Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.11.2013 23.10.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2023
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish Departamentining qarori, 23.10.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2023
Date of entry into force
02.11.2009
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.11.2013
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BOSh PROKURATURASI HUZURIDAGI SOLIQ, VALYUTAGA OID JINOYATLARGA VA JINOIY DAROMADLARNI LEGALLAShTIRIShGA QARShI KURAShISh DEPARTAMENTINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalarini tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 23-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2023]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2013-yil 2-oktabrdagi 328-V, 20-sonli “Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalarini tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2528, 21.11.2013-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 54-modda), “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 43-son, 451-modda) qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2009-yil 13-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23/6-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshligʻi Z. DOʻSANOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2009-yil 13-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining hamda Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2009-yil 13-oktabrdagi 23/6, 32-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
QOIDALARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 54-modda), “Bank siri toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 144-modda), “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-y., 9-son, 160-modda) qonunlariga muvofiq tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish maqsadida ichki nazoratni tashkil qilish hamda amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tijorat banki — Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti boʻlgan va tegishli faoliyat turini amalga oshirish litsenziyasiga ega boʻlgan tijorat banki;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki nazorat — tijorat bankining maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalarni aniqlashga doir faoliyati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki nazorat xizmati — ichki nazoratni amalga oshirish uchun javobgar hisoblangan tijorat bankining maxsus boʻlinmasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
masʼul xodim — tijorat banki filialida ichki nazoratni amalga oshirilishi uchun masʼul boʻlgan shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki nazorat xizmati xodimlari — ichki nazoratni amalga oshirilishi uchun masʼul boʻlgan tijorat banki bosh ofisidagi Ichki nazorat xizmati xodimlari, tijorat banki filialidagi masʼul xodim yoki Ichki nazorat xizmati rahbari va xodimlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tijorat bankining ichki nazorat tizimi — mazkur Qoidalar va ichki hujjatlar bilan belgilangan maqsadlarga erishish va vazifalarni bajarishga qaratilgan Ichki nazorat xizmatining tijorat bankining boshqa boʻlinmalari bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradigan harakatlari yigʻindisi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki hujjatlar — tijorat banki faoliyatini tartibga soluvchi va uning rahbariyati tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlanadigan hujjatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki qoidalar — tijorat bankida va uning filiallarida ichki nazoratni tashkil etish va amalga oshirish tartibini belgilab beruvchi ichki hujjatdir;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus vakolatli davlat organi — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish Departamenti nomidan Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish Boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda — Departament);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijoz — pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyani amalga oshirish toʻgʻrisida tijorat bankiga topshiriq (ariza, iltimosnoma) bilan murojaat qilgan jismoniy yoki yuridik shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijozning haqiqiy egasi — yuridik shaxs — mijozning mulkdori yoki uni nazorat qiluvchi shaxs, yaʼni mijoz va (yoki) amalga oshirilayotgan operatsiyadan manfaat koʻradigan shaxsga nisbatan mulkiy yoki nazorat huquqiga ega boʻlgan bir yoki bir necha shaxslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
operatsiya ishtirokchilari — mijozlar, ularning vakillari hamda mijozning operatsiyada ishtirok etuvchi hamkorlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gumonli operatsiya — mazkur Qoidalarni joriy qilish jarayonida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va (yoki) terrorizmni moliyalashtirish maqsadida amalga oshirilganligi toʻgʻrisida tijorat bankida gumon uygʻotuvchi hamda uni shubhali operatsiyalar turkumiga kiritish (kiritmaslik) haqida qaror qabul qilgunga qadar boʻlgan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiya;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shubhali operatsiya — pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq, tayyorlash, sodir etish jarayonida boʻlgan yoki sodir etib boʻlingan, mazkur Qoidalarni joriy qilish jarayonida tijorat bankida uni jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va (yoki) terrorizmni moliyalashtirish maqsadida amalga oshirilganligi toʻgʻrisida shubha paydo boʻlgan operatsiya;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalar — mazkur Qoidalar bilan belgilangan shubhalilik mezonlari va alomatlaridan foydalangan holda kompleks tahlil asosida aniqlanadigan hamda Departamentga xabar qilinishi lozim boʻlgan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir marotabalik operatsiyalar — mijozlar tomonidan bank hisobvaragʻini ochmagan holda, kamida bir oy davomida takrorlanmaydigan, bir marotabalik tartibda amalga oshiriladigan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muntazam ravishda amalga oshiriladigan operatsiyalar — tahlil qilinadigan davr mobaynida mijozlar tomonidan muntazam ravishda amalga oshiriladigan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tahlil qilinadigan davr — keyingi tekshiruv bosqichida tijorat banki mijozning pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarini tahlil qiladigan hamda davomiyligi mijoz tomonidan bajarilgan operatsiya turiga koʻra bir necha kundan bir necha oygacha boʻlishi mumkin boʻlgan davr;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijozlarni lozim darajada tekshirish — mijozning va qaysi shaxslar nomidan ish koʻrayotgan boʻlsa oʻsha shaxslarning shaxsini hamda vakolatlarini tekshirish, taʼsis hujjatlari asosida mulk va boshqaruv tuzilmasini oʻrganish orqali mijozning haqiqiy egasini identifikatsiyalash, shuningdek, mijoz tomonidan amalga oshiriladigan amaliy ish munosabatlari va operatsiyalarni, ularning bunday mijoz va uning faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga muvofiqligini tekshirish maqsadida, doimiy asosda oʻrganishlarni oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijozni identifikatsiyalash — tijorat banki tomonidan mijozni lozim darajada tekshirish maqsadida mijozlar haqidagi maʼlumotlarni ular tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida aniqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijozning haqiqiy egasini identifikatsiyalash — tijorat banki tomonidan qonun hujjatlari bilan belgilangan taʼsis hujjatlari (ustav va (yoki) taʼsis shartnomasi, nizom) asosida mulk va boshqaruv tuzilmasini oʻrganish orqali yuridik shaxs boʻlgan mijozning mulkdori yoki uni nazorat qiluvchi shaxsni aniqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlar — jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan hamda oʻzlarining milliy qonunchiligida bu boradagi xalqaro andozalarni joriy qilmayotgan davlatlar yoki hududlar. Mazkur davlat va hududlar roʻyxati Departament tomonidan shakllantiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
offshor hudud — imtiyozli soliq rejimini taqdim qiluvchi va (yoki) moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishda ular haqidagi maʼlumotlarni oshkor etmaslikni va taqdim qilmaslikni koʻzda tutuvchi davlatlar va hududlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishda ishtirok etuvchi organlar — pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar faoliyati ustidan kontrol va nazorat qilish funksiyalariga ega boʻlgan huquqni muhofaza qiluvchi, nazorat qiluvchi, litsenziyalovchi, roʻyxatdan oʻtkazuvchi va boshqa davlat organlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Tijorat banklarining ichki nazorat tizimi maqsadi quyidagilar hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga yoʻnaltirilgan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni samarali aniqlash va oldini olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tijorat bankining qasddan yoki qasddan boʻlmagan holda jinoiy faoliyatga jalb qilinishiga, uning ustav fondi (kapitali)ga jinoiy faoliyat natijasida olingan kapitalning, shuningdek, tijorat bankini boshqarishga jinoyatchi shaxslarning kirib kelishiga yoʻl qoʻymaslik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Tijorat banklari ichki nazorat tizimining asosiy vazifalari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlari, mazkur Qoidalar va ichki hujjatlarga muvofiq mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijozlarning haqiqiy egasini aniqlash va oʻrganish, shuningdek, operatsiyani amalga oshirishda foydalaniladigan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulklarning manbasini aniqlash boʻyicha asosli va koʻrilishi mumkin boʻlgan choralarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur Qoidalar va ichki hujjatlar bilan belgilangan mezonlar asosida gumonli va shubhali operatsiyalarni aniqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki nazoratni amalga oshirish davomida aniqlangan shubhali operatsiyalar toʻgʻrisidagi axborotlar (hujjatlar)ni Departamentga oʻz vaqtida taqdim etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
alohida hollarda xabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalarni yuridik yoki jismoniy shaxs hisobvaragʻiga tushgan pul mablagʻlarini hisobga kiritish boʻyicha operatsiyalarni istisno etganda, bu operatsiya bajarilishi lozim boʻlgan sanadan eʼtiboran uch ish kuniga toʻxtatib turish hamda bunday operatsiya haqida operatsiya toʻxtatib turilgan kunning oʻzida Departamentni xabardor qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar toʻgʻrisidagi axborotni, shuningdek, identifikatsiyalash maʼlumotlarini va mijozlarni lozim darajada tekshirishga doir materiallarni qonun hujjatlarida belgilangan muddatlar davomida saqlanishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli qarorlar qabul qilish uchun tijorat banki rahbariyatini aniq axborotlar va materiallar bilan operativ va muntazam ravishda taʼminlab borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shubhali operatsiyalar amalga oshirilgan yoki amalga oshirishga boʻlgan urinishlar, shubhali operatsiyalarni amalga oshirgan mijozlar bilan aloqador shaxslar (rahbarlar, taʼsischilar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini shakllantirish, shuningdek, bunday maʼlumotlarni boshqa tijorat banklari hamda davlat organlari bilan qonun hujjatlariga muvofiq oʻzaro almashib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikadagi va chet eldagi boshqa banklar bilan korrespondentlik aloqalarini oʻrnatishda ularning ichki nazorat tizimini oʻrganish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
operatsiyalarning anonimligini oshiruvchi yangi texnologiyalar yordamida qonunga xilof ish qilish, xususan, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va (yoki) terrorizmni moliyalashtirish uchun tijorat banki xizmatlaridan foydalanish tahdidini oldini olishga alohida eʼtibor qaratilishi maqsadida zarur boʻlgan tadbirlar qoʻllash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soʻrovnomalar boʻyicha mijozlar bazasidan terrorchilik faoliyatini moliyalashtirishga aloqador shaxslarni aniqlashdan iborat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Ichki nazorat tizimi maqsad va vazifalariga erishish uchun Ichki nazorat xizmati quyidagilar boʻyicha funksiyalarni bajaradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunga xilof ish qilish holatlarini, shu jumladan, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishni va (yoki) terrorizmni moliyalashtirish uchun tijorat banki xizmatlaridan foydalanish tahdidini oldini olish uchun qonun hujjatlarida, mazkur Qoidalarda, ichki hujjatlarda koʻzda tutilgan choralarni koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tijorat banki tomonidan qonun hujjatlari va tijorat banki ichki hujjatlari talablariga rioya etilishini monitoring qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tijorat banki faoliyatidagi qonun hujjatlari va ichki hujjatlar talablariga rioya qilinmaganligi boʻyicha aniqlangan kamchilik va xatolarni bartaraf etish yuzasidan rahbariyat koʻrib chiqishi uchun takliflar tayyorlash va kiritish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining (keyingi oʻrinlarda — Markaziy bank) vakolatli vakillari, tijorat bankining ichki audit xizmati xodimlari, tashqi auditorlar hamda Departament xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tekshiruv jarayonida ichki nazorat tizimini tashkillashtirishda va uning faoliyatida aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etilishini monitoring qilish;
(5-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining hamda Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2009-yil 29-dekabrdagi 39/3, 3-sonli qarori (roʻyxat raqami 2023-1, 02.02.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 5-son, 42-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki nazoratni tashkil etish, xodimlar tomonidan qonun hujjatlari, mazkur Qoidalar va ichki hujjatlar talablarini buzilish holatlarini oldini olish va bartaraf etish masalalari boʻyicha Markaziy bank va Departament bilan hamkorlik qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Har bir tijorat banki qonun hujjatlari va mazkur Qoidalar asosida Ichki nazorat xizmatining vazifalari, huquqlari va javobgarligini belgilaydigan nizomni ishlab chiqishi, bank kengashida tasdiqlashi va amalga kiritishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Nizom Ichki nazorat xizmati toʻgʻrisidagi quyidagi maʼlumotlarni aks ettirishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uning maqsadi va vazifalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uning tijorat bankining boshqa boʻlinmalaridan mustaqil boʻlishini taʼminlash usullari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uning tijorat bankining boshqa boʻlinmalari, shuningdek, tijorat banki ichki audit xizmati bilan oʻzaro munosabati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻziga yuklatilgan funksiyalarni bajarish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni olish huquqiga ega boʻlishi, shuningdek, mazkur maʼlumotlarni taqdim etish masalalari yuzasidan hamkorlik qilish boʻyicha tijorat bankining boshqa boʻlinmalari xodimlarining majburiyati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlari va ichki hujjatlar boʻyicha mumkin boʻlgan buzilishlarni oʻrganish oʻtkazish huquqiga ega boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
olingan maʼlumotlarni tijorat banki boshqaruvi raisiga va zarur hollarda tijorat banki kengashiga erkin ifodalash va oshkor etish huquqiga ega boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqaruv raisiga tegishli hisobotni taqdim qilish majburiyati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tijorat banki boshqaruviga qonun hujjatlari va standartlarga muvofiqlik masalalari boʻyicha, jumladan mazkur sohadagi oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar yuzasidan maslahatlar berish majburiyati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimlarni tanlash talablari va tartiblari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
malakani oshirish boʻyicha maxsus kurslarda muntazam ravishda oʻqib borish majburiyatlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Tijorat banklari har yili mazkur Qoidalar talablaridan kelib chiqib, quyidagilarni aks ettirgan holda ichki qoidalarni ishlab chiqishi va tasdiqlashi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijozlarni lozim darajada tekshirish, shu jumladan, mijozlarni va ularning haqiqiy egasini identifikatsiyalash, shuningdek, mijozlarning operatsiyalari ustidan doimiy monitoringni amalga oshirish qoidalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarur boʻlgan axborotni rasmiylashtirish va uning maxfiyligini taʼminlash tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki nazorat xizmati xodimlari tomonidan tijorat banki bosh ofisidagi Ichki nazorat xizmati rahbariga (keyingi oʻrinlarda — Ichki nazorat xizmati rahbari) qonun hujjatlari buzilishi dalillari toʻgʻrisida axborot taqdim etish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kadrlarni tayyorlash va oʻqitishga doir malaka talablari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gumonli operatsiyalarni aniqlash mezonlari va ularning alomatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va (yoki) terrorizmni moliyalashtirish maqsadida texnologik yutuqlardan foydalanilishini oldini olishga qaratilgan choralar va boshqalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki qoidalar tijorat banki kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Ichki nazorat tizimini tashkillashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Tijorat bankining ichki nazorat tizimi bank faoliyatining jihatlari, asosiy yoʻnalishi, mijozlar bazasi va mijozlar hamda ularning operatsiyalari bilan bogʻliq xatarlar darajasini hisobga olgan holda tashkillashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Tijorat bankining, shu jumladan uning filiallarining ichki nazorat tizimi tuzilmasi tijorat banki kengashi qarori bilan belgilanadi va Markaziy bankning talablariga muvofiq qayta koʻrib chiqilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Tijorat banki ichki nazorat tizimi tuzilmasi tijorat banki bosh ofisining Ichki nazorat xizmatini, shuningdek, tijorat bankining har bir filialidagi Ichki nazorat xizmatini yoki masʼul xodimni oʻz ichiga oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Ichki nazorat xizmati ichki nazorat maqsadlariga samarali erishish va vazifalarni unumli bajarish uchun yetarli miqdorda xodimlar bilan shakllantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Ichki nazorat xizmati rahbari va xodimlari tijorat banki boshqaruvi raisining buyrugʻi bilan tayinlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki nazorat xizmati rahbari oliy iqtisodiy yoki yuridik maʼlumotga va tijorat bankining bank operatsiyalarini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlinmasida kamida ikki yillik rahbarlik tajribasiga yoxud Ichki nazorat xizmatida kamida bir yillik ish stajiga ega boʻlishi lozim.
(12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining hamda Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2009-yil 29-dekabrdagi 39/3, 3-sonli qarori (roʻyxat raqami 2023-1, 02.02.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 5-son, 42-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki nazorat xizmatining rahbari va xodimi lavozimiga tayinlanuvchi shaxsdan quyidagilar talab qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bank va moliya qonunchiligini, shu jumladan, Markaziy bankning meʼyoriy hujjatlarini bilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buxgalteriya hisobi qoidalari haqidagi bilimga ega boʻlish, shuningdek, muntazam ravishda malakani oshirish boʻyicha maxsus oʻquv kurslarida ishtirok etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Ichki nazorat xizmati rahbari yoki xodimi lavozimiga quyidagi shaxslar tayinlanishi mumkin emas:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz faoliyati va axloqida ishonib topshirilgan boʻlinmani notoʻgʻri boshqargani yoki ishni vijdonan yuritmaganini namoyon etgan shaxslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iqtisodiyot sohasidagi jinoyati uchun avval sud tomonidan jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxslar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Tijorat banki ichki nazorat tizimi tuzilmasini shakllantirish, Ichki nazorat xizmati rahbarini tayinlash toʻgʻrisidagi qarorni qabul qilgandan soʻng 10 (oʻn) kun muddat mobaynida tayinlangan shaxslar toʻgʻrisidagi soʻrovnoma maʼlumotlarni ilova qilgan holda bu haqida Markaziy bankka xabar berishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Ichki nazorat xizmati rahbari va xodimlari quyidagi huquqqa ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki nazoratni amalga oshirish maqsadida tijorat banki boʻlinmalari rahbarlari va xodimlaridan kerakli farmoyish beruvchi va buxgalteriya hujjatlarini talab qilib olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki nazoratni amalga oshirish maqsadida olingan hujjatlardan nusxa koʻchirish, tijorat bankining elektron maʼlumotlar bazalarida, lokal hisoblash tarmoqlari va avtonom kompyuter tizimlarida saqlanadigan fayllar va boshqa yozuvlardan nusxalar olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tijorat bankining boshqa boʻlinmalari mutaxassislaridan yordam soʻrash va olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tijorat banki boʻlinmalarining xonalariga kirish, shuningdek, tijorat banki boshqaruvi raisining yozma ruxsatnomasi bilan hujjatlar saqlanishi uchun foydalaniladigan (arxivlar), naqd pul va qimmatliklar saqlanadigan (pul ombori), kompyuter maʼlumotlarini qayta ishlash va maʼlumotlarni elektron shaklda saqlash xonalariga kirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqaruv raisining yoki tegishli vakolatga ega boʻlgan uning oʻrinbosarining yozma roziligi bilan terrorizmni moliyalashtirishga bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni toʻxtatib turish haqida bank filiallari rahbarlariga koʻrsatmalar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijozlarning operatsiyalariga nisbatan kelgusi harakatlari, jumladan, qonun hujjatlariga muvofiq qoʻshimcha maʼlumot olish yoki mavjud maʼlumotlarni tekshirish boʻyicha tijorat banki boshqaruvi raisiga takliflar taqdim etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur Qoidalar va ichki hujjatlarga muvofiq boshqa tadbirlarni amalga oshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Ichki nazorat xizmati rahbari va xodimlari tijorat banki nomidan toʻlov (hisob-kitob), kredit va buxgalteriya hujjatlarini imzolash yoki ushbu hujjatlarga imzo qoʻyish orqali rozilik bildirish (vizalash) huquqiga ega emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Ichki nazorat xizmatining rahbari va xodimlari oʻz vazifalarini bajarishda quyidagilarga majburdirlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz vakolati doirasida mazkur Qoidalar va ichki hujjatlar bilan yuklatilgan maqsadlarga erishish va vazifalarni bajarish uchun zarur choralarni koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tijorat bankining tegishli boʻlinmalaridan olingan hujjatlarning saqlanishini va qaytarilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz vazifalarini amalga oshirishda olingan maʼlumotlarning maxfiyligiga rioya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur Qoidalar va ichki hujjatlarga muvofiq boshqa majburiyatlarni amalga oshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Ichki nazorat xizmati rahbari bevosita tijorat banki boshqaruvi raisiga hisobdordir va tijorat bankining boshqa boʻlinmalaridan mustaqildir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki nazorat xizmati xodimlari bevosita Ichki nazorat xizmati rahbariga hisobdordir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Tijorat banki boʻlinmalari xodimlari Ichki nazorat xizmatiga uning vazifalarining amalga oshirilishida mazkur Qoidalar va ichki hujjatlarga muvofiq koʻmaklashadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Tijorat banki boʻlinmalari xodimlarining Ichki nazorat xizmati rahbari yoki xodimlari oʻrtasidagi oʻzaro munosabat tartibi ichki hujjatlar bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Xodimlarning soʻnggi yangiliklarga, jumladan, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishning va terrorizmni moliyalashtirishning zamonaviy usullari, uslublari va yoʻnalishlari haqidagi axborotga ega boʻlishlarini taʼminlash hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish borasidagi qonun hujjatlari va majburiyatlarning barcha jihatlarini aniq tushuntirib berish maqsadida tijorat banklari muntazam ravishda xodimlarni qayta tayyorgarlikdan oʻtkazishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Mijozlarni lozim darajada tekshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Tijorat banklari quyidagi hollarda mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha mustaqil ravishda chora-tadbirlarni koʻrishlari kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) xoʻjalik va fuqaroviy-huquqiy munosabatlarni oʻrnatishda, shu jumladan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik yoki jismoniy shaxs bank hisobvaragʻini (omonatni) ochish uchun ariza bilan murojaat qilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tijorat banki tomonidan emissiya qilingan qimmatli qogʻozlar xaridida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy shaxs kredit olish uchun murojaat qilganida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) bir martalik operatsiyalar amalga oshirilgan quyidagi hollarda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eng kam ish haqi miqdorining 1000 baravariga teng yoki undan oshgan summada jismoniy shaxslar tomonidan naqd chet el valyutasi va (yoki) yoʻl cheklari sotilishida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eng kam ish haqi miqdorining 100 baravariga teng yoki undan oshgan summada jismoniy shaxslar tomonidan naqd chet el valyutasini maydalanishida, almashtirilishida va (yoki) konversiyalanishida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eng kam ish haqi miqdorining 100 baravariga teng yoki undan oshgan summada mijozlardan naqd chet el valyutasi va (yoki) yoʻl cheklarini ekspertiza uchun qabul qilinishida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijozlar tomonidan plastik kartochkalar boʻyicha naqd xorijiy valyuta olinishida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy shaxslar tomonidan naqd chet el valyutasini va (yoki) chet el banklari va moliya institutlari tomonidan chiqarilgan yoʻl cheklarini sotib olinishida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bank hisobvaragʻini ochmasdan yoki hisobvaraqdan foydalanmasdan, pul oʻtkazmalarini amalga oshirishda yoki qabul qilishda (kommunal va aloqa xizmati, budjet, budjetdan tashqari jamgʻarmalarga toʻlovlar hamda boshqa majburiy toʻlovlar bundan mustasno);
(22-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2010-yil 23-oktabrdagi 34/17-sonli, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 2-noyabrdagi 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 2023-2, 19.11.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 47-son, 433-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) shubhali operatsiyalar amalga oshirilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) mijozning shaxsi toʻgʻrisida avval olingan maʼlumotlarning toʻgʻriligiga nisbatan gumonlar mavjud boʻlganda.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlar mazkur Qoidalar kuchga kirgunga qadar hisobvaraq ochilgan mijozlarga nisbatan ham amalga oshiriladi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining hamda Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2009-yil 29-dekabrdagi 39/3, 3-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2023-1, 02.02.2010-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2010-y., 5-son, 42-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Mijozni lozim darajada tekshirish boʻyicha tijorat banklari tomonidan koʻriladigan chora-tadbirlar quyidagilarni oʻz ichiga olishi shart:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli hujjatlar asosida mijozning va u qaysi shaxslar nomidan ish koʻrayotgan boʻlsa, oʻsha shaxslarning shaxsini hamda vakolatlarini tekshirishni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijozning haqiqiy egasini identifikatsiyalashni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijoz tomonidan amalga oshiriladigan amaliy ish munosabatlari va pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni ularning bunday mijoz va uning faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga muvofiqligini tekshirish maqsadida doimiy asosda oʻrganish oʻtkazishni.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Tijorat banki tomonidan mijoz va mijozning haqiqiy egasini identifikatsiyasi mazkur Qoidalarning 1 va 2-ilovalarida koʻzda tutilgan maʼlumotlar, shuningdek, operatsiyalar va boshqa bitimlarning bajarilishi uchun asos hisoblanuvchi hujjatlar va boshqa zarur maʼlumotlar asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Olingan axborotlarning (hujjatlarning) ishonchliligiga shubhalar mavjud boʻlsa, tijorat banklari ushbu axborotlarni (hujjatlarni) tekshirish (verifikatsiyalash) boʻyicha choralarni koʻrishlari lozim. Bunday holatlarda, tijorat banklari mijozlar haqidagi axborotlarning (hujjatlarning) ishonchliligini (haqiqiyligini) aniqlashtirish uchun tegishli tashkilotlarga murojaat qilishga haqli.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2010-yil 23-oktabrdagi 34/17-sonli, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 2-noyabrdagi 29-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2023-2, 19.11.2010-y.) muvofiq ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2010-y., 47-son, 433-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Plastik kartochkalardan foydalanilgan holda operatsiyalar bajarilganda mijozni identifikatsiyalash plastik kartochkaning rekvizitlari asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mijoz bankka kelmagan holda operatsiyani amalga oshirish imkonini beruvchi dasturlar yordamida shubhali operatsiyalar oʻtkazish haqidagi gumonlar mavjud boʻlganda, tijorat banki tegishli dasturdan foydalangan holda xizmat koʻrsatish boʻyicha shartnoma tuzilgan, jumladan, bevosita bank xizmat koʻrsatish shartnomasida koʻrsatilgan va lozim darajada tekshirilgan shaxslar tomonidan operatsiyalar amalga oshirilayotganligini mijozning yuridik manzili boʻyicha oʻrganish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuqoridagilarni oʻrganish jarayonida, tijorat banki mijoz tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 1122, 2002-yil 15-aprel, Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-yil 7-son) talablariga rioya qilinishini, xususan pul hisob-kitob hujjatlarining rasmiylashtirilishi, vakolatli shaxslar (rahbari, bosh hisobchisi) tomonidan pul hisob-kitob hujjatlarining imzolanib tasdiqlanishi, ushbu hujjatlar boʻyicha oʻtkazmalar aynan elektron imzolash huquqi mavjud boʻlgan shaxs tomonidan elektron imzolash orqali tasdiqlangan holda amalga oshirilishiga, mazkur hujjatlarning saqlanishiga alohida eʼtibor qaratishi lozim;
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2010-yil 23-oktabrdagi 34/17-sonli Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 2-noyabrdagi 29-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2023-2, 19.11.2010-y.) muvofiq ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2010-y., 47-son, 433-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mijozni va operatsiyaning boshqa ishtirokchilarini identifikatsiyalash imkonini beruvchi barcha hujjatlar ular taqdim etilgan sanada kuchini yoʻqotmagan boʻlishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Tijorat banki tomonidan jismoniy shaxs — mijozni identifikatsiyalash shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki uni oʻrnini bosadigan hujjat) asosida amalga oshiriladi. Bunda, tijorat banki mustaqil ravishda bunday hujjatning asli bilan tanishib chiqishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Yuridik shaxs — mijozlarga nisbatan mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlar bajarilayotganda tijorat banklari ulardan davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi tegishli hujjatlarni, rahbariyati haqidagi, shuningdek, taʼsis hujjatlarida koʻrsatilgan maʼlumotlarni olishlari lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik shaxslarni lozim darajada tekshirish jarayonida tijorat banki pirovard natijada mijozning mulkdori boʻlgan yoki mijozni nazorat qiluvchi mijozning haqiqiy egasi — jismoniy shaxsni identifikatsiyalash boʻyicha, shu jumladan mijozning hamda uning taʼsischilari (aksiyadorlari, ishtirokchilari)ning mulk va boshqaruv tuzilmasini oʻrganish orqali asosli va imkoni mavjud boʻlgan choralarni koʻrishi lozim.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining hamda Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2009-yil 29-dekabrdagi 39/3, 3-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2023-1, 02.02.2010-y.) asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2010-y., 5-son, 42-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar mijoz yoki mijozning haqiqiy egasi mulkchilik tarkibi toʻgʻrisida maʼlumotni oshkor qilish boʻyicha meʼyoriy-huquqiy hujjatlar talablari tatbiq qilinuvchi yuridik shaxs hisoblansa, bunday yuridik shaxsning taʼsischilari (aksiyadorlari, ishtirokchilari)ni aniqlash va tasdiqlash talab etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Tijorat banki yuridik shaxs — mijozni batafsil oʻrganish maqsadida quyidagilarga alohida eʼtibor qaratishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijozning taʼsischilari (aksiyadorlari, ishtirokchilari) tarkibiga, mijozning ustav fondi (kapitali)ning 10 foizdan ortiq ulushiga egalik qilayotgan shaxslarni aniqlashga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijoz boshqaruvi organlari tuzilmasiga va ularning vakolatlariga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijoz ustav fondi (kapitali)ning roʻyxatga olingan miqdoriga.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari nisbatan mijozlarni lozim darajada tekshirish chora-tadbirlarining oʻtkazilishi talab qilinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Norezident — bank bilan vakillik munosabatlar oʻrnatilishida va amalga oshirilishida norezident — bankni identifikatsiyalashdan tashqari, tijorat banki quyidagilarni amalga oshirishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
norezident — bankning ish faoliyati xususiyatlari toʻgʻrisida toʻliq maʼlumotga ega boʻlish uchun u haqidagi axborotlarni yigʻish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ochiq maʼlumotlar asosida norezident — bankning obroʻsini va nazorat sifatini, jumladan, ushbu bankka nisbatan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga aloqador qonun hujjatlarini buzganlik uchun tergov olib borilgan yoki borilmaganligini aniqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“tranzit hisobvaraqlar”ga nisbatan — bank — respondentda bank — korrespondent soʻrovi boʻyicha mijoz toʻgʻrisida kerakli identifikatsiyalashga oid zarur maʼlumotlarni taqdim etish imkoniyati mavjudligi toʻgʻrisida tasdiq olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tranzit oʻtkazmalarini amalga oshirish maqsadida boshqa banklar bilan munosabatlarni oʻrnatishda elektron toʻlovlar toʻgʻrisidagi barcha maʼlumotlarni saqlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Norezident — bank bilan vakillik munosabatlarini oʻrnatish toʻgʻrisida qaror tijorat banki boshqaruvi tomonidan qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Tijorat banklari vakillik munosabatlari oʻrnatilayotgan norezident — banklar tomonidan tekshirishning xalqaro standartlar qoʻllanilishi va operatsiyalarga nisbatan tegishli tekshiruv tartiblaridan foydalanilishi haqida ishonch hosil qilishlari kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Tijorat banklari vakillik munosabatlarini davom ettirish jarayonida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlar hududida joylashgan norezident — banklarga alohida eʼtibor qaratishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tijorat banklari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ular roʻyxatdan oʻtgan davlatlarning hududida doimiy faoliyat yurituvchi boshqaruv organlari boʻlmagan banklar tomonidan hisobvaraqlari foydalanayotganligi toʻgʻrisida maʼlumot mavjud boʻlgan norezident — banklar bilan munosabatlar oʻrnatilishini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar koʻrishlari shart;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro hisob-kitoblar amalga oshirilishida mazkur hisob-kitoblar bilan bogʻliq toʻlov tafsilotlari va boshqa maʼlumotlarni bank — korrespondentlarga taqdim etishi mumkin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
joʻnatuvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (jismoniy shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, yuridik shaxslarning nomi, joʻnatuvchining manzili va hisob raqami) taqdim etilmagan yoxud qisman taqdim etilgan xalqaro pul oʻtkazmalari bilan bogʻliq operatsiyalarga alohida eʼtibor qaratishlari va batafsil tahlil qilishlari lozim;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻlov oʻtkazmalarini amalga oshirishda vositachi sifatida ishtirok etsalar elektron oʻtkazmalar bilan birga joʻnatiladigan, joʻnatuvchi toʻgʻrisidagi barcha maʼlumotlarni toʻliq uzatilishini va saqlanishini taʼminlashlari shart;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi xalqaro talablarni bajarmaydigan yoki qisman bajaradigan davlatlarda joylashgan oʻzlarining chet eldagi shuʼba banklari, filiallari va vakolatxonalari tomonidan ushbu sohadagi xalqaro standartlarga rioya qilinishiga eʼtibor qaratishlari lozim;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chet eldagi shuʼba banklari, filiallari va vakolatxonalaridan ular joylashgan mamlakatlar qonunchiligida tegishli choralar taqiqlanganligi mavjudligi sababli, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha tegishli choralarni tatbiq qilish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, bosh bankka axborot berilishini talab qilishga majburdirlar. Oʻz navbatida tijorat banklari bu haqda Markaziy bankka va Departamentga xabar berishlari shart.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining hamda Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2009-yil 29-dekabrdagi 39/3, 3-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2023-1, 02.02.2010-y.) asosan beshinchi―sakkizinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2010-y., 5-son, 42-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tijorat banklarining chet eldagi shuʼba banklari, filiallari va vakolatxonalari jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish borasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirishda xalqaro standartlar va ular joylashgan mamlakat talablariga rioya qilishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Mijozni va mijozning haqiqiy egasini qayta identifikatsiyalash majburiy hisoblanmaydi, agar ushbu mijoz va mijozning haqiqiy egasi mazkur Qoidalarga muvofiq tijorat banki tomonidan avval indentifikatsiyalangan boʻlsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Mijoz va mijozning haqiqiy egasini qayta identifikatsiyalash avvalgi identifikatsiyalash natijasida olingan maʼlumotlar aniqligiga gumon tugʻilgan taqdirda amalga oshirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Mijoz va mijozning haqiqiy egasini identifikatsiyalashda tijorat banki olingan maʼlumotlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Departament tomonidan shakllantiriladigan va tijorat banklariga taqdim qilinadigan, mazkur Qoidalarning 42-bandida koʻrsatilgan shaxslar roʻyxati (keyingi oʻrinlarda — Roʻyxat) hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlar roʻyxati bilan solishtirib chiqishi shart.
(35-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining hamda Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2009-yil 29-dekabrdagi 39/3, 3-sonli qarori (roʻyxat raqami 2023-1, 02.02.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 5-son, 42-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mijoz va mijozning haqiqiy egasini identifikatsiyalash jarayonida Roʻyxatga kiritilgan shaxslar aniqlangan taqdirda tijorat banki mazkur Qoidalarning VIII bobida oʻrnatilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Tijorat banklari quyidagi hollarda mijozga pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshirishni rad etishga haqlidirlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxs boshqaruvi organi yoki yuridik shaxs nomidan ishonchnomasiz faoliyat koʻrsatish huquqiga ega boʻlgan shaxs oʻzining joylashgan eri (pochta manzili) boʻyicha mavjud boʻlmaganida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shak-shubhasiz notoʻgʻri boʻlgan hujjatlar taqdim etilganda yoki qonun hujjatlariga muvofiq soʻraladigan hujjatlar taqdim etilmaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Tijorat banklariga quyidagilar taqiqlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
anonim (nomi koʻrsatilmagan holda) shaxslarga, yaʼni hisobvaraq (omonat) ochayotgan jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan uni identifikatsiyalash uchun zarur boʻlgan hujjatlar taqdim etilmagan holda, hisobvaraq (omonat) ochish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻylab chiqarilganligi aniq boʻlgan nomlarga hisobvaraqlar ochish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hisobvaraq ochayotgan shaxsning yoxud uning vakolatli vakilining shaxsan ishtirokisiz hisobvaraq ochish;
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining hamda Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2009-yil 29-dekabrdagi 39/3, 3-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2023-1, 02.02.2010-y.) asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2010-y., 5-son, 42-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzlari va doimiy faoliyat yurituvchi boshqaruv organlari ular roʻyxatdan oʻtgan davlatlarning hududida joylashmagan norezident — banklar bilan munosabat oʻrnatish va davom ettirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taqdim etuvchiga boʻlgan qimmatli qogʻozlar va boshqa moliyaviy instrumentlar chiqarish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Mijozni lozim darajada tekshirishni amalga oshirishning imkoni mavjud boʻlmagan taqdirda tijorat banki Departamentga xabar berish masalasini koʻrib chiqishi va ish munosabatlariga kirishishni yoki bunday mijozning pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarini amalga oshirishni rad etishga yoxud u bilan har qanday ish munosabatlarini toʻxtatishga majbur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Norezident — bank tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha xalqaro standartlar talablari buzilishi holatlari haqida axborot mavjud boʻlgan taqdirda, tijorat banki boshqaruvi ushbu vakil bank bilan hamkorlikni toʻxtatishgacha boʻlgan tegishli choralar koʻrish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqishi kerak.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2010-yil 23-oktabrdagi 34/17-sonli, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 2-noyabrdagi 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 2023-2, 19.11.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 47-son, 433-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Gumonli va shubhali operatsiyalar mezonlari va alomatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar quyidagi mezon va alomatlarning biri mavjud boʻlganda gumonli operatsiya deb tan olinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) tijorat banki tomonidan operatsiyaga yoki uni amalga oshirayotgan mijozga xatar darajasi yuqori deb berilgan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) pul mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga offshor hududlarda doimiy yashovchi yoki roʻyxatga olingan shaxslarning hisobvaragʻiga yoki foydasiga koʻchirilishi, yoxud bunday shaxslarning hisobvaragʻidan Oʻzbekiston Respublikasiga 30 kalendar kundan oshmagan muddat davomida oxirgi oʻtkazish (kelib tushish) kunida belgilangan eng kam ish haqining 1000 baravariga teng boʻlgan yoki undan oshadigan umumiy summada mablagʻlar bir marotaba yoki koʻp marotaba oʻtkazilishi (kelib tushishi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) rezident — mijoz tomonidan tovar yetkazib berish (ish bajarish, xizmat koʻrsatish) shartnomasi boʻyicha avval olingan badal summasini norezident foydasiga muntazam ravishda qaytarib berilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) operatsiyani amalga oshirish uchun taqdim qilingan hujjatlarning haqiqiyligiga (ishonchligiga) gumon tugʻilishi va (yoki) operatsiya toʻgʻrisidagi, shu jumladan operatsiya bajaruvchi tomonlarning biri haqidagi maʼlumotlar tijorat bankida mavjud boʻlgan maʼlumotlarga muvofiq kelmasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) operatsiyani amalga oshirish uchun ariza (topshiriq, iltimosnoma) bilan murojaat qilinganda mijozning xatti-harakatlarining gʻayrioddiyligi, masalan: asabiylashishi, ikkilanish, mijozning harakatlarini boshqarib turuvchi shaxslarning mavjudligida uning agressivligi yoki uning boshqa shaxslarga arzimas sabab yuzasidan telefon orqali maslahat uchun murojaat qilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6) mijozning maxfiylik masalalari yuzasidan gʻayrioddiy tashvishlanishi yoki tijorat banki tomonidan operatsiya haqida soʻralgan maʼlumotlarni mijoz tomonidan asossiz rad etilishi yoxud taqdim etilishida nooʻrin kechiktirilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7) amalga oshirilayotgan operatsiya boʻyicha mijoz hamkorlarini aniqlash imkoni yoʻqligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8) operatsiya iqtisodiy mohiyatga ega emasligi va mijoz faoliyatining tavsifi va faoliyat turiga muvofiq kelmasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9) mijoz faoliyati tavsifiga bogʻliq boʻlmagan holda uning hisobvaragʻida pul mablagʻlari aylanmasining asossiz koʻpayishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10) tijorat banki ishtirokida mijoz tomonidan bajarilayotgan operatsiyalarning operatsiyalarni amalga oshirishning umumqabul qilingan amaliyotiga nomuvofiqligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11) mijoz tomonidan bajarilayotgan operatsiyalarga oʻxshash operatsiyalarning summalari asossiz taqsimlanishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12) hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi mijozning oddiy faoliyatidan farq qiluvchi nostandart yoki gʻayrioddiy murakkab sxemalardan iborat boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13) mijoz tomonidan operatsiyaning avval kelishilgan amalga oshirish sxemasiga uning ijro qilinishini bevosita boshlanishidan oldin, pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulklarning harakat yoʻnalishiga taalluqli boʻlgan oʻzgartirishlar kiritilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14) jismoniy shaxs tomonidan ayirboshlash kuniga belgilangan eng kam ish haqining 1000 baravari miqdoriga teng boʻlgan yoki undan oshadigan summada bir qiymatdagi banknotlarni boshqa qiymatdagi banknotlarga ayirboshlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15) operatsiya amalga oshirilish kuniga belgilangan eng kam ish haqining 1000 baravari miqdoriga teng yoki undan oshadigan summada jismoniy shaxs tomonidan naqd pul koʻrinishidagi pul mablagʻlarini yuridik shaxsning yoki yakka tartibdagi tadbirkorning bank hisobvaragʻiga qarz, kredit, moliyaviy yordam, ustav fondi (kapital)ga qoʻyilma sifatida kiritilishi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16) norezident tomonidan rezidentga grantlar, moliyaviy yordam, qarz yoki begʻaraz yordam sifatida pul mablagʻlari berilishi.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining hamda Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2009-yil 29-dekabrdagi 39/3, 3-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2023-1, 02.02.2010-y.) asosan 16-kichik band bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2010-y., 5-son, 42-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar quyidagi mezon va alomatlarning biri mavjud boʻlganda shubhali operatsiya deb tan olinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) operatsiya bajaruvchi tomonlaridan biri jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatda doimiy yashayotgan, turgan yoki roʻyxatga olingan shaxs boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) jismoniy shaxslar tomonidan, shu jumladan pul oʻtkazmalari tizimlari orqali bir vaqtda yoki 3 oydan oshmagan muddat davomida koʻp marotaba eng kam ish haqining 1000 baravari miqdoriga teng yoki undan oshadigan umumiy summada chet el valyutasida pul mablagʻlari olinishi yoki joʻnatilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) jismoniy shaxslar tomonidan bir vaqtda yoki 3 oydan oshmagan muddat davomida koʻp marotaba eng kam ish haqining 1000 baravari miqdoriga teng yoki undan oshadigan umumiy summada chet el valyutasidagi pul mablagʻlari sotilishi yoki sotib olinishi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga nomi koʻrsatilmagan holda, (anonim) shaxsga ochilgan hisobvaraqqa pul mablagʻlari koʻchirilishi hamda Oʻzbekiston Respublikasiga nomi koʻrsatilmagan holda, (anonim) shaxsga ochilgan hisobvaraqdan yoki joʻnatuvchisi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjud boʻlmagan pul mablagʻlarining tushishi;
(40-bandning 4-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining hamda Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2009-yil 29-dekabrdagi 39/3, 3-sonli qarori (roʻyxat raqami 2023-1, 02.02.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 5-son, 42-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) tijorat banki tomonidan xabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalar toifasiga kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan gumonli operatsiya.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Ichki qoidalar bilan gumonli operatsiyalarni qoʻshimcha mezonlari va alomatlari belgilanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Alohida hollarda xabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalar mezonlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Operatsiya bajaruvchi tomonlaridan biri quyidagi shaxslar hisoblanishi toʻgʻrisida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda olingan axborot mavjud boʻlganda har qanday operatsiya alohida hollarda xabar qilinishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoxud ishtirok etishda gumon qilinayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
terrorchilik faoliyatini amalga oshirayotgan yoxud amalga oshirishda gumon qilinayotgan tashkilotning bevosita yoki bilvosita mulkdori boʻlgan yoxud uni nazorat qilayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
terrorchilik faoliyatini amalga oshirayotgan yoki amalga oshirishda gumon qilinayotgan jismoniy shaxsning yoxud tashkilotning mulkidagi yoki nazorati ostidagi yuridik shaxs.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Xatar darajasini aniqlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Mijozni lozim darajada tekshirish jarayonida olingan maʼlumotlar asosida, mijozning faoliyati va operatsiyalari turlarini inobatga olgan holda, Ichki nazorat xizmati mijoz tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish yoki terrorizmni moliyalashtirish maqsadida operatsiyalarni amalga oshirilishini baholashi va tegishli (yuqori yoki past) xatar darajasini belgilashi lozim (keyingi oʻrinlarda — xatar darajasi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Tijorat banki avvaldan quyidagi mezonlarga javob beradigan mijozlarni yuqori darajadagi xatar toifasiga kiritishi va ularga nisbatan kuchaytirilgan eʼtibor qaratishi lozim:
(44-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining hamda Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2009-yil 29-dekabrdagi 39/3, 3-sonli qarori (roʻyxat raqami 2023-1, 02.02.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 5-son, 42-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotganligi yoxud terrorchilik faoliyati bilan shugʻullanayotgan shaxslarning nazorati ostida ekanligi yoxud terrorchilik faoliyati bilan shugʻullanayotgan yoki shugʻullanishda gumon qilinayotgan tashkilotning bevosita yoki bilvosita mulkdori ekanligi yoxud uni nazorat qilayotganligi toʻgʻrisida mavjud boʻlgan maʼlumotga tegishli shaxslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatda yoxud offshor hududda doimiy yashayotgan, turgan yoki roʻyxatga olingan shaxslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) offshor hududlarda hisobvaraqqa ega boʻlgan rezident va norezidentlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) haqiqatda joylashgan joyi taʼsis yoki roʻyxatga olish hujjatlarida koʻrsatilgan maʼlumotlarga muvofiq boʻlmagan tashkilotlar va yakka tartibdagi tadbirkorlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) faoliyat davri moliyaviy yilning bir choragidan oshmagan tashkilot va yakka tartibdagi tadbirkorlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) haqiqiy egasi mazkur bandning “a”, “b” kichik bandlarida koʻrsatilgan shaxslar hisoblangan tashkilotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) muntazam ravishda (masalan, 3 oy ichida ketma-ket) shubhali yoki gumonli operatsiyalarni amalga oshiruvchi mijozlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) mijozning shaxsan ishtirokisiz operatsiyani amalga oshirish imkonini beruvchi dasturiy komplekslardan foydalanuvchi mijozlar;
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2010-yil 23-oktabrdagi 34/17-sonli, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 2-noyabrdagi 29-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2023-2, 19.11.2010-y.) muvofiq “z” kichik band bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2010-y., 47-son, 433-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
i) ichki qoidalarda belgilanadigan boshqa shaxslar.
(44-bandning “z” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2010-yil 23-oktabrdagi 34/17-sonli, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 2-noyabrdagi 29-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2023-2, 19.11.2010-y.) muvofiq “i” kichik bandga oʻzgartirilgan — OʻR QHT, 2010-y., 47-son, 433-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(45-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining hamda Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2009-yil 29-dekabrdagi 39/3, 3-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2023-1, 02.02.2010-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2010-y., 5-son, 42-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Tijorat banki quyidagi mezonlarga javob beradigan operatsiyalarni yuqori darajadagi xatar toifasiga kiritishi va ularga nisbatan kuchaytirilgan eʼtibor qaratishi lozim:
(46-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining hamda Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2009-yil 29-dekabrdagi 39/3, 3-sonli qarori (roʻyxat raqami 2023-1, 02.02.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 5-son, 42-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) ishtirokchilari mazkur Qoidalarning 44-bandining “a”, “b” kichik bandlarida koʻrsatilgan shaxslar hisoblangan operatsiyalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) offshor hududda ochilgan hisobvaraqlar orqali amalga oshiriladigan operatsiyalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) qimmatbaho metallar, qimmatbaho toshlar, shuningdek, tarkibida qimmatbaho metallar, qimmatbaho toshlar mavjud boʻlgan zargarlik buyumlari bilan operatsiyalar, tijorat banklari oʻzlari amalga oshiradigan bunday operatsiyalardan tashqari;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) joʻnatuvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlari (jismoniy shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, yuridik shaxslarning nomi, joʻnatuvchining manzili va hisob raqami) toʻliq taqdim etilmagan pul mablagʻlarini oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalar;
(46-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining hamda Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2009-yil 29-dekabrdagi 39/3, 3-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2023-1, 02.02.2010-y.) asosan “g” kichik band bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2010-y., 5-son, 42-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) ichki qoidalarda belgilanadigan boshqa operatsiyalar.
(46-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining hamda Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2009-yil 29-dekabrdagi 39/3, 3-sonli qarori (roʻyxat raqami 2023-1, 02.02.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 5-son, 42-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Mijoz yoki mijoz tomonidan amalga oshiriladigan operatsiya yuqori darajadagi xatar toifasiga kiritilgan taqdirda, bunday mijoz operatsiyani amalga oshirishi haqida (hisobvaraq ochish, hisobvaraqdan mablagʻ koʻchirish va shu kabilarda) tijorat bankining tegishli boʻlinmasi Ichki nazorat xizmatiga xabar berishi kerak. Ichki nazorat xizmati ushbu mijoz tomonidan amalga oshirilayotgan operatsiyalar ustidan doimiy monitoring yuritishi shart.
(47-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining hamda Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2009-yil 29-dekabrdagi 39/3, 3-sonli qarori (roʻyxat raqami 2023-1, 02.02.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 5-son, 42-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mijoz tomonidan amalga oshirilayotgan operatsiyalarning tavsifi oʻzgarishiga qarab, tijorat banki zarur hollarda u bilan ishlash boʻyicha xatar darajasini qayta koʻrib borishi lozim. Tijorat banklari barcha murakkab, gʻayrioddiy yirik miqdordagi operatsiyalarga, shuningdek, iqtisodiy yoki qonuniy maqsadsizligi aniq boʻlgan operatsiyani gʻayrioddiy amalga oshirish sxemalariga kuchaytirilgan eʼtibor qaratishlari kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VII. Gumonli va shubhali operatsiyalarni aniqlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Identifikatsiyalash jarayonida olingan maʼlumotlar, shuningdek, mijoz bilan ishlash boʻyicha belgilangan xatar darajasi operatsiyalarning mijoz faoliyatining asosiy yoʻnalishlariga muvofiqligiga ishonch hosil qilish uchun va zarur hollarda mablagʻlar manbalarini oʻrganish uchun oʻtkaziladigan mijozlar tomonidan amalga oshiriladigan (oshirilgan) operatsiyalarning monitoringiga asos boʻlib hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49. Mijozlar operatsiyalarining joriy tekshiruvi tijorat bankining mijozlarga bevosita xizmat koʻrsatuvchi (masʼul ijrochilar, kassirlar va shu kabi) tegishli xodimlari tomonidan, lavozim majburiyatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Mazkur xodimlar gumonli operatsiyalar aniqlangan taqdirda bunday operatsiyalar haqida bevosita oʻz rahbariga va Ichki nazorat xizmati xodimlariga yozma ravishda xabar berishga majburdirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mijozlar operatsiyalarining keyingi tekshiruvi Ichki nazorat xizmati xodimlari tomonidan joriy tekshiruv jarayonida aniqlanmaydigan shubhali operatsiyalarni aniqlash maqsadida, mijozning oʻtgan davr mobaynida bajargan operatsiyalarini tahlil qilish orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50. Gumonli operatsiyalar aniqlanganda tijorat bankining mijozlarga bevosita xizmat koʻrsatuvchi xodimlari Ichki nazorat xizmatining topshirigʻiga binoan zarur hollarda oʻtkazilayotgan operatsiya haqidagi qoʻshimcha maʼlumotlar yuzasidan mijozga murojaat qiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51. Ichki nazorat xizmati xodimlari mijoz va operatsiya haqidagi maʼlumotlarni oʻrganadi, tegishli maʼlumotlarni Ichki nazorat xizmatining maxsus jurnalida va mijoz soʻrovnomasida qayd etadi, shuningdek, ularni Ichki nazorat xizmati rahbariga yuboradi.
(51-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2010-yil 23-oktabrdagi 34/17-sonli, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 2-noyabrdagi 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 2023-2, 19.11.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 47-son, 433-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
52. Asosli shubhalar mavjud boʻlgan taqdirda Ichki nazorat xizmati rahbari mijoz operatsiyasini shubhali deb hisoblash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
53. Operatsiyalarni shubhali deb tan olish har bir alohida holatda mazkur Qoidalar bilan belgilangan shubhali operatsiyalar mezonlari va alomatlaridan foydalangan holda kompleks tahlil asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
54. Mijoz operatsiyasini shubhali deb tan olingandan soʻng, Ichki nazorat xizmati rahbari tijorat bankining mijozga nisbatan kelgusi harakatlari yuzasidan, shu jumladan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departamentga shubhali operatsiya toʻgʻrisida xabar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tijorat bankining tegishli rahbarlarini va uning mijozlar bilan bevosita faoliyat yuritadigan mutasaddi boʻlinmalari rahbarlarini operatsiya shubhali deb tan olinganligi toʻgʻrisida maʼlum qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijoz toʻgʻrisida qoʻshimcha maʼlumot olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijoz bilan ishlash xatar darajasini qayta koʻrib chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijoz bilan operatsiyalar amalga oshirilishiga alohida eʼtibor qaratish zaruriyati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlariga va mijoz bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq shartnoma munosabatlarini toʻxtatish haqida qaror qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shubhali operatsiya haqidagi xabar tijorat banki tomonidan u aniqlangan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibga muvofiq Departamentga beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
55. Har bir xabar berilishi toʻgʻrisidagi maʼlumot Ichki nazorat xizmatining maxsus jurnalida qayd etib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
56. Tijorat banklari, shuningdek, tegishli operatsiyaning shubhali ekanligini tasdiqlovchi yoki shubhaliligini olib tashlovchi har qanday maʼlumot yuzasidan darhol Departamentga xabar berishlari zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VIII. Alohida hollarda xabar berilishi lozim boʻlgan operatsiyalar aniqlanganda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
57. Agar mijoz bilan munosabatlarni oʻrnatish davrida, yoki ushbu munosabatlarni amalga oshirishda, yoxud bir marotabalik operatsiyalarni oʻtkazishda Ichki nazorat xizmati rahbarida yoki xodimlarida mazkur Qoidalarga muvofiq operatsiya alohida hollarda xabar qilinishi lozimligi toʻgʻrisida shubhalar paydo boʻlsa, Ichki nazorat xizmati rahbari yoki xodimlari quyidagi chora-tadbirlarni koʻrishlari lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijoz va mijozning haqiqiy egasini batafsil identifikatsiyalash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik yoki jismoniy shaxs hisobvaragʻiga tushgan pul mablagʻlarini hisobga kiritish boʻyicha operatsiyalarni istisno etganda, bu operatsiya bajarilishi lozim boʻlgan sanadan eʼtiboran uch ish kuniga toʻxtatib turish toʻgʻrisida asoslantirilgan farmoyish qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
operatsiya toʻxtatib turilgan kunning oʻzida operatsiya toʻgʻrisidagi xabarni Departamentga yuborish uchun tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
operatsiya haqidagi maʼlumotni Ichki nazorat xizmatining maxsus jurnaliga kiritish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
58. Operatsiyani toʻxtatish faqatgina tijorat bankida mijoz toʻgʻrisidagi mavjud axborotlar Roʻyxatdagi maʼlumotlar bilan toʻliq mos kelgan taqdirda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
59. Operatsiya toʻxtatilgan taqdirda mijozning topshirigʻi asosida hisobvaraqlardan pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish amalga oshirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mijoz topshirigʻi operatsiyalari toʻxtatilgan mijozlarning topshiriqlari roʻyxatga olinadigan alohida jurnalda roʻyxatga olinishi, shuningdek, operatsiya toʻxtatilishi muddati tugaguniga qadar maxsus jildga joylashtirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Operatsiyalari toʻxtatilgan mijozlarning topshiriqlarini roʻyxatga olish uchun alohida jurnalda toʻxtatilgan operatsiyani, shuningdek, ushbu operatsiya ishtirokchilarini identifikatsiyalash imkonini beruvchi maʼlumotlar qayd etib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
60. Departamentning operatsiyani ikki ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga toʻxtatib turish haqidagi koʻrsatmasi mavjud boʻlganda, tijorat banki uni koʻrsatilgan muddatgacha toʻxtatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IX. Tijorat banklari tomonidan Departament soʻrovlarining bajarilishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
61. Departament jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan axborotni, shu jumladan tijorat bankining avtomatlashtirilgan axborot, maʼlumotnoma tizimlaridan hamda maʼlumotlar bazalaridan soʻrash va bepul olish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
62. Tijorat banklari Departamentning soʻrovlari boʻyicha qoʻshimcha maʼlumotlarni taqdim qiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
63. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishda ishtirok etuvchi xorijiy organlar soʻrov bilan Departamentga murojaat qiladilar. Departament Markaziy bank orqali tegishli soʻrovni tijorat banklariga taqdim etadi. Tijorat banklari bunday soʻrov asosida soʻralayotgan maʼlumotni Departamentga taqdim etadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
X. Ichki nazoratni amalga oshirish natijasida olingan maʼlumotlar va hujjatlarni rasmiylashtirish, saqlash va maxfiyligini taʼminlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
64. Mijozlarni lozim darajada tekshirish bilan bogʻliq boʻlgan toʻliq yoki qisman va xorijiy tilda tuzilgan hujjatlar tijorat banki tomonidan, zarur hollarda, davlat tiliga yoki rus tiliga tarjimasi bilan talab etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
65. Taqdim qilingan hujjatlar nusxalarining toʻgʻriligiga gumon yoki boshqa zarurat paydo boʻlgan taqdirda, tijorat banki tanishish uchun hujjatlarning asl nusxalarini taqdim qilinishini talab qilish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
66. Mijozni lozim darajada tekshirish jarayonida olingan mijoz toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mazkur Qoidalarning 3-ilovasiga muvofiq mijoz soʻrovnomasida qayd etiladi. Tijorat banki ichki hujjatlarga muvofiq mijoz soʻrovnomasiga boshqa maʼlumotlarni kiritish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
67. Soʻrovnomalar maxsus dasturlar yordamida barcha mijozlar boʻyicha elektron shaklda toʻldiriladi. Shubhali operatsiyalarni amalga oshiruvchi va yuqori darajadagi xatar toifasiga kiritilgan mijozlar boʻyicha soʻrovnomalar qogʻoz shaklida ham toʻldiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Elektron shaklda toʻldirilgan mijoz soʻrovnomasi qogʻoz shaklida chiqarilganda tijorat bankining bosh buxgalteri yoki u boʻlmagan taqdirda, uning muovini yoxud masʼul xodim tomonidan tasdiqlanadi.
(67-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2010-yil 23-oktabrdagi 34/17-sonli, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 2-noyabrdagi 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 2023-2, 19.11.2010-y.)tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 47-son, 433-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
68. Mijozlar soʻrovnomalari mijozlar maqomi boʻyicha (yuridik va jismoniy shaxslar boʻyicha) xronologik tartibda alohida jildlarda tikib boriladi va Ichki nazorat xizmati xodimi tomonidan saqlab boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Elektron shaklda toʻldirilgan soʻrovnomalar tijorat bankining mijozlarni identifikatsiyasini amalga oshiruvchi xodimlariga mijoz toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tekshirish uchun doimiy rejimda tezkor foydalanish imkoniyatini beruvchi elektron bazada saqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
69. Mijoz soʻrovnomasi tijorat bankida mijoz bilan munosabatlar toʻxtatilgan kundan boshlab besh yildan kam boʻlmagan muddat davomida saqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
70. Mijoz soʻrovnomasida koʻrsatiladigan maʼlumotlarning oʻzgarishiga, shuningdek, u tomonidan amalga oshirilayotgan moliyaviy operatsiyalarning tavsifi oʻzgarishiga qarab, tijorat banklari zarur hollarda mijoz bilan ishlash boʻyicha xatar darajasini qayta koʻrib borishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
71. Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar toʻgʻrisidagi axborot zarurat tugʻilgan taqdirda operatsiya tafsilotlarini qayta tiklash mumkin boʻlgan tarzda rasmiylashtirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
72. Tijorat banklari pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar toʻgʻrisidagi axborotni, shuningdek, identifikatsiyalash maʼlumotlarini va mijozlarni lozim darajada tekshirishga doir materiallarni qonun hujjatlarida belgilangan muddatlar davomida, lekin bunday operatsiyalar amalga oshirilganidan yoki mijozlar bilan amaliy ish munosabatlari toʻxtatilganidan keyin kamida besh yil mobaynida saqlashlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
73. Tijorat banklari jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq boʻlgan axborotga kirish imkoniyatini cheklaydilar, uning tarqalib ketmasligini taʼminlaydilar hamda yuridik va jismoniy shaxslarga ularning operatsiyalari haqida Departamentga xabar berilganligi toʻgʻrisida maʼlum qilish huquqiga ega emaslar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tijorat banki ichki nazorat vazifalarini bajarish jarayonida olingan maʼlumotlarni bankning xodimlari tomonidan oshkor qilinmasligini (yoki ulardan shaxsiy maqsadda yoxud uchinchi shaxslar manfaatlarida foydalanmasligini) taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
74. Uchinchi shaxslarga maʼlumotlar, shu jumladan soʻrovnomadan mijozning identifikatsiya maʼlumotlarini tashkil etuvchi maʼlumotlar taqdim qilinishi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
75. Mijozni lozim darajada tekshirish va identifikatsiyalash natijasida olingan maʼlumotlar, tijorat banki mijoz tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishni amalga oshirish xatari yuqori deb baholagan taqdirda kamida bir yilda bir marotaba hamda boshqa hollarda kamida uch yilda bir marotaba yangilanib borilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
XI. Tijorat bankining, Ichki nazorat xizmati hamda boshqa boʻlinmalar rahbar va xodimlarining javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
76. Tijorat banklari, Ichki nazorat xizmati va boshqa boʻlinmalar rahbar va xodimlari mazkur Qoidalarni buzganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
77. Qonun hujjatlari, shuningdek, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonun hujjatlarini tijorat banki xodimlari tomonidan operatsiyalarni amalga oshirish jarayonida buzish holatlariga yoʻl qoʻyilganligi toʻgʻrisida dalillar maʼlum boʻlib qolgan tijorat banki xodimlari ushbu dalillarni darhol Ichki nazorat xizmati rahbariga yoki xodimlariga yozma ravishda yetkazadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
XII. Yakuniy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
78. Tijorat banklari tomonidan mazkur Qoidalar talablariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazorat Markaziy bank tomonidan va zarur hollarda Departament bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
79. Tijorat banki boshqaruvi ichki va tashqi vaziyatlarning oʻzgarishini inobatga olgan holda, tijorat banki ichki nazorat tizimini doimiy ravishda monitoring qilib boradi va samaradorligini baholab boradi, shuningdek, zarur holda samarali ishlashini taʼminlash uchun uning faoliyatini kuchaytiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki nazorat tizimi samaradorligini monitoring qilish tijorat banki ichki audit xizmati tomonidan ham olib borilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
80. Tijorat bankining ichki audit xizmati yoki boshqa nazorat xizmatlari tomonidan aniqlangan ichki nazorat tizimining kamchiliklari oʻz vaqtida tijorat banki boshqaruvi raisiga maʼlum qilinadi. Maʼlumotni olgandan soʻng tijorat banki boshqaruvi raisi aniqlangan kamchiliklarning oʻz vaqtida bartaraf qilinishini taʼminlashi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha Ichki nazorat qoidalariga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jismoniy shaxslarni identifikatsiyalashda zarur boʻlgan
Maʼlumotlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.‎ Familiyasi, ismi, otasining ismi.‎
2.‎ Tugʻilgan sanasi va joyi.‎
3.‎ Fuqaroligi. ‎
4.‎ Doimiy va (yoki) vaqtinchalik yashash joyi.‎
5.‎ Pasport yoki uning oʻrnini bosadigan hujjat rekvizitlari: hujjat seriyasi va raqami, hujjat berilgan sana, hujjatni bergan organ nomi.‎
6.‎ Soliq toʻlovchining identifikatsion raqami (agar mavjud boʻlsa).‎
7.‎ Uy telefoni raqami (agar mavjud boʻlsa).‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha Ichki nazorat qoidalariga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarni identifikatsiyalashda zarur boʻlgan
Maʼlumotlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Yuridik shaxslarni identifikatsiyalashda zarur boʻlgan maʼlumotlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) toʻliq, shuningdek, agar, davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasida koʻrsatilgan boʻlsa, qisqartirilgan nomi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot: sana, raqam, roʻyxatga oluvchi organ nomi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) soliq toʻlovchining identifikatsion raqami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) joylashgan eri (pochta manzili);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomada koʻrsatilgan boshqa maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) litsenziyalanishi lozim boʻlgan faoliyat turlarini amalga oshirish uchun mavjud boʻlgan litsenziyalar toʻgʻrisida maʼlumotlar: faoliyat turi, litsenziyaning raqami va berilgan sanasi; kim tomonidan berilganligi; amal qilish muddati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) yuridik shaxs nomidan ish koʻruvchi jismoniy shaxsni identifikatsiyasi toʻgʻrisida maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) yuridik shaxs taʼsischilari (aksiyadorlari, ishtirokchilari) haqidagi hamda ularning ustav fondi (kapitali)dagi ulushlari toʻgʻrisida maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
i) roʻyxatga olingan va toʻlangan ustav fondi (kapitali) miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
k) yuridik shaxs boshqaruv organlari (yuridik shaxsning boshqaruv organlarining tuzilmasi va shaxsiy tarkibi) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
l) telefon raqamlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Yakka tartibdagi tadbirkorlarni identifikatsiyalashda zarur boʻlgan maʼlumotlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) mazkur Qoidalarning 1-ilovasida koʻzda tutilgan maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot: sana, raqam, roʻyxatga oluvchi organ nomi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) faoliyat amalga oshiriladigan joy;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomada koʻrsatilgan boshqa maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) faoliyat turlarini amalga oshirish uchun mavjud guvohnomalar va litsenziyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar: faoliyat turi, litsenziya raqami, berilgan sanasi; kim tomonidan berilganligi; amal qilish muddati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) telefon raqamlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha Ichki nazorat qoidalariga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mijoz soʻrovnomasida koʻrsatiladigan
Maʼlumotlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mijozni identifikatsiyalash jarayonida olingan, mazkur Qoidalarning 1, 2-ilovalarida koʻrsatilgan maʼlumotlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Xatar darajasi haqida maʼlumot, shu jumladan xatarni baholash asoslari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Bank tomonidan mijozni identifikatsiyalashda amalga oshirilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar natijalari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mijoz bilan munosabatlar oʻrnatilgan sana — tijorat bankidagi birinchi bank hisobvaragʻi (omonati) ochilgan sana.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mijoz soʻrovnomasi toʻldirilgan va oʻzgartirish kiritilgan sana.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mijoz bilan ishlashga masʼul xodim, xususan, hisobvaraq ochgan va hisobvaraq ochilganligini tasdiqlagan xodim (bosh buxgalter va uning muovini) familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Qogʻoz shaklidagi mijoz soʻrovnomasini toʻldirgan xodim imzosi (familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi koʻrsatilgan holda) va elektron koʻrinishdagi mijoz soʻrovnomasini toʻldirgan xodimning familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Ichki qoidalarda belgilanadigan boshqa maʼlumotlar.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 44-son, 472-modda; 2010-y., 5-son, 42-modda; 2010-y., 47-son, 433-modda)