh ofisidagi Ichki nazorat xizmati shtat birligi 10 tadan kam boʻlmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Ichki nazorat xizmati rahbari va xodimlari tijorat banki boshqaruvi raisining buyrugʻi bilan lavozimiga tayinlanadi va ozod etiladi, ular tijorat banki bosh ofisining shtat birligiga kiradi hamda ularning ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlari tijorat bankining bosh ofisi xarajatlari hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki nazorat xizmati rahbari oliy iqtisodiy yoki yuridik maʼlumotga va tijorat bankining bank operatsiyalarini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlinmasida kamida ikki yillik rahbarlik tajribasiga yoxud Ichki nazorat xizmatida kamida bir yillik ish stajiga ega boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki nazorat xizmatining rahbari va xodimi lavozimiga tayinlanuvchi shaxs:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bank va moliya qonun hujjatlarini bilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha xalqaro standartlarni bilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buxgalteriya hisobi qoidalari haqidagi bilimga ega boʻlish, shuningdek muntazam ravishda malakani oshirish boʻyicha maxsus oʻquv kurslaridan oʻtishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Ichki nazorat xizmati rahbari yoki xodimi lavozimiga quyidagi shaxslar tayinlanishi mumkin emas:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz faoliyati va shaxsiy xulq atvorida ishonib topshirilgan boʻlinmani notoʻgʻri boshqargani yoki ishni vijdonan yuritmaganini namoyon etgan shaxslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iqtisodiyot sohasidagi jinoyati uchun avval sud tomonidan jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxslar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Tijorat banki ichki nazorat tizimi tuzilmasini shakllantirish, Ichki nazorat xizmati rahbarini tayinlash toʻgʻrisidagi qarorni qabul qilgandan soʻng 10 (oʻn) ish kuni mobaynida tayinlangan shaxslar toʻgʻrisidagi anketa maʼlumotlarini ilova qilgan holda bu haqida Markaziy bankka xabar berishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Ichki nazorat xizmati rahbari va xodimlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki nazoratni amalga oshirish maqsadida tijorat banki boʻlinmalari rahbarlari va xodimlaridan kerakli boshqaruvchilik va buxgalteriya hujjatlarini talab qilib olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki nazoratni amalga oshirish maqsadida olingan hujjatlardan nusxa koʻchirish, tijorat bankining elektron maʼlumotlar bazalarida, lokal hisoblash tarmoqlari va avtonom kompyuter tizimlarida saqlanadigan fayllardan va boshqa yozuvlardan nusxalar olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tijorat bankining boshqa boʻlinmalari mutaxassislaridan yordam soʻrash va olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tijorat banki boʻlinmalarining xonalariga kirish, shuningdek tijorat banki boshqaruvi raisining yozma ruxsatnomasi bilan hujjatlar saqlanishi uchun foydalaniladigan (arxivlar), naqd pul va qimmatliklar saqlanadigan (pul omborlari), kompyuter maʼlumotlarini qayta ishlash va maʼlumotlarni elektron shaklda saqlash xonalariga kirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqaruv raisining yoki tegishli vakolatga ega boʻlgan uning oʻrinbosarining yozma roziligi bilan terrorizmni moliyalashtirish bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni toʻxtatib turish haqida bank filiallari rahbarlariga koʻrsatmalar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijozlarning operatsiyalariga nisbatan kelgusi harakatlari, jumladan, qonun hujjatlariga muvofiq qoʻshimcha maʼlumot olish yoki mavjud maʼlumotlarni tekshirish boʻyicha tijorat banki boshqaruvi raisiga takliflar taqdim etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur Qoidalar va ichki hujjatlarga muvofiq boshqa harakatlarni amalga oshirish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Ichki nazorat xizmati rahbari va xodimlari tijorat banki nomidan toʻlov (hisob-kitob), kredit va buxgalteriya hujjatlarini imzolash yoki vizalash huquqiga ega emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Ichki nazorat xizmatining rahbari va xodimlari oʻz vazifalarini bajarishda quyidagilarga majburdirlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz vakolati doirasida mazkur Qoidalar va ichki hujjatlar bilan yuklatilgan maqsadlarga erishish va vazifalarni bajarish uchun zarur choralarni koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tijorat bankining tegishli boʻlinmalaridan olingan hujjatlarning saqlanishini va qaytarilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz vazifalarini amalga oshirishda olingan maʼlumotlarning maxfiyligiga rioya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur Qoidalar va ichki hujjatlarga muvofiq boshqa majburiyatlarni amalga oshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Ichki nazorat xizmati rahbari bevosita tijorat banki boshqaruvi raisiga hisobdordir va tijorat bankining boshqa boʻlinmalaridan mustaqildir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki nazorat xizmati xodimlari bevosita Ichki nazorat xizmati rahbariga hisobdordir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Tijorat banki boʻlinmalarining xodimlari Ichki nazorat xizmatining vazifalarini amalga oshirilishida mazkur Qoidalar va ichki hujjatlarga muvofiq koʻmaklashadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Tijorat banki boʻlinmalarining xodimlari Ichki nazorat xizmati rahbari yoki xodimlari oʻrtasidagi oʻzaro munosabat tartibi ichki hujjatlar bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Ichki nazorat xizmati, mijozlarga bevosita xizmat koʻrsatuvchi bank boʻlinmalari (masʼul ijrochilar, kassirlar va shu kabilar), yuridik xizmat, ichki audit va xavfsizlik xizmati xodimlarining soʻnggi yangiliklarga, jumladan, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishning va terrorizmni moliyalashtirishning zamonaviy usullari, uslublari va yoʻnalishlari haqidagi axborotga ega boʻlishlarini taʼminlash, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish borasidagi qonun hujjatlari va majburiyatlarning barcha jihatlarini aniq tushuntirib berish maqsadida tijorat banklari muntazam ravishda xodimlarni qayta tayyorgarlikdan oʻtkazishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Ichki nazorat xizmati tijorat bankining boshqa tegishli boʻlinmalari bilan hamkorlikda har yili jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish masalalari boʻyicha tijorat banki xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va oʻqitish dasturini (bundan buyon matnda oʻquv dasturi deb yuritiladi) ishlab chiqadi. Ushbu dasturda quyidagilar aks ettirilishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquvni oʻtkazish tartibi, uning shakllari (birlamchi instruktaj, rejali, rejadan tashqari oʻqitish) va muddatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquvni oʻtkazishni tashkillashtirishga masʼul shaxslarni tayinlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimlarning bilimini tekshirish tartibi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻquv dasturi tijorat bankining boshqaruvi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III bob. Mijozlarni lozim darajada tekshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Tijorat banklari quyidagi hollarda mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha mustaqil ravishda chora-tadbirlarni koʻrishlari kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) xoʻjalik va fuqaroviy-huquqiy munosabatlarni oʻrnatishda, shu jumladan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik yoki jismoniy shaxs bank hisobvaragʻini (omonatni) ochish uchun ariza bilan murojaat qilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy shaxs bank plastik kartasini olish uchun ariza bilan murojaat qilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar tijorat banki tomonidan emissiya qilingan qimmatli qogʻozlarni xarid qilish uchun ariza bilan murojaat qilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar tijorat banki ustav kapitalining bir foizga teng yoki oshadigan summadagi uning aksiyalariga egalik qilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy shaxs kredit olish uchun murojaat qilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) bir martalik operatsiyalar amalga oshirilgan quyidagi hollarda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eng kam ish haqi miqdorining 100 baravariga teng yoki undan oshgan summada jismoniy shaxslar tomonidan naqd chet el valyutasi sotilishida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eng kam ish haqi miqdorining 25 baravariga teng yoki undan oshgan summada jismoniy shaxslar tomonidan naqd chet el valyutasini maydalanishida, almashtirilishida va (yoki) konversiyalanishida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy shaxslardan naqd chet el valyutasini inkassoga va (yoki) ekspertiza uchun qabul qilinishida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy shaxslar tomonidan tijorat bankida joylashgan terminallar orqali plastik kartalardan foydalanilgan holda operatsiyalar (naqd mablagʻlar yechish, tovar va xizmatlarga toʻlovlar) amalga oshirilganda (kommunal va aloqa xizmati, budjet, budjetdan tashqari jamgʻarmalarga toʻlovlar hamda boshqa majburiy toʻlovlar bundan mustasno);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijozlar tomonidan plastik kartalardan naqd chet el valyutasi olinishida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy shaxslar tomonidan chet el valyutasini sotib olinishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bank hisobvaragʻini ochmasdan yoki hisobvaraqdan foydalanmasdan, pul oʻtkazmalarini amalga oshirishda yoki qabul qilishda (kommunal va aloqa xizmati, budjet, budjetdan tashqari jamgʻarmalarga toʻlovlar hamda boshqa majburiy toʻlovlar bundan mustasno);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) shubhali operatsiyalar amalga oshirilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) mijoz toʻgʻrisida avval olingan maʼlumotlarning toʻgʻriligiga yoki yetarli ekanligiga nisbatan gumonlar mavjud boʻlganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlar mazkur Qoidalar kuchga kirgunga qadar hisobvaraq ochilgan mijozlarga nisbatan ham amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Tijorat banklari tomonidan mijozni lozim darajada tekshirish boʻyicha koʻriladigan chora-tadbirlar quyidagilarni oʻz ichiga olishi shart:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli hujjatlar asosida mijozning va u qaysi shaxslar nomidan ish koʻrayotgan boʻlsa, oʻsha shaxslarning shaxsini hamda vakolatlarini tekshirishni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijozning haqiqiy egasini identifikatsiyalashni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijoz tomonidan amalga oshiriladigan ish munosabatlari va operatsiyalarni ularning bunday mijoz va uning faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga muvofiqligini tekshirish maqsadida doimiy asosda oʻrganish oʻtkazishni.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Tijorat banki tomonidan mijoz va mijozning haqiqiy egasini identifikatsiyasi mazkur Qoidalarning 1 va 2-ilovalarida koʻzda tutilgan maʼlumotlar, shuningdek operatsiyalar va boshqa bitimlarning bajarilishi uchun asos hisoblanuvchi hujjatlar va boshqa zarur maʼlumotlar asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Tijorat banki tomonidan jismoniy shaxs — mijozni identifikatsiyalash shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki uni oʻrnini bosadigan hujjat) asosida amalga oshiriladi. Bunda, tijorat banki mustaqil ravishda bunday hujjatning asli bilan tanishib chiqishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Yuridik shaxslarga nisbatan mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlar bajarilayotganda tijorat banklari ulardan davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi tegishli hujjatlarni, rahbariyati haqidagi, shuningdek taʼsis hujjatlarida koʻrsatilgan maʼlumotlarni olishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik shaxslarni lozim darajada tekshirish jarayonida tijorat banki pirovard natijada mijozning mulkdori boʻlgan yoki mijozni nazorat qiluvchi mijozning haqiqiy egasi — jismoniy shaxsni identifikatsiyalash boʻyicha, shu jumladan mijozning hamda uning taʼsischilari (jamiyat aksiyalarining kamida oʻn foiziga ega boʻlgan aksiyadorlari, ishtirokchilari)ning mulk va boshqaruv tuzilmasini oʻrganish orqali asosli va imkoni mavjud boʻlgan choralarni koʻrishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Agar mijoz yoki mijozning haqiqiy egasi mulkchilik tarkibi toʻgʻrisida maʼlumotni oshkor qilish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar talablari tatbiq qilinuvchi yuridik shaxs hisoblansa, bunday yuridik shaxsning taʼsischilari (jamiyat aksiyalarining kamida oʻn foiziga ega boʻlgan aksiyadorlari, ishtirokchilari)ni aniqlash va tasdiqlash talab etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Tijorat banki yuridik shaxs — mijozni batafsil oʻrganish maqsadida quyidagilarga alohida eʼtibor qaratishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijozning taʼsischilari (jamiyat aksiyalarining kamida oʻn foiziga ega boʻlgan aksiyadorlari, ishtirokchilari) tarkibiga, mijozning ustav fondi (kapitali)ning 10 foizdan ortiq ulushiga egalik qilayotgan shaxslarni aniqlashga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijoz boshqaruvi organlari tuzilmasiga va ularning vakolatlariga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijoz ustav fondi (kapitali)ning roʻyxatga olingan miqdoriga.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Mijozni va operatsiyaning boshqa ishtirokchilarini identifikatsiyalash imkonini beruvchi barcha hujjatlar ular taqdim etilgan sanada amalda boʻlishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga nisbatan mijozlarni lozim darajada tekshirish chora-tadbirlarining oʻtkazilishi talab qilinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Tijorat banklari mijozlardan olingan axborotlar (hujjatlar) ishonchliligiga shubhalar mavjud boʻlganda, ushbu axborotlarni (hujjatlarni) tekshirish (verifikatsiyalash) boʻyicha choralarni koʻrishlari lozim. Bunday holatlarda, tijorat banklari tegishli tashkilotlarga mijozlar haqidagi axborotlarning (hujjatlarning) ishonchligini (haqiqiyligini) aniqlashtirish uchun murojaat qilishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Norezident-bank bilan vakillik munosabatlar oʻrnatilishida va amalga oshirilishida norezident-bankni identifikatsiyalashdan tashqari, tijorat banki quyidagilarni amalga oshirishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
norezident-bankning ish faoliyati xususiyatlari toʻgʻrisida toʻliq maʼlumotga ega boʻlish uchun u haqidagi axborotlarni yigʻish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ochiq maʼlumotlar asosida norezident-bankning obroʻsini va nazorat sifatini, shu jumladan, ushbu bankka nisbatan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga oid qoidabuzarliklar yuzasidan tergov harakatlari olib borilgan yoki borilmaganligini aniqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“tranzit hisobvaraqlar”ga nisbatan — bank-respondentda bank-korrespondent soʻrovi boʻyicha mijoz toʻgʻrisida kerakli identifikatsiyalashga oid zarur maʼlumotlarni taqdim etish imkoniyati mavjudligi toʻgʻrisida tasdiq olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tranzit oʻtkazmalarini amalga oshirish maqsadida boshqa banklar bilan munosabatlarni oʻrnatishda elektron toʻlovlar toʻgʻrisidagi barcha maʼlumotlarni saqlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Norezident-bank bilan vakillik munosabatlarini oʻrnatish toʻgʻrisida qaror tijorat banki Boshqaruvi tomonidan qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Tijorat banklari vakillik munosabatlari oʻrnatilayotgan norezident-banklar tomonidan tekshirishning xalqaro standartlar qoʻllanilishi va operatsiyalarga nisbatan tegishli tekshiruv tartiblaridan foydalanilishi haqida ishonch hosil qilishlari kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlar hududida joylashgan norezident-banklar yoki ularning shuʼba banklari, filiallari va vakolatxonalari bilan vakillik munosabatlarini davom ettirish jarayonida tijorat banklari ular bilan amalga oshirilayotgan barcha operatsiyalarga alohida eʼtibor qaratishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Tijorat banklari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ular roʻyxatdan oʻtgan davlatlarning hududida doimiy faoliyat yurituvchi boshqaruv organlari boʻlmagan banklar tomonidan hisobvaraqlari foydalanayotganligi toʻgʻrisida maʼlumot mavjud boʻlgan norezident-banklar bilan munosabatlar oʻrnatilishini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar koʻrishlari shart;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro hisob-kitoblar amalga oshirilishida mazkur hisob-kitoblar bilan bogʻliq toʻlov tafsilotlari va boshqa maʼlumotlarni bank-korrespondentlarga taqdim etishi mumkin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
joʻnatuvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (jismoniy shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, yuridik shaxslarning nomi, joʻnatuvchining joylashgan eri (pochta manzili) va hisob raqami) taqdim etilmagan yoxud qisman taqdim etilgan xalqaro pul oʻtkazmalari bilan bogʻliq operatsiyalarga alohida eʼtibor qaratishlari va batafsil tahlil qilishlari lozim;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlarda joylashgan oʻzlarining chet eldagi shuʼba banklari, filiallari va vakolatxonalari faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirishlari kerak;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzlarining chet eldagi shuʼba banklari, filiallari va vakolatxonalaridan ular joylashgan mamlakatlar qonun hujjatlarida taqiq mavjudligi sababli, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha tegishli choralarni koʻrish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, tijorat bankining bosh ofisiga axborot berilishini talab qilishga majburdirlar. Oʻz navbatida tijorat banklari bu haqda Markaziy bankka va Departamentga xabar berishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tijorat banklarining chet eldagi shuʼba banklari, filiallari va vakolatxonalari agarda ular joylashgan mamlakatning qonun hujjatlarida tijorat bankining ichki qoidalariga nisbatan yengilroq ichki nazorat choralari belgilangan boʻlsa, ular jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish borasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirishda tijorat bankining ichki qoidalariga rioya qilishlari kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Xalqaro pul oʻtkazmalari tizimlari boʻyicha xizmatlarni koʻrsatuvchi kompaniyalar (bundan buyon matnda xalqaro pul oʻtkazmalari tizimlari deb yuritiladi) bilan munosabatlar oʻrnatilishida va amalga oshirilishida bunday tashkilotni identifikatsiyalashdan tashqari, tijorat banki quyidagilarni amalga oshirishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro pul oʻtkazmalari boʻyicha sherigining ish faoliyati xususiyatlari toʻgʻrisida toʻliq maʼlumotga ega boʻlish uchun u haqidagi axborotlarni yigʻish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ochiq maʼlumotlar asosida tashkilotning obroʻsini, jumladan, ushbu tashkilotga nisbatan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga oid kamchiliklar yuzasidan tergov olib borilgan yoki borilmaganligini aniqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron toʻlovlar toʻgʻrisidagi barcha maʼlumotlarni saqlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqaro pul oʻtkazmalari tizimlari bilan vakillik munosabatlarini oʻrnatish toʻgʻrisidagi qaror tijorat banki boshqaruvi tomonidan qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Xalqaro pul oʻtkazmalari boʻyicha, shu jumladan xalqaro pul oʻtkazmalari tizimlari orqali operatsiyalarni amalga oshiruvchi tijorat banklari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzlarining bunday xizmatlarni koʻrsatuvchi boʻlinmalari (shoxobcha, boʻlim va shu kabilar) va ushbu boʻlinmalar xodimlarini hisobini yuritishlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pul oʻtkazmalariga oid operatsiyalarni jismoniy shaxs — mijozlarni lozim darajada tekshirgandan soʻng amalga oshirishlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
joʻnatiladigan pul oʻtkazmalarini mijoz-joʻnatuvchi haqidagi (familiyasi, ismi, otasining ismi (agar mavjud boʻlsa); shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki uning oʻrnini bosadigan hujjat) seriyasi va raqami; agar operatsiya jarayonida hisobvaraq ishlatilgan boʻlsa, u holda uning raqami yoki operatsiyaning xos raqami) va oluvchi haqidagi (familiyasi, ismi, otasining ismi (agar mavjud boʻlsa); agar operatsiya jarayonida hisobvaraq ishlatilgan boʻlsa, u holda uning raqami yoki operatsiyaning xos raqami) aniq maʼlumotlar bilan birga yuborilishini taʼminlashlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
norezident-banklardan va xalqaro pul oʻtkazmalari tizimlaridan eng kam ish haqining 25 baravari miqdorigacha boʻlgan summadagi pul mablagʻlarini joʻnatuvchilari haqidagi minimal maʼlumotlarni (familiyasi, ismi, otasining ismi (agar mavjud boʻlsa); agar operatsiya jarayonida hisobvaraq ishlatilgan boʻlsa, u holda uning raqami yoki operatsiyaning xos raqami) taqdim etilishini talab qilishlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
norezident-banklardan va xalqaro pul oʻtkazmalari tizimlaridan eng kam ish haqining 25 baravari miqdoriga teng yoki undan oshadigan summadagi pul mablagʻlarini joʻnatuvchilari haqidagi minimal maʼlumotlarni (familiyasi, ismi, otasining ismi (agar mavjud boʻlsa); shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki uning oʻrnini bosadigan hujjat) seriyasi va raqami; joʻnatuvchining yashash manzili yoki tugʻilgan sanasi va joyi; agar operatsiya jarayonida hisobvaraq ishlatilgan boʻlsa, u holda uning raqami yoki operatsiyaning xos raqami) taqdim etilishini talab qilishlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oluvchisi va (yoki) joʻnatuvchisi haqidagi talab qilingan maʼlumotlarga ega boʻlmagan xalqaro pul oʻtkazmalarini aniqlash boʻyicha asosli va imkoni mavjud boʻlgan choralarni koʻrishlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oluvchisi va (yoki) joʻnatuvchisi haqidagi talab qilingan maʼlumotlarga ega boʻlmagan xalqaro pul oʻtkazmalari aniqlanganda tijorat banki tomonidan koʻriladigan choralar (ijro qilish, rad etish, toʻxtatish yoki boshqalar) tartibini belgilovchi, tavakkalchiliklarni baholashga asoslangan ichki hujjatni ishlab chiqishlari kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Tijorat banklari norezident-vakil banklardan va xalqaro pul oʻtkazmalari tizimlaridan ular bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq pul mablagʻlarini joʻnatuvchilari haqidagi qoʻshimcha maʼlumotlarni uch ish kuni davomida olish imkoniyatiga ega boʻlishlari kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunday imkoniyat mavjud boʻlmaganda tijorat banklari bunday xalqaro pul oʻtkazmalari tizimlari bilan shartnomani bekor qilish masalasini koʻrib chiqishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Toʻlov oʻtkazmalarida vositachi (tranzit bank) sifatida ishtirok etuvchi tijorat banklari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron toʻlovlarga ilova qilinadigan joʻnatuvchi va oluvchi haqidagi barcha maʼlumotlarni, joʻnatuv toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan birga yuborilishini va besh yildan kam boʻlmagan muddat davomida saqlanishini taʼminlashlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oluvchisi va (yoki) joʻnatuvchisi haqidagi talab qilingan maʼlumotlarga ega boʻlmagan xalqaro pul oʻtkazmalarini aniqlash boʻyicha asosli va imkoni mavjud boʻlgan choralarni koʻrishlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tavakkalchiliklarni baholashga asoslangan holda oluvchisi va (yoki) joʻnatuvchisi haqidagi talab qilingan maʼlumotlarga ega boʻlmagan xalqaro pul oʻtkazmalari aniqlanganda tijorat banki tomonidan amalga oshiriladigan choralar tartibini belgilovchi dasturni ishlab chiqishlari kerak;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oluvchisi va (yoki) joʻnatuvchisi haqidagi talab qilingan maʼlumotlarga ega boʻlmagan xalqaro pul oʻtkazmalari aniqlanganda, bunday oʻtkazmalar haqida Departamentga xabar berish masalasini koʻrib chiqishlari kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Agar ushbu mijoz va mijozning haqiqiy egasi mazkur Qoidalarga muvofiq tijorat banki tomonidan ilgari indentifikatsiyalangan boʻlsa, mijozni va mijozning haqiqiy egasini qayta identifikatsiyalash majburiy hisoblanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Mijoz va mijozning haqiqiy egasini qayta identifikatsiyalash avvalgi identifikatsiyalash natijasida olingan maʼlumotlar ishonchliligiga gumon tugʻilgan taqdirda amalga oshirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Mijoz va mijozning haqiqiy egasini identifikatsiyalashda tijorat banki olingan maʼlumotlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Departament tomonidan shakllantiriladigan va tijorat banklariga taqdim qilinadigan, mazkur Qoidalarning 52-bandida koʻrsatilgan shaxslar roʻyxati (bundan buyon matnda Roʻyxat deb yuritiladi) hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlar roʻyxati bilan solishtirib chiqishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mijoz va mijozning haqiqiy egasini identifikatsiyalash jarayonida Roʻyxatga kiritilgan shaxslar aniqlangan taqdirda tijorat banki mazkur Qoidalarning VIII bobida oʻrnatilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Tijorat banklari quyidagi hollarda mijozga operatsiyalarni amalga oshirishni rad etishga haqlidirlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxsning boshqaruv organi yoki yuridik shaxs nomidan ishonchnomasiz faoliyat koʻrsatish huquqiga ega boʻlgan shaxs oʻzining joylashgan eri (pochta manzili) boʻyicha mavjud boʻlmaganida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
atayin notoʻgʻri boʻlgan hujjatlar taqdim etilganda yoki qonun hujjatlariga muvofiq soʻraladigan hujjatlar taqdim etilmaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Tijorat banklariga quyidagilar taqiqlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
anonim shaxslarga, yaʼni hisobvaraq (omonat) ochayotgan jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan uni identifikatsiyalash uchun zarur boʻlgan hujjatlar taqdim etilmagan holda, hisobvaraq (omonat) ochish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻylab chiqarilganligi aniq boʻlgan nomlarga hisobvaraqlar ochish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hisobvaraq ochayotgan shaxsning yoxud uning vakolatli vakilining shaxsan ishtirokisiz hisobvaraq ochish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzlari va doimiy faoliyat yurituvchi boshqaruv organlari ular roʻyxatdan oʻtgan davlatlarning hududida joylashmagan norezident-banklar bilan munosabat oʻrnatish va davom ettirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taqdim etuvchiga boʻlgan qimmatli qogʻozlar va boshqa moliyaviy instrumentlar chiqarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijozni identifikatsiyalamasdan chet el valyutasidagi pul mablagʻlarini olish yoki joʻnatish boʻyicha xizmatlarni koʻrsatish, shu jumladan xalqaro pul oʻtkazmalari tizimlari orqali;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Roʻyxatga kiritilgan shaxslar bilan operatsiyalarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmaydigan davlatlar hududida shuʼba banklari, filiallar yoki vakolatxonalar tashkil etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Mijozni lozim darajada tekshirish imkoniyati mavjud boʻlmagan taqdirda tijorat banki bu haqida Departamentga xabar berish masalasini koʻrib chiqishi va bunday mijoz bilan hamkorlik munosabatlariga kirishish yoki bunday mijozning operatsiyalarini amalga oshirishdan voz kechishi yoxud u bilan har qanday amaliy ish munosabatlarini toʻxtatishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Norezident-bank tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha xalqaro standartlar talablari buzilishi holatlari haqida axborot mavjud boʻlgan taqdirda, tijorat banki boshqaruvi ushbu vakil bank bilan hamkorlikni toʻxtatishgacha boʻlgan tegishli choralar koʻrish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV bob. Gumonli va shubhali operatsiyalar mezonlari va alomatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Operatsiyalar quyidagi mezon va alomatlarning biri mavjud boʻlganda gumonli operatsiya deb tan olinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tijorat banki tomonidan tavakkalchilik darajasi yuqori deb berilgan operatsiya yoki uni amalga oshirayotgan mijoz;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rezident-mijoz tomonidan tovar yetkazib berish (ish bajarish, xizmat koʻrsatish) shartnomasi boʻyicha avval olingan summani norezident foydasiga muntazam ravishda qaytarib berilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
operatsiyani amalga oshirish uchun taqdim qilingan hujjatlarning haqiqiyligiga (ishonchligiga) gumon tugʻilishi va (yoki) operatsiya toʻgʻrisidagi, shu jumladan operatsiya bajaruvchi tomonlarning biri haqidagi maʼlumotlar tijorat bankida mavjud boʻlgan maʼlumotlarga muvofiq kelmasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
operatsiyani amalga oshirish uchun ariza (topshiriq, iltimosnoma) bilan murojaat qilinganda mijozning xatti-harakatlarining gʻayrioddiyligi, masalan: asabiylashishi, ikkilanish, mijozning harakatlarini boshqarib turuvchi shaxslarning mavjudligida uning agressivligi yoki uning boshqa shaxslarga arzimas sabab yuzasidan telefon orqali maslahat uchun murojaat qilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijozning maxfiylik masalalari yuzasidan gʻayrioddiy tashvishlanishi yoki tijorat banki tomonidan operatsiya haqida soʻralgan maʼlumotlarni mijoz tomonidan asossiz rad etilishi yoxud taqdim etilishida asossiz kechiktirilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
amalga oshirilayotgan operatsiya boʻyicha mijoz hamkorlarini aniqlash imkoni yoʻqligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
operatsiya aniq iqtisodiy mohiyatga ega emasligi va mijoz faoliyatining tavsifi va faoliyat turiga muvofiq kelmasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijoz faoliyati tavsifiga bogʻliq boʻlmagan holda uning hisobvaragʻida pul mablagʻlari aylanmasining asossiz koʻpayishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tijorat banki ishtirokida mijoz tomonidan bajarilayotgan operatsiyalarning operatsiyalarni amalga oshirishning umumqabul qilingan amaliyotiga yaqqol nomuvofiqligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijoz tomonidan bajarilayotgan operatsiyalarga oʻxshash operatsiyalarning summalari asossiz taqsimlanishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi mijozning odatiy faoliyatidan farq qiluvchi nostandart yoki gʻayrioddiy murakkab sxemalardan iborat boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijoz tomonidan avval kelishilgan operatsiyaning amalga oshirish sxemasiga uning amalga oshirilishi bevosita boshlanishidan oldin, pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulklarning harakat yoʻnalishiga taalluqli boʻlgan muhim oʻzgartirishlar kiritilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy shaxs tomonidan ayirboshlash kuniga belgilangan eng kam ish haqining 500 baravari miqdoriga teng boʻlgan yoki undan oshadigan summada bir qiymatdagi banknotlarni boshqa qiymatdagi banknotlarga ayirboshlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy shaxs tomonidan operatsiya amalga oshirilish kuniga belgilangan eng kam ish haqining 500 baravari miqdoriga teng yoki undan oshadigan summada naqd pul koʻrinishidagi pul mablagʻlarini yuridik shaxsning yoki yakka tartibdagi tadbirkorning bank hisobvaragʻiga qarz, kredit, moliyaviy yordam, ustav fondi (kapital)ga qoʻyilma sifatida kiritilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
norezident tomonidan rezidentga grantlar, moliyaviy yordam, qarz yoki begʻaraz yordam sifatida pul mablagʻlari berilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar hisobvaraqlaridan operatsiya amalga oshirilish kuniga belgilangan eng kam ish haqining 500 baravari miqdoriga teng yoki undan oshadigan summadagi pul mablagʻlarini moliyaviy yordam yoki qarz sifatida koʻchirilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy shaxslarning hisobvaraqlariga yuridik shaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar hisobvaraqlaridan operatsiya amalga oshirilish kuniga belgilangan eng kam ish haqining 500 baravari miqdoriga teng yoki undan oshadigan summadagi pul mablagʻlarini dividend sifatida koʻchirilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir kontragentning terminalidan bir kun davomida besh va undan ortiq xalqaro toʻlov kartalaridan har bir kartaning operatsiyasi miqdori eng kam ish haqining 25 baravariga teng boʻlgan yoki undan oshadigan summadagi operatsiyalar (toʻlov yoki naqd pul yechilishi) amalga oshirilishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49. Operatsiyalar quyidagi mezon va alomatlarning biri mavjud boʻlganda shubhali operatsiya deb tan olinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
operatsiya bajaruvchi tomonlardan biri jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatda doimiy yashayotgan, turgan yoki roʻyxatga olingan shaxs boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy shaxslar tomonidan, shu jumladan pul oʻtkazmalari tizimlari orqali bir vaqtda yoki 3 oydan oshmagan muddat davomida koʻp marotaba eng kam ish haqining 500 baravari miqdoriga teng yoki undan oshadigan umumiy summada chet el valyutasida chet eldan joʻnatilgan pul mablagʻlari olinishi yoki chet elga pul mablagʻlari joʻnatilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy shaxslar tomonidan bir vaqtda yoki 3 oydan oshmagan muddat davomida koʻp marotaba eng kam ish haqining 500 baravari miqdoriga teng yoki undan oshadigan umumiy summada chet el valyutasidagi pul mablagʻlari sotilishi yoki sotib olinishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga anonim shaxsga ochilgan hisobvaraqqa pul mablagʻlari koʻchirilishi hamda Oʻzbekiston Respublikasiga anonim shaxsga ochilgan hisobvaraqdan yoki joʻnatuvchisi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjud boʻlmagan pul mablagʻlarining oʻtkazilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pul mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga offshor hududlarda doimiy yashovchi yoki roʻyxatga olingan shaxslarning hisobvaragʻiga yoki foydasiga oʻtkazilishi, yoxud bunday shaxslarning hisobvaragʻidan Oʻzbekiston Respublikasiga 30 kun davomida oxirgi oʻtkazish (kelib tushish) kunida belgilangan eng kam ish haqining 500 baravariga teng boʻlgan yoki undan oshadigan umumiy summada mablagʻlar bir marotaba yoki koʻp marotaba oʻtkazilishi (kelib tushishi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taqdim etuvchiga tegishli aksiyalarning emitenti hisoblangan norezident shaxslar bilan operatsiyalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tijorat banki tomonidan xabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalar toifasiga kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan gumonli operatsiya;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur bandda nazarda tutilgan mezon va alomatlarga ega boʻlmagan, mazkur Qoidalar va tijorat bankining ichki qoidalari bilan belgilangan gumonli operatsiyalar toifasiga kirmaydigan, biroq jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va (yoki) terrorizmni moliyalashtirishga aloqadorligiga tijorat bankida shubha mavjud boʻlgan operatsiyalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50. Ichki qoidalar bilan gumonli operatsiyalarni qoʻshimcha mezonlari va alomatlari belgilanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51. Tijorat banklari barcha murakkab, gʻayrioddiy yirik operatsiyalarga, shuningdek aniq iqtisodiy yoki qonuniy maqsadga ega boʻlmagan operatsiyani amalga oshirishning gʻayrioddiy sxemalariga kuchaytirilgan eʼtibor qaratishlari kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V bob. Alohida hollarda xabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalar mezonlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
52. Operatsiya bajaruvchi tomonlaridan biri quyidagi shaxslar hisoblanishi toʻgʻrisida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda olingan axborot mavjud boʻlganda har qanday operatsiya xabar qilinishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoxud ishtirok etishda gumon qilinayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
terrorchilik faoliyatini amalga oshirayotgan yoxud amalga oshirishda gumon qilinayotgan tashkilotning bevosita yoki bilvosita mulkdori boʻlgan yoxud uni nazorat qilayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
terrorchilik faoliyatini amalga oshirayotgan yoki amalga oshirishda gumon qilinayotgan jismoniy shaxsning yoxud tashkilotning mulkidagi yoki nazorati ostidagi yuridik shaxs.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
53. Agar uning bir tomonlaridan biri jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlarda doimiy yashayotgan, joylashgan yoki roʻyxatdan oʻtgan shaxslar boʻlsa, ushbu operatsiyalar ham Departamentga xabar qilinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI bob. Tavakkalchilik darajasini aniqlash va baholash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
54. Tijorat banki tavakkalchilik darajasini aniqlash, baholash, monitoring qilish, boshqarish va uni kamaytirish boʻyicha tegishli choralar koʻrishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tavakkalchiliklarni aniqlash, baholash, monitoring qilish, boshqarish, kamaytirish va hujjatlashtirish boʻyicha tegishli choralarni koʻrish tartibi ichki qoidalar bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tavakkalchilik darajasi mijozning amalga oshiradigan operatsiyalari turlari va mazkur Qoidalarda belgilangan mezonlar hamda mijozni lozim darajada tekshirish natijalarini, mijoz va operatsiya bilan bogʻliq tavakkalchilik (mijozlar, mamlakatlar va geografik hududlar) omillarini inobatga olgan holda mijoz taqdim qilgan maʼlumotlar asosida, masʼul xodim tomonidan aniqlanadi va baholanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
55. Tijorat banki avvaldan quyidagi mezonlarga javob beradigan mijozlarni yuqori darajadagi tavakkalchilik toifasiga kiritib, ularga nisbatan kuchaytirilgan eʼtibor qaratishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotganligi haqida; yoxud terrorchilik faoliyati bilan shugʻullanayotgan shaxslarning nazorati ostida ekanligi haqida; yoxud terrorchilik faoliyati bilan shugʻullanayotgan yoki shugʻullanishda gumon qilinayotgan tashkilotning bevosita yoki bilvosita mulkdori ekanligi yoxud uni nazorat qilayotganligi haqida maʼlumot mavjud boʻlgan shaxslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatda doimiy yashayotgan, turgan yoki roʻyxatga olingan shaxslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) taqdim etuvchiga boʻlgan aksiyalarning emitenti hisoblangan norezident — yuridik shaxslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) offshor hududda doimiy yashayotgan, turgan yoki roʻyxatga olingan shaxslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) offshor hududlarda hisobvaraqqa ega boʻlgan rezident va norezidentlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) haqiqatda joylashgan joyi taʼsis yoki roʻyxatga olish hujjatlarida koʻrsatilgan maʼlumotlarga muvofiq boʻlmagan tashkilotlar va yakka tartibdagi tadbirkorlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) faoliyat davri moliyaviy yilning bir choragidan oshmagan tashkilot va yakka tartibdagi tadbirkorlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) haqiqiy egasi mazkur bandning “a” va “b” kichik bandlarida koʻrsatilgan shaxslar hisoblangan tashkilotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
i) muntazam ravishda (masalan, 3 oy ichida ketma-ket) shubhali yoki gumonli operatsiyalarni amalga oshiruvchi mijozlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
k) mijozning shaxsan ishtirokisiz operatsiyani amalga oshirish imkonini beruvchi dasturiy majmualaridan foydalanuvchi mijozlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
l) ichki qoidalarda belgilanadigan boshqa shaxslar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
56. Tijorat banki quyidagi mezonlarga javob beradigan operatsiyalarni yuqori darajadagi tavakkalchilik toifasiga kiritishi va ularga nisbatan kuchaytirilgan eʼtibor qaratishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) ishtirokchilari mazkur Qoidalarning 55-bandi “a”, “b” va “z” kichik bandlarida koʻrsatilgan shaxslar hisoblangan operatsiyalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) offshor hududda ochilgan hisobvaraqlar orqali amalga oshiriladigan operatsiyalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) qimmatbaho metallar, qimmatbaho toshlar, shuningdek tarkibida qimmatbaho metallar, qimmatbaho toshlar mavjud boʻlgan zargarlik buyumlari bilan operatsiyalar, tijorat banklari oʻzlari amalga oshiradigan bunday operatsiyalardan tashqari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) joʻnatuvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlari (jismoniy shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, yuridik shaxslarning nomi, joʻnatuvchining joylashgan eri (pochta manzili) va hisob raqami) toʻliq hajmda taqdim etilmagan pul mablagʻlarini oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) ichki qoidalarda belgilanadigan boshqa operatsiyalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
57. Mijoz yoki mijoz tomonidan amalga oshiriladigan operatsiya yuqori darajadagi tavakkalchilik toifasiga kiritilgan taqdirda, Ichki nazorat xizmati ushbu mijoz tomonidan amalga oshirilayotgan operatsiyalar ustidan doimiy monitoring yuritishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
58. Mijoz tomonidan amalga oshirilayotgan operatsiyalarning tavsifi oʻzgarishiga qarab, Ichki nazorat xizmati zarur hollarda u bilan ishlash boʻyicha tavakkalchilik darajasini qayta koʻrib borishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
59. Ichki nazorat xizmati ichki qoidalarda belgilangan tartibda yuqori tavakkalchilik darajasi toifasiga kiritilgan barcha mijozlarning hisobini yuritishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
60. Tijorat banki jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va (yoki) terrorizmni moliyalashtirish maqsadida texnologik yutuqlardan foydalanilishini oldini olishga qaratilgan choralarni koʻrishi kerak. Ushbu maqsadda tijorat banki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangi xizmat turlari va yangi ish amaliyoti ishlab chiqilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangi va mavjud xizmat turlari uchun yangi yoki rivojlanayotgan texnologiyalardan foydalanilishi sababli yuzaga kelishi mumkin boʻlgan tavakkalchilik darajalarini aniqlashi va baholashi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
61. Tavakkalchilikni bunday baholash yangi xizmat turlarini, ish amaliyotini tatbiq qilishdan yoki yangi yoxud rivojlanayotgan texnologiyalardan foydalanishdan avval oʻtkazilishi kerak. Bunda, bunday tavakkalchilikni aniqlash va baholash tijorat bankining yangi xizmat turlarini (yangi texnologiyani) bevosita joriy qilayotgan boʻlinmasi tomonidan Ichki nazorat xizmati bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tijorat bankining mazkur boʻlinmasi va Ichki nazorat xizmati ushbu tavakkalchiliklarni monitoring qilish va kamaytirish uchun tegishli choralarni koʻrishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻrilgan choralar natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumot bank boshqaruviga taqdim qilinishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
62. Masofaviy xizmatlarni koʻrsatuvchi tijorat banklari tavakkalchilikni kamaytirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
masofaviy xizmatlarni koʻrsatish toʻgʻrisida mijozlar bilan imzolanadigan shartnomalarda mijoz tomonidan ushbu xizmatlardan foydalangan holda amalga oshirilgan shubhali operatsiyalar aniqlangan taqdirda koʻriladigan choralar (bajarilgan operatsiyalarning qonuniyligi haqida mijoz yozma tushuntirish bergunga qadar ushbu xizmatlarni koʻrsatishni toʻxtatib turish; ushbu xizmatlarni koʻrsatishni rad etish)ni koʻzda tutishlari kerak;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
masofaviy xizmatlardan foydalanilgan holda shubhali operatsiyalar amalga oshirilganligi haqidagi gumonlar mavjud boʻlganda tijorat banki masofaviy xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomada qayd etilgan shaxs tomonidan operatsiyalar amalga oshirilayotganligini mijozning joylashgan eri (pochta manzili) yoki masofaviy xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomada belgilangan manzil boʻyicha oʻrganish huquqiga ega;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
masofaviy xizmatlardan foydalanilgan holda shubhali operatsiyalar amalga oshirilganda, bunday xizmatlarni koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomada koʻrsatilgan muddatga masofaviy xizmatlarni koʻrsatishni toʻxtatishlari kerak;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish maqsadida masofaviy xizmatlardan foydalanilganligi haqida asoslantirilgan shubhalar mavjud boʻlganida bunday xizmatlarni koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomalarni oʻrnatilgan tartibda bekor qilishlari kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Masofaviy xizmatlardan foydalanayotgan mijozni u joylashgan eri (pochta manzili) yoki masofaviy xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomada belgilangan manzilda oʻrganish jarayonida, tijorat banki mijoz tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 2465, 2013-yil 3-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 23-son, 309-modda) talablariga rioya qilinishini, jumladan pul hisob-kitob hujjatlarining rasmiylashtirilishi, ularning mijozning vakolatli shaxslari (rahbari, bosh hisobchisi) tomonidan imzolanib tasdiqlanishi, ushbu hujjatlar boʻyicha oʻtkazmalar faqat aynan elektron imzolash huquqi mavjud boʻlgan shaxs tomonidan elektron imzolash orqali tasdiqlangandan keyin amalga oshirilishiga, mazkur hujjatlarning saqlanishiga alohida eʼtibor qaratishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VII bob. Gumonli va shubhali operatsiyalarni aniqlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
63. Identifikatsiyalash jarayonida olingan maʼlumotlar, shuningdek mijoz bilan ishlashga berilgan tavakkalchilik darajasi mijoz tomonidan amalga oshiriladigan (oshirilgan) operatsiyalarning mijoz faoliyatining asosiy yoʻnalishlariga muvofiqligiga ishonch hosil qilish uchun va zarur hollarda mablagʻlar manbalarini oʻrganish uchun monitoringga asos boʻlib hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
64. Mijozlarni identifikatsiyalash va ular operatsiyalarining joriy tekshiruvi lavozim majburiyatlariga muvofiq tijorat bankining mijozlarga bevosita xizmat koʻrsatuvchi (masʼul ijrochilar, kassirlar va shu kabi) xodimlar tomonidan oʻtkaziladi, ular shubhali va (yoki) gumonli alomatlari mavjud operatsiyalar aniqlagan taqdirda bunday operatsiyalar haqida bevosita oʻz rahbariga va Ichki nazorat xizmati xodimlariga yozma ravishda zudlik bilan xabar berishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mijozlar operatsiyalarining keyingi tekshiruvi Ichki nazorat xizmati xodimlari tomonidan joriy tekshiruv jarayonida aniqlanmaydigan shubhali operatsiyalarni aniqlash maqsadida, mijozning oʻtgan davr mobaynida bajargan operatsiyalarini tahlil qilish orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
65. Gumonli va (yoki) shubhali operatsiyalar alomatlari mavjud operatsiyalar aniqlanganda tijorat bankining mijozlarga bevosita xizmat koʻrsatuvchi xodimlari Ichki nazorat xizmatining topshirigʻiga binoan zarur hollarda oʻtkazilayotgan operatsiya haqidagi qoʻshimcha maʼlumotlar yuzasidan mijozga murojaat qiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
66. Ichki nazorat xizmati xodimlari mijoz va operatsiya haqidagi maʼlumotlarni oʻrganadilar, tegishli maʼlumotlarni maxsus jurnalga va mijoz anketasida qayd etadilar hamda yetarli asoslar mavjud boʻlganda Ichki nazorat xizmati rahbariga gumonli operatsiyani shubhali sifatida tasniflash haqida taklif yuboradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
67. Asosli shubhalar mavjud boʻlgan taqdirda Ichki nazorat xizmati rahbari mijoz operatsiyasini shubhali deb hisoblash toʻgʻrisida yozma qaror qabul qiladi hamda bu haqida bank boshqaruvi raisiga maʼlum qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
68. Operatsiyalarni shubhali deb tan olish har bir alohida holatda mazkur Qoidalar hamda tijorat bankining ichki qoidalari bilan belgilangan mezonlar va alomatlardan foydalangan holda kompleks tahlil asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
69. Mijoz operatsiyasini shubhali deb tan olingandan soʻng, Ichki nazorat xizmati quyidagi choralarni koʻrishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shubhali operatsiya toʻgʻrisida Departamentga xabar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijoz toʻgʻrisida qoʻshimcha maʼlumot olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijozning tavakkalchilik darajasini qayta koʻrib chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijozning operatsiyalari ustidan monitoringni kuchaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlariga va mijoz bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq shartnoma munosabatlarini toʻxtatish masalasini koʻrib chiqish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
70. Shubhali operatsiya haqidagi xabar Ichki nazorat xizmati tomonidan shubhali operatsiya aniqlangan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 12-oktabrdagi 272-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 42-son, 450-modda) bilan tasdiqlangan Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq axborotni taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq Departamentga beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
71. Har bir xabar toʻgʻrisidagi maʼlumot maxsus jurnalga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki nazorat xizmati har kuni Departamentga yuborilgan xabar haqida, elektron xabardagi barcha axborotlar aks ettirilgan jadvalda qogʻoz shaklida maʼlumot shakllantiradi. Mazkur jadval ijrochi tomonidan imzolanishi va Ichki nazorat xizmati rahbari tomonidan tasdiqlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunday jadvallar shakllantirilayotganda elektron xabarlarni qogʻoz shaklida chiqarish talab qilinmaydi. Departamentga yuborilgan xabar elektron shakldan qogʻoz shakliga chiqarilganda Ichki nazorat xizmati rahbarining imzosi bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki nazorat xizmati rahbari boʻlmagan holatda yuborilgan xabarlar haqidagi jadval va (yoki) xabarning qogʻoz shaklidagi nusxasi tijorat banki boshqaruvi raisining yozma bergan vakolati asosida Ichki nazorat xizmati rahbarining oʻrinbosari yoki masʼul xodim tomonidan imzolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
72. Departamentga yuborilgan barcha xabarlar va yuborilgan xabarlar haqida jadval shaklidagi maʼlumot bevosita Ichki nazorat xizmati rahbari tomonidan maxsus jihozlangan xonada yoki yonmaydigan va muhrlanadigan seyfda saqlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
73. Tijorat banklari, shuningdek tegishli operatsiyaning shubhali ekanligini tasdiqlovchi yoki shubhaliligini olib tashlovchi har qanday maʼlumot yuzasidan darhol Departamentga xabar berishlari zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VIII bob. Alohida hollarda xabar berilishi lozim boʻlgan operatsiyalar aniqlanganda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
74. Agar mijoz bilan munosabatlarni oʻrnatish davrida, yoki ushbu munosabatlarni amalga oshirishda, yoxud bir marotabalik operatsiyalarni oʻtkazishda tijorat banki xodimlarida mazkur Qoidalarga muvofiq operatsiya alohida hollarda xabar qilinishi lozimligi toʻgʻrisida shubhalar paydo boʻlsa, bu haqida zudlik bilan bunday operatsiya aniqlangan kunning oʻzida Ichki nazorat xizmatiga xabar berilishi kerak. Oʻz navbatida Ichki nazorat xizmati quyidagi chora-tadbirlarni koʻrishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijoz va mijozning haqiqiy egasini batafsil identifikatsiyalash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik yoki jismoniy shaxs hisobvaragʻiga tushgan pul mablagʻlarini hisobga kiritish boʻyicha operatsiyalarni istisno etganda, bu operatsiya bajarilishi lozim boʻlgan sanadan eʼtiboran uch ish kuniga toʻxtatib turish toʻgʻrisida asoslantirilgan farmoyish qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
operatsiya toʻxtatib turilgan kunning oʻzida operatsiya toʻgʻrisidagi xabarni Departamentga yuborish uchun tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijoz haqida qoʻshimcha maʼlumotlarni olish (shu jumladan, faoliyat turi, aktivlari miqdori, ochiq maʼlumotlar bazasi orqali olish mumkin boʻlgan maʼlumotlar va shu kabilar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijoz amalga oshirayotgan operatsiyalarini doimiy monitoring qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijozning pul mablagʻlari yoki moliyaviy holatining manbasini, shu jumladan mijozdan maʼlumot olish orqali aniqlash boʻyicha choralarni koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
operatsiya haqidagi maʼlumotni maxsus jurnalga kiritish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
75. Bunday operatsiyani toʻxtatish, shu jumladan bank xizmatlarini koʻrsatishni rad etish faqatgina tijorat bankida mijoz toʻgʻrisidagi mavjud axborotlar Roʻyxatdagi maʼlumotlar bilan toʻliq mos kelgan taqdirda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
76. Operatsiya toʻxtatilgan taqdirda mijozning topshirigʻi asosida hisobvaraqlardan pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish amalga oshirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mijoz topshirigʻi operatsiyalari toʻxtatilgan mijozlarning topshiriqlari roʻyxatga olinadigan alohida jurnalda roʻyxatga olinishi, shuningdek operatsiya toʻxtatilishi muddati tugaguniga qadar maxsus jildga joylashtirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Operatsiyalari toʻxtatilgan mijozlarning topshiriqlarini roʻyxatga olish uchun alohida jurnalda toʻxtatilgan operatsiyani, shuningdek ushbu operatsiya ishtirokchilarini identifikatsiyalash imkonini beruvchi maʼlumotlar qayd etib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
77. Departamentning operatsiyani ikki ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga toʻxtatib turish haqidagi koʻrsatmasi mavjud boʻlganda, tijorat banki uni koʻrsatilgan muddatgacha toʻxtatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IX bob. Tijorat banklari tomonidan Departament soʻrovlarining bajarilishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
78. Departament jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan axborotni, shu jumladan tijorat banklarining avtomatlashtirilgan axborot, maʼlumotnoma tizimlaridan hamda maʼlumotlar bazalaridan yozma soʻrash va bepul olish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
79. Tijorat banklari Departamentning yozma soʻrovlari boʻyicha qoʻshimcha maʼlumotlarni taqdim qiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
80. Xorijiy davlatning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishda ishtirok etuvchi vakolatli organining soʻrovi mavjud boʻlganda Departament Markaziy bank orqali tegishli soʻrovni tijorat banklariga taqdim etadi. Tijorat banklari bunday soʻrov asosida soʻralayotgan maʼlumotni Departamentga taqdim etadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
X bob. Maʼlumotlar va hujjatlarni rasmiylashtirish, saqlash va maxfiyligini taʼminlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
81. Mijozlarni lozim darajada tekshirish bilan bogʻliq boʻlgan toʻliq yoki qisman xorijiy tilda tuzilgan hujjatlar tijorat banki tomonidan, zarur hollarda, davlat tiliga yoki rus tiliga tarjimasi bilan talab etilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
82. Taqdim qilingan hujjatlar nusxalarining toʻgʻriligiga gumon yoki boshqa zarurat paydo boʻlgan taqdirda, tijorat banki tanishish uchun hujjatlarning asl nusxalarini taqdim qilinishini talab qilish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
83. Ichki nazorat xizmati amalga oshirilayotgan choralarni rasmiylashtirish maqsadida oʻzining barcha boʻlinmalarini (operatsiyalar haqidagi xabarlarni olish, tahlil qilish va berish bilan shugʻullanuvchi) va masʼul xodimlarini maxsus jurnallar bilan taʼminlashi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus jurnal ip oʻtkazib tikilgan, raqamlangan va uning orqa tomonida sahifalar soni, jurnalni yuritish boshlangan sana (yil, oy, kun) koʻrsatilgan va Ichki nazorat xizmati rahbarining imzosi qoʻyilgan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus jurnalda operatsiya haqidagi barcha maʼlumotlar (maxsus jurnalga kiritiladigan maʼlumot tartib raqami va sanasi; mijoz nomi (mijoz xos raqamini koʻrsatgan holda); operatsiya turi, summasi va amalga oshirilgan sanasi; mijoz kontragenti haqidagi maʼlumotlar; operatsiya yuzasidan maʼlumot taqdim qilgan boʻlinma nomi; operatsiya boʻyicha amalga oshirilgan choralar toʻgʻrisida maʼlumot, shu jumladan xabar berilgan sana va raqami; va boshqalar).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
84. Mijozni lozim darajada tekshirish jarayonida olingan mijoz toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mazkur Qoidalarning 3-ilovasiga muvofiq mijoz anketasida qayd etiladi. Tijorat banki ichki hujjatlarga muvofiq mijoz anketasiga boshqa maʼlumotlarni kiritish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
85. Barcha mijozlar (lozim darajada tekshirish talab etilmaydigan mijozlar bundan mustasno) boʻyicha anketalar maxsus dasturlar yordamida elektron shaklda toʻldiriladi. Gumonli va (yoki) shubhali operatsiyalarni amalga oshiruvchi va yuqori tavakkalchilik darajasi toifasiga kiritilgan mijozlar boʻyicha anketalar qogʻoz shaklida ham toʻldiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Elektron shaklda toʻldirilgan mijoz anketasi qogʻoz shaklida chiqarilganda tijorat bankining bosh buxgalteri yoki u boʻlmagan taqdirda, uning oʻrinbosari yoxud masʼul xodim tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
86. Elektron shaklda toʻldirilgan anketalar tijorat bankining mijozlarni identifikatsiyasini amalga oshiruvchi xodimlariga mijoz toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tekshirish uchun doimiy rejimda tezkor foydalanish imkoniyatini beruvchi elektron bazada saqlanadi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mijozlarning qogʻoz shaklida toʻldirilgan anketalari mijozlar maqomi boʻyicha (yuridik va jismoniy shaxslar boʻyicha) xronologik tartibda alohida jildlarda tikib boriladi va Ichki nazorat xizmati xodimi tomonidan saqlab boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
87. Mijoz anketasi tijorat bankida mijoz bilan munosabatlar toʻxtatilgan kundan boshlab besh yildan kam boʻlmagan muddat davomida saqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
88. Mijoz anketasida koʻrsatiladigan maʼlumotlarning oʻzgarishiga, shuningdek u tomonidan amalga oshirilayotgan moliyaviy operatsiyalarning tavsifi oʻzgarishiga qarab, tijorat banklari zarur hollarda mijoz bilan ishlash boʻyicha tavakkalchilik darajasini qayta koʻrib borishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
89. Operatsiyalar toʻgʻrisidagi axborot zarurat tugʻilgan taqdirda operatsiya tafsilotlarini qayta tiklash mumkin boʻlgan tarzda rasmiylashtirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
90. Tijorat banklari operatsiyalar toʻgʻrisidagi axborotni, shuningdek identifikatsiyalash maʼlumotlarini va mijozlarni lozim darajada tekshirishga doir materiallarni qonun hujjatlarida belgilangan muddatlar davomida, lekin bunday operatsiyalar amalga oshirilganidan yoki mijozlar bilan amaliy ish munosabatlari toʻxtatilganidan keyin kamida besh yil mobaynida saqlashlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
91. Ichki nazorat xizmati faoliyatida ishlatilgan hujjatlarga (Markaziy bank va Departament bilan yozishmalar, shu jumladan Departamentga berilgan qogʻoz va elektron shakldagi xabarlar; mijozlarning qogʻoz va elektron shaklidagi anketalari; jurnallar va boshqalar) kirish imkoniyatini chegaralash maqsadida bunday hujjatlar va ularning roʻyxati bevosita Ichki nazorat xizmati (masʼul xodim) tomonidan maxsus jihozlangan xonada yoki yonmaydigan va muhrlanadigan seyfda qonun hujjatlarida belgilangan muddatlar davomida, lekin kamida besh yil mobaynida saqlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
92. Elektron shakldagi hujjatlar dasturlash usuli asosida arxivlashtirilishi, elektron axborot tashuvchi vositalarga yozilishi va Ichki nazorat xizmati rahbari tomonidan ularning roʻyxati bilan birga yonmaydigan va muhrlanadigan seyfda saqlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hujjatlar saqlanish muddati tugashi bilan oʻrnatilgan tartibda tijorat banki arxiviga topshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
93. Tijorat banklari jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq boʻlgan axborotga, shu jumladan tijorat banki arxivida saqlanayotgan hujjatlarga kirish imkoniyatini cheklaydilar, uning tarqalib ketmasligini taʼminlaydilar hamda yuridik va jismoniy shaxslarga ularning operatsiyalari haqida Departamentga xabar berilganligi toʻgʻrisida maʼlum qilish huquqiga ega emaslar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tijorat banki ichki nazorat vazifalarini bajarish jarayonida olingan maʼlumotlarni uning xodimlari tomonidan oshkor qilinmasligini (yoki shaxsiy maqsadda yoxud uchinchi shaxslar manfaatlarida foydalanmasligini) taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
94. Uchinchi shaxslarga maʼlumotlar, shu jumladan anketadan mijozning identifikatsiya maʼlumotlarini taqdim qilinishi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
95. Mijozni lozim darajada tekshirish va identifikatsiyalash natijasida olingan maʼlumotlar, tijorat banki mijoz tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishni amalga oshirish tavakkalchiligi yuqori deb baholagan taqdirda kamida bir yilda bir marotaba, boshqa hollarda kamida uch yilda bir marotaba va mijoz maʼlumotlarida oʻzgarishlar boʻlganda yangilanib borilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
96. Bir marotabalik operatsiyalarni amalga oshirgan mijozlarni lozim darajada tekshirish natijasida olingan maʼlumotlar, mijozni lozim darajada tekshirish choralarini koʻrish talab qilingan keyingi operatsiyalarni bajarishda yangilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
XI bob. Tijorat bankining, Ichki nazorat xizmati hamda boshqa boʻlinmalar rahbar va xodimlarining javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
97. Tijorat banklari, shu jumladan Ichki nazorat xizmati va boshqa boʻlinmalar rahbar va xodimlari mazkur Qoidalarni buzganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
98. Qonun hujjatlari, shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonun hujjatlarini tijorat banki xodimlari tomonidan operatsiyalarni amalga oshirish jarayonida buzish holatlariga yoʻl qoʻyilganligi toʻgʻrisida dalillar maʼlum boʻlib qolgan tijorat banki xodimlari ushbu dalillarni darhol Ichki nazorat xizmati rahbariga yoki xodimlariga yozma ravishda yetkazadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
XII bob. Yakuniy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
99. Tijorat banklari tomonidan mazkur Qoidalar talablariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazorat Markaziy bank tomonidan va zarur hollarda Departament bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
100. Tijorat banki boshqaruvi ichki va tashqi vaziyatlarning oʻzgarishini inobatga olgan holda, tijorat banki ichki nazorat tizimini doimiy ravishda monitoring qilib boradi va samaradorligini baholab boradi, shuningdek zarur holda samarali ishlashini taʼminlash uchun uning faoliyatini kuchaytiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki nazorat tizimi samaradorligini monitoring qilish tijorat banki ichki audit xizmati tomonidan ham olib borilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
101. Ichki audit xizmati yoki boshqa nazorat xizmatlari tomonidan aniqlangan ichki nazorat tizimining kamchiliklari oʻz vaqtida tijorat banki boshqaruvi raisiga maʼlum qilinadi. Maʼlumotni olgandan soʻng tijorat banki boshqaruvi raisi aniqlangan kamchiliklarning oʻz vaqtida bartaraf qilinishini taʼminlashi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jismoniy shaxslarni identifikatsiyalashda zarur boʻladigan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MAʼLUMOTLAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Familiyasi, ismi va otasining ismi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Tugʻilgan sanasi va joyi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Fuqaroligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Doimiy va (yoki) vaqtinchalik yashash joyi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Pasport yoki uning oʻrnini bosadigan hujjat rekvizitlari: hujjat seriyasi va raqami, hujjat berilgan sana, hujjatni bergan organ nomi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Soliq toʻlovchining identifikatsion raqami (agar mavjud boʻlsa).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Uy telefoni raqami (agar mavjud boʻlsa).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarni identifikatsiyalashda zarur boʻladigan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MAʼLUMOTLAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Yuridik shaxslarni identifikatsiyalashda zarur boʻladigan maʼlumotlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) toʻliq, shuningdek, agar, davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasida koʻrsatilgan boʻlsa, qisqartirilgan nomi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot: sana, raqam, roʻyxatga oluvchi organ nomi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) soliq toʻlovchining identifikatsion raqami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) joylashgan eri (pochta manzili);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomada koʻrsatilgan boshqa maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) litsenziyalanishi lozim boʻlgan faoliyat turlarini amalga oshirish uchun mavjud boʻlgan litsenziyalar toʻgʻrisida maʼlumotlar: faoliyat turi, litsenziyaning raqami va berilgan sanasi; kim tomonidan berilganligi; amal qilish muddati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) imzo huquqiga ega boʻlgan jismoniy shaxslar yoki yuridik shaxs nomidan ish koʻruvchi jismoniy shaxsni identifikatsiyasi toʻgʻrisida maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) yuridik shaxs taʼsischilari (yirik aksiyadorlari, ishtirokchilari) haqidagi hamda mijozning ustav fondi (kapitali)dagi ularning ulushlari toʻgʻrisida maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
i) roʻyxatga olingan va toʻlangan ustav fondi (kapitali) miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
k) yuridik shaxs boshqaruv organlari (yuridik shaxsning boshqaruv organlarining tuzilmasi va shaxsiy tarkibi) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
l) telefon raqamlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Yakka tartibdagi tadbirkorlarni identifikatsiyalashda zarur boʻladigan maʼlumotlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) mazkur Qoidalarning 1-ilovasida koʻzda tutilgan maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot: sana, raqam, roʻyxatga oluvchi organ nomi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) faoliyat amalga oshiriladigan joy;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomada koʻrsatilgan boshqa maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) faoliyat turlarini amalga oshirish uchun mavjud guvohnomalar va litsenziyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar: faoliyat turi, litsenziya raqami, berilgan sanasi; kim tomonidan berilganligi; amal qilish muddati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) telefon raqamlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mijoz anketasida koʻrsatiladigan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MAʼLUMOTLAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mijozni identifikatsiyalash jarayonida olingan, mazkur Qoidalarning 1, 2-ilovalarida koʻrsatilgan maʼlumotlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Tavakkalchilik darajasi haqida maʼlumot, shu jumladan tavakkalchilikni baholash asoslari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Bank tomonidan mijozni identifikatsiyalashda amalga oshirilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar natijalari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mijoz bilan munosabatlar oʻrnatilgan sana — tijorat bankidagi birinchi bank hisobvaragʻi (omonati) ochilgan sana.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mijoz anketasi toʻldirilgan va oʻzgartirish kiritilgan sana.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mijoz bilan ishlashga masʼul xodim, xususan, hisobvaraq ochgan va hisobvaraq ochilganligini tasdiqlagan xodim (bosh buxgalter va uning muovini) familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Qogʻoz shaklidagi mijoz anketasini toʻldirgan xodim imzosi (familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi koʻrsatilgan holda) va elektron koʻrinishdagi mijoz anketasini toʻldirgan xodimning familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Ichki qoidalarda belgilanadigan boshqa maʼlumotlar.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 47-son, 623-modda)